ESLATMA: Prezident farmoniga ko’ra, joriy haftadagi shanba kuni (14-dekabr) barcha xodimlar uchun ish kuni bo‘ladi.
Ya’ni besh kunliklar ham ishga chiqadi. Ular buning evaziga 30-dekabr, dushanba kuni dam olishadi.
👉 @xushnudbek 👈
🚧 Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati qariyb bir oyga cheklanadi
❓Qaysi ko’chalar?
📍Zarafshon ko‘chasining "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
📍Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
📍Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
❓Qancha muddatga?
2024-yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvarigacha.
❓Nima sababdan?
🌲Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta'minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Rasman: maktablarda qishki ta'til 29-dekabr, yakshanba kunidan boshlanib, 12-yanvar, yakshanba kuniga qadar davom etadi. III chorak darslari 13-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Rasman: senatorlar Timur Ishmetovni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Markaziy bank raisi lavozimiga Timur Ishmetov nomzodi ko‘rsatildi
Shavkat Mirziyoyev Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi.
👉 @xushnudbek 👈
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis Senatiga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.
👉 @xushnudbek 👈
☃️ Har bir xonadon quvonch va kulgiga to‘la bo‘lishi, oilangiz bilan vaqt o‘tkazishingizga hech narsa xalaqit bermasligi kerak. HONOR X9c hayotingizni qulaylashtiradi.
Mustahkam korpus, toblangan oyna va suv o‘tkazmaydigan xususiyati tufayli qor ham sizga to‘siq bo‘la olmaydi.
Smartfonni texnika do‘konlaridan yoki brend saytidan xarid qiling va maxsus sovg‘aga ega bo‘ling!
HONOR X9c — Doim ishonchli.
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
❓Yangi yil bayramida necha kun dam olinadi?
✅ Qisqa javob: hozircha 4 kuni aniq, lekin yana o‘zgarishi mumkin.
📋 Batafsil javob: har yili qo‘shimcha dam olish kunlari oldindan ma’lum qilinadi. 2024-yil uchun Prezident farmoni mavjud, ammo hali 2025-yilgi dam olish kunlari haqida farmon chiqmadi. Shu sababli ham Yangi yil bayramidagi dam olish kunlari hozircha to‘liq ma’lum emas, sababi yil boshida taqvim qanaqa bo‘lishini bilmaymiz.
Ammo yil oxirida qanday bo‘lishi ma’lum:
❌✅ 28-dekabr (shanba) — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
✅ 29-dekabr (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
✅ 30-dekabr (dushanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
✅ 31-dekabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
✅ 1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami.
Bundan kelib chiqadiki, hozircha olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ketma-ket 4 kun, besh kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo‘ladi.
Ammo 2025-yil uchun chiqishi kutilayotgan farmonda yil boshida yana qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilinishi ham mumkin. Masalan, 2-yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilsa bo‘ladi (besh kunliklarga 4-yanvar, shanbadan ko‘chirgan holda). Shunda olti kunliklar ketma-ket 5 kun, besh kunliklar ketma-ket 6 kun dam olishi mumkin bo‘ladi. 3 va 4 yanvar — barcha uchun ish kuni bo‘ladi. Bu shunchaki variant xolos, rasmiy tasdiqlangan emas.
Balki yil boshi uchun hech qanaqa dam olish kuni berilmas va barcha 2-yanvardan ishga chiqib ketishi ham mumkin.
ESLATMA: joriy haftadagi shanba kuni (14-dekabr) barcha uchun ish kuni bo‘ladi, ya’ni besh kunliklar ham ishga chiqadi. Ular buning evaziga 30-dekabr, dushanba kuni dam olishadi.
👉 @xushnudbek 👈
✈ Uzbekistan Airways talabalar uchun 50 foizgacha chegirma e’lon qildi
Aviakompaniya o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 23-dekabrdan 7-yanvarga qadar barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari uchun 50% gacha chegirma taqdim etadi.
Chegirmali chiptalarni davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 10-dekabr - O‘zbekiston davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
Mutal Burhonov musiqasi, Abdulla Oripov so‘zi.
👉 @xushnudbek 👈
Tarix takrorlamoqda: Ding Liren 12-partiyada yana kambek qila oldi
Shaxmat toji uchun bugungi bahsda xitoylik amaldagi chempion hindistonlik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va umumiy hisobni tenglashtirdi.
Ertaga tanaffus. Oxirgi 2 ta partiya 11-12-dekabr kunlari bo’lib o’tadi.
Avvalgi chempionatda ham Ding hisobdan ortda qolayotganda 12-partiyada Yan Nepomnyashiyni mag’lub etib, hisobni tenglashtirgan va yakunda chempion bo’lgandi. Ko’ramiz, bu safar nima bo’larkan.
👉 @xushnudbek 👈
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 41 daqiqa vaqtingiz ketadi)
Anor. Albatta, uchrashamiz
Izoh: Ozarbayjonlik hikoya qahramoni yurti uchun oʻzga shaharlarda kichik boʻlsa-da yordam izlab yurgan kezlarida "yolgʻonchi amaldorlar"ning vaʼdalaridan figʻoni falak boʻladi. Ushbu hikoyada siz bosh qahramonning "yolgʻonchilar" tomonidan baʼzida kulgu ostida yoʻgʻrilgan, ammo achinarli sarguzashtidan boxabar boʻlasiz...
📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/anor-albatta-uchrashamiz" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/anor-albatta-uchrashamiz
🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/kn5ytIO4E-w
💬 Muhokama bu yerda.
🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.
📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.
#kechki_mutolaa
👉 @xushnudbek 👈
Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etibdi.
Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un.
👉 @xushnudbek 👈
🛑 O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etiladi
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ular ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda 3D koʻrinishidagi yoʻl yotiq chiziqlari joriy etiladi.
Ular quyidagi nuqtalarga oʻrnatiladi:
🛣 shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarida;
3⃣0⃣ davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida;
🏢 turar joy dahalaridagi koʻrinish cheklangan chorrahalarda;
👶 bolalar maydonchalari hamda taʼlim tashkilotlari oldidagi yoʻl uchastkalarida;
🏖 ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam koʻp toʻplanadigan joylarda;
🚏 koʻchalarning 1.21. “Bolalar” yoʻl belgisi taʼsiridagi qismlarida.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
👉 @xushnudbek 👈
Ucell va Xiaomi’dan “4 tasi 1 da” aksiyasi!
2 490 000 so‘mga Redmi 13 8/256 GB smartfonini xarid qiling va to‘plamda quyidagilarga ega bo‘lasiz:
✅ shikastlanishlardan himoya xizmati
✅ Redmi Buds 6 Active quloqchini
✅ 3 oyga “Katta Doimiy 55” tarifi.
Ucell sotuv ofislaridan so‘rangReklama
♟ Shaxmat bo’yicha jahon tojining 13-partiyasida durang qayd etildi. Hisob: 6,5 — 6,5z
Endi ertaga oxirgi 14-partiya bo’lib o’tadi. 🇨🇳Ding Liren oq donalarda, 🇮🇳Gukesh qora donalarda o’ynaydi.
Agar 14 ta partiyadan keyin ham durang bo’lsa, unda tezkor shaxmatda qo’shimcha tay-brek o’yinlari o’tkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
➖Azimov Zafar Abdumajidovich kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u Xalq banki boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari edi.
➖Boboqulov Sirojiddin Suyunovich kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bunga qadar u Bosh vazir kotibiyatida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimi boshligʻi edi.
👉 @xushnudbek 👈
Rasman: senatorlar Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
👉 @xushnudbek 👈
Talabalar uchun sayyor kassalar tashkil etildi
Toshkent shahridagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalarning avtobus va temiryo‘l qatnovlariga chipta sotib olishlarida qulaylik yaratish maqsadida quyidagi manzillarda sayyor kassalar tashkil etildi:
📍 O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavati.
Manzil: Olmazor tumani Talabalar shaharchasi Universitet ko‘chasi 4-uy.
📍 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida.
Manzil: Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 60-A uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi.
👉 @xushnudbek 👈
Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 23-dekabrdan 10-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Muratov Alisher Akmalovich kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bunga qadar u Biznesni rivojlantirish banki boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Gaz "zapravka"lar faoliyatiga cheklov kiritiladi
Havo haroratining keskin sovishi hamda energiya resurslariga talabning ortishi munosabati bilan, isteʼmol yuqori boʻlgan ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilmoqda.
Bu boʻyicha viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy axborot manbalarida tegishli tartibda maʼlumot berib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Bu yil ham talaba boʻla olmadingizmi? Founders English School siz uchun yaxshi tanlov boʻla oladi.
☺️ Nega aynan Founders English School?
• 2 soatlik darslar
• 2 nafar ustoz
• Oyiga 20+ darslar
• Bepul MOCK imtihonlari
• Founders School'ning IELTS uchun maxsus tuzilgan kitoblari
• 300+ IELTS testlari
• Shaxsiy kabinet
• British Council tomonidan maxsus BEPUL MOCK imtihonlari
• 24/7 kamera nazorati
• Innovatsion dars xonalari
❗️Agar bu yerda oʻqib IELTS'dan 7.0 ball ololmasangiz, keyingi o‘quv kursi siz uchun mutlaqo BEPUL bo‘ladi!
📣 Hoziroq qoʻngʻiroq qiling:
+998712050333
+998712055333
+998908235330
+998900610692
📱Telegram | 📱Instagram ✉️@founders_adminTa’lim reklamasi
♟ Shaxmat bo‘yicha jahon toji uchun kurash o‘zining hali qiluvchi pallasiga kirdi.
Ketma-ket yettita partiya durang bo‘lgandan so‘ng, nihoyat kecha g‘alaba qayd etildi. Oq donalarda o‘ynagan 🇮🇳Gukesh qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan 🇨🇳Ding Liren ustidan g‘alaba qozondi va hisobda oldinga chiqib oldi.
Endi Gukesh qolgan 3 ta partiyada durang qayd etsa ham tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylanadi. Gukeshning g‘alabasi Hindistonda hozirdan katta bayram qilinmoqda.
12-partiya bugun bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈
Uch haftalik tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti yana qaytdi.
Podkastimizning bugungi sonida darsliklar ijarasining bepul yoki pullik bo‘lishi masalasi, byudjetni tasdiqlash jarayoni, agar Parlament byudjetni tasdiqlamaganda nimalar bo‘lishi, valyuta bozori, gaz muammosi, paxta mavsumi, "parkovka"lar bo‘yicha qaror va yana boshqa mavzularda suhbatlashdik.
📹 https://youtu.be/0iB2yVZCRlQ
Dam olish kunida, ayniqsa sovuqda issiq ko‘rpaga o‘ranib olib, tomosha qilish tavsiya etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Odil Temirov “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Bunga qadar u “Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari edi.
👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin shaxs afv etildi
Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan prezident farmoni bilan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈
“Xon Saroy Afsonasi” - siz orzu qilgan xonadonlar! ✨
Toshkent shahri Yashnobod tumanida qad koʻtarayotgan “Xon Saroy Afsonasi” loyihasidan 1 xonali xonadonlarni 105 mln soʻm boshlangʻich toʻlovda xarid qiling.
✅ Boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy toʻlab boring.
➡️ Bot orqali bogʻlanish
☎️ 712007400
☎️ 555017400
🌐 xonsaroy.uz | Telegram | Reklama