Ушбу каналда таълимга оид янгиликлар, тизимдаги камчиликлар ҳамда муаммоли саволларга жавоб бериб борилади. 👉https://youtube.com/@xalqtaliminfo Шахсий: @u_pulatoff Тижорий ҳамкорлик учун: @XalqinfoREK
#Sõragan_edingiz
O‘tgan yili malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yili uchun ustamaga ball beriladimi?
Savol
Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
Toshkentda o‘qituvchini direktor lavozimiga tayinlab qo'yish evaziga 3 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1175
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Hamma o‘quvchilar 100 foiz oliygohga kirishi shartmi?
Odatda maktablarning asosiy ko'rsatgichi sifatida o‘quvchilarning oliy ta'limga kirish ko'rsatgichlari hisobga olinadi.
Hatto, norasmiy ko'rsatma sifatida har bir bitiruvchiga bittadan pedagog ham biriktirib qo'yilgan.
Xo'sh, aslida hamma o‘quvchilar 100 foiz oliygohga kirishi shartmi yoki oliy ma'lumot o'zi nima uchun kerak?
Ushbu savolimizga "Profi" ta'lim muassasalari tarmog'i asoschisi Bektosh Xatamov batafsil javob berdi.
➡️ Izoh yozish
▶️ Video davomi — https://www.youtube.com/watch?v=wYhP74SfMM0&t=523s
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube
#Sõragan_edingiz
Qaysi toifadagi pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlab qoladi?
Ma'lumki, pedagog xodimlarga umrbod malaka toifasi berish tartibi bekor qilinib, yangi o'quv yilidan boshlab barcha pedagoglar har 5 yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi belgilandi.
Ammo ba'zi toifadagi pedagoglar malaka toifasini umrbod saqlab qolishi mumkin. Xo'sh, ular kimlar? Batafsil saytimizda o'qing.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1126
Ta'limga oid eng dolzarb va muammoli savollaringizga @xalqtaliminfo'dan javob toping.
Ta'limdagi dolzarb mavzular haqida fikr yuritdik, endi navbat sizda
"Tanaffus" podkastining 15-sonida ta'limga oid juda ham dolzarb mavzular haqida so'z bordi. Ular orasida aynan sizni qiziqtirgan fikrlar bo‘lsa, siz ham o'z qarashlaringizni yozib qoldiring.
O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'lsa, belgilab qo'yilgan sarlavhalar ustiga bosing:
05:30 - O‘quv markazi ochish g‘oyasi haqida
➡️ BATAFSIL
08:43 - Hamma o‘quvchilar oliygohga kirishi shartmi?
➡️ BATAFSIL
12:05 - Oliy ta’lim nima beradi?
➡️ BATAFSIL
17:02 - Aslida maktabning vazifasi nima?
➡️ BATAFSIL
20:31 - Maktab bolalarni erkin fikrlashga o‘rgatmaydimi?
➡️ BATAFSIL
23:50 - Oliy ta’limga kirish testlari faqat faktlarga asoslanib qolgan
➡️ BATAFSIL
28:20 - DTM testlari juda ko‘p iqtidorli bolalarni sindirib tashlagan
➡️ BATAFSIL
33:37 - Oliy ta’limga kirish testlarini PISA ga moslash kerakmi?
➡️ BATAFSIL
37:52 - Bolalarga nimanidir tushuntirish uchun aslida ko‘p narsa kerak emas
➡️ BATAFSIL
39:26 - Maktablarda erkinlik bo‘g‘ilgan
➡️ BATAFSIL
42:09 - O‘qituvchiga ham erkinlik kerak
➡️ BATAFSIL
42:35 - Repetitor va maktabning farqi nimada?
➡️ BATAFSIL
45:10 - Maktablar qurishni to‘xtatish strategik xato bo‘lgan
➡️ BATAFSIL
46:37 - Xususiy maktablar davlat yukini ko‘taryapti
➡️ BATAFSIL
50:37 - Xususiy maktablar yaxshi o‘qituvchilarni tortib olyaptimi?
➡️ BATAFSIL
53:40 - Davlat maktabidan xususiyga o‘tganlar shokni boshidan o‘tkazadi
➡️ BATAFSIL
55:11 - Nima uchun davlat maktablari o‘qituvchiga erkinlik berolmaydi?
➡️ BATAFSIL
57:57 - Xususiy maktabning bir oylik to‘lovi davlat maktablari uchun bir yilga ajratiladi
➡️ BATAFSIL
01:00:54 - Maktablar o‘rtasidagi tafovutlarlarining ortib borishi juda yomon
➡️ BATAFSIL
01:03:13 - “Rayono”, “gorono” va “oblono”ga ajratilgan pullarni bolalar ta’limiga sarflash kerak
➡️ BATAFSIL
01:07:32 - Vazirlik o'z tizimidagi kadrlarni keraksiz jadvallarni to‘ldirish bilan band qilib qo‘ygan
➡️ BATAFSIL
01:10:26 - Bolalarning ta’limiga aloqador bo‘lmagan ishlardan voz kechish kerak
➡️ BATAFSIL
01:13:12 - Ta’lim vazirligi ham tugatilishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:18:51 - Yaponiyada teng imkoniyatlar yo‘lga qo‘yilgan
➡️ BATAFSIL
01:23:16 - Finlandiyada xususiy maktab uchun davlat pul to‘laydimi?
➡️ BATAFSIL
01:25:56 - Nima uchun xususiy maktab to‘lovi qimmat?
➡️ BATAFSIL
01:30:00 - Yoshlar o‘rtasida ingliz tilini o‘rganish ommalashmoqdami?
➡️ BATAFSIL
01:33:26 - Insonga pul tikishimiz kerak
➡️ BATAFSIL
01:34:57 - Xorijga chiqib ketayotgan yoshlar qaytib kelmasa nima qilamiz?
➡️ BATAFSIL
01:39:35 - Vatanparvarlik, milliy libos deyaverib yoshlarni bezdirib qo‘ymayapmizmi?
➡️ BATAFSIL
01:43:41 - Maktab formasi majburiy bo‘lishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL
01:45:43 - Ta’limdagi diskriminatsiyadan tezroq qutulishimiz kerak
➡️ BATAFSIL
01:52:24 - Bektosh Xatamov ham kasb tanlashda adashganmi?
➡️ BATAFSIL
01:56:53 - Har oyda bir nafar o‘qituvchi xorijga sayohatga yuboriladimi?
➡️ BATAFSIL
02:01:40 - Xorijga yuboriladigan o‘qituvchini qanday tanlaymiz?
➡️ BATAFSIL
02:04:32 - Nima uchun "Tanaffus" podkastini ko‘radigan o‘qituvchilar soni kam?
➡️ BATAFSIL
➡️ Izoh yozish
Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.
Sariosiyodagi maktabda loladaraxti yetishtirish boshlandi
Suratdagi o‘simlik manzarali loladaraxti bo‘lib, asosan Shimoliy Amerikada yetishtiriladi.
Bo‘yi 15 metr, diametri 3,5 metrgacha cho’ziladigan ushbu daraxtning 18 kg urug‘lari Sariosiyo tumanidagi 24-maktabning bo’sh turgan yer maydoniga ekildi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1173
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Maktab bitiruvchilari hamda abituriyentlar oliygohga kirish imtihonida qatnashmoqda
Ayni vaqtda Profi Universityda 4000 ga yaqin maktab bitiruvchilari va abituriyentlar o‘z qiziqishi va bilim darajasiga mos yo‘nalishni aniqlash uchun ilk kirish imtihonlarida qatnashmoqda.
Navbatdagi kirish imtihoni 1-iyun kuni soat 9:00 da bo’lib o’tadi.
📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
➖ Bektemir kampusi — Toshkent shahri, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy.
📍 Lokatsiya
➖ Navoiy filiali — Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 81.
📍 Lokatsiya
📝 Ro'yxatdan o'tish
➡️ Universitet haqida batafsil
0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube
O‘qituvchilar attestatsiya test savollaridan norozimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda geografiya hamda rus tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyada tushgan test savollaridan norozi ekanligi aks etgan xabarlar tarqaldi.
Buning ortidan vazir o‘rinbosari rasmiy bayonot berdi. Vazirlikning boshqa mas'ul xodimi esa attestatsiyada tushgan ayrim savollarni tahlil qilib berdi.
Mazkur holat bilan batafsil saytimizda tanishishingiz, o‘z munosabatingizni esa izohlar orqali bildirishingiz mumkin.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1171
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Maktab va ta’lim haqidagi ko'rsatuvlar tez-tez e’lon qilib borilishi juda yaxshi signal
Avvallari ta'limga oid ko'rsatuvlarni uchratish mushkul edi. Televideniyeda esa yilda bir marotaba bunday ko'rsatuv bo'lib qolmasa, undan boshqa vaqtda ta'lim va o'qituvchilar haqida hech kim gapirmasdi.
Bugunga kelib esa bunday ko'rsatuvlar sonining ortib borishi ta'lim siyosatini belgilovchi shaxslarning ham shu sohaga bo’lgan e'tiborini jalb qilishga majbur qilmoqda.
Xususan, shunday ko'rsatuvlardan yana birini bugun soat 10.20 da 📺 “Mening yurtim” telekanalining Gapiring">"Gapiring" dasturida ko'rishingiz mumkin.
Bugungi dasturda o'qituvchilar maoshi, pedagoglar erkinligi, sinf rahbarlari va rahbar xodimlar masalasi, shuningdek, bog'chalardagi korrupsiya haqida rostmonasiga "Gap I ring" bo'lib o’tdi.
📺 Soat 10.20 da bo'lib o'tadigan ko'rsatuvni o'tkazib yubormang. Ko'rsatuv xuddi shu vaqtda YouTube'da ham efirga uzatiladi.
▶️Premyera
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Ta'lim vazirligi butunlay tugatilishi kerak...mi?
"Tanaffus" podkastining 15-sonida aytilgan fikrlar sizning ta'lim siyosati haqidagi qarashlaringizni butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda “rayono”, “gorono” va “oblono” kabi tashkilotlarni butunlay tugatib yuborib, maktablarni qanday boshqarish mumkinligi haqida so'z bordi.
Bu galgi mehmonimiz ta'limda suyagi qotgan, tadbirkor, "Profi" ta'lim muassasalari tarmog'i asoschisi Bektosh Xatamov quyidagi mavzularda ham kutilmagan fikrlarni ilgari surdi:
➖Aslida maktabning vazifasi nima?
➖Repetitor va maktabning farqi nimada?
➖O'qituvchilarga erkinlik kerakmi?
➖Ta'limda tabaqalanish tabiiy holmi?
➖Qanday qilib, o'qituvchilar maoshini yana oshirish mumkin?
Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.
Ta'lim haqidagi fikrlaringiz butunlay o'zgarib ketishi mumkin
xalqtaliminfo">"Tanaffus" podkastining 15-sonida aytilgan fikrlar sizning ta'lim haqidagi qarashlaringizni butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin.
📹Bugun, soat 14.00 da xalqtaliminfo">"Tanaffus" podkastining 15-soni e'lon qilinadi. Uni albatta tomosha qiling. Bu galgi mehmonimiz kim ekanligini ham podkastni ko'rgach bilib olasiz.
Buning uchun hoziroq xalqtaliminfo">YouTube sahifamizga obuna bo'ling.
▶️ YouTube sahifamiz — xalqtaliminfo" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube
Maktab bitiruvchilari va abituriyentlar diqqatiga!
Oliygohga kirishdan avval bilimingizni tekshirib ko‘rishni xohlaysizmi?
Profi Universityda diagnostik-demo imtihonlar uchun qabul boshlandi!
✅Tanlov imkoniyati: O‘z qiziqishingiz va bilim darajangizga mos yo‘nalishni aniqlab olish uchun bu imtihon ajoyib imkoniyat.
✅Bilimingizni sinab ko‘ring: Imtihon natijalari sizning tayyorgarlik darajangizni aniqlashga yordam beradi.
✅Universitet bilan tanishuv: imtihonga qatnashish davomida Profi University atmosferasi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
📆Imtihon kuni: 19-aprel, soat 9:00
📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
➖ Bektemir kampusi — Toshkent shahri, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy. 📍 Lokatsiya
➖ Navoiy filiali — Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 81. 📍 Lokatsiya
📝 Ro'yxatdan o'tish
➡️ Universitet haqida batafsil
0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube
Mashina haydagan maktab o‘quvchisi o‘z onasi va singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi
16 yoshli maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina suvga ag‘darilishi natijasida avtomashinada bo‘lgan ona va bola vafot etdi.
Yana bir maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina esa 4-sinf o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1168
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Maktab direktorlari sug‘urta qonunchiligini bilmasa, jarimaga tortiladi
Ta'lim muassasalari direktorlari o'qituvchilar hayotini sug'urta qilish borasida xatolikka yo'l qo'ysa, sug‘urta pullari uning o'zidan yoki "ta’lim qozonidan" undiriladi.
Shu sababli, "Tanaffus" podkastining 14-sonini barcha maktab direktorlari o'z jamoasi bilan birgalikda batafsil ko'rib chiqishini tavsiya qilamiz.
📝 Izoh yozish
▶️ To'liq video — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube
#Eslatma
Yangi o‘quv yilidan xorijiy til o‘qituvchilaridan B2 sertifikati talab etiladi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xorijiy til o'qituvchilariga 2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida so'nggi bor qat'iy ogohlantirish bergan.
➖Xorijiy tillar o‘qituvchilari toifasiga kimlar kiradi?
➖Yangi ishga kirayotgan xorijiy til o‘qituvchilarini ishga olish tartibi qanday?
➖Ayrim toifadagi xorijiy til o‘qituvchilariga imkoniyat berilganmi?
➖Talabalarning xorijiy til o‘qituvchisi sifatida ishga kirish tartibi qanday?
➖Xorijiy til o‘qituvchisining ish joyini o‘zgartirsa nima bo'ladi?
➖Dekret ta’tilidan qaytayotgan xorijiy til o‘qituvchilari taqdiri qanday bo'ladi?
Yuqoridagi savollarga batafsil javobni saytimizda o'qishingiz mumkin.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/779
Ta'limga oid muammoli savollaringizga @xalqtaliminfo'dan javob toping. Bizni kuzatib boring.
“Rayono”, “gorono” va “oblono”larni butunlay tugatish kerakmi?
"Tanaffus" podkastining 15-sonida “rayono”, “gorono” va “oblono”larga ajratilayotgan pullarni aslida bolalarning ta’limiga sarflash mumkinligi haqidagi fikrlar ilgari surildi.
Xo'sh, bu fikrga siz qanday qaraysiz?
📝 Izoh yozish
▶️ To'liq video — https://youtu.be/wYhP74SfMM0
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
So‘nggi paytlarda voyaga yetmaganlar tomonidan avtomobil boshqarilishi va ularga transport vositasini ijaraga berilishi kabi holatlar ko‘payib bormoqda.
Masalan, yaqindagina Namangan viloyatida 16 yoshli maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina suvga ag‘darilishi natijasida avtomashinada bo‘lgan ona va bola vafot etgandi.
Yana bir maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomashina esa 4-sinf o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘lgandi. Samarqandda esa 11-sinfda tahsil o‘quvchi Lacetti rusumli avtomobilda YTHga uchrab, vafot etdi.
Endi esa yana xuddi shunga o‘xshash holat Namanganda 8-sinf o‘quvchilari bilan sodir bo‘ldi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1174
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
[BEPUL KONSULTATSIYA] Atigi 5 ta ta’lim biznes egalariga!
Bunday imkoniyat har doim ham nasib qilavermaydi!
Aziz Axtamov — so‘nggi 5 yil ichida 100 ga yaqin marketing loyihalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis.
Ular orasida mashhur oliygohlar, xususiy maktab va o‘quv markazlari mavjud bo‘lib, bu tashkilotlarga yangi o‘quv yiliga yetarlicha o‘quvchilarni jalb qilishda yordam bergan.
Endi esa aynan ta’lim sohasidagi tadbirkorlar uchun BEPUL konsultatsiya e’lon qilindi. Ushbu konsultatsiya atigi 5 ta ta’lim biznes vakiliga mo‘ljallangan!
Ushbu maxsus maslahat davomida tadbirkorlar:
✅Yangi o‘quv yili uchun qanday marketing strategiyalarini qo‘llash kerakligini;
✅O‘quvchi jalb qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni;
✅Qanday qilib raqobatchilardan ajralib turish mumkinligini o‘rganishadi.
Bu imkoniyatdan foydalanish uchun hoziroq konsultatsiyaga yoziling.
Konsultatsiyaga yozilish: @obsessceo
Reklama
O'tgan hafta mobaynida ta’limga oid qanday yangiliklar e'lon qilindi?
5 kunlik ta'lim tizimi haqida pedogoglar qanday fikrda?
➡️ BATAFSIL
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish vazirlik qo‘lida edi, ammo...
➡️ BATAFSIL
Yangi o‘quv yilidan xorijiy til o‘qituvchilaridan B2 sertifikati talab etiladi
➡️ BATAFSIL
O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari boshlandi
➡️ BATAFSIL
Maktab direktorlari sug‘urta qonunchiligini bilmasa, jarimaga tortiladi
➡️ BATAFSIL
Mashina haydagan maktab o‘quvchisi o‘z onasi va singlisining o‘limiga sababchi bo‘ldi
➡️ BATAFSIL
Ba’zi platformalarda bolalarni zararli kontentdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
➡️ BATAFSIL
Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarga ham Informatika fani o'tiladi
➡️ BATAFSIL
Ta'lim vazirligi butunlay tugatilishi kerak...mi? — "Tanaffus" podkast
➡️ BATAFSIL
Aprel oyida bir nafar fidoyi o‘qituvchiga xorijga sayohat uchun bepul yo‘llanma beriladi
➡️ BATAFSIL
Maktab ta'limi "Gapiring" tok-shousida
➡️ BATAFSIL
O‘qituvchilar attestatsiya test savollaridan norozimi?
➡️ BATAFSIL
Bolalarning sifatli ta’lim olishida ota-onalar roli qanchalik muhim?
➡️ BATAFSIL
Maktab o‘qituvchisi bir vaqtning o‘zida ikkita fandan oliy toifa oldi
➡️ BATAFSIL
Sariosiyodagi maktabda loladaraxti yetishtirish boshlandi
➡️ BATAFSIL
Ta'limdagi dolzarb mavzular haqida fikr yuritdik, endi navbat sizda
➡️ BATAFSIL
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borish uchun @xalqtaliminfo kanalini kuzatishda davom eting.
Malakali ustozlardan rus tilini onlayn ravishda o‘rganing
Rus tilini onlayn ravishda o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun ajoyib imkoniyat.
Endilikda siz onlayn ravishda rus tilini o‘zlashtirishingiz mumkin.
Darslar yopiq guruhda bo‘lib o‘tadi. Bunda yozib olingan darslar guruhga tashlab beriladi. (Darslar tayyor video dars shaklida guruhga yuboriladi.)
Lug‘at darslari esa quiz test shaklida ishlanadi. Har bir uyga topshiriqlar ustozlar nazoratida tekshirib boriladi.
Agar xohlasangiz sinov darsi tashlab beriladi. To‘lov oldindan bir oy uchun 50 ming so‘mni tashkil etadi.
Videodarslar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 21.00 ga qadar tashlab boriladi.
Murojaat uchun:
👤@Diamond_education_admin
Telegram
Reklama
Maktab o‘qituvchisi bir vaqtning o‘zida ikkita fandan oliy toifa oldi
Sergeli tumanidagi 6-maktab o‘qituvchisi Gulnara Mambetova attestatsiya test sinovida Tarbiya fanidan 84 ball, Davlat va huquq asoslari fanidan esa 94 ball to‘pladi. Natijada u har ikki fandan ham oliy malaka toifasini himoya qildi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1172
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Bolalarning sifatli ta’lim olishida ota-onalar roli qanchalik muhim?
Ota-onalarning maktab bilan hamkorligi, bolalarga e’tibori haqida juda ko‘p gapiramiz. Hozirda bu bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar ham ishlab chiqilgan deymiz.
Ammo bu kabi ishlar juda sust. Yig‘ilish, tadbirlar faqat hisobot uchun olib borilishiga ko‘pchilik odatlanib qolgani ham hech kimga sir emas.
Aynan shu mavzuda pedagog va ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari bizga bir-biridan qiziq bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etdi.
Masalan, boshlang‘ich sinflarda ota-onalar farzandlarining ta’limiga ko‘proq e’tibor qaratsalar, yuqori sinflarga o‘tganda ota-onalarning bolalar ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori keskin pasayishi kuzatilgan.
Bugungi maqolamizda ushbu muammolarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishga harakat qildik va bir qancha takliflarni ilgari surdik.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1010
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
#Sõragan_edingiz
O‘quvchilarni sayohatga olib borish uchun qaysi tashkilotdan ruxsat olish kerak?
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga murojaat qilishi lozim. Aks holda...
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/558
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube
❗️Kutilmagan yangilik
Aprel oyida bir nafar fidoyi o‘qituvchiga xorijga sayohat uchun bepul yo‘llanma beramiz
Xabaringiz bo'lsa, har oy bir nafar o‘qituvchiga xorijga sayohat qilish uchun bepul yo‘llanma berilishi haqida ma'lum qilgandik.
Bosh homiyimiz "Tanaffus" podkasti muxlislariga ajoyib imkoniyatni taqdim etdi. Endilikda siz ham o‘zingiz tanigan eng fidoyi ustozni (yoki o'zingizni) xorijga sayohatga yuborishingiz mumkin.
Qanday qilib deysizmi?
Buning uchun "Tanaffus" podkasti izohlarida siz munosib deb bilgan ustoz (xohlasangiz, o‘zingizni) haqidagi ma'lumotlarni (viloyat, tuman, maktabi, tel raqami) yozib qoldirishingiz kerak bo‘ladi.
Ushbu izoh ostida esa o'sha o'qituvchining shogird va o'quvchilari yoki ustozni tanigan boshqalar ham o‘z fikr va taassurotlarini bildirib, uni ta’riflab berishlari mumkin.
"Tanaffus" boshlovchilari esa shu izohlar asosida eng munosib deb topilgan bir nafar ustoz haqidagi ma'lumotlarni Unitur sayyohlik agentligiga taqdim etadi va o'sha o'qituvchiga aprel oyida xorijga sayohat uchun bepul yo‘llanma beriladi.
Marhamat, qaysi o'qituvchiga yo'llanma berilishini siz hal qiling!
➡️ Izoh yozish
▶️ Video davomi — https://youtu.be/wYhP74SfMM0?t=7018
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube
Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarga ham Informatika fani o'tiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejalarni tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i imzolandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1170
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Ba’zi platformalarda bolalarni zararli kontentdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
Instagram tarmog‘ida 16 yoshga to‘lmagan yoshlarning ota-onalar ruxsatisiz “Jonli efir” funksiyasidan foydalanish taqiqlanmoqda.
Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun Facebook va Messenger platformalarida ham xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1169
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
O'qituvchilar nega kaltaklanyapti?
Ustozlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi, tahdid qilinishiga ko'zimiz ham o'rganib qolgandek, go'yo.
Xo'sh, nega bunday bo'lyapti? Nima uchun bolalar va ota-onalarda ustozga hurmat degan tushunchalar yo'qolib bormoqda?
Sabablar, oqibatlar va yechimlar...
Bularning barchasi haqida bugun soat 17.20 da Yoshlar telekanalining "Mikrofon yoshlarda" ko'rsatuvida gaplashamiz.
📺Soat 17.20 da bo'lib o'tadigan ko'rsatuvni o'tkazib yubormang.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Sõragan_edingiz
Yil o‘rtasida o‘qituvchining ustama foizini kamaytirish to‘g‘rimi?
Savol
O'qituvchilar uchun attestatsiya test sinovlari boshlandi
Bugun, 15-aprel kunidan boshlab respublikaning barcha hududlarida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun yanvar-iyun oylarida oʻtkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlariga start berildi.
Ma'lumki, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining cams.uzedu.uz platformasidan jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin.
➡️ cams.uzedu.uz
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish vazirlik qo‘lida edi, ammo...
Pedagog xodimlar uchun metodik kunlar rasman bekor qilingani sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga haftaning shanbasini dam olish kuni sifatida belgilash imkoniyati paydo bo‘lgandi.
Ammo Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-sonli buyrug‘i imzolangandan so'ng, oxirgi umidlar ham yo‘qqa chiqdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1166
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube