1717
• Mebel fabrikam @korkfurniture • Mebel haqida yangiliklar @mebelium_uz Shaxsiy blog.
Bir xil sharoit, bir xil natija bermasligi mumkin
O'zingizni ayblayvermay boshqa sharoitlar izlang
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Sun'iy intellektdan qo'rqayapman
2 kun avval SI ishlab chiquvchi mutaxassis "Anthropic"dan ishdan bo'shabti. U o'zining X sahifasida post yozibti.
Postining xulosasi shuki, Sun'iy Intellekt ixtirochilari "Superintellekt" yasash uchun o'zaro bellashmoqda. Ammo xavfsizlikni unutishyapti va hayotimiz bilan o'ynashishyapti.
"SI yaratuvchilarining o'zlari ham qo'rqishmoqda, ammo ochiq ayta olishmaydi, 10 yil ichida superintellekt bizni o'ldirishi mumkin".
"Biz hozir insonlarning taqdirini o'ynayotgan o'yin ichidamiz. Bu o'yin juda xavfli va men unda ishtirok etishni xohlamayman" demoqchi u.
Men ham SI bilan oxirgi 8 oyni juda aktiv o'tkazdim. Uning nimalarga qodir ekanini ko'rayapman. U juda kuchli manipulyator. Sizga xato ma'lumotni to'g'ri, yoki aksincha qilib ko'rsatishni juda yaxshi eplaydi.
Superintellekt esa yanada kuchliroq. Agar u nazoratdan chiqsa (hozir uni nazorat qilishga kompaniyalar katta resurs sarflashmoqda) insonlar uyushtirayotgan kiberhujumlar u uchun hech narsa bo'lmay qoladi.
Qolaversa ma'lumotlarni o'zi xohlaganidek o'zgartirish, kerak bo'lsa harbiy qurollarni ishga tushirish imkoniyatiga ham ega bo'lishi mumkin.
Ayni vaqtda bizdan talab qilinadigan narsa, sun'iy intellekt keltirgan ma'lumotlarni ham qayta tekshirish va undan shubhalanish.
👉 @abdulbasitvakhidov
Mening fikrlashim:
Avval:
— Men rahbarman, korxonamdagi eng aqlli odam men bo‘lishim kerak.
Hozir:
— Men rahbarman, eng aqlli odam bo‘lolmayman. O‘zimdan aqlliroq odamlarni biznesimga jalb qilishim va ular bilan birga biznesni o‘stirishim kerak!
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Al-Beruniy 973-yilda hozirgi O'zbekistonning Xorazm hududida tug'ilgan musulmon olim edi. U astronomiya, matematika, geografiya, tibbiyot va tarix fanlari bo'yicha 150 ga yaqin asar yozgan. Bugungi kunda ko'pchilik uning nomini eshitmagan.
Taxminan 1023-yilda hozirgi Pokiston hududidagi tog'larda joylashgan qal'ada turib, u g'ayrioddiy bir ish qildi. U ma'lum balandlikdagi tepalikka chiqib, ufqning qancha burchak ostida pastga tushishini o'lchadi va oddiy geometriyadan foydalangan holda butun Yerning hajmini (o'lchamini) hisoblab chiqdi.
Uning hisob-kitobiga ko'ra, Yerning radiusi taxminan 6339 kilometrni tashkil qildi. Haqiqiy ko'rsatkich esa 6371 kilometrga teng. Bundan ming yil oldin, hech qanday sun'iy yo'ldoshlar va texnikasiz u bor yo'g'i bir foiz xatolik bilan buni bajargan edi.
Yevropa yana 500 yil davomida bunday aniqlikka erisha olmadi.
Nima uchun musulmon olim osmon va yerni o'lchashga bunchalik ko'p e'tibor qaratdi? Chunki Qur'on mo'minlarni doimo kuzatishga chaqiradi. Unda aytilishicha, osmonlar va yerning yaratilishida tafakkur qiluvchi kishilar uchun alomatlar bor (3:190). Bu tafakkur qilish, mulohaza yuritishdir. Yaratilganlarni diqqat bilan o'rganish — Yaratuvchini chuqurroq tanish yo'lidir.
Qolaversa bu olimning, muslumonlar yerning istalgan yerida qiblani topishlari uchun oson tizim yaratish maqsadi ham bo'lgan degan gaplar yuradi.
Al-Beruniy uchun ilm-fan hech qachon e'tiqodga raqib bo'lmagan. Bu Alloh yaratgan narsalarga diqqat bilan e'tibor qaratish orqali u amalga oshirgan ibodat turlaridan biri edi.
Uning tafakkuri ilohiy ne'mat edi va u buni oyat-alomatlarni o'qishga sarfladi.
Qachonki ilm-fan va Islom bir-biriga dushman qilib ko'rsatilsa, 1023-yilda tog' yonbag'ridan turib Yerni o'lchagan insonni eslang.
Buni saqlab qo'ying va izlanuvchan qalblar bilan ulashing.
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Bilasizmi menga nima alam qilayapti?
"Men bu kitobni odamlarga meros taqsimlash, savdo-sotiq, yer o’lchash va boshqa kundalik masalalarda zarur bo’ladigan hisoblash usullarini osonlashtirish uchun yozdim..."
Bu Al-Xorazmiy hazratlarining "Al-Jabr val-Muqobala" kitobi kirish qismida yozgan so'zlari
Alamlisi shundaki, bobomizning bu so'zlarini men Frankfurtdagi kutubxonada, Finlandiyalik ateist matematik olimdan eshitdim.
@abdulbasitvakhidov
Qashshoq, kambag'al, o'rtahol, boy, millioner, multimillioner insonlar bilan suhbatlashdim.
G'ami yo'q insonni uchratmadim.
Biz g'am-tashvishi yo'q deb o'ylaganlar, ichiga yutadiganlar ekan xolos
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
MDF bir insonning xatosi sabab ixtiro qilinganini bilarmidingiz?
Uilyam Meyson ismli olimning ajoyib ixtirosi haqida bilib oling
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Abdulboriy do'stimiz kuchli boshqaruvchi. Katta kompaniyalarni o'stirayapti.
Birga ishlaganlar ham o'sadi deb o'ylayman
Mebelning narxi sotib qo'yishini istaysizmi?
Unda siz ham mana shunday premium ko'rinishga ega "Tijorat Taklifi" tayyorlashingiz kerak!
Endi bu juda oson. Yopiq kanalimga obuna bo'ling va o'z logotipingiz tijorat taklifi tayyorlash platformasidan foydalaning.
Obuna bo'lish uchun:
🔗 /channel/mebelhubb_bot
👉 @abdulbasitvakhidov
Bugun do'stimning hatm payti ovozi titraganini sezdim
Bu Zuxruf surasi 77-oyatni o'qiyotganida sodir bo'ldi
Kirib ma'nosini o'qib qo'rquvdan meni ham nafasim tiqildi.
Alloh shundaylardan bo'lishdan panoh bersin😢
Oltin solingan xalta bo'lib qolish
Boy bo'lsam hamma meni eshitadi deb o'ylaydiganlar uchrab turadi atrofimda.
Bir tanishimga davrada mikrofon berishimni so'rashdi. Boshlovchi edim. U millioner
6-8 daqiqadan keyin mikrofon berishimni so'raganlar bir amallab undan mikrofonni qaytib olishimni iltimos qilishdi. U 15 daqiqada gapini to'xtatdi.
15 daqiqa gapirildi. Eshituvchilar hech qanday foydali fikr yoki tavsiya olishmagani sezilib turardi.
Ajoyib fikrlarni Aziz do'stimdan o'qib qoldim:
"Xaltada tilla bor degani xaltaning qiymati baland degani emas"
Biz tilla solingan xalta emas, tillaning o'zi bo'lishimiz kerak. Shunda bizni eshitishadi, so'zlarimizning vazni og'irlashadi.
Shunday insonlar borki, ikki og'iz so'zlarini eshitish uchun yuzlab kilometr yo'l bosib boramiz.
Ular boy emas, ayni boylikning o'zi bo'lishadi.
Boy bo'lishimiz kerak, lekin boylik meni qadrli qiladi degan maqsadda emas.
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Xayr Instagram...
Bugun Instagram, Facebook kabi qisqa videolar ko'rish mumkin bo'lgan platformalarni telefonimdan o'chirganimga 2 kun bo'ldi
Hozircha ko'nikish qiyin, bir narsamni yo'qotib qo'ygandek bo'layapman
Natijada kitoblarni tushunishim osonlashmoqda, fikrlar tiniqlashmoqda
Reels'larsiz hayotimdagi o'zgarishlarni shu yerda bo'lishib boraman
Ha aytgancha, platformalardagi sahifalarimga kontentlarni o'zim Meta Business Suite dasturi orqali joylayapman
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Mebel topishda inqilobga tayyormisiz?
Hooz.uz ishonchli mebelchilarni sun'iy intellekt yordamida topib beradi endi.
Bir foydalanib ko'ring va fikringizni ayting!
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Rivojlanyapsizmi yoki shunchaki bandmisiz?
Agar bu postni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, katta ehtimol siz ham ko'pchilik kabi “rivojlanayapman” degan fikrdasiz.
Rivojlanish turlicha bo'ladi.
Pul topishimizdagi rivojlanishni baholash osonroq.
Buni baholash eng oson yo'li mana bu savolga javob topish.
Vaqtingiz narhi oshyaptimi?
Yanada aniqlik kiritish uchun
5 yil oldin qaysi ishga pul uchun men jon deb rozi bo’lar edimu, hozir o’sha ishni qilishga vaqtimni qizg’anaman?
Men tanigan ikkita insonni misol keltiraman
Biri Yevropada shifokor
- 10 yil oldin oyiga 1000$ ga ofitsiant bo’lib ishlashga jon der edi
- 5 yil oldin haftasiga 1000$ ga jon deb shifokorlik qilar edi
- 1 yil oldin kuniga 1000$ ga jon deb ishlar edi
Biri vodiyda yashaydi:
- 5 yil oldin 100$ ga zerikarli ofis ishida o’tirar edi
- 2 yil oldin 100$ ga 10 soat zerikarli ishni qilar edi
- bugun o’sha 10 soat vaqtini 200$ ga almashmaydi
Nega? Chunki uning vaqti qimmatlashdi. O’sha vaqt davomida ko’proq pul topishni o’rgandi. Qiymati oshdi.
Bugungi vaqtimiz 2 yil oldingidan qimmatroqmi yoki yo’q?
O’zimizga beradigan xolis savollardan biri shu.
Qiziq paradoks: Vaqtimiz narhi oshib borgan sari, tekinga ishlash ehtimolimiz va xohishimiz oshib boradi.
Bek Olimjon
16.01.26
Norvegiya
Uyga kelsam otam va onam siqilib, xafa holda o'tirishibti.
– "Nega xafasiz?" dedim.
– "Senga yordam berolmayapmiz" deyishdi.
Usha vaqtlarda moliyaviy qiyinchilik va muammolar davri edi menda.
Ota-onamga aytdim:
– Sizlar menga ikki narsani o'rgatib, meni oldimdagi haqqingizni ado qilib bo'lgansiz.
Birinchisi Allohni tanish
Ikkinchisi to'g'ri do'st tanlash
qolganini o'ylamang, o'zim eplayman Inshaalloh dedim.
Meni o'qiyotgan barcha yoshu-qariga aytaman, "Tanlagan do'stlaringiz, kelajakda kim bo'lishingizga katta ta'sir o'tkazadi"
Meni biror natijaga erishishimda do'stlarimning (aslida ko'plari ustozlarim) o'rni juda beqiyos.
Ota-onalar bolalariga to'g'ri do'st tanlash ko'nikmalarini o'rgatishlari kerak.
Bolalar ham do'stlarning qanchalik muhim ekanini tushunmoqlari lozim.
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
O'zbekistonda soliqlar qimmatmi yoki chet eldami? (Ishlab chiqaruvchilar uchun faktlar bilan)
Ko'pchilik "Bizda ishlab chiqarish qiyin, soliqlar juda baland, foyda qolmaydi" deb noliydi.
Bugun shu masalani o'zim uchun tahlil qilib ko'rdim va qiziq faktlarga duch keldim.
Tasavvur qilamiz: Siz mebel yoki boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchisiz. Oyiga barcha xarajatlardan tashqari toza 10,000$ sof foyda qilasiz.
Turli davlatlarda bu puldan qanchasini soliqqa berishingiz kerak bo'lardi? Raqamlarga qaraymiz:
🇩🇪 Germaniya: ~30% soliq. 10,000$ dan 3,000$ soliqqa ketadi.
🇯🇵 Yaponiya: ~28-30% soliq. 10,000$ dan ~2,800$ davlatga ketadi.
🇺🇸 Amerika: ~26% soliq (Shtatga qarab). 10,000$ dan o'rtacha 2,600$ ketadi.
🇸🇪 Shvedsiya: 20.6% soliq. 10,000$ dan 2,060$ soliq to'laysiz.
🇺🇿 O'zbekiston: 15% foyda solig'i. 10,000$ dan 1,500$ soliqqa ketadi.
🇨🇳 Xitoy: Xitoyda kichik korxonalar (SME) uchun vaqtinchalik imtiyoz bor — ular toza foydasining ma'lum qismigacha atigi 5% to'laydi. Ya'ni, 10,000$ dan bor-yo'g'i 500$ soliq. Xitoyliklar nega arzon ishlab chiqarishini endi tushunavering.
Lekin, masala faqat soliqning foizida emas. O'zbekistonda 15% dan ham arzonroq to'lash yo'llari bor. Masalan:
- Agar oborotingiz yiliga 1 milliard so'mdan oshmasa, 15% foyda solig'i o'rniga, 4% oborot solig'i to'lab ishlashingiz mumkin.
- Agar zavod yoki sexni Toshkentda emas, iqtisodiy rivojlanishi orqada bo'lgan "5-toifali" tumanlarda ochsangiz, foyda solig'i 15% emas, atigi 1% bo'ladi.
- Agar sohangiz davlat tomonidan maxsus qo'llab-quvvatlanadigan tarmoq bo'lsa yoki MIZ (Maxsus Iqtisodiy Zona) da ochsangiz, soliqdan butunlay ozod bo'lishingiz ham mumkin.
Ammo, tanganing ikkinchi tomoni ham bor.
Bizda mahsulotning sotilish narxi rivojlangan davlatlarga nisbatan arzonroq. Ya'ni, bizda marja kamroq qo'yiladi.
Amerikada yoki Yevropada bitta mahsulotni sotib 50$ toza foyda qilish mumkin bo'lsa, bizda shu foydani topish uchun huddi shu mahsulotdan 5 ta yoki 10 ta sotishga to'g'ri keladi.
Soliq stavkamiz chet eldan past bo'lgani bilan, o'sha 10,000$ sof foydaga yetib borish uchun biz ko'proq mehnat qilishimiz, ko'proq mahsulot ishlab chiqarishimiz va ko'proq sotishimiz kerak bo'ladi. Foyda solig'i kamroq bo'lsa ham, mehnat va hajm hisobiga bu balanslashib ketadi.
Siz nima deb o'ylaysiz, bizning sharoitda ishlab chiqaruvchilarga yana qanday yengilliklar kerak? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
👉 @abdulbasitvakhidov
Birgina jumla kelajakda farzandingiz uchun yo maqtov, yo kamsitish bo‘lishi mumkin:
“Otangga o‘xshabsan.”
Tanlov o‘z qo‘lingizda!
@abdulbasitvakhidov
Yoshim 30 dan oshdi. Mendan tavsiya, nasihat, maslahat so'rashlar ko'paygan.
Ilgari mana bu yaxshi, mana buni qiling, bu yo'l to'g'ri deb oson aytib yuborardim.
Hozir qiynalyapman.
Men tavsiya qilgan narsa men uchun yaxshi, boshqalar uchun yaxshi emas bo'lishi mumkin.
Yosh o'tgan sari bir ish qilishdan oldin ko'p o'ylaydigan bo'lib qolarkan odam.
Tavsiya berish oson, oqibatlariga javob berish qiyin
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Muvaffaqiyatli insonlarning noyob qobiliyati bo'ladi deb o'ylardim. Aslida hammasi oddiy ekan.
Ular:
- Dam olish uchun ishlamaydi, balki ishlash uchun dam oladi
- Muhim xabarlarga tezda javob yozadi
- Kunduzi energiyaga to'la yuradi, charchamaydi
- Uyqu uchun joy tanlamaydi
- Baquvvat ovqat yeydi va ovqat tanlamaydi (halol va zararsiz bo'lsa bo'ldi)
- Semiz bo'lmaydi ya'ni ortiqcha vazni bo'lmaydi
- Sportning biror turi bilan shug'ullanadi
- Ona tilidan tashqari kamida 1 ta tilni mukammal biladi
- Bo'lar bo'lmasga kulavermaydi
- O'qish madaniyati shakllangan bo'ladi. Ya'ni ma'lumotlarni o'qib olishga odatlangan bo'ladi.
…
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Dunyoga mashhur ulamolar:
- Ayolini sevib, e'zozlaydigan otalar
- Erini hurmatini yuksakka ko'taradigan ayollardan tug'ilishgan.
Ayolini e'zozlash faqatgina ayoli uchun emas, bo'lajak farzandlari uchun ham yaxshilik qilish deganidir.
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Mebelchi AI yasadim😅
Mebelingiz narxini hisoblab bera oladi🧮
👇 Foydalanib ko'ring:
@mebelchiai_bot
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Ilm 3 maqsadda o'rganiladi:
- Bilmaganini bilish — johiliyatni ketkazish (bilimsizlikni ketkazish)
- O'zini biladigan qilib ko'rsatish — odamlar oldida obro', e'tibor topish
- Robbisini tanish — insonlarga foyda keltirish.
Robbisini tanigan inson, Robbisi buyurgan barcha amallar o'zi va boshqalarga yaxshilik qilishga olib boradigan yo'l ekanini biladi
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Birga ishlashimiz mumkun
Loyihalarimizga(Dinay, Filigran inc, Massdar) birdaniga bir necha yo'nalishlarda ishlash uchun internship(shogirtlik) ochildi.
Kelajakda tadbirkor, manager, mutaxassis bo’laman, lekin hozir nima qilishni bilmayman deydiganlar uchun bu ideal imkoniyat.
Qiziq bo’lsa, forma to’ldiring. Birlamchi filterlarga mos kelsangiz yuzma-yuz suhbatlarga taklif qilamiz.
P.S. Tajriba shart emas, yurakda olov va til bilish yetarli.
@AbdulboriyQodirov
Bugun bayram! Bu bayram hammamizga muborak bo'lsin azizlar😊
Robbim ko'p yillar ramazonlarga yetkazsin🤲🏻
Elektr energiyasi kashf qilinishidan avval katta yog'ochlar qanday arralangan?
"Water powered sawmill" suv bilan ishlaydigan charxpalakli motorlar yordamida bu ish amalga oshirilgan. Bu kabi uskunalar 1800-yillarda ham ishlatilgan.
Ushbu mexanizm arrani daqiqasiga maksimum 500-800 martagacha aylantirib berolgan.
Ma'lumot uchun hozirgi zamonaviy arralar daqiqasiga 40,000 martagacha aylana oladi😅
Biz yog'ochsozlar juda katta imkoniyatlar zamonida yashayotganimizni tushunib yetishimiz uchun yetarli fakt
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Yaponiya juda zo'r davlat ekan
Lekin imkoniyat berilsa ham bu yerda yashamagan bo'lardim😊
Negaligini video orqali keyinroq aytib berarman
👉🏻 @abdulbasitvakhidov
Sun'iy intellektlar sizni o'ldirmasligi uchun hoziroq bu ishni qiling
Men Gemini va ChatGPT chatlariga shunday talabni qo'ydim:"Meni maqtama. Haqiqiy do'stim kabi bo'l. Haqiqiy do'st o'zining do'stiga faqat yaxshiliklarini emas xato va kamchiliklarini ham yuziga gapiradi. Hadeb maqtov eshitaverish insonni kibrga olib boradi.
Men so'ragan savollarga hech qanday maqtovlarsiz, fikrlab, shoshmasdan obyektiv va ratsional javoblar ber.
Sendan foydalanishimdan asosiy maqsadim rivojlanish, o'sish va muammolarimga yechim olishdir. Maqtov eshitish meni maqsadimga yetkazmaydi"
Shundan so'ng undan zo'r javoblar olishni boshladim.
Siz ham SIdan foyda olmoqchi bo'lsangiz, prompt yozishdan oldin shunday talab qo'yishingizni tavsiya qilaman
👉 @abdulbasitvakhidov
24 soat ichida 500+ insonning 3000+ oyat o'qishlariga sababchi bo'libmiz😅
Shu kichik o'yincha sabab meni jannatda uchratib qolsangiz-a?
Qaniydi-ya🥲
Ajoyib, foydali o'yin yasab qo'ydim😅
Bitta o'ynab ko'ring👇🏻
🏁 O‘YNASH
Ishonchli mebelchilarni topib beradigan platforma qildik.
👉🏻 hooz.uz
Kirib foydalanib ko'ring-a. Kamchiliklari bo'lsa shu post izohida fikrlaringizni kutaman😊
@abdulbasitvakhidov