Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama
Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan 🇸🇦Saudiya Arabistoni va 🇦🇿Ozarbayjonda bo‘ladi.
1️⃣ Davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.
2️⃣ 12-13-noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.
👉 @xushnudbek 👈
Bugun — tibbiyot xodimlari kuni!
Bayramingiz muborak, hurmatli tibbiyot tizimi xodimlari!
Ilohim, mashaqqatli mehnatlaringizga Alloh o‘zi kuch-quvvat bersin.
Barcha tibbiyot xodimlariga cheksiz rahmat! Boringizga shukur!
👉 @xushnudbek 👈
♟🥇Xushxabar: Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni bo‘ldi!!!
Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida 🇺🇿hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempion bo‘ldi!
U 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanaqa natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.
Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.
15 yoshli hamyurtimiz bugun ikki karra jahon chempioniga aylandi.
👏🏻Barakalla, Afruza! Ota-onang va ustozlaringga ming rahmat!
Xudo xohlasa, Afruza Hamdamova kattalar o‘rtasida ham jahon chempioniga aylanib, yurtimiz sport tarixida yangi sahifa ochadi, degan umiddamiz va duodamiz.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi
🏨 Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga ko‘ra, joriy yilning 1-oktyabridan boshlab, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytarilishi boshlandi.
🍽 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
➖60 foiz va undan yuqori boʻlganda — byudjetga toʻlangan soliqning 40 foizi;
➖60 foizdan kam boʻlganda — byudjetga toʻlangan soliqning 20 foizi qaytariladi.
📝 Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
📆 Vaqtinchalik Nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g’oliblari ham taqdirlandi
Tan olingan 5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida (matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika) medallarni qo’lga kiritgan o’quvchilar va ularning ustozlari ham mukofotlandi.
Joriy yil o’quvchilarimiz jami 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) olishdi.
❓G'oliblarga qanday mukofot va imtiyozlar beriladi?
✅ Prezident qaroriga muvofiq, tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblariga davlat byudjetidan quyidagicha bir martalik pul mukofoti beriladi:
🥇1-o’rin (oltin medal) uchun:
o'quvchiga — 500 baravar (187 mln 500 ming so‘m);
ustoziga — 450 baravar (168 mln 750 ming so‘m).
🥈2-o’rin (kumush medal) uchun:
o'quvchiga — 300 baravar (112 mln 500 ming so‘m);
ustoziga — 250 baravar (93 mln 750 ming so‘m).
🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun:
o'quvchiga — 200 baravar (75 mln so‘m);
ustoziga — 150 baravar (56 mln 250 ming so‘m).
Shuningdek, ushbu o'quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
Toshkent metropolitenining yana 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona tashkil etiladi
Avvalroq Toshkent metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilgan edi. Yo‘lovchilar tomonidan ushbu qulaylik iliq kutib olingan va sinov jarayonlari o‘zini oqlagan.
Shuningdek, gavjum bo‘lgan yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi uchun zarur ishlar boshlanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
❗️2025-yil 1-yanvardan boshlab yovvoyi hayvonlarni davlat va mobil sirklarida (shapitolar) saqlash hamda ulardan sirk tomoshalarini o‘tkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlandi.
Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatdan 67 ta yovvoyi hayvon joy olgan.
👉 @xushnudbek 👈
❓11-noyabr dam olish kunimi?
❌ Qisqa javob: yo’q, ish kuni.
ℹ️ Batafsil javob: Ko’pchilik shu haqida so’rayapti.
O’tgan yili may oyida bir loyiha ko’rib chiqilayotgani xabar berilgandi, loyihada 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida e’lon qilish to’g’risidagi masala aks etgandi.
Ammo keyinchalik bu loyiha kun tartibidan olindi, shekilli, boshqa xabar chiqmadi. Hozircha bunday qonun qabul qilingani yo’q.
Shu sababli 11-noyabr ish kuni hisoblanadi, dam olish kuni emas.
Joriy yilda 11-noyabr dushanba kuniga to’g’ri keladi va barcha xodimlar uchun esa ish kuni hisoblanadi.
ℹ️ Mehnat kodeksiga ko’ra, hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:
➖ 1-yanvar – Yangi yil;
➖ 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
➖ 21-mart – Navroʻz bayrami;
➖ 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
➖ 1-sentyabr – Mustaqillik kuni;
➖ 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
➖ 8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
➖ Ramazon hayitining birinchi kuni;
➖ Qurbon hayitining birinchi kuni.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Noqonuniy psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilandi
Bu bo‘yicha qonun prezident tomonidan imzolandi.
Bundan buyon psixologik yordam ko‘rsatish bilan faqat psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma'lumotga ega shaxslargina shug‘ullana oladi. Mazkur qonun internet orqali turli psixologik trening o’tkazadigan shaxslarga ham taalluqli bo’ladi.
Agar psixologik yordam bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatilsa yoxud aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etilmasa, quyidagicha jazo chorasi qo’llanishi mumkin:
➖ fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha;
➖ mansabdor shaxslarga 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima.
Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa:
➖ fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha;
➖ mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima tayinlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
👉 @xushnudbek 👈
Kinopoiskda “Pistirmadagi osh” filmi premyerasi e’lon qilindi. Yandex Plus obunasi bilan serialni 90 kungacha bepul tomosha qilishingiz mumkin.
Bepul muddat tugaganidan keyin avtomatik yangilash – oyiga atigi 9 999 so‘m. Bu taklif 31-dekabrgacha amal qiladi.
Filmni baholash uchun siz ham uni albatta tomosha qiling.Reklama
Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida gapirdi:
“G‘azo sektori va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bo‘layotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralaymiz.
Mazkur ko‘p yillik nizoning yagona yechimi – xalqaro me’yoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967-yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tuzishdir.
Keyingi hafta Ar-Riyod shahrida o‘tadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga aniq siyosiy yechim topilishiga umid qilamiz”, — dedi davlatimiz rahbari.
👉 @xushnudbek 👈
Fox News telekanali ham Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Ammo bu hozircha rasmiy natijalar emas.
👉 @xushnudbek 👈
AQSHda Respublikachilar partiyasi 51 o‘rin bilan Senatda nazoratni o‘z qo‘liga oldi.
Vakillar palatasiga saylovlarda ham Respublikachilar oldinda. Bu degani, agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, mutloq hokimiyatga ega bo‘lishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
(xabar yangilab turiladi)
AQSHdagi prezidentlik saylovida hozircha Donald Tramp yetakchilik qilmoqda.
Tahlilchilar fikricha, saylov natijasini Arizona, Jorjiya, Viskonsin, Pensilvaniya, Nevada, Nebraska (2-distrikt) va Michigan shtatlari hal qilishi kutilmoqda. Chunki ushbu hududlar "ikkilanuvchi" shtat hisoblanadi. Ya’ni ularda kim g‘alaba qozonishi noma’lum, bir safar demokratlarga, bir safar respublikachilarga ovoz berishadi.
"Ikkilanuvchi" shtatlardan yana biri bo‘lgan Shimoliy Karolinada Tramp g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, qaysi nomzod birinchi bo‘lib 270 ta ovoz olsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Sport musobaqalari ishtirokchi va tashkilotchilarini pora evaziga og’dirganlik uchun javobgarlik belgilandi
Bu bo‘yicha qonun prezident tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 214-1 va 214-2-moddalar bilan to‘ldirildi.
Jumladan, sport musobaqalari natijalarini yoki uning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchini, trenerni, hakamni yoxud musobaqaning boshqa ishtirokchi hamda tashkilotchilarini pora evaziga og’dirib olganlik uchun quyidagicha javobgarlik belgilandi:
➖ bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima;
➖ 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan cheklash;
➖ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
O’z navbatida qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olgan sportchi, trener, hakam yoxud musobaqaning boshqa ishtirokchi hamda tashkilotchilarining o’ziga ham xuddi shunday jazo chorasi qo’llanadi.
Ikkala moddada ham og’irlashtiruvchi holatlar (takroran, ko’p miqdorda, tamagirlik evaziga va hk) mavjud.
👉 @xushnudbek 👈
#34 YASHIRIN IMTIYOZLAR VA YOPIQ QARORLARDAN QACHON QUTULAMIZ — Lolazor podkast
📹 https://youtu.be/4qKoxCUozY0
“Lolazor”ning ushbu sonida byudjet masalasi, AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagani, Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat, juda ko‘p imtiyozlarning yashirin tarzda berilayotgani, Amerikadagi saylov, propan arzonlashishi va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
00:00 Tizer
01:03 Intro
01:39 “Lolazor”ning navbatdagi soniga xush kelibsiz
04:20 “Budjetning tinimsiz muhokama bo‘lishini xohlardim”
07:28 AQSH O‘zbekistonni JST’ga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan 21-davlatga aylandi
09:35 Har bir soha egalarining o‘z bloglari bo‘lishi kerak
13:13 Nima qilinayotganini dalillab berish kerak
17:38 Toshkent metropolitenida bo‘lgan holat haqida
20:25 “Ertalab va kechqurun metroga kirishdan qo‘rqaman”
25:08 O‘z-o‘zini band qilish rasmiylashtirilayotgan paytda to‘lov bormi?
27:02 Juda ko‘p imtiyozlar yashirin tarzda berilishni boshladi
31:42 “Nasaf” O‘zbekiston Superligasi chempioniga aylandi
33:25 Hokim o‘rinbosari 1 million dollar pora olayotganda ushlandi
36:05 Yerning bozor narxi qimmat
37:25 Tramp Amerika prezidenti etib saylandi
45:46 “Qishga tayyormiz, to‘g‘rimi?”
46:55 “Propan arzonlashdi”
48:02 Yaqin 5 yillikda hayotimiz qiziq davrga kirib boryapti
52:01 Jamoat joylari, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda hojatxonalar bo‘lishi lozim
1:01:37 Yaxshi xabarlar
👉 @xushnudbek 👈
3 yilda salkam 1 mlrd so’m mukofot olgan ustoz
Tanishing, videodagi qiz — Mohira Boltayeva, 23 yoshda. Kimyo fani bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi rahbari.
Uning o’zi o’quvchilik paytida kimyo fanidan xalqaro olimpiadada kumush medalni qo’lga kiritgan. Hozirda ustozlik qilib, o’quvchilarni xalqaro fan olimpiadasiga tayyorlaydi.
2019-yildan buyon O’zbekistonda xalqaro fan olimpiadasida g’olib bo’lgan o’quvchilarga hamda ularning ustozlariga pul mukofotlari berish yo’lga qo’yildi.
Mohira ham 3 yildan buyon shogirdlarining muvaffaqiyati sababli ana shunday pul mukofotlarini oladi. 2022, 2023 va 2024-yillarda jami 900 mln so’m mukofot olgan.
Demak, o’z navbatida uning shogirdlari bo’lgan o’quvchilar jami 1,1 mlrd so’mdan ko’proq mukofot pullari olishgan.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2024-yilda rekord natija ko‘rsatib, xalqaro fan olimpiadalarida 122 ta medal qo‘lga kiritishdi va jami 9 mlrd so‘m mukofot olishdi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni imzolandi.
https://uza.uz/posts/655182
👉 @xushnudbek 👈
2 xonali xonadon oyiga 5,3 mln so‘mdan!
✨ Xon Saroy’ning “Muhabbat shahri” loyihasidan 2 xonali xonadonlarni oyiga 5,3 mln so‘mdan xarid qiling.
⚡️ Boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy to‘lab boring.
Bot orqali bog‘lanish
☎️ 712007400
☎️ 555017400
🌐 xonsaroy.uz | TelegramReklama
Ayni daqiqalarda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda xalqaro fan olimpiadalari g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko’p muhokama bo’lgan, Butunjahon nemis tili olimpiadasi (IDO)da B1 daraja yo’nalishida oltin medal olgan Rayyona Ibrohimova 56 mln 250 ming so’m, uning ustozi Muqaddasxon Qosimova 18 mln 750 ming so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: mazkur olimpiada xalqaro tan olingan 5 ta nufuzli fan olimpiadasi (IMO, IBO, IChO, IPhO, IOI) safiga kirmaydi. Lekin joriy yildan boshlab, ushbu olimpiada ham taqdirlanadigan mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalari ro’yxatiga qo’shildi va pul mukofoti beriladigan bo’ldi.
👉 @xushnudbek 👈
🚘 O‘zbekistonda 2025-yil yakuniga qadar 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari quriladi
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2025-yilning 1-fevralidan boshlab, quvvatlantirish stansiyalari quyidagi turdagi obyektlarda o‘rnatiladi:
🔹 davlat organlari;
🔹 savdo va biznes markazlari;
🔹 koʻngilochar va dam olish maskanlari;
🔹 avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari;
🔹 mehmonxonalar;
🔹 xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi infratuzilma obyektlaridagi avtoturargohlarda.
Bunda, avtoturargohlarning kamida 5 foizi (lekin, bitta joydan kam boʻlmagan holda) quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun ajratiladi.
🔰Shuningdek, yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uy-joylar hududida, shu jumladan, koʻp kvartirali uy- joylar avtoturargohlarida eng yuqori quvvati 22 kVt boʻlgan stansiyalar o‘rnatiladi.
Stansiyalarni oʻrnatish joylari “K- SAVDO ” AAT orqali elektron onlayn- auksionga chiqargan holda ijaraga beriladi.
📄 Stansiyalar oʻrnatiladigan hududlar 120 oygacha foydalanish huquqi asosida auksion orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
HONOR X7c — har tomonlama mustahkam smartfon
HONOR X7c smartfonini endi qo’ldan tushirib yuborishdan yoki suv tegishidan tashvishlanishingiz shart emas. Xalqaro standartlarga mos suvga chidamlilik va tashqi zarbalarga o'ta bardoshlilik bo'yicha 5 yulduzli sertifikatga ega bo'ldi.
Smartfonning 256 + 16 (8+8) GB xotira hajmi bilan esa unutilmas lahzalaringizni saqlang.
Smartfonni brend saytidan yoki istalgan texnika do'konlaridan xarid qilib, sovg'asiga simsiz kolonkaga ega bo'ling.
HONOR X7c — ishonchli hamrohiningiz
Sayt | Instagram | Telegram | Reklama
Toshkentda xalqaro toʻqimachilik sanoati koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda
CAEx Uzbekistan koʻrgazma markazida 6-8-noyabr kunlari Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent koʻrgazmalari oʻtkaziladi.
Koʻrgazmalar uchun eksklyuziv Trendbook ishlab chiqilgan — Oʻzbekistonda uy matolari, toʻqimalar va kiyimdagi modaviy tendensiyalar konsepsiyasi. Bu manba koʻpchilikka oʻziga mos boʻlgan kolleksiyalarni yaratishga yordam beradi.
Maʼlumot oʻrnida, koʻrgazmalarda 10 dan oshiq davlatlardan ishtirokchi korxonalar 250 dan ortiq eksponentlar namoyish qilinadi.
👉@xushnudbek👈
🇺🇿🇺🇸Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi va uni O’zbekistonga taklif qildi
"Saylovlardagi ishonchli gʻalabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQSHni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz, – deyiladi tabrik matnida.
⚡️Donald Tramp muhim shtatlardan biri Viskonsinda ham g‘alaba qozondi. Bu esa uning rasman prezidentlikka saylanganini anglatadi.
Tramp hisob bo‘yicha AQSHning 47-prezidenti bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: Donald Tramp o‘rtadagi tanaffusdan keyin qayta saylangan tarixdagi ikkinchi prezident bo‘ldi. Bungacha demokratlardan Grover Klivlend yigirma ikkinchi (1885-1889 y) hamda yigirma to‘rtinchi (1893-1897 y) prezident bo‘lgan edi.
👉 @xushnudbek 👈
AQSH prezidentlik saylovi rasmiy natijalari
AQSHdagi prezidentlik saylovida hozircha Donald Tramp 267 ta ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. G‘olib bo‘lish uchun 270 ta ovoz kerak.
Saylov natijasini "ikkilanuvchi" 8 ta shtat hal qilishi kutilgan edi. Ya’ni ularda kim g‘alaba qozonishi noma’lum, bir safar demokratlarga, bir safar respublikachilarga ovoz berishadi.
Donald Tramp hozircha o‘sha shtatlarning 3 tasida ishonchli g‘alaba qozondi — Pensilvaniya, Jorjiya va Shimoliy Karolina. Yana Arizona, Viskonsin, Nevada va Michigan shtatlarida ham Tramp ustunlik qilmoqda.
Donald Trampning bir muddat tanaffusdan keyin ikkinchi marta prezidentlikka saylanganini rasman e’lon qilish shunchaki vaqt masalasi xolos.
👉 @xushnudbek 👈
The Hill nashri Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonganini yozmoqda. Ammo bu hozircha rasmiy natijalar emas.
👉 @xushnudbek 👈
AQSHdagi saylov natijasini hal qiluvchi "ikkilanuvchi" shtatlardagi ko‘rsatkichlar. Donald Tramp Jorjiya va Shimoliy Karolinada g‘alaba qozondi. Yana uchtasida yutishga juda yaqin.
👉 @xushnudbek 👈
DXX: Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari 1 mln AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln AQSH dollari talab qilib, oldindan 1 mln AQSH dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
👉 @xushnudbek 👈
DXX: Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari 5 ming dollar olayotganda ushlandi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumani hokimining o‘rinbosari qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga tuman hokimligining ma’muriy binosi yonida 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
***
Bundan tashqari Navoiy shahri hamda Shahrixon tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bankdan 100 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olish uchun tavsiyanoma berish evaziga pul olgan mahalladagi hokim yordamchilari ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
👉 @xushnudbek 👈