domlajon | Unsorted

Telegram-канал domlajon - Isroil Tillaboyev blogi

13834

Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

Subscribe to a channel

Isroil Tillaboyev blogi

14-fevral yana bir bayram sifatida yoshlar xayotida iz qoldirishi aniq, chunki bu kundagi uchrashuvda prezident juda ko‘plab sovg‘alar eʼlon qildi mamlakat yoshlariga. Sinchalak kanali asoschisi Mahliyo Ozodova shu haqda chiroyli lavha qilibdi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Nima uchun fan olimpiadalarda oddiy va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari alohida bellashtirilmaydi?

Oddiy maktab o'quvchilarini vazirlik tomonidan o'tkaziladigan fan olimpiadalarida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan bellashtirish adolatsizlik emasmi?

Ushbu savolga MMTV sobiq Fan olimpiadalari hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti rahbari Umid Rahmonov javob berdi.

Xo'sh, bu borada sizning fikringiz qanday?

➡️ Izoh yozish

▶️ Javob — https://www.youtube.com/watch?v=vrwPkbNqz_M&t=5590s

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#yutuqli_savol

Fan olimpiadasi g'oliblaridan jamiyat taraqqiyoti uchun nimalarda foydalanish mumkin?


Ushbu savolga video ostidagi izohlarda javob yozgan 5 nafar obunachi "Tanaffus" podkastining ajoyib sovg'alariga ega bo'ladi.

"Tanaffus" podkastining fan olimpiadalari mavzusiga bag'ishlangan sonida pedagoglar va barcha ta'lim tizimi xodimlari uchun navbatdagi yutuqli savolni e'lon qildik.

❗️Ushbu savolga eng yaxshi javob yozgan 5 nafar obunachi quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi

1-o‘ringa: 500 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi yoki shu miqdordagi pul mukofoti;

2-, 3-, va 4-o‘ringa: "Mutolaa" platformasining bir yillik premium sovg'asi;

5-o‘ringa: Podkast mehmoni Umid Rahmonovning matematikaga oid ajoyib kitobi.

Obunachilarimiz ushbu sovg‘alarni qo‘lga kiritish uchun e’lon qilingan savolga video ostida izoh yozib qoldirishi va shu yozgan izohi uchun ko‘proq layk yiqqan bo‘lishi lozim.


➡️ Javob yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/vrwPkbNqz_M

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Gulruhbegim Toxirjonova Oʻzbekiston Federatsiyasiga Qaytdi!

📣Xalqaro sport ustasi (IM) Gulruhbegim Toxirjonova AQSh federatsiyasidan Oʻzbekistonga qaytishga qaror qildi. 2016-yilda ayol grossmeyster, 2024-yilda xalqaro sport ustasi unvonlariga erishgan sportchimizning qarori Oʻzbekiston shaxmatini jahon miqyosida yanada kuchaytirish uchun xizmat qiladi.

Gulruhbegim Tohirjonova shu paytgacha AQSh terma jamoasining 1-raqamli shaxmatchisi edi. 2023-yilda AQShda «Yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi» deb topilgan.

🤝Uning tajribasi, mahorati bilan Oʻzbekiston shaxmati yangi cho'qqilarni zabt etadi. Gulruhbegimga kelajakdagi musobaqalarda omad tilaymiz va uning yutuqlari bilan faxrlanamiz!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Саида Мирзиёева Ўзбекистон олима аёллари форумига ташриф буюрди

Президент ёрдамчиси ўз саҳифасига мазкур тадбирдан фотосуратларни жойлади ва Халқаро илм-фан соҳасидаги аёллар куни муносабати билан ташкил этилган мазкур форум юзасидан фикр билдирди:

Ўзбекистонда олимларнинг 48 фоизи аёллар! Уларнинг изланишлари, кашфиётлари ва фидойилиги илҳом бахш этади ва илм-фан уларга, улар эса илм-фанга кераклигини кўрсатади. Биз халқаро ҳамжамият билан илм-фан тинчлик ва фаровонликка хизмат қиладиган келажакни бунёд этиш йўлида биргаликда ҳаракат қиламиз!”, деб ёзади Саида Мирзиёева.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

IQtidorly loyihasi xalqaro ko‘rgazmada!

🚀 LEAP 2025: Global Texnologiya Konferensiyasida iQtidorly Ham Ishtirok Etmoqda! 🔥

2025-yilgi LEAP Konferensiyasi — butun dunyo bo‘ylab innovatorlar, startaplar va texnologiya gigantlarini birlashtiruvchi yirik global tadbir. Ushbu konferensiya IT Park Uzbekistan ko‘magida o‘zbek startaplari uchun ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda!

📍 Tadbir joyi: Saudiya Arabistoni
📅 Sanasi: 2025-yil

💡 iQtidorly loyihasi ushbu nufuzli konferensiyada ishtirok etib, O‘zbekistonning intellektual va texnologik salohiyatini namoyish qilmoqda. iQtidorly nafaqat ilmiy va intellektual tanlovlar, balki IT va innovatsiyalar sohasida ham faoliyat yuritmoqda.

🔹 Nima uchun LEAP 2025 muhim?
✅ Dunyoning yetakchi investor va ekspertlari bilan muloqot
✅ Startaplar uchun xalqaro bozorga chiqish imkoniyati
✅ Texnologiya va sun’iy intellekt bo‘yicha eng so‘nggi trendlar

🇺🇿 O‘zbekiston IT ekotizimi ham jadal rivojlanmoqda va LEAP 2025 orqali yangi hamkorliklar va imkoniyatlarga yo‘l ochilmoqda. Bu nafaqat startaplar, balki texnologik ekotizimni rivojlantirishni maqsad qilgan har bir ishtirokchi uchun katta platforma!

Yoshlar ishlari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlashida bu katta tajriba bo‘ladi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Mahalla va maktab hamkorligi kerak, lekin hamma mahalla raislari "грамотный" " emas-da. Yo‘nalishni sal o‘zgartirib hamkorlik qilinsa yaxshi bo‘lardi. Mana ulardan birining maktabdagi "hamkorligi"...

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️Hamyurtimiz Javohir Sindorov afsonaviy shaxmatchi Magnus Karlsonni mag‘lub etdi!

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida 2025 Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus turniri boshlandi. Musobaqa 7-17-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yurtdoshlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli 10 ta shaxmatchilari qatorida bahslarga kirishdi.

Mukofot jamg'armasi 750000$


➡️Formati:

Davra bosqichi. Aylana tizimda bir shaxmatchi qolgan hamma ishtirokchilar bilan rapid formatida bellashadi va TOP-8 ishtirokchilar pley-off bosqichiga yo'l oladi

Pley off bosqichida har bir match ikki klassik partiyadan iborat bo'ladi. Agar 2 match natijasiga ko'ra hisob teng bo'lsa, g'olib taybrekda aniqlanadi.Vaqt nazorati: 90 daqiqa + har bir yurishga 30 soniya (90+30).


❗️ Turnir tarkibi bilan tanishing:

🇺🇿GM Javohir Sindarov
🇺🇿GM Nodirbek Abdusattorov
🇳🇴GM Magnus Karlsen
🇺🇸GM Levon Aronian
🇩🇪GM Vinsent Keymer
🇮🇳GM Gukesh Dommaraju
🇺🇸GM Fabiano Karuana
🇺🇸GM Hikaru Nakamura
🇫🇷GM Alireza Firouzja
🇸🇰GM Vladimir Fedoseyev

Kecha Javohir Sindorov Magnus Karlsonni mag‘lub etdi. Eʼtiborlisi, ular onlayn ko‘p o‘ynagan bo‘lsa ham, shaxmat taxtasi ustida ilk bor bellashibdi va bu Javohirning g‘alabasi bilan yakunlandi.

🟥 Tomosha qilish uchun manzil - uzchesss">Uzchess Youtube kanali

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

O‘qituvchini shon-sharaf bilan nafaqaga kuzatishmoqda.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Alisher Saʼdullayev kecha zo‘r asarni tavsiya etganidan keyin o‘qib(tinglab) ko‘rdim.

Bundan 110 yil oldin Abdulla Qodiriy "Baxtsiz kuyov" pyesasini yozgan. Unda bir kambag‘al ishchi yigit Solih jamiyatdagi to‘y dabdababizligi tufayli sudxo‘rdan 1000 so‘m qarz olib to‘y qilishga majbur bo‘ladi, natijada to‘ydan keyin vaqtida qaytarolmay uy joyini tortib olishmoqchi bo‘lib fojea bilan yakunlanadi. Mazkur asarni "Mutolaa" platformasida tinglashingiz mumkin.

Oradan 110 yil o‘tgandan keyingi ahvolimizga qarab, asardagi voqeani solishtirsangiz hech narsa o‘zgarmaganini ko‘rishingiz mumkin. Hali ham etagimiz ketimizga yetmasa ham kuchanib, chiranib, qarz olib bo‘lsa ham to‘yga sarflashdan boshqa ish qilmayapmiz.

To‘ylar haqida ko‘p yozaman, bu zanjir kabi hammamizni majburiyatimizga aylangan bidʼatlardan qanday qutulish mumkin, faqatgina namuna, tashviqot va qatʼiy tartiblar o‘rnatib. To‘y shunchaki oddiy bir bayram dasturxonidek yaqinlar yig‘ilib, 2 og‘iz baxt tilab o‘tkazsa bo‘ladigan ixchamgina to‘ylar o‘tkazib, ortgan puliga kelin-kuyovning kam-ko‘sti, chet elni umrida ko‘rmagan, balki keyin ham ko‘rishi qiyin bo‘lgan ikki yoshni chet elga sayohatga sarflashni o‘rgatish yo‘llarini o‘ylashimiz kerak. Avvalo kattalar, ota-onalar (ayniqsa onalar) o‘zgarishi va bunga targ‘ib qilishi kerak.

Bo‘lmasa "Baxtsiz kuyov"ni 2125-yildagi avlodlarimiz ham o‘qib, farq ko‘rmay yuraverishi mumkin.

Chet elda to‘y oddiy bir marosimcha bo‘lib ulgurgani haqidagi video zo‘r chiqqan ekan, uni ham keltirmasdan ilojim yo‘q.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Shunday maktab yana qayerda ko‘rgansizlar?

Xatirchi tumanida 20 nafar oʻquvchisi, ikki oʻqituvchisi bor boshlangʻich maktabni uchratib qolishibdi. Hammasidan qizigʻi – oʻqituvchilar Hasan va Husanlar ekan)

© Subyektiv

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

21-asr o‘zbek o‘qituvchisi ish yuklamasining 2-qismi.

Mana shu muammolardagi taʼlim egalari bilan Singapurdek sifatli taʼlimga erishishni ko‘zlayapmiz.

Surat muallifi karikaturachi rassom Surxondaryo viloyati Angor tumani 1-maktab o‘qituvchisi Shuhrat Omonov.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

⚡️O‘zbekiston javohirlari!
Bu yoshlar bilan butun O'zbekiston faxrlansa arziydi!

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'z bilimi, mehnati va harakati bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan bir guruh yoshlar bilan tanishing. Ularning rejalari va niyatlari olam-olam. Eng xayron qolarlisi, ular hamma ta'lim olishni orzu qiladigan oliygohlarga 100% grant asosida qabul qilinishgan, xususan Harvard, Stanford, Columbia, MIT va yana o'nlab nufuzli top universitetlar shu jumlasidandir.

Yoshlar lideri Alisher Zafarovich bu yoshlarimiz bilan doimiy aloqada, ularning salohiyatidan foydalanib O‘zbekistonni rivojlantirish uchun agentlik atrofida birlashtirib kelmoqdalar. Ular barchalari yaqin orada bitirib kelgach juda katta hissalarini qo‘shishlari aniq xalqimizga.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Har bir hodimning potensialidan kelib chiqib vazifa beradigan rahbar Alisher Zafarovichdan o‘z tajribasi yuzasidan rahbarlarga master klass.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#кун_ҳикмати

Беш йилдан кейин ким бўлишингизни иккита асосий омил белгилайди:
сиз мулоқотда бўлган одамлар ва ўқиган китобларингиз.

Робин Шарма

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

ШУКУР ҚИЛАЙЛИК!

1952 йилда Хельсинкида бўлган Олимпиадада Люксембургдан бўлган енгил атлетикачи Жози Бартель олтин медални қўлга киритиб, жаҳон спорт оламида шов-шув яратди. Ташкилотчиларнинг ҳеч бири бу миттигина давлатнинг ғалаба қилишини ўйлаб ҳам кўрмаган эди. Шу сабабдан бу давлат мадҳиясининг ёзуви уларда йўқ эди. Тақдирлаш маросимида оркестр Люксембург мадҳияси ўрнига шунчаки куй чалиб турди. Шоҳсупада турган Бартель юм-юм йиғларди, албатта бу қувонч кўз ёшлари эмасди. У мамлакатининг қадри, шаъни, қиммати йўқлиги учун аламдан йиғларди. Ҳозирги кунга қадар бу Люксембургнинг ягона олтин медалидир.
Спортчиларимиз ғалабасига давлат мадҳиялари янграб, байроқлари кўтарилганда ҳар бир инсон ғурурланади. Лекин шундан ҳам нимадир топадиганлар, нима бўпти, нима фойдаси бор дейдиганлар чиқади. Афсус, инсонда юрт, Ватан туйғуси, орияти устун бўлиши керак. Ютуқни қўлга киритсангу, гимн ўрнига қанақадир куй ижро қилинса, бу алам қилмайдими... Ғалабага эришсангу, юқорида мамлакатинг байроғи ҳилпирамаса бу уят эмасми?!


@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Hozirgina Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvidan chiqdik:

Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.

Bundan tashqari, dunyoning nufuzli ”Top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10-yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Kuni kecha "Tanaffus" podkastida fan olimpiadalari g‘oliblariga sport olimpiadasidek pul to‘lanishini niyat qilgandik.

Quvonarlisi, bugun ayni shu haqda prezidentimiz xushxabarni eʼlon qildilar.
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi!

Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon”davlat stipendiyasi joriy etiladi.

Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

​​Darsliklardagi adabiyot adabiyot emas

Rostanam shunday. Yillar davomida qilingan mutolaalar, adiblarning hayotini chuqurroq o'rganish hamda siyosatdan xabardor bo'lish orqali shunday xulosa kelib chiqqan.

Masalan, biz yoki bizdan keyingi yosh avlod 5-dan 11-sinfgacha adabiyot darsliklarini o'qiganmiz va keyin ham o'qishadi. Bu darsliklarda hukumat tomonidan saralab olingan shoir va yozuvchilarning filtrdan o'tgan hikoya va she'rlari, romanlaridan parchalari yoki boshqa ijod namunalari beriladi.

Ularning tarjimai holi ham, umuman nima uchun shu adiblar darsliklarga kiritilganini ham yosh maktab o'quvchisi anglay olmaydi. Buning uchun ko'p yillik tajriba yoki vaqt kerak.

Yosh maktab o'quvchisining miyasi oppoq qog'ozga o'xshaydi. Unga nima yozilsa shu naqsh bo'lib qoladi. Bejizga maktab darsliklari siyosat darajasiga chiqmagan.

Ilk tushunchamiz shu darsliklardan tashqariga chiqmaydi: G'.G'ulomning Shum bolasi, Qahhorning Bemori, Oybekning Fonarchi otasi, H.Olimjonning Oygul bilan Baxtiyori, Zulfiyaning Bahor keldi seni so'roqlabi, Odil Yoqubovning Muzqaymoq hikoyasi, O'.Hoshimovning Urushning so'nggi qurboni ... Uvaysiy Chistonlariyu Navoiy Xamsalaridan parchalar... Oq kema... Hellados...
Hatto ba'zi 11-sinf o'quvchilari ham bu yozuvchilardan boshqalari borligini bilishmas ekan...

Qahhor, G'.G'ulom, H. Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, E.Vohidov, A.Oripovlarning shu mittigina biografiyasi va shapaloqdek she'r yoki hikoyasi ortida XX asr dahshatlari yotganini xayollariga ham keltirishmaydi. Toki ulg'aygunlaricha shu adiblar o'quvchi ko'z oldida benuqson siymo bo'lib turishadi. Birgina Zulfiyaga sadoqat timsoli va ideal ayol deb mahliyo bo'lib yurgan qizlarimizni misol qilish kifoya...
O'zimizda ham shunday kechgan aslida. Darsliklarga kiritilmay qolgan daho ijodkorlarning nega kiritilmaganlarini keyin bilganman. Qahhor, Oybek, M. Osim, A.Muxtor, O.Yoqubov, P. Qodirov, X. To'xtaboyevlar, Shekspir, Pushkin, Tagor, Aytmatovlarning ulkaaan adabiy olamiga kirgach darsliklar ko'zimga aysbergday (usti kichkina, ildizi bahaybat) ko'rinib qolgan... To'g'ri, adiblarning asl qiyofasini darsliklarga tiqishtirish ham xato. Darsliklar orqali o'quvchida adabiyotga mehr uyg'otish muhim. Xuddi bolalikda ertak aytib hayotga tayyorlatgan kabi. Qolganini ulg'ayganida bilaveradi. Ammo o'sha ijodkorlarning katta-katta asarlari borligini, darslikdan tashqarida ham zabardast shoiru adiblar mavjudligini bolalaringizga o'rgatib borsangiz - badiiy kitoblarni o'zingiz saralab o'qitib borsangiz foydali bo'ladi

#siz_nima_deysiz?

©Timur_books

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Qaniydi hamma jamoa ilm yo‘lida mana shunday birlashsa!

Agentlikning butun jamoasi hozirda Ibrat farzandlarining sunʼiy intellektga bog‘lab ishlab chiqilgan kreativ "Super start" ilovasi orqali til o‘rganishga kirishgan.

Rahbarimiz Alisher Saʼdullayev ajoyib motivatsiyasi tufayli kunda kechga jamoamiz guruhiga hamma o‘z natijalari bilan bo‘lishadi, tushunmagan joyida o‘zaro yordamlashiladi, rahbar ham o‘z natijalarini tashlaydi, jamoa birga dars qilamiz xullas.

Shuningdek, "Mutolaa" orqali butun jamoa parallel ravishda bir kitob, "Atom odatlar" ni tanlab olib, eshitib, fikr almashmoqdamiz. Bularning barchasi ish bilan parallel olib borilmoqda, vaqt yo‘q degan tushunchaga o‘rin qoldirmadi bu ikki qulay programmalar bizga.

Bugun bir haftadan oshiq vaqtda "Super start" ilovasidagi dastlabki mavsum darslarini eng birinchi Sharofiddin Xonimov boshchiligidagi bo‘lim xodimlari barchalari yakunlaganini eʼlon qildi, shunda rahbar o‘z xonasiga bo‘lim xodimlarini chaqirgan holda eng yaxshi ko‘rgan narsasini sovg‘a qildi. Juda havasdamiz. Bu juda katta motivatsiya, o‘z xodimlarini til o‘rganish, kitob mutolaasini qo‘llab-quvvatlab boruvchi bunday rahbar bilan ishlagan odam zerikmaydi, charchamaydi, maqsadlar qo‘yishdan qo‘rqmaydi.

Hamma jamoa mana shunday birgalikda til o‘rganishi, birgalikda kitob mutolaa qilishi ommalashsa qaniydi, bu jamoani do‘stlik, birdamligini mustahkamlaydi, rahbar va jamoani bir maqsad sari birlashtiradi, jamoaviy va shu bilan birgalikda shaxsiy rivajlantiradi!

Sizlar ham "Super start" ilovasini o‘rnating, ISROIL10 promokodini tering, 10 foiz chegirmada olasiz.
Mana qarang umuman englishni bilmaydigan Sharofiddin aka 10 kundayoq qanday gapirmoqda va til o‘rganishdan qanchalar zavqlanmoqda😍😍

Yuklab olish:

Play market orqali

App Storyʼlar uchun

Ketdim, bugungi darslarimni qilay, jamoamdan qolib ketmay)

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Fan olimpiadalari qadrsizmi?

"Tanaffus" podkastining 10-sonida katta mavzu, fan olimpiadalari mavzusida suhbatlashdik. Mehmonimiz, olimpiada tizimini vazirlikda oyoqqa qo‘ygan mutaxassis, vazirlik sobiq xodimi Umid Rahmonov.

📹Bugungi sonimizda:

Fan olimpiadalari markazi nima uchun tashkil etilgani;

Sport va fan olimpiadachilariga beriladigan mukofotlar o‘rtasidagi tafovutlar;

Fan olimpiadalaridagi ayrim g‘irrom o‘yinlar va nohaqliklar;

Nima uchun ba’zi fanlardan olimpiadalar mavjud emasligi;

Fan olimpiadalari bo‘yicha kutilayotgan yangiliklar haqida so‘z boradi.

❗️Ushbu sonimizdan boshlab, eng yaxshi izoh yozgan 5 nafar obunachi mukofotlanadi

1-o‘ringa: 500 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi yoki shu miqdordagi pul mukofoti;

2-, 3, va 4-o‘ringa: "Mutolaa" platformasining bir yillik premium sovg'asi;

5-o‘ringa: Podkast mehmoni Umid Rahmonovning matematikaga oid ajoyib kitobi.

Obunachilarimiz ushbu sovg‘alarni qo‘lga kiritish uchun podkast so‘nggida e’lon qilingan savolga video ostida izoh yozib qoldirishi va shu yozgan izohi uchun ko‘proq layk yiqqan bo‘lishi lozim.

Hamkorlarimiz ko‘paydi, bugungi sondan boshlab eng yaxshi 3 ta komment egasiga eng kreativ sovg‘a, "Mutolaa" kutubxonasining bir yillik premium variantini sovg‘a qilib boramiz.

Iltimosimiz shundaki, hali videoni ko‘rmasdan turiboq Youtubeʼdagi videoga kiriboq ostiga bitta like bosib va bir og‘iz biron komment yozsangiz yotube yuqoriga chiqarib hammaga tavsiya qiladi bizning podkastimizni.

Umid qilamanki, bir like va bir komment orqali qo‘llay olasizlar bizni. 🙏

Marhamat👇👇👇👇
▶️ To'liq video —
https://youtu.be/vrwPkbNqz_M

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

QATTIQQOʼLLIKDAN MUALLIMLIK AFZALDIR.

Maktab direktori aytadi: "Ertalab maktabga keldim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, maktabning tashqi devoriga sepiladigan bo‘yoq bilan xunuk bir gap yozilgan edi. Uzoq tekshiruvdan so‘ng buni kim qilganini aniqladik. Darrov uning otasini maktabga chaqirdik. U keldi. Devordagi yozuvni ko‘rgach, xotirjamlik bilan o‘g‘lini chaqirib berishimizni so‘radi. O‘g‘lini chaqirdik. U o‘g‘lidan haqiqatdan ham bu ishni qilganmi yoki qilmaganini so‘radi. O‘g‘li qilganini tan oldi. So‘ngra ota cho‘ntagidan telefonini chiqarib bo‘yoqchiga telefon qildi. U kelgach, u bilan devorni oldingidan ham chiroyli qilib berishini aytib kelishdi. Keyin o‘g‘liga qarab sokinlik bilan dedi:
— O‘g‘lim! Agar boshimni ko‘tarib yurishimga sabab bo‘la olmasang, hech bo‘lmaganda uni tushirib yurishimga sabab bo‘lma!

   So‘ngra u bizdan ruxsat olib qaytib ketdi. Men o‘quvchiga qaradim. U qo‘llari bilan yuzini ushlab yig‘lar edi. Men otaning uslubidan va uning bolasiga ta’siridan hayratda edim. So‘ngra u o‘quvchi bizdan kechirim so‘radi, pushaymonligini izhor qildi. Keyinchalik maktabning eng old o‘quvchilaridan biriga aylandi.

   Haqiqiy murabbiy o‘quvchisiga xatodan go‘zal natija olishni, to‘g‘ri yo‘l topishni  o‘rgatadi. Qadimgilar "Xato to‘g‘rilikka olib boradi", deyishgan. Maqsad jazolash emas. Maqsad muammoni davolash va mushkulotdan ijobiy natija bilan chiqish yo‘lini topishdir.

   O‘rgating, qattiqqo‘llik qilmang. Qattiqqo‘llikdan muallimlik afzaldir!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

1. BO’SHLIQ QONUNI

Agar sizga yangi poyabzal kerak bo'lsa, eskilarini tashlang. Agar sizga yangi kiyim kerak bo'lsa, shkafingizni tozalang. Siz o'zingizning stereotiplaringizdan ixtiyoriy ravishda voz kechishingiz kerak. Eskisidan xalos bo'lgandagina yangisi keladi.

2. AYLANISH QONUNI


O'zingiz xohlagan narsaga ega bo'lish uchun o'zingizdagi narsadan voz kechishga tayyor bo'ling.

3. TASAVVUR QONUNI

Avval siz tasavvuringizda farovonlikni ko'rishingiz kerak. Ideal kuningizning tavsifini yozing va uni ishonchli odamdan boshqa hech kimga ko'rsatmang. Ushbu tavsifni qulay joyda saqlang va bo'sh vaqtingizda uni qayta o'qing.

4. IJODIYOT QONUNI


Inson o'z tafakkuri, sezgi va tasavvurining energiyasi orqali farovonlikka erisha oladi.

5. QAYTARISH VA OLISH QONUNI

Agar biror narsa bersangiz, u o'n barobar qaytib keladi. Imtiyozlarni olganingizda, ularni boshqalar bilan baham ko'rish juda muhimdir. Agar sizda sovg'a bo'lsa va undan foydalanmasangiz, unda siz Ilohiy mohiyatingizni haqorat qilasiz. O'z qobiliyatlaringizni hurmat qilish uchun siz o'zingizning sovg'alaringizdan xursand bo'lishingiz va ularni boshqalar bilan baham ko'rishingiz kerak. Agar shunday qilsangiz, hayotingizga ko'proq barakalarni jalb qilasiz.

6. USHR QONUNI

Koinot har doim o'z ushrini oladi. Bu shunchaki qo'llab-quvvatlovchi manbaga minnatdorchilik qonuni - sizda bor narsaning 10%. Sizning ushringiz sizga qanday qaytib kelishini hech qachon bilmaysiz. Pul - bu odatiy hodisa. Ammo u kimdir bilan yarashish, yangi do'stlik, tiklanish va hokazo shaklida ham bo'lishi mumkin.

7. KECHIRISH QONUNI

Agar siz odamlarni kechira olmasangiz, boyligingizni qabul qila olmaysiz. Agar qalbingiz nafratga to'lgan bo'lsa, sevgi unda joy topa olmaydi. Sizni iste'mol qiladigan va sizga tinchlik bermaydigan salbiy his-tuyg'ulardan xalos bo'lishingiz kerak.

©Jasur Hamrayev

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

#Қойил

Мана 9 ёшли 3-синф ўқувчиси "IELTS" дан 6 балл олибди
👏

Бу дегани инглиз тилида ўзбек тилида гапиргандек гапиради дегани

Ота-оналарга юбориб қўямиз, мана болаларни ўқитиш керак.

Шу бола қаерлик экан-а?
Таниганлар ёзиб юборинглар?

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Zo‘r yangilik: O‘rtoqlar, Siz endi ishda ishlab turib ham, hech qanday repetirorga bormasdan turib ingliz tilini cho‘ntagingizdagi telefon orqali bemalol tizimli ravishda o‘rgana olasiz!

Agentlik jamoasi xorijiy tilni oʼrganish uchun o‘zbek xalqiga juda katta yangilikni e’lon qilmoqdamiz. “Ibrat farzandlari” endilikda sun’iy intellektga bog’langan holda “Super start” loyihasini taqdim etmoqda.

Platformada gapirishni, yozishni, soʼzlarni yodlashni noldan toki IELTS darajasigacha maydalab o’rgatadiga aqlli repetitor - sun’iy intellekt o’qituvchi sizga kechayu-kunduz hamroh, men kabi so’zlarni talaffuz qilishda ustozdan uyalib, qo’rqishga xojat yo’q, qayta-qayta o’rgatadi, toki yodlab, to’liq talaffuz qilmagunizcha qo’ymaydi, sekin-asta ingliz tili olamiga qiziqarli olib kirib ketadi, har bir mashg’ulotdan keyingi darsi boshqa kreativ topshiriqlar beradiki, siz shu tufayli qaysi yoshda bo’lsangiz ham zerikmaysiz, o’yin o’ynaydigandek qiziqib ichiga kirib ketasiz. Men ham interaktiv mashqlarini bajardim, ketma-ket har xil darajali mashqlarini bajarib, 100% oldim, boshlang’ichim zo’r ekan.

Platforma O’zbekistonda eng kreativ ilova bo’lib, o’zbek tilidagi bunday ilova taqdim etilayotgani millatimiz uchun juda quvonchli hol. Ilovaga a’zo bo’lish arzimagan simvolik narhda bo’lib, bu narh kechayu-kunduz istagan paytda hech bir ortiqcha ovoragarchiliksiz, ayniqsa ish bilan band, yoki repetitorga borishga imkoniyati yo’qlar uchun juda qulay narhdir. Shunda ham do’stim Rustam Qoriyevga bir og’iz iltimos qilgan edim, menga atab (aslida sizlar uchun) alohida promokod qilib berdi, ya’ni bu bilan ushbu postni o’qiyotganlar 10 foiz chegirma narhda sotib olishlari mumkin. Buning uchun ilovani sotib olishda ISROIL10 promokodini terishingiz kifoya. Marhamat, endiyam o‘rganmasak qachon o‘rganamizey, zo’r imkoniyatdan foydalaning, eng arzon narhda qulay sun’iy intellekt bilan chaqchaqlashib ingliz tilini o’rganamiz!

Play market

App Storeʼlar uchun

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Qoyil qolish kerak shunday intiluvchan yoshlarga, 3-4 yillik pul topish vasvasasiga tushmasdan, o‘zining kelajagiga, bolalalik orzusiga investitsiya tikkan hamda mana endi bir umr o‘zi sevgan zo‘r bir kasb egasi bo‘lib kelibdi.
Bolalarga katta, uzoq yillarga molik maqsadlar qo‘yishni o‘rgatish kerak.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

❗️Ўқитувчилар келажак бунёдкорими ёки Замонавий МАРДИКОР?!

2018 йил 27 июлдаги Қарорга кўра, Ўқитувчи қуйидагилардан бошқа ҳужжат ишларини
ЁЗМАСЛИККА ҳаққи бор:
- синф журнали;
- йиллик тақвим мавзуи режа;
- кундалик дарс ишланмалар.


☝️Ўқитувчилардан юқоридагилардан ташқари барча қоғозбозликларни талаб қилиш НОҚОНУНИЙДИР!

Меҳнат кодексининг 115-моддасига кўра, иш берувчи ходимдан шартномасида кўрсатилмаган ишни бажаришни талаб қилишга Шунингдек, иш берувчи қонунга зид бўлган ёки ходимнинг бузадиган амалларни ходимдан бажаришни талаб қилиши ҚОНУНАН МУМКИН ЭМАС.

Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2023-йил 20-декабрдаги 565-сонли буйруғига мувофиқ тасдиқланган умумий ўрта таълим муассасалари ходимларининг лавозим мажбуриятлари бўйича ўқитувчининг навбатчилик вазифаси мавжуд эмас. Шу сабабли, иш берувчининг ўқитувчиларни навбатчиликка мажбурлаш ҳуқуқи мавжуд эмас.

2018 йил 10 май куни Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикасида МАЖБУРИЙ МEҲНАТГА барҳам беришга доир чора-тадбирлар тўғрисида“ги 349-сонли қарори қабул қилинган. Қарорга мувофиқ, умумхалқ ҳашарини ўтказиш юзасидан фақатгина Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли ҳужжати ёки Вазирлар Маҳкамасининг қарори мавжуд бўлган тақдирда, ҳашарда иштирок этадиган шахслар меҳнат қиладиган тегишли ташкилот ҳудудида меҳнатни муҳофаза қилиш ва ҳавфсизлик нормаларига қатъий риоя этган ҳолда фақатгина ихтиёрий тарзда ташкил этилиши ва ўтказилиши мумкин эмас.
Бу каби ҳолатларда, Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 49 моддасига биноан ЖАРИМА қўлланилади. Яъни мактабларда ўқитувчиларнинг НАВБАТЧИЛИК, ИШДАН ТАШҚАРИ МАЖБУРИЙ МEҲНАТ, ТАСДИҚЛАНМАГАН ҲАШАРларга жалб қилиниши қонунбузарликка асос бўлади.

©Rost24 sayti.

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Nima qolib ketdi yana?)

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Алишер Файз роса таъсирланиб тинглаётган эди. Ярамас Шукрулло охирида пақ этдию, Алишер Файзни ҳаёли ёввойи кабутардек учди, кетди🤣🤣🤣🤣🤣

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Китоб ўқиган оналарга 6 ойлик коммунал тўловлар тўлаб берилади

Андижон туманида яхши ташаббус илгари сурилаётган экан. 20 ёшдан, 45 ёшгача бўлган оналар ўртасида “Маърифатли она” китобхонлик танлови ўтказилиши эълон қилинибди. Танлов ғолибларига коммунал тўловларга ваучер мукофот тариқасида берилар экан.

Дарҳақиқат аёллар ўқиса, миллат ўқиган каби бўлади. Қўллаб-қувватлаймиз!

@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…

Isroil Tillaboyev blogi

Do‘ppi “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi”ga kiritilishi mumkin.

Bu surat Turkmaniston poytaxti Ashxobodda olingan.

Yangiligimiz esa, Tojikistondan.

Dushanbedan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, endi tojik, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz va turkmanlarning milliy do‘ppisi BMT YUNЕSKO jamg‘armasining “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi” ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Bu haqda Tojikistondagi yetakchi “Aziya-Plyus” nashri mamlakatning IT instituti Madaniyat va axborotlashtirish boshqarmasi rahbariga tayanib xabar bermoqda.

Abdufattoh Aminovning mazkur nashrga aytishicha, “do‘ppi nominatsiyasini xalqaro jamg‘armaga qolgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan birga taqdim etishadi”.

Bungacha O‘zbekiston va Tojikiston bahamjihatlikda bu ro‘yxatga palov va u bilan bog‘liq urf-odat, an’analarni ham kiritishga muvaffaq bo‘lishgan.

Mintaqa yana dunyoning qator davlatlari bilan birga Navro‘z bayramini ham xuddi shunday qilishga erishishgan...


@domlajon
t.me/domlajon

Читать полностью…
Subscribe to a channel