🇺🇸 American University of Technology (AUT) AQShda o‘qish imkoniyati mavjud magistraturaga qabul e’lon qildi!
Dasturlar AQShning yetakchi universitetlari qatoriga kiruvchi Arizona State University (ASU) bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan.
🎓 Ta’lim yo‘nalishlari:
•Global Management, MGM
•Software Engineering, MSc
📌AUTda o‘qitish dasturlari:
•3 semestr, kunduzgi va kechki ta’lim.
•Grantlar: 50 ta (25%) va 6 ta (100%) grant.
📌AUT+ASU (AQSH) ikki tomonlama diplom dasturi:
• Global Management: AUTda 1 semestr, ASUda 2 semestr
(onlayn va yuzma-yuz)
• Software Engineering: AUTda 2 semestr, ASUda 1 semestr
(onlayn va yuzma-yuz)
📄Litsenziya (№ 522863, 16.09.2024-y)
📅Arizalar 25-fevralgacha qabul qilinadi, o‘qish esa 3-martda boshlanadi. Shoshiling!
🔗Ariza topshirish: bit.ly/autform-pr
Reklama
Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan OʻzMU talabalarining startap loyihalari qoʻllab-quvvatlanadi
Oʻzsanoatqurilishbank hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti vakillari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.
“Kiberxavfsizlik” laboratoriyasini yanada boyitish, iqtidorli talabalar uchun bank stipendiyasini taʼsis etish, bank tomonidan talabalarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, matematika, kiberxavfsizlik va dasturlash boʻyicha olimpiadalar tashkil qilishga kelishib olindi.Reklama
Sattarov Davronbek Xasanboyevich Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u Paxtaobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
DeepSeek: sunʼiy intellekt dunyosining yangi yulduzi va fond birjalaridagi vahima
Diqqat, ushbu post ham sunʼiy intellekt yordamida yaratildi va muallif tomonidan biroz tahrirlandi
Allamurotov Sherxon Yo‘lliyevich Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi.
Bunga qadar u tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i edi.
👉 @xushnudbek 👈
🇰🇿 Qozog‘istonda "yanvar voqealari" tashkilotchisi va uning ishtirokchilariga sud hukmi o‘qildi
2022-yil yanvar oyida Qozog‘istondagi namoyishlar vaqtida tartibsizliklar uyushtirgan va unda ishtirok etganlikda ayblangan, "Yovvoyi arman" nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Shuningdek:
➖ Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq xodimi Ruslan Iskaqov — 2016-yildan Jumageldiyevga yordam berib kelgani hamda "yanvar voqealari"da jinoyat izlarini yashirish uchun odamlarni o‘g‘irlashni buyurganlikda ayblanib, 15 yil-u 6 oyga;
➖ sobiq mahalliy deputat Qayrat Xudoybergen – mehmonxonada shtab tashkil qilgani, biznesni himoya qilish bahonasida sportchilarni tartibsizliklarga jalb qilgani uchun aybdor, deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Bundan tashqari, Arman Jumageldiyev jinoiy guruhining 13 nafar a’zosi 10 yildan 15 yil-u 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilindi. Tartibsizliklarning qolgan ishtirokchilariga nisbatan ham turli muddatdagi jazolar tayinlandi.
👉@xushnudbek👈
1-fevraldan “Dovut ota” chegara o‘tkazish punkti yuk avtomobillaridan tashqari barcha uchun 3 oyga yopiladi
Qozog‘istonning “Tajen” (O‘zbekistonning “Dovud ota”) chegara o‘tkazish punkti orqali shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati 2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab 3 oy muddatga vaqtincha to‘xtatiladi.
Bunga sabab chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilishidir.
Ushbu davr mobaynida “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanuvchi shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari “Yallama”, "Zangiota (Navoiy chegara bojxona posti)", “Oq oltin” va “Malik” o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkin.
Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakati uzluksiz davom ettiriladi.
👉@xushnudbek👈
📃 Vaucher tizimi asosida bepul o‘qitiladigan kasblar ro‘yxati e'lon qilindi
Prezident qarori bilan, 2025-yil 1-fevraldan sinov tariqasida Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, may oyigacha esa butun mamlakatda ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
35 turdagi til va kasblar vaucher tizimi asosida bepul o‘qitiladi. Bular:
🔹Kompyuter grafikasi mutaxassisi
🔹Kompyuter texnikasi montajchisi
🔹Interyer dizayner
🔹Marketing bo‘yicha mutaxassis
🔹Merchendayzer (reklama qiluvchi)
🔹Kontent-menejer
🔹AutoCad dasturi
🔹Logistika markazlari texnik-operatori
🔹Call-markaz operatori*
🔹Videomontaj
🔹Buxgalteriya (o‘rta malakali)
🔹Kadrlar va maxsus ishlar bo‘yicha inspektor
🔹Ayollar sartaroshi
🔹Erkaklar sartaroshi
🔹Fotograf
🔹Kinooperator
🔹Gid-sayohatchi
🔹Surdotarjimon
🔹Ofitsiant*
🔹Karving san’ati ustasi
🔹Zargar (modeler)
🔹Vizajist (stilist-kosmetolog)
🔹Massajchi
🔹Navbatchi mexanik*
🔹Kran mashinisti*
🔹Konditsiyalash va shamollatish sistemasini ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chilangar*
🔹Qozonxona ishchisi*
🔹Maishiy texnikalarni chilangar-yig‘uvchisi
🔹Payvandlovchi (3-MT bo‘yicha barcha turdagilar)
🔹Chilangar-santexnik
🔹Tokar
🔹Elektromontyor
🔹Betonchi*
🔹Avtomobillarni ta’mirlovchi chilangar
🔹Nemis tili
Bugun, 26-yanvar — bojxona organlari xodimlari kuni
Sohada faoliyat olib borayotgan barcha fidoyi bojxonachilarni chin qalbdan tabriklayman. Yurt ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan charchamang!
Eng asosiysi, bojxona sohasida qilinayotgan ijobiy o’zgarishlar sur’ati to’xtab qolmasin, orqaga qaytmasin. Tizimni zamonaviy, sodda, tushunarli va albatta xalqchil qilish yo’lida mas’ullarga kuch-quvvat tilayman.
Ma’lumot uchun: bojxona organlari xodimlari kuni 2018-yil 22-dekabrdagi Qonun bilan belgilangan.
👉 @xushnudbek 👈
🔥Abduqodir Husanov “Manchester City”da ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushadi!
“Chelsea” jamoasiga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
UPD: ManCity 3:1 hisobida Chelsi ustidan g'alaba qozondi. Abduqodir Husanov 53 daqiqa maydonda to'p surdi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Mast haydovchilarga jarima miqdori oshirilib, takroriy holatda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda
Senatorlar bu haqdagi qonunni ma'qulladi.
Qonunga ko‘ra, transport vositasini mast holda boshqarganlik uchun belgilangan jarima bazaviy hisoblash miqdori 40 baravar (15 mln so’m) etib belgilandi. Bunga qadar 25 baravar edi.
Ushbu holat takroran sodir etilganda, haydovchi jinoiy javobgarlikka tortilib, unga nisbatan 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Qonun imzolash uchun Prezidentga yuborildi.
👉 @xushnudbek 👈
Bahsli qonun ayrim o‘zgarishlar bilan baribir qabul qilindi: organ xodimlarining videosini montaj qilib tarqatish taqiqlanmoqda
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini video yoki fotoga olib internetga qo‘ymaslikka oid qonun jiddiy bahslarga sabab bo‘lganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
Ushbu qonun jamoatchilik e’tirozlaridan so‘ng, qayta ishlangan holda qabul qilindi hamda ma’qullandi.
Avvalgi qonun matnidagi "yolg‘on va noaniq ma’lumot" degan so‘zlari chiqarib tashlandi. Yangi tahrirdagi qonun quyidagicha:
huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarayotgan paytda olingan foto yoki videotasvirni ularni obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik, shu jumladan internetda tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
Ya’ni organ xodimlarini foto, video tasvirga tushirish va tasvirlarni tarqatish mumkin, bunga taqiq yo‘q. Ammo video yoki fotolarni ularni obro‘sizlantirishga olib keladigan tarzda buzib tarqatmaslik, ya’ni xodimning harakatlari, so‘zlari va yuz bergan holatni buzmaslik, shu maqsadda montaj qilmaslik talab etilmoqda.
Mazkur huquqbuzarlik uchun jazo ham oldingisidan o‘zgartirilgan. Avvalgisida jarima miqdori BHMning 50 barobari sifatida qat’iy belgilangan edi, yangisida jarima miqdori 20 baravardan 50 baravargacha etib belgilandi. Avvalgisida 15 sutka ma’muriy qamoq qat’iy belgilangandi. Yangisida esa 10 sutkagacha qisqartirildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Shaxsiy fikrim: qonunni biroz yumshatishibdi, fuqarolarning bo‘yniga tuzoq bo‘ladigan ayrim joylarini olib tashlashibdi, jamoatchilik e’tirozlarni inobatga olishibdi. Ammo baribir qonunning mohiyati o‘zgarmagan. Aslida ushbu moddani butunlay chiqarib tashlash eng to‘g‘risi bo‘lar edi. Lekin qonun tashabbuskorlari prinsipial ravishda orqaga qaytishni xohlashmadi, shekilli. "Biz bitta gapiramiz, aytdikmi, baribir qilamiz", degandek.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 30-yanvar, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana. Agar Islom Abdug’aniyevich hayot bo’lganida, bugun 87 yoshga to’lgan bo’lar edi.
Joylari jannatdan bo‘lsin, Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin.
👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekistonda eng ko‘p maosh oladigan kasblar qaysilar?
2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 17,4% ga o‘sgan.
Maoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatildi – bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 9 mln so‘mga yetib, 21,4% ga oshdi.
Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar:
🔺 Moliya sohasi – 15,2 mln so‘m
🔺 Aloqa sohasi – 13,1 mln so‘m
🔺 Transport sohasi – 8,1 mln so‘m
O‘rtacha darajadagi maoshlar:
🔸 Sanoat – 6,4 mln so‘m
🔸 Savdo – 6,2 mln so‘m
🔸 Qurilish – 5,9 mln so‘m
Eng kam maosh oladigan sohalar:
🔻 Sog‘liqni saqlash – 3,4 mln so‘m
🔻 Ta’lim sohasi – 3,6 mln so‘m
👉 @xushnudbek 👈
Bloklangan Tiktok 2024-yilda O‘zbekistonga 903 mln so‘m soliq to‘lagan
O‘tgan yil davomida mamlakatimizda 63 ta elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya 115,8 mlrd so‘mlik soliq to‘lagan. Ulardan soliq tushumlari miqdori 2023-yildagiga nisbatan 1,5 baravarga o‘sgan.
TOP-10 quyidagicha:
🔹 Meta — 41,7 mlrd so‘m;
🔹 Google — 28,9 mlrd so‘m;
🔹 Apple — 27,2 mlrd so‘m;
🔹 Amazon — 4,1 mlrd so‘m;
🔹 BookingCom — 3,6 mlrd so‘m;
🔹 Netflix — 1,4 mlrd so‘m;
🔹 Zoom —1,3 mlrd so‘m;
🔹 Acca — 1,2 mlrd so‘m;
🔹 Xsolla — 966,7 mln so‘m;
🔹 TikTok — 903 mln so‘m.
👉 @xushnudbek 👈
🛩 Uzbekistan Airways'ning Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotida chaqaloq tug‘ildi
Kecha, 28-yanvar kuni Nyu-Yorkka uchayotgan reysdagi yo‘lovchilardan birida to‘lg‘oq boshlangan.
Yo‘lovchilar orasida shifokor-akusher va jarroh ham bor ekan, homilador ayolga yordam ko‘rsatgan. Ayol o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.
Shu sababli ekipaj 🇮🇸Islandiyaning Keflavik shahridagi zaxira aerodromiga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot qo‘nganidan so‘ng, ayol mahalliy klinikaga yetkazilgan.
Ushbu voqea aviakompaniyaning 33 yillik yubileyi kuni sodir bo‘ldi.
👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿 Aviasales.uz reytingiga ko‘ra, 2025-yilda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz bo‘lgan top-3 ta davlat
🇬🇪 Gruziya
360 kun
4.02.Toshkent-Tbilisi: 2 mln 510 ming so'm
https://avs.io/5kZE3
🇴🇲 O‘mon
14 kun
19.02 Toshkent-Salala: 2 mln 670 ming so'm
https://avs.io/5kZEZ
🇦🇪 BAA
30 kun
9.02 Toshkent-Dubay: 1 mln 340 ming so'm
https://avs.io/5kZFH
Oʻzbekistonliklar jami 29 ta davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin.
➡️ Toʻliq roʻyxat bilan bu yerda tanishing: /channel/Aviasales_uz/3209👈🏻Reklama
❗️“Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi
Jarayonlar 1-fevraldan 20-martga qadar quyidagi tartibda davom etadi:
1⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1-20-fevral;
2⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3⃣ Targ‘ibot bosqichi — 8-10-mart;
4⃣ Ovoz berish bosqichi — 11-20-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
1-mavsum g‘oliblari esa 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e'lon qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
🏢 Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Universitet nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanib, quyidagi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlaydi:
🔹muhandislik;
🔹qurilish;
🔹logistika;
🔹axborot texnologiyalari va dasturlash;
🔹sog‘liqni saqlash;
🔹qishloq xo‘jaligi;
🔹oziq-ovqat sanoati va boshqalar.
Universitetda o‘quv jarayonlari 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab, dunyo reytingida top-1000 talikka kirgan 🇹🇷Turkiya OTMlari dasturi asosida olib boriladi.
O‘qish to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi va uning miqdori universitet tomonidan belgilanadi.
👉@xushnudbek👈
🛒 Sifatli va arzon kungaboqar yogʻlarini Korzinkada xarid qiling
Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini Korzinka supermarketlaridan sotib oling. Chunki sifati va narxidan koʻnglingiz toʻq boʻladi. Masalan, 23-yanvardan 29-yanvargacha 5 litrli Milter kungaboqar yogʻini 84.490 soʻmga olishingiz mumkin. Bu degani, bir litr kungaboqar yogʻi sizga 16.898 soʻmga tushadi.
❗️Eslatma! Bitta xaridorga ikki shishagacha yogʻ beriladi.
Yana bir eslatma, Korzinka tomonidan oʻtkaziladigan barcha yutuqli oʻyinlar va chegirmalar faqat kompaniyaning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi. Shunday ekan, firibgarlardan ehtiyot boʻling.
Reklama
🇺🇿🇧🇾 Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni kecha, 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
👉@xushnudbek👈
✅ "Profi University"da qanday yo‘nalishlar bor?
2025-2026 o‘quv yilida talaba bo‘lishni rejalashtiryapsizmi?
Agar shunday bo‘lsa, "Profi University" siz uchun mos tanlov.
Yuqorida "Profi University"da mavjud yo‘nalishlarni siz uchun eslatib o‘tdik.
❗️ Siz qaysi yo‘nalishda tahsil olmoqchisiz?
👉 Universitetning rasmiy sahifasi shu yerda.
☎️ Murojaat uchun: +998787771111
Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)
Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube
Reklama
25-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi "Amirsoy" kurort majmuasida 🇰🇬Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mamlakatlarimizning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.
👉 @xushnudbek 👈
2024-yilda 9 ming 364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
Oqibatda 2 ming 203 nafar inson halok bo‘lgan va 8 ming 901 nafar kishi tan jarohati olgan.
👉 @xushnudbek 👈
Mobiuz aloqa operatoridan aksiya! Tarif rejalari 2 baravar arzon!
Faqatgina 2025-yil 13-yanvardan 28-fevralgacha “Xotirjam 60”, “Xotirjam 80” yoki “Xotirjam 100” tarif rejalariga ulanib, yarim narxda cheksiz muloqotdan bahramand bo‘ling!
Reklama
Читать полностью…
Tadbirkorlar uchun makulatura sotib olish jarayonini soddalashtirish taklif etildi
Savdo-sanoat palatasi tomonidan meva-sabzavot yetishtiruvchilari, kardon qutilar, plastik va qogʻoz idishlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tadbirkor naqd pulga sotib olingan makulaturani kirim qilishda hech qanday hujjat va sotuvchi tomonning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilmaslik va mobil ilova orqali bir tomonlama kirim qilish imkoniyatini yaratish taklifini ilgari surdi.
👉@xushnudbek👈
Bundan buyon ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotilishi belgilandi.
Maqsad — qurilishga salohiyatli developerlarni jalb qilish.
Sababi — oxirgi uch yilda jismoniy shaxslar ko‘p qavatli uy qurish uchun auksiondan 47 gektar yer sotib olgan, lekin aksariyatida qurilish boshlanmagan.
👉@xushnudbek👈