Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi!
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nafaqat bilim maskani, balki orzular sari yo‘l ochuvchi mustahkam poydevor!
📌 Sizni bu yerda quyidagi afzalliklar kutmoqda:
✅ 40 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari – bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar;
✅ 5 ta magistratura dasturi – chuqur mutaxassislik va ilmiy izlanishlar uchun imkoniyat;
✅ Tajribali professor-o‘qituvchilar – 200 nafardan ortiq malakali ustozlar;
✅ Xalqaro hamkorlik – 26 ta xorijiy OTMlar bilan Erasmus+ loyihasi orqali almashinuv;
✅ Innovatsion darslar – raqamli texnologiyalar, sun’iy intellektga asoslangan ta’lim tizimlari;
✅ Yangi zamonaviy bino – qulay va keng majmua: auditoriyalar, laboratoriyalar, oshxona, sport maydonlari va yana ko‘plab sharoitlar!
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘z avtomobilini Bobur Abduxoliqovga sovg’a qilibdi. Bu haqda ChampionatAsia xabar bermoqda.
Barakalla, Islom! Tarbiya bergan ota-onangga ming rahmat👏
👉 @xushnudbek 👈
3:0
Bunaqa yorqin o’yin O’zbekiston terma jamoasi tarixida sanoqli bo’lgan. Balki eng yorqini hozircha aynan shudir, kim bilsin.
Jahon chempionatiga chiqqan jamoa kamida shunaqa o’ynashi kerak. Barakalla yigitlar!!!
👉 @xushnudbek 👈
Birinchi bo’limni to’liq ustunlikda o’tkazdik. Aslida hisob yanada kattaroq bo’lishi mumkin edi-yu, lekin ko’p vaziyatlar oxiriga yetmay qoldi.
Hozircha 1:0.
Hozircha yigitlar bayramni bayramdek o’tkazib berishmoqda, ko’z tegmasin.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇸American University of Technology (AUT) va Arizona State University (ASU) ikkita magistrlik diplomi bilan xalqaro karyerangizni quring.
AUT quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 25 va 100% lik grantlar bilan magistraturaga qabul e’lon qiladi:
- Global Management
- Software Engineering
- MBA
Barcha dasturlar ASU bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
📌 O‘qish 10-sentyabrdan boshlanadi.
📅 Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi.
📄Litsenziya (№ 522863, 16.09.2024-y)
🔗Hoziroq ariza topshiring: https://aut-edu.uz/masters
Reklama
Tarixiy natijamiz adolatsizlik bilan esda qolmasin, iltimos
Futbolchilarimiz erishgan tarixiy natija munosabati bilan davlat mukofotlari berish haqida farmon chiqdi. Qo‘shimchasiga bugun BYD avtomobillari ham beriladi (ularning soni 40 ta deyishmoqda).
Ammo futbol jamoatchiligi ushbu mukofotlar berilishida bir futbolchi qolib ketgani haqida yozmoqda (aslida qolib ketganlar ko‘p, ammo bittasini alohida ko‘rsatish joiz).
Gap shundaki, taqdirlangan 25 nafar futbolchi ro‘yxati BAA va Qatarga qarshi o‘yin uchun e’lon qilingan kengaytirilgan tarkibdan olingan.
Ammo avvalgi 8 ta o‘yinda tarkibda bo‘lgan va terma jamoamizga katta yordami tekkan Bobur Abduxoliqov ushbu ro‘yxatdan tushib qolgan. Chunki Temur Kapadze oxirgi 2 o‘yin uchun uning o‘rniga Islom To‘xtaxo‘jayevni tarkibga chaqirgandi.
Bobur Abduxoliqov saralash bosqichida 134 daqiqa o‘ynadi, BAAga qarshi bahsda penalti ishladi (1:0 ga yutganmiz), Shimoliy Koreyaga qarshi bahsda esa golga assistentlik qildi (1:0 ga yutganmiz). Ya’ni 2 ta muhim bahsda yagona gollarning urilishida va 6 ochko olishda Boburning hissasi katta.
Eng qizig‘i, avvalgi o‘yinda Oston O‘runov jarohat olgani sababli Bobur Abduxoliqov bugungi Qatar bilan o‘yinga tarkibga chaqirilgan.
Mukofotlanganlar orasida Botirali Ergashev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Abduvohid Ne’matov va Igor Sergeyev bironta o‘yinda maydonga tushmagan.
Yo‘q, men yuqorida nomlari sanalgan futbolchilarning taqdirlanishiga mutlaqo qarshi emasman. Ular ham terma jamoa a’zosi va taqdirlanishga 100% haqqi bor. Ayniqsa Islom To‘xtaxo‘jayev terma jamoamiz uchun allaqachon katta hajmli ishni bajargan, gap yo‘q, haloli bo‘lsin..
Shunchaki, adolat ta’minlanishi uchun Bobur Abduxoliqov ham qo‘shimcha taqdirlanishi kerak, degan fikrdaman. Terma jamoamizning ikki muhim g‘alabasiga bevosita hissa qo‘shgan futbolchi chetda qolib ketishi noto‘g‘ri.
Bitta mashina va bitta unvon bilan davlatimiz qashshoqlashib qolmaydi. “Karnaychidan bir puf” degandek gap.
Hurmatli mas’ullar, tarixiy natijamiz to‘kis bo‘lishi uchun bir kishi chetda qolib ketmasin, iltimos.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Futbol muxlislari diqqatiga!
Bugun “Bunyodkor” stadionida Oʻzbekiston-Qatar oʻyinidan oldin Jahon chempionati yoʻllanmasi qoʻlga kiritilgani munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi.
Shu sababli, mazkur uchrashuvga chipta olgan barcha ishqibozlarni stadionga maksimal ertaroq kelib, oʻz joylarini egallashlari soʻraladi. Stadion muxlislar uchun uchrashuv boshlanishidan 3 soat oldin (15:45) da ochiladi.
O‘yin tugagach, tarixiy natija qayd etib, xalqimizni xursand qilgan milliy terma jamoamiz a‘zolarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi!
👉 @xushnudbek 👈
❗️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi
#abituriyent
2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda.
📋 Bunda abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
🔹 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda quyidagilarni belgilaydi:
✔️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
✔️ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishi.
📌 Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
🗓 Qabul jarayonlari 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun o‘yin emas, bayram kuni!
O‘z tarixida ilk marta Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qilgan 🇺🇿O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun joriy saralash bahslarining oxirgi turida 🇶🇦Qatar bilan “Bunyodkor” stadionida bellashadi.
Jamoalarga hech qanday ahamiyati bo‘lmagan va hech narsani o‘zgartirmaydigan ushbu o‘yin biz uchun bayram tadbiri vazifasini o‘taydi.
Bugun rasmiy o‘yindan so‘ng, taqdirlash marosimlari bo‘ladi, kuy-qo‘shiqlar yangraydi, salyutlar otiladi. O‘yinni tomosha qilishga Prezident kelishi kutilmoqda, shuningdek, ko‘plab xorijiy davlatlarning rasmiy delegatsiyalari ham qatnashadi. Xullas, O‘zbekiston o‘z tarixidagi ilk mana shunday katta yutuqni nishonlaydi.
Rasmiy uchrashuv soat 18:45 da boshlanadi.
Olg‘a yigitlar! To‘y to‘yday bo‘lsin, oxirgi o‘yinni g‘alaba bilan tugatib, muxlislarni xursand qilasizlar, degan umiddaman.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Mobiuz xususiylashtirilmoqda
Davaktiv agentligi “Universal Mobile Systems” MChJ (Mobiuz) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro ochiq savdo boshlanganini e’lon qildi.
Xususiylashtirish jarayoniga “Rothschild & Co” xalqaro investitsiya banki bitim bo‘yicha yetakchi strategik va moliyaviy konsultant sifatida, “KPMG” xalqaro kompaniyasi – moliyaviy konsultant sifatida hamda moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (“vendor due diligence”) o‘tkazish bo‘yicha, shuningdek, mustaqil baholovchi sifatida “Deloitte” xalqaro kompaniyasi jalb qilingan.
🔰 Ma'lumot uchun, 2024-yilda ushbu korxonaning sof tushumi 2 trln 86 mlrd so‘m va abonentlari soni esa 7,8 mln nafarni tashkil etgan.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida yangi magistratura dasturlariga qabul boshlandi!🎓
Endi sizda zamon talabiga mos quyidagi dasturlar boʻyicha tahsil olish imkoni bor:
• Moliya yo‘nalishida biznes boshqaruvi (MBA) — moliyaviy sektor yetakchilari uchun mo‘ljallangan zamonaviy menejment dasturi;
• Kreativ sanoatlarni boshqarish (MA) — moda, san’at, kino, media, meros va kreativ iqtisodiyot sohalarida ishlashni istaganlar uchun Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib taklif etilmoqda.
❗️Kreativ sanoatlarni boshqarish dasturi uchun 10 ta grant va 10 ta pullik amaliyot imkoniyati taklif qilinadi.
Kirish talablari:
• Bakalavr diplomiga ega boʻlish;
• IELTS 6,5
(yoki ingliz tilida oʻqitilgan bakalavr/magistratura diplomiga ega boʻlish)
🇬🇧 Bitiruvchilar Vestminster universitetining xalqaro magistr darajasini qo‘lga kiritadilar.
Arizalar qabul qilinmoqda! O‘qishni 2025-yilning kuzida boshlashni rejalashtirayotganlar uchun hozir ayni payt!
👉Hujjatlarni 19-avgustga qadar ushbu saytda topshirish mumkin.
Barcha yangiliklarni oliygohning Telegram kanali orqali kuzatib boring!
📞 +998712387460
📥 admission@wiut.uz
Reklama
🇺🇿🇸🇰Shavkat Mirziyoyev Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso bilan muzokara o‘tkazdi
Unda, jumladan, quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 O‘zbekistondan to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, kimyo mahsulotlari, polimerlar;
Slovakiyadan esa kauchuk, avtomobil qismlari, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlarini yetkazib berish;
🔹agrosanoat majmui, avtomobillar uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, "yashil" energetika va turizm loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi;
🔹Tomonlar o‘zaro ko‘rgazmalar, kino namoyishlari, konsertlar, shuningdek, muzey ishi sohasidagi loyihalarni o‘tkazishni nazarda tutuvchi Madaniyat sohasida hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishib oldilar;
🔹 Qo‘shma tadqiqot dasturlarini, shu jumladan Bratislavadagi Komenskiy universiteti ishtirokida yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi;
🔹 IT startaplarini akseleratsiya qilish bo‘yicha qo‘shma venchur fondini tashkil etish masalasini ishlab chiqish taklif qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
❓Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❓To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
❓Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?
✅ Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.
‼️LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.
❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
👉 @xushnudbek 👈
🚧Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi
❓Qancha muddatga va nima sababdan?
🇺🇿O‘zbekiston va 🇶🇦Qatar milliy terma jamoalari o’rtasida futbol bo’yicha Jahon chempionati saralashi o‘yini o‘tkazilishi munosabati bilan 10-iyun kuni soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugagunga qadar.
❓Qaysi ko’chalar?
Quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi:
📍 Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota va Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qismi;
📍 Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahagacha bo‘lgan qismi;
📍 Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Quyidagi ko‘chalarda esa qisman cheklanadi:
📍 Alisher Navoiy—Furqat ko‘chalari chorrahasidan;
📍 Sebzor—Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tunnelga tushishdan;
📍 Zarqaynar ko‘chasi tunnelga tushishdan;
📍 Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prigi ostidan;
📍 Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarbayjon elchixonasi asosiy yo’lga chiqishdan;
📍 Qatortol—Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan;
📍 Chilonzor—Cho’ponota ko’chalari chorrahasidan;
📍 Bunyodkor—KXAY ko‘chalari chorrahasidan;
📍 Bunyodkor 2-darajali yo’li—Qatortol ko’chalari chorrahasidan;
📍 Chilonzor—Cho’ponota ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;
📍 Bunyodkor—Gavhar ko’chalari chorrahasidan;
📍 TXAY—Bunyodkor ko’chalari chorrahasidan;
📍 Erkin YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari cheklanadi;
📍 Cho‘ponota—Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidan;
Ushbu muddatda aylanma va yondosh ko’chalardan harakatlanish tavsiya etildi.
👉 @xushnudbek 👈
O’zbekiston milliy terma jamoasi ilk marta Jahon chempionatiga chiqqani munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati.
Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va ular bilan bog’lanib, 10-iyun kuni bo’ladigan O’zbekiston-Qatar uchrashuviga chiptani yetkazamiz. 1 yillik Telegram Premium g’oliblarga avtomatik yoqildi.
G’olib bo’lmaganlar esa xafa bo’lishmasin. Bu kabi tanlovlarni kanalimizda yana tez-tez o’tkazamiz, Xudo xohlasa. Salomat bo’ling.
👉 @xushnudbek 👈
Srechko Katanets o‘ziga berilgan BYD mashinasini tarjimon Davron Ahmedovga sovg‘a qilibdi.
Barakalla, Srechko!
O‘zi umuman sendan juda minnatdormiz, tarixiy natijaga eng katta hissa qo‘shding, grand jamoalar bilan qo‘rqmay o‘ynaydigan terma jamoa shakllantirding. Barchasi uchun katta rahmat! Senga sog‘lik tilaymiz, Alloh o‘zi shifo bersin.
👉 @xushnudbek 👈
Bayramni “yorvorishdi”🔥 Futbolchilarimiz ham, tashkilotchilar ham. Super!!!
Biz 38 millionli katta xalqmiz! Va bu xalqqa mana shunday bayramlar yarashadi!
Quvonchli kunlarimiz bardavom bo’lsin, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi va jamoa mas’ullariga Prezident sovg‘alari, davlat mukofotlari topshirildi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugungi bayramona o’yin uchun boshlang’ich tarkibimiz e’lon qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇧🇬Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.
Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Toshkent va Sofiya shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim almashildi.
👉 @xushnudbek 👈
🎓Axborot texnologiyalari va menejment universitetida qabul boshlandi!
📝 Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga hujjatlar qabuli davom etmoqda.
20 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari hamda 6 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud.
O‘qish shakllari:
✔️ Kunduzgi
✔️ Kechki
📄 Litsenziya (№325325; 30.12.2022y)
📍 Manzillar va murojaat:
+998(55)404-55-55
+998(95)247-55-55
Online ro‘yxat: qabul.atmu.uz
Telegram | Instagram | Reklama
🇺🇿🇸🇰Slovakiya 2024-yilda o‘zbekistonliklar uchun 3 baravar ko‘p mehnat vizasi bergan
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Robert Fitso kecha, 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Slovakiya biznes forumida ma'lum qildi.
Uning aytishicha, hozirda O‘zbekiston hukumati bilan viza tartib-taomillarini soddalashtirish, huquqiy, axloqiy va o‘zaro manfaatli mehnat migratsiyasini ta’minlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.
“Iqtisodiy sheriklik nafaqat tovar va kapital, balki odamlarga ham bog‘liq. O‘zbekiston 2025-yilda xorijga 200 minggacha mehnat muhojirini jo‘natishni rejalashtirmoqda — bu Slovakiyaning malakali va ishonchli ishchi kuchiga bo‘lgan manfaatlariga mos keladi”, — dedi Slovakiya bosh vaziri.
Renessans ta’lim universiteti zamonaviy bilimlar, innovatsion yondashuv va xalqaro andozalarga asoslangan ta’lim muassasasi bo‘lib, yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Universitetda:
✅ 30 dan ortiq zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari bugungi mehnat bozoridagi ehtiyojlardan kelib chiqqan holda shakllantirilgan.
✅ Kunduzgi va kechki ta’lim shakllari – har bir talaba uchun moslashuvchan o‘quv jadvali.
✅ Stipendiya va grant dasturlari bilimli va iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi.
✅ Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni – nazariy bilimlar real hayotdagi ko‘nikmalar bilan mustahkamlanadi.
✅ Xalqaro maydonda yetakchi kadr bo‘lish imkoniyati – global raqobatga moslashuvchan mutaxassislar tayyorlanadi.
❗️Shavkat Mirziyoyev ertaga, 10-iyun kuni milliy terma jamoamizning 🇶🇦Qatarga qarshi o‘yinini stadiondan tomosha qilishi kutilmoqda.
Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan o‘yin oldi matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze ma'lum qildi.
👉 @xushnudbek 👈
1991-yildan keyin O‘zbekistonda aholi zichligi deyarli 2 baravarga oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,6 kishini tashkil etmoqda.
Yillar bo‘yicha aholi zichligi dinamikasi quyidagicha:
🔹 1991-yil — 46,1 kishi;
🔹 1995-yil — 50,2 kishi;
🔹 2000-yil — 54,6 kishi;
🔹 2005-yil — 58 kishi;
🔹 2010-yil — 62,4 kishi;
🔹 2015-yil — 69,1 kishi;
🔹 2020-yil — 75,5 kishi;
🔹 2025-yil — 83,6 kishi.
1-aprel holatiga ko'ra hududlar bo‘yicha aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida 1 km² ga o‘rtacha 6 ming 983,2 kishini, Andijon viloyatida 807,9 kishini hamda Farg‘ona viloyatida 615,7 kishini tashkil etgan.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇸🇰 O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida qabul boshlandi
✅ Bakalavriat yo‘nalishlari:
➖ Farmatsiya — o‘qish muddati 5 yil;
➖ Sanoat farmatsiyasi — o‘qish muddati 4 yil;
➖ Davolash ishi — o‘qish muddati 6 yil;
➖ Tibbiy profilaktika ishi — o‘qish muddati 5 yil.
DIQQAT!
Tibbiyot texnikumlari va kollejlari bitiruvchilari
✅ Farmatsiya
✅ Sanoat farmatsiyasi
yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilinadi.
⌛️ Hujjatlar onlayn va offlayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: “UzMal oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Sayram Korzinka
📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma’lumot
📄 Litsenziya (№ 0033, 8.09.2021-y.)
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998 71 203-05-50
+998 97 139-00-50
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | farmatsevtikatalimvatadqiq3707">YouTube | Reklama
Karimov Bobur Boturovich Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Qodirov Bahodir Rahimovich boshqa ishga o‘tdi.
👉 @xushnudbek 👈
“Profi”ni nechta abituriyent tanladi?
5-iyun holatiga ko‘ra, profiuniversity.uz saytidan 14 960 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi va kirish imtihonlariga qatnashdi, 528 nafar abituriyent esa talabalikka tavsiya etildi. Qabul qilinganlarning 239 nafari 2025-2026 o‘quv yilida “Profi University”da stipendiya asosida tahsil oladi.
Mirzahakim To‘xtamirzayev «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani munosabati bilan Prezident farmoni asosida futbolchilar hamda bir guruh mutaxassislar turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
Ushbu farmon doirasida “O‘zbekiston futboli” gazetasi bosh muharriri To‘xtamirzayev Mirzahakim Yo‘lbarsmirzayevich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlanibdi.
Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
👉 @xushnudbek 👈