Канал - тарих, сиёсат, иқтисод ва халқаро алоқалар бўйича сизга ҳамрох. Баъзида янгиликларга шарҳ берилади. Канал мафкурадан ҳоли. Мурожаат учун: @azuzbek_bot
Qanday qilib stomatologlar askarlar jasadi orqali biznes qilganlar.
XVII-XIX asrlarda stomatologiya sohasi juda tez rivojlangan. Protez uchun eng yaxshi material — jangda halok bo'lgan askarlarning tishlari bo'lgan.
Ayniqsa, Vaterloo jangida juda ko'p sog'lom tish egalari halok bo'lgani sababli keyinchali "Waterloo teeth" brendi o'zining sifatliligi bilan tarixga kiradi.
Kanalga ulanish👇
@centerasiastudy
"Мураккаб саволларга оддий жавоблар" - Стивен Хокинг
Дунёга машҳур физик олим Стивен Хокингнинг сўнгги китоби, у ушбу китобда умумий хулосаларни жамлаган ва барчани қизиқтирган энг муҳим саволларга жавоб берган васиятномадир.
Инсоният омон қоладими? Биз коинотга шунчалик фаол қизиқишимиз зарурми?
Markaziy Osiyo | Library | Science
Ostona — «poytaxt»
Qozog‘iston poytaxti o‘tgan asrning 30-yillaridan shaharga aylana boshlagan. O‘sha paytlarda bu shahar Oqmola deb atalgan va unda ikki mingdan sal ko‘proq kishi istiqomat qilgan.
«Oqmola» nomining so‘zma-so‘z tarjimasi «oq qabr» ma’nosini bildiradi. Hududning bunday nomlanishi Oqmoladan ko‘plab karvon yo‘llar o‘tgani va ularga jung‘orlarning muttasil hujum qilgani bilan izohlanadi.
Boshqa bir taxminga ko‘ra, Oqmola savdo yo‘lida joylashgani bois bu yerda juda ko‘p sut mahsulotlari (qimiz, qimron va hokazo) sotilgan va shu sabab hudud «oqmo‘la», ya’ni «oq mo‘l-ko‘lchilik» deb atalgan.
Дунёнинг халқаро аккредитациясига эга, қадимий университетларидан бири Unisaга кираверишда мана бу ёзувни ўқийсиз:
«Миллатни йўқ қилиш учун атом бомбаси ёки узоқ радиусга учувчи ракеталарни ташлаш шарт эмас. Таълим сифатини пасайтириб, ўқувчиларнинг ёлғон гапиришига рухсат берилса, бас. Ана шунда:
Бундай врачлар қўлидан касаллар ўлим топади.
Бундай инженерлар дастидан бинолар қулайди.
Бундай иқтисодчи-бухгалтерлар дастидан пуллар йўқ бўлиб кетади.
Бундай дин олимлари дастидан инсоният ўлимга юз тутади.
Бундай юрист ва судъялар дастидан адолат йўқолади.
Бундай қонуншунослар дастидан бошқарув йўқолади
Таълим инқирози – миллат инқирозидир” .
Library @centerasia_library
Каналга уланиш
@centerasiastudy
✅ IQTISOD hamda TEXNIKA OAK ro'yxatidagi xalqaro jurnallar, kutib oling!
MUHIM YANGILIK🔈
✔️ DISSERTATSIYALAR NATIJALARINI NASHR ETISH UCHUN, HIMOYALAR UCHUN XORIJIY JURNAL
➡️ Ushbu jurnallar OAK ro‘yxatiga kiritildi
🌐Asos: https://oak.uz/pages/4802
🛡OAK Rayosatining 2024 yil 28 maydagi 360-son qarori bilan:
🇪🇺Yevropa mamlakatlari nashrlari
1️⃣Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance
(Spain. Las Palmas de Gran Canaria)
🇺🇸 Amerika mamlakatlari nashrlari
2️⃣American Journal of Economics and Business Management
3️⃣American Journal of Social and Humanitarian Research
(USA. Business Shea Street Building, Suite B-489 One Main Street, Houston, TX 77002)
4️⃣Academic Journal of Digital Economics and Stability (AJDES)
✔️ Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan 2025 yil 6- martdagi O‘zbekiston OAK Rayosatining 368/4-sonli qaroriga ko‘ra, jurnal texnika fanlari bo‘yicha rasmiy ro‘yxatga kiritildi!
5️⃣ Jurnal nomi: Innovative: International Multidisciplinary Journal of Applied Technology
🗓 ISSN (online):2995-486X
🌐 Veb-sayt: https://multijournals.org/index.php/innovative/issue/archive
📊 Maqolalarni qabul qilish tartibi:Читать полностью…
✅ Maqolalar IMRAD talabiga javob berishi kerak
✅AI 20% dan baland bo'lmasligi kerak
✅ Plagiat 20% dan baland bo'lmasligi kerak
📝 Nashr tili: Ingliz tili
👨💻 Murojaat uchun: @baxtishodovna
📍 Bizga qo'shiling:
🔉Kanalimiz: @Ilmiy_jurnallar_va_konferensiya
👥 Guruhimiz: @ilmiyjurnallarva_konferensiyalar
Sox qanday hudud, u qay tarzda paydo bolgan?
Yana, Markaziy Osiyoda So`x kabi hududlar bormi?
Anklavlar "Stalinning Vaqt Bombalari"midi?
https://telegra.ph/Markaziy-Osiyodagi-yana-bir-muammo---anklavlar-eksklavlar-05-31
DUNYONI BOG‘LAGAN SUVAYSH KANALI
O‘rta Yer dengizini Qizil dengiz bilan bog‘laydigan Suvaysh kanalining dunyo iqtisodiyotida tutgan o‘rni judayam katta. Yevropadan Osiyo, Afrika va Avstraliyaga yuborilayotgan yoki aksincha yo‘nalishda tashilayotgan yuklarning asosiy qismi shu kanal orqali o‘tadi.
1869 yil 17 noyabrda 161 kilometr uzunlikdagi kanal katta tantanalar bilan ochiladi. Ochilish marosimiga Napoleon III ning rafiqasi imperatritsa Yevgeniya, Avstriya-Vengriya imperatori Frans Iosif I, Vengriya bosh vaziri, Gollandiya shahzodasi, Prussiya shahzodasi kabi nufuzli mehmonlar tashrif buyurishadi. Bayram tantanalari yetti kun davom etadi.
Panama/Panama
Mamlakat nomi mahalliy qabila tilida “Baliq ko‘p bo‘lgan joy” ekanligini bildiradi... Endi bu nom quyosh nuriga bog‘liq emasligi, u yerda har doim quyosh porlab turishi va boshingizga Panama kiyib olish shart emasligini bilib oldingiz.
Rus tili bo‘yicha dars shu guruhda onlayn bo‘lib o‘tmoqda.
/channel/+kohMCRyY5EQ1MGYy
Vebinar boʻlib oʻtadigan guruh!
Hammomdagi tahqirlov. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi nota berdi
10-aprel kuni Moskvadagi "Бодрость" hammomida qirg‘izistonlik migrantlarning ommaviy tahqirlanishi sababli Qirg‘iziston Rossiyadan rasman izoh talab qildi.
14-aprel kuni Bishkekda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev va Rossiya elchisi Sergey Vakunov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rossiya tomoniga muhojirlarning tahqirlanishi, qo‘lga olinishi sabablari va nima uchun kuch ishlatilgani izohlab berilishi talabi bilan nota topshirildi, deb yozadi 24.kg nashri.
Qirg‘iziston tomoni Rossiyadan politsiyachilarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi, aybdorlar jazolanishi, shuningdek, kelajakda bunday hodisalarning oldini olishni so‘ragani aytilmoqda. Bishkek mamlakatlar o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarining oqibatlaridan xavotir bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuv kamerasidan olingan dahshatli kadrlar paydo bo‘ldi. Ularda xavfsizlik kuchlari hammomda markaziy osiyolik erkaklarga kuch ishlatib, baqirayotganini ko‘rish mumkin. O‘sha hammomga tushib qolgan muhojirlardan biri jurnalistlar bilan suhbatda kuch ishlatilgani va tahqirlanganini tasdiqladi va voqea tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Moskvada bir oyga yaqin taksi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan Alixon 10-aprel kuni kechqurun amakisi va amakivachchasi bilan hammomga borgan. Yarim soatlar o‘tib, hammom eshigi buzilayotganining ovozi eshitilgan va binoda vahima boshlangan.
- Odamlar vahima qilib, qocha boshladi. Biz ham qochishga urindik, lekin hech kimni chiqarishmadi. Keyin hammani ura boshlashdi. Kim va nima uchun urayotgani umuman tushunarsiz, ko‘rib bo‘lmasdi. Qo‘llarida dubinka va elektroshokerlari bor edi. Hammani oshxonaga kiritishdi. Baquvvat erkaklarni ozg‘in va kuchsizroq erkaklardan ataylab ajratishdi. Soqoli borlarni umuman alohida olib ketishdi. Kimdir qarshilik ko‘rsatsa, qattiq kaltaklashdi, yuzga urishdi. Biz nega kaltaklanayotganimizni tushunmadik. Hech kim hujjat so‘ragani yo‘q. Bir erkak turib, bu holat sababi nimada deb so‘ragandi, “sizlar bizga shunchaki yoqmaysizlar” deb javob berishdi.
Alixonning aytib berishicha, kaltaklanish 5 soat davom etdi. Bu vaqt davomida politsiyachilar muhojirlarni turli yo‘l bilan tahqirlab borishgan.
- Bir muhojirda nos idishini topishdi. Shundan keyin hammani o‘sha idishni chaynashga majburlashdi. Ba’zilarni armrestlingga chiqarishdi, yutkazganlarni kaltaklashdi. Ba’zilarning hujjatlarini yirtib tashlashdi. Kimlarnidir kiyimi bilan basseynga sakrashga majburlashdi. Ba’zilarning cho‘ntaklaridagi pullarini olib qo‘yishdi. Bir erkakni yarim kilo achchiq qalampir yeyishga majburlashdi, - deydi Alixon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, besh soatdan keyingina voqea joyiga politsiyaning katta xodimlari yetib kelgan. Ular vaziyatni o‘rganib chiqquncha, zo‘ravonlik to‘xtatilgan. Alixonning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda hammomda Qirg‘izistonning 60 ga yaqin fuqarosi bo‘lgan. Keyinchalik hammani turli bo‘limlarga olib ketishgan. Alixonni politsiya bo‘limidan bir-ikki soatdan keyin qo‘yib yuborishgan. Tog‘asi Baynazar esa hech qanday tushuntirishlarsiz jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.
Qirg‘izistonning bir qator siyosatchilari va rasmiylari sodir bo‘lgan ommaviy tahqirlanish bo‘yicha munosabat bildirishdi. Joqorg‘u Kengesh deputati Janarbek Akayev Qirg‘iziston Moskvadagi hammomda sodir bo‘lgan tahqirlanish voqeasiga munosabat bildirishi kerakligini aytgan.
- Biz axir YeOII a’zosimiz, ittifoqchilarmiz, strategik hamkorlarmiz - shunday ekan, yuzlab vatandoshlarimizni kaltaklashga yo‘l qo‘yib, jim turamizmi? Zudlik bilan chora ko‘rish kerak! Rossiya kuch ishlatar tizimlari aybdorlarni javobgarlikka tortishi, xalqimizga rasmiy ma’lumot berishi kerak! Kompensatsiya to‘lash, barcha zararni qoplash va aybdorlarni kechirim so‘rashga majbur qilish kerak!," – degan deputat.
ЗАМОНАВИЙ ИШЧАНЛИК ПРОТОКОЛИ ВА ЭТИКЕТИ.
Китобда халқаро протокол ва этикетнинг асосий тушунчалари ва қоидалари, уларнинг меъёр ва қоидаларини хорижий шериклар билан мулоқот ва алоқалар пайтида амалий қўллаш тушунарли ва қисқа шаклда баён қилинган.
Ps: бизнингча ўқув қўлланмада барча билиши керак бўлган этикет қоидалари жамланган.
Каналга уланиш
@centerasiastudy
Типичный ўзбекистонлик юқори мансабдаги чиновник — италянский костюм-шим, француз атири, швейцария соати, америка телефони, германия машинаси... Лекин эрталабдан кечгача маҳаллий ишлаб чиқаришни ривожлантириш бўйича йиғилиш қилади
@centerasiastudy
#Qodiriy_127_yosh
Bugun 10 aprel,... Juda ko‘p voqealar yodimizda qolgan - Sauthempton portidan ilk marta ( so‘nggi marta) Titanik kemasi sayohatga chiqdi, Ukrainada Odessa ozod etildi, ko'plar dunyoga keldi.
Yana bir shaxs borki, bu kunda tavallud topib, millat tug‘ini ulug‘ tutib, viqor bilan o‘limni sharaflagan. U - Abdulla Qodiriy.
Qodiriy zamonasiga sig‘may, vaqtdan ilgarilab ketgan inson edi. Agar e'tibor bilan asarlariga ko‘z tashlansa, har bir kichik holatda yuksak odob va bilim yashiringaniga amin bo‘lasiz. Masalan, yozuvchi qahramonlarining ismlarini tasodifan tanlamas, ya'ni Anvar va Ra'no, Otabek va Kumush hayotda bir-biriga munosib bo‘lganini, barcha tarafdan tafakkur qilsa ham, ular haqiqiy juftlik ekanini qahramonlarning ismida ifodalab bergan. E'tibor qiling, Anvarning so‘nggi harfidan Ra'no obrazini gavdalantirib, Otabekka Kumushni juft qildi. Ayol kishi har doim turmush jufti halolining izmida ekani, ayol erkakning himoyasidaligi shunday ifodalangandi.
👉Batafsil👈
Markaziy Osiyo
‼️Insoniyat tarixida eng katta imperiyalardan biri (qariyb 4,4 mln kv km maydon) — Temuriylar imperiyasi asoschisi Amir Temur bugun 689 yoshga kirdi. Markaziy Osiyo kanali uning hayoti va harbiy yurishlari bo‘yicha tarixiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni internet saytlari asosida umumlashtirdi.
U nafaqat harbiy sarkarda, balki bunyodkor sifatida ham tarixda iz qoldirgan. Amir Temur zabt etgan shaharlarida bunyodkorlikka qo‘l urganligi haqida ayrim manbalarda yozilgan. Bu fikrni uning o‘zi «Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga 10 g‘isht qo‘ydirdim. Bir daraxt kestirsam, o‘rniga 10 ta ko‘chat ektirdim», — deya ifodalagan.
Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon (1483 y. 14 fevral)da tugʻilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afgʻonistonni egalladi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi.
Uch asrdan ortiq davom etgan (1526—1858 y.y.). Boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 yil Agra, Hindistonda vafot etkan. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan.
Quyida Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yozilgan asarlar bilan tanishish mumkin.
‼️Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 25−27-aprel kunlariga rejalashtirilgan O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifini Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan keyinga qoldirdi, uning dafn marosimi shanba kuni Vatikanda bo‘lib o‘tadi.
Markaziy Osiyo | Library | Science
Library @centerasia_library
Kanalga ulanish
@centerasiastudy
Genotsid –Irqiy, milliy va diniy mansubligiga ko‘ra aholining ayrim guruhlarini ommaviy tarzda yo‘q qilish yoki ta’qib etish.
Markaziy Osiyo | Library | Science
Иккинчи жаҳон уруши якунига етиб қолиши арафасида ғолиб давлатлар ўртасида бир қатор конференциялар ўтказилди. Москва, Потсдам, Қрим конференциялари шулар жумласидандир.
1945 йил февраль ойининг 4–11-саналарида АҚШ, СССР ва Буюк Британия етакчилари ўртасида Қора денгизда жойлашган Ялта шаҳрида тарихда «Қрим конференцияси», «Ялта конференцияси» номлари билан қайд этилган конференция бўлиб ўтди.
1945 йил 4–11 февраль кунлари АҚШ предизденти Франклин Делано Рузвельт, СССР халқ комиссарлари кенгаши раиси Иософ Сталин ва Буюк Британия бош вазири Уинстон Черчилль Қрим ярим оролида жойлашган Ялта шаҳридаги Ливадия саройида учрашди.
Учрашув кун тартибида мағлуб бўлган фашист Германиясининг урушдан кейинги тақдири қўйилган эди. Немислар мағлубиятига ҳали уч ой бўлса-да, амалда уларнинг мағлуб бўлиши аниқ бўлиб улгурган эди : Қизил армия бу пайтга келиб Берлиндан 100 километр узоқда эди.
Батафсил
Library @centerasia_library
Каналга уланиш
@centerasiastudy
Сиёсатчи эртага, бир ой ва бир йилдан сўнг нима содир бўлишини олдиндан билиши керак. Кейин эса нега бундай бўлмаганини тушунтириши лозим.
© Уинстон Черчилл
Markaziy Osiyo | Library | Science
АҚШ БМТда Россиянинг Украинага қилаётган босқинини қораловчи резолюцияга қарши овоз берди
Ҳужжатни Россия, Беларусь, Мали, Конго Демократик Республикаси, Никарагуа, Нигер, Судан ва Эритрея ҳам қўллаб-қувватламаган. Ўзбекистон вакили овоз бериш жараёнида иштирок этмаган.
Markaziy Osiyo | Library
#bilarmidingiz
#panama_kanali
Amerikani ikkiga bo‘lgan kanal
Panama kanali qazish ko‘lami va yo‘nalishning murakkabligi jihatidan o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan barcha suv inshootlaridan ancha ustun edi. Eng katta kanallar bo‘lmish Suvaysh va Kil pasttekisliklar orqali o‘tgan.
Ushbu ulkan loyihani 75 mingdan ortiq ishchi amalga oshirdi. Baxtsiz hodisalar va tropik kasalliklar tufayli 20 mingga yaqin ishchi vafot etgan. Panama kanalining qurilishi 1914-yil o‘rtalariga qadar yakunlandi. Shu paytdan boshlab Shimoliy va Janubiy Amerikani Atlantika va Tinch okeanlari suvi aralashgan kanal ajratib turardi. Uning qurilishiga taxminan 400 million dollar sarflangan. Kanal uzoq va xavfli dengiz yo‘li bo‘lgan Gorn burnini chetlab o‘tib Atlantika okeanidan Tinch okeaniga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l ochdi.
Mumbay, Hindiston
Hindistonning gʻarbiy sohilida joylashgan Mumbayni Hindiston poytaxti deb adashtirishlari ajablanarli emas. Bu Hindistonning eng yirik shahri, moliyaviy markaz va Bollivud kino sanoatining yuragi. Ammo u poytaxt emas. Nyu Dehli Hindistonning yangi poytaxti sifatida 1931-yilda ochilgan. Bu vaqtga qadar mamlakat poytaxti Kalkuttada boʻlgan. Nyu Dehli Hindistonning eng zamonaviy va madaniyatli shaharlaridan biridir. Hindiston markaziy hukumatining barcha muhim ishlari poytaxt —Dehlida oʻtkaziladi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi elchixona tomonidan jabrlangan fuqarolar bilan aloqa o‘rnatilgani va hozirda tegishli yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan. Ma’lumotlar va zo‘ravonlik holatlari tekshirilayotgani, masala TIV nazoratiga olingani aytilmoqda.
@centerasiastudy
#Bugun_vebinar
🌟 Rus tilidan A1 daraja uchun onlayn kurs! 🌟
Sizni rus tili bo'yicha maxsus tayyorlangan onlayn kursimizga taklif etamiz!
📚 Nima kutishingiz mumkin?
Asosiy grammatik qoidalar va so'z boyligi
Kundalik suhbatlarda qo'llanishi mumkin bo'lgan iboralar
Interaktiv video darslar va audio materiallar
O'qituvchi bilan jonli muloqot va amaliy mashg'ulotlar
📅 Kurs davomiyligi:
Har bir daraja uchun 1 oy. Umumiy davomiylik 3 oy davom etadi.
⏰ Dars vaqti:
Ertalab
💻 Texnik talablar:
Kompyuter yoki smartfon
Tezkor internet
Quloqchin
‼️Rus tilini o'rganishni xohlaysizmi? Bizning kursimiz siz uchun!
📌 Ro'yxatdan o'tish uchun: @Yulduz_Ahmedova
‼️Bugun soat 21:00 da Vebinar bo‘lib o‘tadi! Faqat 1 ta guruh ochiladi, joylar soni cheklangan!
подпишитесь на канал👇
@rustili_yulduz
Расмга қаранг! Жонини сақлаш учун антилопа тимсоҳдан қочмоқда. Қирғоқда антилопа боласи онасини кутиб турибди. Онани ҳайвон бўлсада кўзи ғамгин ва ёшга тўла.
Тимсоҳ барибир етиб олиб антилопа бўйнидан тишлаб олиши муқаррар бўлсада бу манзарани кузатиб турган инсон хаёлидан кўп нарса ўтади. Қани эди тимсоҳ чангалидан қутулиб қолса! Бир мўжиза бўлсаю сувдан эсон омон антилопа чиқса. Қани эди тимсоҳга бирор нарса халақит берса? Тўғрими?
Мабодо тимсоҳни бошига шу пайтда катта харсангтош тушиб кетса, беихтиёр қувонасиз? Тўғрими? Қалбида заррача инсоний раҳм шавқат бор инсон шундай фикрлайди.
Шунинг учун ҳам ўз Ватанини ҳикоя қилаётган украин аскарларига раҳмим келади. Босқинчи рус аскарлари вагонлаб портлаб кетса, баттар бўл деб қўяман! Факт шуки руслар украин ерларига биринчи бўлиб ҳужум қилди. Қолган барча гаплар бефойда!
Яшасин мустақиллик! Яшасин Ватанпарварлик!
Фейсбукдан олинди.
Каналга уланиш
@centerasiastudy
Давлатнинг асосий функциялари:
Ички функциялар-давлат ички ҳаётини бошқаришга қаратилган фаолиятнинг асосий йўналишлари:
а) регулятив (тартибга солиш, бошқариш);
б) қўриқлаш (сақлаш, муҳофаза қилиш).
Ташқи функциялар — давлатнинг халқаро майдондаги фаолиятининг асосий йўналшилари;
а) Халқаро ҳамкорлик-ташқи сиёсий фаолият, ташқи иқтисодий фаолият;
б) Мудофаа ва хавфсизлик
Каналга уланиш
@centerasiastudy
Собиқ иттифоқ республикалари ўз конституцияларини қачон қабул қилган?
СССР парчаланганидан сўнг 15 та республика мустақилликка эришгач, ўз конституциясини қабул қилган:
🇹🇲 Туркманистон — 1992 йил 18 май;
🇪🇪 Эстония — 1992 йил 28 июнь;
🇱🇹 Литва — 1992 йил 2 ноябрь;
🇺🇿 Ўзбекистон — 1992 йил 8 декабрь;
🇰🇬 Қирғизистон — 1993 йил 5 май;
🇱🇻 Латвия — 1993 йил 6 июль;
🇷🇺 Россия — 1993 йил 25 декабрь;
🇧🇾 Беларус — 1994 йил 15 март;
🇲🇩 Молдова — 1994 йил 27 август;
🇹🇯 Тожикистон — 1994 йил 6 ноябрь;
🇦🇲 Арманистон — 1995 йил 5 июль;
🇬🇪 Грузия — 1995 йил 24 август;
🇰🇿 Қозоғистон — 1995 йил 30 август;
🇦🇿 Озарбойжон — 1995 йил 27 ноябрь;
🇺🇦 Украина — 1996 йил 28 июнь.
Каналга уланиш
@centerasiastudy
1. Ҳукмдор - Николло Макиавелли
2. Ден Сяопен - Хитой ислоҳотларининг меъмори
3. Фозил одамлар шаҳри – Абу Наср Фаробий
4. Афғонистоннинг янги тарихи
5. Можаролар анатомияси
6. Усмонли империяси ҳақида
7. Фридрих Нитше
8. Собиқ совет давлатларининг махсус хизматлари «отаси» Чека ёхуд ВЧК ҳақида
9. Бобурийлар шажараси
10. Самарқандда Амир Темур саройига саёҳат кундалиги
11. Марказий Осиё туркий халқлари тарихи
12. «Ҳиндистонда оммага сигирни ейиш мумкинлигини тушунтира оладиган кучли сиёсатчи йўқ»
13. Валиаҳд шаҳарлар ҳақида
14. СИРОЖИДДИНОВ САЪДИ ҲАСАНОВИЧ ҲАҚИДА
15. Ўзбекистон Республикасининг Мудофаа доктринаси
16. Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлари
17. АМEРИКА ҚЎШМА ШТАТЛАРИ КОНСТИТУЦИЯСИ
18. ЗАМОНАВИЙ ИШЧАНЛИК ПРОТОКОЛИ ВА ЭТИКЕТИ
19. ЯНГИ ЎЗБEКИСТОН СТРАТEГИЯСИ
20. Жорж Вашингтон ҳақида
21. Собиқ КГБчилар билан суҳбат
22. “Темир хоним” – ҳақида
23. Жугашвилининг Сталинга айланиши
24. Марказий Осиёда давлат бошқаруви тарихи
25. МАРКАЗИЙ ОСИЁДА - МИНТАҚАВИЙ ДУАЛИЗМ
26. Темурийлар даври ёзма манбаларида Марказий Осиё
27. Темурийлар шажараси
28. Сиёсатшуносликка кириш
29. Ўзбекистонда политологиянинг ривожланиши
30. Хитой дипломатияси Марказий Осиёда (XIV-XIX асрлар)
31. “Этник гуруҳлар ва ижтимоий чегаралар“
32. Ўрта Осиё манғит сулоласи
33. Ўзбекистон араблари
34. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни
35. Файзулла Хўжаев ҳаёти ва фаолияти ҳақида
36. Аҳмад Фарғоний ва «Байт ул-ҳикма»
37. Платон – Государство
38. Ўрта Осиё меъморчилиги тарихи - Аҳмедов М
39. Чуст тарихи ҳақида
40. Туркистон тарихи
41. Тошкентда совет ҳокимиятининг ғалабаси
42. Великая шахматная доска
43. Тарихи Фарғона
44. Кучсизлар кучи асари
45. Қўқон хонлигидаги ҳарбий маъмурий мансаб ва унвонлар
46. Қўқон хонлигидаги сарой мансаблари ва унвонлари
47. Қўқон хонлигидаги диний мансаблар ва унвонлар
48. Таърихи инқилоби Бухоро
49. O'zbek xonliklaridagi sulolalar
50. ResearchGate ҳақида
51. ProQuest ҳақида
52. Музейларга виртуал саёҳат
каналга уланиш
@centerasiastudy
📌Эртага буюк бобомиз Амир Темур таваллуд топган кун. Шу муносабат билан Соҳибқирон ҳақида жуда кўп мақола ва постларга, шу билан бирга AI воситасида ишланган кўплаб роликларга ҳам кўзингиз тушиши мумкин. Сўнгги вақтда тарих илмидан ҳабари йўқларнинг сунъий интеллект ёрдамидаги ҳато талқинларини кўп учратмоқдамиз.
Ҳозир сизларга тавсия қиладиган маълумотлар илмий асосланган, узоқ йиллик тадқиқот натжалари ҳисобланади.