“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul
Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatilib, ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari lavozimi kiritildi, ushbu lavozimga polkovnik Zufar Kurbanov tayinlandi
@daryo_live
Isroil va AQSH Yamanga raketalar uchirdi
Sana va Xodeyda shaharlaridagi obyektlar nishonga olindi. Sement zavodiga berilgan zarbalar oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani, 42 kishi yaralangani aytilmoqda.
Aviahujumlar Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti hududiga husiylar tomonidan raketa hujumi uyushtirilgandan so‘ng amalga oshirildi.
@daryo_live
Tramp "Shimoliy oqim"ni kim portlatganini bilishini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp "Shimoliy oqim" gaz quvurlaridagi portlashlar ortida kim turganini bilishini, ammo tafsilotlarni oshkor qilmasligini bildirdi. Shu bilan birga Rossiyaning bu ishga aloqadorligi haqidagi iddaolarni rad etdi. U bu haqda X platformasida jonli efirda namoyish etilgan Oq uydagi nutqida gapirdi.
@daryo_live
Jasur Salixov Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlandi
Shuningdek, Gulnoza Ismailova Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.
@daryo_live
Bo‘stonliqqa ketayotgan Malibuʼda ayol “lyuk”dan tanasini chiqarib harakatlandi
Holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.
@daryo_live
Istiqbolli mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura bilan bir qatorda davlat xizmatchilari olti oygacha maqsadli stajirovkaga yuboriladi
Xalqaro reytinglarda “TOP-100” talik universitetlarga grant asosida o‘qishga kirgan nomzodlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi.
@daryo_live
Samarqandda ikki otaxon 10 metrlik jarlikdagi changalzorga tushib ketdi
Dastlab ulardan biri tushib ketgan, keyin uni qutqarmoqchi bo‘lgan do‘sti ham qaytib chiqmagan. Ular FVB qutqaruvchilari tomonidan sog‘-salomat qutqarib olingan.
@daryo_live
Kiberjinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida axborot tizimidagi zaifliklar va kamchiliklar natijasida kiberjinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan banklar va to‘lov tashkilotlari ro‘yxati ommaga eʼlon qilinadi
Aholi pul mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
@daryo_live
Toshkentda Lacetti urib yuborgan 13 yoshli bola vafot etdi
Haydovchi qamoqqa olindi.
@daryo_live
Haj mavsumida O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga charter aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilda Uzbekistan Airways 6 mingdan ziyod ziyoratchi tashuvini amalga oshiriladi.
@daryo_live
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida yashovchi fuqaroga tegishli dala maydonida jami 17 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi aniqlandi
Holat yuzasidan hozirda surishtiruv olib borilmoqda.
@daryo_live
🍓 Qaysi qulupnayni iste'mol qilish yoki saqlash mumkin emas?
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, sifatli qulupnay quruq, butun va tabiiy hidi aniq seziladigan bo‘lishi lozim.
Agar meva haddan tashqari yaltiroq yoki kimyoviy hidga ega bo‘lsa, uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
@daryo_live
Samarqandda ilk bor Xalqaro paraplan festivali o‘tkaziladi
10-11-may kunlari Samarqand viloyati Urgut tumanida “Xalqaro Paraplan Festivali” bo‘lib o‘tadi.
@daryo_live
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi
🇺🇸 dollar 12 938,01 soʻm (+22,94)
🇪🇺 yevro 14 673,00 soʻm (+13,10)
🇷🇺 rubl 158,73 soʻm (+2,30)
@daryo_live
🇮🇳🇵🇰 Hindiston harbiy-havo kuchlari Pokiston bilan chegarada yuqori tayyorgarlik rejimiga o‘tkazildi —Hindistonning Bharat24 telekanali
Xabar qilinishicha, eng yangi qiruvchi samolyotlar, jumladan, Rafale oldingi pozitsiyalarga ko‘chirilgan va ekipajlar muntazam ravishda uzoq masofalarga parvozlarni mashq qilmoqda. Bundan tashqari, havo hujumidan mudofaa tizimi zarurat tug‘ilganda tahdid yoki provokatsiyaga bir necha daqiqa ichida javob berish uchun joylashtirilgan.
@daryo_live
Toshkent shahri va viloyatida qalbaki dorilar ishlab chiqariladigan yashirin sex aniqlandi
Stanok va qoliplar yordamida qo‘lbola usulda tayyorlab kelingan dorilar Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi bir nechta dorixonalarga tarqatilgan.
@daryo_live
☀️ Bugun ham kechagidek issiq bo‘ladi.
Ayrim hududlarda harorat 40 darajaga yetishi mumkin. Respublikaning katta qismida harorat 33-38 daraja issiq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
@daryo_live
Senator oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziriga bir vaqtda ikkita OTMda o‘qish imkoniyati yuzasidan so‘rov yubordi
Senator vazirdan fuqarolarga bir vaqtning o‘zida davlat va nodavlat OTMlarining ikkitasida tahsil olish imkoniyati yuzasidan rasmiy tushuntirish berishni so‘ragan.
@daryo_live
O‘zbekistonda 2025-yilning I choragida noqonuniy olib kirish-olib chiqishga urinish holatlarida 219,5 mlrd so‘mlik madaniy boyliklar aniqlangani ma’lum bo‘ldi.
@daryo_live
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
@daryo_live
“El-yurt umidi” fondi Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etiladi
Shuningdek, Davlat boshqaruvi akademiyasi Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
@daryo_live
Kiberjinoyatlarni fosh etish yo‘nalishida Markaziy bank, to‘lov tizimi va IIO vakillaridan iborat tezkor harakatlanish guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
@daryo_live
To‘lov tizimi operatorlari, to‘lov tashkilotlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida yo‘l qo‘yilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zarar ular hisobidan undiriladi – Prezident qarori
@daryo_live
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Sirdaryoda sug‘orish tarmoqlarini taʼmirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish masalasi ko‘rildi
Shuningdek, viloyatda 2 ming gektar bog‘ni yangilab, xorijda eng xaridorgir mevalar yetishtirish taklif qilindi. Davlat rahbari bu va boshqa takliflarni maʼqulladi.
@daryo_live
Sirdaryo viloyatida yashovchi ayol 7 oylik farzandini Samarqand viloyatning Oqdaryo tumanidagi mahallaga tashlab ketdi
Ayolning o‘zi esa yashiringan. Bola tumandagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
@daryo_live
Toshkentda 80 dan ortiq yovvoyi hayvonlar tutqunlikda saqlab kelinayotgani aniqlandi
Ular orasida 4 dona sher ham bor.
@daryo_live
Toshkentda 7-13-may kunlari Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi oʻtkaziladi
Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashadi.
@daryo_live
O‘zbekistonda 2025-yil may oyida pensiya to‘lovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi.
@daryo_live
O‘zbekistonlik talabalar xorijga ishlash va sayohatga borishi uchun ssuda ajratiladi
15-maydan Work and travel xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish uchun xorijga borish va kelish hamda boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida talaba yoshlarga ssuda ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur davlatlarga Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kiritilgan.
@daryo_live
Keniya prezidenti nutq so‘zlayotganida unga oyoq kiyim uloqtirishdi
Hodisa Uilyam Rutoning yashash minimumi haqidagi nutqi paytida yuz bergan. Politsiya hodisa yuzasidan uch kishini hibsga olgan.
@daryo_live