xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning IMC Krems AFU universitetlari o‘rtasidagi xalqaro qo‘shma ta’lim fakulteti uchun qabul boshlandi!

🇺🇿O‘zbekistonda yuqori reytingda turuvchi OTM talabasi bo‘ling.

🏢 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DIPLOMI
🏛 IMC Krems amaliy fanlar universiteti DIPLOMI
💳100%, 50%, 30% Grant o‘rinlari;
🇪🇺 “Student exchange” dasturi orqali Yevropada o’qish;
👨‍🏫 Xorijlik o‘qituvchilar;

Ta’lim yo‘nalishlari:
• Xalqaro biznes boshqaruvi
• Turizm va dam olish menejmenti.

📆 Hujjatlar 25-iyungacha qabul qilinadi!
(Hujjat topshirish va imtihonda ishtirok etish bepul)

✍️ Kirish imtihonlari 26-27-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

🔗 Hujjat topshirish uchun havola

Qabul bo‘limi:
📞+998943670440
📞+998943870440
📞+998943970440
🌐 www.imctashkent.uz

📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi 49.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda quvvati 160 megavatt bo‘lgan yangi podstansiya quriladi

Poytaxtning Chilonzor tumanida barpo etiladigan podstansiya hududdagi bo‘lajak loyihalar uchun qo‘shimcha quvvat berishi rejalashtirilgan. Buning natijasida, hozirgi tarmoqlarga yuklama tushmaydi.

Shuningdek, ushbu tumanda 20 ming metr/kub sig‘imga ega suv rezervuari qurilishi ko‘zda tutilgan. Bu orqali Shayxontoxur, Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti uzluksizligi ta’minlanadi. Kuniga qariyb 8 ming kilovatt/soat elektr tejaladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Renessans taʼlim universitetida qabul davom etmoqda

Zamonaviy bilim, real hayotga mos yo‘nalishlar, talabalar uchun qulay sharoitlar – bularning barchasi Renessans taʼlim universitetida mujassam.

📚 30 dan ortiq taʼlim yo‘nalishlari – bugungi mehnat bozori nima talab qilsa, bu yerda shunga mos taʼlim bor.

🕘 Kunduzgi va kechki taʼlim – vaqt jihatdan imkoningiz qanday bo‘lsa, universitet sizga moslashadi.

🎓 Stipendiya va grantlar – bilimli va intiluvchan yoshlar uchun eshiklar doimo ochiq.


Renessans ta’lim universiteti – imkoniyatlar maskani!

Ariza topshirish: 👉 www.renessans-edu.uz

📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin

📄 Litsenziya (№ 331657, 18.11.2022-y.)

📍 Manzil: Toshkent, Charxnovza 17

Telegram | Instagram | Veb-sayt
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda xalqaro ekologik ko‘rgazma oʻtkaziladi: Eco Expo Central Asia 2025’ga marhamat!

19–21-iyun kunlari “CAEx Uzbekistan” majmuasida ekologiyaga bag‘ishlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbirlardan biri — Eco Expo Central Asia 2025 bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada quyidagilar taqdim etiladi:
• ekologik toza texnologiyalar va innovatsiyalar;
• xalqaro startap va loyihalar;
• ekspertlar bilan ochiq muloqotlar, panel muhokamalari;
• biznes uchrashuvlari va tarmoq qurish imkoniyatlari.

📌 Tadbirga 25 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ishtirokchilar kelishi kutilmoqda.

Ushbu koʻrgazma Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Mehmonlar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Ishtirok etish bepul, ammo oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur: 👉 ecoexpo.uz

👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆O‘zbekistonda issiq sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklov o‘rnatiladi

Ma'lum qilinishicha, ayni kunlarda respublikamizda havo haroratining ko‘tarilishi natijasida yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlari qizib ketishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida shunday qarorga kelingan.

Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.

Shuningdek, bunday poyezdlar manzilga harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq yetib borishi ehtimoli bor.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ikkinchi mutaxassislik uchun sirtqi ta’lim shakli saqlanib qolinadimi? Yoki unda ham yopildimi?

JAVOB: Ha, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul to‘liq tugatilishi ta’limning barcha yo‘nalishlariga, shu jumladan, ikkinchi mutaxassislikka ham taalluqli.

❌ Shu munosabat bilan, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’lim shaklida yangi qabul amalga oshirilmaydi.

🔰 Ushbu yo‘nalishda ta’lim olishni istovchilar uchun kunduzgi, masofaviy yoki kechki ta’lim shakllarining mavjud ta’lim yo‘nalishlari tavsiya etiladi.

▶️ Shu bilan birga, avvalgi yillarda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi mutaxassislikka qabul qilinganlar tahsilni belgilangan tartibda davom ettiradi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida qabul boshlandi

Bakalavriat yo‘nalishlari:

➖ Farmatsiya — o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi — o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi — o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi — o‘qish muddati 5 yil.

DIQQAT!

Tibbiyot texnikumlari va kollejlari bitiruvchilari
Farmatsiya
Sanoat farmatsiyasi
yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilinadi.

⌛️ Hujjatlar onlayn va offlayn qabul qilinadi.

👉 Hujjat topshirish

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: “UzMal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Sayram Korzinka

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma’lumot

📄 Litsenziya (№ 0033, 8.09.2021-y.)

☎️ Murojaat uchun telefonlar:

+998 71 203-05-50
+998 97 139-00-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | farmatsevtikatalimvatadqiq3707">YouTube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi.

Ularning o‘rni masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi qayd etildi.

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qilishi belgilandi. Hokimlar har kuni ishini shu yerda aholi dardi va tashvishini eshitishdan boshlaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Profi’ni necha nafar abituriyent tanladi?

2025-yilning 10-iyun holatiga ko‘ra, profiuniversity.uz saytidan 16 652 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi va kirish imtihonlariga qatnashdi. 1205 nafar abituriyent esa talabalikka tavsiya etildi. Qabul qilinganlarning 459 nafari 2025/2026-o‘quv yilida Profi University’da stipendiya asosida tahsil oladi.


Siz ham Profi oilasiga qoʻshiling!

Birinchilardan boʻlib imtihon topshiring hamda stipendiya yoki grantga ega boʻling.

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: profiuniversity.uz

📞 Murojaat uchun: +998787771111 yoki @profiqabul

📄 Litsenziya (№ 676806, 10.11.2022-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#43 O‘ZGA SAYYORALIK YAPONLAR — “Lolazor” Yaponiyada

📹 https://youtu.be/D0iSdRhku1k

O’rtoqlar, vanihoyat videomiz chiqdi.

Ko’ring, fikr qoldiring, layk bosing, ulashing, xullas, “бабушка, пагамити памагити” 😂

Sizlarga yoqadi, degan umiddaman.

Mundarija:

00:00​ Tizer
01:19​ Maxsus songa kirish
06:27​ “Hamma yerlik, yaponlar esa yerlik emas”
11:01​ Osakadagi bozor
13:21​ Yaponiyada mulk huquqi haqida
14:31​ Elmurod Najimov — mehmon emas, mezbon
17:01​ O‘zbekiston pavilyonining yasalish jarayoni
20:58​ Ashrafbek Olimov — “Nissan” menejeri
27:15​ Umid Hamdamov — “Digital Knowledge” kompaniyasi xodimi
31:31​ Japan Digital University’ning ochilishi haqida
33:16​ O‘zbekiston—Yaponiya deganda ko‘z oldimizga nima keladi?
33:40 Baxtiyor Rasulov — O’zbekistonga kelgan yapon asirlari haqida
37:42​ Zulfiqor Musoqov Yaponiya haqida
44:50​ YUNESKO hududidagi noqonuniy qurilishlarga munosabat
46:19​ O‘zbekiston pavilyoni keyin buzib tashlanadimi?
48:15​ To’siqni aylanib o’tib, uyatga qoldik
51:25​ Doniyor Nazirov — Nippondo kompaniyasi Bosh direktori
54:52​ Muhsinxo‘ja Abdurahmonov — O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi
56:20​ Yapon hakamlari alohida mavzu
59:00​ Mirjalol Qosimov — 8:1 mag’lubiyatga izoh
1:00:25​ O‘zbekiston FIFAga xat yo‘llagandi
1:02:05​ Qayta o‘ynalgan o‘yin
1:04:51​ Shinkansen poyezdi
1:09:48​ Ko‘priklar odamlarga xalaqit qilmayapti
1:12:35​ Yaponiya mehnatni qadrlaydi
1:29:20​ Yaponiyada non topish qiyin
1:30:20​ Yaponiya metrosida adashib qolish
1:31:14​ Byurokratiya haqida
1:33:55​ Reklama
1:36:13​ “Romantik poyezd”
1:38:04​ Dilshod Hasanov — Kagava Universiteti talabasi
1:46:34​ Sumo haqida
1:48:27​ Durdona Abdujabborova — ilk o’zbek sumochi qizi
1:52:54​ Yaponlar birovning asabini ham saqlaydi
2:00:34​ Xalq nazorati kerak
2:04:43​ Meydzi inqilobi
2:07:46​ Bizga “sakrash” kerak
2:08:48​ Ko‘priklar haqida yana bir bor
2:10:50​ Toshkent qimmat shahar ekan
2:12:55​ “Yapon tovari” — sifat belgisi
2:18:18​ Odamlar o‘zlarini o‘zlari tarbiyalayapti
2:31:10​ Yaponiyadagi maxsus sonimiz sizga yoqdimi?
2:32:20​ Yaponiya futbolidagi intizom
2:33:05​ Sumoda do‘stlik birinchi o‘rinda
2:34:26​ Yomg’irda suv quyayotgan yapon
2:35:25​ Omonatga xiyonat qilishmaydi
2:38:10​ Ko‘rishguncha xayr!

📻 Podkastni tinglash uchun:

Yandex Music
Spotify
Apple Podcasts


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetiga qabul boshlandi!

📝 Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Yoʻnalish va kontrakt summalari haqida ma’lumot

O‘qish shakllari:
✔️ Kunduzgi
✔️ Kechki

📄
Litsenziya (№ 724404, 05.09.2022-y.)

📍 Manzillar:
📞 Chirchiq:
+998 55 900 06 04
+998 55 901 06 04

📞 Bekobod:
+998 55 902 22 02
+998 55 902 02 22

Online ro‘yxat: http://tipi.uz/uz
Telegram bot: @qabul_tipu_bot

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Lolazor — Yaponiyada!

Ochig’i bunaqa formatdagi podkast (yoki filmcha) biz uchun yangilik edi, shu sababli montajida biroz qiynaldik va ko’proq vaqt talab qildi.

Lekin o’zimiz uchun yaxshi yangilikka qo’l urdik, deb o’ylayman. Bir xil qolipda qotib qolmaslikka harakat qildik.

Bu urinishimiz qanchalik yaxshi chiqdi yoki yo’q, bunga Xudo xohlasa, yakshanba kuni o’zingiz baho berasiz.

Har qanday fikringiz, taklifingiz va tanqidingiz biz uchun muhim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xavfsizlik xizmati:

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi fuqaro 49 kg 599 gr “opiy” moddasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kelajagingizni sifatli bilim, xalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim asosida qurmoqchimisiz? Osiyo xalqaro universiteti siz izlayotgan imkoniyatlar makoni!

🌍 Bu yerda siz AQSH bilan hamkorlikda tuzilgan qo‘shma dastur orqali xorijiy diplom olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

📚90 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari orasidan o‘z qiziqishingizga mosini tanlang — tanlov sizda!

🏅Bilimi va salohiyati bilan ajralib turadigan yoshlarga grant dasturlari orqali katta imkoniyatlar taqdim etiladi.

🏫 Zamonaviy kampus, ilg‘or texnologiyalar, raqamli kutubxona — barchasi sizning qulay va samarali o‘qishingiz uchun yaratilgan.

👨‍🏫 Darslar esa o‘z sohasining yetuk ustozlari tomonidan olib boriladi.

OXU — bu siz kutgan imkoniyat, orzular sari yo‘l ochuvchi ta’lim maskani.

📄
Litsenziya (№ 715238, 10.11.2022-y.)

Kirish imtihonlari uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting!

🌐 Roʻyxatdan oʻtish: qabul.oxu.uz

📞 Murojaat uchun: +998553050009
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📱Turli yo‘nalishlarda o‘quv kurslarida qatnashish imkonini beruvchi mobil ilova yaratildi

“Yonda” nomli mobil ilovadan ta’lim, sport, san’at, zamonaviy kasblar, xorijiy tillar va boshqa yo‘nalishlardagi o‘quv kurslarini oson topish hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etish mumkin.

Ilova Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Toshkent shahrida sinov tarzida ishga tushirildi. Tez orada ushbu loyiha boshqa hududlarni ham qamrab olishi kutilmoqda.

“Yonda” mobil ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

App Store | Google Play


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ilhom Haydarov O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.

U bunga qadar O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari edi.

Ilhom Haydarov Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Protokol Bosh boshqarmasi boshlig‘i, elchi Ahmet Jemil Mirog‘luga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏝 Sea Breeze Uzbekistan kurortining oqova suvlari Chorvoqqa oqizilmaydi

Ushbu to‘rt fasllik kurortni qurishni rejalashtirayotgan Agalarov Development kompaniyasi rasmiy saytida e'lon qilgan xabarga ko‘ra, dam olish maskanining oqova suvlari Toshkentning asosiy ichimlik suvi manbasi bo‘lgan Chorvoq suv omboriga oqizilmaydi.

Bunda oqova suvlarni Chirchiq tozalash inshootlariga olib chiquvchi kanalizatsiya tizimiga ulash imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu jarayon O‘zbekiston davlat organlari tomonidan qat'iy nazorat qilinadi. Hozircha Chorvoq qirg‘og‘ida qurilish boshlanmagan, ayni paytda qirg‘oqni tozalash va chiqindilarni yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

Kompaniya rasmiy bayonotida ekologik ekspertiza o‘tkazilgunga qadar hech qanday qurilish ishlari amalga oshirilmasligi bildirilgan.

Shuningdek, loyihani muhokama qilish uchun O‘zbekistonning taniqli me'mor, muhandis va jamoatchilik faollarini jalb etish rejalashtirilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Poytaxtdan Yangi Toshkentgacha metro yo‘li quriladi

Shavkat Mirziyoyev kecha, 16-iyun kuni bu bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, ushbu yo‘nalish hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab ololadi.

Avval xabar berilganidek, metroni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish ham rejalashtirilgan. Bu 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1⃣-bosqichda Chilonzor yo‘lining "Pushkin" bekatidan Toshkent halqa yo‘ligacha yer yuzasi bo‘ylab metro yo‘li quriladi.

2⃣-bosqichda u yerdan Toshkent traktor zavodi dahasining shoh bekatigacha yerosti yo‘li barpo etiladi.

Shuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur temir yo‘l Toshkent halqa yo‘li ostidan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Yerosti yo‘nalishi ham ko‘chadagi harakatni to‘xtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yo‘li 85 ming yo‘lovchini qamrab olishi kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇰🇿Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart Toqayevning taklifiga binoan "Markaziy Osiyo – Xitoy" formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etish uchun 17-iyun kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi.

Tadbirda mintaqa davlatlari rahbarlari va 🇨🇳Xitoy raisi Si Szinpin ishtirok etadi.

Sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti Xitoy raisi bilan ikki tomonlama uchrashuv ham o‘tkazadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat imtihoni topshirishda ikkilanyapsizmi?

▶️Yana bir yil vaqtingizni va pulingizni tejamoqchi boʻlsangiz sinov imtihonidan oʻtib koʻring. Bu orqali bilimingiz darajasini sinay olasiz. 22-iyun — sinov imtihoniga marhamat!

Qarshi Xalqaro Universiteti & Ilm-u Ziyo Akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan sinov testini topshiring!

📑 Litsenziya (№327633 29.07.2022-y.)

📍Manzil: Qarshi xalqaro universiteti 2-kampus
Mo'ljal: Qarshi shahri, UzGazoil va Sifat supermarketi ro'parasida

❗️Pasport yoki ID olib kelishni unutmang!

Batafsil ma'lumot uchun:
@kiu_admin yoki +998555009944

📱Ro‘yxatdan o‘tish:
🔝Havola ustiga bosing
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️1-avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

Xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi.

“Lekin, qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan xodimlarga chora ko‘riladi. Ana shunda hamma intizom va reja bilan ishlashga o‘rganadi.

Viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, vazirlar, bank rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: yarim yil yakuni bilan “g‘alvirni suvdan ko‘tarib”, kim nima ish qilgani bo‘yicha qattiq so‘rov qilaman”, - dedi Prezident.



👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi.

Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.

Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi.

Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi bo‘ladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘layotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

"Nazorat inspeksiyasiga nima uchun shuncha vakolat berilgan? Vazirlarga yaxshi ko‘rinish uchun, ular nimani bersa, shuni ko‘tarib kelmasdan, masalalarni o‘rganib, aybdorlarni jazolash bo‘yicha nega taklif kiritmaydi?", - dedi davlatimiz rahbari.


Faoliyatidagi kamchilik va muammolarni hisobga olib, Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning o‘zida tugatishga qaror qilindi.

Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.

Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablag‘larni faqatgina to‘g‘ri sarflanishini emas, balki nima samara berganini, aholi bundan qanchalik rozi bo‘lganini ham o‘rganadi.

Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, “aravasini tortmayotgan” rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar bo‘yicha o‘z taklifini har oyda Prezidentga kiritadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Davlat xavfsizlik xizmati:

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lamagani sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan g‘isht ishlab chiqaruvchi MChJning soliq qarzdorligini to‘liq to‘lamasdan, zavodga nisbatan qo‘yilgan taqiqni o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab berish evaziga MChJ rahbaridan 4 ming AQSH dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur fuqaro oldindan 3 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ham 3 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Pulli sinflar ochilayotgani haqida vazirlik bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda pulli sinflar ochilayotganligi xususida turli fikrlar bildirilmoqda.

Avvalo shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 50-moddasida qat’iy belgilab qo‘yilganidek, "davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim olishni kafolatlaydi."


Shunga muvofiq, mamlakatimizdagi umumta’lim maktablaridagi barcha darslar tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq bepul amalga oshirilishini ma‘lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda “pulli sinf” deb talqin etilayotgan holatlar aslida davlat umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga o‘quv reja va davlat ta’lim standartlaridan tashqari qo‘shimcha bilimlar berish uchun tashkil etiladigan ta’lim xizmatidir.

Ushbu mezon Hukumatning 2019-yil 22-apreldagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizomda alohida qayd etilgan.

Maktablarda tashkil etiladigan qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktablarning o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha maktab direktori va o‘quvchilarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tuziladigan shartnoma asosida ko‘rsatiladi.

Pulli ta’lim xizmatlaridan topilgan byudjetdan tashqari mablag‘larning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdori o‘qituvchilarga haq to‘lashga, qolgan qismi maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va xodimlarni rag'batlantirishga yo‘naltirilishi mumkin.

Eng muhimi, maktablarda tashkil etiladigan pulli ta’lim xizmatlariga direktor va pedagoglar tomonidan o‘quvchilarni majburiy tartibda jalb etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

2025-2026-o‘quv yilida 738 ming nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan va ularning barchasi o‘quv rejadagi fanlardan bepul o‘qitilishi kafolatlanadi.

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, eng avvalo ota-onalarning tashabbusi, ya’ni ular o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida o‘quv yili boshlanganidan so‘ng ixtiyoriylik asosida tashkil etilishi mumkin.

Shu o‘rinda barcha maktab direktorlarini ota-onalarni qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlariga majburiy tartibda jalb etmaslik haqida qat’iy ogohlantiramiz. Davlat ta’lim standartlaridagi darslar pul evaziga o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hurmatli ota-onalar!

Bu borada belgilangan qonuniy talablar buzilganlik holatiga duch kelsangiz, vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09)ga murojaat etishingizni so‘raymiz. Sizning murojaatingiz tezkor o‘rganib chiqilishi ta’minlanadi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Uzbekistan Airways Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent reyslarini vaqtincha to‘xtatdi

🇮🇱Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 16-iyundan 30-iyungacha Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar vaqtincha to‘xtatiladi.

Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari aviabiletlar bo‘yicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Shuningdek, Dubay va Sharm-ash-Shayx yo‘nalishlaridagi reyslar jadvaliga 🇮🇷Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha cheklovlar sababli 15-iyundan 30-iyungacha o‘zgartirish kiritiladi:

✈️ HY333/334 reyslari:

🔹 Toshkentdan uchish — 07:35; Dubayga yetib borish — 11:00;
🔹 Dubaydan uchish — 12:30; Toshkentga yetib kelish — 17:30.

✈️ HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):

🔹 Toshkentdan uchish — 08:50; Sharm-ash-Shayxga yetib borish — 13:20;
🔹 Sharm-ash-Shayxdan uchish — 14:50;
Toshkentga yetib kelish — 22:30.

✈️ HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):

🔹 Toshkentdan uchish — 08:35; Sharm-ash-Shayxga yetib borish — 13:05;
🔹 Sharm-ash-Shayxdan uchish — 14:35;
Toshkentga yetib kelish — 22:15.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Buxoro maktabi: 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Zamonaviy bilim, tarbiya va ishonchli kelajak izlayotgan ota-onalar uchun muhim e’lon.

📌 Maktabning afzalliklari:
— 0-sinfdan 11-sinfgacha to‘liq ta’lim tizimi;
— Sharqona qadriyatlar asosida zamonaviy yondashuv;
— Malakali va tajribali ustozlar;
— 4 mahal issiq taom;
— Qulay yotoqxona, xavfsiz avtobus xizmati;
— IT, robototexnika, mental arifmetika darslari;
— Tarbiya va ma’naviyatga alohida e’tibor.

📍 Maktab Toshkent viloyatida joylashgan va 6 ta filialga ega.

❗️ Farzandingiz kelajagiga sarmoya kiritmoqchimisiz? Unda Buxoro maktabi to‘g‘ri tanlov.

Litsenziya (№ 305783, 24.06.2024)

🔗 Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting

Natijalar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
😎 @buxoro_maktabi
😎 @school_bm

📞 Qo‘shimcha ma’lumot:
93-600-16-61 | 94-712-44-22

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jenevada o‘tgan Jahon savdo tashkiloti (JST) seminarida O‘zbekistonlik tadbirkorlar ham qatnashdi. Ushbu tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida xususiy sektorning faol ishtirok etishi mamlakatimiz uchun muhim bosqich hisoblanadi.

Tadbirda qishloq xo‘jaligi, elektr texnikasi, to‘qimachilik sohasida ishlaydigan tadbirkorlar bor edi. Ular JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga nima beradi, bizning biznes uchun qanday imkoniyatlar ochiladi — shularni o‘rganishdi.

Eng muhimi — tadbirkor endi tashqi bozorga chiqish uchun qoida-talablarni oldindan bilib, o‘zini tayyorlay olmoqda.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Moody’s O‘zbekistonning reyting prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi

2025-yil 13-iyun kuni Moody’s xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning davlat kredit reyting prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirdi va Ba3 darajasidagi reytingini tasdiqladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda kelayotgan hafta havo harorati 44 darajaga isishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" prognozlariga ko‘ra, 16-19-iyun kunlari mamlakatimiz hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib keladi.

16-17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari +40...+42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida +43...+44 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel