alisher_sadullaev | Unsorted

Telegram-канал alisher_sadullaev - Alisher Sadullaev

134890

Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!

Subscribe to a channel

Alisher Sadullaev

⚡️Yoshlar uchun yana bir yangilik!

Endi har yili ikki ming nafar talabaga “Work and Travel” dasturi orqali rivojlangan davlatlarda ishlash va sayohat qilish uchun foizsiz ssuda beriladi!

Bu dastur talabalarga nima beradi?

1. Talabalarga ta’til davrida Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va tajriba orttirish;

2. Borish-kelish aviachiptasi uchun davlat tomonidan 15 million so‘m foizsiz qarz (ssuda);

3. Haftasiga 30-40 soat ishlash va bu orqali bir mavsumda o‘rtacha 3-7 ming dollargacha daromad topish imkonini beradi.

Dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar (kunduzgi, kechki yoki sirtqi) ishtirok etishi mumkin.

Ariza topshirish 15-maydan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ushbu havolada

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Kitobxonlar tayyormisiz?

Millionlab yoshlarni, yosh oilalarni kitobxonlik yo‘lida birlashtirib, iqtidor egalarini kashf etayotgan “Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining yangi mavsum uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz!

“Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati

“Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati

👏Barcha kitobxonlarga omad tilaymiz!


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🔈 Top 100 Uni Camp 2025 uchun qabul rasman ochildi!

🔖 Yoshlar ishlari agentligi Top 100 Yozgi Oromgohi uchun arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi!

Bu yil oromgohimizda nafaqat O‘zbekistondan, balki dunyoning turli davlatlaridan talabalarni ham qabul qilamiz.

Agar siz dunyoning nufuzli universitetlariga kirishni orzu qilsangiz, yetakchilik qobiliyatlaringizni rivojlantirmoqchi va global miqyosda doʻstlar orttirmoqchi bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!

📝 Top 100 Uni Camp sizga quyidagilarni taklif etadi:

Ikki mavsumda: bakalavriat – "6-iyuldan 13-iyulgacha" va magistratura – "3-avgustdan 10-avgustgacha" alohida dasturlar;
● Ariza topshirish, grantlar va qabul strategiyalari bo‘yicha mahorat darslari;
● Top 100 talikdagi universitetlarda o‘qigan va o‘qiyotgan mentorlar bilan darslar;
● Kelajagingiz uchun eshiklarni ochuvchi netvorking imkoniyatlari;
● Tog‘ bag‘rida unutilmas bir haftalik sarguzasht va rivojlanish!


🔗 Ariza topshirish uchun Top Coach platformasidan ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o‘tish rasman 25-may kuni soat 23:59da tugatiladi!

Ro‘yxatdan o‘ting va xalqaro imkoniyatlar sari ilk qadamni qo‘ying!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Ajoyib yangilik

Yaqin kunlarda top universitetlarga kirish bo'yicha oromgohga qabul e'lon qilinadi @top100_uni.

- Dasturga eng kuchli, eng bilimdon hamda dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'qimoqchi bo'lgan yoshlar qabul qilinadi.

- Eng muhimi, oromgohdagi barcha xarajatlar Prezidentimizning yoshlar uchun tashkil etib bergan jamg'armalari tomonidan qoplab beriladi.

- Mentorlar ham dunyoning eng zo'r universitetlarida ta'lim olayotgan talabalar bo'lishadi.

Bu shunchaki qoyilmaqom!

Yangilikni eng birinchilardan bo'lib bilish uchun ushbu xabarni do'stlaringizga yetkazishni unutmang.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Shavkat Mirziyoyev:

Aziz farzandlarim!


O‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Saudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuksak sovrin – Osiyo kubogini qo‘lga kiritganingiz bilan xalqimiz nomidan, o‘z nomimdan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
...
Ayniqsa, finalda musobaqa mezboni – Saudiya Arabistoni kabi g‘oyat kuchli jamoaga qarshi keskin bellashuvda turli bosimlarga qaramasdan, o‘n bir o‘yinchiga qarshi to‘qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi.

... Mana shunday tarixiy g‘alaba uchun sizlarga, sizlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalaringiz va ustoz-murabbiylaringizga chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlar ushbu g‘alabadan ruhlanib, shu yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ham Osiyoning g‘olib jamoasi sifatida munosib ishtirok etasiz, deb ishonaman.


manba

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bu shunchaki dahshatli revansh!

G'alaba muborak!

Barakalla O'zbek o'g'lonlari!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Hozircha 2ta qizil evaziga 1ta penalti va gol.

O'zbekiston yoshlariga 1-taymda 2 ta qizil kartochka ko'rsatildi, jamoada 9 nafar futbolchi bilan Saudiya Arabistoni yoshlari ustida U-17 final o'yinida mezbonlarning uyida g'alaba qozonmoqdamiz.

Hali umid bor!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Dunyoqarashimni o‘zgartirib yuborgan muloqot!

Minerva University asoschisi Ben Nelson bilan muloqot qilar ekanman, universitetda o‘qigan yillarim esimga tushdi. Ben juda ajoyib falsafa sohibi, uning fikricha, “universitetdagi sifatli ta’lim uchun eng muhim omil katta, qimmat kampus emas, balki sayohat orqali o‘rganishdir”.

Uning ta’lim modeliga ko‘ra, talaba 4 yil davomida har bir semestrni jami 8 semestrni 7 ta turli mamlakat shaharlarida o‘tkazadi va amaliyotda qatnashadi.

E’tibor bering: birinchi va oxirgi semestrlar San-Fransiskoda, qolganlari esa Seul, Taypey, Haydarobod, Buenos Ayres, Tokio va Berlinda o‘tadi. Qoyil-e, akademik yil davomida talaba professorlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladi va darslar innovatsion platforma orqali olib boriladi. Har bir semestrda ham, har bir shaharda ham talabalar qandaydir muammoga yechim topishda, loyiha ustida ishlashda yoki tadqiqot markazlariga ishga kirishda ishtirok etishadi.

Umuman olganda, universitet talabalar uchun juda qadrli, bitiruvchilari esa dunyoning top kompaniyalariga ishga kirishmoqda. Chunki kompaniyalarga hammasini boshidan o‘rgatish kerak bo‘lgan odamlar emas, balki soha ichida tajribaga ega yoshlar kerak.

Ammo talabalar bilan uchrashganimda, ular mendan bir kichik o‘zgarishni so‘rashdi. Qanday o‘zgarish deb o‘ylaysiz?

Javobingiz juda qiziq)


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Vanihoyat kremniy vodiysining gavhari, dunyoning birinchi raqamli biznes maktabi Stanford University bilan O'zbekiston yoshlari uchun hamkorlik dasturlarini muhokama qilishni boshladik.

Siz Stanford bilan yoshlarimiz uchun qanday hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishimizni istagan bo'lar edingiz?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Nyu-Yorkda yana bir marra zabt etildi!

Endi safarimiz Kaliforniya shtatiga, dunyoning gigant kompaniyalari hamda startaplar orqali dunyoni o'zgartirishga harakat qilayotgan qaynoq qalb egalari bilan muloqot qilgani yo'l olamiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️13-18-aprel kunlari AQShga rasmiy xizmat safari bilan yo'lga chiqdik.

Nyu-York, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yoshlar Forumida (ECOSOC) O'zbekiston yoshlari nomidan katta taqdimotimiz hamda vatandoshlarimiz, El-Yurt Umidi jamg'armasi stipendiatlari bilan muloqotimiz reja qilingan.

Kaliforniya, Kremniy Vodiysida faoliyat yuritayotgan yosh vatandoshlarimiz, startap egalari bilan uchrashuvlar hamda Stanford universiteti bilan hamkorlik loyihalarini muhokama qilamiz.

Hurmatli vatandoshlar, hamkorlik takliflari va uchrashuvlar yuzasidan albatta bizga aloqaga chiqishingizni so'raymiz.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Qizlaringizni o‘qiting, ularga qanot bering!

Shunday shijoatli, bilimdon, ota-onasining, millatning faxri bo‘lgan qanday qahramon qizlarimizni taniysiz?

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Prezidentimiz Yoshlar parlamentlari global platformasini tashkil etishni taklif etdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida yoshlarning parlament faoliyati bilan bir qatorda jamiyat hayotining barcha jabhalarida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish o‘ta dolzarb masala ekanligini, shu sababli, Parlamentlararo Ittifoq tizimi doirasida Yoshlar parlamentlari global platformasini tashkil etish va uning ta’sis forumini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildilar.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️“ZUKKOTEST” loyihasining 2-to‘plam natijalari bilan tanishing!

Oldingi safar tanlovda obunachilarimiz qilgan harakatlari va izlanishlarini qo‘llab-quvvatlab, bonus sifatida pul mukofotlari va premiumlarni bergan edik. Lekin, bu gal TOP10 reytingdan faqat ikkita ishtirokchi o‘rin oldi.

Bilasiz, biz 10 ta ishtirokchiga pul mukofotlari va 100 nafar ishtirokchiga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna sovg‘a qilish haqida yozdik. Lekin biz kutgan natijalar bo‘lmadi.

Loyihani davom ettiramizmi yoki to‘xtatamizmi? Balki uni boshqacha tartibda tashkil etish kerakdir? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Ko‘pchilik so‘ragan test javoblarni @kitobxontestbot orqali jo‘natamiz. Tez orada g‘oliblarga va’da qilingan pul mukofotlarini yetkazamiz!

🤝Ishtirokingiz uchun rahmat, bilimdonlar!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️ “ZUKKOTEST” 2-to‘plami boshlandi!

Test ishlash jarayonlari boshlanganiga 2 soatdan oshdi. Lekin… hali ham pul mukofoti va premium obunalarga talabgorlar topilganicha yo‘q. Oldinda hali 20 soatdan ortiq vaqt bor. O‘zingizni sinab ko‘ring va eng qiziqarli testlardan zavq oling!

Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun Karmana tumani “Farhod” mahallasi yoshlar yetakchisi Ulugʻbek Oblaqulov va ushbu tumanning “Bahrom” mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronovning avtohalokat sabab vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.

Bir kunda tizimning yosh va zabardast ikki yetakchisining kutilmaganda bunday baxtsiz hodisa natijasida vafot etishi — juda ogʻir musibat.

Jamoamiz nomidan marhumlarning oila-a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiramiz.

Vafot etgan doʻstlarimizning ota-onasi va yaqinlariga moddiy va ma’naviy koʻmak koʻrsatiladi.

Bundan tashqari, Karmana tumani Yoshlar ishlari boʻlimi shoʻba mutaxassisi Valijon Kasimov shifokorlar nazoratida qolmoqda. Uning ham tezroq shifo topib, tuzalib ketishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz va yordam beramiz.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🇺🇿Prezidentimiz Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Xivada “Arda Xiva” turizm majmuasi bilan tanishdi va Xorazm yoshlari bilan muloqot qildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun xizmat safari bilan Qoraqalpog'istonda bo'lamiz. Rejamiz bo'yicha:

Birinchidan, Nukus shahrida yangi barpo etilayotgan yoshlar ijod markazi bilan tanishish.

Ikkinchidan, yoshlar yetakchilari, yosh tadbirkor, startapchilar hamda xorijiy tillarni o'rganayotgan yoshlar bilan muloqotimiz o'rin olgan.

Taklif va mulohazalaringizni izohlarda kutib qolaman.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🇺🇿Davlatimiz rahbarining “Futbol bo‘yicha o‘n yetti yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan Ismoilov Islombek Murodbek o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiysi;

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari “Kelajak bunyodkori” medali bilan:

➖Abdukarimov Miraziz Erkin o‘g‘li;
➖Abdullayev Faridjon Nodirjon o‘g‘li;
➖Abdumo‘minov Azizbek Ikromjon o‘g‘li;
➖Aliyev Asilbek Ravshanjon o‘g‘li;
➖Baxodirxonov Muminxon Issoxon o‘g‘li;
➖Botiraliyev Hojiakbar Xayrullo o‘g‘li;
➖Yerimbetov Azizbek Muxammed Ali uli;
➖Izbaskanov Baxadir Maxsetbayevich;
➖Maxmudjonov Dilyorbek Sanjarbek o‘g‘li;
➖Muradov Amirxon Shuxrat o‘g‘li;
➖Musaxanov Muhammadali Alijonovich;
➖Muhammadov Akbar Alisherovich;
➖Rustamjonov Ne’matulloh Shuhratjon o‘g‘li;
➖Rustamov Jamshidbek Abrorjon o‘g‘li;
➖Saidmurodov Behro‘z G‘ayrat o‘g‘li;
➖Sarsenbayev Nurbek Raxatovich;
➖Sodiqov Sayfiddin Baxtiyor o‘g‘li;
➖Fazliddinov Abdulloh Zayliddin o‘g‘li;
➖Xakimov Muhammad Ulug‘bek o‘g‘li;
➖Xasanov Sadriddin Zayniddin o‘g‘li;
➖Habibullayev Muhammad Qodirjon o‘g‘li;
➖Shokirov Ibroxim Jamshid o‘g‘li;
➖Shukurullayev Abubakir Aziz o‘g‘li;

“Shuhrat” medali bilan

Djurayev Otabek Rustamovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi

Tolipov Orifjon Boxodirovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi “Futbol TV” telekanali muharriri

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🔥 Biz tarix yozdik. Finalda ikki kishi kam bo'lib, chempionga aylandik. O'zbegim ✊

🏆 Osiyo kubogi U-17 | Final

🇺🇿 O'zbekiston 2:0 S. Arabistoni 🇸🇦

⚽️ Gollar: Hakimov 51, Hasanov 70

🔴 Qizil kartochka: Sarsenbayev 40', Abukarimov 45'

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bu shunchaki qoyilmaqom!

9 kishi bo'lib, finalda Saudiyada 2ta gol urdik. Har bir qizil kartochka uchun bitta gol bilan javob berishyapti yigitlarimiz!

Bilmadim, OFK qandaydur yangi nominatsiya o'ylab topib, "eng irodali o'yin/g'alaba uchun" degan nominatsiyani ham yigitlarimizga berishi kerak)

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Dunyoning eng nufuzli universitetlari O‘zbekiston yoshlari uchun o‘z eshiklarini ochmoqda – bu esa hali boshlanishi!

Do‘stlaringiz orasida dunyoning TOP universitetlariga qabul qilinganlar bormi?

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Stanford Universitetida yana bir muhim uchrashuvlardan biri “Venture Mindset” kitobi muallifi, Professor Ilya Strebulaev bilan bo‘lib o‘tdi.

Sohaga oid juda qiziq tahlillar, O‘zbekiston iqtisodi, venchur bozori hamda yangiliklari haqida suhbatlashdik.

Professor ayni vaqtda ko‘plab mamlakat hamda hukumat rahbarlariga kremniy vodiysi muvaffaqiyatining omillari hamda qanday qilib bundan to‘g‘ri andoza olish bo‘yicha maslahatlar berib kelayotgan ekanlar. Biz ham birlamchi hamkorlik takliflarini tingladik.

Avvalo, “Venture Mindset” kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilish hamda kitob taqdimotiga Professorni chaqirish takliflarini muhokama qildi.

Oldinda ko‘p muloqot hamda uchrashuvlar bizni kutmoqda.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Kecha BMTning ECOSOC Yoshlar Forumida O‘zbekiston yoshlari nomidan nutq so‘zladim.

Prezidentimizning yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlari, ular bilan olib borilayotgan doimiy muloqot va ilgari surilayotgan yechimlarni ham ta’kidlab o‘tdim.

Ishonchim komil, O‘zbekiston yoshlari uchun imkoniyatlar soni kengayishda davom etadi va albatta yoshlarimiz ham bu jarayonda faollik, mas’uliyat bilan ishtirok etadilar!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bugun Nyu-Yorkda, 200ga yaqin mamlakatlar ichida O'zbekiston yoshlariga BMT tomonidan birinchi bo'lib taqdimot qilish imkoniyati beriladi.

Ko'pchilik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosatiga e'tibori, erishilgan natijalar hamda oldimizdagi rejalarimizga qiziqib, biz bilan yaqindan muloqot qilishmoqda.

Umid qilamanki, O'zbekiston yoshlarining dunyoga aytadigan o'z so'zlari ham bor. Qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun barchangizga rahmat.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Mutolaa loyihasi ko'plab iqtidorli yosh oltin ovoz egalariga katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Bunday imkoniyat har kuni ham bo'lavermaydi, tanlovda ishtirok etish uchun jiddiy tayyorgarlik ko'ring, talablarni ortig'i bilan bajarishga harakat qiling.

Ishonchim komil, Mutolaa jamoasiga qo'shila olsangiz, kelajakda o'zingizga o'xshagan yuzlab iqtidorli yoshlarga imkoniyatlar eshigini ochgan bo'lasiz.

Barchaga omad yor bo'lsin! Tanlovda ishtirok etish uchun:

👉/channel/mutolaaxona/2025

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bugun premyera!

Bolajonlarimizga ekologik bilim ulashuvchi “Yashil makon” animatsion multseriali haqida ko‘pchilik yaxshi biladi. Biz ushbu multserial qahramonlari orqali daraxtlar, qushlar, suv va havoga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini kichkintoylarga o‘rgatishni maqsad qilganmiz.

Hozirgacha multserialning 4 ta qismi YouTube sahifalarida e’lon qilingan.

1-qism Sarguzashtlar boshlanishihttps://www.youtube.com/watch?v=tLKC0V3_-1k

2-qism Xazonrezgilikhttps://www.youtube.com/watch?v=vOdJQTdMTJI

3-qism Eko mashinalar qanday yasaladi?https://www.youtube.com/watch?v=qD4UGJsi-5g

4-qismni bugun 20:00 da tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=VKv6DWZhMu8

Albatta, bu yangilikni yaqinlaringizga ulashing. Farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va tabiat haqida suhbatlashing!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Mamlakatimizda dunyo parlament yetakchilari jamlanmoqda.

➡️5–9-aprel kunlari Parlamentlararo Ittifoqning (IPU) 150-yubiley Assambleyasi ilk bor Markaziy Osiyoda O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda.

➡️Toshkent shahrida o’tadigan ushbu Assambleyaga dunyoning 140 ga yaqin mamlakatidan 105 parlament yetakchilari, 2000 dan ortiq parlament vakillari va 50 ta xalqaro tashkilotdan delegatlar ishtirok etadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️”Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblariga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobillari topshirildi!

Eng quvonarli jihati, g‘oliblarning barchasi qizlar! Bu esa qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi.

Tanishing, g‘oliblar:

Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Bo‘z” mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.

O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Otasi So‘yunov Abajan, yakka tadbirkor. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.

Barchani chin yurakdan tabriklayman! Bu g‘alabalar nafaqat ularning mehnati, balki oiladagi tarbiyaning ham yutug‘i!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bilimdonlar tayyormisiz?

Bugun 18:00 dan boshlab “ZUKKOTEST” loyihasining ikkinchi bosqichiga start beramiz! 24 soat davomida obunachilarimiz o‘zlarining intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazishi mumkin!

Esingizda bo‘lsa, oldingi safar eng yuqori natija olganlarning barchasiga pul mukofoti va premiumlar sovg‘a qilgan edik. Bu safar testlarni qo‘shimcha ko‘rsatgichlar bo‘yicha 100% to‘g‘ri bajargan 10 ta ishtirokchiga 1 million so‘mdan pul mukofotlari beriladi. 70%+ natija uchun “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirmalar taqdim etamiz!

Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz shoshiling, hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

G‘oliblarni pul mukofotlari va premium obunalar kutmoqda!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…
Subscribe to a channel