xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Malayziyaga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov mazkur tashrifning ayrim o‘ziga xos jihatlari haqida fikr bildirdi:

Bir necha daqiqa oldin O‘zbekiston Prezidentining Malayziyaga so‘nggi 20 yil ichidagi ilk rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Diplomatik tajribam va matbuot kotibi sifatidagi faoliyatimga asoslanib aytishim mumkinki, ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi samimiy munosabat va norasmiy muloqot juda yorqin taassurot qoldirdi.

Ushbu go‘zal va mehmondo‘st mamlakat rahbariyati Prezidentimiz bilan samimiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun qat’iy protokol qoidalaridan chekinib, yuksak hurmat va ishonch namoyish etganiga guvoh bo‘ldik.

Xususan, Prezidentimizni kutib olishga Malayziya parlamenti spikeri chiqqani, malayziyalik hamkasblarimizning aytishicha, ushbu mamlakat protokol amaliyotida ilgari kuzatilmagan voqea bo‘ldi. Bundan tashqari, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga butun kun davomida, barcha rasmiy tadbir va uchrashuvlarda hamrohlik qildi. Hattoki muloqotni davom ettirish uchun O‘zbekiston Prezidentiga ajratilgan qarorgohga shaxsan tashrif buyurdi. Keyin ular birgalikda, bir mashinada "Petronas" bosh qarorgohiga yo‘l olishdi, u yerda kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishdi, — deb yozadi Asadov.


ℹ️ Ma’lumot uchun, tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.

Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

— Mahsulotlarning "halol" standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
— Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;
— Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
—Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
— Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
— Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
— Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
— "Aqlli" shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
— 2025-2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Hasanov Sharifbek Shamsiddinovich Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Bunga qadar u Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda turli davlat boshqaruv organlarida ishlagan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Octobank 2024-yilni barqaror o‘sish bilan yakunladi

Octobank o‘tgan yilni barqaror moliyaviy o‘sish bilan yakunlab, aktivlarini 3 barobarga, sof foydasini esa 17,5 barobarga oshirdi. Yil yakunlari bo‘yicha bank aktivlari 3,16 trillion so‘mga, sof foydasi esa 150 milliard so‘mga yetgan.

Bank xalqaro miqyosda e’tirof etilib, Visa tomonidan “Eng yaxshi ekvayer bank” deb tan olindi. Xalqaro hamkorlik doirasida LSEG Data & Analytics, Bloomberg va Tencent bilan shartnomalar imzolandi. Shuningdek, Sibos, FINNEXT Asia va Plas-forum kabi yirik moliyaviy tadbirlarda qatnashib, Bank of New York Mellon, JP Morgan Chase, Raiffeisen Bank va UniCredit bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Octobank ISO 9001:2015 sertifikatiga ega bo‘lib, “uZA” kredit reytingi bo‘yicha barqaror deb topildi.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Xidirov Alisher Bo‘riyevich Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

😎 Fransiyada o‘qishni xohlaysizmi?

Profi University’ning turizm yo‘nalishi talabalari 4-kursni Fransiyada o‘qishlari mumkin.

🇫🇷 Talabalar 4-kursdagi tahsillarini South Champagne Business School’da oʻtkazishlari rejalashtirilgan. Profi University asoschisi Bektosh Xatamov oliygoh joylashgan Troyes shahriga sayohatlarini biz bilan bo‘lishadi.

Turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan Profi University talabalari 3 yil davomida fransuz tilini yaxshi o‘rganib, Fransiyada ham o‘qishadi, ham mahalliy kompaniyalarda ishlashadi.

👉 Xo‘sh, Siz bu imkoniyatdan foydalangan bo‘larmidingiz?

👉 Universitetning rasmiy sahifasi shu yerda.

☎️ Murojaat uchun: +998787771111

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Telegram | Facebook | Instagram | profiuniversityuz">Youtube

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️1-martdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarining veb-saytlari yagona platformaga o‘tkaziladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari gov.uz yagona platformasida yuritiladi.

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda yagona platformani har 6 oyda begʻaraz asosda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligini ekspertizadan oʻtkazib boradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥋 Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan Diyora Keldiyorovaning Uta Abe ustidan g‘alabasi “Yil voqeligi” deb topildi. Darhaqiqat, Diyoraning Olimpiada va ikki karra jahon chempioni ustidan qozongan g’alabasi, nafaqat O‘zbekiston, balki butun dzyudo olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Keldiyorovaning ustozi Marko Spittka esa “Ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-5-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatiladi

Qo‘mitaning vazifa va funksiyalari quyidagi qoʻmita va vazirliklarga oʻtkaziladi:

🔹yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga;

🔹pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasiga;

🔹Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qoʻmitasi tizimiga;

🔹Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga.


👉 @xushnudbek 👈.

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy saytida Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi e'lon qilindi.


👉 @xushnudbek 👈.

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇦🇿Kelgusida ID-kartaning o‘zi bilan Ozarbayjonga borish mumkin bo‘ladi

Ushbu masala O‘zbekiston hamda Ozarbayjon vazirlik va idoralari o‘rtasida muhokama qilinmoqda.

Unga ko‘ra, kelgusida ikki davlat fuqarolari xorijga chiqish pasportini olmasdan turib, ID-kartaning o‘zi bilan chegaradan o‘ta oladi. Bu fuqarolar uchun sayohatni qulaylashtirib, o‘zaro integratsiyani mustahkamlaydi.

Ma’lumot uchun: hozirda 🇰🇬Qirg‘iz Respublikasi bilan ID kartalar orqali chegaradan o‘tish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilgan va bu tizim amalda ishlayapti. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy ID-kartalarini o‘zaro tan olish taklifini ilgari surgan edi. Hozirda 🇰🇿Qozog‘iston bilan ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 14 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Aziz Nesin. Siz biroz kuting...

Izoh
: Qahvaxonada “biznes” boshlagan Murshid bey o'zining eski uyidan shaharning eng qimmat yerlari bo'lmish Nishontoshiga ko'chib ketayotib, qo'shnisi Tolib beyni ham kiydirib ketish payiga tushdi...

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/aziz-nesin-siz-biroz-kuting" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/aziz-nesin-siz-biroz-kuting

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/A5UYCiI9Lwc

🎙Bugungi hikoya audiosini Muhammad Umar Baxtiyorov o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🥔O‘zbekistonda 2027-yildan kartoshkaga ehtiyojni to‘liq ichki imkoniyat hisobidan qoplash rejalashtirilmoqda

Bu haqda bugun, 30-yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yigʻilishda aytib o‘tildi.

💰Unga ko‘ra, kartoshkachilikni rivojlantirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 400 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

❗️Chetdan olib kelinadigan urug‘lik kartoshka 3 yilga bojxona bojidan ozod qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Qurʼon oyatlari oʻqilib, duo qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan qishki Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi

🇨🇳 Xitoyning Xarbin shahrida 7-14-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda O‘zbekistondan 6 ta sport turi bo‘yicha 24 nafar sportchi qatnashadi. Bular:

🔹Short-trek: Daniil Yeybog va Denis Ayrapetyans;

🔹 Konkida yugurish: Danila Semerikov;

🔹 Tog‘ chang‘isi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalyova, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova;

🔹 Chang‘i alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zoza Shaymardanova, Asila Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, E’zozbek Xushvaqtov;

🔹 Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;

🔹 Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov.

Musobaqaning ochilish marosimi 7-fevral kuniga belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Elektromobil ixlosmandlari uchun “sovg’a”: 1-maydan yangi elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi naq 4 karra oshirildi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, utilizatsiya yig‘imi 2 xil miqdorda bo‘ladi:

1️⃣ ishlab chiqarilganiga 3 yilgacha bo‘lgan elektromobillar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 120 baravari (45 mln so‘m);

❗️Bunga qadar 30 baravar (11 mln so’m) edi, ya’ni yangi elektromobillar uchun yig’im naq 4 karra oshirildi.


2️⃣ ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko‘p bo‘lgan elektromobillar uchun — BHMning 210 baravari (78 mln 750 ming so‘m).

❗️Bunga qadar 90 baravar (33 mln so‘m) edi. Demak, eski elektromobillarga yig’im 2 karradan ko’proq oshirildi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚇 Toshkent metropoliteniga uchta yangi poyezd olib kelindi

Fevral oyi davomida yana 3 ta poyezd keltirilishi kutilmoqda.

Poyezdlar 7-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra xizmat ko‘rsatish uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

“Toshkent – Andijon” pulli yo‘li YTHlarni 40 foizga kamaytirishi mumkin

Bu va boshqa transport infratuzilmasi loyihalari kecha, 3-fevral kuni Prezidentga taqdimot qilindi.

Unga ko‘ra, umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lgan tezyurar magistral foydalanishga topshirilishi natijasida Toshkentdan Andijonga yetib borish vaqti 5 soatdan 3 soatgacha qisqaradi. Shuningdek, bu yalpi ichki mahsulotni 2,6 foizga oshirishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Toshkent—Andijon pulli avtomagistralining qurilishi 2026-yildan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇲🇾Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Malayziyaga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturidan Kuala-Lumpur shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar o‘rin olgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda bojxona yig‘imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

2025-yil 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 55-son qarori qabul qilindi.

Asosiy o‘zgarishlar:

Bojxona yig‘imlarining stavkalari rasmiylashtirish xarajatlaridan kelib chiqib belgilandi.

"Eksport" va "import" rejimlari uchun yig‘im stavkalari muvofiqlashtirildi.

✅ Ish vaqtidan tashqari rasmiylashtirish yig‘imi 8 barobarga kamaytirildi.

✅ Qayta ishlash bojxona rejimlari yig‘imi 2 barobarga pasaytirildi.

✅ Dastlabki deklaratsiyada 20% chegirma joriy etildi.

✅ Tranzit bojxona rejimi uchun yig‘im BHMning 25% miqdorida belgilandi.

✅ Xalqaro kurerlik jo‘natmalariga 1 kg uchun BHMning 2% miqdorida yig‘im belgilandi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 oy o‘tib kuchga kiradi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Davlat xavfsizlik xizmati:

Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan MCHJga qarashli 960 kv.m. boʻsh yerni koʻp qavatli uy qurish uchun boshqa bir shaxsning nomiga o‘tkazib berish evaziga 135 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 80 ming dollarni oldindan olgan vaqtida ushlandi;

***

Fargʻona viloyati Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani boʻlimi bosh mutaxassisi, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini koʻtarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud boʻlmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkent viloyatidagi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi

Bojxona posti qurilish va rekonstruksiya ishlari sababli 5-fevraldan yopiladi.

Ayni shu kundan boshlab “Gʻishtkoʻprik” chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati “Navoiy” chegara bojxona postiga yoʻnaltiriladi.

Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay boʻlishini taʼminlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk mashinalari harakati cheklanadi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi elchisi etib tayinlandi

U kecha, 31-yanvar kuni 🇦🇱Albaniya prezidenti Bayram Begayga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Baxtiyor Ibragimov, shuningdek, 2023-yildan buyon mamlakatimizning 🇦🇹Avstriyadagi elchisi hamda bir qator xalqaro tashkilotlardagi vakili ham hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yevropa ligasi o‘tish o‘yinlariga ham qur'a tashlandi

Hamyurtimiz Eldor Shomudorov harakat qilayotgan "Roma"ga ushbu bosqichda Portugaliyaning "Portu" klubi raqiblik qiladi. Shomurodov kecha, 30-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan bahsda gol kiritib, jamoasining pley-offga yo‘l olishiga hissa qo‘shgan edi.

O‘tish bosqichining dastlabki uchrashuvlari 13-fevral kuni, javob bahslari esa 20-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finaliga o‘tish uchun saralash o‘yinlariga qur’a tashlandi

"Manchester City" jamoasi "Real Madrid" bilan o‘tish o‘yinidayoq to‘qnash keladigan bo‘ldi. Qoidaga ko‘ra, Pep Gvardiola ushbu bosqichdan boshlab Abduqodir Husanovni ham ro‘yxatga kiritishga haqqi bor. Demak, tez orada hamyurtimiz Mbappe—Vinisius juftligiga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Dastlabki o‘yinlar 11 va 12-fevral kunlari, javob uchrashuvlari esa 18 va 19-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘tish o‘yinida g‘olib bo‘lganlar 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan sakkizta jamoa bilan kuch sinashadi. 1/8 bosqichi uchun yana bir marta qur’a tashlanadi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida joriy qilingan tergov sudyasi lavozimiga oid qonun imzolandi.

Tergov sudyalari tomonidan jinoyat ishlari buyicha sudga qadar ish yuritish bosqichida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish masalalarini qonunchilikda belgilash maqsadida ushbu Qonun bilan tergov sudyalarining vakolatlari jumlasiga kiritilgan ishlarni ko‘rib chiqish asoslari hamda tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇱🇻 Latviya o‘zbekistonlik migrantlar uchun kvota belgilashni bekor qildi

Ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida Rigada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Ma'lumot uchun, hozirda Latviyada 4 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar mehnat qilmoqda. Kvota belgilashning bekor qilinishi ularning soni yanada ortishiga sabab bo‘ladi.

🚚 Shuningdek, O‘zbekistonda Latviyaning "Kreiss" logistika kompaniyasi tomonidan yuk mashinalari haydovchilari tayyorlaydigan o‘quv markazini tashkil etishga kelishib olindi.

Kelishuv doirasida, 2025-yilda 400 nafar hamyurtimiz kompaniyaga ishga joylashtiriladigan bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Germaniya o‘zbekistonliklar uchun 20 000 dan ortiq ish o‘rni taklif qilmoqda

‼️ Ish sharoitlari va oylik maosh: Ausbildung dasturi orqali ish boshlaganlar 1000 yevro, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzganlar esa 2000 yevro va undan yuqori maosh oladi. Ishtirokchilarga nemis tili kurslari taklif qilinadi. Kurslarni O‘zbekistonda o‘qib, oldindan tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

✅ Talab eng ko'p bo'lgan kasblar:


- hamshiralar;
- yuk mashinasi haydovchilari;
- qishloq xo‘jaligi va yuk texnikasi ustalari;
- mehmonxona va restoran xodimlari;
- mexatronika mutaxassislari;
- quruvchilar va hunarmandlar.

Ariza topshirish

Germaniyada ishlash istagidagi nomzodlar O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari mumkin. Ariza topshirish tartibi quyidagicha:

1️⃣ Ro‘yxatdan o‘tish - Nomzod agentlikning ma’lumotlar bazasiga kiritilishi uchun maxsus anketani to‘ldirishi kerak.
2️⃣ Til o‘rganish - Mavjud monomarkazlar yoki akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy o‘quv markazlarida nemis tili kurslarini tamomlash talab etiladi.
3️⃣ Hujjatlarni tayyorlash - Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha talablarni aniqlashtirib, hujjatlarni Germaniyaga yuborishga tayyorlash zarur.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AQShda yo‘lovchi samolyoti harbiy vertolyot bilan to‘qnashib ketdi

Bugun, 30-yanvar kuni Vashington shahridagi Reygan aeroporti yaqinida American Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Kanzas shtati Uichita shahridan uchib, Vashingtonga qo‘nayotgan vaqtida o‘quv parvozini amalga oshirayotgan Black Hawk vertolyoti bilan to‘qnashgan.

Samolyot bortida 60 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a'zosi, vertolyotda esa 3 nafar harbiy bo‘lgan. Halokat oqibatida samolyot Potomak daryosiga qulab, bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Vertolyot ham suvga qulagan.

Halok bo‘lganlarning aniq soni ma'lum emas.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel