xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurishdagi ayrim qoidalar:

➖ “Yangi O‘zbekiston” massiviga berilgan yer bo‘yicha loyihalashni 2 oydan, qurilishni boshlashni 3 oydan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga chiqariladi;

➖ Loyiha ekspertizasini 15 kundan o‘tkazib yuborgan tashkilotlarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yiladi.

Shuningdek, endilikda fuqarolar obyektning 50 foizi qurilganda kredit va subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham joriy qilinadi.

💰Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin koʻpi bilan 12 oy davomida yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.

❌ Obyekt muddatida topshirilmasa, developer yer soligʻini 2 karra miqdorda toʻlaydi.

“Yangi Oʻzbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.

👶 Bu uylarning pastki qavatida xususiy bogʻcha tashkil qilishga ruxsat beriladi, ular mulk soligʻidan ham ozod qilinadi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi o‘yinlariga oz vaqt qolganini hisobga olib, jamoa va futbolchilar bilan yaqindan tanish bo‘lgan, uzoq yillar davomida milliy terma jamoa safida to‘p surgan hamda bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, shuningdek, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgan Timur Kapadze nomzodi ilgari surildi.

Ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda yig‘in o‘tkazmoqda. Timur Kapadze ushbu yig‘inga qo‘shilib, jamoa boshqaruvini qoʻlga oladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Notarial palata 5 yoshda

Prezidentning 2019-yil 9-sentyabrdagi farmoni asosida 2020-yil 22-yanvar kuni Notarial palata tashkil etilgan edi.

5 yil davomida Palataga a'zo bo‘lgan xususiy notariuslar soni 1110 nafarga yetdi.

So‘nggi yillarda ijobiy tomonga keskin o‘zgargan sohalardan biri aynan notarial soha bo‘lganini e’tirof etish adolatdan bo‘lar edi. Hammaning yodida bo‘lsa kerak, avvallari notarius deganda oyog‘i yerdan uzilgan, odamlarni bir tiyinga olmaydigan, qo‘pol hamda muomala madaniyatini bilmaydigan, mijozlarni soatlab, ba’zan kunlab kuttiradigan, xizmatlari uchun og‘ziga sig‘gan narxni o‘zi belgilaydigan, bundan norozi bo‘lganingizda esa "yoqmasa, katta ko‘cha" deb xizmat ko‘rsatishni rad etadigan insonlar ko‘z oldimizga kelar edi. Hozir buning mutlaqo teskarisi. Oldingidek notariuslar yakkam-dukkam qayerlardadir qolib ketgan bo‘lmasa, umumiy holat ancha sog‘lomlashdi.

Hozir hattoki notarial xizmatlarni onlayn ko‘rsatish ham mumkin bo‘lmoqda, ovora bo‘lib notariusning oldiga borish ham shart emas. Bir necha yil oldin bu salkam fantastika edi.

Davlat monopoliyasi bekor qilinib, xususiy sektorga ruxsat berilishi va buning ortidan sog‘lom raqobat paydo bo‘lishi o‘z so‘zini aytdi. Bunga ishonmaganlar, xususiy desa darrov firibgarlarni tushunadiganlarning xavotiri asossiz bo‘lib chiqdi. Mabodo bironta qo‘li egri notariusning ko‘nglida qing‘irlik xohishi bo‘lsa ham, amalda buni qila olmaydigan elektron tizim yaratilmoqda.

Albatta, hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p. Tizimni sog‘lomlashtirish, firibgarlardan tozalash, notariuslarni xalqqa yaqinlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida Notarial palata faoliyatiga omadlar tilayman.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Umuman olganda, Srechko Katanes terma jamoamizda yaxshi ishladi. Unga katta rahmat aytamiz va salomatlik tilaymiz.

Eng yulduzli tarkibdagi terma jamoamiz paytida ham hozirgidek ishonchli o‘ynamaganmiz, menimcha. Hozir yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch juda yuqori. Eron bo‘ladimi, Avstraliya bo‘ladimi, bemalol tengma-teng o‘ynayapmiz, ayrim vaziyatlarda ustunlik ham qilyapmiz hatto. Oyog‘imiz qaltiramayapti. To‘g‘ri, muammolarimiz ham yetarlicha, xatolarimiz ham ko‘p, ideal darajaga chiqa olmadik. Lekin asosiysi ruhiyatimiz o‘zgardi. Ichki ishonch paydo bo‘ldi. Bu Katanesning katta yutug‘i va xizmati bo‘ldi.

Endi oldimizda eng muhim o‘yinlar qoldi. Bizni tarixiy natijadan atigi 4 tagina o‘yin ajratib turibdi. Qirg‘iziston, Eron, BAA va Qatar. Yarim yo‘lda bosh murabbiy almashishi unchalik yaxshi emas, albatta. Ayniqsa, jamoa ijobiy natijalar ko‘rsatib turgan paytda. Ammo bu o‘zgarish sog‘lig‘i ishiga xalaqit berayotgan murabbiy bilan ishlashni davom ettirishdan ko‘ra yaxshiroq. Ya’ni ikkita yomon qarorning yaxshirog‘i tanlandi, bundan xursandman.

Umid qilamanki, bu yigitlarimizning ruhiyatiga ta’sir qilmaydi, aksincha yangi murabbiy jamoaga ijobiy impuls bera oladi. Qiziq, bunday mas’uliyatli vazifasini kim zimmasiga olarkin? 4 ta o‘yindan so‘ng yoki olqish oladigan qahramonga, yoki butun millatning qarg‘ishiga qoladigan omadsizga aylanishi mumkin. Juda nozik palla.

Nima bo‘lsa ham, Alloh omadimizni bersin. Chiqsak chiqa qolaylik o‘sha jahon chempionatiga. Birinchisida muzqaymoq yeb kelsak ham mayli, xuddi olimpiya terma jamoamiz kabi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyaning Bolu muzofotidagi tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga hamdardlik yo‘lladi.

Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. 


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇺🇸 Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga kirishgani munosabati bilan tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Kambag‘al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.

2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Abduqodir Husanovning “Manchester City” futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi.

— Bu boshlanishi, hali o’zbeklar Angliyada ko’p o’ynaydi, - dedi hamyurtimiz.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xalqaro tanlov g’oliblariga avtomobil sovg’a qilindi

Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga Prezident nomidan BYD avtomobili sovg’a qilindi.

Mukofotni topshirish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚚 O‘zbekistonda Germaniya mehnat bozori uchun yuk mashinasi haydovchilari tayyorlanadi

Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH West GmbH hamda "Vatanparvar" tashkilotlari o‘rtasida imzolangan uch tomonlama kelishuvga ko‘ra, 700 nafar o‘zbekistonlik yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida 🇺🇿O‘zbekiston hududida nemis tiliga o‘qitiladi.

Shuningdek, ular "Vatanparvar" tashkilotida kasbiy qayta tayyorlov kurslarida malaka oshiradi va 🇩🇪Germaniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga yuboriladi.

💰Oylik maosh: oyiga 2400-2600€.

Hozirgi kunda bir guruh tinglovchilar onlayn darslarda ishtirok etmoqda. Yaqin kunlarda yangi guruhlar ochilishi va keng miqyosli o‘qishlar boshlanishi ma'lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆Urganch—Qo‘ng‘irot—Urganch yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qatnov bugun, 20-yanvardan boshlab Amudaryo ustidan o‘tuvchi yangi ko‘prikdan amalga oshirilmoqda. Harakat rejasiga ko‘ra, poyezd Urganchdan 06:00 da, Qo‘ng‘irotdan esa 13:24 da harakatlanadi.

Ma'lumot uchun, Amudaryo ustidan o‘tuvchi temiryo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prigi 2024-yilning 29-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochib berilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Magistratura va doktoranturaga kirish endi muammo emas!

🇹🇷 Turk tili sertifikati bakalavr, magistratura va doktoranturaga qabul qilinadi. Oʻzbekistondagi yirik turk tili markazlaridan biri – Hilol Edu’da turk tilini yaxshi natija bilan oʻrganishingiz mumkin.

Kuchli va professional turk tili mutaxassislaridan tahsil olish uchun Hilol Edu turk tili markazining kurslariga yoziling!

👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun

📞 33-287-88-88
33-286-88-88
33-287-78-88

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.

❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Bu nima degani?

Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.

Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.

ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Turkiyada qo‘lbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

Istanbul shahrida 14-yanvar kuni 6 nafar, 15-yanvar kuni 4 nafar va 16-yanvar kuni yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki metil va etil spirtidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Shuningdek, hozirda spirtli ichimlikdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizilganlardan 3 nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Ayni paytga kelib, Turkiya bo‘ylab qo‘lbola alkogoldan zaharlanganlar soni 88 nafarga yetdi. Ulardan 37 nafari vafot etdi. Qurbonlar orasida mahalliy aholi vakillari hamda xorijliklar ham mavjud.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆Toshkent—Xojikent temiryo‘li 1,5 kilometrga uzaytirildi

2024-yilning dekabr oyida Xojikentdan Chinorkentga qadar temiryo‘l qurilib, kecha, 22-yanvar kuni yangi "Chinorkent" bekati ishga tushirildi.

Shuningdek, bu yerda 150 metr uzunlikdagi perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun sirg‘anishga qarshi plitalar o‘rnatildi va yo‘lovchilar uchun yerosti tunneli barpo etildi.

Ma'lumot uchun, 2024-yilning dekabr oyida Toshkent — Xojikent — Toshkent yo‘nalishida tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oyda Toshkent viloyatiga tashrifi davomida yangi elektropoyezdda Xojikentga bordi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ishpulatov Zokir Eshqurbonovich suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori etib tayinlandi.

Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasining Investitsiya, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi edi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oʻzsanoatqurilishbank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “yashil” moliyalashtirish sohasida yetakchi deb eʼtirof etildi

Bugungi kunga qadar bank tomonidan 25 mln dollarga teng “yashil” moliya resurslari jalb qilindi.

GEFF dasturi doirasida esa, ekologik va barqaror yechimlarga qaratilgan 50 dan ortiq loyihalar moliyalashtirildi.

Bankning “yashil” portfeli umumiy hajmi 559 mln dollarga yetdi. 2024-yilda bank tomonidan 142 mln dollarlik “yashil” moliyalashtirish amalga oshirildi.

Batafsil | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Srechko Katanes bosh murabbbiylikdan ketdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani oʻzaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi.

Sloveniyalik murabbiy oʻz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini toʻlaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Koʻp kvartirali uylar yertoʻlasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi “Mening uyim” billing tizimida toʻlanadi

“Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, koʻp kvartirali uyning yertoʻlasini ijaraga berishda koʻp kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

📜 Shuningdek, quyidagi maʼlumotlarning almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi:

1⃣ “UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan umumiy mol-mulk va har bir koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlar;

2⃣ Soliq qoʻmitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalar boʻyicha maʼlumotlar.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etilgan. Uning vazifalari O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov zimmasiga vaqtinchalik yuklandi.

O‘FAning xabar berishicha, 22-fevral kuni navbatdan tashqari saylov kongressi bo‘lib o‘tadi va o‘sha kuni yangi rahbar saylanadi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Asaxiy'dan navbatdagi PREMYERA - "Anomaliya"!

Loyiha tarixida ilk bor zamonaviy fransuz adabiyotidan tarjima asar


"Anomaliya" - fransuz yozuvchisi Erve Le Tellyening detektiv va psixologik drama elementlarini birlashtirgan fantastik romani. Kitob adabiyot olamidagi nufuzli mukofotlardan biri – Gonkurga sazovor bo‘lgan va 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

Romanda anomaliya sababli qahramonlarning qadriyatlari va o‘ziga ishonchi sinovdan o‘tadi. Har bir qahramon hayotidagi anomaliyalarni qabul qilish, ulardan saboq olish va o‘z yo‘lini topishga intiladi. Kitobda asosiy urg‘u inson hayotidagi noaniqliklar va o‘z-o‘zini anglash jarayoniga berilgan.

Kitob "Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etildi.

Tarjimon: Bobur Yo‘ldoshev
Muqova: qattiq
Sahifa: 384 bet
Narxi: 99 000 so‘m
Chegirmada: 60 000 so‘m

Buyurtma bering va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling: asaxiy.uz/u/anomaliya

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇸 Donald Tramp AQShning 47-prezidenti sifatida ish boshladi

Kecha, 20-yanvar kuni AQShda prezident Donald Trampning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

U o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng, dastlabki soatlarda 10 ga yaqin farmonni imzoladi. Jumladan:

🔹AQShda tug‘ilganlarga avtomatik fuqarolik berishni to‘xtatish;

🔹Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan 12 oy ichida chiqish va tashkilotga ajratilayotgan hissalarni to‘xtatish;

🔹Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 2015-yilgi Parij kelishuvidan chiqish. Tramp o‘zining birinchi ma'muriyati davrida, 2017-yilda ham kelishuvdan chiqqan, biroq hokimiyatga Jo Bayden kelgach, 2021-yil AQSh unga qayta qo‘shilgan edi;

🔹 Meksika ko‘rfazini "Amerika ko‘rfazi" deya qayta nomlash;

🔹Baydenning 2030-yilga qadar yangi avtomobillarning 50 foizi elektromobillar bo‘lishiga erishish dasturini bekor qilish;

Shuningdek, u sobiq prezidentning global iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ko‘plab loyihalarini bekor qilib, ularni "yangi yashil firibgarlik" deb atadi.

🔹 Energetika tizimida favqulodda holat e'lon qilish. Jumladan, Alyaskada neft burg‘ilashga hamda gaz eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish;

🔹Mamlakatda TikTok platformasining bloklanishini 75 kunga kechiktirish;

🔹Jo Bayden tomonidan imzolangan 78 ta hujjatni bekor qilish;

🔹Davlat chegaralarida favqulodda holat e'lon qilish. Xususan, noqonuniy migratsiya oqimini zudlik bilan to‘xtatish;

🔹 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliydagi tartibsizliklarda ayblangan 1500 ga yaqin odamni afv etish;

👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

RASMAN: Abduqodir Husanov "Manchester City" jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirildi. Bu haqda jamoaning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Marat Jurayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Prezident Administratsiyasi bank sohasi, moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish shu’basi mudiri edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zbekistonda 23-24-yanvar kunlari havo harorati -13 darajagacha soviydi

"O‘zgidromet"ning ma'lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechalari -13 darajagacha, mamlakatning boshqa hududlarida -7 darajagacha sovuq bo‘ladi.

22-23-yanvar kunlari Respublikaning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi) kutilmoqda.

Havo harorati hafta oxiriga borib, asta-sekin yana ko‘tarila boshlaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Kechadan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi tinchlik sulhi kuchga kirdi

Sulhning dastlabki shartlari kelishilgan muddatdan bir necha soat o‘tib bajarildi.

Unga ko‘ra, HAMAS garovga olingan 3 nafar isroillik ayolni qo‘yib yubordi. Isroil esa qamoqxonalarda saqlanayotgan 90 nafar falastinlik mahbus ozod qilinganini e'lon qildi.

Kelishuvga binoan, tinchlik sulhi quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1⃣ – bosqich 6 hafta davom etadi va unda HAMAS 33 nafar garovga olingan isroillikni (ayollar, bolalar va 50 yoshdan oshgan erkaklarni) qo‘yib yuboradi. 🇮🇱Isroil esa qamoqlarda saqlanayotgan yuzlab falastinliklarni ozod qiladi.

2⃣ – bosqichda barcha garovga olinganlar, xususan harbiy asirlar ham qo‘yib yuboriladi va o‘t ochish to‘xtatiladi. Isroil G‘azodan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketadi.

HAMAS jami 98 nafar garovdagi isroillikni, Isroil esa 2 mingga yaqin falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborishi kutilmoqda.

3⃣ – bosqichda esa halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarish hamda 🇪🇬Misr, 🇶🇦Qatar va 🇺🇳BMT nazoratida G‘azoni qayta tiklash nazarda tutilgan.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev hamda Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon hamyurtimiz Abduqodir Husanovning “Manchester City” jamoasiga o‘tgani haqida suhbat qurishdi.

Davlatimiz rahbari Abduqodirning transferi haqida eshitgani va bundan juda xursand bo‘lganini ta’kidladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovich Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimi etib tayinlandi.

Bunga qadar u viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i edi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Toshkentda muqaddam 3 marta sudlangan hokim yordamchisi 30 ming AQSh dollari bilan ushlandi

Uchtepa tumanidagi mahallalardan birining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo do‘koni qurishi uchun yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali jami 210 metr/kvadrat yer maydonini auksion savdolari orqali yutib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel