xalqtaliminfo | Unsorted

Telegram-канал xalqtaliminfo - Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

65650

Ушбу каналда таълимга оид янгиликлар, тизимдаги камчиликлар ҳамда муаммоли саволларга жавоб бериб борилади. 👉https://youtube.com/@xalqtaliminfo Шахсий: @u_pulatoff Тижорий ҳамкорлик учун: @XalqinfoREK

Subscribe to a channel

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Pedagoglar tomonidan yo'llangan eng dolzarb savollarga javoblar

"So'ragan edingiz" rukni ostida pedagoglarni qiziqtirgan eng dolzarb savollarga javob berishda davom etamiz.

O‘tgan yili malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yili uchun ustamaga ball beriladimi?
➡️ JAVOB

Har qanday menejerlik sertifikati uchun direktor va o‘rinbosarlarga ustama to‘lanadimi?
➡️ JAVOB

Yil o‘rtasida o‘qituvchining ustama foizini kamaytirish to‘g‘rimi?
➡️ JAVOB

O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun qaysi tashkilotdan ruxsat olish kerak?
➡️ JAVOB

Qaysi toifadagi pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlab qoladi?
➡️ JAVOB

O‘qituvchining ish joyi o‘zgarsa, maktabdagi ustamasi saqlanib qoladimi?
➡️ JAVOB

O‘quvchi maktab darsligini yo‘qotib qo‘ysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?
➡️ JAVOB

Pedagog va rahbar xodimlar necha kunlik mehnat ta’tiliga chiqadi?
➡️ JAVOB

Ayrim toifadagi o‘qituvchilar 60 kalendar kunlik ta’tilga chiqsa bo‘ladimi?
➡️ JAVOB

Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi?
➡️ JAVOB

Ta'limga oid eng dolzarb savollarga javob topish uchun @xalqtaliminfo kanalini doimo kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Surxondaryoga xususiy maktab kerakmi?

Farzandingizni zamonaviy fikrlaydigan, erkin va ijodkor shaxs sifatida tarbiyalashni xohlaysizmi? Ingliz tilini yoshligidanoq o‘rganishini-chi?

Termiz shahrida ilk bor 1–4-sinflar uchun ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy o‘quv dasturiga ega bo‘lgan xususiy maktab ochilishi reja qilinmoqda.

Ammo biz ushbu maktabni aynan sizning xohish-istaklaringizdan kelib chiqqan holda barpo etmoqchimiz.

🔍 Shuning uchun sizni atigi 1 daqiqalik so‘rovnomamizni to‘ldirishga taklif qilamiz.

So‘rovnomamizda qatnashish orqali siz:

Idealingizdagi maktab qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berasiz;

Farzandingiz uchun eng yaxshi ta’lim muhitini yaratishga hissa qo‘shasiz;

Biz esa aynan sizning idealingizdagi maktabni quramiz!

So‘rovnomahttps://xalqtaliminfo.uz/questionnaires/41/uform

🕒 Atigi 1 daqiqa. Ammo shu 1 daqiqa farzandingiz kelajagini o‘zgartirishi mumkin!

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Ta’lim tizimida ham murojaatlar hal bo‘lmagani uchun, ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar ko‘paygan

Prezident Shavkat Mirziyoyev vazirlar va hokimlarni tanqid qilib, murojaatlar bilan ishlamayotganini aytdi. Prezidentning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar orasida ta’lim sohasi ham mavjud.

"Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?", - dedi Prezident.


Avvalroq vazir Hilola Umarovaning “vazirga murojaat” portali ham ishlamayotgani, bir yildan buyon vazir portaliga kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan muntazam berib borilayotgan rasmiy axborot ham to‘xtab qolgani haqida xabar bergandik.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1229

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarga bir martalik mukofot puli beriladi

Nihoyat, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Dolzarb 90 kun” tadbirlarining 14-kunida hududlarda kuzatilayotgan holatlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Avvalroq, vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha xalqtaliminfo.uz so‘roviga rasmiy javob xati ham yo‘llagan edi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1228

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O‘tgan yili malaka oshirgan o‘qituvchiga ustama uchun ball berilmayapti..mi?

Hududlarda pedagog xodimlarga ustama tayinlashda yana muammolar kelib chiqa boshladi. Yuqoridagi savolga batafsil javob bergan bo'lishimizga qaramay, hududlardagi muammolar arimayapti.

Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi zudlik bilan rasmiy ko'rsatma berishi zarur.

Aks holda ko'plab o'qituvchilar ustamasiz qolishi mumkin. Ushbu masalada esa bizning pozitsiyamiz videoda to'liq bayon qilingan.

Mavzu yuzasidan qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, izohlarda yozib qoldiring.

📝 Izoh yozish

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

😓 7.000.000 soʻmdan 20.000.000 soʻmgacha oylik maosh!

Siz tirishqoq, doimo o‘z ustida ishlaydigan, ambitsiyalarga ega o‘qituvchimisiz? Bu salohiyatingizni qadriga yetadigan, mehnatingizni qadrlab, sizning ham kasbiy, ham shaxsiy o‘sishingizni qo‘llab-quvvatlaydigan ish joyini qidiryapsizmi?

U holda sizni O‘zbekiston ta’limida o‘zining muhim o‘rniga ega, o‘z qadriyatlariga sodiq "Registon" xususiy maktabi jamoasiga taklif etamiz!

"Registon" 10 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan va doimiy ravishda kengayayotgan xususiy ta'lim loyihasidir. Bizda ayni payda umumiy 1000 dan ziyod o'qituvchilar maktab/litsey/texnikum/o'quv markazlarimizda zamonaviy hamda sifatli ta'lim berib kelishmoqda.

Ayni paytda bizda:
— matematika;
— ingliz tili o‘qituvchisi;
— boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va boshqa fanlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud!

Maktabimizda ishlashning afzalliklari:
— doimo qo'llab-quvvatlaydigan jamoa;
— yuqori oylik maosh;
— farzandingiz uchun xususiy ta'limda o'qish imkoniyati va yana 20 dan ortiq eksklyuziv takliflar taqdim etadi!

Qiziqdingizmi? Hoziroq pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting!

ARIZA TOPSHIRISH!

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Ta’limda muammolar "yonayotgan" bir vaqtda, vazirlik faqat tadbirlar haqida gapiradi...mi?

So‘nggi vaqtlarda maktab ta’limi tizimida juda ko‘plab muammoli vaziyatlar yuzaga keldi va bu hali ham davom etmoqda.

O‘qituvchini o‘ldirish bilan tahdid qilinishi, attestatsiya mojarosi, PISA tadqiqoti atrofidagi bahslar, "Dolzarb 90 kun" tadbirlari ortidan pedagoglarning mehnat huquqlari ochiqdan-ochiq buzilayotganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Afsuski, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan holatlar kuzatilsa-da, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi biror marta ham matbuot anjumani o‘tkazib, OAV uchun ochiqligini ko‘rsatmadi.

Ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lgan attestatsiya masalasida esa vazirlikning Axborot xizmati atigi 4 daqiqalik brifingda bir enlik ma’lumotni o‘qib berish bilan cheklandi.

Shu sababli, "Tanaffus" podkastining navbatdagi sonida vazirlikning axborot siyosatini O‘zbekistondagi eng katta nashr – Kun.uz jurnalisti Dilshoda Shomirzayeva bilan tahlil qilishga harakat qildik.

Dilshoda Shomirzayevaning shaxsiy kanali:
/channel/DilShomirzayeva

"Tanaffus"ning ushbu sonini barcha pedagoglarimiz, ta’lim tizimi xodimlari ko‘rib, izohlarda fikr bildirib, layklarni bosish orqali ko‘rsatuvimizni yanada ommalashishiga, unda aytilgan fikrlarni o'z egasiga tezroq yetib borishiga hissa qo‘shgan bo‘ladi.

Zero, faqat shu yo‘l bilangina vazirlik hamda uning axborot siyosatiga mas’ul shaxslarning yuziga oyna tutgan bo‘lamiz.

Marhamat, "Tanaffus" podkastining 18-sonini hoziroq tomosha qiling.

Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.


▶️ To'liq video — https://youtu.be/CAAD5lgFO-c

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi

Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etayotgan 187 ta davlat orasida qisqa vaqt mobaynida bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham bergan davlat sifatida O‘zbekiston tajribasi namoyish qilindi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1226

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

“Soatbay dars o‘tadigan pedagoglarga ham mehnat ta’tili berilishi kerak” — Saidali Muxtoraliyev

“Yuristkadr” loyihasi asoschisi, huquqshunos, advokat Saidali Muxtoraliyev soatbay asosida dars o‘tadigan pedagoglarga mehnat ta’tili berilishi borasida fikr bildirdi.

Uning aytishicha, amaldagi tartib soatbay dars o‘tadigan pedagoglarning holatini yomonlashtirib qo‘ymoqda.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1225

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

"Profi"ni nechta abituriyent tanladi?

2025-yilning 10-iyun holatiga ko‘ra, profiuniversity.uz saytidan 16 652 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi va kirish imtihonlariga qatnashdi.

Shundan 1205 nafar abituriyent esa talabalikka tavsiya etildi. Qabul qilinganlarning 459 nafari 2025-2026 o‘quv yilida "Profi University"da stipendiya asosida tahsil oladi.

Siz ham "Profi" oilasiga qo'shiling!

Birinchilardan bo’lib imtihon topshirib, stipendiya yoki grantga ega boʻlishni xohlasangiz:

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: profiuniversity.uz

➡️ Universitet haqida batafsil

Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

➡️ HUJJAT TOPSHIRISH

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Sõragan_edingiz

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?

Savol

Metodik tavsiyam maktab miqyosida ommalashtirilgandi. Maktab miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risida pedkengashning qarori ham bor.

Lekin “zavuchimiz” ustamaga ball hisoblashda ish tajribangiz ommalashtirish.uz platformasiga joylanmagan ekan deb, ball qo‘yishdan bosh tortdi. Axir maktab miqyosidagi ishlar uchun pedkengash qarorining o‘zi yetarli emasmi?

Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/726

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Korrupsiya

O‘qituvchilarga ommalashtirish sertifikatlari sotilmoqda, bu ishga vazirlik huzuridagi tashkilotlar ham aloqadormi?


O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini ommalashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada maktab miqyosida ommalashtirilgan ish uchun sertifikat berilmasligi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ammo o'qituvchilarga mazkur sertifikatlar 49 ming so'mdan sotilmoqda.

O'qituvchilarga sotilayotgan sertifikatlar vazirlikka tegishli bo'lgan ommalashtirish.uz platformasida generatsiya qilinib, mazkur sertifikatlarga A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rektori A.Ismailov hamda Respublika ta’lim markazi v.v.b direktori D.Norboyevaning elektron QR-kod shaklidagi muhri tushirilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi hamda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mazkur holat yuzasidan tezkorlik bilan rasmiy izoh berishi zarur, deb hisoblaymiz.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1224

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O'tgan hafta mobaynida ta’limga oid qanday xabarlar e'lon qilindi?

Yaxshi o‘qituvchi gapga quloq solmaydi
➡️ BATAFSIL

To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
➡️ BATAFSIL

Har bir pedagog ham, ota-onalar ham ko'rishi kerak bo'lgan podkast
➡️ BATAFSIL

Budjet tashkilotlari xodimlarining oyliklari 10 foizga oshiriladi
➡️ BATAFSIL

Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab qancha maosh oladilar
➡️ BATAFSIL

Maktab va tuman miqyosida o‘tkazilgan olimpiada uchun o‘qituvchiga ustama beriladimi?
➡️ BATAFSIL

Hilola Umarovaning “vazirga murojaat” portali ishlayaptimi?
➡️ BATAFSIL

Bolalarga nima kerak?
➡️ BATAFSIL

O'qituvchilarning "otpuska puli"ni hisoblash bo‘yicha sodda tushuntirish
➡️ BATAFSIL

Ustama, daftar tekshirish, sinf rahbarlik va boshqa qo'shimcha to'lovlar ta'til pulini hisoblashda inobatga olinadimi?
➡️ BATAFSIL

O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?
➡️ BATAFSIL

Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
➡️ BATAFSIL

Pedagoglarning "otpuska" pullari qancha muddatda tashlab berilishi kerak?
➡️ BATAFSIL

Yozgi ta’tilda barcha maktablar to‘liq yopib qo‘yiladi, faqat O'zbekistonda emas
➡️ BATAFSIL

Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari diqqatiga
➡️ BATAFSIL

Dekret ta’tiliga chiqayotgan o‘qituvchiga ustama tayinlasa bo‘ladimi?
➡️ BATAFSIL

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘qituvchilar ovozini eshityaptimi?
➡️ BATAFSIL

Keraksiz jadvallar bilan ishlaydigan ta'lim tizimi
➡️ BATAFSIL

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Barcha fan o'qituvchilari uchun zamonaviy onlayn kurs

Sizning dars berayotgan faningiz qaysi bo‘lishidan qat’i nazar, bugungi kunning ustozi:

ilhomlantiruvchi bo‘lishi;
jamoani yetaklay olishi;
zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi shart!

"Brilliant pedagog" kursi sizga nima beradi:

Nutq san’ati (ravon, ta’sirli va ishonchli gapirish);

Media va huquqiy savodxonlik (internet va axborot bilan ishlash);

Psixologik treninglar (o‘quvchi bilan individual ishlash);

Motivatsion yondashuv (sinfga ko'tarinki ruh berish);

Ko‘rgazmalar yasash (o‘z qo‘lingiz bilan);

Faningizni sodda va tushunarli tushuntirish texnikalari;

Joylar soni cheklangan — imkoniyatni qo'ldan bermang!

Siz sinf rahbari emassiz — siz sinf yetakchisisiz!

Kurslar onlayn (Zoom + Telegram) shaklida tashkil etiladi. Darslar esa 10-iyundan boshlanadi.

Murojaat uchun:

👤@Dildora_Rahmadjonovna
👤@Hulkaroy1

Reklama

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari diqqatiga

Ma'lumki, maktablarda voleybolni rivojlantirish bolalarda o‘zaro ishonch, jamoada ishlash, murosaga kelish va maqsad sari birgalikda harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Bu haqda "Maktablarda voleybolni rivojlantirish nima beradi?" nomli maqolamizda to'liq ma'lumot bergandik.

Hozirda esa aynan mana shu mavzu doirasida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda. Agar jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi bo'lsangiz, ilmiy-tadqiqot ishi doirasida o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting.

Bu orqali siz O'zbekistonda voleybolni rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz.

So'rovnomahttps://forms.gle/iSQm9AoL1yWR2t4Z6

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Ta’limga oid savollaringiz to'planib qoldimi?

Juda ko‘pchilik pedagoglar hamda ta’lim tizimi xodimlari Ulug‘bek Po‘latovga qanday qilib savollarimizni yo‘llasak bo‘ladi, deb murojaat yo'llashadi.

Tushunamiz, hozirgi kunda pedagoglarning tizimiga oid savollari to‘planib qolgan. Ularning barchasiga bir vaqtning o‘zida javob berish esa imkonsiz.

Shu sababli, biz pedagoglarning ushbu murojaatlarini inobatga olgan holda Instagram sahifamizda jonli efir tashkil etib, ular bilan suhbatlashishga qaror qildik.

Jonli efir o‘tkazilish sanasi va aniq vaqti haqida keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Jonli efirni o‘tkazib yubormaslik uchun hoziroq Instagram sahifamizga ulanib oling.

📷 Instagram

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Sõragan_edingiz

Maktab bitiruvchilari oliygohga hujjat topshirish uchun attestatni olib ulguradimi?


Xabaringiz bor, 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) davlat oliygohlariga test sinovi topshirish uchun abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishi belgilangan.

Xo'sh, qabul jarayoni 25-iyunda yakunlansa, ta'lim muassasalari bitiruvchilari hujjat topshirish uchun attestatni olishga ulguradimi? Batafsil videoda...

Mavzuga oid qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, Instagram sahifamizdagi video ostida yozib qoldirishingiz mumkin.

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O'tgan hafta mobaynida ta’limga oid qanday xabarlar e'lon qilindi?

Maktab sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerak?
➡️ BATAFSIL

O‘qituvchilarga ommalashtirish sertifikatlari sotilmoqda, bu ishga vazirlik huzuridagi tashkilotlar ham aloqadormi?
➡️ BATAFSIL

“RTM xodimi xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan” — holat bo’yicha rasmiy bayonot berildi
➡️ BATAFSIL

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
➡️ BATAFSIL

“Qizil” maktabda ishlamoqchi bo‘lgan pedagoglar 25-iyulga qadar tegishli maktab direktoriga murojaat qilishi lozim
➡️ BATAFSIL

"Profi"ni nechta abituriyent tanladi?
➡️ BATAFSIL

Pedagoglarga ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqqa yuridik markazdan xulosa olish shartmi?
➡️ BATAFSIL

“Soatbay dars o‘tadigan pedagoglarga ham mehnat ta’tili berilishi kerak” — Saidali Muxtoraliyev
➡️ BATAFSIL

Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun pedagog xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?
➡️ BATAFSIL

MMTV axborot siyosatini 1–5 ballgacha baholang
➡️ BATAFSIL

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi
➡️ BATAFSIL

O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
➡️ BATAFSIL

Ta’limda muammolar "yonayotgan" bir vaqtda, vazirlik faqat tadbirlar haqida gapiradi...mi?
➡️ BATAFSIL

"Aslida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari mahalladagi yoshlar yetakchilari hamkorligida amalga oshirilishi belgilangan" — MMTV
➡️ BATAFSIL

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish Mikrohudud doirasida va undan tashqarida amalga oshiriladi
➡️ BATAFSIL

O‘tgan yili malaka oshirgan o‘qituvchiga ustama uchun ball berilmayapti..mi?
➡️ BATAFSIL

“Dolzarb 90 kun” tadbirlariga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarga bir martalik mukofot puli beriladi
➡️ BATAFSIL

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Pulini to‘lasangiz ham olavermaymiz

Ko‘pchilik xususiy universitetlar haqida “ha, bular xususiy-ku, shartnoma pulini to‘lasang, bo‘ldi olaveradi, o‘qishni ham bitirasan” degan noto‘g‘ri tushunchaga borib qolgan.

Ha, to‘g‘ri, shunday universitetlar ham yo‘q emas, lekin ularning umri qisqa, chunki odamlar endi pul to‘lashdan tashqari sifatli ta’limni ham talab qilishmoqda.

Sifatli ta’lim esa bilimsiz talabalar bilan qurilmaydi. SHu sababli, 14-iyun kuni @profiuniversity va @navoiyprofiuniversity talabasi bo‘lish istagidagi abituriyentlar uchun ikkinchi kirish imtihoni o‘tkazildi.

Imtihonda 4000 nafardan ortiq abituriyentlar qatnashishi va eng qizig‘i ularning kamida 25 foizi o‘tgan imtihondan yiqilganlar edi, Profi University ta’sischisi Bektosh Xatamov esa shaxsan ularning o‘zlariga mikrofon tutdi.

“Pulini to‘lasangiz ham olavermaymiz, imtihondan o‘ta olmasangiz, vallomat bo‘lsangiz, olmaymiz, chunki professional kadrlar kuchli bazasiz yaratilmaydi”, deydi Bektosh Xatamov.


Agar siz o'z bilimingizga ishonsangiz va Profi University talabasi bo'lishni istasangiz, navbatdagi imtihon uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: profiuniversity.uz

➡️ Universitet haqida batafsil

Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

➡️ HUJJAT TOPSHIRISH

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish Mikrohudud doirasida va undan tashqarida amalga oshiriladi

Qonunchilikka ko‘ra, bolalarni 1-sinfga Mikrohudud doirasida va Mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi belgilangan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/730

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

"Aslida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari mahalladagi yoshlar yetakchilari hamkorligida amalga oshirilishi belgilangan" — MMTV

Nihoyat, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi.


Xabaringiz bor, joriy yilning 27-may kuni “Endi o‘qituvchilar yozgi ta’tilda ham ishlaydimi?” nomli maqola e'lon qilgandik. Keyinroq esa vazirlikka so’rov xati ham yuborgandik.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holat yuzasidan xalqtaliminfo.uz so’roviga javoban batafsil tushuntirish berdi.

Unda ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlar uchun faqatgina ta’lim muassasasining binosidan foydalaniladi xolos. Yozgi ta’til vaqtida esa hech bir pedagogning mehnat huquqlari buzilmaydi.

Aslida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari ta'tildagi pedagoglar tomonidan emas, mahalladagi yoshlar yetakchilari hamkorligida amalga oshirilishi belgilangan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1219

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Polsha Respublikasi Ta’lim vaziri Barbara Novaskaya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda STEM yo‘nalishi, ta’limda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari, qo‘shma ta’lim loyihalari, o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish, pedagogika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1227

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Sõragan_edingiz

Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun pedagog xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?


Savol

Mehnat ta’tiliga chiqqanimga 10 kunga yaqin vaqt o‘tsa ham "otpusknoy puli" tushmadi. Kechiktirilgan ish haqining har bir kuni uchun kompensatsiya to‘lanadi, deb o‘qigandim.

Bu ta’til puliga ham tegishlimi? Agar shunday bo‘lsa qayerga murojaat qilsam bo‘ladi?

Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/715

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Sõragan_edingiz

Pedagoglarga ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqqa yuridik markazdan xulosa olish shartmi?

Savol

Maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifasida ishlayman. O‘qituvchilarga tayinlanadigan yillik ustama hujjatlarini buyruqlashtirib, maktab ishchi guruh xulosasi bilan “e-huquqshhnos” bazasi orqali yuridik markaz xodimlariga xulosa olishga taqdim etgan edim.

Endi yuridik markaz xodimlari ustama hujjatlarining asl nusxasini olib kelish talabini qo‘ymoqda. Vaholanki, o‘tgan o‘quv yillarida bunday holat bo‘lmagandi. Ularning bu talabi qanchalik to‘g‘ri?

Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/748

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

“Qizil” maktabda ishlamoqchi bo‘lgan pedagoglar 25-iyulga qadar tegishli maktab direktoriga murojaat qilishi lozim

Ayni vaqtda respublikamizda 470 ta ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar mavjud. Mazkur maktabga borib ishlaydigan pedagoglarga esa 50 foizdan – 100 foizgacha ustama to‘lab beriladi.

Xo'sh, qo'shimcha ustama olib, bu kabi maktablarda ishlash uchun maktab ma'muriyatiga qachon va qay tartibda murojaat qilinadi?

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/732

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

“RTM xodimi xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan” — holat bo’yicha rasmiy bayonot berildi

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Maktabgavha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy-nazorat boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Respublika taʼlim markazi xodimi tomonidan xizmat vazifasini suiisteʼmol qilgan holda notoʻgʻri xatti-harakatlar amalga oshirilgan.

“Hozirda ushbu holatga chek qoʻyilgan hamda kelgusida mazkur xodimning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.”, - deyiladi rasmiy bayonotda.


Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Bilasizmi

Maktab sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerak?


Sanepidqo‘mita tavsiyaga ko‘ra, yengil jismoniy ish uchun havo harorati kamida 21 daraja va nisbiy namlik esa 40-60 foiz bo‘lishi lozim.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/928

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Keraksiz jadvallar bilan ishlaydigan ta'lim tizimi

Bundan bir yil muqaddam ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari "ma'naviyatchilar"ning ko'p vaqti qog'ozbozlik bilan o'tib ketayotganini aytishib, vazir Hilola Umarovadan bunga amaliy yordam berishini so'rashgandi.

To'g'ri, ularning bu taklifi inobatga olinmadi. Chunki, hozirgi kunga kelib, nafaqat "ma'naviyatchilar" balki, ta'lim tizimining o'zi ham butkul jadvalbozlikka ko'mildi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Yuqoridagi videoda esa bunday jadvalbozlikka qarshi qanday qilib kurashish kerak degan savolga amaliy tajriba orqali javob berilgan.

Xo'sh, bu borada sizning fikringiz qanday?

📝 Izoh yozish

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Sõragan_edingiz

Dekret ta’tiliga chiqayotgan o‘qituvchiga ustama tayinlasa bo‘ladimi?

Savol

Bir ustozimiz yillik yutuqlari asosida ustamaga hujjat tayyorlayaptilar. Lekin 15-iyunda 4 oylik dekret ta’tiliga chiqadilar. Keyin ishga chiqmoqchilar. Kelasi yil uchun ustamaga hujjatlarini taqdim etsalar bo‘ladimi?

Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/662

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Yozgi ta’tilda barcha maktablar to‘liq yopib qo‘yiladi, faqat O'zbekistonda emas

Bu mamlakat o‘qituvchilari yangi o‘quv yili boshlanishiga atigi bir kun qolgandagina maktabga qaytishadi.

Ta’til vaqtida esa o‘qituvchilarni ham, maktab direktorlarini ham hech qayerdan topolmaysiz, chunki ular qayerdadir dam olayotgan bo‘ladi.

Bunday tartib qaysi mamlakatda joriy qilingan deb o‘ylaysiz? Bu haqda videoni ko‘rib bilib oling.

Bu mamlakatda shunday tartib joriy qilingan bo‘lsa-da, nima uchun ular sifat bo‘yicha dunyodagi eng top ta’lim tizimlari ro‘yxatida turadi, deb o‘ylaysiz?

📝 Izoh yozish

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel