xalqtaliminfo | Unsorted

Telegram-канал xalqtaliminfo - Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

65650

Ушбу каналда таълимга оид янгиликлар, тизимдаги камчиликлар ҳамда муаммоли саволларга жавоб бериб борилади. 👉https://youtube.com/@xalqtaliminfo Шахсий: @u_pulatoff Тижорий ҳамкорлик учун: @XalqinfoREK

Subscribe to a channel

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

“Сифат ва унум пасайиши мумкин” – 5 кунлик дарс тизими ҳақида педогоглар қандай фикрда?

Ўзбекистонда мактабларни 5 кунлик тизимга ўтказиш петицияси парламентда кўриб чиқилиши мумкин. Kun.uz'га интервю берган ўқитувчилар айни ташаббус жуда керакли эканини, бунинг ортидан таълимдаги стрессни камайтириш, сифатга эришиш мумкинлигини айтишмоқда. Аммо устозлар таклифнинг ижобий томонларидан юз ўгирмаган ҳолда аввал мактаб дефицити ҳал қилиниши тарафдори. “Биринчи биз 2-3-сменаларни йўқотишимиз керак. Шундан кейин 5 кунлик ҳақида гапирсак бўлади”, – дейди респондентлардан бири.

📹 ВИДEОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi

Mas’ul xodimlarga PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov jarayonlarini o‘tkazish bo‘yicha barcha sharoitlarni yaratish, belgilangan har bir maktab o‘quvchilarning soniga nisbatan yana qo‘shimcha 3 ta kompyuter jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1165

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Maqsadi pul bo‘lgan "sug‘urtachilarga" o‘qituvchilar pul to‘lashi shartmi?

Ayrim hollarda o‘qituvchilar soddaligidan foydalanib, sug‘urta uchun ulardan pul oladiganlar ham topilib qoladi.

Siz ish faoliyatingiz davomida bunday "sug‘urtachilarga" duch kelganmisiz?

➡️ Izoh yozish

▶️ Video davomi — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Endi zo‘ravon pedagoglarning ta’lim tizimida ishlashi taqiqlanishi mumkin

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra pedagoglar bir yil ichida bolaga nisbatan takroran salbiy xatti-harakat qilsa maxsus reyestrga kiritiladi va bolalar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ishga kirishi taqiqlanadi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1164

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Maktab hududida xavfli tarzda avtomobil boshqargan “zavxoz”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (Video)

Samarqanddagi maktablardan birida xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir lavozimida ishlovchi shaxs o‘z boshqaruvidagi avtomobilni maktab stadionda yuqori tezlik va xavfli tarzda boshqardi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1162

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Endi ta’lim haqida radioda ham gaplashamiz

Endilikda HitFM radiosi bilan hamkorlikda xalqtaliminfo.uz tahririyati ta'lim yo'nalishida radioeshittirish faoliyatini yo'lga qo'yadi. Loyiha esa Profi University homiyligida amalga oshiriladi.

Bunda haftada bir marta ta’limga oid turli xil mavzularda radioeshittirishlar olib boriladi.

Hozircha HitFM radiosi faqat Toshkent shahri hududida radiochastota orqali efirga uzatiladi.

Lekin uni onlayn ravishda nafaqat O‘zbekiston bo‘ylab, balki butun dunyo bo‘ylab ham tinglashingiz mumkin.

Undan tashqari radioeshittirishimizni video shaklida xalqtaliminfo">YouTube sahifamizga ham joylab borishni reja qilyapmiz.

Kuzatuvchilarimiz orasida radioeshittirishimiz mavzusiga mos takliflar bo‘lsa, izohlarda kutib qolamiz.

Izoh yozib qoldirish — /channel/u_pulatoff/1329

@u_pulatoff

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Bu safar kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 337 mln so‘m mablag‘ undirib berildi

Ma'lum bo'lishicha, pedagog xodimga kasb kasalligi bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon pullari to‘lanmay kelgan.

Shundan so'ng, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi sudga da'vo arizasi kiritdi.

Natijada kasb kasalligiga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln 206 ming 902 so‘m mablag‘ undirib berildi.

Xo'sh, o'qituvchi qanday qilib bu mablag'ni undirib olishga erishdi? Umumiy jarayon qanday kechdi? Batafsil saytimizda o'qing.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1161

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O'qituvchi ish joyida baxtsiz hodisaga uchrasa tovon puli to'lanadimi?

Bunday vaqtda pedagogga davolanish pullari to'lab beriladimi yoki boshqa qanday kafolatlar bor?

Ushbu savollarga javobni videoning davomini ko'rib, bilib olishingiz mumkin.

➡️ Izoh yozish

▶️ Video davomi — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi

Urgut tumanidagi maktab direktori sherigi bilan xaridorga qariyb 1 kg opiy giyohvand moddasini 12 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida tezkor tadbirda ushlandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1159

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Sõragan_edingiz

Har qanday menejerlik sertifikati uchun direktor va o‘rinbosarlarga ustama to‘lanadimi?

Savol

2020-yil mart oyida to‘liq 144 soatli menejerlik kursini tugatib, sertifikat olgan edim. Hozirda direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlayman.

Menga 30 foizlik ustama to‘lanmaydi, dedilar. Shunga qanaqa asos bor? To‘lanadimi, yo‘qmi?

Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1016

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Sõragan_edingiz

O‘qituvchi faqat yozda ta’tilga chiqishi shartmi?


Savol

II-guruh nogironligi bo‘lgan pedagog xodim ta’tilini hozir olsa bo‘ladimi? Pedagoglar ta’tilni faqat yozda olishi shart degan talab bormi?

O'qituvchi o‘ziga qulay vaqtda ta’tilga chiqsa bo‘lmaydimi?

Javobhttps://xalqtaliminfo.uz/post/628

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Har bir o'qituvchi va rahbar xodimlar bu ma'lumotlarni albatta bilishi shart

"Tanaffus" podkastining 14-sonida o‘qituvchilar hayotini sug‘urta qilish tartibi, kasb kasalliklari, maktabda baxtsiz hodisa ro'y berganda pedagoglarga to'lanadigan tovon pullari haqida mutaxassislar fikrini bayon etdik.

Bizningcha, har bir pedagog xodim ushbu podkastni ko'rishi yoki quyidagi sarlavhalardan birini tanlab, hech bo'lmaganda, uning bir qismini bo'lsa-da ko'rishi lozim deb o'ylaymiz.

O‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo'lsa, belgilab qo'yilgan sarlavhalar ustiga bosing:

07:09 - Sug‘urta nima?
➡️ BATAFSIL

09:04 - Maktab direktori o‘qituvchilar hayotini sug‘urtalashi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

09:42 - Sug‘urta uchun o‘qituvchi pul to‘lashi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

10:40 - Nima uchun o‘qituvchilar hayoti sug‘urtalanganligini o‘zlari ham bilmaydi?
➡️ BATAFSIL

14:12 - Pedagog xodim hayoti sug‘urta qilinmasa, tovon pulini ish beruvchi to‘laydimi?
➡️ BATAFSIL

14:47 - Sug‘urtani to‘g‘ri tashkil qilmagan direktorlar javobgarlikka tortiladimi?
➡️ BATAFSIL

16:43 - Dars vaqtida jarohat olgan o‘qituvchilarga tovon puli to‘lanadimi?
➡️ BATAFSIL

22:36 - Ish joyida xodim mikroinsultni boshdan kechirsa, tovon puli beriladimi?
➡️ BATAFSIL

24:10 - Sug‘urta uchun tovon pullarini bir yildan keyin ham undirish mumkinmi?
➡️ BATAFSIL

26:56 - Kasaba uyushmasi sug‘urta uchun tovon pullarini undirishda o‘qituvchiga yordam beradimi?
➡️ BATAFSIL

29:01 - O‘qituvchi ish joyida kaltaklansa, sug‘urta pulini olishga asos bo‘ladimi?
➡️ BATAFSIL

32:16 - Ish joyidagi baxtsiz hodisalarga qaysilar kiradi?
➡️ BATAFSIL

33:52 - O‘qituvchining stress holatiga tushishini ham baxtsiz hodisa deb tasniflasa bo‘ladimi?
➡️ BATAFSIL

37:42 - Pedagoglar malaka oshirishga borganda sog‘ligi yomonlashsa, sug‘urta tashkiloti pul to‘lab beradimi?
➡️ BATAFSIL

38:58 - Maktabdagi baxtsiz hodisani yashirishdan maktab direktorlari manfaatdormi?
➡️ BATAFSIL

41:43 - Maqsadi pul bo‘lgan "sug‘urtachilarga" pedagoglar pul to‘lashi shartmi?
➡️ BATAFSIL

44:43 - O‘qituvchilar sug‘urtasi uchun budjetdan pul ajratiladi, lekin buxgalterlar...
➡️ BATAFSIL

49:02 - Kasb kasalligi nima, ro'yxat mavjudmi?
➡️ BATAFSIL

51:08 - Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchi kimga murojaat qilishi kerak?
➡️ BATAFSIL

52:50 - Ishlayotgan o‘qituvchi ham kasb kasalligi uchun tovon puli olishi mumkinmi?
➡️ BATAFSIL

53:58 - O‘qituvchilarga qisqartirilgan ish vaqti belgilanganmi?
➡️ BATAFSIL

54:44 - O‘qituvchilar salomatligini tiklashda kasaba uyushmasi yordam bermoqda
➡️ BATAFSIL

55:37 - Sanatoriyaga yo‘llanma olishning shartlari qanday?
➡️ BATAFSIL

57:58 - Profi University asoschisi Bektosh Xatamov o‘qituvchilarni xorijga sayohatga yubormoqchimi?
➡️ BATAFSIL

58:44 - Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln tovon puli berildimi?
➡️ BATAFSIL

01:00:30 - Pedagoglarga to‘lanadigan tovon pullari kimdan undiriladi?
➡️ BATAFSIL

01:01:49 - Maktab direktorlari sug‘urta qonunchiligini bilishi shartmi?
➡️ BATAFSIL

01:02:59 - Ish beruvchilar xato qilsa, sug‘urta pullari "ta’lim qozonidan" olinadimi?
➡️ BATAFSIL

01:04:01 - O‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun pulni kim to‘lashi kerak?
➡️ BATAFSIL

01:06:23 - Tibbiy ko‘rik uchun davlat pul ajratadi, ammo...
➡️ BATAFSIL

01:09:49 - Moddiy yordam puli berishga asos bo‘ladigan og‘ir kasalliklar ro‘yxati bormi?
➡️ BATAFSIL

Mavzuga oid sizni qiziqtirgan boshqa savollar bo'lsa, video ostidagi izohlarda ularni yozib qoldiring.

➡️ Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O'tgan hafta mobaynida ta’limga oid qanday yangiliklar e'lon qilindi?

Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?
➡️ BATAFSIL

23 ming nafar maktab bitiruvchilari hali ham pasport olmagan
➡️ BATAFSIL

Maktablar 5 kunlik ish rejimiga o‘tishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

Endilikda maktab o‘quvchilari uchun “Zakovat” musobaqalari faqat bahor faslida o‘tkaziladi
➡️ BATAFSIL

Attestatsiya test sinovlari o'tkaziladigan kunlar aniq bo'ldi
➡️ BATAFSIL

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
➡️ BATAFSIL

Maktabga yangi xodimlarni ishga olishda saralash tanlovlari bo'lishi kerakmi?
➡️ BATAFSIL

Attestatsiya test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkaziladi?
➡️ BATAFSIL

O'qituvchi kasb kasalligiga chalinsa, 70 million tovon puli beriladimi?
➡️ BATAFSIL

Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borish uchun @xalqtaliminfo kanalini kuzatishda davom eting.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Sõragan_edingiz

Attestatsiya test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkaziladi?


Xabaringiz bor, 15-apreldan boshlab o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazish jarayonlari boshlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malaka (test) sinovini oʻtkazish manzillari va lokatsiyasi haqida batafsil bilib oling.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/569

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

#Tayinlov

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Raxmanov Zafarjon Yashinovich A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1156

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O'tgan hafta mobaynida ta’limga oid qanday yangiliklar e'lon qilindi?

Maktabda baxtsiz hodisa ro'y berganda pedagoglarga to'lanadigan tovon pullari haqida mutaxassislar fikri
➡️ BATAFSIL

Endilikda 11-sinf bitiruvchilari maktab bergan sertifikat bilan ishlashi mumkin bo‘ladi
➡️ BATAFSIL

Pedagog xodimlarga sug'urta nima beradi?
➡️ BATAFSIL

Maktablarni 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish taklifi hukumatga yuborildi
➡️ BATAFSIL

Giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
➡️ BATAFSIL

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi.
➡️ BATAFSIL

Bu safar kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 337 mln so‘m mablag‘ undirib berildi
➡️ BATAFSIL

O'qituvchilarda uchraydigan kasb kasalliklari ro'yxati bormi?
➡️ BATAFSIL

Maktab hududida xavfli tarzda avtomobil boshqargan “zavxoz”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (Video)
➡️ BATAFSIL

Deputatlar ham 5 kunlik ta'lim tizimi haqida gapira boshladi
➡️ BATAFSIL

Endi zo‘ravon pedagoglarning ta’lim tizimida ishlashi taqiqlanishi mumkin
➡️ BATAFSIL

“Tanaffus” podkasti 1 yoshda
➡️ BATAFSIL

Maqsadi pul bo‘lgan "sug‘urtachilarga" o‘qituvchilar pul to‘lashi shartmi?
➡️ BATAFSIL

Aprel oyidan boshlab PIRLS 2026 tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi boshlanadi
➡️ BATAFSIL

Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib borish uchun @xalqtaliminfo kanalini kuzatishda davom eting.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Haqiqiy imtihon atmosferasi kerakmi?

Siz maktab bitiruvchisi yoki abituriyentmisiz? Oliygohga kirish imtihonlaridan oldin bilimingizni sinab ko‘rmoqchimisiz?

Haqiqiy imtihon atmosferasi kerakmi? Unda Profi Universityda o‘tkazilayotgan diagnostik imtihonlar aynan Siz uchun!

Abituriyentlarga maslahat: har doim o'z bilimingizga ishoning, bilimdan boshqa hech qaysi narsa Sizni orzungizga olib borolmaydi!

📝 Ro'yxatdan o'tish

➡️ Universitet haqida batafsil

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

“Tanaffus” podkasti 1 yoshda

“Tanaffus” podkasti loyihasini boshlaganimizga bir yil to’ldi. Bu qisqa davr mobaynida ta’limga doir juda ko’p muammolarni olib chiqdik.

Quvonarlisi, bizning ovozimizni vazirlik va idoralar ham, ta’lim siyosatini belgilovchi shaxslar ham eshitmoqda.

Podkastimizning bosh maqsadi — taʼlim tizimi atrofidagi turli qarash va muammolarni ochiq, erkin muhokama qilish, shu orqali mas’ul shaxslar fikrini ham eshitishga imkon yaratish edi. O‘ylaymizki, bu yo‘lda ijobiy natijalarga eriyapmiz.

"Tanaffus” podkastini boshlaganimizda uni o‘qituvchilar iliq kutib olib, ta’lim sohasidagi yagona, davomli podkast sifatida tezda katta auditoriyaga ega bo‘ladi deb umid qilganmiz. Hozirda 22 minglik marraga yetdik.

Bu podkast sizniki, unda sizga tegishli mavzular yoritilmoqda. Keling, “Tanaffus”ning 1 yilligi munosabati bilan hoziroq YouTube sahifamizga o‘tib, obuna bo‘ling.

▶️ YouTube sahifamiz — xalqtaliminfo" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@xalqtaliminfo

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Deputatlar ham 5 kunlik ta'lim tizimi haqida gapira boshladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shaxnoza Xolmaxamatova “Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish” mavzusiga e’tibor qaratdi.

Deputatlarning bu borada fikr bildira boshlagani 5 kunlik ta’lim tizimiga o‘tish masalasini yanada chuqurroq o‘rganish, xorijiy tajribalarni tahlil qilish va uni amalda tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun yana bir muhim signal bo‘lishi mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1163

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O'qituvchilarda uchraydigan kasb kasalliklari ro'yxati bormi?

O'qituvchilar ish faoliyati mobaynida asosan tovush apparatining o'ta toliqishi bilan bog'liq bo'lgan muammolarga uchraydilar.

Pedagoglar asosan quyidagi kasb kasalligiga chalinadilar:

Surunkali laringit;
Vazomotor monoxordit;
Ovoz boylamlarining yaralanishi.

Tibbiy xulosa asosida bunday holatlar uchun tovon puli to‘lanishi kerak bo'ladi.

Xo'sh, qanday qilib bu summalarni undirib olish mumkin? Buning tartibi qanday?

Bu haqda "Tanaffus" podkastining 14-sonini ko'rib, batafsil bilib olishingiz mumkin.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Hurmatli ota-onalar, qizlaringizni o‘qiting, ularga qanot bering!

Ushbu videoda “Yosh kitobxon” tanlovida qatnashib, otasiga mashina sovg‘a qilgan o‘quvchi-qizlar haqida bilib olasiz.

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi

Kecha, 9-aprel kuni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 2024-yildagi faoliyati natijalari va istiqboldagi rejalari yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqidagi ayrim ma’lumotlar ochiqlandi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1160

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Pedagoglar maoshi rostdan ham oshdimi?

Bugun soat 20.00 da Yoshlar telekanalining "Rostini ayting" tok-shousida pedagog va rahbar xodimlarning oylik maoshlari mavzusiga bag'ishlangan soni efirga uzatiladi.

Ko'rsatuvda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ul xodimi va Moliya-iqtisod departamenti direktori Siradjev Ilxom, xalqtaliminfo.uz sayti rahbari Ulug'bek Po'latov hamda ta'lim muassasasi rahbarlari ishtirok etishdi.

📺20.00 da bo'lib o'tadigan ko'rsatuvni o'tkazib yubormang. Fikrlaringizni esa izohlarda yozib qoldiring.

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Maktablarni 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish taklifi hukumatga yuborildi

Atigi bir necha kun ichida ushbu murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu murojaat tegishli vakolatli davlat organi – Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1158

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Pedagog xodimlarga sug'urta nima beradi?

O'qituvchilar hayoti sug'urta qilinsa, ular kasal bo'lganda davolanishi uchun pul to'lab beriladimi?

Aslida sug'urtalanishdan o'qituvchilarga qanday naf bor?

➡️ Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Endilikda 11-sinf bitiruvchilari maktab bergan sertifikat bilan ishlashi mumkin bo‘ladi

Maktab bitiruvchilariga o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.

Endilikda maktab o'quvchilari ularning iqtidori va qiziqishlariga mos kasb-hunarga yo‘naltirilib, bitiruvchilar egallaydigan kasb-hunar bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkaziladi va ularga elektron sertifikat beriladi.

Xo'sh, bu yo'nalishdagi ishlar qanday tashkil qilinadi? Batafsil saytimizda o'qing.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1157

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Tibbiyot sohasida tahsil olmoqchimisiz?

Agar shunday bo‘lsa, 2025–2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga yangiligimiz bor.

Profi Universityga davolash ishi va stomatologiya yo‘nalishlari uchun litsenziya taqdim etildi.

Ayni vaqtda Profi Universityda diagnostik imtihonlar uchun qabul ham boshlandi. Bu orqali abituriyentlar o‘z qiziqishi va bilim darajasiga mos yo‘nalishni aniqlab olishi mumkin.

Imtihon kuni: 19-aprel, soat 9:00

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:

Bektemir kampusi — Toshkent shahri, Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy.

📍 Lokatsiya

Navoiy filiali — Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 81.

📍 Lokatsiya

📝 Ro'yxatdan o'tish

➡️ Universitet haqida batafsil

0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

O'qituvchi kasb kasalligiga chalinsa, 70 million tovon puli beriladimi?

Ko'pchilik o'qituvchilarning hayoti sug'urtalanishi, ish joyida baxtsiz hodisa ro'y berganda yoki kasb kasalligiga chalinganda ularga qancha miqdorda tovon puli to'lab berilishi haqida yetarlicha ma'lumotga ega emas.

O'qituvchilar hayoti sug'urtalanganligini bilarmidingiz?

Dars vaqtida jarohat olgan o'qituvchilarga katta miqdorda tovon puli to'lanadimi?

Kasb kasalligiga chalingan o'qituvchilarga ham pul to'lab beriladimi?

Tovon pullarini undirib olish tartibini bilasizmi?


Yuqoridagi savollar sizni qiziqtirayotgan bo'lsa, unda "Tanaffus" podkastining ushbu sonini albatta tomosha qiling.

Podkast davomida Bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mas'ul xodimlari ushbu mavzuni to'liq yoritib berishdi.

Mavzuga oid sizni qiziqtirgan boshqa savollar bo'lsa, video ostidagi izohlarda savolingizni yozib qoldiring.

➡️ Izoh yozish

Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.


▶️ To'liq video — https://youtu.be/tSEMSNkq6oA

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Maktabga yangi xodimlarni ishga olishda saralash tanlovlari bo'lishi kerakmi?

Davlat maktablariga ishga kirayotgan kadrlarni saralab, tanlov asosida ishga olish tartibi yo'q. Talabalar stajor o'qituvchi sifatida ishga qabul qilinmoqda, ammo ularni ishga olishda ham hech qanday tanlov mavjud emas.

PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyaher esa o‘qituvchini ishga qabul qilishda yo‘l qo‘yilgan birgina xato 40 yillik ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatishini ta'kidlab o'tgandi.

Sizningcha, maktabga yangi xodimlarni ishga olishda saralash tanlovlari bo'lishi kerakmi?

➡️ Izoh yozish

▶️ To'liq video — https://youtu.be/xOrYaa7vs3Y

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Attestatsiya test sinovlari o'tkaziladigan kunlar aniq bo'ldi

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);

Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);

Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);

Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);

Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);

Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);

Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);

Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);

Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);

➖Qoraqalpoq tili
(Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

Shuningdek,
joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

MMTV

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Facebook l xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel