xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

🚍 Qo‘shrabot tumanidagi 20 ta maktabga avtobuslar taqdim etildi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning ma'lum qilishicha, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining olis hududlaridagi 20 ta maktabga 17 ta maktab avtobusi topshirilgan.

Endi ularda tahsil oluvchi 750 dan ziyod o‘quvchi maktabga avtobusda qatnaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bugundan maktablarda 1-sinfga qabul boshlandi

Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

⬇️ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1⃣-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha);

2⃣-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust).

📲 Yuqoridagi ro’yxatda nomi keltirilgan 64 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Ota-onalar bugundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

📝 Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat qilib boriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Uzchess Cup 2025” musobaqasining 1-turi natijalari

O’zbekistonda shaxmat bo’yicha navbatdagi super turnir bo’lib o’tmoqda. Musobaqaning “Masters” guruhida 🇷🇺Yan Nepomnyashiy, 🇮🇳Arjun Erigaysi, 🇮🇳Pragnanandha Rameshbabu, 🇭🇺Richard Rapport, 🇮🇷Parham Maqsudlu, 🇮🇳Arivand Chithambaram kabi dunyo shaxmat yulduzlari bilan bir qatorda hamyurtlarimiz 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov, 🇺🇿Javohir Sindarov, 🇺🇿Shamsiddin Vohidov hamda 🇺🇿Nodirbek Yakubboyev ishtirok etmoqda.

“Challengers” guruhida ham bu yil 🇺🇦Vasiliy Ivanchuk, 🇦🇿Nijat Abbasov kabi ancha mashhur nomlarni uchratish mumkin.

1-turda qayd etilgan natijalar orasida Javohir Sindarovning Yan Nepomnyashiy ustidan g’alabasini alohida e’tirof etish kerak.

Qolgan natijalar yuqoridagi suratda keltirilgan. Turnir 27-iyungacha davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🧑‍🎓 Oriental universitetining Toshkent va Samarqand shahri kampuslarida qabul davom etmoqda!

⚡️ Talabalariga doimiy grant va stipendiyalar ajratuvchi Oriental universitetida hujjat topshirish uchun kirish imtihonlariga qabul davom etmoqda.

👉 Oriental universitetda siz:

1️⃣ Bakalavr va magistratura uchun 50 ga yaqin top yoʻnalishlarda tahsil olasiz:

Bakalavriat:

▫️Iqtisodiyot;
▫️Menejment;
▫️Buxgalteriya;
▫️Logistika;
▫️Dasturiy va kompyuter injiniring;
▫️Pedagogika;
▫️Psixologiya;
▫️Boshlangʻich ta’lim;
▫️Logopediya;
▫️Oʻzbek tili va adabiyoti;
▫️Tarix;
▫️Turizm;
▫️Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek, arab, ingliz, koreys, turk, xitoy);
▫️Jismoniy madaniyat.


Magistratura:
▫️
Moliya;
▫️Iqtisodiyot;
▫️Menejment;
▫️Lingvistika (arab, ingliz);
▫️Dasturiy va kompyuter injiniring;
▫️Psixologiya;
▫️Tarix;
▫️Pedagogika;
▫️Sport faoliyati.


2️⃣ Turkiya va Malayziyada grant asosida oʻqish va amaliyot oʻtash imkoniyati;

3️⃣ Muvaffaqiyatli karyera qurish uchun zaruriy bilim-koʻnikmalar hamda ekspertlar tomonidan amaliy darslar;

4️⃣ Qulay kontrakt narxlari asosida kunduzgi yoki kechki ta’lim.

📍 Universitet filiallari:
• Toshkent shahri;
• Samarqand shahri.

📄 Litsenziya (№ 722051, 25.05.2021-y.)

🔗 Hoziroq roʻyxatdan oʻtib hujjat topshiring: https://bit.ly/4iqyXZQ

📞 Murojaat uchun: (78)113-76-86

Telegram | Instagram | Facebook

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent xalqaro aeroportidan uchadigan barcha charter reyslar "Toshkent-Sharqiy" aeroportiga ko‘chiriladi

Bu haqda Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulov ma'lum qildi.

Yangi aeroport noqulay ob-havo sharoitida ham samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Aeroport yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishini kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyaning tajribali shifokorlari tomonidan bepul konsultatsiya

20-21-iyun kunlari Toshkent shahrida MedSilk Expo 2025 tibbiyot turizmi forumi boʻlib oʻtadi.

🇺🇿🇹🇷 Shu munosabat bilan barcha doktor va professorlarni, turizm va tibbiyot turizmi agentliklarini, tibbiyot universtetlari bitiruvchilarini, shuningdek forum davomida tajribali shifokorlar tomonidan oʻtkaziladigan bepul konsultatsiyada ishtirok etishni xohlaganlarni ushbu forumga taklif etamiz.

Online roʻyxatdan oʻtish uchun havola

⏰ 20-21-iyun, 11:00-18:00

🏛 41.3177287,69.2800067,346m/data=!3m1!1e3!4m9!3m8!1s0x38ae8b520dbbc613:0x79f2d03d0917abe6!5m2!4m1!1i2!8m2!3d41.3174171!4d69.2800445!16s%2Fg%2F1yg580q7j?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDQwMi4xIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Wyndham Tashkent Hotel

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Oliy ta’lim orzusi bor, lekin unga vaqt qani?

Biznes, shaxsiy rejalar va kundalik tashvishlar orzularni kechiktirib qo‘yishi mumkin.

Lekin ilmdan voz kechishga hojat yo‘q!

Axir ISFTda masofaviy taʼlim olish — uydan chiqmay, hayot tarzini o‘zgartirmay, jarayon ichida o‘qish imkoniyati.

Masofaviy ta’lim shakli yo‘nalishlari:
1. Moliya sohasida boshqaruv
2. Buxgalteriya hisobi va moliya
3. Biznes va menejment
4. Xalqaro munosabatlar
5. Psixologiya
6. Bank ishi va audit
7. Iqtisodiyot
8. Marketing
9. Axborot tizimlari va texnologiyalari
10. Menejment

✅️ Kontrakt narxlari 9 375 000 so‘mdan boshlanadi.


Hujjatlarni onlayn topshirish uchun qabul ochiq.

Oliy maʼlumotli bo‘lish orzusi armon bo‘lib qolmasin — uni ISFT bilan bugunoq amalga oshiring!

📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.)

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Rejaga ko‘ra, avvalo, aeroportda 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi.

Hozirgi kunda yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun 2 ta terminal, perron va angarlar barpo etilmoqda.

Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni ta’minlovchi ICAO III-A toifasidagi ilg‘or radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.

Yopiq angarlarda samolyotlar soz va xavfsiz saqlanishi uchun zamonaviy sharoitlar ta’minlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Parkent tumaniga tashrif buyurib, turizm, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.

Davlatimiz rahbari "Toshkent-Sharqiy" aeroportidagi qurilishning borishini ham ko‘zdan kechiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xavfsizlik xizmati:

Toshkentda 76 yoshli fuqaro va uning o‘g‘lining Olmazor tumanidagi yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, xonadon yerto‘lasida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi “Trenaksa”, “Sumamigren”, “Femileks” kabi jami 72 nomdagi 3 ming 615 quti dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ota-bolalar mamlakatimizga noqonuniy olib kelingan bunday dori vositalarini muntazam ravishda vodiy viloyatlaridan arzon narxda xarid qilib, poytaxtdagi mijozlarga sotish bilan shug‘ullangan.

***

➖ Yana bir holatda Toshkentdagi dorixonalardan birida sotish uchun saqlab kelinayotgan, shubha uyg‘otuvchi 456 turdagi 57 ming 407 dona dori vositalari, 18 turdagi 835 dona dori vositalarining yasama bo‘sh qutilari hamda 1 dona dori tayyorlash moslamasi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, dori vositalarning umumiy qiymati 3,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Qasim-Jo‘mart To‘qayev bugungi sammitda Shavkat Mirziyoyevni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida Ostona deklaratsiyasi hamda Abadiy yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Shuningdek, kambag‘allikka qarshi, cho‘llanishga qarshi kurashish, ta’lim sohasidagi hamkorlik markazlari hamda to‘siqsiz savdo bo‘yicha hamkorlik platformasi ishga tushirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️18-iyundan boshlab "Farg‘ona" chegara bojxona posti hamda Shohimardon qishlog‘iga o‘tishdagi "Oq qiya" bojxona punkti va "So‘x" chegara bojxona postining "Chashma" bojxona punkti 24/7 rejimiga o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇺🇦O‘zbekiston ukrainalik bolalarga 2 mingta o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

O‘quv qurollari to‘plamlari ukrainalik 1-sinf o‘quvchilariga taqdim etilgan.

“Saxovatli gumanitar yuk – bo‘lajak maktab o‘quvchilarimiz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladigan 2 mingta birinchi sinf o‘quvchisi to‘plami uchun alohida tashakkur.

Bunday yordam Ukraina uchun bebaho bo‘lib, qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bolalarga umid va tabassumlar hadya etadi. Biz sizning insonparvarligingiz va ochiqligingizni chuqur qadrlaymiz! Birgalikda biz mustahkam kelajak quramiz”, – deyiladi Ukraina elchixonasi xabarida.


Avvalroq, shuningdek, Ukrainaning jangovar harakatlar bo‘lib o‘tgan shaharlaridan 97 nafar bola dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Ushbu dastur asosida 12 kun davomida ularning ruhiy holatini tiklash, jangovar harakatlardan chalg‘itish va tinch muhitda hordiq chiqarishlari maqsad qilingandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 5 kun qoldi

Bugun, 20-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 385 ming 909 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 o‘zbek tili  — 338 ming 869 nafar;
🔹 rus tili  — 38 ming 844 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili  — 7 ming 66 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 130 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ o‘g‘il bolalar — 174 ming 532 nafar
🙋🏻‍♀️ qizlar — 211 ming 377 nafar


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🤩 UBS-tibbiyot: ko‘p qirrali tizim

Shifokorlik bitta yo‘nalishdan iborat emas.

Bu sohada diagnostika, terapiya, bolalar bilan ishlash, farmatsiya, stomatologiya kabi yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, har biri chuqur bilim, mas’uliyat va tayyorgarlikni talab qiladi.


Videoni tomosha qiling va aynan UBSdagi tibbiy yo‘nalishlar, ularning imkoniyatlari va afzalliklari haqida batafsil bilib oling.

UBSda tibbiyotdan tashqari 40 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari va 14 ta magistratura mutaxassisligida grant yoki kontrakt asosida ta’lim olish mumkin.

Shuningdek, Janubiy Koreya universitetlari bilan qo‘shma ta’lim hamda amaliyot dasturlari ham mavjud.

❗️Shoshiling, hujjatlar qabuli allaqachon boshlangan!

🌐 qabul.ubsu.uz
☎️  +998781132626, +998555202626
🗒 Litsenziya (№ 733430, 05.10.2022-y.)

Sen talaba boʻla olasan!

🌐 Universitet haqidagi ko‘rsatuv

Telegram | Instagram |Facebook | ubsuzbekistan">YouTube | Linkedin
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

TDYU huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish nizomi tasdiqlandi
#abituriyent

Mazkur nizom 2023/2024 va 2024/2025 o‘quv yillarida TDYU huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, belgilangan o‘rinlar soniga mos ravishda to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilar 20-iyunga qadar oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish uchun tavsiya qilishni so‘rab maxsus komissiyaga ariza beradi.

📋 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

➖ bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
➖ bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.

✅ Abituriyentlar quyidagi mezonlar asosida suhbatdan o‘tkaziladi:

🔹 akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi;
🔹 yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi);
🔹 nutq madaniyatining shakllanganligi, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi;
🔹 umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati.

Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga kirish huquqi dastlabki 2 yil uchun amal qiladi.

❌ Ushbu Nizom quyidagi oliygohlarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

— Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi;
— Huquqni muhofaza qilish akademiyasi;
— Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi;
— Bojxona instituti;
— Jamoat xavfsizligi universiteti;
— Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy ta’lim tashkilotlariga;
— O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘ tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.

18 gektar maydonni egallagan massivda 54 ta besh qavatli uylar qurilib, 1 ming 400 ta xonadon aholiga taqdim etiladi.

Sayilgohlar, bolalar bog‘chasi, sport maydonlari, sog‘lomlashtirish maskanlari hamda servis nuqtalari yagona konsepsiya asosida barpo qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 6 kun qoldi

Bugun, 19-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 319 ming 781 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 o‘zbek tili  — 280 ming 756 nafar;
🔹 rus tili  — 32 ming 435 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili  — 5 ming 637 nafar;
🔹 boshqa tillar — 953 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ o‘g‘il bolalar — 145 ming 366 nafar
🙋🏻‍♀️ qizlar — 174 ming 415 nafar


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev "Afrosiyob" poyezdida Qarshi shahridan Shahrisabzga bordi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev bugun Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbarining kecha Toshkent viloyatining Parkent tumaniga qilgan tashrifi haqida ayrim ma’lumolar:

➖ Dastlabki manzil “Parkentsoy” turar joy massivi bo‘ldi. Umumiy maydoni 6 gektar, unda jami 5 ming 200 xonadonli 125 ta ko‘p qavatli turar joy quriladi;

“Baytqo‘rg‘on – Parkent” elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi jadal ketmoqda. Kuniga 275 ming nafargacha yo‘lovchi tashish rejalashtirilayotgan qariyb 24 kilometrlik bu yo‘l foydalanishga topshirilgach, Parkentdan poytaxtimizga borish uchun katta qulaylik yaratiladi;

Kumushkon mahallasida 80 dan ortiq xonadonda mehmonxona tashkil etilgan. Ularda yiliga 172 ming nafar sayyohga xizmat ko‘rsatilmoqda;

➖ 3 gektar joyda qurilgan "Oltin bel" cho‘qqisidagi dam olish maskani va yangi loyihalar bilan tanishildi. Hududda turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar bo‘lgan 52 ta loyiha amalga oshiriladi.

➖ Parkent tog‘larida 🇦🇹Avstriya kompaniyasi tomonidan 1 ming 200 gektarda tog‘-chang‘i kurorti qurish rejalashtirilgan. Uning doirasida 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, chang‘i uchish va osma dor yo‘li, shalelar, piknik maydoni, restoranlar, sog‘lomlashtirish xizmatlari tashkil etiladi hamda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Bu kabi savollar o’tgan yili ham ko’p berilgandi, joriy yilda ham takrorlanyapti.

UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida o’tgan yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Bu masalani o’tgan yili ham ko’targandim.

Balki agentlik fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilgan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

O’tgan yili shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, deb yaxshi gumonda bo’lgandik, lekin joriy yilda ham hech narsa o’zgarmagan. Agentlikda bir yil davomida qulayroq va tushunarliroq algoritm o’ylab topishga vaqt bor edi.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
/channel/xushnudbek/26738


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda o‘tadigan stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionatiga sanoqli kunlar qoldi

26-iyun – 2-iyul kunlari Toshkent shahridagi “Humo Arena” sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Unda Osiyoning 22 davlatidan 400 nafardan ortiq yosh sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida mamlakatimizning 20 nafar vakillaridan tashqari, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Qozog‘iston, Eron kabi davlatlarning kuchli raketka ustalari bahs olib boradi.

Tomoshabinlar nafaqat hayajonli bahslardan zavqlanadi, balki jahon darajasidagi kichik raketka ustalarining o‘yiniga guvoh bo‘ladi.

“Humo Arena”ga tashrif buyuring va yosh stol tennisi ustalarini qo‘llab-quvvatlang!

Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qabul tugashiga 1 hafta qoldi

Roppa-rosa 1 haftadan so’ng qabul yakunlanadi.

Bugun, 18-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 255 ming 409 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹o‘zbek tili  — 224 ming 513 nafar;
🔹rus tili  — 25 ming 841 nafar;
🔹qoraqalpoq tili  — 4 ming 283 nafar;
🔹boshqa tillar — 772 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ o‘gil bolalar — 117 ming 940 nafar
🙋🏻‍♀️ qizlar — 137 ming 469 nafar


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🔥Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2025-2026 o‘quv yiliga qabul boshlandi!

Universitet hayoti sizni kutmoqda!
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bilim, innovatsiya va yorqin kelajak sari birga intilamiz!

🔹Universitet bugungi kunda ta’lim sifati, ilmiy yondashuvi va zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turuvchi, innovatsion rivojlanishga intilayotgan yetakchi oliygohlardan biridir.

📌 Sizni bu yerda quyidagi afzalliklar kutmoqda:

👨‍🎓40 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari – bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar;
👨‍🎓 5 ta magistratura mutaxassisligi –yuqori bosqichda tahsil va ilmiy izlanish uchun imkoniyat;
💠Tajribali professor-o‘qituvchilar – 200 nafarlardan ortiq oliy toifali ustozlar, jumladan, fan doktorlari va nafar fan nomzodlari;
🌎Xalqaro hamkorlik – 26 ta xorijiy OTMlar bilan Erasmus+ loyihalari orqali talabalar almashinuvlari;
📊Innovatsion darslar – raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt yordamida zamonaviy ta’lim tizimlari;
🔥Yangi zamonaviy bino – qulay va keng majmua: auditoriyalar, laboratoriyalar, oshxona, sport maydonlari va yana ko‘plab sharoitlar!


Onlayn hujjat topshirish uchun:
1. ipu.educon.uz saytiga kiring;
2.
Ro‘yxatdan o‘ting;
3.
Oʻz yo‘nalishingizni tanlang;
4.
Arizani to‘ldirib, yuboring.

Aloqa markazi:
+998752306060 (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Instagram | Web-sahifa | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo - Xitoy" sammitidagi nutqidan:

Nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qilish uchun kuch ishlatish vositalaridan foydalanish o‘zini oqlamaydi va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz.

Barcha nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qilish, xalqaro huquq me’yorlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi asosida faqat diplomatik sa’y-harakatlar yo‘li bilan – muzokaralar stolida hal etilishi shart.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

12 kun ichida atigi 200 ming abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

Ma’lum qilinishicha, 17-iyun kuni soat 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 200 953 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

O‘zbek tili — 176 ming 331 nafar;
Rus tili — 20 ming 823 nafar;
Qoraqalpoq tili — 3 ming 205 nafar;
Boshqa tillar — 594 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 95 ming 640 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 105 ming 313 nafar

Qabul 25-iyunga qadar davom etadi. Joriy yilda ham abituriyentlar soni kamayadi shekilli.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚀 G‘oyalar natijaga aylansin!

Innovatsion startap g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun navbatdagi imkoniyat: "President Tech Award" tanlovi yana qaytmoqda.

Tanlov texnologik rivojlanishga xizmat qiladigan, ijtimoiy yoki iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

🎯 Mukofot jamg‘armasi:

1-o‘rin — 100 000 USD
2-o‘rin — 50 000 USD
3-o‘rin — 30 000 USD

💎 Yo‘nalishlar:

- sun’iy intellekt texnologiyalari;
- ijtimoiy yo‘nalishlarda raqamli texnologiyalar;
- Micro-SaaS va AdTech sohasidagi texnologik yechimlar;
- kompyuter va mobil o‘yin dasturlar;
- tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
- maxsus yo‘nalish: Hakaton.

Maxsus yo‘nalish uchun alohida — 100 000 USD

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇨🇳O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.

Bu haqda ikki mamlakat rahbarlarining Ostonadagi muzokaralarida e'lon qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel