Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar/ Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
⚡️Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etdi va Jahon chempionati sari yana bir muhim qadamni tashladi!
🇺🇿Barakalla, yigitlar!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
JCH-2026 saralashi: Eron-O‘zbekiston
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’yin 25-mart Toshkent vaqti bilan 21:00 da Tehron shahrida “Ozodiy” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
Eron 🇮🇷 - 🇺🇿 O‘zbekiston
Yigitlarimizga omad tilaymiz! Olg‘a O‘zbekiston!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Elektr energiyasini bir soatga o‘chiring, tabiat haqida qayg‘uring!
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda 25-mart — “Yer vaqti” kuniga bag‘ishlab maxsus aksiya o‘tkaziladi.
Qadrli yurtdoshlar! Barchangizni ushbu aksiya doirasida kun davomida atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqiramiz. Bu orqali siz Yerning tabiiy boyliklarini asrashga o‘z hissangizni qo‘shasiz!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Gandbolchi yoshlar, shoshiling!
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Gandbol musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!
Hoziroq 5tashabbus.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting va mahallalangiz sharafini himoya qiling.
Musobaqaning mahallalararo sektor bosqichi joriy yilning 24-26-mart kunlari bo‘lib o‘tadi!
#Beshtashabbusolimpiadasi #Gandbol
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
⚡️TOP20 Ekofaol yoshlar bilan tanishing!
🌿Bugun atrof-muhitni muhofaza qilish harakati faqat davlat yoki tashkilotlar mas’uliyati emas, balki bu harakatni yoshlar boshlab, yetakchilik qilmoqda. Ular ekologik loyihalarni yaratib, tabiatni asrab-avaylash bo‘yicha ko'plab yangi loyihalarni amalga oshirmoqda.
Bugun sizlarga mamlakatimizdagi TOP20 ekofaollarni tanishtiramiz! Bu yoshlar faqat muammolar haqida gapirmaydi, balki ularga yechim yaratadi! Ular o‘z harakatlari bilan tabiatimizni asrab, odamlarning ekologik ongini oshirib, kelajak avlodga toza va yashashga arziydigan muhit qoldirishga hissa qo‘shmoqda.
💬Sizning fikringiz qanday? Qaysi ekologik tashabbusni qo‘llab-quvvatlashni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Finalga tayyormisiz? Prezident sovg‘asi kimga nasib qiladi?
📚Millionlab kitobxonlarimizni bir maydonda jamlagan “Yosh kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi respublika final bosqichi 24-31-mart kunlari Andijon viloyati, Marhamat tumani “Yoshlar kutubxonasi”da o’tkaziladi.
⚡️Finalda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kitobxon yoshlar quyidagi 5 ta shart bo’yicha o‘zaro bellashadilar.
1. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti;
2. “Tezkor savol-javob” sharti;
3. “Buyuk mutafakkir va adib” sharti;
4. “She’riyat” sharti;
5. “Kvest” sharti.
🇺🇿Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda, qudratimiz – Vatanga mehr va sadoqatda, yutug‘imiz – o‘zimizga bo‘lgan yuksak ishonchimizda!
#Mirziyoyev #Navruz
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z tantanasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, xalqimizni bayram bilan muborakbod etdi.
#Mirziyoyev #Navruz
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!
💐Sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun – Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda.
Bu yilgi Navro‘z shodiyonalari ham yurtimiz bo‘ylab yangicha ruh va mazmun kasb etdi. Xususan, Xorazm viloyatida ham.
#NavruzMuborak #YangiKun
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Ishtixon tumanida “Yoshlar bog‘i” barpo etildi!
Samarqand viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli bog‘ barpo etish ishlari davom etmoqda. Ishtixon tumanining yoshlar ham ushbu aksiyaga o‘z hissasini qo‘shdi!
Agentlik xodimlari va faol yoshlar tashabbusi bilan tumanning Shayxlar mahallasida “Yoshlar bog‘i” tashkil etildi. Ushbu bog‘ 45 sotix maydonda barpo qilinib, unga 500 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
🌱Keling, “Yashil makon” loyihasi doirasida birlashib, kelajak avlodga yanada go‘zal muhit qoldirish uchun harakat qilaylik!
💬Sizning hududingizda ham shunday loyihalar amalga oshirilayotgan bo‘lsa, izohlarda bo‘lishing!
#YashilMakon #TabiatniAsraylik
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿Prezidentimiz bolajonlarni bayram bilan tabrikladi!
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanida yangi ochilgan “High Town Mall” savdo-ko‘ngilochar majmuasi bilan tanishmoqda. Davlatimiz rahbari bu yerdagi o‘yin maydonchasiga kelgan bolalar – tuman ijodiy jamoalari a’zolari bilan samimiy suhbatlashdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🗞 Yurtimiz yoshlari va jamiyat hayotiga oid barcha eksklyuziv xabarlarni “Yoshlar ovozi” da o’qing!
Gazetaning navbatdagi sonida:
🟢2025-yil yoshlar ishsizligiga barham berish yili bo‘ladi;
🟢Boylatada ham o‘quv markaz bo‘ladi;
🟢Yoshlar siyosati: Qoraqalpog‘istonda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha namuna yaratamiz;
🟢Yoshlar yetakchisi vertikal boshqaruv tizimining asosiy mexanizmiga aylandi;
🟢Makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanmoqdami?
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️700 nafar yosh zamonaviy kasblarga o‘qitiladi
🇺🇿Davlatimiz rahbari yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ko‘plab yangi imkoniyatlarni e’lon qildi. Ayniqsa, chekka hududlardagi yoshlarning bilim olishi va bandligini ta’minlashga qaratilgan yangi imkoniyatlar yaratildi. Ushbu imkoniyatlarni yoshlar bilan bo‘lishish va islohotlarni eng olis hududlarga yetkazishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati Ishtixon tumanida ikki kun davomida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvlar davomida tumanning eng olis hududlaridagi 700 nafar iqtidorli yoshlar zamonaviy oromgohlarga yo‘llanma oldi. Ular IT, ingliz tili, kitobxonlik, sport va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha yetakchi mentorlardan bir haftalik ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
💬Ochiq muloqotlar Ishtixon tumanining Damariq, Chimqo‘rg‘on, Barlos, Boylata, Zarbuloq, Mirzaqul va Yangiravot mahallalarida bo‘lib o‘tdi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿O‘zbekistonda besh yilda venchur fondlar ishtirokida 145 million dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirildi.
Bu hali kamligi qayd etilib, 9 ta davlat banki 3 ta venchur kompaniya ochib, 50 million dollarlik fond shakllantirgani biznesni boshlayotgan tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyat ekani ta’kidlandi.
"Eng muhimi, bunday loyihalar iqtisodiyotga yangi yo‘nalish, texnologiya, innovatsiya va yuqori qo‘shilgan qiymat olib kiradi.
Startap orqali yaratilgan yuqori samarali innovatsion mahsulot yoki xizmatlar texnik reglament va standartlarga kiritiladi. Bu ularga davlat buyurtmasi uchun yo‘l ochadi",
🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi boshlandi.
“Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu bizning strategik yo‘limiz! Tadbirkorlik qancha tez rivojlansa, mamlakatimiz shuncha qudratli bo‘ladi, xalqimiz shuncha farovon yashaydi.
Dekabr oyidagi "ochiq muloqot"da asosan yirik tadbirkorlar bilan gaplashib, keyingi rejalarni belgilab oldik.
Bugun kichik va o‘rta biznesda tez o‘sayotgan tadbirkorlarga ko‘mak berib, ularni ham “chempion"ga aylantirish uchun nima qilish kerak, degan savolga sizlar bilan birgalikda javob topishimiz zarur”,
⚡️Ilk kitobxon g‘oliblar aniqlandi
📚 Xabar berganimizdek, “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichi Andijon viloyatining Marhamat tumanida davom etmoqda!
Tanlovda 10-14 yosh toifasidagi bilimdonlar 5 ta shart bo‘yicha qizg‘in bahslarda bellashdilar. Har bir shartda qatnashchilar o‘z aql-idroki va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🏆Tanlovning ilk g‘oliblari bilan tanishing!
1-o‘rin: Dilbarxon Haydarova (Toshkent sh.) 356.7 ball — Prezident sovg‘asi “Chazor” elektromobili;
2-o‘rin: Gulmira Norpo’latova (Samarqand) -334.7 ball — 75 mln so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin: Nastarin Ibrohimova (Navoiy) - 321 ball — 50 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishdi. Qolgan ishtirokchilarning barchasi 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
#Yoshkitobxon #Beshtashabbusolimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Kitobxonlar bahsi hal qiluvchi pallada
📚 Bugun “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi 10-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar uchun hal qiluvchi kun. Ayni vaqtda ushbu yosh toifasidagi kitobxonlarimiz 5-shart bo‘yicha bellashuvlarga kirishadi. G‘alabaga bir qadam qoldi!
Tanlov natijalarini @yoshkitobxonuz Telegram sahifasi orqali kuzatib borishingiz mumkin
#Yoshkitobxon #Beshtashabbusolimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Kitobxonlik bahslarining ilk kuni yakunlandi
📚Mamlakatimiz bo’ylab yuz minglab kitobxonlarni kashf etayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichiga bu yil Andijon viloyati mezbonlik qilmoqda.
Tanlovning birinchi kunida 10-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar 3 ta shart bo’yicha bellashib, o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar. Ertaga esa ushbu toifada qolgan 2 ta shart bo‘yicha bahslar davom etadi va eng bilimdon yosh kitobxonlar aniqlanadi.
🇺🇿Eslatib o’tamiz, tanlov g’oliblari Prezident sovg’asi - elektromobil bilan taqdirlanadi.
💬Demak, ertaga kitobxonlarimizni eng hayajonli bahslar kutmoqda! Elektromobil kimga nasib etadi? Izohlarda fikrlaringizni qoldiring!
#Yoshkitobxon #Beshtashabbusolimpiadasi
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Yoshlar mamlakatimizning oltin fondi!
“Yuzma-yuz+” mehmoni — Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev.
Ko‘rsatuvning ushbu sonida yoshlar siyosati, imkoniyatlar, yechim kutayotgan muammolar va amalga oshayotgan islohotlar haqida so‘z boradi.
📹 To‘liq suhbat YouTube’da
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
O‘zbekistondagi Hunarmandlar uchun yagona imkoniyat!
🔥 Qiymati $4000 bo‘lgan eBay kursini mutlaqo BEPUL o‘rganing!
Endi xalqaro tijoratchilar uchun “Ustoz AI”orqali eBay’da savdo qilishni bepul o‘rganish imkoniyati mavjud!
Mahsulotlaringizni dunyo miqyosiga olib chiqish uchun eng yaxshi imkoniyatdir.
Hoziroq bepul kurslarni o‘rganishni boshlang!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni!
Mahalla – bu mehr-oqibat, qo‘shnichilik, milliy qadriyatlar va o‘zaro hurmat makoni. Aynan mana shu muhitda yoshlar ulg‘ayadi, jamiyatimiz qadriyatlari shakllanadi.
Yoshlar ishlari agentligi aynan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda yoshlarning qiziqish va muammolarini o‘rganish, ularga kerakli ko‘mak ko‘rsatish, ijtimoiy faolligini oshirish yo‘lida tizimli va samarali faoliyat olib bormoqda.
Mahallalarimizni yanada obod va farovon etishda har doim sizlarning kuch-g‘ayratingiz, boy tajribangiz va fidoyiligingizga tayanamiz. Chunki, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda eng muhim poydevor – bu xalq ovozi va xalq fikri ustuvor bo‘lgan mahalladir!
Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!
💐Yurtimizning barcha hududida birdek davom etayotgan Navro‘z shukuhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham ko‘taringki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda. Bayram sayllarida, ayniqsa, yoshlarning faolliklari ko‘zga tashlanadi.
Yoshlar tomonidan tashkil etilgan “Qozon”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Langi” singari milliy o‘yinlar yoshlarga bahoriy kayfiyat ulashgan bo‘lsa, yoshi kattalarga bolaliklarini eslatdi.
Bayram shukuhi esa har manzilda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
#NavruzMuborak #YangiKun
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!
🌷Bugun bahor nafasi yuraklarni quvontirib, mehr-oqibat, birdamlik va ezgulik ulashmoqda. Navro‘z – bu tabiatning uyg‘onishi, qalblarning yangilanishi!
Surxondaryodan bayram ruhi aks etgan video sizga bahoriy kayfiyat ulashadi!
#NavruzMuborak #YangiKun
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!
💐Bugun tabiat uyg‘onib, hayotning cheksiz go‘zalligini yana bir bor eslatmoqda. Ko‘klam nafasi bilan yuraklarimizda yangilanish, poklanish, mehr-oqibat tuyg‘ulari jo‘sh uradi.
Aziz yurtdoshlar! Ushbu qutlug‘ ayyom barchamizga sog‘lik, baxt, omad va tinchlik olib kelsin!
🌺Navro‘z ayyomi muborak bo‘lsin!
🇺🇿Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!
#NavruzMuborak #YangiKun
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
🇺🇿🇰🇬 JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi
Bugun, 20-mart kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.
📺Uchrashuvni “Sport” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
👏Terma jamoamizni birga qo‘llab-quvvatlaylik. Olg‘a O‘zbekiston!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
#Brifing
Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligining Axborot xizmati tomonidan “Yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilish va bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.
📹Brifingni “O‘zbekiston” telekanali va Agentlikning facebook sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin!
🔹 Jonli efir: https://www.facebook.com/share/p/1AFbwfaQUW/
🇺🇿Vatanimizning mard va shijoatli o‘g‘il-qizlari diqqatiga!
Mahalla yoshlari uchun chinakam milliy g‘urur va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladigan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!
Tanlov haqida 👉 batafsil
📂Hoziroq @YoshlarRegbot orqali ro‘yxatdan o‘ting!
#chetEldaRasmiyIsh
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Koreyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ilk marotaba Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston volontyorlari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda yurtimiz bo‘ylab Yordam markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
🇰🇷Koreyada E-9 vizasi asosida muvaffaqiyatli ishlab qaytgan va yana borish istagida bo‘lgan hamyurtlar uchun ajoyib imkoniyat!
Batafsil: gov.uz/yoshlar
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
⚡️Yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda
Kuni kecha “PhD sari qadam” loyihasi doirasida ekspertlar kengashining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda loyihaga qabul qilinadigan ishtirokchilarning qamrovi, tanlov mezonlari va kelgusi rejalar muhokama qilindi.
📰Uchrashuvda loyihani yanada takomillashtirish, ishtirokchilarga ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi. Ekspertlar ishtirokchilar uchun metodik ko‘rsatmalar, mentorlik dasturlari va ilmiy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladilar.
Ushbu uchrashuv loyihaning samaradorligini oshirish va yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi!
#PHDsari
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
“Do‘stlik ko‘prigi” forumi
🇰🇿🇺🇿Qozog‘istonning Turkiston shahrida “Do‘stlik ko‘prigi” yoshlar forumi o‘tkazildi. Forum davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlari o‘zaro tajriba almashish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasida yosh tadbirkorlar, faol yoshlar va turli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Forum ishtirokchilari yoshlar uchun foydali xalqaro hamkorlik va qo‘shma loyihalar ustida fikr almashishdi.
Forumda 2025-yil 16-18-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchinchi Qozog‘iston-O‘zbekiston yoshlar kongressi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida 15-may – Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivaliga barcha yoshlar va delegatsiyalar taklif etildi.
#Xalqarohamkorlik
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt