xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Samadov G‘ulomjon Xursandovich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati rahbari etib tayinlandi.

Bunga qadar u "Nurafshon" telekanali direktori edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayupov Shavkat Abdullayevich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi.

Bunga qadar u Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️15-dekabrdan boshlab "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi vaqtlar yuqoridagi jadvalda.

Reys vaqtlariga e’tiborli bo‘ling.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📈Yaxshi xabar: IELTS sertifikati olgan o‘zbekistonlik yoshlar soni 4 yil ichida 5 baravarga o‘sgan

IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020-yilda 10 ming 152 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 52 ming 706 nafarga yetgan.

Shuningdek, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar soni 2020-yilda 1 ming 807 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil holatiga 13 ming 424 nafarni tashkil etmoqda. O‘z navbatida bu 7,4 barobarga o‘sish kuzatilganini anglatadi.

8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar soni esa 2020-yilda 14 nafar bo‘lgan, 2024-yil holatiga esa ularning soni 332 nafarga yetgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🏆 Bugun, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining qishki mavsum uchinchi o‘yinida Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etadi.

‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!

Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.

✊ Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Sportga oid 2 ta xushxabar:

🏋‍♂ Ruslan Nurudinov siltab ko‘tarish bo‘yicha o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yana yangiladi va uch karra jahon chempioniga aylandi.

U dast ko‘tarishda 182 kg, siltab ko‘tarishda esa 242 kg, umumiy 424 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir hamyurtimiz Sharofiddin Amriddinov 184 kg bilan dast koʻtarish yoʻnalishida oltin medalga ega chiqdi.

***

🥊 Bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev kamar uchun bahsning uchinchi raundida raqibi Rikardo Espinozani nokautga uchratdi hamda WBA interim (vaqtincha) kamarini qo‘lga kiritdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Dovon kuchli qor yog‘ayotgani sababli bugun, 15-dekabr kuni soat 10:30 dan boshlab yopilgan.

Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan hududda profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Dovonning qayta ochilishi bo'yicha qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇰🇷 Janubiy Koreya prezidentiga impichment e'lon qilindi

3-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat e'lon qilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi impichment uchun bugun, 14-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamentining 204 nafar a'zosi (umumiy deputatlarning 2/3 qismi) ovoz berdi.

Endilikda prezidentning vakolatlari to‘xtatiladi va vaqtinchalik prezident vazifasini bajarish bosh vazir Xan Dok Su zimmasiga o‘tadi.

Shundan so‘ng, Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi 180 kun (6 oy) ichida ishni ko‘rib chiqadi. Kengashning 9 nafar a'zosidan 6 nafari impichmentni qo‘llab-quvvatlasa, prezident lavozimidan ozod qilinadi.

Konstitutsiyaviy sud impichmentni tasdiqlasa, 60 kun ichida mamlakatda yangi prezidentni saylash uchun saylov bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!

Prezident farmoniga ko’ra, 14-dekabr — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi.

Ya’ni besh kunliklar ham ishga chiqadi. Ular buning evaziga 30-dekabr, dushanba kuni dam olishadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston xalq artisti, o‘zbek dublyaj san’ati ustasi To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etibdi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi roji'un.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Dunyoning eng ruhlantiruvchi 100 ayoli ro‘yxatiga kirgan surxondaryolik Dilorom Yo‘ldoshevani "Mardlik" ordeni bilan taqdirlash jarayoni.

Davlat mukofotini Prezident nomidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎖Dilorom Yoʻldoshevaga “Mardlik” ordeni topshirildi

Prezident tikuvchilik korxonasi ochib, 40 nafar xotin-qizni ish bilan ta'minlagan hamda dunyoning eng ruhlantiruvchi "Top-100" ayoli ro‘yxatiga kiritilgan denovlik ayolning ishlarini e'tirof etdi.

Prezident farmoniga muvofiq, yig‘ilishda Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi.

2025-yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy filmlar suratga olish muhimligi taʼkidlandi. Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️2025-yilda kambag‘al oilalar farzandlarining bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi

Bu haqda ayni paytda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.

Unga ko‘ra, 2025-yildan boshlab oilaviy bog‘cha o‘rinlarining 15 foizi kambag‘al oila farzandlari uchun ajratiladi va ularga bog‘cha to‘lovi qisman qoplab beriladi.

Shuningdek, maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaga kelgusi yili kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan mingta mahallada bittadan oilaviy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Bakalavriat bo‘yicha Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari tasdiqlandi

2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 83 nafar talabasi Prezident stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Jumladan:

— Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇮🇳GUKESH — TARIXDAGI ENG YOSH JAHON CHEMPIONI!

Dahshat! Oxirgi partiyada 100 foizli durangli vaziyat edi. Ammo Gukesh qaysarlik bilan o‘yinni davom ettiraverdi. Ko‘pchilik bu ishi uchun uning ustidan kulishni ham boshladi. Ammo Ding Liren partiya oxirida o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Bunaqa xatoni faqat havaskorlar qilishi mumkin, lekin ozgina professional shaxmatchi bunaqa xato qilishi fantastika.

Shunday qilib, 18 yoshli Gukesh Dommaraju 18-jahon chempioniga aylandi. Tabriklaymiz!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ayrim rahbarlar “bu vaqtincha, bir-ikki yilda o‘tib ketadi” degan kayfiyatda yurganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bu borada sustkashlik va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan iqtisodiy kompleksdagi 297 nafar rahbar ishdan olindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘zbekistonda Milliy turizm yagona platformasi ishga tushiriladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

🗓Unga ko‘ra, mazkur platforma xorijiy va mahalliy sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yilning 1-sentyabridan sinov tariqasida, 1-dekabridan esa to‘liq ishga tushiriladi.

Platforma sayyohlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va baholash;
➖respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, gid, gid-tarjimon, yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
➖yoʻnalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
➖avtobus, avia va temir yoʻl chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
➖xalqaro va milliy toʻlov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
➖turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.

Jismoniy va yuridik shaxslar Milliy turizm yagona platformasiga o‘z xohishlariga ko‘ra ulanishlari hamda unda xizmatlarni joriy qilishlari mumkin.

Platforma 14 ta tilda yuritib boriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 11 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Qo‘chqor Norqobil. Atirgul tabassumi

Izoh
: Eru xotin ijodkor bo‘lsa… Yaxshi jihati – bir-birini tushunishadi. Yomoni ham shu – bir-birini tushunadilar. Albatta, ular bitta uyda yashashadi. Biroq, har qaysining xayolida o‘z adabiy qo‘rg‘oni bo‘ladi; bir-birini kirit­maslik­lari ham mumkin. Keyin… Keyin allaqayerdan Qudrat Imkon degan muhibu muxlis paydo bo‘ldi-da, adib ijodining ashaddiy targ‘ibotchisiga aylandi.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/qochqor-norqobil-atirgul-tabassumi" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/qochqor-norqobil-atirgul-tabassumi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/OF6OFLs8q5w

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

📚 Asaxiy Books'da ajoyib premyera

Esingizda bo‘lsa, 2021-yil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini musulmon yozuvchisi Abdurazzoq Gurna qo‘lga kiritgan edi. Asaxiy Books uning eng mashhur asari — "Jannat" romanini o‘zbek tilida taqdim etdi.

Ushbu roman inglizlar mustamlaka Afrikada aholini o‘z yeridan haydab chiqarayotgan va nemislar qit'a bo‘ylab temiryo‘l qurishni rejalashtirayotgan davr hayoti asosida yozilgan.

Romanda voqealar bosh qahramon, 12 yoshida otasining qarzi uchun qullikka berib yuborilgan afrikalik bolakay - Yusufning tilidan hikoya qilinadi. Yusufning sayohatlari, uning bolalarcha sevgisi yoki qabilalarning hayoti deysizmi - barcha-barchasi kitobxonda ayni davrda, ular bilan birga yashayotgandek taassurot uyg‘otadi.

Mazkur kitob "Xalq banki" ko‘magida chop etilgan.

📕Muqova: egiluvchan
💰Narx: 70 000 som 50 000 so‘m
📖Sahifa: 252 bet
➡️ Birinchilardan bo‘lib buyurtma bering: asaxiy.uz/u/jannat


Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

#36 NARKOTIK MODDALARGA RUXSAT BERISH REJADA BORMI? — Lolazor podcast

📹 https://youtu.be/rHStUyJtb2w

Mundarija:

00:00 Tizer
00:54 Reklama
01:29 Intro
02:00 Navbatdagi mehmon
04:05 Qo’lga tushgan 24 yoshli talaba qiz
05:29 Bizda vaziyat qay darajada?
06:15 Giyohvand moddalar turlari
09:38 Narkomanlar oldida 3 ta yo‘l bor
11:55 “Ota, sizning qilgan aybingiz sabab, men temir kolyaskaga mixlandim”
13:23 Narkotik moddalar O‘zbekistonga qanday kirib keladi?
17:22 Jami narkotik moddalar ichida O‘zbekistonda yetishtirilish ulushi qancha?
19:24 Narkotik moddalar urushni moliyalashtirish manbai
22:14 Chuy, Talas vodiysi nega mashhur?
26:37 Bizda 3 ta “yonayotgan“ hudud bor
32:42 Anonim davolash xizmati haqida
34:13 Davosi bormi?
37:52 O‘rindosh terapiya o‘zini oqlamadi
46:45 Yengil narkotiklarni legalizatsiya qilish masalasi
50:31 Milliy markazi haqida
55:45 Sotuv metodlari kengayib ketgan
1:00:35 Maktablardagi holat
1:03:22 “Nega oxirigacha tugatilmayapti?”
1:08:58 Import dorilar oqimini kuzatish kerak
1:11:02 Ularning konsentratsiyalashgan manzili qayer?
1:14:15 Birlamchi uy sharoitida qanday aniqlash mumkin?
1:16:57 Narkologiyaga borishga uyaladiganlarga qanday yechim bor?
1:22:32 Illatga qarshi targ‘ibot yetarlicha bo‘lishi kerak


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Taxtaqoracha” dovonida transport vositalarining harakati davom etmoqda. Qor yog‘ishi ham to‘xtagani yo‘q.

Maxsus texnikalar to‘xtovsiz ravishda tozalash ishlarini bajarmoqda. Muzlamalarni bartaraf etish uchun qum-tuz aralashmasi ham sepilyapti.

Haydovchilardan ob-havo sharoiti hamda yo‘lning holatini inobatga olib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini, tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya qilishlarini so‘raymiz, deyiladi Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xabarida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Media mahsulotlarni "ma'naviy ekspertiza"dan o‘tkazish haqidagi qaror bekor qilinib, ijrodan chaqirib olingan

Avvalroq Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan e'lon qilingan loyihaga ko‘ra, kino, serial va qo‘shiqlar kabi media mahsulotlar axloqsizlikni targ‘ib qilmasligi uchun "ma'naviyat ekspertizasi"dan o‘tkazilishi belgilangandi.

Adliya vazirligi mazkur masalani o‘rganib, unda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi normalar borligini aniqlagan.

Shu bois, media mahsulotlarini "maʼnaviy ekspertiza"dan oʻtkazishni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu hujjatni qabul qilgan organlar tomonidan bekor qilingan va ijrodan chaqirib olingan.

Vazirlik media mahsulotlar faqat qonuniylik yuzasidan ekspertiza qilinishi mumkinligini bildirdi.

Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislariga esa qonunchilikka zid media-mahsulotlari yuzasidan vakolatli organlarga taklif kiritish tavsiya qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ijtimoiy himoya milliy agentligi "Inson" loyihasi doirasida ilk hujjatli filmni taqdim etdi.

Unda turli qiyinchiliklarni boshdan kechirgan nogironligi bo‘lgan insonlar, ularning matonati, jasorati va hayotga bo‘lgan ishonchi, shuningdek, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida hikoya qilinadi.

Filmni loyihaning insondocumentary?si=guO4EfwzqLC8v5vB">YouTube sahifasida tomosha qilish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ozodbek Nazarbekovga “Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

O‘zbekiston madaniyat vaziriga unvonni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️4 mln xonadonni uzluksiz energiya bilan ta’minlovchi loyihalar ishga tushirildi

Shavkat Mirziyoyev qiymati 3,7 milliard dollarlik 18 ta yangi quvvatlar ishga tushirilayotgani va navbatdagi 6 ta loyiha qurilishiga start berilayotganini energetika sohasidagi tarixiy voqea deb atadi.

Xususan:

Buxoro, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida salkam 2,3 ming megavatt quvvatga ega 5 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda 5 ta yuqori kuchlanishli podstansiya ishga tushirilmoqda;

➖Oʻzbekistonda ilk bor Andijon va Fargʻonada 300 megavattli yirik saqlash tizimi barpo etildi;

Qashqadaryoda 400 megavattli elektr stansiyasi, Toshkent shahrida zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 4 ta kichik GES foydalanishga topshirilmoqda;

Fargʻona, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida qiymati 3,5 milliard dollar boʻlgan 2,5 ming megavattli 6 ta elektr quvvatlari qurilishi boshlanmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yunusobod bozori to‘liq qayta quriladi

Yangi bozor loyihasi 11-dekabr kuni Prezidentga taqdim etildi.

Mazkur loyiha Turkiya va singapurlik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Yunusobod bozori hozirgiga nisbatan qariyb 5 baravar kengayadi.

Dastlab bozor hududida 2025-yil oxirigacha uch qavatli ekobozor foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, hozirgi 150 ta avtomobil sig‘adigan turargoh o‘rnida 1,1 ming sig‘imga ega yangisi quriladi.

Qurilish davrida bozor o‘z faoliyatini to‘xtatmasligi aytilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Ijtimoiy karta joriy qilinadi

Prezidentning ma’lum qilishicha, mazkur karta quyidagi imkoniyatlarni beradi:

🔹avtobus va metroda bepul yurish;
🔹elektr, gaz va oʻqish xarajatiga kompensatsiya olish;
🔹nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

Shu tariqa yagona ijtimoiy karta 10 dan ortiq hujjatlar o‘rnini bosadi.

🗓 Bu tizim 2025-yil 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida sinovdan oʻtkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 17 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Somerset Moem. Meybl xonim

Izoh
: Izquvar Meybl xonim bo'lajak turmush o'rtog'i Jorjning ortidan ayg'oqchilik qilib, holi-joniga qo'ymadi. Jorj esa butun Xitoyni aylanib chiqishga va bir joy topib, u yerda yashirinishga harakat qildi. Ammo bularning barchasi befoyda edi

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/somerset-moem-meybl-xonim" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/somerset-moem-meybl-xonim

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/07_RfJz-Mq0

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Muhammad Umar Baxtiyorov o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hindistonda bayram boshlandi! Va bu bayram qilishga arziydi!

Yurtdoshining jahon chempioni bo‘lganini jonli tomosha qilib, bayram qilish bizga ham nasib qilsin, ilohim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Maktab darsliklari ijarasi 2025-yilda ham bepul bo‘lib qoladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma'lum qilishicha, 2025-yil uchun Davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi.

Bunda, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel