Республика таълим маркази директор ўринбосари, математика фани ўқитувчиси, блогер Исроилжон Тиллабоевнинг мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
O'qituvchilar uchun yaxshi ma'lumot yozibdi Asaxiy asoschisi Firuz Allayev:
2025-yil 1-yanvardan boshlab tugʻilgan bolalar yangi "beta avlod" vakillari boʻlishadi.
Bu avlod boshqa avlodlardan sun'iy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotiga kirib kelgan, ular bilan oʻsgan, ekologiyaga juda eʼtiborli avlod boʻladi. Bepul jamoat transporti, har kungi hayotda qoʻshimcha reallik texnologiyasidan foydalanadigan ilk avlod ham aynan Beta avlod boʻlishi mumkin.
Hozirgi demografik temp saqlangan holatda, Beta avlod 2039-yilga borib yer aholisining 16 foizini tashkil etadi. Qiziqarli tomoni, bu avlod asosan "X avlod" tomonidan boshqariladi.
O'zi avlodlarga bo'lish nimaga kerak degan savol paydo bo'lishi mumkin.
Bu demografiya, sotsiologiya va marketing (biznes) uchun muhim. Shundan kelib chiqib jamiyat tahlil qilinadi.
Biznes va marketing jihatidan kelib chiqsak, avlodlarning iste'mol madaniyati, ma'lumot qabul qilishi o'z davriga xos muammo va texnologiyalarga qarab o'zgarib borgan. Biznes ham o'z auditoriyasini segmentatsiya qilganda, marketing kanallarini auditoriyadan kelib chiqib tanlaydi. Deylik, Gen Z va Gen Alpha televizor deyarli ko'rmaydi. Mijozlari asosan shu avloddan iborat bo'lgan bizneslar e'tiborni ko'proq boshqa marketing kanallariga qaratishadi. Aksincha, mijozlari asosan yoshi kattalar (Baby Boomer, Gen X) bo'lganlar, marketingni instagram va inflyuanserlarga qaratishi deyarli foydasiz.
Sotsiologiya, demografiya va siyosatda ham aholini segmentlashtirish ularning madaniyati va kundalik hayotiga mos xulosalar olish va qarorlar berish imkonini beradi.
©Firuz Allayev
@domlajon
t.me/domlajon
"Cerebry" platformasi orqali o'quvchilarga PISA testlarini yechtirish samara beradimi?
Pedagoglarga ma'lumki, hozirgi kunda PISA 2025 tadqiqotiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida o'quvchilar "Cerebry" platformasi orqali PISA testlari bilan ishlab, mashq qilmoqdalar.
Xo'sh, bu orqali biz PISA 2025 tadqiqotida yaxshi natijalarga erisholamizmi?
"Tanaffus" podkastning navbatdagi sonida o'zbekistonlik o'quvchilar PISA, PIRLS hamda TIMSS xalqaro baholash dasturlarida qatnashib, uchala tadqiqotda ham past natija ko'rsatganining sabablari haqida suhbatlashdik.
Kirib kelayotgan bayram bilan!
Bizdan anʼanaviy sovgʻa — kanalingiz uchun bu yil qanday oʻtgani haqidagi maktub, deya @TGStat jamoasi odatdagidek kamtarona kanalimizni statistikasini yuboribdi.
Unga ko‘ra 2024-yilda @domlajonʼda 1300 tadan ko‘proq post yozilibdi, ushbu postlar esa 14 million marta ko‘rlibdi, 22 mingga yaqin komment va 123 mingga yaqin ulashilibdi.
Mazkur natijalar avvalo Sizlarning natijalaring bo‘lganligi sababli barcha obunachilarimga boshim yerga tekkuncha rahmat aytaman, qo‘llab-quvvatlaganliklaringiz uchun katta rahmat, yangi 2025-yilda ham birgalikda yaxshi va eng yaxshi yangiliklarni birga muhokama qilish nasib etsin azizlarim!
@domlajon
t.me/domlajon
#Tayinlov
“PIMA” xodimi Fan olimpiadalari markaziga direktor bo‘ldi
Yangi tashkil etilgan Fan olimpiadalari markaziga shu vaqtga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida ishlab kelayotgan To‘raboy Shermatov direktor etib tayinlandi.
Vazirlik tizimida 2019-yildan buyon olimpiadalarni tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash ishlari bilan shug'ullanib kelayotgan Umid Raxmonov esa o’z xohishiga ko’ra ishdan ketgani xabarlarda aytilmoqda.
Xullas Sherzod Shermatov davridan u bilan birgalikda katta islohotlarni amalga oshirib kelgan navbatdagi zo‘r kadr ishdan ket(kazil)di. Bu juda yomon xolat, har vazir almashsa butun kadrlar qayta rokirovka bo‘laverishi tizimli islohotni qiyinlashtiradi. Umid Rahmonov korrupsiyaga botgan, hammani ko‘ngli qolgan olimpiada tizimini butunlay isloh qilgan kuchli kadr edi. 2018-yilda men "Ilm skautlari" degan katta maqola yozgan edim, o‘shanda birga ancha fikrlashgan va televideniyada olimpiada tizimini isloh qilish haqida birga intervyu bergandik, unda Umid aka ikkimiz ham maktabda ishlar edik, keyinchalik u Olimpiada tizimiga rahbar bo‘ldi va quvonchlisi taklif qilgan barcha fikrlarini hayotga amalga oshirdi, olimpiadani shaffof ishonchli tizimga o‘tkaza oldi, Baxtiyor Saidov vazir bo‘lganida ham bu ishlarni yaxshi davom ettirdi, Saidov ham g‘oyalarini qo‘llab-quvvatladi, mana rels o‘z yo‘liga tushdi va tabiiyki boshqa (eski kadrlar qatori) u ham ishdan bo‘shadi.
Nima ham derdik, nimadir deyishimizga ham hojat yo‘q aslida, lekin olimpiadalar tizimini yangi bosqichga olib chiqqan Umid aka Rahmonovni xalq oldidagi xizmatlarini kimlardir unutishi (bilmasligi) mumkin, lekin xalq unutmaydi, unutmasligi ham kerak, olimpiada islohotchisi sifatida uning ism sharifi birinchi o‘rinda eslanib yurishi kamida insofdan bo‘ladi.
Rahmat, Rahmonov! Bayramni yaxshi o‘tkazing, aslida bunday o‘zgarish sizga xayrli bo‘lgani aniq, ishoning.
@domlajon
t.me/domlajon
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva jahon chempionatidagi bugungi g‘alabali chempionati bilan shaxmatchi qizimiz Afro’za Hamdamovani tabrikladi.
Afruza Hamdamovani rapid bo‘yicha jahon chempionatidagi ulkan yutug‘i bilan tabriklaymiz!
Atigi 15 yoshida u musobaqaning haqiqiy sensatsiyasiga aylandi, dunyo reytingining Top-20 taligiga kirdi va iqtidor hamda mehnatning chegarasi yo‘qligini isbotladi.
Barakalla, Afro‘za! Sen xalqimizning faxrisan!, deya tabrik yo‘lladi Saida Mirziyoyeva.
🇺🇿♟️
@domlajon
t.me/domlajon
Mana senga olam-olam gul...😍
Yozgan postim barakali keldi: "Mutolaa" jamoasi mendan ilhomlanib SIZLARGA chegirma-PROMOKOD berdi!
28-29-30-31-dekabr kunlariga @domlajon kanali obunachilariga chegirma qilishlarini eʼlon qilishdi😍
Siz shu kunlari "Mutolaa" ni yuklab oling va Premium variantini ulashingiz uchun Domlajon promokodini tersangiz 10% arzon narhga berishadigan bo‘lishdi👏👏 (kanalimiz aʼzosi bo‘lmasa ham, shu postni o‘qisa bo‘ldi, hurmat uchun rahmoot Sirojiddin!)
Imkoniyatdan foydalanib qoling, men foydalanolmaganimga yarasha @domlajon obunachilari foyda ko‘rishsin aksiyadan!
"Mutolaa" jamoasining yuzga yaqin xodimlariga, loyiha rahbari Sirojiddin Olimovga ushbu Aksiya uchun rahmat aytamiz!
Audiokitoblarni o‘qigan zamonamiz dublyaj ustalari Elbek Mirzohidov, Behzod Muhammadkarimov, Boir Xolmirzayev, Noila Toshkenboyeva, Dildora Rustamova, Muhammadali Abduqunduzov va boshqa aktyorlarimizga ijodiy barkamollik tilaymiz.
4 kunlik aksiyadan foydalanib qolinglar, ushbu postni boshqa guruhlarga ham tarqatinglar, xullas, puli to‘langan, oluvringlar😉😉
Kelishdik-a, promokod: Domlajon
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa
@domlajon
t.me/domlajon
O‘zbekiston ta’limi dunyodagi eng oxirgi o‘rinda...mi?
Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik o‘quvchilar PISA, PIRLS hamda TIMSS xalqaro baholash dasturlarida qatnashib, uchala tadqiqotda ham past natijalarni qayd etishdi.
Masalan, birgina PISA 2022 tadqiqotida O‘zbekiston 81 ta mamlakat orasida matematik savodxonlik bo‘yicha 72-o‘rinni, o‘qish va tabiiy fanlar savodxonligidan esa 80-o‘rinni egalladi. PIRLS hamda TIMSS tadqiqotidagi natijalarimiz ham maqtanarli emas.
Xo‘sh, nega bunday bo‘ldi? O‘zbekiston ta’limi shu darajada og‘ir ahvoldami? Biz bu holatni o‘nglash uchun nimalar qilmoqdamiz va kelgusidagi rejalarimiz qanday bo‘lishi kerak?
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida aynan shu mavzu doirasida ta’lim masalalari bo‘yicha ekspert Komil Jalilov bilan suhbatlashdik.
Va'da qilganimizdek, podkast davomida o'tgan galgi sonimizda yaxshi izoh yozgan va shu izohi uchun eng ko'p layk to'plagan obunachimizni ham e'lon qildik. Tez kunlarda g'olibga va'da qilingan mukofot yetkaziladi.
Bu galgi sonimizda ham yana bir qiziq savolni e'lon qildik. Marhamat, podkastni ko'ring, xulosa chiqaring va e'lon qilgan savolimizga YouTube sahifamizdagi izohlarda fikringizni yozib, 500 ming so'mlik kitoblar jamlanmasi yoki shu miqdordagi pul mukofotini qo'lga kiriting.
"Til va adabiyot taʼlimi" ilmiy-metodik jurnali kaminani yangi yil bilan tabriklab, qiziq savolni yo‘llabdilar:
Sizningcha, 2024-yilning eng muvaffaqiyatli muallimi kim?
@domlajon
t.me/domlajon
Zamonaviy rahbarlar juda chiroyli shior qilib olsa bo‘ladigan Alisher Zafarovichning har doimgi gapi:
Mas'uliyat rahbarniki, g‘alaba jamoaniki!
@domlajon
t.me/domlajon
Абдуқодир Ҳусанов рейтингда энг юқори балл олди.
Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES Football Observatory) жаҳон футболининг энг истиқболли футболчилари рейтингини эълон қилди.
CIES экспертлари 21 ёшгача бўлган футболчиларнинг "Wyscout" маълумотлари асосида жаҳон футболининг энг истиқболли ўн нафар марказий ҳимоячиси рейтингини шакллантирди. Аҳамиятлиси, Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Ланс” клуби марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ушбу рейтингда 100 дан 81,8 балл тўплаб, энг юқори поғонадан жой олди.
Кучли учликдан Италиянинг “Фиорентина” клуби шарафини ҳимоя қилаётган италиялик ҳимоячи Пьетро Комуццо ҳамда Бельгиянинг “Генк” клуби вакили Матте Сметс ҳам жой олди.
@domlajon
t.me/domlajon
O‘qituvchini soat 8.00 dan 17.00 gacha maktabda ushlab o‘tirish to‘g‘rimi?
Ko‘pincha, Prezident yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ishlovchi o‘qituvchilardan ish vaqti normasiga amal qilinmasligi yuzasidan savollar kelib tushadi.
Bunday holat oddiy maktablarda ham yo‘q emas, albatta. Aslida biz maktabning jozibadorligini oshirib, byurokratiyadan butunlay voz kechishimiz kerak emasmi?
Bu borada sizning fikringiz qanday?
▶️ To'liq video — https://youtu.be/t5vqqXp9ReA
Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube
Sinf rahbarlariga o‘zi rozi bo‘ladigan darajada maosh berilyaptimi?
"Agar sinf rahbarlariga o‘zi rozi bo‘ladigan darajada maosh to‘lamasak, ular shunchaki ishlagandek bo‘ladi, chunki biz ham haq bergandek bo‘lyapmiz-da" - "Profi school" xususiy maktabi direktori.
💥 18 yoshli buxorolik yigit O‘zbekiston tarixida birinchi marta SAT testidan eng yuqori ball to‘pladi!
Parviz To‘qsanov dunyoning yetakchi universitetlariga kirish uchun asosiy imtihonda maksimal natijaga erisha oldi.
Ushbu yutuq bilan u MIT, Garvard, Stenford, Yel, Prinston, Oksford, Kembrij va boshqalarni tanlashi mumkin.
Manba: El-yurt umidi kanali
P.S: Endi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ushbu yigitimizga ham kompensatsiya pulini to‘lab beramiz.
@domlajon
t.me/domlajon
Ingliz tilida gaplasholmaydigan o‘qituvchi 25 yil davlat maktabida qanday qilib ingliz tilidan dars berdi?
"Tanaffus" podkastning navbatdagi sonida "Profi school" xususiy maktabi direktori Xurshidbek To'xtanazarov maktabga ish so'rab kelgan o'qituvchining ingliz tilida gaplasholmagani, ammo u 25 yil mobaynida davlat maktabida aynan ingliz tilidan dars bergani haqidagi kichik hikoyani aytib berdi.
Xo'sh, videodagi holatga sizning munosabatingiz qanday? Sizningcha, davlat maktablarida shunday o'qituvchilar bormi?
Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/t5vqqXp9ReA
Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube
Mana shu suhbatga barchani taklif etamiz, suhbat 12 soat davom etib, dunyoning eng Top oliygohlari talabalari bilan suhbatlashishlaringiz mumkin. Suhbatni Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa'dullayev olib boradi.
Bugungi suhbat O‘zbekistonliklarga katta imkoniyat, desak bo‘ladi!
@domlajon
t.me/domlajon
Bu podkastni har bir pedagog ko'rishi kerak
"Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida PISA, PIRLS hamda TIMSS xalqaro baholash dasturlaridagi natijalarimiz haqida suhbatlashgandik.
Bizningcha, har bir pedagog xodim ushbu podkastni ko'rishi yoki quyidagi sarlavhalardan birini tanlab, hech bo'lmaganda, uning bir qismini bo'lsa-da ko'rishi lozim deb o'ylaymiz.
❕O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'lsa, belgilab qo'yilgan sarlavhalar ustiga bosing
PISA, PIRLS va TIMSS qanday tadqiqot?
➡️BATAFSIL
PISA, PIRLS va TIMSS faqatgina o‘quvchilar bilimini emas, balki ularning savodxonligini ham tekshiradi
➡️BATAFSIL
Bu tadqiqotlar nima uchun kerak?
➡️BATAFSIL
Xalqaro tadqiqotlarda egallagan o‘rinlarimiz nimani hal qiladi?
➡️BATAFSIL
60 foiz o‘quvchilarimizning PISA tadqiqotining minimal darajasiga ham chiqmagan
➡️BATAFSIL
O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan olingan ballar nimani anglatadi?
➡️BATAFSIL
PISA, PIRLS va TIMSSda birinchi bor ishtirok etgan hamma davlatlar past ball olishi tabiiy holmi?
➡️BATAFSIL
"Cerebry" platformasi orqali o‘quvchilarga PISA testlarini yechtirish samara beradimi?
➡️BATAFSIL
Nima uchun vazirlik xalqaro tadqiqotlardagi natijalarimiz bo‘yicha hisobot bermadi?
➡️BATAFSIL
Vazirlik keyingi tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘ryaptimi?
➡️BATAFSIL
Nima uchun xalqaro tadqiqotlardagi natijalarimiz Parlament darajasida muhokama qilinmadi?
➡️BATAFSIL
Nima uchun Hilola Umarova vazir lavozimga tayinlangandan buyon xalq bilan ochiq muloqot qilmadi?
➡️BATAFSIL
Ta’limga ajratilgan pullar noto‘g‘ri sarflanyaptimi?
➡️BATAFSIL
PISAdagi yuqori ball davlat iqtisodiyotiga ham ta’sir qiladimi?
➡️BATAFSIL
PISAda yuqori natija qayd etayotgan davlatlar nimalarni to‘g‘ri qilmoqda?
➡️BATAFSIL
Biz qanday xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz?
➡️BATAFSIL
O‘zbekiston PISA 2025 da qanday natijaga erishishi mumkin?
➡️BATAFSIL
Xalqaro tadqiqotlarda oxirgi o‘rindagi davlat necha pog‘ona oldinga surilsa, yaxshi natijaga erishgan bo‘ladi?
➡️BATAFSIL
O‘zbekiston sharoitida ota-onalarning puli bo‘lsa ham sifatli ta’lim ololmaydi
➡️BATAFSIL
Biz PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer aytgan narsalarning g‘irt teskarisini qilyapmiz
➡️BATAFSIL
Prezident maktabiga kirish uchun bolalar yoshligidanoq stressga tushyapti
➡️BATAFSIL
Ta’limdagi tabaqalashni ilmiy tadqiqotlar qoralaganmi?
➡️BATAFSIL
Sinfdagi o‘quvchilar soni ta’lim sifatida ta’sir qiladimi?
➡️BATAFSIL
O‘qituvchiga ishonib, ularga erkinlik berish kerakmi?
➡️BATAFSIL
Ta’limda yuqori natijalarga erishayotgan davlatlarda O‘zbekiston kabi yagona darslik mavjud emas
➡️BATAFSIL
Nima uchun O‘zbekistonda darsliklarni ochiq savdoga chiqarish taqiqlangan?
➡️BATAFSIL
Yangi baholash tizimining joriy qilingani xalqaro tadqiqotlardagi natijalarimizga qanday ta’sir qiladi?
➡️BATAFSIL
Xalqaro tadqiqotlarda yaxshi natijaga erishish uchun nimalar qilishimiz kerak?
➡️BATAFSIL
"DTM" testlari xotirani emas, ko‘nikmani tekshiradigan test bo‘lishi kerak
➡️BATAFSIL
O‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimi tubdan isloh qilinishi kerak
➡️BATAFSIL
Finlandiya ta’limda qanday reformalarni amalga oshirgan?
➡️BATAFSIL
Ta’limga ajratilgan pullarni maqsadsiz sarflayapmizmi?
➡️BATAFSIL
PISA tadqiqoti faqat Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilsa, natija qanday bo‘lardi?
➡️BATAFSIL
Prezident maktablari xorij mamlakatlari uchun kadr tayyorlayaptimi?
➡️BATAFSIL
Eng yaxshi izoh egasi taqdirlanadi
➡️BATAFSIL
Ushbu sonimizda 500 ming so'mlik kitoblar jamlanmasi uchun e’lon qilingan savol
➡️BATAFSIL
"Tanaffus" podkastining xususiy maktablar haqidagi sonida eng yaxshi izoh yozgan g‘olibni e'lon qilamiz
➡️BATAFSIL
▶️ To'liq ko'rsatuv — https://youtu.be/kL4CWIEgH4Q
@domlajon
t.me/domlajon
Yangi 2025-yil muborak bo‘lsin yurtdoshlar, vatandoshlarim!
Yangi yil omadli, baxtli yil bo‘lib kelsin!
Hurmat bilan, Isroil Tillaboyev
@domlajon
t.me/domlajon
Eng ko‘p kitob mutolaa qilayotgan hududlar
🔶Yosh avlodni kitob o‘qishga rag‘batlantirish, milliy va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommaga taqdim etish orqali kitobxonlik muhitini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan “Mutolaa” loyihasi foydalanuvchilari bugunga kelib 1.4 milliondan oshdi.
✅Tahlillarga ko‘ra, quyidagi hududlarda loyiha foydalanuvchilari faoliyatiga yuqori talab kuzatildi.
Hudud bo‘yicha:
1-o‘rin Andijon viloyati;
2-o‘rin Toshkent viloyati;
3-o‘rin Jizzax viloyati;
Tuman (shahr) bo‘yicha:
1-o‘rin Oltinko‘l tumani;
2-o‘rin Andijon tumani;
3-o‘rin Asaka tumani;
4-o‘rin Andijon shahar;
5-o‘rin Baxmal tumani;
6-o‘rin Sho‘rchi tumani;
7-o‘rin Ohangaron tumani;
8-o‘rin Zomin tumani;
9-o‘rin Kosonsoy tumani;
10-o‘rin Sirdaryo tumani.
Profi Universiteti zo‘r ijtimoiy rolik tayyorlabdi:
Qizlaringizni orzulari uchun imkon bering, ishoning, ularni o‘qiting!
@domlajon
t.me/domlajon
Afro‘za Hamdamova - jahon chempionatining sensatsiyasi bo‘ldi
AQSHda bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi rapid bo‘yicha jahon chempionatida 15 yoshli hamyurtimiz 🇺🇿Afro‘za Hamdamova 11 imkoniyatdan 8 ochko to‘pladi.
2-o‘rindan 7-o‘ringacha Afro‘zadan tashqari yana 5 nafar shaxmatchida (barchasi grossmeysterlar) bir xil 8 ochko bor edi. Afsuski, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Afro‘zaga 7-o‘rin nasib qildi. Unga 12 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puli beriladi.
Shunday bo‘lsada, Afro‘za musobaqaning haqiqiy sensatsiyasi bo‘ldi. U reyting bo‘yicha 83-o‘rinda qayd etilgandi, yakunda chempionlik uchun da’vogarlik qildi.
Turnir davomida Afro‘za 218 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi va live reytingda rapid bo‘yicha dunyodagi TOP-20 ayol shaxmatchisi qatoridan o‘rin egalladi.
Barakalla, Afro‘za! Sen haqiqiy qahramonsan! Alloh ilmingni yanada ziyoda qilsin!
Musobaqada 8,5 ochko bilan 🇮🇳Hampi Koneru jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Afsuski, yigitlarimiz ham sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita olmadi. Javohir Sindorov 9 ochko bilan 6-o‘rinni, Nodirbek Abdusattorov esa 8 ochko bilan 28-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jahongir Vohidov 7,5 ochko, Muhiddin Madaminov 7 ochko, Shamsiddin Vohidov 5,5 ochko to'pladi.
@domlajon
t.me/domlajon
Yangi yilda o‘zim va farzandlarimga kutubxona sovg‘a qildim - "Mutolaa"ning bir yillik premiumiga ulandim😊
10 hissa imkoniyati ko‘paydi Mutolaaxonamizni. Endi bir yil oilaviy audiokitoblar eshitamiz, necha bet o‘qiding, degan savol necha minut eshitdingga almashadi😉
#yangi_yilga_kutubxona_tuhfa_qiling
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa
@domlajon
t.me/domlajon
Xalqaro SAT imtixonida O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib eng yuqori natija 1600 ball olgan yigit bilan suhbat!
SAT rekordsmeni Parviz Tuksanov kuni kecha eng yuqori - 1600 balni qo‘lga kiritdi, bugun Yoshlar ishlari agentligida u bilan uchrashdik va barcha tengdoshlariga tanishtirish uchun qisqa suhbat qildik.
Parvizning yana bir jihatiga qoyil qoldim, u bunday rekord natijani bir o‘zi, onlayn tayyorlangan holda olibdi, mana buni esa barcha yoshlarga katta motivatsiya desak arziydi! Shuningdek u IELTSdan ham 8,5 ball olgan. Avvalroq SATdan 1540, 1560 va mana endi u harakatdan to‘xtamasdan 1600 ballni olishga erishdi!
Parvizni yutuqlari bilan tabriklaymiz! Yurtimizda bunday yoshlar ko‘paysin!
@domlajon
t.me/domlajon
AppStore ва PlayMarket ўзбеклардан бир йилда таҳминан 1 млрд $ни шунчаки олиб чиқиб кетяпти.
Ва бир чақа ҳам солиқ тўламайди…
Фейзбук, инстаграм, телеграм тармоқларидаги реклама (таргет) суммалари ва яндекс директ, такси, гугл адсенсе, ютуб бу рўйҳатга қўшилмаган.
1 млрд $ ичида подпискалар, ўйинларда персоналлар сотиб олиш, ботлардан фойдаланиш каби суммалар ташкил этади.
Ўзбекистон аҳолисини 70% телеграмдан фаол фойдаланади, улардан ҳозрда 12% телеграм премиум сотиб олган бу деярли 4 млн одам 2.5 $ дан ҳар ой тўламоқда дегани. Ҳар ой 10 млн$ бир йилда 120 млн$ телеграмни ўзидан.
Бу ҳолат ва суммаларни кўриб бизда айти бўйича ҳечнарса қилинмаябди дейиш мумкин.
Биз асир бўлиб бормоқдамиз, яқинда криптаволюталар кириб келади ва мутлақо ҳаммасини бой берамиз.
Бизга олимлар керак. Муҳтожмиз….
©️Шоҳжаҳон Деҳқонов
@domlajon
t.me/domlajon
Янги йил байрамида олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар 5 кун, беш кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар 6 кун дам олади, - Президент қарори
Президентининг 2024 йил 24 декабрдаги "Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида"ги қарори билан 2025 йилда беш кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш куни 4 январь – шанба кунидан 2 январь – пайшанба кунига кўчирилди ҳамда олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун 2 январь – пайшанба қўшимча дам олиш куни этиб белгиланди.
🔹28 декабрь, шанба — 6 кунликлар учун иш куни, 5 кунликлар учун дам олиш куни;
🔹29 декабрь, якшанба — барча учун одатий дам олиш куни;
🔹30 декабрь, душанба — 6 кунликлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунликлар учун 14 декабр (шанба) кунидан кўчирилган дам олиш куни;
🔹31декабрь, сешанба — барча учун қўшимча дам олиш куни;
🔹1 январь, чоршанба — Янги йил байрами;
🔹2 январь, пайшанба — 6 кунликлар учун дам олиш куни, 5 кунликлар учун 4 январь (шанба) кунидан кўчирилган дам олиш куни.
@domlajon
t.me/domlajon
Турк олими, Нобел мукофоти соҳиби Азиз Санжар айтади:
"Ривожланиш ва бой бўлиш бошқа-бошқа нарсалардир. Масалан, араблар бой, аммо ривожланган эмас. Биз ҳам араблардан ўрнак оляпмиз: Ривожланишни эмас, бойишни истаяпмиз. Шу сабаб илмли ва мадананиятли инсонларга эмас, пулдор ва нуфузли инсонларга ҳурмат кўрсатилмоқда. (Дониёр Анваров)
@domlajon
t.me/domlajon
Zamonamizning yosh talantli shoirasi Tillanisa Nuryo‘g‘du o‘z kanalida ajoyib post yozibdi:
#kechikkanpost
Bu postni ancha avval yozishim kerak edi.
12 yildan beri turli sohalarda ishlab ko'rdim - asosan jurnalistika, ammo ichida boshqa har turli "qora" va oq ishlar bor. Jismonan charchagan yoki ruhan ezgan ishlar bo'lgan, lekin ikkisi birda bo'lmagan hech. Ularning orasida eng qiyini - o'qituvchilik bo'ldi! Aytishingiz mumkin, pedagogik mahorat, tug'ma pedagog bo"lib tug'ilish, zamonga moslashish kerak" kabi gaplarni. Lekin hamma gap bundamas. Bunda bo'lsa, qani?! Bitta o'qituvchi o'z ustida ishlagani bilan muammo hal bo"p qolsa.
Ta'lim tizimida muammolar ko"p, baholashda muammolar ko"p, qadriyatlar parchalanib ,o'rniga qonun ishlasin degan zamondamiz - ishlamayotgan qonunlarimizda muammolar ko'p - shu sabab ma'suliyat tuyg'usi tolibi ilmlarda kamayib ketgan. Xay, mayli bular o"z yo"liga. Hatto shular to'g'irlanganda ham o'qituvchilik eng og'ir kasb bo"lib qolaveradi. Ishoning, bolalarni o'qitish, qiziqtirish, baholash - to'g'ri yo"naltirish - bor kuch va energiyangizni oladi. Ham jismonan, ham ruhan. O"zingiz uchun yashamay qo'yasiz. Shunaqa og'ir kasb ekan o'qituvchilik!
Bu tizimga qaytish niyatim yo'q, ammo o"zimgayam, sizgayam gapim shuki, nima uchundir kurashmoqchi bo"lsangiz, o'qituvchi uchun kurashing! Kim eng baland oylikka munosib deyishsa - o'qituvchi deb ayting! Mamlakat, jamiyat kimni ko"p qadrlashi kerak deyishsa, o'qituvchini deb ayting!
Men bir yillik tajribamdan shu xulosani oldim ! Va nihoyat tushindim bekorga o'qituvchi va shifokor mamlakat va jamiyatning eng qadrli odami bo'lishi kerak deb aytilmasligini! Va nihoyat mehnati o'ta kichik ko'rinadigan, kam qadrlanadigan, davralarda dovruq solmaydigan bu odamlar eng og"ir , eng muhim ishni qilayotaganini! Tan olaylik, qolganlarimiznikida ko"proq shaxsiy manfaat ustun. O'qituvchi sarflaydigan energiya esa o"sha shaxsiy manfaat - puldan ming karra ko"proq keladi. Biz o"qituvchilar sohasida nimanidir noto'g'ri qilyapmiz. Na podkast, na ko'rsatuv, na tarmoqlarda ular haqida gapirmayapmiz! Biz eng kerakli odamlarni ko"zdan pana qilganmiz - asosan tanqid yog'diramiz! Shu tanqidchilarimiz ham o'qituvchining bir kunlik ishiga dosh bermay dod deb ketishini tushindim! Bilmadim, hozir ichimda eng ko"p shu soha xodimlariga hurmat va hamdardlik bor!
Jamiyat va davlat o"qituvchi bilan muloqotga ochilishi kerak - bo"lmasa o"zimizni o"zimiz aldaymiz.
@domlajon
t.me/domlajon
Ixtirolar mana qanday paydo bo‘ladi
Читать полностью…Ijodkor o‘qituvchining dam olish daqiqasi😅👍
@domlajon
t.me/domlajon
KHISO oʻquv markazidan mukofot jamg‘armasi 7.600.000 so‘mlik olimpiada!
🌟 Oʻquv markazimiz oʻquvchilaridan bu yil Prezident maktablariga 6 ta, Muhammad Al Xorazmiy IT maktabiga 5 ta, Mirzo Ulugʻbek tayanch maktabiga 2 ta va ixtisoslashtirilgan maktablarga 10 dan ortigʻi kirishga muvaffaq boʻldi.
🎙 Yilning so‘nggi va eng exclusive marafoni spikerlari bilan tanishing!
⏳ 12 soat davomida, onlayn tarzda, turli xil davlatlarning top universitetlari talabalari bilan suhbatlashamiz. Ushbu talabalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
🗓 Sana: 20-dekabr.
📌 Manzil: Top 100 Uni telegram kanali.
⚡️ Biror narsani ko‘rish boshqa, uni his qilish esa umuman boshqa hissiyot beradi deganlaridek, haqiqiy tajribalar bo‘lishiladigan ushbu kunda barchangizni ishtirok etishga chorlab qolamiz!
🌍 Go global with Top 100 Uni!
Telegram | Instagram | top100uni?si=sJ7lNbFpaE6eMFvA">YouTube