Ушбу каналда таълимга оид янгиликлар, тизимдаги камчиликлар ҳамда муаммоли саволларга жавоб бериб борилади. 👉https://youtube.com/@xalqtaliminfo Шахсий: @u_pulatoff Тижорий ҳамкорлик учун: @XalqinfoREK
#Sõragan_edingiz
Metodbirlashma rahbarlariga 10 foizlik ustama qanday tayinlanadi?
Metodbirlashma rahbarlariga tayinlanadigan 10 foizlik ustama o‘qituvchi sifatida olishi mumkin bo‘lgan ustamaga qo‘shimcha ravishda belgilanadi.
Xo'sh, metodbirlashma rahbarlariga 10 foizlik ustama qanday mezonlar asosida tayinlanadi?
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/674
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Maktablarda voleybolni rivojlantirish nima beradi?
Voleybol o'ynash bolalarda o‘zaro ishonch, jamoada ishlash, murosaga kelish va maqsad sari birgalikda harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Ushbu sport turi nafaqat o‘quvchilarning individual rivojlanishiga, balki butun sinf va maktab muhitining yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.
Mavzu haqidagi yanada qiziqarli faktlar bilan batafsli saytimizda tanishing.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1218
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Sõragan_edingiz
“Dolzarb 90 kunlik” tadbiri uchun pedagoglar yakshanba kuni ham ishga chaqirtirilishi to‘g‘rimi?
Savol
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Holat 24-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida sodir bo'lgan.
Buning ortidan tuman hokimi hududdagi barcha maktab sinf rahbarlariga uyma-uy yurib, o‘quvchilar ota-onasining yonida yoki yo‘qligini tekshirib chiqishni topshirgan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1215
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Endi o‘qituvchilar yozgi ta’tilda ham ishlaydimi?
Ayni vaqtda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan bu yil pedagog va rahbar xodimlar mehnat ta’tiliga chiqmasligi, hatto ular haftaning yakshanba kunlari ham “Dolzarb 90 kun” tadbiri bo‘yicha ishlashlari kerakligi haqida topshiriqlar berilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi esa ushbu tashabbusni ilgari surishdan avval o‘quvchi va pedagoglar sog‘lig‘i va maktab infratuzilmasi yozning jazirama issiq kunlariga qanday dosh bera olishini o'rganib chiqmagan ko‘rinadi.
Yozgi ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhim masala ekani shubhasiz, ammo vazirlik bu ishlarni chuqur tahlil va ilmiy tadqiqotlarga asoslanib tashkil etishi kerak edi.
O‘ylaymizki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bizning bugungi maqolamizda tilga olingan fikrlarni inobatga olgan holda bu masalani jiddiy o‘ylab ko‘radi va to‘g‘ri xulosaga keladi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1214
Ushbu ma’lumotlar isboti sifatida pedagog xodimlar ham maqola ostidagi izohlarda o‘z fikrlarini yozib qoldiradi degan umiddamiz.
Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi
Respublikadagi har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida bolalarni kichik yoshidan vatanparvar qilib tarbiyalashga yo‘naltirilgan “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi.
Ma'lum qilinishicha, 2025/2026-o‘quv yili uchun “Jasorat maktab”lariga hujjatlar qabuli iyun oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1213
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
O'tgan hafta mobaynida ta’limga oid qanday xabarlar e'lon qilindi?
O‘qituvchi nafaqat 1000 dollar, balki 2000 dollar maosh olyapti
➡️ BATAFSIL
To'garak uchun o'qituvchiga haq to'lamasak, shunchaki undan voz kechishimiz kerak
➡️ BATAFSIL
Deyarli 60 foiz o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmagan
➡️ BATAFSIL
70 foizlik ustama 4 163 nafar pedagogga beriladigan bo'ldi
➡️ BATAFSIL
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o'qituvchilari uchun jonli muloqot o'tkazildi
➡️ BATAFSIL
Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi
➡️ BATAFSIL
Qanday tadbir va tanlovlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?
➡️ BATAFSIL
O‘tgan yili malaka oshirgan o‘qituvchiga ustama uchun ball berilmayapti..mi?
➡️ BATAFSIL
Pedagoglarga ustama belgilashda inobatga olinadigan tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgan
➡️ BATAFSIL
Maktablardagi o‘qituvchilar soni 170 mingga ko‘paydi
➡️ BATAFSIL
Nihoyat, vazirlik “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berdi
➡️ BATAFSIL
Vazir Hilola Umarova Londonda nima qilyapti?
➡️ BATAFSIL
“186 ta maktab sanitariya talablari buzilgani sabab vaqtincha yopilgan” – Sanepidqo‘mita
➡️ BATAFSIL
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etildi
➡️ BATAFSIL
Maktablar yopilmaydi...mi?
➡️ BATAFSIL
O'qituvchi mauglining onasi ismini bilmasa, yomon pedagog bo‘lib qolmaydi
➡️ BATAFSIL
Sahna ortida berkinib yashamang: Maktab bitiruvchilariga murojaat
➡️ BATAFSIL
Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi
➡️ BATAFSIL
5-sinf o‘quvchisi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga mashina haydab bordi, ayrim o‘quvchilar spirtli ichimlik ichgan
➡️ BATAFSIL
"Ustozlarni o'zimdan ustun deb bilaman" — "Tanaffus" podkast yangi soni
➡️ BATAFSIL
Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” "PIMA" maktablarida o‘tkazildi
➡️ BATAFSIL
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
➡️ BATAFSIL
Attestatsiyada qatnasholmagan o‘qituvchilar nima qiladi?
➡️ BATAFSIL
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun @xalqtaliminfo kanalini kuzatib boring.
Shifokor bo‘lish orzuingizmi?
Unda sizni Profi University'ning Tibbiyot fakulteti kutmoqda!
⠀
📚 Yo‘nalishlar:
🔹 Davolash ishi — 6 yil
🔹 Stomatologiya — 5 yil
⠀
💉 Bu yerda haqiqiy shifokorlik yo‘li boshlanadi: zamonaviy ta'lim, tajribali ustozlar va amaliyot bilan boyitilgan dasturlar sizni kutmoqda!
⠀
👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: profiuniversity.uz
➡️ Universitet haqida batafsil
0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l
📃 HUJJAT TOPSHIRISH
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
"Ustozlarni o'zimdan ustun deb bilaman" — Xayrulla Hamidov
Maktablarda o'quv yili yakunlangani bois "Tanaffus" podkastining 17-sonini ustoz va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar mavzusiga bag'ishladik.
Bu safargi mehmonimiz Xayrulla Hamidovning ta'lim va ustozlarga oid fikrlari odamni o'ylashga, fikrlashga majbur qiladi.
"Tanaffus"ning ushbu sonini albatta ko'ring. Ushbu ko'rsatuvni o'quvchilaringizga ham, ota-onalarga ham albatta tavsiya qiling.
Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.
Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi
2024/2025-o‘quv yilida 10 146 ta umumta’lim maktabining 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar o‘quvchi tamomladi.
Shuningdek, nechta bitiruvchi oltin va kumush medal olgani ham ma’lum bo‘ldi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1209
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
O'qituvchi mauglining onasi ismini bilmasa, yomon pedagog bo‘lib qolmaydi
Ko'plab o'qituvchilarning e'tirozlariga sabab bo'layotgan attestatsiya testlarining saviyasi hali ham muhokama qilinmoqda.
Faqatgina xotirani sinash uchun tuzilgan attestatsiya testlari o'qituvchilarning pedagogik salohiyatini baholash uchun yaroqsizligi qayta-qayta ta'kidlanmoqda.
"Pedagog mauglining onasi ismini bilmasa, yomon o‘qituvchi bo‘lib qolmaydi", demoqda ta'lim bo'yicha ekspertlar.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi
Ma’lum bo'lishicha, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkaziladigan maktablar tegishli mutasaddi idoralar xodimlari tomonidan to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilib, qo‘riqlash pultiga ulangan.
Videokuzatuv kameralari esa hududiy ichki ishlar organlarining situatsion markazlariga integratsiya qilingan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1208
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Vazir Hilola Umarova Londonda nimalar qilyapti?
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng o‘z delegatsiyasi bilan Londonga jo'nab ketgandi.
Ma'lum bo'lishicha, u butunjahon ta’lim forumida ishtirok etib, ayrim tashkilotlar bilan hamkorlik kelishuvi ham imzolangan.
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi maktablarga 500 nafardan ortiq angliyalik o‘qituvchilarni jalb qilish bo'yicha kelishuvga erishilgan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1206
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Maktablardagi o‘qituvchilar soni 170 mingga ko‘paydi
Oxirgi 10 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 170,9 ming nafarga oshgan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1205
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
O‘tgan yili malaka oshirgan o‘qituvchiga ustama uchun ball berilmayapti..mi?
Hududlarda pedagog xodimlarga ustama tayinlashda yana muammolar kelib chiqa boshladi. Yuqoridagi savolga batafsil javob bergan bo'lishimizga qaramay, hududlardagi muammolar arimayapti.
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi zudlik bilan rasmiy ko'rsatma berishi zarur.
Aks holda ko'plab o'qituvchilar ustamasiz qolishi mumkin. Ushbu masalada esa bizning pozitsiyamiz videoda to'liq bayon qilingan.
Mavzu yuzasidan qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, izohlarda yozib qoldiring.
📝 Izoh yozish
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Darslar faqat o‘quv xonalarida bo‘lishi shartmi?
Bunday qoida bo‘lsa ham, "Profi University"da ba'zan qoidalardan tashqariga chiqadi.
Misol uchun, bu safargi ingliz tili darsi ochiq tabiat qo‘ynida bo‘lib o'tdi.
Siz ham xuddi shunaqa darsga qatnashgan bo‘larmidingiz?
Bu yerda sizni zamonaviy ta'lim, tajribali ustozlar va amaliyot bilan boyitilgan darslar kutmoqda!
⠀
➡️ Universitet haqida batafsil
0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l
📃 HUJJAT TOPSHIRISH
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyrug'i bilan ta’lim sifati past bo'gan maktablar ro'yxati tasdiqlandi. Mazkur maktabga borib ishlaydigan ayrim pedagoglarga esa qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
O‘tgan yili bunday maktablar soni 545 ta edi. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 75 taga kamaygan.
Xo'sh, "qizil" maktablarga boshqa hududlardan kelib ishlaydigan o‘qituvchilarga qanday ustamalar to‘lanadi? Batafsil saytimizda o'qing.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1217
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Maktablardagi barcha xodimlar mehnat ta'tilga chiqishi shart
Juda ko'p hollarda ta'lim muassasalarida tashkil qilinadigan "Yozgi oromgoh"lar bahona qilinib, pedagog xodimlar, ayniqsa rahbar xodimlar mehnat ta'tiliga chiqarilmaydi.
Bu esa ochiqdan-ochiq qonun buzilishidir. Bu haqda mehnat huquqi bo'yicha mutaxassis Muhammadamin Karimjonov ham ta'kidlab o'tgandi.
▶️ To'liq video — https://youtu.be/oap4hNYUEjA
Ushbu fikrlar o'z egasiga tezroq yetib borishi uchun xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube sahifamizga obuna bo'lib, videoga layk bosib, izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
Shu yo'l orqali bizning fikrlarimizni qo'llab-quvvatlagan bo'lasiz. Shundagina bizning ovozimiz balanroq eshitiladi.
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmagan o'qituvchilar uchun qachon test o'tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning 15-aprel sanasidan boshlab, 14-mayga qadar pedagog xodimlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tgandi.
Ammo uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmagan pedagog kadrlar uchun qachon test sinovlari bo‘lib o‘tishi noma’lumligicha qolayotgandi. Shu sababli, xalqtaliminfo.uz bu masalaga aniqlik kiritdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1212
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Maktabni tamomlagan bitiruvchilar uchun eng muhim tavsiyalar
Oliy ta’lim — hayotdagi eng muhim qarorlardan biridir. Maktab bitiruvchilari o‘zi uchun eng yaxshi universitetni tanlashda bir nechta omillarni hisobga olishi kerak.
Juda ko‘pchilik bitiruvchilar xususiy universitetga hujjat topshirishda ustozlariga quyidagi savollarni beradi:
➖Xususiy oliygohlar ishonchlimi?
➖Litsenziyani qanday tekshirsa bo'ladi?
➖Diplomi O'zbekiston va xalqaro miqyosda tan olinadimi?
➖ Bir vaqtning o'zida xorijda ham tahsil olish imkoniyati bormi?
➖ Ish bilan ta'minlaydimi?
#Sõragan_edingiz
Maktabda ishlayotgan talabaga ustama tayinlasa bo‘ladimi?
Savol
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Sõragan_edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Savol
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi maktablarda o‘tkazilgani aytilmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oddiy maktablarga “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazmaslik bo‘yicha qat’iy ko‘rsatma bergan bir vaqtda ayrim Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda kunning kechki vaqtida “Bitiruv oqshomlari” o‘tkazilgani haqida xabar tarqaldi.
“PIMA” tarkibidagi mashhur maktablardan birida bitiruv tadbiri ertalab soat 8:00 dan kechki soat 23:00 gacha davom etgan bo'lishi ham mumkin.
2023-yilda ham vazirlik oddiy maktablarga “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini 40 daqiqadan oshirmaslik haqida ko‘rsatma bergan bir vaqtda, Prezident maktabi bitiruvchilari uchun 3 kunlik “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilgandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1211
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
5-sinf o‘quvchisi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga mashina haydab bordi, ayrim o‘quvchilar spirtli ichimlik ichgan
24-may, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni o‘quvchilar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq jami 256 ta holat aniqlandi.
Achinarlisi, o‘quvchilar orasida ushbu tadbirga spirtli ichimlik iste’mol qilib borganlari ham topildi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1210
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Sahna ortida berkinib yashamang
Aziz bitiruvchilar, bugun siz maktab sahnasidan katta hayot sahnasiga qadam qo'ymoqdasiz. Bu sahnani hech qachon ko‘zbo‘yamachilik, yasama tabassum va yolg‘on maqtovlarga to‘lib-toshgan bir maydonga aylantirmang.
Kelajakda sizlarning orangizdan ta'lim siyosatini belgilovchi shaxslar ham yetishib chiqishiga ishonaman. Ana shu vaqtda siz qarorlar qabul qilishda faqatgina mantiqqa tayanib ish ko'ring. "Yuqori" nima der ekan, degan o'y va xayollar bilan yashamang.
Hech qachon kimningdir ko'ziga yaxshi yaxshi ko'rinish uchun ishlamang. Kichik g'alabalar bilan o'zingizni ham, boshqalarni ham ovutishga o'rganib qolmang.
Ozchilik manfaati yo'lida emas, umumiy qatlam manfaatlari yo'lida harakat qilishga odatlaning. Hech qachon tabaqalanishga yo'l qo'ymang, insonlar orasiga aslo chiziq torta ko'rmang.
Bir kun kuni kelib, ko‘pchilik nomidan gapirishga haqli bo‘lgan shaxslardan biriga aylanganingizda, har bir so‘zingizga hushyor bo‘ling. "Ular baxtli" degan so‘zlar bilan haqiqatni o‘zingizga qulay shaklda bo‘yashga aslo urinmang.
Doimo ochiq bo‘ling, o‘zingizni ham, atrofdagilarni ham jimlikka mahkum qilmang, aksincha sog‘lom fikr almashuviga undang. O‘z ovozingizni eshiting va boshqalarni ham eshitishga jur’at toping.
Unutmang, hayot sizni juda ko‘p rollarga taklif qiladi. Ba'zan sahnaga chiqaradi, ba'zan parda ortida qoldiradi. Ammo chinakam shaxs bo‘lish — bu roldan tashqariga chiqish, yuzdagi niqobni yechish va real muammolarga tik boqishdir.
Aziz bitiruvchilar, yo'lingiz yorug‘, qadamingiz sobit, niyatingiz pok bo‘lsin!
Ulug'bek Po'latov,
Xalq ta'limi Info loyihasi asoschisi
@u_pulatoff
Maktablar yopilmaydi...mi?
Ko'plab mamlakatlarda o'quv yili yakunlanib, yozgi ta'til boshlanmoqda. Endi bolalar deyarli bir necha oy ta'lim jarayonidan butkul uzilib, ota-onalari bag'riga qaytadilar.
O'zbekistonda esa aksincha, o'quv jarayoni davom ettiriladi. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, "Dolzarb 90 kun" dasturi asosida ta'lim muassasalarida turli xil o'quv kurslari, to'garaklar tashkil etilib, barcha o'quvchilar ta'lim jarayoniga to'liq qamrab olinishi reja qilinyapti.
Eshitishimizga qaraganda, "Dolzarb 90 kun" dasturi yangi o'quv yiliga qadar davom ettirilib, sentyabr oyidan bolalar va pedagoglar yana ta'lim jarayoni bilan band bo'ladilar.
Bu tadbirlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan yozgi ta'til vaqtida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilmoqda.
Siz "Dolzarb 90 kun"ni qanday o'tkazmoqchisiz?
📝 Izoh yozish
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
“186 ta maktab sanitariya talablari buzilgani sabab vaqtincha yopilgan” – Sanepidqo‘mita
Sanepidqo‘mita tomonidan 2025-yilning 4 oyi davomida jami 3 295 ta umumta’lim maktablarida rejali tekshirishlar o‘tkazilgan.
Natijada ayrim maktablar yopilgan, sanitariya qoida buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan mas’ul shaxslarga nisbatan 2 157 ta holatda ma’muriy choralar, ya’ni jarimalar qo‘llanilgan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1207
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Nihoyat, vazirlik “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berdi
Vazirlikning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish haqidagi ko‘rsatma xati jamoatchilikdan sir tutilmoqda.
Ko'rsatmaga ko'ra, maktablardagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-may, shanba kuni o'tkazilib, faqat 1 soat (8:00 dan 9:00 gacha) davom etadi. Bu yilgi tadbir “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida o'tkaziladi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1201
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Eslatma
Pedagoglarga ustama belgilashda inobatga olinadigan tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritilgan
Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasining tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishida o‘quvchilar natijaga erishgan taqdirda ham pedagog xodimlarga ustama uchun ball bermaslikka to‘g‘ri kelib qolgandi. Bu haqda avvalroq xabar bergandik.
Keyinroq vazirlik bu xatoni tuzatib, ustama belgilashda inobatga olinadigan tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritgan.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1146
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Bilasizmi
Qanday tadbir va tanlovlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?
Yangi o‘quv yili uchun pedagog xodimlarga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati bilan tanishing.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1072
xalqtaliminfo">
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.