Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
🎓Xorijda o‘qish imkoniyati endi yanada osonroq!
🇺🇿Davlatimiz rahbarining yangi farmoni asosida “El-yurt umidi” jamg‘armasi qayta tashkil etilib, istiqbolli kadrlarni tayyorlashga bo‘yicha yangicha tartibda ishlaydi.
Farmonga asosan:
✅TOP-100 oliygohga grant bilan kirganlar — to‘liq xarajatlar qoplanadi;
✅TOP-300 — turarjoy va aviachipta xarajatlari qoplab beriladi;
✅TOP-20 ga kamida 50% grantda o‘qishga kirgan ixtisoslashgan maktab bitiruvchilari — tanlovsiz stipendiya!
⚡️Shuningdek, stajirovka dasturlari yo‘lga qo‘yiladi, til o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi, ochiq tanlovlar asosida stipendiyalar beriladi.
➡️ To‘liq ma’lumot: PF-77-son Farmon (2025-yil 5-may)
#HuquqiyYangiliklar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇳Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasiga tashrifidan video lavhalar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
🇺🇿Davlatimiz rahbari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi
Barcha hokimlar va ta’lim sohasi rahbarlariga yozgi ta’til vaqtida barcha ta’lim muassasalarining sport maydonchalari va o‘quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to‘garaklari ochish topshirildi.
Masalan, o‘zlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, o‘quvchilar uchun haftasiga 6 soatlik o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 ming sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligi bildirildi.
Mas’ullarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari, madaniyat bog‘larida san’at ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari, intellektual o‘yinlar tashkil qilish topshirildi.
Poytaxtimizdagi Yangi O‘zbekiston bog‘i va parklarida har kuni ochiq osmon ostida konsertlar o‘tkaziladi.
Bu ishlar sport sohasida ham amalga oshiriladi va 6 million yoshni qamrab olish rejalashtirilgan.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivaliga start berildi
🌎Global iqlim o‘zgarishi butun dunyoda dolzarb muammoga aylangan bir paytda, yoshlarning ekologik ongi, raqamli ko‘nikmalari, innovatsion yondashuvi hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda faol ishtirokchi va tashabbuskor bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Poytaxtimizdagi “Yapon bog‘i” hududida tashkil etilgan Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivalida bu boradagi muhim tashabbuslarning o‘rganilishi rejalashtirilgan.
Yoshlarning eko-loyihalari taqdimoti bilan boshlangan mazkur xalqaro festivalda 30 dan ortiq mamlakatdan 100 ga yaqin xorijlik yoshlar va yoshlar tashkilotlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, jarayonlarni barcha hududlardan kelgan soha mutaxassislari va volontyorlar kuzatib bormoqda.
Festivalni biz bilan birga online kuzatib boring!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇳BMT vakillari bilan samarali uchrashuv
Xabar berganimizdek, bugun BMT Bosh kotibi yordamchisi Felipe Paulliyer mamlakatimizga tashrifi doirasida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🇺🇿Uchrashuv avvalida Sabine Mahl Prezidentimiz boshchiligida O‘zbekistonda yoshlarga oid islohotlarning tizimli amalga oshirilayotganini, shuningdek, BMT bilan shakllangan mustahkam hamkorlik aloqalarini mamnuniyat bilan qayd etdi.
S. Mahl muloqot davomida mamlakatimizdagi yoshlar yetakchilari tizimi, yoshlarga doir islohotlarni xalqaro maydonga olib chiqish, xususan, BMTning boshqa tuzilmalari orqali O‘zbekiston tajribasini global miqyosda yoyish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Felipe Paulliyer, o‘z navbatida, BMT tizimidagi o‘zbekistonlik yoshlar sonini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasini sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida 193 ta davlat vakillariga taqdim etish tashabbusi ilgari surildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿“Yosh chegarachilar-2025” musobaqasining Respublika bosqichi start olmoqda!
⭐️Chegaraoldi hududlardagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning Vatanga muhabbat, sadoqat va harbiy burchga mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan ushbu musobaqada 130 nafar yosh 3 kun davomida o‘zaro bellashadi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Yoshlar ovozi” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing
🗞 Gazetaning bu galgi sonida:
🟢“Zakovat” bilim va tafakkur maydoni;
🟢Mahalla yoshlari bilan ishlash modeli;
🟢“Yashil energetika” - taraqqiyot drayveri;
🟢Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar;
🟢Talabalar festivali;
🟢Yangi qonun kuchga kirmoqda.
Gazetaning yangi sonini ushbu havola orqali 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilishingiz mumkin!
#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash holati o‘rganilmoqda
Xabaringiz bor, respublika bo‘ylab Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. Navbatdagi o‘rganish manzili Buxoro va Navoiy viloyatlari bo‘ldi.
🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun yer maydonlari ajratishga doir keng imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu imkoniyatlarning joylardagi amalga oshirilish holati Respublika komissiyasining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Xorijda o‘qish imkoniyat yanada kengaymoqda!
🇺🇿Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni (PF-77, 2025-yil 5-may) bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi qayta tashkil etilib, istiqbolli kadrlarni tayyorlashga doir yangi tartiblar belgilandi.
1. “El-yurt umidi” jamg‘armasi endi Prezident huzurida faoliyat yuritadigan istiqbolli kadrlarni tayyorlovchi muassasa sifatida ish olib boradi.
2. Jamg‘arma zamonaviy kadrlarni aniqlab, xorijga yo‘naltiradi va ular qaytgach ishga joylashish hamda ijtimoiy himoyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
3. 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab strategik tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib maqsadli stajirovka dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
4. Stajirovka muddati va tashkilotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va buyurtmachi tashkilotlar bilan birgalikda belgilanadi.
5. Stajirovka uchun xorijiy tilni o‘rganish zarurati bo‘lsa, unga mos sharoitlar mas’ul tashkilotlar tomonidan yaratiladi.
6. “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi – bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun.
7. Stipendiya ochiq tanlov orqali taqdim etiladi – bunda test sinovi va suhbat asosida baholanadi.
8. Xalqaro reytingdagi oliygohlarga qabul qilingan yoshlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari quyidagi tartibda tanlovsiz ajratiladi:
8.1. Dunyoning TOP-100 taligiga kirgan oliygohlar (bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari)ga to‘liq grant asosida qabul qilingan nomzodlarning o‘qish xarajatlari jamg‘arma hisobidan to‘liq qoplanadi.
8.2. TOP-300 talikka kirgan oliygohlarga o‘qishga kirgan yoshlarga esa jamg‘arma tomonidan xalqaro transport va turarjoy xarajatlari qoplanadi.
8.3. TOP-20 talikka kirgan oliygohlarning bakalavriat dasturlariga kamida 50% grant asosida o‘qishga kirgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari ham tanlovsiz tarzda stipendiyaga ega bo‘ladilar.
#HuquqiyYangiliklar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🌳Bek va Lola daraxt ekishga kirishdi. Siz qachon boshlaysiz?
Bolajonlarimizning sevimli qahramonlari bu gal ona tabiatni asrab-avaylashga bel bog‘lashdi. Tabiat gullab-yashnasa, biz nafas oladigan havo ham toza bo‘ladi. Shunday ekan, bolajonlar, birgalikda tabiatni asrashga hissamizni qo‘shaylik.
#Repost Yangi qismni hoziroq tomosha qiling va yaqinlaringizga ulashing!
📹https://youtu.be/P9qNn89Q4J0?feature=shared
Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi!
🎶“Yoshlar ovozi – Bo‘zatov Fest” minglab iste’dodlarni bir sahnaga jamlaydi!
📅 Festival bosqichlari:
▪️ 15–20-may – tuman bosqichi
▪️ 25–30-may – hududiy bosqich
▪️ 3–7-iyun – respublika finali
🎶 Opera, anʼanaviy ijro, baxshichilik va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha 3 yosh toifasida isteʼdodlar bellashadi.
Mukofotlar esa chinakam motivatsiya!
▪️ Finalchilar – 10 mln so‘m (har biriga)
▪️ 3-o‘rin – 20 mln so‘m
▪️ 2-o‘rin – 30 mln so‘m
▪️ 1-o‘rin – 50 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi!
Bo‘zatov sahnasida yulduz bo‘lishga tayyormisiz Imkoniyatni boy bermang!
✅Batafsil ma’lumot uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi yoki Yoshlar ishlari agentligi hududiy bo‘limi bilan bog‘laning!
#BozatovFest #YoshlarOvozi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Andijonda - “Yoshlar festivali”
🇺🇿Andijonda yoshlar qalbini jo‘sh urdirgan yorqin festival bo‘lib o‘tdi! “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tgan ushbu “Yoshlar festivali” nafaqat dam olish, balki imkoniyatlar maydoniga aylandi.
Festival doirasida yoshlar uchun harbiy namoyishlar, sport musobaqalari, ijodiy ko‘rgazmalar, jonli chiqishlar va intellektual o‘yinlar tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarga uchun eng ommabop loyihalar targ‘iboti ham o‘tkazildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Sog‘lom inson — sog‘lom millat
🎓🎓“Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport bellashuvlariga start berildi.
Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tanlangan oliy taʼlim muassasalari talabalari bellashadi.
Mazkur sport bellashuvlarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi masʼullari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
⚡️“Zakovat”da bilimlar charxlandi!
🎓🎓 “Talabalar festivali” doirasida o‘tkazilgan eng yirik intellektual musobaqalardan biri “Zakovat” o‘yini talaba yoshlar qalbida ilmga bo‘lgan ishtiyoqni yanada kuchaytirdi!
🎓Poytaxtimizdagi “Zakovat arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda eng faol talabalar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. Ayniqsa, bu safar musobaqa bir vaqtning o‘zida butun respublika hududlarida sinxron tarzda o‘tkazilgani – intellektual birdamlikning yorqin namunasi bo‘ldi.
O‘yin uchta yo‘nalishda tashkil etildi:
“Talabalar ligasi” – oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida;
“Talaba-o‘quvchilar ligasi” – professional va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida;
“O‘quvchilar ligasi” – umumiy o‘rta, prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida.
🇺🇿🇺🇳Bugun Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, BMT Yoshlar ofisi rahbari Felipe Paulliyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida;
– Yoshlar parlamentlari o‘rtasida xalqaro muloqotni kuchaytirish,
– Ekologiya, sun’iy intellekt va raqamli ta’lim yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish,
– 2026-yilda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar forumi bo‘yicha hamkorlik qilish kabi takliflar ilgari surildi.
🌎Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda Global yoshlar festivali o‘z ishini boshladi. Festival doirasida ishtirokchilar barqaror rivojlanish va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan innovatsion yechimlarni taklif qilmoqda.
Festival doirasidan o‘rin olgan Raqamli “yashil” tashabbuslar haftaligining ochilish marosimida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva, BMT Bosh kotibi yordamchisi Felipe Paulliyer va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etdilar. Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollar bilan suhbatlashib, festivalning eng kichik ishtirokchilari bilan birgalikda “Yashil Makon” hamda “Bek va Lola” animatsion filmlarini tomosha qildi. Ushbu ko‘rgazmalar va multfilmlar hafta oxirigacha Yapon bog‘ida namoyish etiladi.
🌎Festivalning ochilish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan yalpi yig‘ilishda xorijlik bir qator ekspertlar global iqlim o‘zgarishi masalasiga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Ular tomonidan barqaror rivojlanishga qaratilgan yondashuvlar va innovatsion yechimlar taqdim etildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinining maktab ligasi tashkil etiladi.
“Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh o‘qitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari o‘tkaziladi. Bunda “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bo‘yicha tuman va viloyat tanlovlari o‘tkaziladi.
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.
150 dan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
“Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Garvardchilar maktabi” ochiladi
🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi.
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.
Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.
Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlar” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi. Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy va kreativ yo‘nalishlarda jihozlanadi. Ularda xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va Toshkentdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil etiladi. Har yili 1 million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿🇺🇳Felipe Paulliyer O‘zbekiston yoshlarining innovatsion tashabbuslari bilan tanishdi
Xalqaro mehmonlarning tashrif doirasida navbatdagi manzili Yoshlar ishlari agentligi binosi bo‘ldi. U yerda mehmonlar mamlakatimiz yoshlari orasida keng ommalashgan loyihalar, xususan, “Ibrat Farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “Top100 Uni”, “Wikistipeniya”, “1000KITOB” va “UzChess” kabi platformalar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati va loyiha menejerlari ishtirokida F.Paulliyer bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ilgari surilgan “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” tashabbusini amalga oshirish, yoshlar siyosati bo‘yicha o‘zaro aloqalarni kengaytirish hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
❄️Kiberxavfsizlik sohasining bo‘lajak mutaxassislari shu yerdamisizlar?
✉️Hurmatli maktab bitiruvchilari va aziz ota-onalar!
✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilgan “Cyber University” Sizlarni Ochiq eshiklar kuniga taklif qiladi!
🗓 Sana: 2025 yil 15 may 11:00
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri
🕯 Tadbir doirasida:
* Universitet zamonaviy infrastrukturasi
* 2025-2026 o‘quv yili uchun taʼlim yo‘nalishlari
*Kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi mutaxassislar tomonidan master klass (demo dars)
* Innovatsion o‘quv laboratoriyalari va kutubxona imkoniyatlari
* Yangi qurilgan talabalar turar joyi va sport kompleksi sharoitlari namoyish qilinadi;
⛓️ Qo‘shimcha maʼlumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
☎️+998 (55) 888-55-55
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
BMT Bosh kotibi yordamchisi O‘zbekistonda
15 may - Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivali doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yoshlar ofisi rahbari F. Paulliyer O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasidan “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi - 2030” dasturini hamkorlikda amalga oshirish, BMT va O‘zbekiston o‘rtasida yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni kengaytirish, bu borada tegishli vazirlik va idoralar bilan muzokaralar o‘rin olgan.
Bundan tashqari, F. Paulliyer 15 may - Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan Raqamli yashil tashabbuslar Global yoshlar festivalidan o‘rin olgan tadbirlarda ishtirok etadi va Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari va faol yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
♟“Qarshi Open III” xalqaro shaxmat musobaqasi yakunlandi!
⚡️Qashqadaryoda an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Qarshi Open III” xalqaro shaxmat musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Xalqaro musobaqada Rossiya, Ozarbayjon, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi davlatlardan tashrif buyurgan shaxmatchilar hamda O‘zbekistonning iqtidorli sportchilari ishtirok etdi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 350 million so‘mni tashkil etgan musobaqada 300 nafarga yaqin shaxmatchi g‘alaba uchun o‘z bilim va strategiyasini sinovdan o‘tkazdi.
G‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
🏆G‘oliblar ro‘yxati bilan shu yerda tanishing
#Shaxmat #QarshiOpen #ChessUzbekistan
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Otabek va Kumush endi Sun’iy Intellektda!
🌍 O‘zbekiston Mahallalari uyushmasidan yangicha yondashuv. Mahalla tizimidagi eng so‘nggi yangiliklarni endilikda Otabek va Kumush sizga sun’iy intellekt orqali yetkazadi!
🎬 Tarixiy obrazlar yangi hayot topmoqda! Tez kunda...
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
👨🎓Xorijga ta’lim sayohatiga chiqishni istaysizmi? Unda “IBRAT Debate”da qatnashing!
⚡️Eng zukko, eng bilimdon yoshlar bir sahnada to‘qnash keladi. Siz-chi? Ingliz tilida fikr yuritib, mantiq va nutq mahoratingizni sinab ko‘rishga tayyormisiz?
🎓🎓17-may kuni “Talabalar festivali” doirasida bo‘lib o‘tadigan “IBRAT Debate” turniri sizga nafaqat bellashuv, balki yetakchilik, jamoaviy ishlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Bu loyiha sizga nima beradi?
🎓Xorijga ta’lim sayohati - turnir g‘oliblari xorijga sayohat qilish, bilim va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🎓Liderlik sari qadam – o‘z fikringizni ishonch bilan ifoda qilish, jamoadoshlaringizni ilhomlantirishni o‘rganasiz.
🎓Networking – turli OTMlardan kelgan bilimdonlar bilan tanishing, do‘stlik va hamkorlik uchun zamin yarating.
🎓Unutilmas tajriba – sahnada gapirish, bahslashish, o‘rganish va o‘sish uchun noyob muhit.
⚡️Yoshlar diplomatiyasiga ilk qadam!
🎓🎓Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar festivali” doirasida o‘tkazilgan BMT modeli konferensiyasi bugungi yosh avlod uchun noyob imkoniyat maydoni bo‘ldi.
“Hamma uchun barqaror dunyo sari” shiori ostida tashkil etilgan ushbu konferensiyada ishtirokchilar diplomatlar rolida chiqish qilib, turli davlatlar nomidan nutq so‘zladi, global muammolar bo‘yicha bahs-munozaralarda qatnashdi.
BMT modeli ikki kun davomida yoshlar uchun diplomatik ko‘nikmalarni shakllantirish, yangi tanishuvlar va global fikrlashni rivojlantirish uchun kuchli platforma bo‘lib xizmat qildi.
#BMTmodeli #TalabalarFestivali
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🎓🎓Sog‘lom inson — sog‘lom millat
🎓“Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport bellashuvlarining tantanali ochilish marosimidan video lavhalar!
#TalabalarFestivali
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Қаҳрамон фахрийларимизга, тинч ҳаётимиз йўлида ҳалок бўлган жасур посбонларимиз оилаларига меҳр ва эътибор кўрсатиш – Президентимизнинг инсон қадрини улуғлаш сиёсатида ўзгармас тамойил.
—
Забота о наших уважаемых ветеранах и семьях героев, отдавших жизнь ради нашего мирного неба, – неизменный принцип политики Президента по возвышению чести и достоинства человека.
Facebook|Instagram|X
⚡️Endi kitobxon oilalar ham elektromobil yutib olishlari mumkin!
📚Yoshlar ishlari agentligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining bu yilgi mavsum g‘oliblariga Prezident sovg‘asi elektromobil topshiriladi. Tanlovda 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar (er va xotin) ishtirok etishlari mumkin.
➡️Ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalar @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Arizalar 10-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
🔶Tanlovda tushadigan kitoblar ro‘yxati ushbu havolada. Mazkur kitoblarni “Mutolaa” mobil ilovasi orqali o’qishingiz mumkin.
Tanlov 👉 Nizomi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Sharaf lentasi – abadiy xotira, yuksak qadr timsoli
🎗Sharaf lentasi. Uni yurak uzra taqmoqlik bir sharaf, yuksak g‘ururdir. Unda erk uchun, tinchlik uchun kurashib, jon bergan ajdodlar xotirasi barhayot.
🎗Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida yangi barpo etilgan “Vatanparvar bog‘i”da sharaf lentasi aksiyasi tashkil etildi.
#9mayXotiravaqadrlashkuni #sharaflentasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt