xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

❗️Soxta videolardan ehtiyot bo’ling

Senat raisi Tanzila Narbayevaning erta nikohning oldini olish haqidagi bir intervyusini sun’iy intellekt orqali o’zgartirishibdi.

O’zbek tilida aytilgan gaplarni ruschaga o’girishib, “Rossiyaning Ukrainaga qarshi maxsus harbiy operatsiyalarida ishtirok etish qonuniy” degan mazmundagi yolg’on videoni tayyorlashgan hamda atayin tarqatishgan.

Albatta, bu iflos propagandaning ishiga o’xshaydi. Rossiyadagi hamyurtlarimizning ongiga shu video va boshqa shu kabi materiallar orqali ta’sir o’tkazishni maqsad qilishgan.

Iltimos, vatandoshlar, bunaqa yolg’onlarga aldanib qolmang, urushga bormang, o’zga davlatning har qanday harbiy harakatlarida ishtirok etmang.

‼️ Eslatib o’taman, O’zbekiston fuqarolari o’zga davlat armiyasiga yollanishi jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.

➖ Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, yollanish, ya’ni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

➖ Jinoyat kodeksining 154−1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha (112,5 mln so‘m) miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, xizmatga yollanishi esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Osiyo texnologiyalar universitetida taʼlim sifatli va hamyonbop!

📌 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt narxlari 6 500 000 so‘mdan boshlanadi!

OTUda:

IT sohasidagi real loyihalarda tajriba orttirgan ustozlar;
Maxsus til sertifikatiga ega talabgorlar uchun 50% dan 100% gacha grantlar;
Magistratura yo‘nalishlariga til sertifikatisiz qabul;
Xorijiy professor oʻqituvchilardan ta’lim olish imkoni mavjud.

Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.asianuniversity.uz

Batafsil ma’lumot:
📞 +998554041166
📱 @otu_chatbot | @otu_info

📄 Litsenziya (№345950, 19.10.22-y)

Telegram | Instagram | asianuniversity_edu?sub_confirmation=1">YouTube | LinkedIn | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xavfsizlik xizmati:

Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi o‘zining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

Natijada, katta tergovchi 2025-yilning 16-28-may oralig‘ida 1 ming dollar, 10 mln so‘m, qiymati 1 ming dollarga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Ammo, fuqaro o‘ziga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168 moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgach, tergovchidan muqaddam berilgan pul mablag‘lari va ashyolarni qaytarib berishini talab qilgan.

Shundan so‘ng, tergovchi 1 ming dollar, seyf va ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔥Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2025-2026 o‘quv yiliga qabul boshlandi!

Universitet hayoti sizni kutmoqda!
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bilim, innovatsiya va yorqin kelajak sari birga intilamiz!

🔹Universitet bugungi kunda ta’lim sifati, ilmiy yondashuvi va zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turuvchi, innovatsion rivojlanishga intilayotgan yetakchi oliygohlardan biridir.

📌 Sizni bu yerda quyidagi afzalliklar kutmoqda:

👨‍🎓40 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari – bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar;
👨‍🎓 5 ta magistratura mutaxassisligi –yuqori bosqichda tahsil va ilmiy izlanish uchun imkoniyat;
💠Tajribali professor-o‘qituvchilar – 200 nafarlardan ortiq oliy toifali ustozlar, jumladan, fan doktorlari va nafar fan nomzodlari;
🌎Xalqaro hamkorlik – 26 ta xorijiy OTMlar bilan Erasmus+ loyihalari orqali talabalar almashinuvlari;
📊Innovatsion darslar – raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt yordamida zamonaviy ta’lim tizimlari;
🔥Yangi zamonaviy bino – qulay va keng majmua: auditoriyalar, laboratoriyalar, oshxona, sport maydonlari va yana ko‘plab sharoitlar!


Onlayn hujjat topshirish uchun:
1. ipu.educon.uz saytiga kiring;
2.
Ro‘yxatdan o‘ting;
3.
Oʻz yo‘nalishingizni tanlang;
4.
Arizani to‘ldirib, yuboring.

Aloqa markazi:
+998752306060 (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Instagram | Web-sahifa | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

IELTS imtihonining javoblari kechikayotgani sababli hujjat qabul qilish muddati uzaytirilishi mumkinmi?
#abituriyent

Javob: Yo‘q, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, qabul 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Turli tashqi imtihonlarning natijalari ayrim sabablar tufayli kechikayotgani uchun muddatni uzaytirish nazarda tutilmagan. Shuning uchun, joriy yilda qabul muddatini uzaytirish rejalashtirilmayapti.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Rishtondagi Ibn Sino Education xususiy maktabiga qabul davom etmoqda

30-iyun
qabul kuni, darslar esa 1-iyuldan boshlanadi. O‘quvchilar 7–11-sinflarga qabul qilinadi.

Maktabda shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar o‘zbek va rus tillarida o‘qitiladi: 🔹 Biologiya; 🔹 Kimyo; 🔹 Ona tili;🔹 Tarix; 🔹 Matematika.

📌 Haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.

📄 Litsenziya (№ 0275, 30.08.2021-y)

📞Hoziroq bogʻlaning:
+998944443366 +998916590793 +998948553366 | @IBN_SINO_3366

📍Manzil

Telegram | Instagram | YouTube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏪 Yanvar-may oylarida O‘zbekistondagi yirik 7 ta savdo tarmog‘ida tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshgan

🧮 Xaridlar boʻyicha oʻrtacha chek miqdori 77,8 ming soʻmni tashkil etgan. Umumiy hisobda 12,5 ming turdagi tovarlar sotilgan.

📈 Mazkur davr mobaynida umumiy xaridorlar soni 1,9 mln nafarni tashkil etgan bo‘lib, shundan 24,7 ming nafari kuniga ikki va undan ortiq marotaba xaridlarni amalga oshirgan.

👨‍💼👩‍💼 Yirik chakana savdo tarmoqlarida jami 22,7 ming nafar fuqaro ish bilan band.

💰Ularda mehnat qilayotgan xodimlarning o‘rtacha ish haqi miqdori esa quyidagicha:

🔹Korzinka — 6,5 mln so‘m (13,1 ming xodim);
🔹Havas — 4,4 mln so‘m (3,4 ming xodim);
🔹Makro — 5 mln so‘m (2 mingdan ortiq xodim);
🔹Olma — 4,3 mln so‘m (2,1 ming xodim);
🔹Baraka — 5,3 mln so‘m (794 nafar xodim);
🔹Magnum — 5,1 mln so‘m (851 nafar xodim);
🔹bi1 — 3,8 mln so‘m (521 nafar xodim).

Joriy yilning 5 oyi davomida Soliq mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklar asosida qaytarilgan keshbek summasi qariyb 38,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️12 kun davom etgan urushdan so‘ng Eron, Isroil va AQSH urush to‘xtatilishi va otashkesim e’lon qilinishini ma’lum qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇲🇳Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 1 kun qoldi
#abituriyent

Bugun, 24-iyun soat 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 607 ming 586 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 O‘zbek tili  — 533 514 nafar;
🔹 Rus tili  — 60 374 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili  — 12 048 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 650 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 281 330 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 326 256 nafar

❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 23-iyun soat 18:00 holatiga 650 ming 715 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq.

O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident farmoni bilan quyidagilar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi:

Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov — Prezident Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;

Utkirjon G‘ayratovich Kodirov — Prezident Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan;

Jaxongir Jovaxirlayevich Ibragimov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilindi.

Prezident farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏓 Toshkentda stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

26-iyundan 2-iyulga qadar o‘tkaziladigan turnirda dunyo reytingida yuqori o‘rinda turuvchi U15 va U19 toifalaridagi sportchilar 7 ta kategoriyada o‘zaro bellashadi. Shu bilan birga, 🇺🇿 o‘zbekistonlik stol tennisi ustalari ham bahslarga kirishadi.

Ma'lumot uchun, ushbu xalqaro turnirga O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilmoqda.

Barchangizni “Humo arena”ga taklif qilamiz – sportchilarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik. G‘alaba sari birga intilamiz!

💻website 🖥instagram
📲telegram 📹stoltennisuz">youtube
💻facebook 🖥 x.com

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident maktablariga joriy yilda salkam 50 ming nafar o‘quvchi hujjat topshiribdi.

1-iyundan 20-iyun kuniga qadar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga arizalar qabul qilindi. Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi jadvalda tanishishingiz mumkin.

❗️Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli 25-iyun soat 23:59ga qadar davom etadi.

🔁 Shuningdek, Prezident maktablarining 7–10-sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda. Arizalarni my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali yuborish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Bu kabi savollar o’tgan yili ham ko’p berilgandi, joriy yilda ham takrorlanyapti.

UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida o’tgan yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Bu masalani o’tgan yili ham ko’targandim.

Balki agentlik fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilgan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

O’tgan yili shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, deb yaxshi gumonda bo’lgandik, lekin joriy yilda ham hech narsa o’zgarmagan. Agentlikda bir yil davomida qulayroq va tushunarliroq algoritm o’ylab topishga vaqt bor edi.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/26738


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️ESLATMA
#abituriyent

Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin.

❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG!

To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi.

Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️BUGUN QABULNING OXIRGI KUNI!
#abituriyent

Bugun, 25-iyun soat 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 676 ming 149 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 O‘zbek tili  — 594 046 nafar;
🔹 Rus tili  — 66 745 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili  — 13 560 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 798 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 317 278 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 358 871 nafar

❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 24-iyun soat 18:00 holatiga 742 ming 479 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq va 800 mingga yetmasa kerak.

O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

7-iyun sanasida qog'ozdagi IELTS imtihonini topshirgan nomzodlarning natijalari e'lon qilinibdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ⓜ️ Profilaktika ishlari munosabati bilan yana 7 ta metro bekati vaqtincha yopiladi

28-iyundan boshlab, Toshkent metropolitenining “Yangiobod” (6-bekat) va “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

🚌 Profilaktika ishlari mobaynida “Qipchoq” va “Yangiobod” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi.

⏰ Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar etib belgilangan.

❗️Ma'lumot uchun, 8-iyundan boshlab “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari oralig‘ida ham poyezdlar harakati to‘xtatilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan 🇮🇷Eron va 🇹🇷Turkiya yo‘nalishida yuk tashish (transport) bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun maxsus shtab tashkil etildi.

Tadbirkorlar bunday muammolarga duch kelganda, maxsus shtabga murojaat qilishlari mumkin:

☎️ Call-markaz: 1094
📞 Telefon: +998909610904
💬Telegram: @TashmatovB


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi. Davlatimiz rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🟢Rahimov School yangi oʻqituvchilar jamoasini shakllantirmoqda!
“Rahimov School”ning yangi ochilayotgan “Ibn Sino”, shuningdek, “Lokomotiv” va Farg‘ona filiallariga quyidagi yo‘nalishlarda ustozlar kerak:

Ibn Sino”:

• Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari
• Boshlang‘ich sinf (o‘zbek/rus)(10 nafar)
• Matematika (5), ingliz tili (10), ona tili va adabiyot
• Arab tili (4), xitoy tili, rus tili
• Fizika, kimyo, biologiya
• Informatika, tarix, huquq
• Jismoniy tarbiya
• Kuratorlar/tarbiyachilar (10 nafar)


Lokomotiv”:
• Psixolog
• Ona tili
• Matematika (8 nafar)
• Ingliz tili (6 nafar)
• Arab tili (3), xitoy tili, rus tili (2), o‘zbek tili
• Informatika (2), tarix (2)
• Jismoniy tarbiya
• Boshlang‘ich sinf
• Kuratorlar (8 nafar)


Farg‘ona:
• Ona tili (2 nafar)
• Matematika (2 nafar)
• Ingliz tili (4 nafar)
• Xitoy tili (1 nafar)
• Boshlang‘ich sinf (6 nafar)


🟢 Nomzodlarga ustunlik beradi:
• Kamida 3 yillik tajriba
• Soʻnggi 1-2 yil ichida malaka oshirgan bo‘lishi (kurs, attestatsiya, trening)
• Yutuqlarga ega bo‘lishi (olimpiada, sertifikat, loyiha, metodik ish va h.k.)

🟢 Ishga kirish uchun
— Ish sharoitlari yuqoridagi videoda
— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali filialni tanlab qoldiring
— Rahimov Schoolga ishga kirish bosqichlari bilan tanishing - link

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

♟Uzchess Cup 2025 superturnirida 5 ta tur ortda qoldi. Kechagi bahslarda Nodirbek Abdusattorov Aravind Chithambaram ustidan g'alaba qozonib, yakka peshqadam bo'lib oldi. Javohir Sindarov ham Richard Rapport ustidan chiroyli g'alabaga erishdi va pozitsiyasini yaxshilab oldi.

5-tur natijalari va turnir jadvali yuqoridagi suratlarda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Renessans ta’lim universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

RTU sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

🔹 30 dan ortiq yo‘nalishlardan birini tanlash;
🔹 Davlat standartidagi diplom;
🔹 Grant asosida o‘qish va nomli stipendiyalarga ega bo‘lish;
🔹 Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish;
🔹 10 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati;
🔹 Kontrakt summasidan 25% chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
🔹 Xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;
🔹 O‘quv yili yakunida fanlarni a’lo baholarga o‘qib, qo‘shimcha “Iqtidorli talabalar granti”ni qo‘lga kiritish imkoniyati.

Ariza topshirish: 👉 www.renessans-edu.uz

Tanlov sizda – imkoniyat esa Renessans’da!

📄 Litsenziya (№ 331657, 18.11.2022)

📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin

📍 Manzil: Toshkent, Charxnovza 17

Telegram | Instagram | Veb-sayt
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

Ushbu lavozimda u innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, so‘z erkinligini ta’minlash va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash sohalarida ekspertlik yordamini ko‘rsatadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezidentning tegishli farmonlari bilan:

Bekzot Mardonovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyruqlari bilan 4 ta tashkilotda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshliqlari tayinlandi. Bular:

Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li — Sog‘liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i;

Abdug‘aniyev Oybek Alisherovich — Suv xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i;

Boyto‘rayev Farhod Mamadkarimovich — “O‘zsuvta’minot” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i;

Davlanov Alisher Yusubovich — “O‘zbekneftgaz” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i.

Tayinlovlar Prezidentning 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent 

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?

❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

❓Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?

Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

😊😊😊😊😊😊😊

🎓 Barcha DTM imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda siz allaqachon talabasiz. Mazami?

Kimdir test yechmoqda, kimdir kontrakt narxlarini chamalamoqda...
Siz esa shunchaki telefonda “🎉 Qabul qilindingiz!” degan xabarni ochyapsiz.

Bu qanday bo‘ldi, deysizmi? Bu — Mentalaba.uz orqali! Faqatgina 1 ta profil — 10 dan ortiq universitet — bir zumda hujjat topshirish!

👉 Hoziroq hujjat topshiring va talaba bo'ling

🚀 Mentalaba.uz – bu sizni orzuga emas, talabalikka yetaklaydigan yo‘l.

Telegram bot | Telegram kanal | Instagram | Reklama

Читать полностью…
Subscribe to a channel