yoshlaragentligi | Unsorted

Telegram-канал yoshlaragentligi - Yoshlar ishlari agentligi

221356

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Subscribe to a channel

Yoshlar ishlari agentligi

#Brifing

Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan brifingni jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

🔹 Jonli efir: https://www.facebook.com/share/p/1Ae2AJ2cXi/

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Jizzaxda yoshlar festivali – iqtidor va jo‘shqinlik bayrami!

🇺🇿Jizzax shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan festival minglab yoshlarni yagona maqsad atrofida birlashtirdi.

Festival yoshlar uchun fikr almashish, bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish imkonini berdi. Tadbir doirasida esa yoshlar uchrashuvlari, aql-zakovat bellashuvlari, sport musobaqalari, harbiy ko‘rgazmalar va gala-konsert dasturlari o‘ziga xos ruhda o‘tkazildi.

#Yoshlarfestivali #Jizzax

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Katta orzular ortida katta mehnat yotadi!

O‘z orzulari yo‘lida tinmay mehnat qilayotgan yoshlar haqida hikoya qiluvchi “Yoshlar daftari — imkoniyatlar daftari” loyihasining navbatdagi qahramonlari bilan tanishing.

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida “Yoshlar daftari” tizimi orqali ishsiz yoshlarga imtiyozli yer maydonlari ajratildi. Bugungi kunda ular ushbu yer maydonidan oqilona foydalanib, o‘z hayotini o‘zgartirish yo‘lida dadil qadam tashlamoqda. Bu yoshlar mehnatga tayanib, orzularini ro‘yobga chiqarayotgan zamonaviy qahramonlardir.

📹Batafsil qahramonlarimizning o‘zidan eshiting!

#Yoshlardaftari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Tayinlov

🇺🇿Rashidova Saida Komilovna – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Saida Rashidova o‘zbek tilini o‘qitishning innovatsion metodikasini ishlab chiqqan, yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan birga, ona tilimizning boy tarixiy merosini o‘rgatib, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga faol hissa qo‘shib kelayotgan yetuk mutaxassis sifatida eʼtirof etilgan tajribali pedagog. Bolalar uchun yozilgan “Do‘pka voqeasi” asari muallifi.

💐Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Saida Rashidovani yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#Tayinlov

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Abbasova Mehrinoz Nosirjon qizi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Mehrinoz Abbasova faoliyati davomida o‘zbek tilidagi elektron resurslarni boyitish va milliy ma’lumotlar bazasini kengaytirishga xizmat qiluvchi “WikiStipendiya” va “1000Kitob”loyihalarida faol ishtirok etgan hamkasbimiz, yoshlar orasida bilim va ma’naviyat targ‘ibotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

💐Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Mehrinoz Abbosovani yangi lavozimdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Top 100 Uni Camp 2025 uchun qabul davom etmoqda

⚡️Dunyoning eng yetakchi universitetlarida o‘qish istagidagi yoshlar uchun navbatdagi yangilik. Yoshlar ishlari agentligining Top 100 Yozgi oromgohi bu yil nafaqat O‘zbekiston yoshlari, balki dunyoning turli mamlakatlaridan yoshlarni bir joyga jamlaydi.

Agar siz dunyoning nufuzli universitetlariga kirish, yetakchilik qobiliyatingizni rivojlantirish va global miqyosda do‘stlar orttirmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!

Top 100 Uni Camp sizga quyidagilarni taklif etadi:

● Ikkita mavsumda: Bakalavriat 6-iyuldan 13-iyulgacha va magistratura 3-avgustdan 10-avgustgacha alohida dasturlar;

● Ariza topshirish, grantlar va qabul strategiyalari bo‘yicha mahorat darslari;

● Top 100 talikdagi universitetlarda o‘qigan va o‘qiyotgan mentorlar bilan amaliy mashg‘ulotlar;

● Netvorking imkoniyatlari;

● Tog‘ bag‘rida unutilmas bir haftalik sarguzasht va rivojlanish!


🔗 Ariza topshirish uchun Top Coach platformasidan ro‘yxatdan o‘ting!

Ro‘yxatdan o‘tish 26-mayga qadar davom etadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🎶Fortepianochilar, sahnaga yaqinroq keling!

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Mohir fortepianochi” tanlovining tuman-shahar bosqichi boshlanmoqda!

Tanlov professional va havaskorlar o‘rtasida 3 ta yosh toifasida o‘tkaziladi. Musobaqa 5 bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad fortepiano san’atini yanada rivojlantirish, iste’dodlarni kashf etish va yosh musiqachilarning ijodini keng ommaga yetkazishdir.

Tanlovning tuman-shahar bosqichi 29-30-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

#beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Tashkilotlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish

Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da vazirlik, idora va tashkilotlarda yoshlar masalalari uchun mas’ul bo‘lgan 150 ga yaqin xodim ishtirokida maxsus o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan, yoshlarga oid davlat siyosatini amaliyotda samarali tatbiq etish, “Yoshlar dasturlari” ijrosini ta’minlash va ehtiyojmand yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

O‘quv dasturida tashkilotlarda yoshlarga oid siyosatni samarali yuritishga qaratilgan treninglar, tajribali tadbirkor va san’at vakillari bilan uchrashuvlar, shuningdek sport musobaqalari ham o‘rin oldi.

Seminarning yana bir muhim jihati, yoshlar manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan yangi loyihalarni agentlik va tashkilotlar o‘rtasida samarali tarzda amalga oshirish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdir.

📹O‘quv-seminardan videolavhalar e’tiboringizda!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Talabalar festivali” Qoraqalpog‘istonda!

Qoraqalpog‘istondagi 11 ta oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba o‘rtasida “Talabalar bahori” festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida tashkil etilgan intellektual o‘yinlar, kitobxonlik tanlovlari va sport musobaqalari yoshlarning bilim va iqtidorini namoyon etishga xizmat qildi. Shuningdek, madaniy tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, jinoyatchilikni oldini olish, chet tillarini o‘rganish va bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar, tarixiy joylarga va tadbirkorlik subyektlariga sayohatlar tashkil etildi.

Festival doirasidagi tanlov g‘oliblari bugun Qoraqalpog‘istonning “Qaratereng” ekoturizm kompleksida tantanali ravishda taqdirlanadi.

#TalabaFest #Qoraqalpogiston

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️Bilagi kuchga to‘lgan yoshlar uchun yana bir yangilik!

Mamlakatimizning mard va jasur o‘g‘lonlari, sizlarni jismoniy tayyorgarlik va intellektual salohiyatingizni sinovdan o‘tkazuvchi navbatdagi tanlov kutmoqda!

🇺🇿“Harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi”Prezidentimiz tashabbusi bilan 2025-yildan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan yirik harbiy-sport va huquqiy tanlovlar jamlanmasi.

Spartakiada 10 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi. Unda 14-30-yosh toifasidagi mahalla yoshlari hamda maktab o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov Nizomi bilan tanishing

Hoziroq @YoshlarRegBot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!

Har bir yo‘nalish g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿G‘allaorol yoshlari harbiy-sport maydonida kuch sinashdi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Musobaqada qizlar ham faol ishtirok etib, o‘zining jasorati, chaqqonligi va irodasini amalda namoyon etishdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu musobaqalar yoshlarimizga, ayniqsa, qizlarga ham milliy armiyamiz safida xizmat qilish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkonini yaratmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🌱Imkoniyat, harakat va natija!

🇺🇿Bugun yurtimizda o‘z mehnati va sa’y-harakat bilan hayot yo‘lini topayotgan yoshlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Xususan, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida ham mahalla yetakchilari ko‘magida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga dehqonchilik uchun unumdor yer maydonlari ajratilmoqda.

Yosh dehqonlar ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, 100 million so‘mgacha daromad topishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishgan.

#YoshlarDaftari #XatirchiYoshlar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Green Spark”: Yashil kelajak sari

Markaziy Osiyoning eng kreativ yoshlari uchun yana bir imkoniyat! Agar sizda ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan innovatsion g‘oya yoki startapingiz bo‘lsa – bu tanlov aynan siz uchun!

Bu nafaqat g‘oyangizni tajribali ekspertlar oldida taqdim etish, balki uni hayotga tatbiq etish, yirik sovrinlar yutib olish va boshqa iqtidorli yoshlar bilan tanishish imkoniyatini beradi!

Tanlovda Markaziy Osiyo davlatlaridagi kreativ yoshlar, talabalar, tadbirkorlar va ekologiya sohasidagi yosh mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oyalar qabul qilinadi:
• Raqamli texnologiyalar va AKT
• Kreativ va ratsionalizatorlik ishlanmalari
• Resurstejamkorlik va barqaror energiya loyihalari
• Ichimlik suvi va oziq-ovqat xavfsizligi yechimlari
• Ekologik muhofaza va yashil texnologiyalar


Mukofot jamg‘armasi 1-o‘rin uchun 10,000, 2-o‘rin 7,000, 3-o‘rin 5,000 va 4–5-o‘rinlar uchun 3,000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari beriladi!

Arizalar topshirish muddati: 28-aprel qadar
Final bosqichi: 15–17 may, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston

Hozirdanoq ariza topshiring:👉 Ariza shakli

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Shijoatli avlod – mustahkam armiyaning poydevori!

Farg‘ona viloyatining “Obod” mahallasi yoshlari o‘rtasida “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa davomida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, jamoaviylik va qat’iyatlilik bobida o‘zaro kuch sinashdi. Harbiy xizmatga oid ko‘nikmalar, sport sinovlari va bilim asosidagi topshiriqlar ular o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni yanada kuchaytirdi.

🇺🇿Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan ushbu harbiy-sport musobaqalarda bugungi kunga qadar 250 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar ishtirok etish istagini bildirgan. Bu esa yoshlarimizning Vatanga bo‘lgan yuksak sadoqatini va sog‘lom raqobatga tayyor ekanini yaqqol namoyon etadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, U-17 Osiyo kubogida tarixiy g‘alabaga erishgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining a’zolari, murabbiylar va sport jurnalistlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolarining barchasi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

— Musobaqani keng yoritgan va sportimiz yutuqlarini millionlab yurtdoshlarimizga yetkazgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlari Otabek Rustamovich Djurayev, “Sport” ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi hamda Orifjon Boxodirovich Tolipov “Futbol TV” telekanali muharriri “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

🇺🇿Biz siz bilan faxrlanamiz, yosh chempionlar!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning aprel oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

#Brifing

Bugun, 1-may kuni soat 13:50 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkaziladi.

📹Brifingni “O‘zbekiston” telekanali va Agentlikning facebook sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin!

#brifing

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

“Migratsiya kuni” — Toshkent viloyati yoshlarida yangi tashabbus!

⚡️Nurafshon shahridagi “Yoshlar markazi” binosida qonuniy, tartibli va xavfsiz migratsiyani yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkada xorijda ishlash istagidagi 125 nafar fuqaroning ro‘yxati shakllantirildi. Ularning kasbiy ko‘nikmalari va til bilish darajasi aniqlanib, har biri bilan individual ishlash mexanizmi rejalashtirib olindi.

Tadbir davomida Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan har oyning so‘nggi juma kunini “Migratsiya kuni” sifatida belgilash tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus yoshlar uchun ish topish, migratsiya jarayonlarini osonlashtirish va hayotini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Kunni “Yoshlar ovozi” gazetasi xabarlari bilan boshlang

🗞Gazetaning bu galgi sonida:

🟢Olchinning bolchilari;
🟢Yangi daromad va yangi dunyoqarash;
🟢Subsidiya maqsadli ajratiladi;
🟢Muammolarni piyoda o‘rganamiz;
🟢Dehqonchilik otbozorning drayveri.

✏️Eslatib o‘tamiz, dolzarb masalalar, tashabbuslar yoki yangiliklarni “Yoshlar ovozi” sahifalarida chop etish imkoniyati mavjud! Taklif va tashabbuslaringizni @yoshlarovozigazetasibot’ga yuborishingiz mumkin!

Gazetaning yangi sonini 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

AI Girls BootCamp-2025 start oldi!

🎓“Talabalar festivali” doirasida tashkil etilgan AI Girls BootCamp-2025 loyihasi o‘z faoliyatini boshladi.

Marketing, kreativ dizayn va dasturlash yo‘nalishlarida bilimga chanqoq qizlarimiz tajribali mentorlar ishtirokida amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.

📹Jarayonlarni videoda tomosha qiling.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Zamonaviy kasblarni “Ustoz AI”da o‘rganing!

🤩 Loyiha orqali siz istalgan kasblarni bepul o‘rganishingiz, bilim va ko‘nikmalaringizni oshirishingiz mumkin. Shuningdek, ilovada turli viktorinalar va yutuqli o‘yinlarda ham ishtirok etish imkoniyati mavjud.

📱Ilovani yuklab olish: PlayMarket/AppStore

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⚡️Imkoniyat bor, faqat harakat qilish kerak!

🇺🇿Bugun yurtimizda tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Davlatimiz rahbari yoshlarning har bir tashabbusini doimiy qo‘llab-quvvatlab, ular uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalangan yoshlarimizdan biri — Buloqboshilik Oyatilloh Qo‘shaqov. Qahramonimiz PQ-62-sonli Qaroriga muvofiq, AloqaBank orqali 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, o‘z ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qildi.

Bugun u zamonaviy jihozlar yordamida o‘z faoliyatini kengaytirib, mahalla aholisi va mijozlarga qurilish va ta’mirlash bo‘yicha sifatli va samarali xizmatlar ko‘rsatmoqda.

📂Imtiyozli kredit uchun quyidagi havola orqali ariza qoldirishingiz mumkin: yoshtadbirkorlar.uz

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

↗️ Kelajakka sarmoya: Andijonda Investorlar kuni

🔺28-aprel kuni Andijon shahrida AloqaBank tomonidan tashkil etiladigan “Investorlar kuni” — bu 300 dan ortiq ishtirokchilar, eng yirik investorlar, 30 dan oshiq startaplar va g‘oyalarni haqiqiy biznesga aylantiruvchi imkoniyatlar maydoni.

Tadbir doirasida:
🚀 Startup Pitch Session — yangi g‘oyalar va biznes yechimlarning taqdimoti
📚 “Startup yo‘li” kitobining taqdimoti — ilhom va tajriba manbai
💵 AloqaVentures venchur fondi tomonidan investitsiyalar — g’oyalarni hayotga tadbiq qiluvchi imkoniyatlar
🔻 Muvaffaqiyat hikoyalari — mashhur tadbirkorlar bilan jonli uchrashuvlar.

Barchani taklif etamiz!
📌Tadbir manzili:
Andijon viloyati, “Mebelsozlik kompleksi” kichik sanoat zonasi
Boshlanish vaqti: 10:00

AloqaBank istiqbolli g‘oyalarni haqiqatga aylanishi uchun mustahkam platforma yaratmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish: https://aloqabank.typeform.com/AndijonInvest

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Malakali yosh kadrlar safi kengaymoqda

🇺🇿Bugun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 2024-2025 o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qayta tayyorlash kursi doirasida tinglovchilarga 12 hafta davomida nazariy va amaliy bilimlar berildi. O‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida 2 hafta davomida turli vazirlik, idora, tashkilotlar hamda hokimliklarda malakaviy amaliyot o‘tash imkoniyati yaratildi.

O‘quv jarayonida tinglovchilar ma’muriy islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati, davlat boshqaruvi va huquqiy asoslari, liderlik ko‘nikmalari hamda boshqaruv psixologiyasi kabi muhim yo‘nalishlarda puxta bilim va tajriba orttirdilar.

Ushbu o‘quv kurslari tinglovchilarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallab, kelajakda malakali zahira kadrlar sifatida shakllanishlari uchun mustahkam zamin yaratdi!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar bilan individual ishlash bo‘yicha o‘quv-seminar

⭐️Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilgan, alohida yondashuv talab etadigan yoshlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda sohaga oid malakali mutaxassislar, professor va psixologlar ishtirok etib, alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash mexanizmlari va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan seminar-treninglar o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv-seminar sohaga mas’ul mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tajriba almashish hamda joylarda yanada samarali ishlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

💼Ish izlayapsizmi?

⚡️Endi vakant ish o‘rinlarini topish, rezyume yuborish va o‘zingizga mos imkoniyatni tanlash ancha oson. Yoshlar ishlari agentligi jamoasi yoshlar uchun foydali rekruting platformalar ro‘yxatini tayyorladi.

Platformalar ishsiz yoshlar, talabalar va nogironligi mavjud fuqorolarga 220 mingdan ortiq doimiy yoki bir martalik ish o‘rinlarini taklif etadi.

Quyidagi havolalar orqali o‘zingizga mos keluvchi ish o‘rinlarini topishingiz mumkin.

💬Milliy vakansiyalar bazasi — 99 673 ta;
💬Xorijdagi ish o‘rinlari — 42 884 ta;
💬Ishkop.uz — 29 162 ta;
💬Gorodrabot.uz — 21 335 ta;

💬Ish-bor.uz — 16 606 ta;
💬HeadHunter — 10 762 ta;
💬vacancy.argos.uz — 750 dan ortiq;
💬Ish.uz — 171 ta.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

⭐️“Iqtidorli bolalar shou” loyihasi

🇺🇿O‘zbekiston bolalar tashkilotining 1 yilligi munosabati bilan, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida ilk bor “Iqtidorli bolalar shou” loyihasi tashkil etildi. Ushbu shou orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan saralangan 14 nafar iqtidorli va tashabbuskor bolalar o‘zining noyob salohiyati va innovatsion loyihalarini omma e’tiboriga havola etdi.

Shou davomida ishtirokchilar rassomchilik, ta’lim, san’at va madaniyat, xorijiy tillar hamda texnologiya yo‘nalishlaridagi yutuqlari, erishgan muvaffaqiyatlari bilan bo‘lishishdi.

Bu loyiha iqtidorli bolalarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🗞 Yurtimiz yoshlari va jamiyat hayotiga oid barcha eksklyuziv xabarlarni “Yoshlar ovozi” da o‘qing!

Gazetaning navbatdagi sonida:

🟢Oltin avlod shonli g‘alaba;
🟢Super startdan super natija;
🟢Ta’lim va kasb - 2025;
🟢Respublika kitobxonlik haftaligi;
🟢Kelajak liderlari - yangi avlod kadrlari maktabi.

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿Tarix yozgan avlod – Vatan bag‘rida!

U-17 Osiyo chempionatida yurt sha’nini munosib himoya qilib, tarixiy natijani qayd etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Marosim davomida Prezidentimizning tabrigi Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan o‘qib eshittirildi. Tabrikda yoshlarga bo‘lgan katta ishonch, ularning fidoyiligi va yutuqlari alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, terma jamoa bosh murabbiyiga Prezident sovg‘asi “Equinox”, 23 nafar qahramonlarimizga esa “Kobalt” avtomobili sovg’a qilindi.

👏Bu e’tibor yurt farzandlariga bo‘lgan ehtirom va ishonch timsoli! Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Yoshlar ishlari agentligi

🇺🇿Aziz yurtdoshlar!

🔍 2025-yilning may-iyul oylarida mamlakatimizda fuqarolar yigʻini raisi saylovlari o'tkaziladi.

🔍 Saylovda siz ham faol ishtirok eting!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺uzmahallalari">YouTube 📱Facebook

Читать полностью…
Subscribe to a channel