xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Bugun, 10-dekabr - O‘zbekiston davlat madhiyasi qabul qilingan kun.

Mutal Burhonov musiqasi, Abdulla Oripov so‘zi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Tarix takrorlamoqda: Ding Liren 12-partiyada yana kambek qila oldi

Shaxmat toji uchun bugungi bahsda xitoylik amaldagi chempion hindistonlik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi va umumiy hisobni tenglashtirdi.

Ertaga tanaffus. Oxirgi 2 ta partiya 11-12-dekabr kunlari bo’lib o’tadi.

Avvalgi chempionatda ham Ding hisobdan ortda qolayotganda 12-partiyada Yan Nepomnyashiyni mag’lub etib, hisobni tenglashtirgan va yakunda chempion bo’lgandi. Ko’ramiz, bu safar nima bo’larkan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 41 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anor. Albatta, uchrashamiz

Izoh
: Ozarbayjonlik hikoya qahramoni yurti uchun oʻzga shaharlarda kichik boʻlsa-da yordam izlab yurgan kezlarida "yolgʻonchi amaldorlar"ning vaʼdalaridan figʻoni falak boʻladi. Ushbu hikoyada siz bosh qahramonning "yolgʻonchilar" tomonidan baʼzida kulgu ostida yoʻgʻrilgan, ammo achinarli sarguzashtidan boxabar boʻlasiz...

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/anor-albatta-uchrashamiz" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/anor-albatta-uchrashamiz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/kn5ytIO4E-w

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sug‘diyona Erdonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak!


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etibdi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🛑 O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ular ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda 3D koʻrinishidagi yoʻl yotiq chiziqlari joriy etiladi.

Ular quyidagi nuqtalarga oʻrnatiladi:

🛣 shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarida;
3⃣0⃣ davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida;
🏢 turar joy dahalaridagi koʻrinish cheklangan chorrahalarda;
👶 bolalar maydonchalari hamda taʼlim tashkilotlari oldidagi yoʻl uchastkalarida;
🏖 ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam koʻp toʻplanadigan joylarda;
🚏 koʻchalarning 1.21. “Bolalar” yoʻl belgisi taʼsiridagi qismlarida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan "Chorvoq darvozasi" hamda “Ugam River” turistik majmualarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev bugun transport, energetika va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kamilov Muzaffar Murotovich Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining amaldagi rektori Gʻafurov Uygʻun Toʻlqinovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi saylangan deputatlari davlat byudjetining 2024-yildagi xarajatlarini 9,98 trln so‘m (775,8 mln dollar)ga oshirish haqidagi qonunni uch o‘qishda qabul qildi.

Qonunni qabul qilish jarayoni atigi 9 daqiqa davom etgan. Qonun ma’qullash uchun Senatga yuborilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?

Qisqa javob: ha, dam olish kuni.

📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.

Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.

Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Ruslanbek Quroltayevich Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Abdusalom Abdumavlanovich Azizov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Suxrob Djo‘raqulovich Yusupov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

➖ Adxam Muratovich Turdiyev Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❓Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanadi?

✅ JAVOB:
Hozircha bu haqda rasmiy xabar e’lon qilinmadi.

Lekin Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida"gi nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 27-dekabr (juma) kuniga to‘g‘ri keladi, 28-dekabr (shanba) kuni qishki ta’tilning ilk kuni hisoblanadi.

Nizomga ko‘ra, ta’til 14 kalendar kuni, ya’ni 10-yanvargacha davom etadi. Nizomga binoan, III chorak darslari esa 11-yanvar (shanba) kunidan boshlanishi kerak. Balki vaziyatga qarab, darslar boshlanadigan kun o’zgarishi ham mumkin. Bu haqda qo’shimcha xabar qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇰🇷Janubiy Koreyada prezident harbiy holat e'lon qildi. Parlament esa uni bekor qildi. Nimalar ma’lum?

Voqealar xronologiyasi:

➖ prezident Yun Sok Yol jonli efirda favqulodda harbiy holat e'lon qildi, konstitutsiyaviy tuzumni “Shimoliy Koreyaga xayrixoh kommunistik kuchlar”dan himoya qilish maqsadida bunday qarorga kelganini aytdi;

➖ hukumatga muxolif bo‘lgan parlament davlat byudjeti bo‘yicha taklifni rad etib, bosh prokuror va 22 nafar davlat xizmatchisiga nisbatan impichment e'lon qilishga uringani sababli ichki siyosiy janjal kelib chiqqan;

➖ Janubiy Koreyada siyosiy partiyalar va Milliy Assambleya (parlament) faoliyati to‘xtatildi;

➖ muxolifat yetakchilari esa prezidentning harbiy holat e'lon qilishini “konstitutsiyaga zid” qaror, deb atadi;

➖ harbiylar parlament binosiga kirishni to‘sib qo‘ydi, unga deputatlar va fuqarolar kiritilmadi. Parlament binosi oldida esa harbiylar va fuqarolar orasida to’palon yuzaga keldi;

➖ Janubiy Koreya parlamenti deputatlari harbiy holatni bekor qilish to‘g‘risida ovoz bergan. Parlament raisi esa harbiy holat rejimini haqiqiy emas, deb e’lon qildi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi;

➖ Parlament harbiy holatni bekor qilish haqidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng, harbiylar Parlament binosi hududini tark etmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡️Toshkent xalqaro aeroportida tuman sababli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi

Shu sababli, quyidagi reyslar Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi:

🔹Silk Avia aviakompaniyasining Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha US402;
🔹Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY778;
🔹UTair aviakompaniyasining Surgut-Toshkent yo'nalishi bo'yicha UTA-709;
🔹Centrum Air aviakompaniyasining Dubay-Toshkent yo'nalishi bo'yicha MFX-352.

🔹Bundan tashqari, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bu yil ham talaba boʻla olmadingizmi? Founders English School siz uchun yaxshi tanlov boʻla oladi.

☺️ Nega aynan Founders English School?

• 2 soatlik darslar
• 2 nafar ustoz
• Oyiga 20+ darslar
• Bepul MOCK imtihonlari
• Founders School'ning IELTS uchun maxsus tuzilgan kitoblari
• 300+ IELTS testlari
• Shaxsiy kabinet
• British Council tomonidan maxsus BEPUL MOCK imtihonlari
• 24/7 kamera nazorati
• Innovatsion dars xonalari

❗️Agar bu yerda oʻqib IELTS'dan 7.0 ball ololmasangiz, keyingi o‘quv kursi siz uchun mutlaqo BEPUL bo‘ladi!

📣 Hoziroq qoʻngʻiroq qiling:

+998712050333
+998712055333
+998908235330
+998900610692

📱Telegram | 📱Instagram ✉️@founders_admin

Ta’lim reklamasi

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shaxmat bo‘yicha jahon toji uchun kurash o‘zining hali qiluvchi pallasiga kirdi.

Ketma-ket yettita partiya durang bo‘lgandan so‘ng, nihoyat kecha g‘alaba qayd etildi. Oq donalarda o‘ynagan 🇮🇳Gukesh qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan 🇨🇳Ding Liren ustidan g‘alaba qozondi va hisobda oldinga chiqib oldi.

Endi Gukesh qolgan 3 ta partiyada durang qayd etsa ham tarixdagi eng yosh jahon chempioniga aylanadi. Gukeshning g‘alabasi Hindistonda hozirdan katta bayram qilinmoqda.

12-partiya bugun bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uch haftalik tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti yana qaytdi.

Podkastimizning bugungi sonida darsliklar ijarasining bepul yoki pullik bo‘lishi masalasi, byudjetni tasdiqlash jarayoni, agar Parlament byudjetni tasdiqlamaganda nimalar bo‘lishi, valyuta bozori, gaz muammosi, paxta mavsumi, "parkovka"lar bo‘yicha qaror va yana boshqa mavzularda suhbatlashdik.

📹 https://youtu.be/0iB2yVZCRlQ

Dam olish kunida, ayniqsa sovuqda issiq ko‘rpaga o‘ranib olib, tomosha qilish tavsiya etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Odil Temirov “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u “Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Konstitutsiya kuni munosabati bilan 500 nafarga yaqin shaxs afv etildi

Konstitutsiya qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan prezident farmoni bilan qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 483 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 107 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 275 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Xon Saroy Afsonasi” - siz orzu qilgan xonadonlar!

Toshkent shahri Yashnobod tumanida qad koʻtarayotgan “Xon Saroy Afsonasi” loyihasidan 1 xonali xonadonlarni 105 mln soʻm boshlangʻich toʻlovda xarid qiling.

✅ Boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy toʻlab boring.

➡️ Bot orqali bogʻlanish

☎️ 712007400
☎️ 555017400

🌐 xonsaroy.uz | Telegram | Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdga chiqib, Toshkentdan Xojikentga keldi.

Vagonlarda o‘rindiqlar soni 586 ta. Poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi. Har bir tarafga kuniga uchtadan qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent va Xojikent oralig‘idagi temir yo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga ko‘rsatma berildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bugun, 6-dekabr kuni 🇺🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda 🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy qutladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilinayotgani sababli 7-dekabr soat 00:00 dan 10-dekabr soat 06:00 ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

Xususan:

— Elektron hisobotlar;
— ERI;
— EHF* (7-8-dekabr kunlari);
— Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha maʼlumot qabul qilish;
— korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
— mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (tasnif.soliq.uz);
— fiskal maʼlumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
— elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.

* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Biznesingizni targ‘ib etish uchun SMS-tarqatma xizmati

90% abonentlar SMSni olinganidan keyingi besh daqiqa ichida o‘qiydi. “Promo” tijoriy tarqatmalar xizmati bilan sizda quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:

• Ucell abonentlari orasidan yangi mijozlar orttirish;
• Faqat mo‘ljaldagi auditoriyani jalb etish;
• Mavjud mijozlarning sodiqligini oshirish;
• Kompaniyaning ijobiy imijini shakllantirish.

O‘z tovar va xizmatlaringizni targ‘ib etish uchun tezkor va ishonchli usuldan foydalaning!

✉️ smsb2bservice@ucell.uz
Batafsil: www.ucell.uz/3fkk
Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2024-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Darslar 8-yanvar, chorshanbadan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro atom energiyasi agentligi direktori Rafael Grossini qabul qildi

Uchrashuvda milliy agentliklarning kompetensiyalari va salohiyatini oshirish, XAEA dasturlari doirasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yadro energetikasi, qishloq xoʻjaligi, suvdan foydalanish, sogʻliqni saqlash, ekologiya sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Parlament kuchi

➖ Janubiy Koreya prezidenti parlamentning harbiy holatni bekor qilish haqidagi qarorini qabul qilishini hamda o’zi e’lon qilgan harbiy holatni bekor qilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi. Chunki prezidentning parlament qaroriga bo’ysunmasligi jinoyat deb hisoblanadi, deya ma’lum qilishdi;

➖ Janubiy Koreya hukumati ham harbiy holatni bekor qilishga rozilik bildirgan;

➖ Harbiy holat rejimini ta’minlashga jalb etilgan janubiy koreyalik harbiy xizmatchilar doimiy joylashuv manzillariga qaytib ketdi;

➖ Janubiy Koreyaning asosiy muxolif partiyasi prezidentdan o’z ixtiyori bilan iste’foga chiqishni talab qildi, aks holda unga nisbatan impichment e’lon qilish bilan tahdid solmoqda;

➖ Muxolifat Janubiy Koreya prezidentini harbiy holat e’lon qilgani uchun davlatga xiyonatda ayblamoqchi ekanini ma’lum qildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga!

Bugun, 3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilindi.

Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, oʻzingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sogʻligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz.

Zarurat boʻlgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz soʻraladi:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334

Oʻzbekiston Respublikasining
Koreya Respublikasidagi Elchixonasi



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN)ning vakolatxonasi ochiladi

Bu bo‘yicha bitim Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib o‘tayotgan COP16 konferensiyasi doirasida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar tomonidan imzolandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston mazkur ittifoqqa 2021-yilda a'zo bo‘lgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel