xushnudbek | Unsorted

Telegram-канал xushnudbek - Xushnudbek.uz

440456

Ҳуқуқшунос Хушнудбек Худойбердиевнинг Телеграм каналига хуш келибсиз! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •fb.com/xushnudjohn •twitter.com/xushnudbeck •instagram.com/xushnudbek •tiktok.com/@xushnudbekofficial Реклама учун: @xushnudbekreklama

Subscribe to a channel

Xushnudbek.uz

Bosh prokuratura rasmiy bayonoti:

“Bosh prokuratura tomonidan Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Bislan Rasayev va Shamil Temirxanov qonunga xilof ravishda O‘zbekistonga kirish va chiqish, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda o‘qotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etganliklari aniqlangan.

B.Rasayev va Sh.Temirxanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan sirtdan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruv e’lon qilingan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚞 Tarixiy voqea: Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlandi

Bugun, 27-dekabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga start berildi. Marosimda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Xitoyning Taraqqiyot va islohotlar qo‘mitasi raisi Chjen Shansze rahbarligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda XXR Raisi Si Szinpin tadbir ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Davlatimiz rahbarining murojaatida aytilishicha, ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi.

Kelgusida ushbu temir yo‘l liniyasi Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlashtirish va kuchaytirishga imkon yaratadi.

Koshg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik, 25 ta tonnel barpo etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.

Bundan, hech shubhasiz, barcha mamlakatlar iqtisodiy foyda ko‘radi. Yuzlab yangi korxonalar va o‘n minglab ish o‘rinlari yaratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

⚡O‘zbekistonga 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar olib kelindi

Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Falastin muammosiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari arab-islom sammitida urushda jabrlangan bir guruh falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolash tashabbusini bildirgandi.

Ushbu xayrli tashabbus ortidan kecha O‘zbekiston tomonidan Toshkent-Misr-Toshkent yo‘nalishida maxsus yo‘lovchi charter reys amalga oshirildi.

Mamlakatga 100 nafar urush hududlarida aziyat chekkan falastinlik bolalar va ayollar olib kelindi.

O‘zbekistonga kelgan bemor bolalar va ayollar, ularga hamrohlik qiluvchilar endilikda davlat tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va sog‘lomlashtirish sihatgohlariga joylashtiriladi.

O‘zbekiston hukumati ular yurtiga qaytgungacha barcha zaruriy yordam: mehmonxona, maktab, oziq-ovqat va boshqalar bilan ta'minlaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etibdi.

Innaa lillahi va innaa ilayhi rojiun.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 33 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O‘ktam Hakimali. Mudhish olov

Izoh: Hikoya nomidan ham ma’lum bo‘lganidek, unda “olov” obraz sifatida qo‘llanilgan. Bu olov bevosita yoki bilvosita inson hayotidagi dahshatli sinov, azob yoki yo‘qotishni anglatishi mumkin. Ushbu asarda bosh qahramon Jek London qiyosida insonning murakkab hayoti, ma’naviy pokligi va sinovlarga duch kelish va unga taslim bo‘lish pallasi muallif tomonidan ustalik bilan ochib berilgan.

📖 Matnni o‘qish uchun: xushnudbek/oktam-hakimali-mudhish-olov" rel="nofollow">https://teletype.in/@xushnudbek/oktam-hakimali-mudhish-olov

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/f1m-Fw62y9o

🎙Bugungi hikoya audiosini Muhammad Umar Baxtiyorov o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Euronews: samolyot halokatiga Rossiya raketasi sabab bo‘lgan

Ozarbayjon hukumatidagi manbalarning "Euronews" nashriga ma’lum qilishicha, chorshanba kuni yuz bergan samolyot halokatiga Rossiyaning yer-havo raketasi sabab bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, raketa "Pantsir-S" havo hujumidan mudofaa tizimidan otilgan. Ayni o‘sha vaqtda Rossiya tomoni Grozniy osmoni ustida Ukrainaga tegishli dronlar hujumini qaytarayotgan edi.

Otilgan raketa samolyot yonida portlagan va qoldiqlari yo‘lovchilar hamda ekipaj a’zolariga ham tekkan.

Hukumat manbalari "Euronews"ga xabar berishicha, Rossiya tomoni shikastlangan samolyotning favqulodda qo‘nish haqidagi iltimoslarini rad qilgan va Rossiyaning birorta aeroportiga qo‘nishga ruxsat bermagan. Ushbu iltimoslarga javoban, Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonning Oqtou shahriga parvoz qilish buyurilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dengiz ustida samolyotning GPS navigatsiya tizimlari to‘siqqa uchragan va ishlamagan.

Ushbu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q. Maxsus komissiya holatni o‘rganmoqda, tergov ishlari davom etyapti.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Toshkentning 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Loyihaga ko‘ra, shahar hududi 3 ta zonaga ajratiladi:

1️⃣ Konservatsiya zonasida madaniy meros binolari, tarixiy joylar, uylar va yashil hududlar o‘zgarishsiz qoladi;
2️⃣ Rekonstruksiya zonasida master-rejalar asosida qo‘shimcha qurilishlar qilish mumkin bo‘ladi;
3️⃣ Renovatsiya zonasida eskirgan uy-joylar va binolar o‘rniga yangi qurilishlar amalga oshiriladi.

🌳10 ming gektar qoʻshimcha yashil maydonlar tashkil etilib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon hozirgi 3 kvadrat/metrdan 8 kvadrat/metrga oshadi.

Shahar aholisi soni esa hozirgi 3 milliondan kelgusida 7,4 milliongacha oshishi kutilmoqda.

Shuningdek, 647 kilometr yangi yo‘llar qurish, mavjud 140 kilometr yo‘llar esa kengaytirilishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇦🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqot qilib, kecha, 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtou shahri yaqinida sodir bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi hamda jabrlanganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚧 Toshkentning bir nechta ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi

Qaysi ko’chalar?

O‘qchi, Yangi Toshkent va Zargar ko‘chalari.

Qancha muddatga?

2024-yil 25-dekabrdan 2025-yil 10 yanvarga qadar.

Nima sababdan?

🌲“Tashkent city” bog’ida o’tkazilishi rejalashtirilgan yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan.

“Tashkent city” bog’idagi bayram tadbirlarida qatnashmoqchi bo‘lganlar avtomobillarini qayerda qoldirsa bo‘ladi?

📍Islom Karimov ko‘chasi orqali SQB va Asaka bank yerosti avtoturargohlarida;
📍
Furqat ko’chasi orqali “Boulevard” aholi turar joy kompleksining yerosti avtoturargohida;
📍
Botir Zokirov va Zargar ko’chalari orqali Tashkent City Mall ko’ngilochar savdo majmuasining yerosti avtoturargohida.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Aqtaudagi halokat bo’yicha tuzilgan maxsus komissiya raisi, Qozog’iston bosh vazirining o’rinbosari Kanat Bozumbayev Tengrinews nashri bilan suhbatda ayrim ma’lumotlarni ma’lum qilgan:

— samolyot bortida jami 67 kishi bo’lgan, ularning 62 nafari yo’lovchi hamda 5 nafari ekipaj a’zolari edi;

— shifoxonaga 29 kishi olib kelingan, ular orasida 2 nafar bola bor;

— 11 nafar bemorning ahvoli barqaror og‘ir. Qolganlarning ahvoli - o‘rtacha og‘ir;

— halokat natijasida 38 kishi halok bo’lgan;

— halok bo‘lganlarning jasadlari kuyib ketgan, shu sababli tanib olish uchun qo’shimcha jarayonlar o’tkaziladi;

— jabrlanganlardan birining shaxsi hozircha aniqlanmagan, u hushsiz holda.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🚀 Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida yangi magistrlik dasturi: MA in Education with TESOL

Kimlar murojaat qilishi mumkin?

• bakalavr darajasini olgan bitiruvchilar;
• ta'lim sohasida tajribaga ega bo‘lgan shaxslar (o‘qituvchilik yoki boshqa ta'lim sohasi);
• o‘qituvchilik malakasi ustuvorlik beradi (majburiy emas).

🇬🇧 Ingliz tili talablari:

• IELTS: 6,5 (har bir elementda kamida 5,5 ball);
• IELTS: 6.0 (har bir elementda kamida 5.5 ball) + taʼlim sohasida 2 yillik tajriba;
• Ingliz tilidan TSMRI ning ichki imtihoni 6.5 (EET);

📆 Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2025-yil 24-yanvar

➡️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: https://admission.mdis.uz/degree

Batafsil

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Ertaga, 25-dekabr — “Avtomobilsiz kun”

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi.

❗️ "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilangan.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Respublika Oliy ta’lim kengashi soliq yoki majburiy to‘lov joriy qilish vakolatiga ega emas

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika Oliy ta’lim kengashining hozircha hech qayerda rasman e’lon qilinmagan bayonnomasi orqali nodavlat OTMlarga 4% lik "o‘lpon" joriy qilingani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur bayonnoma 29-noyabr kuni tasdiqlangan.

Bayonnomada yozilishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan moliya yili yakunida to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘ning mazkur mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiriga qoldig‘ining 4 foiz qismini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.

Bu taklifni qaysidir nodavlat oliygoh rahbarlari bergan emish. Ya’ni "bizning pulimiz ko‘payib ketdi, shunga 4 foizini sizlarga beraylik" deyishibdi. Bayonnomada aynan qaysi nodavlat OTM rektorlari bunaqa taklifni bergani haqida ma’lumot aytilmagan. Agar ular rostdan bor bo‘lsa, unda e’lon qilishsa, yaxshi bo‘lar ekan.

❗️Albatta, bu bayonnoma hech qaysi OTMga hech qanday majburiyat yuklamaydi.

Bu bayonnomani pesh qilib, pul o‘tkazishni talab qilish, agar o‘tkazmasa, turli oqibatlar keltirib chiqarishi (masalan, litsenziyasini olib qo‘yishga ishoralar va h.k.) mutlaqo noqonuniy hisoblanadi. Bunday qilishga hech kimning haqqi yo‘q (qog‘ozlarda har holda, amalda bilmadim endi).

Shu sababli nodavlat oliygohlar Kengashga 4% pul o‘tkazishga majbur emasligini bilishlari zarar qilmaydi. Unutmang, Respublika Oliy ta’lim kengashining o‘zi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi, qanaqadir davlatning vakolatli organi emas, kimgadir majburiyat yuklaydigan vakolati yo‘q.

Garchi bayonnoma matnida majburiylik haqida gap ketmagan bo‘lsa-da, ammo bunday mazmunda qaror chiqarilishining o‘zi g‘alati. Bunday qarorlar kamida Biznes Ombudsman hamda Adliya vazirligidan ekspertizadan o‘tishi kerak.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Rasman: 2-yanvar ham dam olish kuni deb e’lon qilindi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga ko‘chirildi hamda olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Shunday qilib, Yangi yilda olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, besh kunlik ish haftasidagilar 6 kun dam oladi:

❌✅ 28-dekabr (shanba) — 6 kunliklar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;

29-dekabr (yakshanba) — barcha uchun odatiy dam olish kuni;

30-dekabr (dushanba) — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;

31-dekabr (seshanba) — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami.

✅ 2-yanvar (payshanba) — 6 kunliklar uchun dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 4-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇦🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

AZAL aviakompaniyasi samolyoti halokatiga texnik tashqi ta’sir sabab bo’lgan

Ozarbayjon havo yo’llari Oqtou halokatiga oid tergovning dastlabki xulosasini ma’lum qildi.

Xulosaga ko’ra, Boku-Grozniy reysini bajarayotgan Embraer 190 samolyoti fizik va texnik tashqi ta’sir tufayli halokatga uchragan. Demak, samolyotning o’zida texnik nosozlik bo’lmagan, katta ehtimol bilan, havo kemasi tashqi zarba qabul qilgan. Aynan qanday zarba va nimaning ta’sirida ekanligi hozircha aniq emas.

Shu sababli Ozarbayjon tomoni parvozlar xavfsizligiga potensial xavflarni hisobga olgan holda Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni tergov yakuniga qadar to’xtatdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇰🇷Janubiy Koreya parlamenti vaqtinchalik prezidentga ham impichment e'lon qildi

Bugun, 27-dekabr kuni mamlakat Milliy Assambleyasi (parlament)ning 300 nafar deputatidan 192 nafari impichment (ishonchsizlik) uchun ovoz berdi. Hukmron partiya deputatlari ovoz berishdan bosh tortdi.

Prezident vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su muxolif partiya vakillari tomonidan bildirilgan Konstitutsiyaviy sudning bo‘shab qolgan o‘rinlariga uch nafar sudyani tayinlash haqidagi talabini rad qildi. Shu sababli Xan Dok Suga nisbatan impichment e'lon qilindi. Ushbu sudyalar amaldagi prezident Yun Sok Yolga nisbatan e'lon qilingan impichmentni tasdiqlashi kerak edi.

Endilikda Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Choy Sang-mo konstitutsiyaga muvofiq prezident vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritadi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 14-dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan prezident Yun Sok Yolga ham impichment e'lon qilingan edi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🇺🇿🇦🇿Bosh vazir Abdulla Aripov Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Guseyn Guliyev orqali butun qardosh Ozarbayjon xalqiga ta'ziya bildirdi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Bayram kunlari nima tomosha qilishni o‘ylab bosh qotirmang, chunki Kinopoisk siz uchun allaqachon javobni tayyorlab qo‘ygan!

Kunlaringizni yanada maroqli o‘tkazish uchun filmlar va seriallar to‘plamini kashf eting. Bu yerda yurakni erituvchi "Mening otam — yo‘lbars" tragikomediyasi, yangicha ko‘rinishdagi klassika "Brilliantmas qo‘l" va yaxshi kayfiyat ulashadigan yana yetti filmni topishingiz mumkin.

O‘zbek va rus tillarida tomosha qiling. Yandex Plus obunasi bilan 60 kun bepul foydalanish imkoniyati!

Yandex Plus obuna shartlari: ya.cc/b. 60 kunlik Yandex Plus obunasi bepul, keyin avtomatik yangilash – oyiga 9 999 soʻm. Taklif faqat ilgari faol Yandex Plus obunasi bo‘lmagan yoki uni o‘z ichiga olgan yangi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Bank kartasi tafsilotlari talab qilinadi.

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun (ilovalari bilan)


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

2022-yil iyul oyida Nukusda ro‘y bergan tartibsizliklar qatnashchilarining 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6 ming 135 nafar shaxsga ma’muriy jarima, 2 ming 639 nafar qatnashchiga esa ma’muriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan.

Jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga ko‘ra oilasiga qaytarilgan, 30 nafar sudlanuvchi komissiya iltimosiga ko‘ra sud zalidan ozod etilgan.

Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro (2 nafari huquqni muhofaza qilish idorasi xodimi) vafot etgan, 413 kishi jarohatlangan, shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari.

Komissiyaga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ommaviy tartibsizliklarni ma’muriy binolardan uzoqlashtirish, va tarqatib yuborish maqsadida suv va rangli suyuqlik purkovchi texnika, ko‘zdan yosh oqizuvchi maxsus granatalardan foydalanilgan.

Fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda 6,8 milliard so‘m moddiy zarar yetgan.

Tartibsizliklarni bartaraf etishda inson huquqlarini buzgan 3 nafar ichki ishlar organlari xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Komissiya quyidagi tavsiyalarni bildirdi:

➖kelgusida davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida umumxalq muhokamasi bosqichida mazmun-mohiyatini, unda ishtirok etish mexanizmlarini fuqarolarga to‘laqonli tushuntirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

➖barcha darajadagi davlat hokimiyati organlariga muhim siyosiy va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida ehtimoliy haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, chalg‘ituvchi va noxolis ma’lumotlar tarqalishi (dezinformatsiya) holatlariga o‘z vaqtida ta’sirchan munosabat bildirish tizimini yo‘lga qo‘yish;

➖fuqarolarga o‘z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirish jarayonida o‘zga shaxslarning huquqlarini poymol qilishga yo‘l qo‘ymaslik va jamoat tartibiga rioya qilishning muhimligini izchil tushuntirib borish;

➖aholi ko‘p to‘planadigan va ko‘ngilochar joylarda bo‘luvchi fuqarolarning jamoat xavsizligiga tahdid soluvchi salbiy xatti-harakatlarini yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan doimiy profilaktik va tushuntirish kabi ta’sirchan chora-tadbirlarini amalga oshirib borish;

➖ommaviy tartibsizliklarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan foydalaniladigan maxsus vositalarni qo‘llash va tartibbuzarlarni tarqatish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni muntazam yetakchi xorijiy davlatlar tajribasi asosida takomillashtirib borish.

Komissiyaning axborotini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Oliy Majlis palatalari kengashlarining tegishli qarori qabul qilindi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

🎅 Santa Claus Parkiga xush kelibsiz!

Orzular ro‘yobga chiqadigan sehrli dunyoga sayohat qiling!

Ajoyib muhit va hayajonli tomoshalar bolalarga bayram shukuhini beradi!

🎁 Parkda siz yangi yil sovg‘alari va Laplandiya suvenirlarini xarid qilishingiz mumkin!

Tashrif buyuring va ajoyib Laplandiya muhitini his eting!

Kirish chiptasi narxi - 125 000 so‘m.

To‘liq ma’lumot uchun:
📞 | +998 504 000 777
| @park_santaclaus

Reklama

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

O‘zbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi

Bu haqda kecha, 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum qilindi. O‘zbekiston futzal federatsiyasi futzal, mini futbol va sohil futboli uchun mas’ul bo‘ladi.

Yangi tashkil etilgan federatsiyaning prezidenti sifatida BMB Xolding kuzatuv kengashi raisi Mamatqulov Bekzod Akmalovich saylandi.

Shuningdek, Aziz Akbarjonov vitse-prezident, Ma’rufjon Abdullayev bosh kotib etib saylandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Yangi yil munosabati bilan kanalimizda tashkil qilinayotgan tanlov (giveaway) uchun mukofotga qo‘yilgan kitoblar to‘plami egalarini kutmoqda.

“Asaxiy Books yil bestsellerlari — 2024” to‘plamidan 10 dona xarid qilindi.

Shuningdek, obunachilarimiz orasidan 10 kishiga 1 yillik Telegram Premium ham sovg‘a qilinadi.

⏳G’oliblar 31-dekabr kuni soat 23:59 da ma’lum bo’ladi.

‼️Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.

Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.

❗️Bu muhim: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.



👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Bugun, 25-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:28 da Qozog‘istonning Aqtau shahrida Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot quladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot Boku shahridan Rossiyaning Grozniy shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan.

Samolyot bortidagi 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a'zosidan 32 nafari, jumladan, 2 nafar bola aviahalokatda omon qolgani xabar qilinmoqda. Qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda.

Hozirda Qozog‘iston hukumati tomonidan tuzilgan komissiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Ba'zi taxminlarga ko‘ra, halokatga samolyot boshqaruv tizimining ishdan chiqqani, ikkala dvigatelning bir vaqtda ishlamay qolgani yoki parvoz vaqtida qushlar bilan to‘qnashib ketilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Hodisadan so‘ng, MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgda bo‘lib turgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev shoshilinch ravishda Bakuga qaytib ketdi.

26-dekabr kuni Ozarbayjonda motam kuni deb e’lon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev samolyot halokati oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik bildirdi.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

"Mahalla yettiligi"ning vazifalari nimalardan iborat?

O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.

"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

❗️O‘qituvchilarning maoshidan qo‘lingizni torting, iltimos

Respublika Oliy ta’lim kengashining hozircha rasman e’lon qilinmagan 29-noyabrdagi bayonnomasiga ko‘ra, oliy ta’limdagi o‘qituvchilarning bir kunlik ish haqini ushlab qolish haqida ham band bor ekan.

Unda aytilishicha, 2025-yil yurtimizda "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili" deb e’lon qilingani munosabati bilan ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga oliy ta’lim tizimidagi rahbar hamda professor-o‘qituvchilarning bir kunlik ish haqini "Yashil makon" umummilliy loyihasiga yo‘naltirish tashabbusi ma’qullanibdi.

Bu tashabbusni kim bergan deysizmi? Albatta, yana o‘sha oliygoh rektorlari bergan emish. Qaysi rektorlar bu tashabbusni bildirgani ma’lum emas. Lekin agar shunaqa rektorlar rostdan bor bo‘lsa, unda nomard ekan. Agar o‘sha rektorlarni ko‘rib qolsam "Xohlasangiz o‘zingizning ish haqingizni 100 foizini o‘tkazib beravering, bu sizning ishingiz, lekin o‘qituvchilarning oyligiga ko‘z olaytirmang va birovning puliga xo‘jayinchilik qilmang" degan bo‘lardim.

PROFESSOR-O‘QITUVCHILARGA ESLATMA:

❗️Agar xodim o‘zi rozi bo‘lmasa, ko‘chat ekish yoki obodonlashtirish uchun ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas!!!

Chunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlarining jamoasi nomidan bitta umumiy bayonnoma qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashgan-u, 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin aksariyat xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish NOQONUNIY! Har bir xodim o‘zi shaxsan 1 kunlik ish haqini ushlab qolishga rozi ekanligi haqida imzo chekishi SHART!

Agar qaysidir oliygohning buxgalterlari Respublika Oliy ta’lim kengashining bayonnomasini pesha qilib, har bir professor-o‘qituvchining alohida yozma roziligini olmasdan, yoppasiga hammaning 1 kunlik ish haqini "Yashil makon" loyihasiga o‘tkazib yuborsa, o‘sha buxgalterga nisbatan jinoiy ish ochish kerak, deb hisoblayman.

Hurmatli ustozlar,

Ko‘chat ekin, obodonlashtirish — bu xayrli o‘zbekona urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, bunaqa ishlarda albatta qatnashing, atrofimizni yashillashtirishda faol bo‘ling. Dinimizda ko‘chat ekishning savobi ham katta.

Ammo 1 kunlik ish haqingizni qayergadir o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni peshona teringiz bilan halol ishlab topgansiz, ko‘chadan supurib olayotganingiz yo‘q. O‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishiga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi. Haq olinur, berilmas!

Gap pulning qanchaligida ham emas, shunchaki o‘qituvchining va o‘zi umuman istalgan kasb egasining qadri bo‘lishi kerak. Uning puliga hech kim tegmasligi shart! Bu juda muhim, prinsipial masala.

Imkoni bo‘lsa, tashkilotingiz buxgalterini oldindan ogohlantirib qo‘ying, sizning yozma roziligingizni olmasdan ish haqingizning 1 tiyiniga ham teginmasin.


👉@xushnudbek👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Toshkentda "Zumerlar: kitob va kelajak" forumi bo‘lib o‘tmoqda

Xalq Banki tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan forumdan mashhur yozuvchi va shoirlar ijodidan namunalar, kitobxonlik loyihalari tashabbuskorlari va kitobxonlar bilan qiziqarli debatlar o’rin olgan.

Forumda, shuningdek, 2024-yilda "Asaxiy", "Mutolaa", "Mahalla kutubxonalari" loyihalarining bank bilan hamkorlikda amalga oshirgan ishlari tahlil qilinib, yoshlar uchun kitobxonlikni yanada jozibali qilish yuzasidan fikr almashildi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Uchta sport federatsiyasiga yangi rahbar saylandi:

➖“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Sanoqulov Quvondiq Sanoqulovich gandbol federatsiyasi raisi etib;

➖Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi, senator Rafikov Qudratilla Mirsagatovich suzish federatsiyasi raisi etib;

➖Mudofaa vaziri general-mayor Xalmuxamedov Shuxrat Gʻayratdjanovich o‘q otish sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

Xushnudbek.uz

Zamonaviy dunyoda yaqinlarning moliyaviy ko‘magi nafaqat tezkor, balki qulay bo‘lishi ham muhimdir.

Paysend dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan O‘zbekistonga pul o‘tkazishning qulay usulini va belgilangan komissiyani taqdim etadi.

📌 Visa va MasterCard kartalaridan UZCARD, HUMO, Visa hamda MasterCard kartalariga o‘tkazmalar amalga oshiriladi.

Paysend mobil ilovasini havola orqali yuklab oling.

Reklama

Читать полностью…
Subscribe to a channel