Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Saida Zunnunova. “Qo‘llar”
Izoh: Odam eng baxtli kunida hayotini sarhisob qiladi. Qanday yoʻllarni bosib oʻtdi, nimalarni yoʻqotdiyu, nimalarga erishdi? Hikoya qahramoni Malika aya ana shu savollar qurshovida...
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/saida-zunnunova-qollar" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/saida-zunnunova-qollar
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/s60no6KzGjU
🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Bunga sabab sifatida hududda investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani ta’kidlangan.
👉@xushnudbek👈
Toshkent teleminorasi ishga tushirilganiga 40 yil bo‘ldi
1985-yilning 15-yanvar kuni o‘z davrining to‘rtinchi eng baland minorasi foydalanishga topshirilgandi, kecha ushbu sanaga 40 yil to’ldi.
Toshkent teleminorasi haqidagi ayrim qiziqarli faktlar:
🔹 Teleminora avvaliga 🇮🇶Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida qurilishi kerak edi. Biroq mamlakatda 1963-yil fevralda boshlangan harbiy to‘ntarish sababli loyiha amalga oshmay qoladi;
🔹Sharof Rashidov inshoot maketini Moskvadagi xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida ko‘rib qolib, Toshkent metropoliteni bilan birgalikda uning qurilishi uchun shaxsan Leonid Brejnevdan ruxsat oladi;
🔹Teleminora dastlab hozirgisidan pastroq qilib qurilishi rejalashtirilgan, ammo Qozog‘istonning Olmaota shahrida 371 metrli Ko‘ktepa teleminorasi qurilishi e'lon qilinganidan so‘ng, uni 375 metrga yetkazish uchun qayta ruxsat olingan;
🔹1986-yilda Pirimqul Qodirovning “Olmos kamar” romani asosida film suratga olish jarayonida teleminora trosiga urilib ketgan Mi-8 vertolyoti halokatga uchragan. Bortdagi 6 kishining barchasi halok bo‘lgan;
🔹Shamol vaqtida teleminora yuqorisi 6 metr radiusda silkinib turadi;
🔹Minorani zanglashdan asrash uchun har 7-8 yilda bir marta alohida tayyorgarlikdan o‘tgan machtachi-alpinistlar uni maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yashadi.
Foto: teleminoraning qurilish jarayoni (1981-yil)
👉@xushnudbek👈
🇺🇿O‘zbekiston va 🇦🇪BAA o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi
Ikki tomonlama muzokaralar yakunida, shuningdek, quyidagi hujjatlar imzolandi:
➖ Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
➖Moliyaviy-texnik hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
➖Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
➖Investitsiyalar, sanoat va ilg‘or texnologiyalar, adliya, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, foydali qazilmalar sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo bitimlar;
➖Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
➖Diplomatik akademiyalar o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqalar.
👉@xushnudbek👈
15-yanvar kuni Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol isyonchilikda ayblanib hibsga olindi, deya xabar bermoqda Yonhap.
Janubiy Koreya tarixida amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan prezident hech qachon hibsga olinmagandi, bu ilk holat.
Endi uni jinoyat ishi doirasida so‘roq qilishadi va so‘roqdan so‘ng hibsxonaga joylashtirish kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, tergovchilar ikkinchi urinishda Yun Sok Yolni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi urinishda Prezident xavfsizlik xizmati hamda Yun Sok tarafdorlari hibsga olishga kelgan tergovchilarga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan edi. Bu safar taxminan 3 ming nafar politsiya xodimi hibsga olishga jalb etilgan.
👉 @xushnudbek 👈
#firibgar
O‘zbekistonda firibgarlikning yana bir turi keng tarqalmoqda. Firibgarlar Sizga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini aloqa operatori xodimi sifatida tanishtiradi. Telefon raqamingiz uchun tuzilgan shartnoma muddati bugun tugaydi, agar shartnomani uzaytirmasangiz, sim-kartangiz o‘chib qoladi, deydi.
Davomidan esa "istasangiz hozir ariza qoldirishingiz mumkin" deydi. Aksariyat odamlar bunga ishonadi va telefoni o‘chib qolmasligi uchun ariza qoldirishga rozi bo‘ladi. Uyog‘ini esa tushundingiz, shaxsiy ma’lumotlarni olgan firibgarlar bundan turli maqsadlarda foydalanishadi. Masalan, nomingizga kredit rasmiylashtirishga urinishlari mumkin va h.k.
Aslida firibgarlikning bu turi bir necha yillar oldin chiqqan edi, O‘zbekistonga endi kirib keldi va keng tarqalmoqda.
Bu kabi firibgarlardan ogoh bo‘ling. Telefonda kim nima desa, ishonib ketavermang.
👉 @xushnudbek 👈
Yangi yil — yangilanishlar vaqti. HONOR X9c Smart versiyasini taqdim etamiz.
Tushib ketishdan himoyalash texnologiyasi: ishlab chiqarishning takomillashgan mexanikasi va 2 metr balandlikdan tushib ketishga qarshi chidamlilik.
HONOR X9c Smart uch qatlamli suv o‘tkazmaydigan korpusdan tuzilgan va 360° to‘liq himoya qilish xususiyatiga ega.
Harakatlaringizda erkin bo‘ling va smartfonning kutilmagan shikastlanishlaridan tashvishlanmang.
Smartfonni texnika do‘konlaridan xarid qilib, maxsus sovg‘aga ega bo‘ling!
HONOR X9c Smart — yengilmas kuch.
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
🇺🇿🇨🇦Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochilishi mumkin
Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida keltirilgan.
Unga ko‘ra, 🇨🇦Kanada, 🇧🇷Braziliya va 🇨🇺Kuba bilan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundlari tashkil etiladi.
Shuningdek, Braziliya, Kanada, Argentina va boshqa yetakchi davlatlarning salohiyatli kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va turli iqtisodiy tadbirlar tashkil etish masalasi ishlab chiqiladi.
💊 Xususan, Kuba bilan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.
🌾 Lotin Amerikasida qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan mamlakatlarning mutasaddi vazirlik va davlat idoralari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi va o‘zaro tajriba almashiladi.
👉@xushnudbek👈
Bayram muborak!
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 153-modda
Yurtimiz tinchligi uchun mardonavor xizmat qilayotgan mard va jasur himoyachi-harbiylarni bayram bilan chin qalbdan tabriklayman!
Sizlar borligingiz uchun ko‘ngillarimiz xotirjam, tunlarimiz esa osuda. Rahmat Sizlarga!
Vatanini sevuvchi barcha insonlarga bayram muborak!
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi.
• «Mardlik» ordeni bilan
•
«Do‘stlik» ordeni bilan
•
«Jasorat» medali bilan
•
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
•
«Sog‘lom turmush» medali bilan
•
«Shuhrat» medali bilan
Orzungizdagi xonadonni xarid qilishingiz uchun yana bir qulay imkoniyat
🏡 Qo’yliq bozori yaqinida qurilayotgan Xon Saroy’ning “Shirin hayot” loyihasidan 2 xonali xonadonlarni oyiga 4,2 mln so’mdan to’lab xarid qiling.
Loyiha hududida :
📚 Xususiy maktab
🍽 Kafe va do'konlar
🅿️ 2 qavatli yer osti avtoturargohi
🎠 Bolalar maydonchasi
🌱 Hordiq chiqarish uchun ECO-hudud
👮🏻 Xavfsiz, 24/7 qo’riqlanuvchi hudud bo’lib, siz va oila a’zolaringiz qulayligi va xavfsizligi uchun xizmat qiladi.
Reklama
Читать полностью…
Taksichilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ishlashga doimiy ruxsat beriladi
Ikki yil oldin jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik qilishiga vaqtinchalik ruxsat berilgan edi. Buning natijasida taksichilar soni 6 barobar oshib, 457 mingga yetdi. Shu bois endi bu tartib doimiy bo‘ladi.
Taksilarga mijoz topishda qulay axborot xizmatlari bozori shakllandi. Hozirda 151 ta agregator kompaniyalar ish yurityapti va bu yana o‘sib boryapti. Shu bois agregatorlar faoliyati tartibga solinadi, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyati aniq belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈
Paralimpiya o’yinlari chempioni Asila Mirzayorovaning fotiha to’yi bo’libdi. Alloh to’kis baxt bersin yoshlarga. O’zbekiston rivojiga hissa qo’shuvchi solih va soliha farzandlar ato etsin.
🔘 @xushnudbekuz
Yangi yil va qishki ta’til munosabati bilan kanalimizda BOLALAR UCHUN tashkil qilinayotgan tanlov (giveaway) uchun mukofotga qo‘yilgan kitoblar to‘plami egalarini kutmoqda.
"Asaxiy Books" nashriyoti tomonidan "Dunyo daholari" ruknida chop etilgan to‘plamdan (5 ta kitob) 50 dona tayyor qilib qo’yildi.
⏳G’oliblar ertaga, qishki ta’tilning oxirgi kuni — 12-yanvar soat 20:00 da ma’lum bo’ladi.
‼️Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.
Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.
❗️Bu muhim: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
Futbol olamining asosiy insayderi Fabritsio Romano hozirgina Abduqodir Husanovning "Manchester City" jamoasiga transferi tasdiqlangani haqida ma'lumot berdi. Jumladan, xabarda shunday deyiladi:
"Abduqodir Husanov Man Cityga o‘tmoqda, kelishildi! 40 million yevro asosiy to‘lov va qo‘shimcha bonuslar evaziga bitim amalga oshirildi.
"Lans" jamoasi taklifni ma’qulladi va yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berdi.
Shartnoma 2029-yil iyungacha, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan.
✅ Dekabrda e’lon qilingan eksklyuziv xabar tasdiqlandi".
👉 @xushnudbek 👈
16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi:
🔹Beruniy, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlari (investitsiya hajmi 15 million dollarga ham yetmagani uchun);
🔹Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari va Ohangaron shahri (eksport kamaygani uchun).
👉@xushnudbek👈
❗️“Tashabbusli byudjet” jarayoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senati Kengashining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:
❌ endilikda moliyaviy mustaqil bo‘lgan OTMlarning ushbu jarayonlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;
❌ mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga ko‘proq e'tibor qaratish maqsadida tashkilotlar tomonidan bаrсhа turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini ta'minlashga oid jihozlar (rаdаr, jamoat joylaridagi kuzatuv kаmеrаlаri, “svetofor”) rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi;
💰 Shuningdek, har yili tuman va shahar byudjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
❗️Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.
👉@xushnudbek👈
❓Stipendiyalar to‘lovi qay holatda?
Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy tizimlarni to‘liq raqamlashtirish ishlari olib borilayotgani sababli talabalarning yanvar oyidagi stipendiya to‘lovlari kechikayotgani haqida xabar bergan edik.
Oliy ta’lim vazirligidan olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra:
✅ hozirgacha 105 ta oliygohdan 37 tasida yanvar oyi stipendiya to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan;
☑️ 50 ta oliygohda hisoblash jarayonlari tugatilib, to‘lovlar bo‘yicha so‘rovnomalar g‘aznachilik organlariga yuborilgan va ertaga bank kuni ochilishi bilan to‘lovlar amalga oshirilishi ta’minlanadi;
🔄 qolgan 18 ta oliygohda stipendiyalarni hisoblash ishlari davom ettirilmoqda va texnik xato-kamchiliklar dasturchilar tomonidan to‘g‘rilanib, ushbu to‘lovlar ham ertaga amalga oshiriladi.
👉@xushnudbek👈
🚕 O‘zbekistonda taksi bozori hajmi qariyb 6 trln so‘mga yetdi
➖Taksi bozori legallashtirilishi natijasida 498 mingga yaqin haydovchi o‘zini o‘zi band qilgan. Ularning 90 foizdan ko‘prog‘ida taksichilik "yordamchi faoliyat" hisoblanadi, ya’ni beshtadan kam tashuvni amalga oshirgan;
➖ 155 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilingan;
➖haydovchilar tomonidan yil davomida 320 million marta yo‘lovchi tashuvlari amalga oshirilgan. Yo‘lovchi tashish aylanmasi 5,9 trillion so‘mga yetgan, o'rtacha bitta chek 18 456 so'mni tashkil etgan;
➖ayol haydovchilar soni ham yil boshidagi 1 ming 53 nafardan 4 ming 124 nafarga yetdi;
➖yil davomida taksi xizmatlarini ko‘rsatgan 4,7 mingga yaqin haydovchi 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan;
➖haydovchilarning 57 foizi 30 yoshdan 50 yoshgacha. Shuningdek, 50 yoshdan oshgan 35 mingdan ortiq taksichilar faoliyat yuritmoqda.
➖avtomobil rusumlari:
— Nexia (17,8%);
— Cobalt (16,9%);
— Lacetti (13,9%)
➖Taksi agregatorlari tomonidan 2024-yilda 156,8 milliard so‘m soliq, shundan 66,2 milliard so‘m QQS solig‘i to‘langan.
👉@xushnudbek👈
Bosh prokuror, O‘zbekiston kurash federatsiyasi rahbari Yo‘ldoshev Nig‘matilla To‘lqinovich Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.
👉@xushnudbek👈
#firibgar
AQSHdagi sherif firibgarlikning yangi turi haqida ogohlantirmoqda.
Firibgarlar avtomobillar to‘xtash joylari uchun to‘lov qilish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan QR-kod surati ustiga soxta saytni ochib beradigan boshqa QR-kod rasmini yopishtirib ketayotgan ekan.
Bunga e’tibor qilmagan insonlar firibgarlar yasagan saytda o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini, karta raqamlarini qoldiradi. Natijada firibgarlar kartasidagi pullarni o‘g‘irlab qo‘yadi. Va shaxsiy ma’lumotlardan boshqa g‘araz maqsadlarda ham ishlatishi mumkin.
Tez orada O‘zbekistonda ham jamoat joylarida pulli "parkovkalar" ishga tushishini hisobga olsak, ogoh bo‘lish zarar qilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va jamoani tabrikladi.
Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ichida faxrli 1-o‘rinni hamda 150 ming AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.
Ma'lumot uchun, Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Mukofot 5 ta yo‘nalish bo‘yicha beriladi:
1️⃣ sog‘liqni saqlash;
2️⃣ ta'lim;
3️⃣ energiya;
4️⃣ suv;
5️⃣ global o‘rta maktablar.
Vakillarimiz global o‘rta maktablar yo‘nalishida 🇹🇷Turkiya va 🇦🇿Ozarbayjon vakillari bilan finalga yo‘l olgan edi.
👉@xushnudbek👈
🥇Oʻzbekistondagi tezkor mobil internet Ucell'da*!
Mamlakatimizning barcha hududlarida — Chimyonning baland tog‘laridan Orol dengizi sohillarigacha sifatli aloqa yo‘lga qo‘yilgan.
Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat!
*Xabar 2024-yilga oid Speedtest Intelligence® ma’lumotlari bo‘yicha Ookla® kompaniyasi tahlili asosida tayyorlangan. Ookla savdo belgilari litsenziya bo‘yicha qo‘llanmoqda va muallif ruxsati bilan qayta nashr etilmoqda.
Batafsil | Reklama
❓Talabalar stipendiyasi nega kechikmoqda?
Shu mazmunda talabalardan bir qator murojaatlar kelib tushdi. Ushbu masala bo‘yicha Oliy ta’lim vazirligining tegishli mas’ullari bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildim.
❓Sababi nimada?
Stipendiya kechikayotganining sababi, ayni kunlarda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy tizimini to‘liq raqamlashtirish ishlari yakuniy bosqichda ekan. Xabaringiz bor, raqamlashtirish jarayonlari bir necha yildan buyon davom etmoqda. Masalan, kontrakt to‘lovlari ilgari faqat bankka borib to‘lanardi, talabaning hisobini (yoki qarzini) onlayn ko‘rib ham bo‘lmasdi, marketing bo‘limi eshigida sarg‘ayish kerak edi. So‘nggi yillarda bu to‘liq raqamlashdi, hozir bitta JShShIR raqamini kiritib, kontraktni onlayn to‘lasa bo‘ladi.
Endi navbat stipendiyaga kelibdi. Va bu ham to‘liq raqamli tizimga o‘tyapti. Shu sababli texnik tomondan kechikayotgan ekan.
Asosiy maqsad, oliy ta’lim tizimida talon-toroj va pul "yeyish"larning oldini olish, deyishdi mas’ullar.
❓Qachon to‘lanadi?
Hozirda tizim deyarli tayyor bo‘libdi, hatto bugundan to‘lov boshlanibdi ham. Masalan, 3 ta OTMda — Guliston davlat pedagogika instituti, Namangan davlat chet tillari instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati institutida to‘lov qilingani aytildi.
✅ Mas’ullar uzog‘i 3 kun ichida boshqa OTMlarda ham bosqichma-bosqich to‘lovlar amalga oshirilishini aytishdi. Katta qismi ertaga o‘tar ekan.
👉 @xushnudbek 👈
Menga ham firibgarlar telefon qilishdi
#firibgar
Rossiyada aholini firibgarlardan ogohlikka chaqirib, "Go‘shakni qo‘yib qo‘y" ijtimoiy aksiyasi o‘tkazishgan. Aksiya doirasida turli vajlar bilan qo‘ng‘iroq qiluvchi firibgarlardan ogohlantirishadi va gaplashib o‘tirmasdan go‘shakni qo‘yib qo‘ying, deyishadi.
3 kun oldin menga ham birinchi marta shunaqa firibgar telefon qildi. Rus tilida gaplashdi. Shahar ichki ishlar bo‘limida tergovchiman, Sizga oid jinoyat ishi ochilgan dedi.
"Bir ayol sizning nomingizdan soxta ishonchnoma tayyorlabdi va bugun "Ipoteka bank"ga borib, sizning hisobingizdan 20 mln so‘m yechmoqchi bo‘libdi. Oxirgi daqiqalarda bank xodimi ishonchnoma soxtaligini sezib qolibdi, hozir jinoyat ishi qo‘zg‘atganmiz" dedi. O‘zimni bilmaslikka olib, "yo‘g‘ey, shunaqa bo‘libdimi, voooy, endi nima qilamiz" deb eshitdim. "Biz sizni himoya qilamiz, ayrim ma’lumotlaringiz kerak" dedi. Bir nechta savollar bergandim, negadir tezda aloqani o‘chirib qo‘ydi va qaytib telefon qilmadi.
Aytgancha, gapining boshlarida qo‘ng‘iroqni uzib qo‘ydim. Qayta telefon qilganda, umuman boshqa raqamdan chiqdi. Bu ham firibgarlarni aniqlashning bir usuli. Chunki ular odatda xorijda bo‘ladi hamda roumingdan telefon qiladi. Rouming orqali qo‘ng‘iroq qilinganda esa har safar turli mahalliy raqam chiqadi.
Eng qizig‘i, ularda mening ism-familiyam bor ekan. Demak, millionlab o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari internet kengliklarida kezib yuribdi. Bu jiddiy xavf hamda kiberxavfsizlikka mas’ul idoralar uchun jiddiy savol.
👉 @xushnudbek 👈
Bugundan “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish boshlandi
Ovoz berish jarayonlari 17-yanvarga qadar davom etadi.
Har kim o‘zi muhim deb bilgan loyihaga “Ochiq byudjet” portalida ovoz berishi mumkin.
👉@xushnudbek👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 21 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Nodirabegim Ibrohimova. Voz kechilgan kitoblar
Izoh: Ushbu hikoyani o‘qiyotgan har kim iliq muhabbat tuygʻusini tatib koʻrgandir ehtimol... Qahramonning boshidan kechirganlari sizning turli hislar qurshovida qolishingizga sabab bo‘lishi mumkin.
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/nodirabegim-ibrohimova-voz-kechilgan-kitoblar" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/nodirabegim-ibrohimova-voz-kechilgan-kitoblar
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/OXeeywajO_o
🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
❗️Toshkent va Namanganda prokuratura xodimlari ushlandi
➖ Toshkent shahri Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 20 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.
***
➖ Namangan viloyati Chortoq tumani prokurorining katta yordamchisi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori 5 nafar fuqaroga nogironlik nafaqasini belgilashda soxta hujjatlar tayyorlab berganligi yuzasidan taqdim qilingan materiallarni o‘rganib chiqib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 3000 AQSH dollari talab qilgan. U so‘ralgan puldan 2400 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
👉@xushnudbek👈
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Davlatimiz rahbari Amirliklar poytaxtida Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashadi, shuningdek, "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ishtirok etadi.
Shuningdrk, Dubay shahrida ham uchrashuv va tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈
Tergov sudyalari haqida dilemma
💬 Qisqa mazmuni: 1-yanvardan tashkil etilgan tergov sudyalari hozir faqat ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘ryapti, lekin eng asosiy kutilgan vazifa, ya’ni sanksiya berish bilan shug‘ullanmayapti.
📝Batafsil: Prezidentning 2024-yil 10-iyundagi 89-sonli farmoni asosida 2025-yil 1-yanvardan tergov sudyasi lavozimi joriy qilindi hamda ularga quyidagi asosiy 2 ta vakolatlar berildi:
1) jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish;
2) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish.
Farmon ijrosi hozircha quyidagi holatda:
✅ haqiqatdan, 1-yanvardan tergov sudyalari lavozimi tashkil etildi;
✅ haqiqatdan, tergov sudyalari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishni boshladi;
❌ ammo ularga sanksiya berish vakolatlari berilmadi. Hozirda sanksiyalarni tergov sudyalari emas, avvalgidek jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar bermoqda.
Sababi nima ekanligini aniq bilmadim. Lekin mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, bunga asosiy sabab — hozircha tergov sudyasi lavozimi joriy etilishi munosabati bilan qonunchilikka o‘zgarish kiritilmagan. Ya’ni kodekslar, sudlar faoliyatiga oid qonunlar o‘zgarmagan.
Jinoyat-protsessual kodeksida sanksiyani tergov sudyasi beradi, deyilmagani uchun farmon asosida ish ko‘ra olmaymiz, deyishayotgan bo‘lishlari mumkin.
Unda shunchaki savol tug‘iladi: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ham hali o‘zgarish kirmadi-ku. Nega farmon asosida tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga ruxsat berilmoqda?
Ya’ni JPKga kelganda qonun tomon, MJtKga kelganda farmon tomon bo‘ldikmi? Yagona prinsip yo‘qmi? Qiziq, dilemma xullas.
Tezroq qonun qabul qilinib, ushbu tushunmovchilik bartaraf etiladi, degan umiddaman.
👉 @xushnudbek 👈