xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

‼️MUHIM: Istalgan hududda taksichilik qilish mumkin, propiska bo’yicha hech qanaqa taqiq qo’yilmaydi

Kecha, haydovchilar faqat o’zining propiskadan o’tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov bugun ushbu vaziyatga izoh berdi.

Vazirlar Mahkamasining qarori statistik jihatdan hududlar kesimida hisob olib borish maqsadida qilingan.

Litsenziya olishda propiskaga yoki mashinaning davlat raqam belgisiga qaralmaydi.

Masalan, Surxondaryo viloyatidan 75 raqam olingan hamda doimiy yashash joyi Boysunda bo’lsa ham, u istalgan hududda, aytaylik, Toshkentda taksichilik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya olishi mumkin. Bunga hech qanday taqiq qo’yilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Yangi ochilgan Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga kirish tartibi qanday?

Yaqinda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolangan edi.

Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etilgandi.

🗓 5-iyundan ushbu maktabga arizalar qabuli boshlandi.

Maktabga kimlar qabul qilinadi?

Bu yil 9-sinfga boradigan (8-sinfni tugatgan) 60 nafar o‘quvchi imtihon asosida qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?

Imtihon ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:

1⃣-bosqichda o‘quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig‘ini bajaradi.

2⃣-bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o‘tkaziladi. Ulardan quyidagilar talab etiladi:

🔹 matematikadan 5 ta masala yechish;
🔹 ingliz tilidan 4 ta yozma ish (esse) yozish.

Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o‘quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahrida, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida tashkil etiladi.

📥 Arizalar 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

📞 Murojaat uchun: @piima_admission_chatbot
Call-markaz: 1206 yoki +998781137789


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jaligi rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln so‘m pul talab qilib, shundan 7 mln so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Fan olimpiadasi sovrindorlariga 4 yillik grant ajratiladimi?
#abituriyent

Joriy yildan boshlab, talabalarga davlat granti faqat 1 yilga berilishi, kelgusi yillarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab qayta taqsimlanishi belgilangan. Imtiyoz bilan kirganlarga esa davlat granti 4 yil muddatga beriladi.

Mana shu imtiyoz qismida ayrimlarda tushunmovchilik bo‘lmoqda. Ya’ni, aytaylik, respublika doirasidagi olimpiadada g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga ham imtiyoz beriladi-ku, demak, unga ham grant 4 yillik beriladimi?

Yo‘q, 4 yillik grant faqat IMTIHONSIZ grantga o‘qishga kirish huquqini beradigan 5 ta nufuzli xalqaro fan olimpiadasi (IMO, IPhO, IChO, IBO, IOI) g‘oliblariga beriladi.

Boshqa olimpiadalar g‘oliblariga esa shunchaki bitta fandan maksimal ball beriladi xolos. Bunday o‘quvchilarga davlat grantiga imtihonsiz kirish oldindan kafolatlanmagan. Shu sababli ularga 4 yillik grant berilmaydi. Bunday o‘quvchilar agar yetarli darajada yuqori ball to‘plab, grantga kirsa ham, 1 yillik grant olishadi va kelgusi yilda o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qaraladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun tunda Isroil qo‘shinlari Eronga zarbalar berdi. Eron rasmiylari esa bunga albatta javob qaytarilishini va’da qildi.

O‘z o‘rnida O‘zbekistonning Erondagi hamda Isroildagi elchixonalari yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqib, yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi.

Jumladan:

— raketa hujumlari paytida tezlik  bilan bomba boshpanalariga kirish;

— rasmiy xabarlarni kuzatib borish hamda tegishli tashkilotlarning ogohlantirishlariga amal qilish;

— shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zi bilan olib yurish.

Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekiston elchixonalariga murojaat qiling.

Erondagi elchixonamiz:

• Favqulodda yordam telefonlari:

  22299780
  22832025

• Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz


Isroildagi elchixonamiz:

• Favqulodda yordam telefonlari:

  03-672-2466
  03-672-2371
  03-758-5075
  03-758-5076

• Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

  054 485 1397

• Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz




👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hindistonda yuz bergan aviahalokatda 290 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, deya mahalliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda Reuters nashri.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

💥 Imkoniyatlar endi sizning shahringizda!

🎓 Endi Mentalaba.uz platformasi orqali viloyatdagi OTMlarning ta’lim yo‘nalishlari va kontrakt narxlari haqida batafsil ma’lumot olib hujjat topshirishingiz mumkin.

Hozirda platforma orqali quyidagi OTMlarga hujjat topshirib talaba bo'lishingiz mumkin:

📍Buxoro viloyati:
OXU - Osiyo xalqaro universiteti
Zarmed - Zarmed universiteti Buxoro filiali
BUI - Buxoro innovatsiyalar universiteti

📍 Qashqadaryo viloyati:
OTU - Osiyo texnologiyalar universiteti
TU - Turon universiteti
ATMU - Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

📍 Samarqand viloyati
Zarmed - Zarmed universiteti Samarqand filiali
TDIUSF - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali (Qo'shma ta’lim dasturlari)

📍 Namangan viloyati
UBS - University of Business and Science

📍 Navoiy viloyati
NIU - Navoiy innovatsiyalar universiteti


Yaqin orada ro‘yxat yanada kengayadi. Balki siz kutayotgan OTM ham shu hafta qo‘shiladi 😉

👉 Hoziroq hujjat topshiring

🎓 Mentalaba.uz - universitetlarga hujjat topshirishning oson va tezkor yo'li!

Sayt | Telegram | Hamkorlik uchun | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Hozircha ma’lum bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, halokat natijasida kamida 133 kishi halok bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Hindistonda bortida 242 kishi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Biroz avval 🇮🇳Hindistonning Gujarot shtati Ahmadobod shahridagi aeroport yaqinida Londonga uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner qulab tushgan.

Hodisa samolyot havoga ko‘tarilganidan ozgina o‘tib sodir bo‘lgan. Hozircha qurbonlar soni ma’lum emas. Samolyot bortida 230 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgani aytilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️ Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ming afsus. Konstitutsiyaga qarshi propiska rejimi rasman qaytgani bilan hammani tabriklayman!

Endilikda haydovchilar mashina raqami berilgan hududda taksichilik qilishi mumkin bo‘larkan. Bu degani, masalan, 60 raqamli avtomobili bor haydovchilar faqat Andijonda taksichilik qila oladigan bo‘libdi. Yoki 95 raqamli avtomobili bor haydovchilar faqat Qoraqalpog‘istonda taksichilik qila oladi.

Avval qanday edi?

Bunaqa qoida ilgari yo‘q edi.

2011-yil 18-maydagi 139-sonli qarorda haydovchi yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda olib borishi belgilangan edi. Ya'ni, Qashqadaryo yoki Namangandan kelib, litsenziya oluvchi haydovchi litsenziya kartochkasida "Toshkent", deb ko‘rsatsa, u bemalol Toshkentda taksichilik qila olar edi.

2011-yilgi qarorda haydovchilarga litsenziya berishda avtomobil raqamining hududiy kodiga qaralishi tartibi bo‘lmagan. Ushbu qoida 2025-yil 2-apreldagi Vazirlar Mahkamasining yangi qarorida aks etibdi. Demak, 2-apreldan boshlab shunaqa qoida kuchga kirgan. Bu qoida Nizomdagi kichik bir band bo‘lgani uchun ko‘pchilik e’tibor ham bermay qolgan ekan. Mana endi taksichilar amaliyotda muammoga duch kelishni boshlagandan keyin ma’lum bo‘lib qoldi.

Bunday qaror qabul qilinishi mumkinligi haqidagi xavotirlarimizni bir yildan buyon aytib kelamiz. Afsuski, mas’ullar bu haqdagi “ahmoqona g‘oyani” imi-jimida qabul qilib yuborishibdi.

Endi nima bo‘ladi?

1️⃣ Birinchidan, endi Toshkentda taksilar qimmat bo‘ladi;

2️⃣ Ikkinchidan, 2 minutda keladigan taksi 10 yoki 20 minutda kelishni boshlaydi, chunki qonuniy taksichilar soni keskin kamayadi;

3️⃣ Uchinchidan, endi viloyatliklar noqonuniy taksichilik qilishga o‘tadi. Ko‘chalarda qo‘l ko‘tarib turganlar ko‘payishni boshlaydi, yashirin iqtisodiyot yana gullab, yashnaydi;

4️⃣ To‘rtinchidan, endi qonuniy ishlamoqchi bo‘lgan viloyatliklar noiloj O‘Z MASHINASINI Toshkent propiskasi bor biron tanishining nomiga o‘tkazishga, o‘zi esa “gen doverennost” orqali yurishga MAJBUR bo‘ladi. Natijada mulkiy nizolarning yangi to‘lqini boshlanadi, tanishiga ishonib, o‘z mashinasidan ayrilib qolgan yurtdoshlarimiz ko‘payishni boshlaydi.

Mas’ullar o‘ylaganidek, bu qaror orqali Toshkentda tirbandliklar kamayib qolmaydi. Hamma o‘z viloyatiga qaytib ketmaydi (ish yo‘q joyda nima bor?). Bunga ishonayotganlarning yoki o‘zi ahmoq, yoki boshqalarni ahmoq deb o‘ylaydi.

Eng asosiysi PROPISKA REJIMI rasman qaytgani bilan hammani tabriklayman! Qanchadan qancha “qon yutishlar” orqali bir amallab yo‘qotilgan la’nati rejim taksichilar misolida yana ORTGA QAYTIBDI! Konstitutsiyaga zid bo‘lsa ham, baribir shu qarorni qabul qilishibdi. Eh, propiska rejimi bekor qilingani Yangi O‘zbekistondagi eng katta yutuqlardan biri sifatida e’tirof etilgan edi-ya... Buncha tez ortga qaytamiz, deb o‘ylamagandim.

Taksichilar — bu boshlanishi! Ertaga viloyatlik sartarosh o‘zini viloyatida sochini olsin deyishadi, viloyatlik novvoy o‘zini viloyatida non yopsin deyishadi, viloyatlik xodimlar o‘zini viloyatida ishlasin deyishadi. Yo‘q, unaqa bo‘lmaydi, demoqchimisiz? Men uncha shoshmagan bo‘lardim. Mana, taksida qilishdi-ku... Axir bu fakt-ku.

Yashasak ko‘raveramiz, bizni yana nimalar kutib turganini...


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Euronews Toshkentda o‘z ofisini ochishni rejalashtirmoqda

Kecha, 11-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumi doirasida Euronews media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargasni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Euronews Toshkent shahrida o‘z ofisini ochishni rejalashtirayotganini olqishladi.

"Euronews Academy" dasturi doirasida o‘zbekistonlik jurnalistlarni ilg‘or professional standartlar asosida o‘qitish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kecha gollar urilgan payti Shavkat Mirziyoyevni tribunada bir nechta xorijlik mehmonlar ham tabriklaganiga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak. Ular kim edi?

Gap shundaki, “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan kechagi tarixiy o‘yinni davlatimiz rahbari bilan birgalikda quyidagi yuqori martabali mehmonlar birgalikda ko‘rishdi:

— 🇧🇬Bolgariya Prezidenti Rumen Radev;
— 🇸🇰Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso;
— 🇰🇿Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov;
— 🇰🇬Qirg‘iziston hukumati raisi Adilbek Kasimaliyev;
— 🇹🇯Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda;
— 🇦🇿Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov;
— 🇹🇲Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev.

Ma’lumot uchun: Bolgariya terma jamoasi oxirgi marta 1998-yilda Jahon chempionatida o‘ynagan, FIFA reytingida 85-o‘rinda.

Slovakiya esa o‘z tarixida hozircha faqat bir marta — 2010-yilda mundialda qatnashgan va o‘shanda guruhdan chiqa olgandi. FIFA reytingida 46-o‘rinda.

Qo‘shnilarimiz va Ozarbayjon esa hozircha mundialga yo‘llanma olmagan.

Aytmoqchimanki, mehmonlarimiz uchun ham Jahon chempionatiga yo‘llanma olish katta voqelik edi va ular chin dildan O‘zbekiston xalqi uchun quvonib, muxlislik qilganiga shubha yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Rossiya O‘zbekiston yuborgan notani diqqat bilan ko‘rib chiqmoqda" — Mariya Zaxarova

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekiston tomonidan yuborilgan notada keltirilgan ma’lumotlar sinchkovlik bilan o‘rganilayotgani, O‘zbekiston tomonining tegishli murojaati vakolatli idoralarga yetkazilayotganini ma'lum qildi.

U, shuningdek, olingan xolis ma’lumotlar belgilangan tartibda Toshkentga yuborilishini bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Fuqarolariga nisbatan noinsoniy munosabat yuzasidan O’zbekiston tomoni Rossiyaga nota yubordi

Kecha Tashqi ishlar vazirligida Rossiya tomoni bilan har oy migratsiya masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuv tashkil etilgan.

Unda Rossiya hududida ayrim holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo‘pol muomalalar kuzatilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar tashvish uyg‘otayotgani ta’kidlangan.

"O‘zbekiston Respublikasi xorijda yashayotgan va vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.

Ushbu masala yuzasidan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi tomonidan ham Rossiya tomoni bilan tegishli diplomatik kanallar orqali muloqot olib borilmoqda.

O‘zbekiston tomoni barcha fuqarolarga nisbatan xalqaro huquq va inson huquqlariga rioya qilinishini ta’minlashga chaqiradi", — deyiladi rasmiy xabarda.


Moskvadagi holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga nota yuborilib, Rossiya TIVdan ushbu holatga izoh berish so’ralgan. Internetda tarqalgan videolarda inson huquqlari yaqqol buzilganligi aks etganligi, bu esa qabul qilib bo‘lmas holatligi ta’kidlanib, kuch ishlatar tashkilot vakillarining harakatlariga huquqiy baho berish so‘ralgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu masalani o‘zining doimiy nazoratida ushlab turadi va kerakli hollarda qo‘shimcha choralar ko‘rishni davom ettiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚀 G‘oyalar natijaga aylansin!

Innovatsion startap g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish uchun navbatdagi imkoniyat: "President Tech Award" tanlovi yana qaytmoqda.

Tanlov texnologik rivojlanishga xizmat qiladigan, ijtimoiy yoki iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

🎯 Mukofot jamg‘armasi:

1-o‘rin — 100 000 USD
2-o‘rin — 50 000 USD
3-o‘rin — 30 000 USD

Maxsus toifa — 100 000 USD

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.

Barcha tomonlarni to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga va nizoni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqiramiz.

Keng ko‘lamli to‘qnashuvga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy Vaziyatning yanada keskinlashuvi xavotir uyg‘otmoqda.

O‘zbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va mojaroning keskinlik darajasini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga ko‘maklashishga tayyorligini bildiradi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇬🇧 Ingliz tilini rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat

"Ibrat farzandlari" jamoasi ingliz tili bo‘yicha Super Start va boshqa tillar dasturlarini e'lon qildi.

Dastur Oksford tajribasi asosida yaratilgan bo‘lib, sun'iy idrokni qo‘llagan holda zamonaviy metodlar bilan ingliz tilini tez, oson va samarali o'rgatadi.

💰 Kurs narxi: 159 ming so'm.

‼️Kanalimiz obunachilari uchun esa maxsus promokod bilan 30 foizlik chegirma taqdim etiladi.

ℹ️ PROMOKOD: XUSHNUDBEK

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?
#abituriyent

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:

1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)

Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi.

Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Boshqacha aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lganlarga o’sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o’zi ishlashi kerak bo’ladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lgan o’quvchilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📖 ISFT bilan ilm yurtimizning eng olis nuqtasigacha yetib boradi!

ISFT bilan nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning istalgan nuqtasidan turib masofaviy taʼlim olishingiz mumkin.

Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari:
1. Moliya sohasida boshqaruv
2. Buxgalteriya hisobi va moliya
3. Biznes va menejment
4. Xalqaro munosabatlar
5. Psixologiya
6. Bank ishi va audit
7. Iqtisodiyot
8. Marketing
9. Axborot tizimlari va texnologiyalari
10. Menejment

Uyingizdan chiqmay turib oliy maʼlumotli bo‘ling!

✅️ Kontrakt narxlari 9 375 000 so‘mdan boshlanadi.


Istak bo‘lsa, imkoniyatlarni ISFT Sizga yaratib beradi.

🎓 ISFT — sizning muvaffaqiyat yoʻlingiz!

📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.)

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥊Rasman: Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempionligi uchun Naoya Inoue bilan jang qiladi

Jang shu yilning 14-sentyabr kuni 🇯🇵Tokioda bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda halokatga uchragan samolyotda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan — TIV rasmiy vakili.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yanosh Kovach “UzAuto Motors” AJ bosh direktori etib tayinlandi.

Bunga qadar u “UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi a’zosi va audit qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentdagi TMC Xalqaro institutida 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul boshlandi

❗️Kunduzgi va masofaviy ta’lim shakli mavjud.

Iqtisodiyot fakulteti
• Iqtisodiyot
• Bank ishi va auditi
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Buxgalteriya hisoboti va audit
• Logistika
• Transport logistikasi

Axborot texnologiyalari fakulteti
• Axborot tizimlari va texnologiyalari

Pedagogika fakulteti
• Filologiya va tillarni oʻqitish
• Psixologiya
• Pedagogika
• Boshlangʻich ta’lim
• Maktabgacha ta’lim

International Programs:
• Business & Management
• International Accounting
• International Logistics & Trade Finance
• Computer Science
• Tourism and Hospitality Management

🖥️ tmci.uz/apply
☎️ +998 71 207 00 32
📄 Litsenziya (№ 366862, 23.08.2024-y.)

Telegram | Instagram | LinkedIn | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga topshirsa, kontrakt bo‘ladimi?
#abituriyent

❗️JAVOB: O‘tgan yili ilk marta ayrim abituriyentlarning shaxsiy kabinetida quyidagicha yozuv paydo bo‘lgan edi:

Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uchun tanlovda ishtirok eta olmaysiz.


Shu bo‘yicha izoh bermoqchiman. 2024-yil 25-maydagi Prezident farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra:

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.


Farmonning mazkur bandidagi ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim haqidagi qoida yangilik emas, bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ham bor edi. Ya’ni ikkinchi mutaxassislik doim to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi, unga davlat granti ajratilmaydi.

Farmon bandidagi yangi qoida ayni vaqtda talaba bo‘lib turganlarga taalluqli edi. Ya’ni endilikda oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.

Bu nima degani?

Eng avvalo, bu yerda to‘liq kontraktda o‘qish haqida gap ketmayotganini ta’kidlash kerak. Faqat talaba grantda o‘qigan bosqichi uchungina grant ajratilmaydi. Masalan, 1-bosqichga grantga kirgan talaba, kelasi yili yana qayta topshirsa, u 1-bosqichda albatta kontraktda o‘qiydi, lekin o‘zlashtirishi yuqori bo‘lsa, 2-bosqichdan davlat grantiga o‘tishi mumkin.

Agar talaba 2 yil davomida davlat grantida o‘qib, keyin fikri o‘zgarib, boshqa yo‘nalishga qayta topshirsa va talabalikka yana grant asosida qabul qilinsa, unda unga 2 yil davomida grant ajratilmaydi, kontraktda o‘qishga majbur bo‘ladi. Lekin 3 va 4-kursda davlat grantiga o‘tishi mumkin.

Joriy yilda ham xuddi shu tartib amal qilishda davom etadi. Ya’ni:

1) hozir talaba bo‘lib turganlar ham abituriyent sifatida qayta hujjat topshira oladi;

2) mabodo davlat grantida o‘qiyotgan talaba topshirsa, u o‘zi o‘qigan kursigacha grant ololmaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Orzularing yaqin! Faqat birgina to‘g‘ri tanlov yetarli

Hayot tanlovlardan iborat. Har bir qaror, har bir tashlangan qadam bizni yangi yo‘nalishlar va yuksak marralarga boshlaydi.

Katta orzular, ulkan marralar esa to‘g‘ri tanlovga bog‘liq.


Ba’zan yagona tanlov orzudagi kasb egasi bo‘lishimizga sabab boʻladi.

Demak, bugun toʻgʻri tanlov qilish vaqti keldi!


UBSda yangi avlod kasblari, zamonaviy ta’lim, tajribali ustozlar va kuchli amaliyot muhiti jamlangan.


UBS sizga:

🟢49 ta bakalavriat yo‘nalishi va 14 ta magistratura mutaxassisligida
xalqaro darajadagi ta’lim;
🟢Janubiy Koreya universitetlari bilan qo‘shma ta’lim hamda amaliyot dasturlari;
🟢Yetuk mutaxassislar, zamonaviy texnologiyalar va real tajriba asosidagi oʻquv muhitini taqdim etadi.



🌐 qabul.ubsu.uz
☎️ +998781132626, +998555202626
🗒 Litsenziya (№ 733430, 05.10.2022)

Sen talaba boʻla olasan!

🌐 Universitet haqidagi ko‘rsatuv

Telegram | Instagram |Facebook | ubsuzbekistan">YouTube | Linkedin
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilarga terminal ichiga kirish imkoniyati yaratildi

Aeroport uchib kelish zali rekonstruksiyasining birinchi bosqichi yakunlandi. Uning doirasida zalning umumiy maydoni kengaytirildi, avtotransport va avtobuslar uchun yangi yo‘lak qurildi, 120 o‘rinli avtoturargoh tashkil etildi va yashil hudud barpo etildi.

Shuningdek, qo‘shimcha yuk karuseli o‘rnatildi, terminal ichida kutib oluvchilar uchun ilk bor 120 o‘rindiqli hudud tashkil etildi.

Kutib oluvchilar maydonidan tashqari, qisqa muddatli to‘xtash uchun zalga tutashgan maxsus ajratilgan yo‘lak ochildi. Endi zal oldiga taksida ham, shaxsiy avtomobillarda va avtobuslarda ham kirish mumkin – yo‘lakda turish vaqti jo‘nab ketish zalidagi yo‘lak kabi 10 daqiqani tashkil etadi.

Rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichini 2025-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Uning davomida qo‘shimcha yuk tashish kamarini o‘rnatish, kafelar, do‘konlar va boshqa xizmatlar joylashgan kutib oluvchilar hududini kengaytirish nazarda tutilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎓 Oxus university’da qabul boshlandi

10 million so’mgacha grant yutib oling!

📘 Ta’lim yo‘nalishlari:
BA (Hons) – Davlat va jamiyat boshqaruvi
BSc – Iqtisodiyot va biznes tahlil
BA – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponshunoslik)
BSc – Kompyuter ilmlari
BSc – Raqamli marketing va menejment
BSc – Buxgalteriya hisobi va moliya
BA – Ingliz tili va uni chet tili sifatida o‘qitish.

Manzil: Toshkent shahri, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 25-uy (Xarita)

Hujjat topshirish uchun:
🌐 Veb-sayt: admission.oxusuniversity.uz
📑 Telegram: @oxus_qabul_bot
☎️ Axborot markazi: 781133663

OXUS UNIVERSITY sizni orzularingiz sari yetaklaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | oxus_university?si=WRf2adgX4vi3W4eb">YouTube | Veb-sayt | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Boshqacha aytganda, endi ikki davlat o’zaro mahbuslar almashishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Osiyoda Jahon chempionati uchun saralashning uchinchi bosqichi yakunlandi

Kecha Eron ham o‘z uyida KXDRni 3:0 hisobida yutgani evaziga biz o‘z guruhimizda 21 ochko bilan 2-o‘rinni egalladik.

Uchinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, quyidagi terma jamoalar mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqdi:

🇮🇷Eron
🇺🇿O‘zbekiston
🇰🇷Janubiy Koreya
🇯🇴Iordaniya
🇯🇵Yaponiya
🇦🇺Avstraliya

Shuningdek, quyidagi 6 ta terma jamoa 3 tadan ikki guruhga bo‘linib, saralashni davom ettiradi va guruh g‘oliblari yo‘llanmani qo‘lga kiritadi:

🇦🇪BAA
🇶🇦Qatar
🇮🇶Iroq
🇴🇲O‘mon
🇸🇦Saudiya Arabistoni
🇮🇩Indoneziya

Ushbu guruhlarda 2-o‘rinni egallagan jamoalar o‘zaro bahs yuritadi, g‘olib jamoa qit'alararo pley-off o‘yinida ishtirok etib, yana bir yo‘llanma sohibini aniqlaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel