Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
57 yil oldingi mexanik mashinalar ekan.
@domlajon
t.me/domlajon
Yuqori daromad topishni istaysizmi? Unda buni ko‘rishingiz kerak!
🤩 Yoshlar ishlari agentligining “Ustoz AI” loyihasi eng zamonaviy kasblarga o‘rgatishda, yangidan yangi kurslar qo‘shishda davom etmoqda. Ustoz AI endi sizga ish topish va yuqori daromad olish sirlarini o‘rgatadi. Mobil ilova yuklab oling va bepul kurslarni o‘zlashtiring!
⬇️Ilovani yuklab olish 👉 Mobil ilova
@domlajon
t.me/domlajon
Fizika, texnologiya darslarida sinab ko‘rsangiz bo‘ladigan zo‘r eksperimentlar ekan.
@domlajon
t.me/domlajon
Vatandoshini qo‘llab-quvvatlayotgan yoshlar.
Abduqodirning ingliz tili o‘rganishi juda zarur bo‘layotgani hammaga maʼlum. Shu ishda har kim o‘z yordamini berishga tayyor. Xususan IELTSʼdan 9 ball egasi Behzod Mirahmedov ham o‘z kanalida shunday deb yozdi:
Abduqodir Khusanovga shaxsan o‘zim Ingliz tilidan bepul online dars o‘tishga tayyorman!
Zarur bo‘lsa, IELTS ZONE’dan yana 1-2 nafar o‘qituvchini ham 24/7 rejimda yordamga biriktirishim mumkin.
Eng muhimi, u tilni tezroq o‘rganib, Angliyaga moslashishni iloji boricha tezroq uddalashi kerak.
****
Ofarin yoshlar, vatandoshlarimizni doimo bir tanu, bir jon bo‘lib qo‘llashga namuna👏👏
@domlajon
t.me/domlajon
"Tanaffus"ning yangi sonini dam olish kunida ko‘rishni tavsiya etamiz. Eng mashhur psixolog Akobr Abdullayev bilan barcha o‘qituvchilarga manfaatli suhbat tashkil etildi bu sonida.
@domlajon
t.me/domlajon
To‘g‘ri gapiribdi, lekin shu yigit o‘zi tashabbus qilib do‘ppi kiyib yurishni boshlab bersa, qolganlar ham kiyaversa yaxshi bo‘lardi, bo‘lmasa aytganidek ko‘zimizga g‘alati ko‘rinaveradi do‘ppi kiyganlar...
Qirg‘izlar, turkmanlar kabi odatiy kiyim boshga aylansa qaniydi do‘ppimiz ham...
@domlajon
t.me/domlajon
Har qanday holatda ham pozitiv yashab, xayotdan mamnun yashashga misol. O‘ladigan dunyoga g‘am-g‘ussaga ne xojat, deydiyu))
@domlajon
t.me/domlajon
Қашқадарёда мактаб директори ўқитувчиларга форма учун пул йиғишга кўрсатма берди
Директор формаси йўқ ўқувчини мактаб дарвозасидан ташқарига чиқариб юборишини айтган. Ҳолат Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси томонидан ўрганилиб, директор жаримага тортилди.
Таълимнинг куни кинначиларга қолган хуллас.
@domlajon
t.me/domlajon
To'rt kunlik ish haftasining afzalliklari bo'yicha o'tkazilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar quyidagilarni ko'rsatmoqda:
1. Yangi Zelandiyaning Perpetual Guardian kompaniyasi ikki oy davomida to'rt kunlik ish haftasini sinovdan o'tkazdi. Natijada, xodimlarning mehnat unumdorligi 20 foizga oshdi, stress darajasi 45 foizdan 38 foizga kamaydi va ish va shaxsiy hayot o'rtasidagi muvozanat 54 foizdan 78 foizga yaxshilandi.
2. Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida o'tkazilgan tajribada, 6 soatlik ish kuni joriy etilganidan so'ng, xodimlarning sog'lig'i yaxshilandi, kasallik varaqalari bo'yicha xarajatlar kamaydi va umumiy farovonlik darajasi oshdi.
3. Germaniyada o'tkazilgan eng yirik tajribada, turli sohalardagi 45 dan ortiq tashkilot ishtirok etdi. Natijada, xodimlarning 90 foizga yaqini hayotdan qoniqish darajasi oshgani va ish-shaxsiy hayot muvozanati yaxshilangani qayd etildi.
4. Islandiyada 2015 yildan 2019 yilgacha o'tkazilgan keng ko'lamli tadqiqotlar natijasida to'rt kunlik ish haftasiga o'tish xodimlarning mehnat unumdorligini saqlab qolgan yoki oshirgan. Bu tadqiqotlar xodimlarning stress darajasini kamaytirgan va ish va shaxsiy hayot muvozanatini yaxshilagan.
5. Buyuk Britaniyada o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, to'rt kunlik ish haftasiga o'tish xodimlarning ish va shaxsiy hayot muvozanatini sezilarli darajada yaxshilagan, bu esa ularning umumiy qoniqish darajasini oshirgan.
6. Yaponiyada 2025-yil apreldan boshlab Tokiodagi davlat xizmatchilari uchun to'rt kunlik ish haftasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu qaror xodimlarning farovonligini oshirish va tug'ilish darajasini ko'tarish maqsadida qabul qilinmoqda.
7. Qozog'iston Mehnat kodeksiga to'rt kunlik ish haftasi tushunchasi kiritildi, bu esa ish beruvchi va xodimlarga besh yoki olti kunlik ish haftasiga almashtirish huquqi bilan to'rt kunlik ish haftasini kelishib olish imkonini beradi.
Ushbu tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 4 kunlik ish haftasiga o'tish mehnat unumdorligini oshirish, xodimlarning farovonligi va sog'lig'ini hamda ish va shaxsiy hayot muvozanatini yaxshilash kabi afzalliklarni ta'minlaydi.
©Ziyodakhon Rasulova
@domlajon
t.me/domlajon
Bog‘chada bolani dunyoqarashini o‘stirishga xizmat qiladigan, bolaligiga mos, ruhiyatiga mos tadbir va mashg‘ulot qilish kerak, o‘ynatish kerak, qo‘shiq, sheʼr yodlarish kerak, nima bor edi bunday o‘xshamagan, bolalar o‘zlariyam nima qilayotganini tushunmaydigan bunday tadbir qilish. Pedagogikani "p" siniyam tushunmaganlarni bog‘chada ishlatish butun umrga salbiy taʼsir qiladi bola ongiga.
O‘zi vazirlik bog‘chalarga qanaqadir o‘quv dasturlar, tadbir ssenariylar beryaptimikan, degan savolni ham endi qo‘ysak arziydi bunday tadbirlaridan keyin, yoki hamma o‘zlari kallasi yetgancha ish qilaveradimikan?
@domlajon
t.me/domlajon
Bizda kollejda o‘rgatadigan narsalarimizni bog‘chadayoq o‘rgatib tashlagandan keyin yangi ixtirolar chiqaveradida.
@domlajon
t.me/domlajon
Юқоридаги постдаги сурат ҳақида руслар зўр юмористик ролик қилишган экан "Ералаш"да.
Жиддий сурат ҳақида хазил пост.
Суратдаги воқеликни зўр тасвирлаган, ўша уй, ўша ит, ўша кийимлар ва ўша "иккичи" 😅😅
Бизга қўшилинг👇👇
@domlajon
t.me/domlajon
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
Muvaffaqiyatli karyera eshiklarini ochuvchi nufuzli oliygohda o‘qishni orzu qilasizmi?
Markaziy Osiyo Amerika Universiteti (AUCA) U.S.-Central Asia Education Foundation (U.S.-CAEF) dasturi bilan hamkorlikda o‘qish uchun TO‘LIQ grant olish imkoniyatini taklif qilmoqda!
U.S.-CAEF tomonidan ta’lim olishingiz bilan bog‘liq, o‘qish, yashash, transport xarajatlari, oylik stipendiya, nufuzli kompaniyalarda amaliyot o‘tash kabi BARCHA xarajatlar qoplanadi.
🟢 Ta’lim yo‘nalishlari:
• Biznes boshqaruvi
• Iqtisodiyot
• Dasturiy muhandislik
• Amaliy matematika va informatika
AOMU'da o‘qish nafaqat bilim olish, balki shaxsiy o‘sish va rivojlanish uchun cheksiz imkoniyatlar ham demakdir. Siz to‘garaklarda, konferensiyalarda, xalqaro almashinuv dasturlarida qatnashishingiz va dunyoning turli burchaklaridan kelgan qiziqishlari turlicha talabalar bilan fikr almashishingiz mumkin.
✋ Ariza topshirish uchun Profil sahifasidagi havola orqali uscaef.org saytiga o‘ting va so‘rovnomaning birinchi qismini to‘ldiring. Shundan so‘ng, elektron pochtangizga so‘rovnomaning ikkinchi qismiga havola va batafsil ko‘rsatmalar yuboriladi.
‼️ Arizalarni qabul qilishning so‘nggi muddati - 2025-yil 22-yanvar, Toshkent vaqti bilan soat 16:00 gacha.
Maktab kutubxonachilari asosiy vazifasini bajarishga jismonan ulguradimi?
"Maktabimizda mingdan ortiq o‘quvchi uchun atigi bir nafar kutubxonachi biriktirilgan. O‘quv yili o‘quvchilarga darsliklar tarqatish-u, MMTBga qatnash bilan o‘tib ketadi.
Yil yakunida esa o‘quvchilardan ijaraga berilgan darsliklarni yig‘ib olishimiz kerak. Asosiy vazifamizni bajargani vaqt yetmaydi. Oladigan maoshimiz haqida esa aytmay qo‘yaqolaylik...", degan edi maktab kutubxonachilaridan biri.
Barcha ota-onalar va pedagoglar ko'rishi kerak bo'lgan podkast
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida "Ota-onalar maktab ta'limiga befarqmi?" mavzusida suhbatlashgandik.
Bizningcha, har bir ota-ona va pedagoglar ushbu podkastni ko'rishi yoki quyidagi sarlavhalardan birini tanlab, uning bir qismini bo'lsa-da, ko'rishi lozim deb o'ylaymiz.
O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'lsa, belgilab qo'yilgan sarlavhalar ustiga bosing.
Bolalar tarbiyasi faqat onalarga bog‘liqmi?
➡️ BATAFSIL
Otalar ish joyidan vaqtliroq uyga qaytishlari kerakmi?
➡️ BATAFSIL
"Oila-mahalla-maktab" hamkorligi yaxshi ishlayaptimi?
➡️ BATAFSIL
Ota-ona va maktab hamkorligini ta’minlashda qanday muammolar bor?
➡️ BATAFSIL
Ota-onalar faqat zaruriyat tug‘ilgandagina maktab bilan muloqot qiladimi?
➡️ BATAFSIL
Nima uchun boshlang‘ich sinfda ota-onalar faol bo‘lib, farzandi yuqori sinfga o‘tganda pasayadi?
➡️ BATAFSIL
Xorij maktablarida ota-ona va maktab hamkorligi mexanizmi qanday ishlaydi?
➡️ BATAFSIL
AQSH maktablarida ota-onalar majlisi bo‘lmaydimi?
➡️ BATAFSIL
O‘zbekistonda ota-onalar bilan muloqot qilish mexanizmi yaxshi ishlamaydimi?
➡️ BATAFSIL
O‘zbekistonda ham ota-onalar uchun majlis qilmay, ular bilan muloqotni yo‘lga qo‘ysa bo‘ladimi?
➡️ BATAFSIL
Nima uchun ota-onalar o‘qituvchidan noliyveradi?
➡️ BATAFSIL
Davlat siyosati darajasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish kerak
➡️ BATAFSIL
Onalarni homiladorlik vaqtidan boshlab tarbiyalash kerak
➡️ BATAFSIL
Eng muhim narsa — muloqot!
➡️ BATAFSIL
Bolalar yuqori sinfga o‘tganda ota-onalarning maktab bilan hamkorligi susayishining sabablari
➡️ BATAFSIL
Sinf rahbari lavozimi alohida shtat bo‘lishi lozim
➡️ BATAFSIL
Shunchaki rasmiyatchilik uchun ota-onalar majlisi tashkil qilmaslik kerak
➡️ BATAFSIL
Ota-onalar homila, bog‘cha paytidanoq bola bilan shug‘ullanishi kerak
➡️ BATAFSIL
Pedagoglar o‘quvchiga jismoniy kuch ishlatishi to‘g‘rimi?
➡️ BATAFSIL
Arzimagan sabablar uchun ham ba’zi ota-onalar maktabga janjallashish uchun keladi
➡️ BATAFSIL
Maktab qorovullari qanday ishlashi kerak?
➡️ BATAFSIL
Milliy gvardiyaning maktablarga biriktirilishi to‘g‘rimi?
➡️ BATAFSIL
Ota-onalarning bolalar ta’limidagi ishtiroki qanday bo‘lishi kerak?
➡️ BATAFSIL
Biz, ota-onalar kitob o‘qimay qo‘ydik
➡️ BATAFSIL
Maktab kutubxonalaridan qanday foydalanyapmiz?
➡️ BATAFSIL
Bolalarni kitobga qiziqtirish qiyin kechmoqdami?
➡️ BATAFSIL
Bolalarni iqtidoriga qarab ajratish tabaqalanishmi?
➡️ BATAFSIL
Ota-onalar "remontga" pul berishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
Xususiy maktablar ham tabaqalanishni kuchaytiradimi?
➡️ BATAFSIL
O‘quvchilarni qiziqqan fani bo‘yicha o‘qitish tizimini rivojlantirish lozim
➡️ BATAFSIL
Maktab ta’miriga qancha mablag‘ ajratilganini ochiq manbalarda e’lon qilinishi kerak
➡️ BATAFSIL
Maktabga ko‘ngilli ravishda berilgan pul porami?
➡️ BATAFSIL
Eng yaxshi izoh egasi taqdirlanadi
➡️ BATAFSIL
Ushbu sonimizda e’lon qilingan yutuqli savol
➡️ BATAFSIL
▶️ Barchangiz youtubeʼdagi videomiz tepaga ko‘tarilib chiqishi uchun atigi bittadan layk bosishlaringizni so‘rab qolamiz — https://youtu.be/SMgxvFBc8UU
@domlajon
t.me/domlajon
“Yashil makon” multfilmi tomosha qiling!
https://youtu.be/tLKC0V3_-1k
Elyor Norpulatov.
@domlajon
t.me/domlajon
Muvaffaqiyatli amaliyot: Toshkentda kontrabanda tamakining yirik partiyasi qo‘lga olindi
Davlat idoralarining bahamjihatlikdagi amaliyoti natijasida Toshkentda yirik miqdorda noqonuniy tamaki mahsuloti yetkazib berilishining oldi olindi.
Noqonuniy savdoga aloqador fuqaroni qo‘lga olishda uning avtomobilidan jami 174,1 mln so‘mli 2894 quti tamaki mahsuloti olib qo‘yildi.
Tamaki mahsuloti noqonuniy aylanmasi to‘g‘risidagi modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ishning barcha holatlarini va ehtimoliy sheriklarni aniqlash uchun tergov ishlari o‘tkazilmoqda.
Muvaffaqiyatli amaliyot davlat idoralarining yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga sodiqligini namoyish etadi. Bunday chora-tadbirlar bozorda noqonuniy tamaki kamayishiga va shaffof iqtisodiy muhit yaratilishiga xizmat qiladi.
Qayd etamizki, 2024-yilda noqonuniy tamaki O‘zbekiston bozorining 12,4 foizini egallagan va eng katta ulushlar Namangan (38,8%), Farg‘ona (24,7%) vaa Jizzax (18,2%) viloyatlariga to‘g‘ri kelgandi. Byudjet yo‘qotishlari 500 mlrd so‘mga teng bo‘ldi.
@domlajon
t.me/domlajon
Virtual suv eksporti haqida yaxshi tahlil ekan. Ko‘pchilik eʼtibor bermagan muammo.
@domlajon
t.me/domlajon
Kuni stress bilan o'tayotgan pedagoglar haqida o‘ylayapmizmi?
Har kunlik ish faoliyati stress bilan o‘tayotgan o‘qituvchilar sog‘ligi haqida hech ham o‘ylab ko‘rmaymiz. Biz odatda pedagog xodim biror-bir ayb ish qilsa, uni ijtimoiy tarmoqlarda darrov muhokama qilishni boshlaymiz.
Mutasaddilarimiz esa, aybdor o‘qituvchini topib, shunchaki uni ishdan bo‘shatib yuborish bilan cheklanadi.
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida aynan mana shu og‘riqli nuqtamiz haqida amaliyotchi psixolog, PhD Akobr Abdullayev bilan suhbatlashdik.
Odatdagidek, podkast davomida o‘tgan galgi sonimizda e'lon qilingan savolga javob yozgan va shu javobi uchun eng ko‘p layk to‘plagan g‘olib obunachimizni ham e’lon qildik.
Bu galgi sonimizda ham yana bir qiziq savolni o‘rtaga tashladik. Marhamat, podkastni ko‘ring, xulosa chiqaring va e’lon qilgan savolimizga YouTube sahifamizdagi izohlarda fikringizni yozib, 500 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi yoki shu miqdordagi pul mukofotini qo‘lga kiriting.
#TOP1000 #Reyting
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).
@domlajon
t.me/domlajon
Men o‘qigan xona.
Bir haftadan buyon Yoshlar ishlari agentligining xodimlari barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar bilan uchrashib yuribmiz.
Men Farg‘ona viloyatiga biriktirildim.
Bugun qiziq holat bo‘ldi. Qo‘qon DPIda bo‘lgan uchrashuv tasodif bilan aynan men bundan 20 yillar oldin o‘qigan sinf xonamga joy tayyorlashgan ekan. Juda ajoyib bo‘lar ekan, 4 yil bir xonada o‘qisangu, oradan 20 yil o‘tib ayni xuddi shu xonada hukumat vakili sifatida o‘zingni yoshligingni esga soluvchi ko‘zlari yongan talabalar bilan suhbatlashsang, bu juda ajoyib his...
Bu uchrashuvlarda viloyat mutasaddilari bilan birgalikda yoshlarning barcha qatlami vakillari bilan yuzma-yuz dildan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar va ularni yechish uchun hukumatimiz tomonidan yana qanday sharoitlar yaratib berish bo‘yicha yangi tashabbuslar, yangi takliflar yig‘yapmiz hamda Agentligimiz orqali Prezident administratsiyasiga taqdim etib bormoqdamiz.
Har kuni turli tumanlarda, taʼlim muassasalariyu tadbirkor yoshlar bilan suhbatlashib boryapmiz. Farg‘ona viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod aka Polvonov, Agentlik Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i Muhammadamin G‘aniyevlar bu uchrashuvlarda birga hamrohlik qilyapmiz.
Taklif, tashabbuslar yig‘ish, o‘rganish ishlarimiz butun respublika bo‘ylab davom etmoqda.
Yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etamiz.
@domlajon
t.me/domlajon
Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева Халқаро таълим куни арафасида нуфузли халқаро ташкилотлар вакиллари билан учрашди
Халқаро таълим куни арафасида Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева UNICEF, UNESCO, UNDP, ИҲТТ, Жаҳон банки ва бошқа ташқилотлар вакиллари билан учрашув ўтказди. Маълум қилинишича, мулоқот давомида таълим масаласига янги ёндашувлар – инновациялар, замонавий методикалар ва жаҳон тажрибасига асосланган ечимлар муҳокама қилинган.
Саида Мирзиёева ўз саҳифасида ушрашув ҳақида фикр билдирар экан, “Биргаликдаги саъй-ҳаракатларимиз натижасида сифатли таълим олиш имкониятидан барча эркин фойдаланиши учун зарур шароит яратишга эришамиз”, дея қўшимча қилиб ўтди.
@domlajon
t.me/domlajon
AQSH maktablarida ota-onalar majlisi bo‘lmaydimi?
"AQSH maktablarining aksariyatida ota-onalar uchun majlis qilinmaydi, ular bilan doimiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan.
Ota-onalarga pochta orqali maxsus xabarlar yuboriladi. U barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo'ladi", deydi ta'lim loyihalari bo'yicha xalqaro ekspert Inoyatxon Sadikova.
O‘zbek futbolining yangi qadami. Hayrli bo‘lsin!
Rasman eʼlon qilindi.
@domlajon
t.me/domlajon
Вақт ажратиб (шу иборани ишлатганлар сизларга ҳам жуда бир вақти кам одамлардек туюладими:) “Бек ва Лола” серияси мултфилмларини кўриб чиқдим. Бу мулфилмларни Ёшлар ишлари агентлиги ишлабди.
Бу мултфилмлар мактаб ёшига етмаганлар учун ишланган. Улар “ривожлантирувчи” (развивающие) мултфилмлар сирасига киради. Ривожлантирувчи мултфилмларда, кўпинча, аниқ бир сюжет бўлмайди, болага яхшилик, билим олиш каби қадриятларни сингдириш, тасаввурини кенгайтириш учун ишланади, жараёнлар ва ҳаракатлар такрорланади, позитивлик, мусиқа жўрлиги бўлади. “Бек ва Лола” саҳналарида, қаҳрамонлари кийимлари ва ўзини тутишларида чиройли графикалар билан миллийликка урғу берилибди. Кичкинтойлар Бек ва Лола тошкентлик бўлгани учун Тошкент шаҳри, кўчалари, хонадонлари кўринишига алоҳида эътибор берилган.
Ҳамма серияда жуда ўйноқи, рақсбоп мусиқалар танланган.
“Тонгги машқ” серияси болани бадантарбияга ўргатади, эски “Қилпиллама” халқ қўшиғи мусиқасига мосланган. “Алифбо ўрганамиз” серияси ҳарфларни ўргатишга чақиради, Дадахон Ҳасановнинг “Куйдиради” қўшиғи мусиқасига мосланган. “Энди нима қиламиз” серияси болани ортиқча ширинлик емасликка чақиради, “Қўғирчоғим Наташа” болалар қўшиғи мусиқаси мосланган. “Бир оиламиз ўзбекистонлик” сериясида Республикадаги барча ҳудудлар бир-бир санаб чиқилади ва ўзаро дўстлик тарғиб қилинади, Фаррух Зокировнинг “Чойхона бўлса” қўшиғи мусиқасидан фойдаланилган. “Дастёрлар” сериясида эса “Ойижон, бошгинам оғрийдия” деган болалар қўшиғидан фойдаланилган бўлиб, тантиқ қизча тилидан айтилган эски қўшиқ ўрнига дастёр бола тилидан янги сўзлар қўйиб ижро этилган. Фақат мултфилмлар охирида мусиқанинг асл муаллифи кўрсатиб ўтилмаганлигига ҳайрон бўлдим, ҳарқалай, айримлари халқ куйи эмас, муаллифи бор.
Барча мултфилмлардаги қўшиқлар бутунлай янги сўзлар билан ижро қилинган. Ижодкорлар боғча болаларга мос содда сўзлар танлашга уринган бўлиши мумкин, аммо назаримда қўшиқлар матни, қофиялари устида янаям ишлаш керак. “Шунга қорни оғрибди, томоғи ҳам оғрибди”, “Ҳарфларни ўрганамиз, ўқишни ўрганамиз, алифбони ўрганиб, билимдон бўламиз”, “Улар менинг тенгдошларим, энг яқин дугоналарим” каби жумлалар ўрнига қуйма, пишиқ жумлалар, қофиялар топса бўлар эди. “Бир оиламиз ўзбекистонлик” сериясида барча вилоятдан ва Қорақалпоғистондан қаҳрамонлар санаб ўтилганда ҳудудларнинг ўзига хослигига урғу берилса бўёқдорлиги ортарди, аммо фақат хоразмлик қизнинг лазгига чиройли ўйнаши тилга олинибди.
Умуман олганда яхши мултфилм ишланибди, болалар қизиқиб кўришмоқда, тақлид қилишга уринмоқда. Ижодкорлардан давомини ҳам кутиб қоламиз, мана шундай позитив, миллий мултфилмлар кўпайиб, болалар онгига яхши қадриятларни сингдираверсин.
Яна бир яхши ҳолат: мултфилм ижодкорлари орасида ўзбекча исм-шарифлар кўплиги бўлди. Одатда, биз тенгилар кўрган ўзбекмултфилмлар ижодкорлари орасида ўзбекча исм-фамилиялар сийрак учрарди, ўзимиздан ҳам яхши аниматорлар, графика усталари кўпайиб қолгани, албатта, қувонарли.
Мултфилмлар бу ерда Bekvalola/featured" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@Bekvalola/featured
© Шукуржон Исломов
@domlajon
t.me/domlajon
Буюк Британияда нашр қилинадиган "The Observer - Кузатувчи" газетаси 16-январ сонида Абдуқодир Ҳусанов ҳақида катта мақола эълон қилди.
Мақола шундай бошланади: "Премьер Лига чемпионлари орасига қўшилган 20 ёшли футболчи Ўзбекистонда рад қилингандан кейин, Беларусга кетиб, ўз карьерасини давом эттирган эди". Непотизм ва таниш-билишчилик ҳақида бундан қисқа va лўнда тушунтириш бўлмаса керак.
Футболдаги коррупциямиз энди бутун дунёда тилга олинаверади, зора шундан кейин ўзгариш бўлса.
@domlajon
t.me/domlajon
Бу расм Фёдор Решетников томонидан 1952 йили чизилган. Расм номи "Навбатдаги 2". Расмдан кўриш мумкин 2 баҳо оила учун уят ва нақадар ёмон холатлигини. Хозирги кунда бахо ахамиятсиз бўлиб қолгандек туюлади менга. Хозирда бахо учун ўқимаслик керак деймизу, иккичилар кўпайиб кетаётганини кўрмаётгандекмиз. Менимча аслида айнан бахо учун ўқиш керак. Мактаб давридан, хатто бошланғич синфдан нимагадир интилиш, рақобат бошланади. Сизни фикрингиз қандай?
@domlajon
t.me/domlajon
Chuqur maʼnoli rasmlar ekan.
Har birini alohida izolab ko‘ring-chi?
@domlajon
t.me/domlajon
Bolalarning kreativ fikrlashini shakllantirishga zo‘r metod ekan.
Tasviriy sanʼat darsi bolalarni tasavvurlarini cheksiz qilib tashlashi mumkin.
Toshkent shahridagi tasviriy sanʼat va chizmachilik fani o‘qituvchisi Muzaffarjon yozmoqda:
"Tasavvur asosida rasmni davom ettirish" metodi. Bunda bir predmet chala holatda chiziladi va o'quvchi u predmetni emas, balki boshqa narsani chizishi kerak bo'ladi. Bunda o'quvchiga hech qanday cheklov qo'yilmaydi. Faqat shu predmetni chizmasa bo'lgani. Bu metodning afzallik tomoni guruhda kim KREATIV fikrlashini aniqlab olsangiz bo'ladi.
Bolalarning dunyosi oʻzgacha. Kreativ gʻoyalarning deyarli barchasini shu bolajonlardan olamiz. Ba'zida oʻylab qolaman, biz ularni standartlar asosida oʻqitib ijodkorlar, olimlar va kashfiyotchilarini yoʻqotib qoʻymayapmizmikan?
@domlajon
t.me/domlajon
Endi Al Farg‘oniy nomi kosmosda aytiladi! 😍
🇹🇷 Qardoshlarimiz Turkiya o‘zining kosmik kompaniyasini “Fergani Space” o'zining birinchi sun'iy yo'ldoshini uchirdi
Yaqinda Seljuk Bayraktarning bu haqda to‘lqinlanib aytgan gaplarini yozgan edim.
Sizni Turkiyaning Ilon Maski deb atashmoqda, bunga qanday qaraysiz, deganida, meni Turkiyaning al Farg‘oniysi, deb atashlarini istagan bo‘lar edim, degan edi Seljuk Bayrakdar.
Fargani Space’ning FGN-100-d1 sun’iy yo‘ldoshi bugun Kaliforniya shtatidan Falcon 9 raketasida koinotga uchirildi.
Farg‘oniyning asosiy maqsadi 2030 yilgacha koinotga 120 ta sun’iy yo‘ldosh yuborish. Ayni paytda ikkita sun'iy yo'ldosh qurilgan. Kompaniya shuningdek, orbital transport vositalarini yaratish ustida ishlamoqda.
🇺🇿 Fargani Space kompaniyasi 2022-yilda tashkil etilgan va IX asrda yashab o‘tgan dunyoga mashhur astronomlarimizdan biri Abu al Fargʻoniy nomi bilan atalgan.
Naqadar yoqimli holat! Rahmat qardoshlarim! Seljuk Bayraktar, tashakkurlarimiz!
@domlajon
t.me/domlajon