domlajon | Unsorted

Telegram-канал domlajon - Isroil Tillaboyev blogi

13834

Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Subscribe to a channel

Isroil Tillaboyev blogi

Bolalar uchun tavsiya etiladigan eng yaxshi adabiyotlar

📚Ko‘pchilik ota-onalar farzandlariga yoshiga mos kitob tanlashda qiynaladi. Shu sababli, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan mutaxassislar ishtirokida 7-10, 11-14 va 15-18 yoshli bolalar uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

Ro‘yxatdan jahon va o‘zbek adabiyotining bolalarga mo‘ljallangan eng sara asarlari o‘rin olgan. Ushbu adabiyotlarni kitob do‘konlari va “Mutolaa” ilovasida elektron va audio formatda topish mumkin.

Farzandingizga munosib kitob tanlash vaqti keldi!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Fakt 24 | Top-100 OTMDA PhD olgan yoshlarga uy-joy uchun 800 million so‘m ssuda beriladi

O‘zbekiston24 da shu haqda gapirib berdim.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun  27 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Oʻtkir Hoshimovning “Xayollarga boʻlaman tutqun” hikoyasi

O‘tkir Hoshimovning hikoyalari ravon o‘qiladi, u qalamga olgan voqealar sizga tanishdek, hikoyalarda qalamga olingan mavzu, qahramonlar sizning yaqin kishilaringizdek tuyuladi.
Hikoyani o‘qib, shuni anglaymizki, biz o‘zimiz anglab, ishongan va suyangan haqiqat har doim ham mutlaq haqiqat bo‘lavermas ekan. Shubha, gumon kabi salbiy o‘ylar ko‘ngildagi haqiqat buloqlarini loyqalatib, insonni adashishga, ba'zida esa o‘z baxtidan ham mahrum bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/xayollarga-bo-laman-tutqun

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/xayollarga-bo-laman-tutqun

🎙Hikoya audiosini Sanjar Saʼdullayev o‘qigan.

"Mutolaa" ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Болалар учун ўзбек тилидаги қўшиқлар, миллий қадриятларимизга хос мултфилмлар ва таълимий контентлар етишмайди” – Саида Мирзиёева

Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева етакчи анимация студиялари вакиллари билан учрашди. Бу ҳақида у ўз саҳифасида маълум қилди.

Фарзандларимиз томоша қилаётган контентнинг асосий қисми — чет эл маҳсулотлари. Миллий, сифатли контентимиз эса етарли даражада эмас. Шу боис, мазкур йўналишда фаолият юритаётган “Доноча” каби лойиҳаларни қўллаб-қувватлайман. Уларни янада ривожлантириш керак”, деб ёзади Саида Мирзиёева.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Mutolaa" vaqti keldi #mutolaa📚

(dramani o‘qish yoki tinglash uchun  46 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov" dramasi

10-aprel — maʼrifatparvar yozuvchi, jurnalist va ijtimoiy adolat himoyachisi Abdulla Qodiriy tavallud topkan kun.

Abdulla Qodiriy to‘y muammolari mavzusini to‘rt pardali “Baxtsiz kuyov” fojiasida (1915-yil) yoritadi. Muhimi shundaki, A.Qodiriy qoloqlik jamiyatning hamma tabaqasiga aloqador, binobarin, umummilliy muammoga borib taqalishiga alohida urg‘u beradi. Buning yana bir qiziq tomoni shundaki, jaholat zamoni ortda qolgan bizning davrimizda ham tilga olingan mavzu o‘zining dolzarb muammo ekanligini aslo yo‘qotgani yo‘q.

Oʻgʻul oʻqutmoq yaxshi ham farzdur, toʻygʻa isrof qilmoq bidʼatdur. Yana qiz erga bermoqni ogʻirlashdurganlaringizni bir katta ziyoni shulki, baʼzi yigitlarimiz oʻttuz-qirq yoshgʻacha uylanmay yurarlar. Sababi esa xotun olmoq ogʻirlashgani ...

Dramani "Mutolaa" da o'qing:

📖 Dramani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/baxtsiz-kuyov

🎧 Audiodramani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/baxtsiz-kuyov

🎙Audiodramani Muhammadjon Xoʻjayev+2 o‘qiganlar.

"Mutolaa" ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️Qizlaringizni o‘qiting, ularga qanot bering!

Shunday shijoatli, bilimdon, ota-onasining, millatning faxri bo‘lgan qanday qahramon qizlarimizni taniysiz?

Ota-onalarning barchasiga shunday baxtlar nasib qilsin!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Daniyada ajoyib bir kutubxona bo'lib, u yerning ajoyibligi kutubxonada sizga qog‘ozli kitob berilmaydi.
Buning o‘rniga — bir insonni ko'rsatishadi. Siz 30 daqiqa davomida u bilan suhbatlashasiz.
U esa sizga o‘zining hayoti, kechinmalari, kurashi hamda orzulari haqida gapirib beradi.

Bu "jonli kitoblar"ning o‘ziga hos nomlari bor: “Qochqin”, “Ishsiz”, “Darbadar”, “Nogiron”...
Ularning hikoyalarni tinglash ba'zan juda og‘ir, ammo 30 daqiqalik bunday suhbatlar butun umr sizning xotirangizda saqlanib qolishi aniq.
Jonli kitoblar bilan suhbatda bir narsani to'la tushunib yetasiz ya'ni “Kitobni muqovasiga qarab baholab bo'lmaydi”, jumlada insonlarni ham tashqi ko'rishiga qarab xulosa chiqarib bo'lmaydi.
Loyiha aynan mana shu shior ostida ishlaydi.

"Jonli kutubxona" bugungi kunda 85 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib bormoqda.
Uning asosiy maqsadi jamiyatlardagi stereotiplar, kamsitishlar va noto‘g‘ri qarashlarga qarshi kurashish.

Siz shunday jonli kutubxonaga borgan bo'larmidingiz?

Agar o‘zingiz jonli kitob bo‘lsangiz, sizning sarlavhangiz nima bo‘lardi?

kitob_ombori kanalidan.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(audiohikoyani tinglash uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nodirabegim Ibrohimovaning “Men, dadam va Alsgeymer” hikoyasi

Hikoya inson ruhiyati, oilaviy qadriyatlar va hayotning eng nozik qirralarini chuqur falsafiy-publitsistik tarzda aks ettiradi. Muallif Alsgeymer kasalligi ortida yashiringan fojiani yoritish bilangina kifoyalanmay, balki xotira, shaxsiyat va insoniylik masalalariga ham nazar tashlaydi.

Voqealar rivoji o‘quvchini asta-sekinlik bilan bir oilaning ichki dunyosiga olib kiradi. U yerda otaning sekin-asta xotirasini yo‘qotib borishi, farzandining esa bu jarayonda ojiz emas, balki kuchli tayanch sifatida shakllanishi tasvirlanadi. Har bir sahifa – insoniy sabr, mehr va vafoning ko‘zgusi. Asardagi til soddaligi o‘quvchiga ichki yaqinlik hissini beradi, his-tuyg‘ularga ta’sir qilish quvvati esa uni o‘qigandan so‘ng uzoq vaqt yurakdan chiqmaydi.

Hikoyani “Mutolaa”da tinglang:

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/men-dadam-va-alsgeymer

🎙Audiohikoyani Nargiza Mirzayeva o‘qigan.

“Mutolaa” ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Tanaffus podkastini boshlaganimizga bir yildan oshibdi.

Xullas, bizda happi bozdeycha))

Ulug‘bek Po‘latov bilan boshlaganimizda mazkur podkastimiz taʼlim tizimi atrofidagi turli qarashlarni erkin olib chiqishga, bu borada masʼullarga ham imkon qadar mikrofon tutishni maqsad qilgandik. O‘ylaymanki bu borada yaxshi natijalarga erishyapmiz.

Afsuski bu podkastni o‘qituvchilar tezda qo‘llab-quvvatlab, taʼlimga doir yagona, davomli podkastga aʼzo bo‘lib, 100-200 ming obunachilar bo‘lishini kutgan edik, lekin bir yil oldin 16 ming obunachi edi, bir yildan buyon endilikda 22 ming obunachi bo‘ldi.

Xolbuki, eng katta armiya hisoblanmish o‘qituvchilar armiyasiga bunday sovuqqonlik yarashmaydi deb o‘ylayman, Tanaffus podkastiga obunani bosib qo‘yish sizga hech muammo yoki og‘irlik keltirmaydi, lekin uning ijodkorlariga katta kuch beradi.

O‘rtoqlar, kelinglar, bugun yubiley kunida Ulug‘bek ikkimizga bir sovg‘a beringlar, hozir shu podkastimizga kirib tak etib "Подписаться" bosib chiqib ketamiz va bugunning o‘zida, Tanaffusning bir yillik yubileychasida 30 ming o‘qituvchi aʼzo bo‘lishi bilan bizga sovg‘a bergan bo‘lasizlar. Bepulku, ahir?)

Ertaga balki qizisihib ketib 40-50 ming qilarsizlar, ishqilib bizga motivatsiya yetishmay turibdi o‘rtoqlar, ayniqsa boshqa tizimga o‘tib ketgan, kuniga qachon obunachimiz ko‘payadi, deyayotgan men kabi insonga.

Olg‘a ustozlar!
👇👇👇👇👇
xalqtaliminfo?si=n9GSHvTZvThTvS9T" rel="nofollow">https://youtube.com/@xalqtaliminfo?si=n9GSHvTZvThTvS9T

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️Bugun premyera!

Bolajonlarimizga ekologik bilim ulashuvchi “Yashil makon” animatsion multseriali haqida ko‘pchilik yaxshi biladi. Biz ushbu multserial qahramonlari orqali daraxtlar, qushlar, suv va havoga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini kichkintoylarga o‘rgatishni maqsad qilganmiz.

Hozirgacha multserialning 4 ta qismi YouTube sahifalarida e’lon qilingan.

1-qism Sarguzashtlar boshlanishihttps://www.youtube.com/watch?v=tLKC0V3_-1k

2-qism Xazonrezgilikhttps://www.youtube.com/watch?v=vOdJQTdMTJI

3-qism Eko mashinalar qanday yasaladi?https://www.youtube.com/watch?v=qD4UGJsi-5g

4-qismni bugun 20:00 da tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=VKv6DWZhMu8

Albatta, bu yangilikni yaqinlaringizga ulashing. Farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va tabiat haqida suhbatlashing!

@domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ўзбеклар умрининг 20 йилини фақат тўй ўтказишга сарфламоқда

Бизнинг қишлоқда (маҳалламизда) бир йилда 50-70 та тўй бўлади. Битта тўйга камида 50 млн. сўм сарфланади.
Арифметика: 50.000.000х60=3.000.000.000 (3 млрд)
Қишлоғимизда ҳар йили 3 млрд. сўм маблағ орзу-ҳавасга сарф бўлмоқда.

Ўзбекистонда бизнинг маҳаллага ўхшаган тахминан 10 мингта маҳалла бор.
Арифметика: 10.000х60=600.000
600.000х50.000.000= 30.000.000.000.000 (30 трлн.)
Бу тахминан 3 млрд. доллар дегани. Катта шаҳарлардаги 25.000 долларлик торт, 90.000 долларлик тўй каби аҳмоқона дабдабаларни ҳам қўшиб, ўртача ҳисоблаганда, тахминан 10 млрд. доллар бўлади.

Ўзбекистондаги оилалар бюджетидан ҳар йили тахминан 10 млрд. доллар маблағ ҳавога совурилмоқда.

Бунча катта маблағни тасаввур қилиш учун қиёс келтираман: Қоровулбозор нефтни қайта ишлаш заводини французлар 500 млн. долларга қуриб берган; ўз вақтида “Аср қурилиши” номини олган ТошҒузор-Бойсун-Қумқўрғон темир йўл линияси қурилиши 220 млн. долларга тушган.

Фожиамиз шундаки, бу ўта аҳмоқона иш эканлигига ҳаммамизнинг ақлимиз етади. Лекин шу ишни қилаверамиз. Ушбу фикрларни ёзаётган муаллиф ҳам ўз вақтида эл қатори тўй қилган.

Тўйга сарфланган пулнинг бир кундан кейин қаерда бўлишини тасаввур қилайлик. Зора шунда, бу ишларимизни тўғри йўлга солармиз.

P.S. Битта оила тўй қилиши учун 3-5 йил йиғинади. Ўша оилада 3 та фарзанд: икки ўғил ва бир қиз деб тасаввур қилинг. Демак, ўша оила 5 марта тўй қилади (икки ўғлига суннат ва келин тўй ҳамда қиз чиқариш). Арифметика: 4х5=20. Демак, типик ўзбек оиласидагилар 20 йил умрини фақат тўй қилишга сарфлаб юбормоқда.
MIRJALOLBEK CHORIYEVICH

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Mutolaa" vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Choʻlponning ʼʼOqposhshoning inʼomiʼʼ hikoyasi

Bu yil men uchun qayta kashf etilgan adiblardan biri — Cho‘lpon bo‘ldi.
Avvaldan uni turli sahifalarda tanirdim…
Ammo bu yil uning asarlarini o‘qir ekanman, Cho‘lpon menga adib emas, davrning vijdoni bo‘lib ko‘rindi.
Uning fikrlari — so‘zlarda,
Yuragi — satrlar oralig‘ida yashar ekan.
“Oqposhshoning in’omi” — kulgi orqali jamiyat og‘rig‘ini ochib bergan satirik asar,
Kechagi tarixning ichidan bugungi haqiqatni aytib berganday bo‘ldi.
Cho‘lponni o‘qib, men so‘zning og‘irligini his qildim.
So‘z — bu nafaqat ifoda, balki mas’uliyat, qarash, pozitsiya ekanini angladim.
U — adib sifatida emas, inson sifatida o‘ylashga, his qilishga, eslashga majbur etdi.
Men uni o‘qib, ko‘proq sukut saqladim.
Ammo bu sukut ichida ongim uyg‘ondi.

Siz ham Choʼlpondan bir mutolaa qilib ko'ring, aziz mushtariy!

Hikoyani "Mutolaa" da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/oqposhshoning-inomi

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/oqposhshoning-inomi

🎙Hikoya audiosini Muhammadali Abduqunduzov o‘qigan.

"Mutolaa" ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O'qituvchi kasb kasalligiga chalinsa, 70 million tovon puli beriladimi?

"Tanaffus"chilar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bordik. Bu sonimizda hech kim olib chiqmagan mavzuni olib chiqdik:

Ko'pchilik o'qituvchilarning hayoti sug'urtalanishi, ish joyida baxtsiz hodisa ro'y berganda yoki kasb kasalligiga chalinganda ularga qancha miqdorda tovon puli to'lab berilishi haqida yetarlicha ma'lumotga ega emas.

O'qituvchilar hayoti sug'urtalanganligini bilarmidingiz?

Dars vaqtida jarohat olgan o'qituvchilarga katta miqdorda tovon puli to'lanadimi?

Kasb kasalligiga chalingan o'qituvchilarga ham pul to'lab beriladimi?

Tovon pullarini undirib olish tartibini bilasizmi?

Yuqoridagi savollar sizni qiziqtirayotgan bo'lsa, unda "Tanaffus" podkastining ushbu sonini albatta tomosha qiling.

Podkast davomida Bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mas'ul xodimlari ushbu mavzuni to'liq yoritib berishdi.

Mavzuga oid sizni qiziqtirgan boshqa savollar bo'lsa, video ostidagi izohlarda savolingizni yozib qoldiring.

➡️ Izoh yozish

Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#1000kitob #1000kitobmaktabi

1000KITOB loyihasi Tarjimon va muharrirlar maktabini boshlamoqda

#1000kitobmaktabi tarjimonlik va muharrirlik maktablari va an’analarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Uning doirasida tarjimonlar va muharrirlar uchun ikki haftalik intensiv kurslar tashkil etiladi. Bu kurslarda ekspertlarimiz va murabbiylarimiz ilmiy va ilmiy-ommabop tarjima va tahrir bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi.

Bitiruvchilar 1000Kitob bilan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Ishtirokchilarga yosh, jins va ish tajribasi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmaydi. Asosiy urg‘u inglizchadan o‘zbekchaga tarjimaga beriladi, lekin boshqa tillardan tarjima qiluvchi mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchiga aylanish uchun quyidagi havolaga kirib, so‘rovni to‘ldiring va kerakli hujjatlarni yuboring: https://forms.gle/hp6RAewTBa3f92976

Dedlayn – 14-aprel.

Murojaat uchun:
@mingkitob_admin

O‘rinlar cheklangan, shoshiling!

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegram | Facebook | Instagram | 1000kitob">YouTube | X

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Kutib oling: "Yorqin isteʼdod" loyihasi.

Qishloqlar, mahallalarda isteʼdodli, talantli bolalar ko‘pincha oilaviy sharoiti tufayli ochilmay qolib ketadi. Endilikda prezidentimiz tashabbusi bilan Ijtimoiy himoyaga kirgan oilalarning eng iqtidorli, talantli farzandlarini mahalla yoshlar yetakchisi orqali 9-sinfdan tanlab saralab olamizda, ularni Top100 oliygohlariga tayyorlov kurslarida o‘qitamiz, so‘ngra xorijga o‘qishga yuborib barcha xarajatlarini davlat tomonidan qoplaymiz. Natijada kam taʼminlangan oilalardan otilib chiqqan yoshlar top kadrlar bo‘lib qaytib kelib, vatanga kerakli kadr bo‘lib yetishishiga erishamiz.

"O‘zbekiston 24" da PF-61-son farmonni sharhlab o‘tdim.

Barchaga ushbu tartibni jo‘natib qo‘ying. Imkoniyatlaridan foydalanishsin.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева болалар учун яратилаётган миллий мультфильмларни эътироф этди.

Айниқса, “bekvalola?feature=shared">Бек ва Лола”, “pomidordoppi?si=poD_zu0YI6XPiRv8">Помидор дўппи”, donocha?si=uz-rCDKe-BjtfQBq">“Доноча” ва “lulunanauzb?si=s5cXufcywvflFPcp">Лулу Нана” лойиҳалари болажонларимиз учун ҳам қизиқарли, ҳам фойдали бўлишига ишонаман”, дейди Саида Мирзиёева.

Президент ёрдамчиси, ўз навбатида, бу ҳали етарли эмаслигини айтиб, болалар учун контент яратиш ва ушбу соҳани қўллаб-қувватлашни янги босқичга олиб чиқиш зарурлигини таъкидлади.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️14 yoshlik maktab o’quvchisi yurak xastaliklarini 7 soniyada aniqlaydigan dastur yaratdi.

Amerikalik hind Siddhart Nandyala SI ishlab chiqish bo’yicha rasmiy sertifikatlangan eng yosh mutaxassis hisoblanadi. Uning dasturi 15 000 kishida sinovdan o’tkazildi va natija 96% hollarda to’g’ri bo’ldi.

PS/ Endi bizda kompyuterda ishlashni bilmay o'tib ketayotgan olimlarni eslang, "buzib qo'yasan" deb foydalantirilmaydigan laboratoriyalarni ham😉


@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Xaqiqatan ham, bolalar uchun milliy ruhdagi ko‘ngilochar va tarbiyaviy multfilmlarimiz kam.
Shu bo‘shliqni to‘ldirish uchun Agentligimiz "Bek va Lola" (nomining o‘ziyoq) ajoyib seriali multfilmlar yaratmoqdamiz, millionlab ko‘rilmoqda.

Yuqoridagi postda ham Saida Mirziyoyevaga aynan Bek va Lola multfilmi namoyish etilayotganini ko‘rib turibmiz.

Shu multfilmni jamoatchilik bog‘cha ustozlarga ham yetkazsalar yanada ko‘payar edi tomoshabin bolalarimiz

https://youtu.be/sB24ZokEp78?feature=shared

Siz ushbu multfilmimizni bir marta bo‘lsa ham ko‘rdingizmi, fikringiz muhim.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida ajoyib noodatiy, norasmiy, nostandart, xullas samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davlat qurilish akademiyasi rektori, "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori Adham Bekmurodov hamda yoshlar lideri, senator Alisher Zafarovich bir guruh yoshlar bilan bir piyola choy ustida "networking" o‘tkazdilar.

Uchrashuvda jamiyatimizning faol yoshlaridan bir guruhi volontyor tashkilotchi talabalarning o‘zlari tomonidan taklif etildi. Ular orasida Manchester Sityʼning rasmiy hamkori talant bola Shohruh, yana bir talant, kubik-rubik proffisi Husan, Sinchalak blogi asoschisi Mahliyo Ozodovna, transport vaziri maslahatchisi etib shaxsan prezident tomonidan tayinlangan Kamola, yosh olimlar kengashi raisi Akbarshoh, robototexnikadan ixtirochi Asadbek, yana bir 9-sinf robototexnika ixtirochisi Davronbek, "El-yurt umidi" stipendiantlari Abdulaziz Suyarov, Sirojiddin Olimov, Orzugul G‘oipova va boshqa juda ko‘plab ajoyib yoshlar tashrif buyurishibdi.

Uchrashuv noformal, barcha o‘zlarining sohasi bo‘yicha shu Vatan uchun nima hissa qo‘sha olishi haqida samimiy gapirib berdi, bir-birimiz bilan muhokama qildik, mavzular ostida bahslashildi, yechimlar izlab topildi. Xullas hech kim chetda qolmadi, barcha birdek qatnashdi. Bunday ilg‘or fikrli yoshlarni ko‘proq bir joyga to‘plagan holda ularning shijoatini bir maqsadga birlashtirish jamiyatga katta yutuqlar olib keladi, uchrashuv davlat boshqaruv akademiyasida o‘tgani ham majoziy maʼnoga ega: bu yoshlar davlatni qurishda faol ishtirok etuvchi yosh avlod, katta salohiyatga ega kadrlardir, akademiya esa kadrlar katalizatori.

Shu sababdan uchrashuv so‘ngida bunday uchrashuvlarni yana ko‘proq tashkil etishga kelishib olindi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Kecha prezidentimiz turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab vazifalarni aytib o‘tdi.
Menimcha bizda milliy brendimizni jahonga tanitish va shu orqali yanada katta daromad topsak bo‘ladi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

“Mutolaa” vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun  35 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi

Atoqli gruzin adibi Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi mening bolalik dunyoyimni agʻar-toʻntar qilib yuborgan, ilk bora ulkan insoniy iztirob bilan yuzma-yuz qilgan asar, desam ortiqcha mubolagʻa qilmagan boʻlaman. Ushbu fikrlarim bilan aslida Nodar Dumbadze oʻz hikoyasi orqali insonlarga aytmoqchi bo‘lgan gaplarning o‘ndan birini ham bildira olmagan bo‘lishim mumkin. Lekin asar mag‘zini oz-moz chaqib yetgan davrlarimdan boshlab hanuzgacha kitoblarda, ayrim tengdoshlarim tomonidan vatanga bag‘ishlab yozilgan baqiroq she’rlarda, yoki hayotning o‘zida har qanday soxta vatanparvarlikni ko‘rib qolsam, Yangulining Jamolga qarata aytgan o‘sha olovli so‘zlari quloqlarim ostida yangraganday tuyiladi:

“Bu – naqsh, Jamol! Vatan bundan ichkariroqda, naq yurakning o‘zida bo‘ladi!”

Hikoyani “Mutolaa” da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/hellados

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/hellados

🎙Hikoya audiosini Nargiza Mirzayeva o‘qigan.

"Mutolaa" ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

❗️Ҳар ойнинг битта шанба ва якшанбаси – “оила ва меҳнат жамоаси билан саёҳатга чиқиш” куни бўладиПрезидент

Сўнгги йилларда ички туризмга эътибор туфайли маҳаллий сайёҳлар сони 23 миллионга етди (2017 йилда 5 миллионта эди).

Лекин ҳалигача Самарқанд, Бухоро, Хива ва Шаҳрисабзга бормаган оилалар кўп. Шу боис, ҳар ойнинг битта шанба ва якшанбаси – “оила ва меҳнат жамоаси билан саёҳатга чиқиш” куни, деб эълон қилинади.

Ёшлар ўртасидаги мусобақа ғолибларига “Ўзбекистон бўйлаб саёҳат” йўлланмасини совға қилиш йўлга қўйилади.

Ҳар йили ички туризм тарғиботини кенгайтиришга 20 миллиард сўм ажратилади.

Мутасаддиларга экстремал туризмни ривожлантириш бўйича чора-тадбирлар ишлаб чиқиш топширилди.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Исмини ёзолмайдиганлар шифокор бўлиб чиқяпти"

"Тиббиётга супер контрактни киритганлар халққа хиёнат қилди
"

"Дори бизнеси ортида қудратли мафия туради"

"Марказий Осиёда ўзбек тиббиёти нима учун биринчи ўрнида? Чунки..."

Док -1 Макс бўйича очиқланмаган сирлар.

Ишонч газетаси Тиббиёт фанлари доктори, 40 йил бўлажак шифокорларга дарс берган ўқитувчи, академик Алижон Зоҳидий билан суҳбат
:

https://youtu.be/zgUwXrx1Vmc

@domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Mutolaa" vaqti keldi #mutolaa📚

(hikoyani o‘qish yoki tinglash uchun 16 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Shukur Xolmirzayevning "Yashil "Niva" hikoyasi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning “Yashil “Niva” hikoyasi e’lon qilinganiga salkam qirq yil bo‘ldi. Hikoyada sovet imperiyasining 80-yillari aks etgan. Yozuvchi asarda mustabid tuzumning fuqarolar qalbiga joylagan qo‘rquv urug‘i pirovardida qanday ayanchli oqibatlarga olib kelgani ko‘rsatadi.
Hududi bo‘yicha salkam yarim dunyo hisoblangan sovet imperiyasi jahon xalqlariga qo‘rquv solgan davlat sifatida tarixda qoldi. Zulm va zo‘ravonlikka qurilgan “xalqlar turmasi”dagi hayot soxta g‘oya va qarashlarga asoslangan edi. Yozuvchi “Yashil “Niva”da o‘quvchini mana shu haqiqatga ro‘baro‘ qiladi. Ya’ni sho‘ro imperiyasi fuqarosiga o‘zini ko‘zguda ko‘rishga, hayotini mushohada qilishga undaydi.

Asardagi Yashil Niva egasini ko‘pchilik tanisa kerak. Asarga nega aynan oʼqituvchi-ziyoli obrazi tanlangan deb oʼylaysiz?

Hikoyani "Mutolaa" da o'qing:

📖 Hikoyani bepul o‘qish uchun:
https://mutolaa.com/book/yashil-niva

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/yashil-niva

🎙Hikoya audiosini Ahmadjon Mirzayev o‘qigan.

"Mutolaa" ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Har bir o'qituvchi va rahbar xodimlar bu ma'lumotlarni albatta bilishi shart

"Tanaffus" podkastining 14-sonida o‘qituvchilar hayotini sug‘urta qilish tartibi, kasb kasalliklari, maktabda baxtsiz hodisa ro'y berganda pedagoglarga to'lanadigan tovon pullari haqida mutaxassislar fikrini bayon etdik.

Bizningcha, har bir pedagog xodim ushbu podkastni ko'rishi yoki quyidagi sarlavhalardan birini tanlab, hech bo'lmaganda, uning bir qismini bo'lsa-da ko'rishi lozim deb o'ylaymiz.

O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'lsa, belgilab qo'yilgan sarlavhalar ustiga bosing:

07:09 - Sug‘urta nima?
➡️ BATAFSIL

09:04 - Maktab direktori o‘qituvchilar hayotini sug‘urtalashi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

09:42 - Sug‘urta uchun o‘qituvchi pul to‘lashi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

10:40 - Nima uchun o‘qituvchilar hayoti sug‘urtalanganligini o‘zlari ham bilmaydi?
➡️ BATAFSIL

14:12 - Pedagog xodim hayoti sug‘urta qilinmasa, tovon pulini ish beruvchi to‘laydimi?
➡️ BATAFSIL

14:47 - Sug‘urtani to‘g‘ri tashkil qilmagan direktorlar javobgarlikka tortiladimi?
➡️ BATAFSIL

16:43 - Dars vaqtida jarohat olgan o‘qituvchilarga tovon puli to‘lanadimi?
➡️ BATAFSIL

22:36 - Ish joyida xodim mikroinsultni boshdan kechirsa, tovon puli beriladimi?
➡️ BATAFSIL

24:10 - Sug‘urta uchun tovon pullarini bir yildan keyin ham undirish mumkinmi?
➡️ BATAFSIL

26:56 - Kasaba uyushmasi sug‘urta uchun tovon pullarini undirishda o‘qituvchiga yordam beradimi?
➡️ BATAFSIL

29:01 - O‘qituvchi ish joyida kaltaklansa, sug‘urta pulini olishga asos bo‘ladimi?
➡️ BATAFSIL

32:16 - Ish joyidagi baxtsiz hodisalarga qaysilar kiradi?
➡️ BATAFSIL

33:52 - O‘qituvchining stress holatiga tushishini ham baxtsiz hodisa deb tasniflasa bo‘ladimi?
➡️ BATAFSIL

37:42 - Pedagoglar malaka oshirishga borganda sog‘ligi yomonlashsa, sug‘urta tashkiloti pul to‘lab beradimi?
➡️ BATAFSIL

38:58 - Maktabdagi baxtsiz hodisani yashirishdan maktab direktorlari manfaatdormi?
➡️ BATAFSIL

41:43 - Maqsadi pul bo‘lgan "sug‘urtachilarga" pedagoglar pul to‘lashi shartmi?
➡️ BATAFSIL

44:43 - O‘qituvchilar sug‘urtasi uchun budjetdan pul ajratiladi, lekin buxgalterlar...
➡️ BATAFSIL

49:02 - Kasb kasalligi nima, ro'yxat mavjudmi?
➡️ BATAFSIL

51:08 - Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchi kimga murojaat qilishi kerak?
➡️ BATAFSIL

52:50 - Ishlayotgan o‘qituvchi ham kasb kasalligi uchun tovon puli olishi mumkinmi?
➡️ BATAFSIL

53:58 - O‘qituvchilarga qisqartirilgan ish vaqti belgilanganmi?
➡️ BATAFSIL

54:44 - O‘qituvchilar salomatligini tiklashda kasaba uyushmasi yordam bermoqda
➡️ BATAFSIL

55:37 - Sanatoriyaga yo‘llanma olishning shartlari qanday?
➡️ BATAFSIL

57:58 - Profi University asoschisi Bektosh Xatamov o‘qituvchilarni xorijga sayohatga yubormoqchimi?
➡️ BATAFSIL

58:44 - Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln tovon puli berildimi?
➡️ BATAFSIL

01:00:30 - Pedagoglarga to‘lanadigan tovon pullari kimdan undiriladi?
➡️ BATAFSIL

01:01:49 - Maktab direktorlari sug‘urta qonunchiligini bilishi shartmi?
➡️ BATAFSIL

01:02:59 - Ish beruvchilar xato qilsa, sug‘urta pullari "ta’lim qozonidan" olinadimi?
➡️ BATAFSIL

01:04:01 - O‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun pulni kim to‘lashi kerak?
➡️ BATAFSIL

01:06:23 - Tibbiy ko‘rik uchun davlat pul ajratadi, ammo...
➡️ BATAFSIL

01:09:49 - Moddiy yordam puli berishga asos bo‘ladigan og‘ir kasalliklar ro‘yxati bormi?
➡️ BATAFSIL

Mavzuga oid sizni qiziqtirgan boshqa savollar bo'lsa, video ostidagi izohlarda ularni yozib qoldiring.

➡️ Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ustozlar haqida ertalabdan chiroyli nutq eshitaylik.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Ringel'man effekti

1927-yilda juda qiziqarli bir qator tajribalar o‘tkazilgan, natijalari hozirda ko‘pincha eslanmaydi. Biroq, ushbu tajribalar natijalari psixologiyada "Ringel'man effekti" nomi bilan saqlanib qolgan.

Tajribalar quyidagicha o‘tkazilgan. Oddiy odamlar tanlanib, ularga og‘irlik ko‘tarish taklif qilingan. Har birining maksimal ko‘tarish imkoniyati qayd etilgan. So‘ngra odamlar guruhlarga birlashtirilgan, avval ikki kishidan, keyin esa to‘rt va sakkiz kishidan iborat guruhlar tashkil etilgan. Kutilgan natijalar aniq edi: agar bitta odam shartli ravishda 100 kg ko‘tara olsa, ikki kishi birgalikda 200 kg yoki undan ham ko‘proq ko‘tarishi kerak edi.

Chunki, guruhda ishlash orqali ko‘proq natijalarga erishish, guruhning yakuniy natijasi a’zolarining alohida natijalaridan kattaroq bo‘ladi, degan afsonaviy tushuncha allaqachon mavjud edi va hozirgacha saqlanib kelmoqda.

Lekin – afsuski! Ikki kishi o‘zlarining individual ko‘rsatkichlarining faqat 93% ini ko‘tarishgan. Sakkiz kishi esa faqat 49% ini ko‘tara olgan. Natijalar boshqa vazifalarda ham tekshirilgan. Masalan, arqon tortish o‘yini. Va yana – xuddi shu natija. Guruhning soni oshgan sayin, foiz kamayib borardi.

Sababi aniq. Agar men faqat o‘zimga tayanib harakat qilsam, maksimal kuch sarflayman. Ammo guruhda kuchni tejash mumkin: hech kim sezmaydi, tı tıbdan aytganidek, qishloq aholisi biror bayramda o‘zlariga bir burchak aroq quyish uchun har bir uydan bir chelak olib kelishni qaror qilishdi. Natijada, aroq bo‘lishi kerak bo‘lgan burchak to‘la suvga to‘lganini aniqlashdi. Har bir kishi bir chelak suv olib kelgan edi, va ular bir-biriga qadar, bu to‘plangan aroq, albatta, boshqalar tomonidan sezilmasdi.

Buning passivlik bilan aloqasi nima? Shundaki, men o‘zim harakatlanganimda, ularni xohlamasam ham eslab qolaman va o‘zim uchun qayd etaman. Keyinchalik men bu ishda boshqalar bilan birga ishtirok etar ekanman, men shunchalik yoki yanada kamroq kuch sarflayman. Bu esa o‘z navbatida, o‘zimni shu ishga passiv munosabatda bo‘lishga olib keladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy passivlikda biz uning kelib chiqish sababini yaxshi tushunib, natijada, bu passivlik yakuniy natijalarni nolga tushirishi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu jarayon birdaniga bo‘lmaydi – inertsiya kuchli narsa. Ammo, oxir-oqibat shunday bo‘ladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi kungacha hech qanday ijtimoiy texnologiyalar Ringel'man effekti ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lmadi. Siz "jamoaviy ishning afzalliklari ustozlari"ning maslahatlarini ko‘p o‘qigan bo‘lishingiz mumkin, ammo guruh o‘sib borar ekan, odamda passivlikni yanada ko‘proq namoyon bo‘lishi xosdir.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Darvozasidan endi kirib kelganda, voy rosa o‘qimishli inson ekan deb o‘ylab turgandim... uzog‘i yarim minutcha shunday o‘yladim))

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

"Mutolaa" vaqti keldi #mutolaa📚

(audiohikoyani tinglash uchun  24 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Aziz Nesinning "Gazeta nega taqiqlandi" hikoyasi

Hikoya absurd va mantiqsizlik ustidan qilingan o‘tkir hajv. Hikoya davomida shunday kulgili, shu bilan birga achinarli bir haqiqatga guvoh bo‘lamiz: taqiqlangan narsaning asl sababini hech kim bilmaydi, lekin baribir uni taqiqlash kerak bo‘lganiga ishonishadi!

Barcha gazetaning taqiqlanganidan xabardor, lekin hech kim uni nega taqiqlangani haqida aniq javob bera olmaydi. Bu kulgili holat bizga real hayotdagi absurd qarorlarni eslatadi – ba’zan odamlar nima uchun qabul qilinganini tushunmagan qonun-qoidalarni so‘zsiz bajaraveradilar.

Nesinning o‘tkir hajvi bizni kuldiradi, ammo shu bilan birga o‘ylashga ham majbur qiladi: nega ba’zan odamlar biror narsaga sababini tushunmasdan ham ishonishadi yoki qabul qilishadi. Masalan:

Nima uchun bu taqiqlangan? – Bilmayman, lekin taqiqlangan ekan, demak, shunday bo‘lishi kerak!

Siz ham hayotda shunday tushunarsiz va mantiqsiz holat(lar)ga duch kelganmisiz?


Audiohikoyani "Mutolaa" da tinglang:

🎧 Audiohikoyani bepul tinglash uchun:
https://mutolaa.com/book/gazeta-nega-taqiqlandi

🎙Hikoya audiosini Abdugʻani Roʻziyev o‘qigan.

"Mutolaa" ilovasini mana bu yerdan yuklab oling.

Premium varianti uchun DOMLAJON10 promokodi orqali 10% chegirma.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Birato‘la uchta elektromobilni bugun O‘zbekistonning bu yildagi eng kitobxon yoshlariga topshiramiz! Farzandlarimga ham shunday yutuqlar nasib etsin, deb duo qilgan holda esdalik uchun suratga tushib qo‘ydim.

Soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyiga kelaverasizlar.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…
Subscribe to a channel