xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440455

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Usik — mutlaq jahon chempioni

Bugun tunda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan "asr jangida" ukrainalik Oleksandr Usik britaniyalik Tayson Fyurini mag‘lub etib, superog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘ldi. Jang 12 raund davom etdi va hakamlarning bo‘lingan qarori bilan (bitta hakam Fyuri g‘alabasini qayd etdi) Usik g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Usik so‘nggi 25 yil ichida barcha 5 ta kamarga (WBA, IBF, WBO, IBO, WBC) ega chiqqan ilk bokschiga aylandi.

9-raund so’nggida Fyuri nokdaun holatiga tushdi va raund tugagani sababli jon saqlab qoldi.

Oleksandr Usik faoliyatidagi 22-g‘alabani qo‘lga kiritdi. U hozircha biror marta mag‘lub bo‘lmagan (14 ta nokaut). Tayson Fyuri esa ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bungacha uning hisobida 34 ta g‘alaba (24 ta nokaut) va 1 ta durang bor edi.

Usik jangdan so‘ng revanshga tayyor ekanligini bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Lolaqizg’aldoq” loyihasida 10 ta kitob tavsiya qildik.

📹 https://youtu.be/RZROU5QWCWs

Videoni ko’rish, kitoblarni esa o’qish maqsadga muvofiq.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Energetika vazirligining xabar berishicha, soat 14:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 210 MVt quvvat bilan o‘chgan 139 ta fider tarmoqqa qayta ulandi.

Natijada Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari iste’molchilari to‘liq, qolgan hududlarda esa qisman, jami 50 ming 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tiklandi.

Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi «Yaypan» podstansiyasida 3 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan «T-2» transformatori ham tarmoqqa ulandi.

Soat 15:07 da Jizzax viloyatida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

5 tup chinorni kesib sotmoqchi bo‘lganlar ozodlikdan mahrum etildi

Ikki shaxs 2023-yil 5-dekabr kuni Toshkent viloyati Oʼrta Chirchiq tumani Mashʼal MFY hududida joylashgan "Maʼrufxon" fermer xoʼjaligiga qarashli dala maydonida jami narxi 247 mln 180 ming soʼmlik 5 tup koʼp yillik sharq chinorini tag qismidan qonunga xilof ravishda kesib olgan.

Daraxtlarni boʼlaklarga boʼlib Toshkent shahridagi “Taxta bozori”ga sotish uchun olib ketilayotganda Ichki ishlar xodimlari tomonidan yoʼlda toʼxtatib qolingan.

Ushbu shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, ulardan biriga Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Uning jinoiy sheriklariga ham Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Bugun, 17-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart To’qayevni tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston U23 terma jamoasi haqida fikr bildirdi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Istamov Maxmud Shuxratovich
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari etib tayinlandi.

U bunga qadar Buxoro viloyati prokurori edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

19-maydan 23-iyunga qadar Namanganda 63-xalqaro “Gullar festivali” bo‘lib o‘tadi.

Viloyatda mazkur an’anaviy festivalga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti faoliyati bilan tanishdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ O‘zbekistonda haj mavsumi 23-maydan boshlanadi

Respublikamizdan Saudiya Arabistoniga 7-iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

✅ Mamlakatimizning quyidagi 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi:

● Toshkent-Madina;
● Buxoro-Madina;
● Namangan-Madina;
● Farg‘ona-Madina;
● Samarqand-Madina;
● Qarshi-Madina;
● Termiz-Madina;
● Urganch-Madina;
● Nukus-Madina;
● Navoiy-Madina.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahrida Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli — Bobur ko‘chalari chorrahasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur-Seul, Bobur — Furqat ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘l qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilishi sabab 15-may soat 22.00 dan boshlab taʼmirlash ishlari tugatilgunga qadar transport vositalari qatnovi bir tomonlama vaqtincha cheklanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish boʻyicha 7 ta yangilik eʼlon qilindi

Oʻzbekistonni global toʻqimachilik xabiga aylantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Jumladan, sohada kutilayotgan yangiliklar sirasiga moliyaviy mexanizmlar, soliq va bojxona imtiyozlari, xalqaro hamkorlik hamda yangi obyektlar qurilishi kabilar kiradi.

Batafsil maʼlumotni Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videorolikdan olish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish QQSdan vaqtincha ozod qilindi

Prezident ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutuvchi Qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra:

➖ Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekistonga olib kirish 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha QQSdan ozod qilindi;

➖ Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilindi;

➖ Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UzReport telekanali “Oltin qalam” Milliy tanlovida jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot gʻolibi deb topildi

Mukofot sifatida Prezident sovg’asi — “Tracker” avtomobili taqdim etildi.

Asosiy nominatsiya g’oliblari:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye)

1-o‘rin – Go‘ro‘g‘liyev Elyor Ro‘ziqulovich, “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot tahliliy dasturi muxbiri

2-o‘rin – Aliyev Anvarjon Orifjonovich, “O‘zarxiv” agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi

3-o‘rin – Abduraxmonov Jasurbek Qosimjon o‘g‘li (Jasur Rahmon), “Renessans TV” telekanali bosh muharriri

 ***

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio)

1-o‘rin – G‘afforova Umida Abdusalom qizi, “Mahalla” radiokanali bo‘lim mudiri

2-o‘rin – Jumagaliyeva Qundiz Yaqipbay qizi, “Qoraqalpog‘iston” radiokanali bosh muharririyati muharriri

3-o‘rin – Umrzoqova Shoira Abdurazzoqovna, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri

***

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma nashrlar)

1-o‘rin – Butayev Shoyim Primkulovich, “Jadid” gazetasi bo‘lim mudiri

2-o‘rin – Usmanov Nurlan Oktamovich, “Narodnoye slovo” gazetasi mas’ul kotibi

3-o‘rin – Jalilov Norqobil Qodirovich (Norqobil Jalil), “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri

***

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet nashrlari)

1-o‘rin – Avalboyev Ikrom Xolyigitovich, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshlig‘i o‘rinbosari

2-o‘rin – Shokirjonov Shuxrat Shokirjonovich, “KunUz” veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri

3-o‘rin – Saidaliyeva Nargis Anvarovna, “Dunyo” AA tahririyat xizmati boshlig‘i

G’oliblarning to’liq ro’yxati bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy Majlis Senatining 52-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilindi.

Unga asosan:

Jumanazar Ergashev o‘n yillik muddatga;

Maʼmurjon Kadirov muddatsiz davrga;

➖ Dilshod Rajabov
muddatsiz davrga;

Nosirjon Rasulov o‘n yillik muddatga;

Burxon Turdiyev o‘n yillik muddatga;

Asqarali Ummataliyev o‘n yillik muddatga;

Gulnafis Xudayberdiyeva o‘n yillik muddatga Oliy sudning sudyasi lavozimiga saylandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abituriyentlarni o‘qishga hujjat topshirishini osonlashtiradigan MenTalaba.uz platformasi yaratilgan

2023-yili 50 mingdan ortiq abituriyentga BEPUL yordam ko‘rsatgan bu dastur 2024-yilgi bitiruvchilarga ham BEPUL yordam berishga tayyor!

Buning uchun:

1️⃣  MenTalaba.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tasiz;

2️⃣   Shaxsiy profilni to‘ldirasiz;

3️⃣   Tahsil olmoqchi bo‘lgan oliygohlarga ariza topshirasiz.

👉 MenTalaba.uz platformasidan hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va muddatidan avval o‘nlab oliygohlar talabasi bo‘ling!

Mentalaba.uz | Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchiq qolmoqda.

Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi 66 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan vaqtinchalik uzilgan.

Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korzinka aksiyasida ishtirok etib, Lixiang L7 krossoveri egasiga aylaning!

Aksiyada qatnashish uchun O‘zbekistonda chiqarilgan Visa kartasidan foydalanib, to‘lov qilishingiz kerak.

Aksiyada faqat Visa kartalari egalari ishtirok eta oladi va buning uchun Visa kartasi bilan 200 000 so‘mlik xarid qilish kifoya. Karta bilan to‘lovni siz uchun qulay usulda — do‘konda yoki Korzinka mobil ilovasida qilishingiz mumkin.

Shuningdek, mini-oʻyin doirasida mahsulotlar uchun mobil ilova orqali to‘lov qilayotganlar va unda ishtirok etayotganlar orasida har kuni Korzinka’da 20 000, 30 000 va 50 000 soʻmlik sertifikatlar ham o‘ynaladi. Xaridlar qancha ko‘p bo‘lsa, g‘olib bo‘lish imkoniyati ham shuncha ko‘p bo‘ladi!

❗️Aksiya 23-iyungacha davom etadi!

Batafsil maʼlumot Korzinka
saytida.

App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent shahrining 17 ta ko‘chasi va 32 ta chorrahalarida ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi.

Ishlar asosan tungi vaqtda may oyidan sentyabr oyigacha maktablar va oliy o‘quv yurtlaridagi ta’til kunlari amalga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Profi University”da talabalarga yillik 6 million soʻmgacha stipendiya beriladi.

Stipendiya kimlarga beriladi?

“Profi” stipendiyasi kirish imtihonlarida va semestr yakunlaridagi sessiya imtihonlarida yuqori natijani qayd etgan iqtidorli talabalarga taqdim etiladi.

Bundan asosiy maqsad — iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash va talabalarning ilm olishga nisbatan motivatsiyasini oshirishdan iboratdir.

“Profi”dagi barchasi Siz va yaxshiroq bilim olishingiz uchundir.

📌 Darvoqe, “Profi University”da qabul davom etmoqda!

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

📍 Roʻyxatdan oʻtish: profiuniversity.uz
☎️ Batafsil maʼlumot: 78-777-11-11

@profiuniversity
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 21 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Gabriel Garsia Markes. Ulkan qanotli mo'ysafid (hikoya)

Izoh: Kolumbiyalik yozuvchi va Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia Markes ushbu hikoyani “bolalar uchun ertak” deya atagan bo‘lsa-da, biroq undagi chuqur ramziy ma’nolar uni kattalarga mo‘ljallanganini anglatadi. Hikoya qahramoni odamlarning farishtalar borasidagi tasavvuriga mos kelmagani uchun qabul qilinmaydi. Unga nisbatan shafqatsiz va qo‘pol munosabatda bo‘linadi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
xushnudbek/gabriel-garsiya-markes-ulkan-qanotli-moysafid" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/gabriel-garsiya-markes-ulkan-qanotli-moysafid

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/1XDsBZlx0pY

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlaridan ma’ruza:

Ozorga aylangan yaxshilik


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uch soha bo‘yicha tadbirkorlardan tashkil topgan ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq elektrotexnika mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatish belgilangandi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan yig‘ilish bayonotiga ko‘ra, to‘qimachilik, elektrotexnika va charm-poyabzal sohasi bo‘yicha eksportyor tadbirkorlardan tashkil topgan ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlangan.

Ishchi guruhlar tarkibida Savdo-sanoat palatasi raisidan yirik korxonalar rahbarlarigacha mavjud. Palata raisi Davron Vaxabov mazkur guruhlarga rahbar etib tayinlangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

ASIA ALLIANCE BANK’dan yuridik shaxslar uchun yangi imkoniyatlar!

🗓 1-maydan boshlab biznes uchun yangi “Optimal” tarifi ishga tushganini maʼlum qilamiz.

Unda quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

✅ hisobingizga boshqa banklar orqali tashqi toʻlovlar uchun 0% komissiya;

✅ tashqi debet aylanmasi uchun atigi 0,1%;

✅ maksimal qulaylik uchun bepul asosiy korporativ kartani chiqarish, terminallarni ijaraga olish, masofaviy bank va SMS-banking xizmatlari;

✅ bank tizimida pulni hamyonbop naqdlash — bankning barcha so‘m kartalaridan atigi 0,6%;

Biznesingizni boshqarish jarayonini yaxshilash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Batafsil ma'lumot uchun telefon:
📞 1270

Telegram

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rehina Mariya Kastijio UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlandi.

U bunga qadar UNICEFning Xorvatiya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari va UNICEFning Paragvaydagi vakolatxonasi rahbari lavozimlarida ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

➖ Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
➖ Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
➖ Dorilarning sanoat texnologiyasi;
➖ Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
➖ Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📌 Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari kabi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun maxsus taklif

Ijtimoiy himoya milliy agentligi muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash maqsadida Uzum Market bilan hamkorlikda yangi tizim ishga tushirdi.

Bu turdagi mahsulotlarni UZUM Market’ga joylashtirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga maxsus imtiyozlar beriladi. Bu ham daromad, ham ezgu maqsaddagi tijorat.

Tadbirkorlar buning uchun my.ihma.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

UBS’da 2024/2025-oʻquv yili uchun qabul boshlanmoqda

Sifatli ta’lim olish, yuqori darajadagi imkoniyatlardan foydalanib o‘qish va jamiyatda o‘z o‘rniga ega, mohir kadr bo‘lish uchun oliy ta’lim dargohini to‘g‘ri tanlay olish kerak!

“University of Business and Science”da 20 ta bakalavriat yoʻnalishi, 3 ta magistratura mutaxassisligi va 5 ta doktorantura ixtisosligi boʻyicha sifatli ta’lim berib kelinmoqda.

2024/2025-yilgi qabul jarayonlari 1-iyundan boshlanadi. Kirish imtihonlari oldidan UBS diagnostika testlari bilan o‘z bilimingizni sinab ko‘ring: qabul.ubsu.uz

UBSQabul 2024/2025” haqida batafsil bilish uchun murojaat qoldiring:

🌐 ubsu.uz veb-sayti

☎️ +998781132626, +998907894242

UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

📄
Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y)

Telegram:
@ubsuzbekistan
Web-sayt:
https://ubsu.uz/

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga ogohnoma yuboribdi

Yodingizda bo‘lsa, 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli boshlangani, lekin ushbu jarayonda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi talabgorlardan Prezident farmonlari bilan taqiqlangan hujjatlarni so‘rayotgani haqida yozgan edim.

Bugun Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi va mazkur holat qonunchilikka zidligi, shu sababli Qo‘mitaga ogohnoma yuborilganini ma’lum qildi.

❓Qo‘mita nima uchun qonunchilikka zid ravishda bunday hujjatlarni so‘rayapti?

Masalaning ichiga biroz chuqurroq kirsangiz, qiziq holatga duch kelasiz.

Tavsiyanomalar berish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu qarorda talabgor xotin-qizlardan hech qanday hujjat so‘rash nazarda tutilmagan. Aksincha, Hukumat qarorida aniq va tiniq qilib, talabgorlarning ma’lumotlari «Elektron hukumat» tizimidan tekshirilishi yozib qo‘yilgan.

Ammo mana shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 2-ilovasida talabgorlar topshiradigan ariza namunasi keltirilgan. Ariza namunasida esa "Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:" deya 3 ta hujjat ro‘yxati sanab o‘tilgan.

Katta ehtimol bilan, Qo‘mita aynan arizadagi mana shu gapdan kelib chiqib, 3 yildan buyon xotin-qizlardan ortiqcha hujjat so‘rayapti. Bizning byurokratlarga maydagina asos bo‘lsa, yetadi. Bir emas, ikkita Prezident farmonidan ko’ra, Hukumat qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning ilovasidagi bittagina jumla ustunlik qilaveradi.

Menda yana boshqa savol ham bor. Qanday qilib, 2022-yilda imzolangan Hukumat qarorida Prezident farmoniga zid yozuvlar ketib qolgan? Hech kim "hoy, baraka topgurlar, qarorda hech qanaqa hujjat topshirish talab etilmayapti, nega ariza namunasida bunaqa gap bo‘lishi kerak" degan savolni bermaganmi? Adliya vazirligi hujjatni ekspertizadan o‘tkazmaganmi?

Va asosiy savol: xo‘p, endi xotin-qizlardan noqonuniy hujjatlar talab qilish davom etaveradimi yoki bu to‘xtaydimi?


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel