xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimi JK 273-moddasi 3-qismi bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishida ayblanuvchilarga yengillik berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

***

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

***

Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mansabdor tanishlari orqali 2 gektar yer olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O'zbekistonda "10 ming qadam" loyihasi yana qaytmoqda

Bu bo'yicha Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan boshlab “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida maxsus platforma ishga tushirilib, u orqali bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi hamda ularga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

➖davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma;
➖davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʼlgan banklarda isteʼmol kreditini olishda chegirma;
➖oilaning barcha voyaga yetgan aʼzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobildan birini yutish imkoniyatini taqdim etish.

❗️Eslatma: bundan avval, 2021-yildan boshlab bir sutkada 10 ming qadam yurganlarga har kuni 3000 so‘mdan pul to‘lash yo‘lga qo‘yilgan edi. 2022-yil yanvar oyida esa piyoda yurganlarga pul berish to‘xtatilib, o‘rniga yangicha rag‘batlantirish tizimi (har hafta 100 million so‘m va mingta velosiped berish) yo‘lga qo‘yilishi va'da qilindi. Oradan uch oy o‘tib esa piyoda yurganlarni rag‘batlantirish tizimi imi-jimida butunlay bekor qilib yuborildi. Muhokamaga qo‘yilgan Prezident farmoni loyihasi bilan ushbu tizim yana qaytadigan bo‘lyapti.

Shuningdek, aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini oʼtkazilib, g'olib mahallalar jamg'armasiga quyidagi maqsadlar uchun 500 million so'm ajratiladi:

🔹bolalar maydonchasini qurish;
🔹yashil bogʼ yaratish;
🔹chiqindi yigʼish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini oʼrnatish.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚍O‘zbekiston shaharlaridan 5 ta davlatga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Shu munosabat bilan, Transport vazirligi quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlarni amalga oshirish istagidagi tashuvchi tadbirkorlarni hamkorlikka chaqirmoqda:

🇰🇿 Qozog‘istonga

• Buxoro – Turkiston
• Urganch – Aqtau
• Farg‘ona – Olmaota (Tojikiston orqali)

🇹🇯 Tojikistonga

• Samarqand – Dushanbe
• Buxoro – Dushanbe

🇰🇬 Qirg‘izistonga

• Andijon – O‘sh
• Andijon – Jalolobod
• Andijon – Arslanbob
• Kosonsoy – Jalolobod
• Buxoro – Bishkek

🇷🇺 Rossiyaga

• Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva
• Urganch – Nukus – Ufa
• Nukus – Krasnodar
• Toshkent – Ufa
• Toshkent – Krasnodar

🇨🇳 Xitoyga

• Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xon Saroy kompaniyasi 2024-yil natijalari bilan bo‘lishdi

Yurtimizda zamonaviy va sifatli bino va inshootlarni qurib bitkazib, xalq ishonchini oqlab kelayotgan Xon Saroy kompaniyasi 2024-yil natijalarini omma bilan bo‘lishdi.

2024-yilda kompaniya 6 ta loyihani o‘z egalariga topshirgan holda 2000 ga yaqin mijoziga xonadon kalitlarini topshirdi.

Batafsil ma’lumot uchun:

☎️ 712007400
☎️ 555017400

🌐@xonsaroy_bot

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 8-yanvar kuni Farg‘ona viloyatining uchta davlat chegaralari tutashgan nuqtasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iziston bosh vaziri Odilbek Qosimaliyev va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda bo‘lajak uch tomonlama tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi
#abituriyent

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Fanlar majmuasida 218 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.

❗️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda, yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yandex Uzbekistan hamkor kuryerlar uchun sug‘urta joriy qilibdi.

Sug‘urta dasturi kuryerlar ish vaqtidagi baxtsiz hodisalar oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganda ularga 100 million so‘mgacha qoplab beradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚆O‘zbekistonda 1-fevraldan ayrim poyezd chiptalari narxi oshadi

Narxlar quyidagicha oshirilmoqda:

➖yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining VIP, biznes-klass toifadagi chipta narxlari — 25% ga;
ekonom-klass chipta narxlari — 20% ga;
➖tezyurar yo’lovchi poyezdlar "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlarining chipta narxlari — 30% ga.

💰"Afrosiyob" elektropoyezdlarni chipta narxlari quyidagicha:

🔹Toshkent — Buxoro

VIP – 994 000 so‘m
Biznes – 751 000 so‘m
Ekonom – 484 000 so'm

🔹Toshkent — Qarshi

VIP – 854 000 so‘m
Biznes – 634 000 so‘m
Ekonom – 406 000 so'm

🔹Toshkent — Samarqand

VIP – 619 000 so‘m
Biznes – 450 000 so‘m
Ekonom – 294 000 so'm.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#firibgar

Diqqat, firibgarlar!

Sizga hech kim sovg’a yuborgani yo’q. “Faollashtirish” so’zining ustiga bossangiz, firibgarlar o’zi yaratgan soxta saytga kirib qolasiz. Natijada Telegram profilingiz firibgarlar qo’liga o’tib ketadi va sizning nomingizdan kontaktingizdagi hamma odamga virusli xabar tarqatishni boshlaydi.

Agar sizga yaqin insoningizdan shunaqa xabar kelsa ham, ishonmang, hech narsani bosmang, chunki o’sha inson ham firibgarlar tuzog’iga ilingan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni

Ertaga — 4-yanvar (shanba) barcha xodimlar uchun (besh kunliklarga ham, olti kunliklarga ham) ISH KUNI hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hayotiy latifa.

Bu ishni qilgan firibgarga 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Unga maslahat va yordam bergan sherigi esa 2 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇺🇸Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Jozef Baydenga hamdardlik bildirdi.

Ma'lumot uchun, shaharda 31-dekabr kuni 42 yoshli erkak avtomobilida odamlar ustiga bostirib borib, otishma sodir etishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Uning o‘zi ham otishma vaqtida halok bo‘ldi.

Jinoyatchining avtomobilidan qurollar, qo‘lbola portlovchi vositalar hamda IShID (terroristik tashkilot) bayrog‘i topilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Muhitdinov Erkin Madorbekovich Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bunga qadar u vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda 2027-yildan plastik paketlar butunlay taqiqlanishi mumkin

Bu bo‘yicha milliy dastur loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va foydalanishni taqiqlash, uning o‘rniga ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) paketlardan foydalanishni rag‘batlantirish taklifi ilgari surilyapti.

Bundan tashqari, dastur loyihasida plastik mahsulotlarining kimyoviy tarkibida zararli moddalardan foydalanishni cheklash va qadoqlarda qayta ishlangan plastikdan foydalanish koeffitsientlarini belgilash nazarda tutilgan.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 8 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Alfons Dode. Arlyalik qiz (hikoya)

Izoh
: Jan kamtar va kelishgan dehqon yigit, unga hamma qizlarning havasi keladi. Faqat uning koʻnglini boshqasi band qilgan: arlyalik qiz. Lekin u qiz haqida har xil gap-soʻzlar yuribdi. Shunga qaramay Janning muhabbati kundan kunga ortib borardi.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/alfons-dode-arlyalik-qiz" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/alfons-dode-arlyalik-qiz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/AXGFUFnJW4g

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🗓 2025-yil "Ochiq byudjet" portalida jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan loyihalar taqvimi e'lon qilindi

Unga ko‘ra:

1⃣ Yanvar oyida 2024-2025-o‘quv yili uchun "Mening maktabim" loyihasi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish 13-17 yanvar kunlari o‘tkaziladi.

Loyihaning 2025-2026-o‘quv yili uchun mavsumi oktyabr oyiga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-10-oktyabrda, ovoz berish esa 21-30-oktyabr kunlari bo‘ladi. 

2⃣ "Tashabbusli byudjet"ning 1-mavsumi fevral-mart oylariga mo‘ljallangan. Loyihalarni kiritish 1-20-fevralda, ovoz berish esa 11-20-mart oralig‘ida bo‘ladi.

Loyihaning 2-mavsumi iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Loyihalarni kiritish 15-iyuldan 3-avgustgacha, ovoz berish 22-avgustdan 31-avgustgacha etib belgilangan.

3⃣ "Mening bog‘im" loyihasi aprel oyida o‘tkaziladi. 1-10-aprelda loyihalarni kiritish, 21-30-aprelda esa ovoz berish bo‘lib o‘tadi.

4⃣ "Mening bog‘cham" loyihasi iyun oyida o‘tkaziladi. Loyihalar uchun ovoz berish jarayoni 1-10-iyun kunlariga belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️1-iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham tan olinadi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Bunda banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda quyidagi hujjatlarning qog‘oz shakli talab etilmaydi:

🔹O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti;
🔹O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi;
🔹haydovchilik guvohnomasi;
🔹tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
🔹nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
🔹nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
🔹transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
🔹pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
🔹fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi);
🔹nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
🔹transport vositasining majburiy sug‘urta (fuqarolik javobgarligi) bo‘yicha sug‘urta polisi;
🔹oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
🔹talabalik guvohnomasi;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
🔹o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
🔹turar joy obyektlarining kadastr pasporti;
🔹jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma.

Ushbu hujjatlarning portaldagi elektron shakllari ham tan olinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 8-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!

ℹ️ Maʼlumot uchun: 1992-yil 8-yanvar kuni, Ittifoq qaramog‘idagi O‘zbekiston SSR prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirilgan edi.

Yurtimizda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni olib boruvchi barcha jonkuyar va fidoyi insonlarni ushbu kasb bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman! 

Qonun ustuvorligi qog‘ozlarda emas, amalda taʼminlanishi yo‘lida hormay-tolmay mehnat qilishlaringizga tilakdoshman!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xitoyda 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 7-yanvar tongida kuzatilgan zilzila epimarkazi 🇨🇳Xitoyning Tibet avtonom viloyati Shigatse shahridan 180 kilometr uzoqlikda qayd etilgan.

Hodisa oqibatida hozirgacha 53 kishi halok bo‘lgan, 62 kishi esa jarohatlangan. Zilzila kuchi qo‘shni mamlakatlar:🇳🇵Nepal, 🇮🇳Hindiston va 🇧🇹Butanda ham sezilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bolalar uchun katta giveaway!

Yangi yil munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) o‘tkazganimizda, "Sovg‘alar orasida bolalar uchun kitob ham bormi, chunki Yangi yil ko‘proq bolalar bayrami", deya so‘rab qolishdi. O‘ylab qarasam, haqiqatdan shu paytgacha o‘tkazgan barcha tanlovlarimizda mukofotga qo‘yilgan kitoblar faqat kattalarga mo‘ljallangan ekan. O‘zi umuman olganda, kitob bozorida bolalarga atalgan o‘zbek tilidagi nashrlar bilan bog‘liq vaziyat juda unaqa havas qilarli emas.

Shu sababli, kichik "aybimizni" yuvgan holda, Yangi yil tanlovini davom ettirishimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

Obunachilarimiz orasidan naq 50 kishiga "Asaxiy Books" nashriyoti tomonidan "Dunyo daholari" ruknida chop etilgan to‘plam (5 ta kitob) sovg’a qilinadi.

Ushbu to‘plamda Albert Eynshteyn, Stiv Jobs, Leonardo da Vinchi, Muhammad Ali hamda Volfgang Amadey Motsart hayoti haqida bolalarbop tilda ma’lumot berilgan. G‘oliblarning farzandlari, uka va singillari, jiyanlari qatorida kattalar ham mazza qilib o‘qiydi, degan umiddamiz.

Kitoblar haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin (bugun "ASaxiy"ning 10 yilligi munosabati bilan chegirma berilgan).

⏳G’olib nomi 12-yanvar kuni soat 20:00 da, ya’ni bolalar uchun qishki ta’tilning oxirgi kunida ma’lum bo’ladi.

‼️ Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.

Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.

Qo‘shimcha ma’lumot:
kitoblar to‘plami g‘oliblarning uy manziliga butun O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.

❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

SSV: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi ma’lumotlar mutlaqo asossiz

Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beshta bo‘limida — Chaqaloqlarni parvarish qilish, Chaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya bo‘limlarida profilaktik yuvish-tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur bo‘limlarning barchasi bugun, 6-yanvar kunidan qayta ochildi va bu holat tabiiy ravishda bemorlar oqimi nisbatan ortishiga sabab bo‘ldi.

Qolaversa, markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan to‘lgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani haqida xabarlar tarqalgan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Arkadiy Averchenko. Robinzonlar

Izoh
: Kema halokatidan so‘ng omon qolgan olim Pavel Narimskiy va sobiq josus Prov Ivanovich Akatsiyev dengizga sakrashdi va chaqqonlik bilan orol sari suza boshlashdi... “Robinzonlar”ning gʻaroyib sarguzashtlari aynan shunday boshlandi.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/arkadiy-averchenko-robinzonlar" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/arkadiy-averchenko-robinzonlar

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/v2zpn3yJHxA

🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

G‘ayrat Do‘stov sud zalidan ozod qilindi

Toshkent shahar sudining qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori o‘zgartirildi va ma’muriy qamoq jazo chorasi 15 sutkadan 8 sutkaga kamaytirildi.

Uning 8 sutkadan buyon qamoqdaligi hisobga olinib, tayinlangan jazo o‘talgan deb hisoblandi va sud zalidan ozod qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏥 Tibbiyot oliygohlarida o‘qishni istaysizmi?! Unday bo'lsa Buxorodagi “Nodirbek Ismoilov o‘quv markazi” aynan siz uchun!

Markazda yangi guruhlarga
7-8-9-10-11-sinf o’quvchilari va abituriyentlar qabul qilinadi!

O‘quv markazi TIBBIYOT OLIYGOHLARIga yo‘naltirilgan bo’lib, quyidagi fanlardan sifatli ta’lim beriladi:

● Asosiy fanlar
KIMYO | BIOLOGIYA
● Majburiy fanlar
Ona tili | Matematika | Tarix

📌
Uzoq hududdan keladigan abituriyentlar barcha sharoitlarga ega yotoqxona bilan ta'minlanadi (3 mahal issiq ovqati bilan)

 📈O‘quvchilar natijalari bilan tanishish uchun: @Ismoilov_ziyo

📍 Manzil: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Armechan MFY, Frishkent qishlog’i (mo‘ljal: 20-maktab)

📞 Murojaat uchun: +998888669960, +998973070303, +998973086336, +998913373010
🧑🏻‍💻@mironshoh_xudoyberdiyev
Telegram | Ismoilov_ziyo">YouTube | Instagram | Taʼlim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚇Toshkent metropoliteniga Rossiyadan uchta yangi poyezd (12 ta vagon) olib kelindi.

Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shartnomaviy miqdordan ko‘p iste'mol qilingan elektr va gaz uchun to‘lov miqdori o‘zgardi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, yuridik iste'molchilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilganda, belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bundan avval yuridik shaxslar uchun shartnomaviy miqdordan oshgan iste'mol uchun 2 va 3 baravarlik tariflar joriy qilingan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning avgust oyida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari uchun elektr va gaz iste'moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tariflar saqlanib qoladigan tartib joriy qilinishini aytgan edi.

❗️Eslatma: ushbu tartib maishiy iste'molchilar, ya'ni aholi xonadonlari uchun emas, tadbirkorlik subyektlari uchun joriy qilinmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel