1779
O'qituvchilik bu san'at, demak san'atkor bo'lishimiz kerak 😊
📖 My First English
Yosh bolalar uchun tayyorlagan kitobim.
Kitobda:
✅ 20 xil mavzu
✅ 200 dan ortiq so'zlar
✅ Har bir so'zga rasmlar
✅ Har bir so'zga misollar mavjud.
💬 Ustozlar uchun telegram kanal
Paymedan eslatma!
Payme ilovasini o'chib yoz oyidagi kirim va chiqimlarni hisobotini ko'rib chiqdim. O'sha hisobot menga bir narsani yana bir bor eslatdi.
Iyun va Iyul oylarida yozda maksimal ko'pchilik bekor qolmay ilm olsin deb kurslar ochgan edim. Maqsad ilm berish bo'lgan, tushum juda yaxshi.
Avgust oyida juda pulga muhtoj bo'lgandim va pul topay deb kurslar ochdim. Natija kutganimdek bo'lmadi.
Eslatma: maqsadni ilm ulashish deb qo'ysak, pul o'zi bizni topib keladi. Pul desak, u bizdan qochishi mumkin.
📱 @mraslanov
Support!
O'zim mustaqil joy olib dars berishni boshlagan paytlarim shunday o'quvchilarim bo'lgan ana o'shalarda man haqiqiy supportni ko'rganman.
Hozir bitta reaksiya yoki izoh yozishga yaramayotgan bir paytimiz, avval shunday o'quvchilarim bo'lardi - har oy 1, 2 marta darsga kelib, to'lov qilib yana bir oy yo'q bo'lib ketgan. Na aloqaga biror raqami bo'lardi na internetda manzili. Keyinchalik bilsam ustozga bizdan yordam bo'lsin deb shunday qilishgan ekan.
Yana shunday bir o'quvchim bo'lardi - 1 yil maosh olmasdan ishlagan. Kunlik harajatiga majburlab pul bersam olardi lekin oylik haqida gap borsa YO'Q USTOZ! deb ishimda yordam berar edi. Nega unday qilasan desam Otam shunday deganlar. Ustozingni xizmatini qil, duosini ol lekin pulini olma deb uqtirgan ekanlar. Hozir o'sha shogirtim 3000$ dan ko'p pul topadi oyiga.
Qarang hayotni qiziqligini.
Qush daraxt shoxiga qo'nayotganda shoxning baquvvat ekanligiga ishonib emas o'zining shox sinib ketsa uchib keta olish qobilyatiga ishonib qo'nar ekan.
Kurslarimizga qo'shilayotganlarga ham shu maslahat - avvalo o'zingizga, olib keta olishingizga ishonishingiz shart.
Ikkilanyapsizmi demak o'xshamaslik ehtimoli ko'proq. Aksincha, ishonyapsizmi demak o'xshashi.
📱 @mraslanov
Ertangi rejalaringiz orasiga ota-onangizni biror ish qilib xursand qilishni ham qo'shib qo'ying!
Читать полностью…
Vaziyatdan nolishni to'xtatib, uni yaxshilashga uringan kunimdan beri o'syapman. Alhamdulillah!
Читать полностью…
Insonlar ilm olishni o'ziga moslashtirishga harakat qilyapti. Palon vaqt, palon kungina dars qila olaman. Menga palon uslubda o'rgatsa yaxshi va hokazo.
Do'stlar! Ilm unday olinmaydi. 'Erkatoy' lik qilib olgan ilimimiz hech nima bo'lmaydi. Ilmni ozginasi yuqishi uchun qancha mehnat, ter to'kilishi kerak ekanligini unutmaylik. Ilm bergan insonni roziligi u alohida mavzu.
Yaqin do'stiz bilan o'tirib 'Esindami....' deb boshlagan suhbatingizga hech nima yetmaydi...
Читать полностью…
Shart shart o'rgan. Keyingi darajaga o't. Shu IELTS / Multilevel degan boshog'riqdan qutul. Hayotda boshqa muhim narsalar ham borku. Nima kerak yillab umrni bir tilni o'rganish uchun ketkazish?
P.S. Agar yo'nalishingiz shu til bilan bog'liq bo'lmasa.
ONLINE KURSLARGA QATNASHSANGIZ
Online kurslarda o'qimoqchi bo'lganlarda bir xato fikrlash ko'p uchraydi.
Material bizda qoladimi? Darslar o'chib ketmaydimi? Keyinroq yana takrorlab chiqmoqchiman deb ko'p so'rashadi. Bu narsa unchalik ham to'g'ri emas. Agar online dars o'tayotgan ustoz darslardan kurs tugaganda ham foydalanaverasizlar desa ishoning kurs mobaynida kuchli harakat qilib o'zlashtirmaysiz. Keyin ham darslar o'chib ketmas ekanku bemalol qilamanda deb ortga surib yuraverasiz.
Lekin aksincha, aytaylik palon kurs 3 oy davom etadi va kurs tugasa darslar o'chib ketadi deyilsa siz shu 3 oyni maksimal kursni o'zlashtirish, darslardagi ma'lumotlarni biror yerga yozib olish bilan o'tkazasiz.
Bir o'ylab ko'ring IELTS kursini nega olasiz? Shu kursda o'qib, o'zlashtirib, imtihondan yaxshi natijaga erishish uchunmi yoki qayta qayta shu darajada qotib turish uchunmi?
Shunga o'xshash holat listening va reading kurslarimizda uchraydi. Qatnashuvchilar orasida shu ko'nikmalarini rivojlantirishdan ko'ra materiallar qachongacha qolishi haqida xavotirlanadiganlar bor. Va afsuski ayni o'shalarga kurslarimiz unchalik foyda bermasligi mumkin. Chunki biror kursda o'qimoqchimisiz fokusni natijaga qarating, materiallarga emas.
✍🏻 @Aslanovsblog
Online kurslar zo'rde :)
Bugun bir kishi bizni Allohga solsa, huddi shu kursdan boshqasi bizga rahmat aytib Alloh boshlagan ishlarilarni xayrli qilsin deb duo qildi. Zerikmaysiz 😊
Qishki ta'tilga borganda eslab qo'yin, guys 😊
Читать полностью…
2024-yilda IELTS topshirmoqmisiz?
Kuchli tayyorgarlik uchun REJA tuzishni bilmayapsizmi?
Unda bu postni oxirigacha o'qing!
Man, Doniyor Aslanov, 100 dan oshiq o'quvchilarimga IELTS imtihonidan 7+ olishlariga yordam berganman.
👉🏻 Natijalar 👈🏻
10.12 sanasida 20:00 da "IELTS imtihoniga step by step tayyorlanish" mavzusida vebinar o'tkazmoqdaman.
Bu vebinarda siz
▪️qanday qilib IELTS imtihoniga qadam-baqadam tayyorlanish kerakligini,
▪️kunlik, oylik reja tuzishni va
▪️qanday ishonchli materiallardan foydalanishni o'rganib olasiz.
Qachon: Yakshanba (10.12) 20:00 da
Qayerda: @Aslanovs_Lessons kanalida
Vebinarda qatnashish uchun havola 👇🏻
/channel/+QV792zlC9AcU6RqR
/channel/+QV792zlC9AcU6RqR
/channel/+QV792zlC9AcU6RqR
Shu yildan boshlab ''Siz uchun....!'' iborasini eshitsam 😏 shunday bo'lib qolyapman.
Instagramda o'tirsangiz hamma sizni ''o'ylagan'':
- Siz uchun kechasi ham vine olyapmiz...
- Siz uchun qimmat kamera sotib oldim...
- Siz uchun chet elga chiqib yangi bilimlar olib keldim...
- Siz uchun bu bepul webinarni o'tkazyapman...
- Siz uchun yarim kechasi podcast olyapmiz...
- Siz uchun shuncha harakat qilyapman...
Qo'ysangchi! ©️ Hojiboy Tojiboyev
✍🏻 @Aslanovsblog
Qo'limizda 10 000 so'mdan qimmat energetik ichimlik lekin taksi bilan 1000 so'm ustida talashamiz.
P.S. Gap energetik ichimlik va taksi haqida emas
Meva!
Bir kuni darsimdan chiqib tashqariga ketmoqchi bo’lib tursam bir yosh hamkasbim chaqirib qoldi. Borsam qarang, ustoz birinchi oyligimga adamlarga kompyuter va onamlarga telefon oldim. Ularniki eskirib qolgan edi dedi. U qizning ko’zidagi quvonchni, oqlangan ota-ona ishonchini, shuncha mehnatlarining mevasini chinakamiga tushunish uchun o’zimiz ham bundan o’tishimiz kerak.
Sizda ham hozir qiyin bo’lyaptimi? Taslim bo’lishga shoshilmang! Mevasini ko’rmaguncha davom eting.
📱 @mraslanov
Odamlar nima deydi?
Mana shu qo'rquv bizni ko'p narsadan ushlab qoladi.
Misol uchun bir kuni bir taksist bilan gaplashib ketyapman. Aytishlaricha moliyaviy tarafdan qiynalgan ekanlar. Ming so'm ham hozirgi ahvollarida juda kerakli pul ekan. Ularga mashinangizga yandex taksi reklamasini yopishtirib oling, eshitgan edim shunda sizga ma'lum pul tashlab berishar ekan, harna-da desam, ular 'Voy! Odamlar nima deydi?' dedilar...
Yana boshqa kuni, boshqa bir amaki bilan ham gaplashib ketdim. Aytishlaricha ancha uzoqdan kelib poytaxtda taksi qilar ekanlar. Yo'qchilikdan yakkayu yagona o'g'illari yosh ota bo'lishiga qaramasdan Rossiyada qurilishda ishlar ekan. Ular ham moliyaviy tarafdan qiynalayotganlarini, shuning uchun o'zlari bu yerda, o'g'illari chet elda jon berib ishlayotganliklarini aytdilar. Qo'shimcha qilib, aksiga bizda to'y-hashamlar ko'p, hammasini yaxshilab qilish kerak, unga ham ko'plab pullarimiz ketayapti dedilar. Ularga ham norozi ohangda amaki, sizga nima zaril, o'zi misqollab yig'ayotgan ekansizlar desam yana o'sha gap - odamlar nima deydi?
Qachon shu qo'rquvdan batamom qutular ekanmiz?
Jur'at!
Ancha yil avval universitet javoblarini ko'rgani borganimda bir yigitga qoil qolgan edim. Imtihon natijalari doskasidan hamma o'zini qidirgan, kimdur o'zini byudjetda, kimdur o'zini kontraktda topgan. Kimdurlar esa 'chiziq' pastida. O'sha yerda xursandchilik ham bor edi, yig'i-sig'i ham.
O'zim ham chiziq pastida ekanligimdan yaxshigina tushkunlikka tushib turgan edim. Bir payt yonimdagi yigit telefonini olib kimgadur telefon qildida 'Domla, o'qishga kira olmabman. Ertadan darslarni boshlasak bo'ladimi? Hozir qaytib yo'lga chiqaman.' dedi.
O'sha yigitdagi jur'at menga ham yaxshigina dars bo'lgan edi. Biz taslim bo'lgan kundagini yengilgan bo'lamiz, kurashyapmizmi demak hali yengildik degani emas.
Sizga ham o'qish davomida shunday jur'at tilab qolaman, guys!
📱 @mraslanov
Instagramdan chiqib ketsangiz hayotingiz ancha iziga tushadi deb o'ylayman. Chunki boshqalardagi "yaxshi" hayotni ko'rib o'zingizni ular bilan solishtirishni to'xtatasiz. Qalb ancha xotirjam.
Читать полностью…
Har kuni kechasi ortda qolgan kuningiz qanday o'tganini sarhisob qiling.
Читать полностью…
Men uchun bu dunyoda eng mushkul tarbiya - inson o'zini tarbiya qilish!
Читать полностью…
Ilm boshi Bismillah! oxiri
ustozdan duo bo'lishi kerak deb o'ylayman.
"O'zimga qulay vaqtda o'rganam" deyishni yig'ishtirish kerak. Hozirgi zamonda qulay vaqt yo'q deb o'ylayman. Bor vaqt faqat - hozir.
Читать полностью…
Mana bu postda tushuntirganman hammasini.
Man doim o'quvchilarni foydasini o'ylaganman. O'zi o'ylamasa boshqalar o'ylashi befoyda.
Kurs uchun access ni 1 yil qilib qo'ysangiz 11 chi oy boshlaydi intizomsizlar. Bilmadim nega ba'zilarga sudralib yurish yoqadi 🤦🏻♂
Ikkinchi qatnashchimiz 07.10 sanasida boshlangan 20 kunlik kurs (e'tibor bering 20 kunlik) tugagandan so'ng ham 31.12 sanasigacha turib o'sha kuni o'chib ketadi deb xabar qoldirsak boshladilar... Unaqasizlar... Bunaqasizlar... Pul to'laganmankuuu... Allohga soldim... Qiyomat bor... 🤦🏻♂
Читать полностью…
Shaxsiy odatim: biror narsa o'rganishni boshlashdan avval Bismillah! deb boshlayman...
Читать полностью…
Abituriyentligida 1 yil jon kuydirib o'qitgan ustozlarini yo'qlamay qo'yganlarga qoyil qolaman...
Читать полностью…
Faqat til, til, til deyavermasdan fikrlashni ham rivojlantiraylik. Hozirda juda ko'plar birinchi o'rinda shunga muhtoj...
Читать полностью…
Dars berish davomida iltimos kursni pulini biroz tushurib bering, sharoitim unchalik yaxshi emas degan 90% o'quvchi (o'zimni tajribamda) aslida unday bo'lib chiqmagan.
P.S. yana aytaman - bu o'z tajribamdan, boshqalarni bilmadim...
Bular haqida alohida post qilaman. Dardimni silaga aytaman-daaa
Читать полностью…