zakovat | Unsorted

Telegram-канал zakovat - Zakovat intellektual klubi

35026

RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan. Barcha videolar: youtube.com/c/ZAKOVATTV Sayt: zakovatklubi.uz

Subscribe to a channel

Zakovat intellektual klubi

📆 “Zakovat” teleo‘yini 2025-yil qishki mavsum o‘yinlari natijalari

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🎤 Juda xursand bo‘lib ketdim. O‘zim ham kutmagandim

🤩 Muhammadjon g‘alaba taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

⚡️⚡️⚡️ Muhammadjon Maxadaliyev - yilning eng yaxshi bilimdoni!!!

🚗🎉 Muhammadjon Alisher Navoiy haqidagi ajoyib savoli bilan “Zakovat”ning 25 yillik yubiley mavsumidagi yil finalida eng yaxshi bilimdon deb topildi va elektromobil krossoverini yutib oldi!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

⚡️⚡️⚡️Jobir Ahmedov - “Zakovat” magistri!!!

👏 “Zakovat”ning 25 yillik yubiley mavsumi munosabati bilan “Zakovat” klubining uzoq yillik a’zosi, tajribali bilimdon Jobir Ahmedov magistrlik unvoni bilan taqdirlandi!

🤵🏻‍♂ Bungacha “Zakovat” tarixida G‘anisher Rahmatullayev, Bobur Yoqubov va Saidkamol Abdurazzoqov magistr etib tayinlangan edi. Endi Jobir Ahmedov ham ushbu afsonaviy bilimdonlar bilan bir qatordan joy oldi!

👏 Jobir Ahmedovni ushbu yuksak unvon bilan tabriklaymiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

Xudoberdi Ergashev jamoasi ishtirokida yil finali o‘yini bo‘lib o‘tmoqda!

O‘yinni “Milliy” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

📆 “Zakovat” teleo‘yini 2025-yil qishki mavsum o‘yinlari taqvimi

🥰 Final o‘yini bugun soat 22:22 da “Milliy” telekanalida efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🤵🏻‍♂ Yil finalida ishtirok etadigan jamoa haqida

Xudoberdi Ergashev jamoasi 2024-yili individual kasting orqali saralab olingan bilimdonlardan tuzilgan.

Ushbu jamoada asosan respublikamizning turli hududlarida yashaydigan bilimdonlar ishtirok etadi. Qashqadaryolik Oybek Qurbonov, jizzaxlik Sardor Yo‘ldoshev va farg‘onalik Xudoberdi Ergashev hamda Zafar Madaminov shular jumlasidan. Ushbu bilimdonlar ko‘rsatuvning har bir sonida o‘z viloyatlaridan kelib ishtirok etishadi.

Jamoa deyarli ikki yillik ishtiroki davomida tarkibida o‘zgarishlar qilib keldi. Temur Mirzayev, Saodat Umarova, Zafar Madaminov kabi tajribali bilimdonlar jamoaga qo‘shilib, o‘yinni sezilarli kuchaytirdi va natija ham uzoq kuttirmadi - yilning eng nufuzli o‘yini chiptasi qo‘lga kiritildi.

Jamoa tarkibidan Temur Mirzayev hamda Saodat Umarovalarda 2-marta chempion bo‘lish imkoniyati mavjud. Bungacha Saodat Umarova 2014-yilda Farrux Rafiqov jamoasida, Temur Mirzayev 2016-yilda Jobir Ahmedov jamoasida yil finalida g‘alaba qozongan.

Bilimdonlar jamoasi g‘alaba qozonadimi yoki teletomoshabinlar jamoasidan mag‘lubiyatga uchraydimi, bu savolga yil finalini tomosha qilish orqali javob olamiz.

🥰 Eslatib o‘tamiz, final o‘yini bugun soat 22:22 da “Milliy” telekanalida efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🚗 Bugungi finalda g‘olib jamoa vakiliga elektromobil krossover sovg‘a qilinadi!

🔥 “Zakovat” teleo‘yinining 25 yillik tarixida ilk bor yilning eng yaxshi bilimdoniga yutuq sifatida avtomobil qo‘yilgan.

⚔ Agar yil finalida bilimdonlar jamoasi g‘alaba qozonsa, eng yaxshi bilimdon tabiiyki, bilimdonlar jamoasidan aniqlanadi. Aksincha bo‘lsa, eng yaxshi bilimdon teletomoshabinlar orasidan aniqlanadi va savoli eng yaxshi deb topilgan muallif elektromobilga ega chiqadi!

🔜 Avtomobil egasi kim bo‘lishini bugungi final o‘yinida bilib olamiz!

🥰 Eslatib o‘tamiz, final o‘yini bugun soat 22:22 da “Milliy” telekanalida efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🎉 Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan tabriklaymiz!

Yangi yilda ko‘zlagan barcha ezgu niyatlaringizga yetishingizga tilakdoshmiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

❄️ “Zakovat” teleo‘yini qishki mavsumining beshinchi o‘yini - Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi

😎 To‘liq o‘yinni ko‘rish

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🎞 Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi o‘yinini suratga olish jarayonidan videorolik

🥰 Ushbu o‘yinni ertaga, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

📃 “Birga roʻyxatdan oʻtamiz – birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini boʻlib oʻtdi

🏆 “Birga roʻyxatdan oʻtamiz – birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri munosabati bilan o‘tkazilgan yoshlar festivali doirasida vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini boʻlib oʻtdi. Musobaqa O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda "Zakovat" klubi hamkorligida tashkil etildi.

63 ta jamoa ishtirokida his-hayajon va qizg'in raqobat ostida kechgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇 1-o‘rin: Raqamli texnologiyalar vazirligi;
🥈 2-o‘rin: “O‘zbektelekom” AK;
🥉 3-o‘rin: Ichki ishlar vazirligi.

🎁 G‘olib va sovrindor jamoalar egallagan oʻrniga mos ravishda tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏆 Musobaqada 1-o‘rinni olgan Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasiga maxsus tayyorlangan kubok topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🏆 Zakovat arenada Vazirlik va idoralar o‘rtasida "Zakovat" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Musobaqa “Birga roʻyxatdan oʻtamiz – birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri munosabati bilan o‘tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida boʻlib oʻtmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

✏️ Mualliflar kubogining finali bo‘lib o‘tadi!

🗓 Musobaqaning finali, ya’ni 7-tur o‘yini payshanba, 25-dekabr kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

✍️ 7-tur o‘yinida qatnashadigan jamoalar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📍 Manzil: 41.3467599,69.2078977,18.25z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38ae8d9eb731d7f5:0xd762aec71c18fb82!2s%22Zakovat+intellektual+klubi%22+NNT!8m2!3d41.3467101!4d69.2088061!16s%2Fg%2F11jz3n7ft9!3m5!1s0x38ae8d9eb731d7f5:0xd762aec71c18fb82!8m2!3d41.3467101!4d69.2088061!16s%2Fg%2F11jz3n7ft9">Zakovat arena.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

❗️O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar hamda Talabalar ligasi ishtirokchilari diqqatiga!

🗓 25-dekabr kuni liga o‘yinlari o‘tkazilmaydi.

ℹ️ Ligalarning navbatdagi tur o‘yinlari sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🚘 Yil finalida elektromobil yutib olgan Muhammadjon haqida

📨 Alisher Navoiy haqidagi ajoyib savoli bilan yilning eng yaxshi bilimdoni deb topilib, elektromobil krossoveriga loyiq ko‘rilgan Muhammadjon Maxadaliyev bor yo‘g‘i 17 yoshda!

👨‍🎓 U Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiladi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tahsil oladi.

👏 17 yoshida ulkan yutuqqa erishgan Muhammadjonni yana bir bor tabriklaymiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🚗🎉 Yilning eng yaxshi bilimdoni Muhammadjon Maxadaliyevga elektromobil kaliti topshirildi!!!

👏 Muhammadjonni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklaymiz!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🔥 Hayajonli daqiqalar...

🚘 Elektromobil sohibi aniqlanmoqda!!!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

Afsuski, Xudoberdi Ergashev jamoasi uchun yil finali omadsiz kechdi.

Final o‘yinida bilimdonlar jamoasi teletomoshabinlar foydasiga 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Endi yilning eng yaxshi bilimdoni va avtomobil sohibi teletomoshabinlar jamoasidan aniqlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

2️⃣0️⃣ “Zakovat” teleo‘yinida so‘nggi 20 yil davomida o‘tkazilgan yil finallarining natijalari:

👍🏻 2005-yil. G‘anisher Rahmatullayev jamoasi 6⃣:5⃣
👍🏻 2006-yil. Furqat Qurbonov jamoasi 6⃣:3⃣
👍🏻 2007-yil. Bobur Yoqubov jamoasi 6⃣:5⃣
👎🏻 2008-yil. Terma jamoa (Furqat Qurbonov sardorligida) 3⃣:6⃣
👍🏻 2009-yil. Bobur Yoqubov jamoasi 6⃣:4⃣
👎🏻 2010-yil. Bobur Yoqubov jamoasi 5⃣:6⃣
👍🏻 2011-yil. Bobur Yoqubov jamoasi 6⃣:5⃣
👎🏻 2012-yil. Terma jamoa (Saidkamol Abdurazzoqov sardorligida) 4⃣:6⃣
👍🏻 2013-yil. Zuhriddin Yomiddinov jamoasi 6⃣:2⃣
👍🏻 2014-yil. Farrux Rafiqov jamoasi 6⃣:2⃣
👎🏻 2015-yil. Jobir Ahmedov jamoasi 5⃣:6⃣
👍🏻 2016-yil. Jobir Ahmedov jamoasi 6⃣:5⃣
👍🏻 2017-yil. Abbos Salaydinov jamoasi 6⃣:4⃣
👎🏻 2018-yil. Jobir Ahmedov jamoasi 4⃣:6⃣
👎🏻 2019-yil. Saidakrom Rasulev jamoasi 5⃣:6⃣
2020-yil. Yil finali o‘tkazilmagan
2021-yil. Yil finali o‘tkazilmagan
👎🏻 2022-yil. Jobir Ahmedov jamoasi 4⃣:6⃣
👎🏻 2023-yil. Farrux Rafiqov jamoasi 2⃣:6⃣
👎🏻 2024-yil. Bobur Yoqubov jamoasi 3⃣:6⃣

Bugun Xudoberdi Ergashev jamoasi 2025-yil finalida ishtirok etadi. Ushbu o‘yinda qanday hisob kuzatiladi, deb o‘ylaysiz?

🥰 Eslatib o‘tamiz, final o‘yini bugun soat 22:22 da “Milliy” telekanalida efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

❗️❗️❗️Texnik sabablarga ko‘ra, “Zakovat” teleo‘yini yil finalining efir vaqtiga o‘zgartirish kiritildi

Final o‘yini ertaga, 4-yanvar kuni soat 22:22 da Milliy telekanalida efirga uzatiladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🏅Bugun shuningdek, “Zakovat” teleo‘yinida yangi magistr tayinlanadi!

🤵🏻‍♂ Teleo‘yin an’anasiga muvofiq, har 5 yilda bir marta “Zakovat” teleo‘yinida yuqori natijalarga erishgan, Klub rivojiga hissa qo‘shgan bir nafar bilimdonga magistrlik unvoni topshiriladi.

Bungacha “Zakovat” tarixida quyidagi 3 nafar bilimdonga magistrlik medalyoni berilgan:

1⃣ G‘anisher Rahmatullayev
2⃣ Bobur Yoqubov
3⃣ Saidkamol Abdurazzoqov


🦠 2020-yilgi mavsumda teleo‘yinning 20 yilligi munosabati bilan magistrlik unvoni berilishi rejalashtirilgan edi. Biroq COVID-19 pandemiyasi sababli o‘yinlar yakuniga yetmagan va magistrlik unvoni egasi ham aniqlanmay qolgan.

Sizningcha, bugun “Zakovat” klubining qaysi bilimdoni to‘rtinchi magistrga aylanadi?

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🎉 Bugun “Zakovat” teleo‘yini 25 yillik yubiley mavsumining yil finali bo‘lib o‘tadi!

🤵🏻‍♂ Unda Xudoberdi Ergashev jamoasi ishtirok etadi.

🚘 Finalda g‘alaba qozongan jamoa vakiliga elektromobil topshiriladi.

🥰 O‘yinni bugun “Milliy” telekanalida soat 22:22 dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🎞 Ortda qolgan 2025-yilni Zakovat bilan eslaymiz

📖 2025-yil respublikamiz aholisi, ayniqsa yoshlarimiz uchun haqiqiy intellektual yil bo‘ldi. O‘tkazilgan ko‘plab musobaqalar va loyihalar orqali bilimga ishtiyoqmand yurtdoshlarimiz yanada ko‘paydi.

🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sa’y-harakatlari bilan “Zakovat” klubi yurtimiz intellektuallarini yagona bayroq ostida birlashtirgan keng qamrovli harakatga aylandi.

🤝 Qolaversa, “Zakovat” o‘yini xorijda ham keng yoyilib, xalqlar do‘stligini kuchaytirishga hamda mamlakatimiz nufuzini xorijlik intellektuallar nigohida yuksaklarga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

✊ 2026-yilda ham Siz bilan birgalikda yangi marralarni zabt etishni maqsad qilganmiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

📆 “Zakovat” teleo‘yini 2025-yil qishki mavsum o‘yinlari taqvimi

📺 O‘yinlarni har shanba soat 22:22 da “Milliy” telekanalida tomosha qiling.

🤵🏻‍♂ Bugun Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi ishtirokida qishki mavsumning beshinchi o‘yini efirga uzatiladi!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🏁Mualliflar kubogi g‘oliblari ma’lum bo‘ldi!

Final o‘yinida ovoz berish yakunida ikkita juftlikda natijalar teng kelib qolgani sababli quyidagi 6 nafar muallif g‘olib deb topildi:

Shavkat Nazarov
Sardor Ro‘ziyev
Nilufar Narmatova
Bekmurod Begmatov
Azizbek Ahmedov
Karamiddin Perdebayev


👏 G‘oliblarni tabriklaymiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

📷 “Birga roʻyxatdan oʻtamiz – birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘tayotgan “Zakovat” o‘yinidan lavhalar

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

❄️ “Zakovat” teleo‘yini qishki mavsumining to‘rtinchi o‘yini - Bobur Yoqubov jamoasi ishtirokidagi bahsning to‘liq videosi YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylandi

😎 To‘liq o‘yinni ko‘rish

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

🏆 15-18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Intellektual olimpiada fotosuratlari

1-albom
2-albom
3-albom
4-albom
Yopilish marosimi

@zakovat_photo

Читать полностью…

Zakovat intellektual klubi

''ZAKOVAT''DA TALABALAR TAQDIRLANDI

Читать полностью…
Subscribe to a channel