Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
⚽ O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida CAFA turnirida ishtirok etadi
Milliy terma jamoamiz mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritganidan so‘ng, dastlabki o‘yinlarini CAFA turniri doirasida o‘tkazadigan bo‘ldi.
29-avgustdan 8-sentyabrgacha tashkil etiladigan musobaqaga 🇺🇿O‘zbekiston va 🇹🇯Tojikiston mezbonlik qiladi. Final bahsi mamlakatimizda bo‘lib o‘tadi.
Turnirda CAFAga a'zo terma jamoalardan tashqari, mehmon sifatida 🇴🇲O‘mon va 🇲🇾Malayziya ham ishtirok etadi.
3-iyul kuni musobaqaga qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
👉@xushnudbek👈
🏆 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat”ning yozgi mavsum ikkinchi o’yinida Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etadi.
🎉 2025-yilning eng yaxshi savoli egasi 🚗AVTOMOBIL yutib olishi mumkin!!! Bir-biridan qiziqarli savollar yuborishni kanda qilmang.
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
👉 @xushnudbek 👈
Har kimning orzusi bor: kimdir shunchaki diplom olishni xohlaydi, kimdir esa bilim bilan o‘z yo‘lini topmoqchi.
AMMO FARQ BITTA: QAYERDA OʻQISH KERAK?
💙 Osiyo xalqaro universiteti — o‘z orzusini mahkam tutadiganlar joyi! Bu yerda:
➡️ 35 ta bakalavriat
➡️ 14 ta magistratura
➡️ 25 ta ordinatura
➡️ 11 ta doktorantura yo‘nalishida qabul ochiq.
Abituriyentlarni nimalar kutmoqda?
✔️ Talabalar uchun qulay kampuslar;
✔️ Turar joy bilan ta’minlash;
✔️ Xalqaro tajriba uchun amaliyot dasturlari;
✔️ Har bir dars zamonaviy, har bir ustoz yo‘l ko‘rsatuvchi;
✔️ Iqtidorlilar uchun 200 ta grant.
Orzuga jiddiy qarasangiz, manzil aniq.
🛣 Toshkentda sun'iy intellekt yordamida yo‘llardagi tirbandliklar prognoz qilinadi
Poytaxtda shu maqsadda Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi tashkil etildi.
Markazda tatbiq etilgan Intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratib beradi.
Natijada shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishi, yo‘lovchilarning vaqti tejalishi, yo‘llardagi baxtsiz hodisalar soni kamayishi, favqulodda xizmatlarning harakati tezlashtirilishi kutilmoqda.
👉@xushnudbek👈
Tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
Uchrashuv Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda.
Unda palata raisi Davron Vahabov va Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etmoqda.
Muloqotni ushbu havola orqali jonli kuzatish mumkin.
👉@xushnudbek👈
🔴ALFRAGANUS UNIVERSITETIGA QABUL BOSHLANDI
🟤Alfraganus universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini boshladi!
🟤8 ta fakultet
🟤50 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari
🟤10 ta magistratura mutaxassisligi
— Birinchi marta o‘qishga topshirayotgan abituriyentlar;
— O‘qishni ko‘chirish (transfer);
— Magistraturaga hujjat topshirish — hammasi bir platformada!
Bugun UzChess Cup 2025 turniri o’z yakuniga yetadi.
Masters guruhida hozircha 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 5,5 ochko bilan peshqadam bo’lib turibdi. Keyingi o’rinda 🇺🇿Javohir Sindorov 5 ochko bilan ta’qib qilmoqda. Hindistonlik 🇮🇳Rameshbabu Praggnanandha hamda 🇮🇳Arjun Erigaysi 4,5 ochko bilan peshqadamlikka da’vo qilmoqda.
Bugungi so‘nggi turda markaziy uchrashuv Abdusattorov hamda Prag o‘rtasida bo‘lishi shubhasiz. Sindarov Maqsudlu bilan, Erigaysi esa Chithambaram bilan uchrashadi.
Challengers guruhida 🇺🇿Muhiddin Madaminov, Futures guruhida esa 🇺🇿Ortiq Nigmatov peshqadamlikka da’vogarlik qilmoqda. Ular o‘z guruhlarida yetakchidan 0,5 ochko ortda borishmoqda.
Barcha hamyurtlarimizga bugungi bahslarda omad tilaymiz.
👉 @xushnudbek 👈
Bir guruh jurnalist va blogerlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
«Do‘stlik» ordeni bilan
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
«Sog‘lom turmush» medali bilan
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
«Shuhrat» medali bilan
Korzinka’da aynan sizni kutishmoqda! Chunki siz ular uchun eng qadrli mijozsiz 😉
Bu yerda har bir ish sidqidildan bajariladi — shunchaki xarid emas, zavq bag‘ishlaydigan tajriba bo‘lishi uchun. Oziq-ovqat xaridi oddiy yumushdan kichik quvonchga aylansin, siz esa yo‘lingiz tushsa-tushmasa, yana va yana kelgingiz kelsin. Balki olma, balki non — eng asosiysi, yaxshi kayfiyat uchun!
Axir Korzinka’da xaridlar xo‘jayini — sizsiz!
App | Telegram-bot | Facebook | Insta | Web | Korzinka Go | Reklama
Shakirova Sevara Baxodirovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori etib tayinlandi.
U bunga qadar Agentlik direktori o‘rinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
‼️Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabulning oxirgi kuni
Xalqaro darajadagi bilimni O’zbekistonda olish va butun dunyo mehnat bozoriga tayyor mutaxassis bo’lishni maqsad qilgan yoshlarimiz uchun imkoniyatning so’nggi kunlari o’tmoqda.
✅ “Yangi O‘zbekiston” universitetida oladigan bilimingiz dunyoga yo’l ochuvchi ko’prik sifatida xizmat qiladi.
Siz nafaqat sifatli bilim, balki tajriba va sohangizning omadli vakillari bilan aloqalar o’rnatish imkoniga ham ega bo'lasiz.
👉 Ariza topshirish: https://admission.newuu.uz
📝 Universitet bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga arizalar qabuli bugun soat 23:59 ga qadar davom etadi.
🎗 Kelajagingizga befarq bo’lmang. Sifatli bilim yorqin kelajak deganidir.
Reklama
So‘nggi 15 yildagi abituriyentlar soni dinamikasi (2011-2025-yillar)
#abituriyent
2011-yilda O‘zbekistonda 418 ming abituriyent hujjat topshirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yilda rekord darajadagi — 1,48 million nafarga yetgan. Bu bir qarashda oliy ta’limga bo‘lgan talabning keskin oshganini ko‘rsatadi. Shuningdek, 2020-yilda karantin qoidalari sababli ilk marta to‘liq onlayn hujjat qabul qilish boshlangan, ya’ni qabul jarayonlari soddalashtirilgani, yurtimizning istalgan hududidan turib, ortiqcha byurokratiyasiz 5 daqiqada onlayn hujjat topshiradigan tizimga o‘tilgani ham sabab bo‘lgandi.
So‘nggi yillarda esa bu son tabiiy ravishda pasaya boshladi. 2025-yilda test sinoviga 732 ming abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan — bu 2020-yildagi cho‘qqidan deyarli ikki barobar kam.
Bunga bir qancha omillar ta’sir o‘tkazmoqda:
— eng avvalo oliy ma’lumoti mavjud bo‘lmasdan uzoq yillardan buyon mehnat qilayotgan xodimlarning deyarli barchasi o‘tgan yillar mobaynida sirtqi ta’limga o‘qishga kirishdi;
— xususiy oliygohlar ham davlat OTMlariga bo‘lgan yuklamaning katta qismini o‘ziga olishni boshladi;
— professional ta’lim tizimi rivojlanmoqda, texnikum va kollejlarda kasb-hunar o‘rganishni tanlayotgan yoshlarimiz soni ham oshib bormoqda;
— kasb-hunar o‘rgatuvchi zamonaviy o‘quv markazlari soni ko‘paydi, bu ham oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojni birmuncha pasaytirdi;
— va yana bir qancha katta-kichik omillar abituriyentlar soni kamayishiga ta’sir o‘tkazmoqda.
❗️O‘zi umuman bugungi yoshlar va ota-onalarning oliy ta’limga bo‘lgan qarashi sekin-asta o‘zgarmoqda, avvalgidek o‘qishga kira olmaslik yoki oliy ma’lumoti bo‘lmaslik katta sharmandalik sifatida qaralmay qo‘ydi, odamlar orasida bir varaq diplomga bo‘lgan haddan tashqari muhabbat kamaymoqda, yaxshi yashash uchun quruq oliy ma’lumotning o‘zi kamlik qilishi haqida hayotiy misollar ko‘paydi. Yaxshi tadqiqot qilsa bo‘ladigan mavzu bu.
2011-2025-yillardagi abituriyentlar soni:
2011-yil — 418 ming 598 nafar;
2012-yil — 432 ming 017 nafar;
2013-yil — 480 ming 407 nafar;
2014-yil — 543 ming 155 nafar;
2015-yil — 605 ming 836 nafar;
2016-yil — 663 ming 304 nafar;
2017-yil — 729 ming 950 nafar;
2018-yil — 675 ming 049 nafar;
2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
2021-yil — 948 ming 211 nafar;
2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
2024-yil — 894 ming 279 nafar;
2025-yil — 732 ming 411 nafar.
👉 @xushnudbek 👈
🖊 Kirish imtihonlarini siz qanday tasavvur qilasiz?
Uyqusiz tunlar, stress, “Kirolmasam, dadamga nima deyman?” — degan qo‘rquvmi?
💘 Unda hoziroq videoni ko‘ring va yengil nafas oling: UBSda hammasi boshqacha!
❌ Tiqilinch auditoriyalarsiz!
❌ “Kech qolsam-chi?” kabi vahimalarsiz!
❌ Ortiqcha stress va rasmiyatchiliklarsiz!
📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59 — Bilimlarni baholash agentligi
👉 @xushnudbek 👈
Qo‘shimcha eslatma!
#abituriyent
Kollej yoki texnikumlarga kirishni xohlovchi abituriyentlar ham my.uzbmb.uz sayti orqali bugun soat 23:59 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Prezident farmoniga ko‘ra, o’tgan yildan boshlab OTM va professional ta’lim muassasalariga hujjatlar qabuli bir vaqtda amalga oshiriladigan bo‘lgan.
Oldingidek kollej/texnikum uchun alohida ro‘yxatdan o‘tilmaydi. Kirish imtihonlari ham bir marta o‘tkaziladi va unda to‘plagan bali bilan xohlasa OTMga, xohlasa kollej/texnikumga kirish tanlovida qatnashishi mumkin.
Ya’ni hujjat topshirish ham, imtihon ham bitta bo’ladi.
Test natijalari chiqqach, dastlab OTMga kirmoqchi bo’lganlar beshta yo’nalish tanlaydi. Mandat natijasiga ko’ra, bironta oliygohga kira olmasa, undan keyin xohlaganlar o’sha imtihonda to’plagan bali bilan kollej/texnikumni tanlaydi.
Bir o’q bilan ikki quyonni urish, deb aytsa ham bo’ladi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyida qabul boshlandi
✅ Yo‘nalishlar:
🔹 Aniq fanlar-1 (matematika, fizika)
🔹 Aniq fanlar-2 (matematika, xorijiy til)
🔹 Tabiiy fanlar-1 (biologiya, kimyo)
🔹 Tabiiy fanlar-2 (matematika, kimyo)
• Yotoqxona;
• 3 mahal issiq ovqat;
• Ixtisoslik fanlarini kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish;
• Zamonaviy jihozlangan sinflar;
• Malakali mutaxassislar;
• CEFR olish uchun bepul test sinovlarida qatnashish;
• Koreys tilini oʻrganish;
• Nemis tilini 2-til sifatida oʻrganish.
Davlat xavfsizlik xizmati:
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi Xazorasp tumanida yashovchi fuqaroni viloyat FVBga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 ming 500 AQSH dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 dollar va 1 mln 300 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shovot tumani FVB xodimi ham o‘zganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1 ming 400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming so‘m olgani aniqlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉@xushnudbek👈
UzChess Cup turnirida bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yomon ssenariy amalga oshdi
Masters guruhida oxirgi turda Nodirbek Abdusattorov Rameshbabu Pragnanandhadan mag‘lub bo‘ldi. Natijada ularning ochkolari tenglashib qoldi. Oxirgi bahsda durang o‘ynagan Javohir Sindarovda ham bir xil ochko bo‘ldi.
So‘ngra Nodirbek, Javohir hamda Pragg uchalasi g‘olib nomini aniqlash uchun tay-brekda kuch sinashdi. Yakunda hindistonlik shaxmatchi birinchi o‘rinni, Javohir Sindarov ikkinchi va Nodirbek Abdusattorov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🥇Praggnandhaa Rameshbabu — 20.000$
🥈Javohir Sindarov — 15.000$
🥉Nodirbek Abdusattorov — 10.000$
Challengers guruhida Muhiddin Madaminov, Futures guruhida esa Ortiq Nigmatov oxirgi turda g‘alaba qozongan edi, ammo aksiga olib, ikkala guruhdagi asosiy raqiblari ham o‘z o‘yinida g‘alaba qozonishdi, natijada biznikilarga ikkinchi o‘rin nasib qildi.
👉@xushnudbek👈
⚡️XON SAROY KOMPANIYASIDAN QULAY TAKLIF
📌 Toshkent shahar Bektemir tumani “SHIRIN HAYOT” loyihasida 1 xonali xonadonlar
💰Boshlangʻich toʻlov 43 mln soʻm
🗓Oylik toʻlov 3,2 mln soʻmdan
🏢 Loyihadagi qulayliklar:
- 2 qavat yerosti avtoturargohi
- 24/7 kuzatuv kameralari
- Bolalar maydonchasi
- Eko-hudud
- Xususiy maktab
Reklama
Читать полностью…
💰O‘zbekistonda alimentning eng kam miqdori oshirilishi mumkin
Senatning bugun bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish haqida qaror qabul qilindi.
Unga ko‘ra, hozirda alimentning eng kam miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan ikki baravar kamligi qayd etildi.
Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (1 mln 155 ming so‘m) 26,5 foizidan (306 ming so‘m) kam bo‘lmasligi belgilangan.
Shunga ko‘ra, har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori 306 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Joriy yilning yanvar oyidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 669 ming so‘mni tashkil etishidan kelib chiqilsa, alimentning eng kam miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan ikki baravar kam bo‘lmoqda.
Shu bois, alimentning eng kam miqdorini bolaning yoshini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish va bolaning ixtiyori uchun yetarli bo‘lishi choralarini ko‘rish taklif etilmoqda.
❗️Ma'lumot uchun, 2023-yilda 5 ming 697 kishi moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich 35 foizga ortib, 8 ming 833 kishiga yetgan. O‘tgan yilning o‘zida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan bu borada 1 ming 109 ta ayblov hukmi chiqarilgan.
👉@xushnudbek👈
"Global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o‘zgarayotgan hozirgi o‘ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz.
Shu ma’noda, bepoyon mediaolamda xolis va haqqoniy axborot tarqatish bilan birga, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qiladigan jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarga o‘z iste’dodi, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan ommaviy axborot vositalarining barcha xodimlariga xalqimiz nomidan yuksak hurmat va ezgu tilaklar izhor etish men uchun katta sharafdir"
ISFT magistraturasi: maqsad sari o‘ylab qo‘yilgan qadam
Fundamental ta’lim yetarli bo‘lmay qolganda — magistratura boshlanadi.
ISFTda quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga hujjatlar qabuli davom etayotganini eslatib o'tamiz:
⚫️Davlat moliyaviy nazorati va audit;
⚫️Buxgalteriya hisobi va moliya;
⚫️Pedagogika;
⚫️Chet tili va adabiyoti.
Dasturlar bakalavriat bosqichini tamomlagan, kasbiy va ilmiy izlanishlarga tayyor nomzodlar uchun mo‘ljallangan.
Magistratura uchun til sertifikatlari (IELTS) talab qilinmaydi.
📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.)
🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717
Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot | Reklama
OAV xodimlari o‘rtasida “Zakovat” turniri bo’lib o’tdi
🗞 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual turnirida jami 29 ta OAV jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan bellashuv yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin: “Oyina” jamoasi
🥈2-o‘rin: “O‘zJOKU” jamoasi
🥉3-o‘rin: “Yoshlar” jamoasi
🎁 Musobaqa g‘oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlandi:
1-o‘rin: 18 mln so‘m va Samarqandga sayohat yo‘llanmasi;
2-o‘rin: 15 mln so‘m;
3-o‘rin: 12 mln so‘m.
Shuningdek, musobaqada qatnashgan barcha jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
👉 @xushnudbek 👈
❓ Ruxsatnomalar berish qachon boshlanadi?
#abituriyent
✅ JAVOB: abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish muddati o’tgan yildagidan katta farq qilmaydi. O’tgan yili kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar 3-iyul kuni, test uchun ruxsatnomalar esa 9-iyul kuni e’lon qilingan edi.
Joriy yilda ham taxminan shu kunlarda boshlanadi. Abituriyentlar soni joriy yilda kamligini hisobga olsak, balki biroz avvalroq chiqib qolish ehtimoli ham yo’q emas.
👉 @xushnudbek 👈
⚽ Futzal bo‘yicha 2026-yilgi Osiyo kubogi saralashiga qur'a tashlandi
Terma jamoamiz "F" guruhidan joy oldi. Vakillarimiz bilan bir guruhda, shuningdek, 🇰🇬Qirg‘iziston, 🇹🇱Sharqiy Timor hamda 🇵🇸Falastin futzal terma jamoalari ham bor.
Saralash bahslari shu yilning 20-24-sentyabr kunlari 🇰🇬Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi. Osiyo kubogi esa 2026-yilda 🇮🇩Indoneziyada o‘tkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇧🇾Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 26-27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Abituriyentlar soni so‘nggi 7 yildagi eng kam miqdorni tashkil etdi
#abituriyent
Joriy yil 732 ming 411 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. To’lovlarni amalga oshirmaganlar hisobiga testga kiruvchilar soni yanada kamayishi aniq.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 O‘zbek tili — 644 ming 27 nafar;
🔹 Rus tili — 71 ming 476 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili — 14 ming 959 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 ming 949 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂️ erkaklar — 346 ming 299 nafar;
👩🏻🔧 ayollar — 386 ming 112 nafar.
Agar oxirgi 7 yildagi abituriyentlar soniga qarasak, joriy yilda ro‘yxatdan o‘tganlar eng kam miqdorni tashkil etganini ko‘rish mumkin:
▪️2019-yil — 1 mln 66 ming 925 nafar;
▪️2020-yil — 1 mln 484 ming 85 nafar;
▪️2021-yil — 948 ming 211 nafar;
▪️2022-yil — 1 mln 214 ming 232 nafar;
▪️2023-yil — 1 mln 18 ming 7 nafar;
▪️2024-yil — 894 ming 279 nafar;
▪️2025-yil — 732 ming 411 nafar.
❗️Eslatma: abituriyentlar test uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni 23:59 ga qadar amalga oshirishlari kerak.
👉 @xushnudbek 👈
❗️ Abituriyentlarni ro‘yxatga olish rasman yakunlandi
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha.
👉 @xushnudbek 👈
Test uchun to‘lov qilishni unutmang!
#abituriyent
Bugun soat 23:59 gacha to’lovni amalga oshirishingiz kerak. Avvalgi yillarda muddatni 1 kunga uzaytirib berishgan, lekin bunga ishonib qolmaslik kerak.
Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.
❓To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?
❌To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.
❓Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:
— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
Agar siz ushbu toifalardan biriga tushsangiz, unda bu shaxsiy kabinetingizda avtomatik ko’rinadi va “To’lovdan ozod etilgansiz” degan ma’lumot chiqadi.
👉 @xushnudbek 👈
HONOR 400 seriyasi bilan yangi AI texnologiyalarni kashf eting!
HONOR 400 — ilhom, dizayn va texnologiya birlashgan nuqta. AI texnologiyalari esa kundalik ishlaringizni yanada yengillashtirishga yordam beradi.
Tez kunda O‘zbekistonda!
Сайт | Instagram | Telegram | Reklama