Ушбу каналда таълимга оид янгиликлар, тизимдаги камчиликлар ҳамда муаммоли саволларга жавоб бериб борилади. 👉https://youtube.com/@xalqtaliminfo Шахсий: @u_pulatoff Тижорий ҳамкорлик учун: @XalqinfoREK
Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1204
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbarlari diqqatiga
Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan prezidentning 2024-yil 15-noyabrdagi 393-son qarori mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan jonli muloqot bo'lib o'tmoqda.
Muloqot doirasida vazirlik mas’ullari tomonidan:
➖ СHQBT rahbari lavozimi tugatilib, shtat birliklari Mudofaa vazirligiga o‘tkazish jarayonlari;
➖ CHQBT fanini o‘qitilish mezonlari;
➖ CHQBT faniga doir o‘quv dasturi va darsliklarni ishlab chiqish jarayonlari;
➖ “Jasorat maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish va qarorga doir boshqa savollarga batafsil javob beriladi.
Mavzuga doir savollaringizni ushbu havola izohida qoldirishingiz mumkin.
JONLI EFIR
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
70 foizlik ustama 4 163 nafar pedagogga beriladigan bo'ldi
Xalqtaliminfo.uz'dagi ma’lumotlarga ko‘ra pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi xalqaro tashkilot tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.
Shu sababli, 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan 4 163 nafar pedagog xodimga 70 foizlik ustama beriladigan bo'ldi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1180
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
To'garak uchun o'qituvchiga haq to'lamasak, shunchaki undan voz kechishimiz kerak
"To‘garak o‘tgani uchun o‘qituvchiga qo'shimcha oylik to‘lash kerak, hech kim tekinga ishlamaydi... shunchaki ishlagandek bo'ladi", deydi xususiy maktab direktori.
O'tgan hafta mobaynida ta’limga oid qanday yangiliklar e'lon qilindi?
"Attestatsiya natijalari bekor qilinishi kerak" — ekspertlar
➡️ BATAFSIL
“Zakovat” g'olibi bo'lgan maktab o'quvchilari jamoasiga 100 mln so‘m berildi
➡️ BATAFSIL
Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija — 110 ta medal
➡️ BATAFSIL
“PISA tadqiqotiga prezident maktablarini qo‘shishni O‘zbekiston tomon so‘ragan” — Andreas Shlyayxer
➡️ BATAFSIL
O'qituvchilarga direktor jamg'armasi hisobidan tayinlangan ustamalar 31-avgustga qadar to‘lanadi
➡️ BATAFSIL
Necha nafar o'qituvchining oyligi 8 million so‘mdan oshgani aytildi
➡️ BATAFSIL
Prezident attestatsiyadan o'tolmayotgan o'qituvchilar haqida gapirdi
➡️ BATAFSIL
Prezident maktablari taʼlim dasturi joriy qilingan ayrim maktablarda laboratoriya va oʻquv jihozlari yoʻqligi aytildi
➡️ BATAFSIL
O'quvchilarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
➡️ BATAFSIL
Termizdagi 47 ta maktab oliygoh amaliyot bazasiga aylantiriladi
➡️ BATAFSIL
Hokimlar har bir tayanch maktabda bittadan kasbiy mahorat xonasini tashkillab, uni to'liq jihozlab beradi
➡️ BATAFSIL
Joriy yildan boshlab har bir tumandan 5 nafar o'qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi
➡️ BATAFSIL
Xususiy oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi
➡️ BATAFSIL
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etiladi
➡️ BATAFSIL
“Barkamol avlod” maktablari to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy ko'rinishda jihozlanadi
➡️ BATAFSIL
Vazirlik qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
➡️ BATAFSIL
MMTV qoshidagi Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga direktor tayinlandi
➡️ BATAFSIL
100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
➡️ BATAFSIL
MMTB rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga jalb qilmaslik bo'yicha qat’iy ogohlantirish berildi
➡️ BATAFSIL
Yangi yildan boshlab ayrim direktorlar 12 mln, uning o‘rinbosarlari esa 9 mln so‘mga yaqin maosh olishadi
➡️ BATAFSIL
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga topshirilishi mumkin
➡️ BATAFSIL
Ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun @xalqtaliminfo kanalini kuzatib boring.
Xalq ta'lim Info iqtibosi
"Ta’lim – usti chiroyli, tagi esa gazak olib yotgan masaladir..."
Hamid Sodiq
Siyosatshunos
Batafsil — https://youtu.be/FBozrrgJmLU
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
#Sõragan_edingiz
Ustama uchun ball berishda o‘qituvchining ish staji qanday hisoblanadi?
Ustama uchun hujjat topshirsam, direktorimiz faqat boshlang‘ichda ishlagan yillaringiz hisobga olinadi deyapti. Boshlang‘ichda ishlaganimga endi 5 yil bo‘libdi, qolgan ish stajim qo‘shilmas emish. Shuni qonuniy asoslab berolasizmi?
Javob — https://xalqtaliminfo.uz/post/667
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
MMTB rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga jalb qilmaslik bo'yicha qat’iy ogohlantirish berildi
Bugungi videoselektorda berilgan topshiriq va tadbirlar ijrosini nazorat qilish uchun shtab tuzilishi, bu masala shaxsan Prezident nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.
Tuman hokimlariga har oyda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, maktab direktorlari va bog‘cha mudiralari bilan uchrashib, muammolarni joyida hal qilish vazifasi yuklandi.
Mutasaddilar bundan buyon tuman bo‘limi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta yig‘ilishga jalb qilib bo‘lmasligi haqida qat’iy ogohlantirildi.
Yig‘ilish davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mutasaddilarining fikr va takliflari, hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
#Tayinlov
MMTV qoshidagi Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga direktor tayinlandi
Taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov Bolalar kontentini rivojlantirish markaziga direktor etib tayinlandi.
Markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi. Qori Niyoziy instituti markazga ilmiy jihatdan ko‘maklashadi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
“Barkamol avlod” maktablari to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy ko'rinishda jihozlanadi
Yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda tumanlarda “Barkamol avlod” maktablari, 14 ta hududda “Yoshlik” sport jamiyati va Respublika o‘quvchi yoshlar markazi bor. Lekin 219 ta “Barkamol avlod” maktabi 350 ming bolani qamrab olgan, xolos.
Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlik” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashishi belgilandi.
Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy, kreativ yo‘nalishlar asosida jihozlanadi. Ularda xorijiy tillarni o‘qitish, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.
O‘quvchilar o‘rtasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va poytaxtdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil qilinadi.
Mutasaddilarga qiziqarli turizm to‘plamlarini qilib, har yili 1 million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish topshirildi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Xususiy oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi
Xususiy oliygohlar faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi. Lekin ularda pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning 70 foizi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha tayyorlanmoqda.
“Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglarni ko‘paytirmasak, IT, “yashil” energetika, “sun’iy intellekt”, “yangi materiallar” kabi dolzarb sohalarga minglab kadrlarni qayerdan yetkazamiz?
Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘ladi”, - dedi Prezident.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Hokimlar har bir tayanch maktabda bittadan kasbiy mahorat xonasini tashkillab, uni to'liq jihozlab beradi
Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.
Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-o‘qituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.
Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri bo‘yicha alohida tayanch maktablari bo‘ladi.
Har bir tayanch maktabning 1 nafar o‘qituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, o‘z yo‘nalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Ya’ni, ularning bilim va amaliy ko‘nikmasi markaz o‘qituvchisidan kam bo‘lmaydi.
Ushbu trenerlar o‘ziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi o‘qituvchini o‘qitadi, yetakchi o‘qituvchilar esa o‘z maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib boradi.
Tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni to‘liq jihozlashga mas’ul bo‘ladi.
Barcha viloyat hokimlari Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini ta’mirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
O'quvchilarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Hozirda 7-11 sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham o‘ylantirishi zarurligi qayd etildi.
Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh bo‘lib qolayapti. O‘lim bilan tugayotgan holatlar ham ko‘p.
Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.
“Biz maktabgacha va maktab ta’limi tizimida katta o‘zgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan ko‘plab muammolar bor”,
- dedi prezident.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Prezident attestatsiyadan o'tolmayotgan o'qituvchilar haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, ta’lim dasturlari eng ilg‘or mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayapti.
Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni o‘zlashtirishi, ta’lim sifatini ta’minlashi qay darajada ekani savol ostida.
Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga o‘tgani haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.
Jumladan, o‘tgan yili 341 ming o‘qituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan bo‘lsa, shundan 102 ming nafari imtihondan o‘ta olmagani qayd etildi.
Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga o‘tildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz bo‘lgani uchun ishga kira olmadi.
Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar o‘qitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika bo‘yicha muallim tayyorlanmaydi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Prezidentning ta'limga oid videoselektor yig’ilishi o’tkazishi rasman tasdiqlandi
Birozdan so'ng O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’limga oid videoselektor yig’ilishi boshlanadi.
Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.
Videoselektor mavzusi: Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
“Profi University”da 14-iyun kuni o‘tkaziladigan imtihonga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Grant va stipendiyalarga ega bo‘lish uchun sizda ajoyib imkoniyat bor.
Vaqtni boy bermang: arizani to‘ldirib, barcha hujjatlarni tekshirib, tayyorgarlikni boshlang.
Bu siz orzu qilgan katta yo‘lga kirishning boshlanishi bo‘lsin!
👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: profiuniversity.uz
➡️ Universitet haqida batafsil
0️⃣Profi University — dunyo miqyosidagi ta'lim va imkoniyatlar sari yo'l
📃 HUJJAT TOPSHIRISH
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
#Sõragan_edingiz
Attestatsiyada qatnasholmagan o‘qituvchilar nima qiladi?
Savol
Deyarli 60 foiz o‘qituvchi attestatsiyadan o‘tolmagan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida o'tkazilgan brifingda pedagoglar attestatsiyasiga oid ayrim ma’lumotlar ochiqlandi.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1203
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
O‘qituvchi nafaqat 1000 dollar, balki 2000 dollar maosh olyapti
Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda o‘qituvchilarning oylik maoshi haqida ham gapirildi.
Prezidentning 1000 dollarlik maosh haqidagi savoliga Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Surxondaryoda 2000 dollar maosh olayotgan o‘qituvchilar borligini aytdi.
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Ta’limga oid qaysi mavzu muhokama qilinishini xohlaysiz?
So‘nggi vaqtlarda maktab ta’limiga oid muhokama qilinishi kerak bo‘lgan juda ham dolzarb mavzular kun tartibiga chiqmoqda.
Bu mavzularni esa “Tanaffus” podkastiga ekspert va mutaxassislarni taklif qilgan holda muhokama qilishda davom etamiz.
Sizningcha, hozirgi kunda aynan qaysi mavzu eng dolzarb?
O‘z takliflaringizni izohlarda albatta yozib qoldiring. Unutmang, haqiqat mana shunday bahslarda tug‘iladi.
“Tanaffus” podkasti pedagog va barcha ta’lim tizimidagi xodimlarning ovozidir.
Zero, siyosatshunos Hamid Sodiq aytganidek, bunday sifatli auditoriya bu fikrlarni turli xil yo‘llar orqali kerakli shaxslarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi...
Podkastimiz mavzusiga oid takliflaringizni izohlarda kutib qolamiz...
📝 Izoh yozish
Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga topshirilishi mumkin
Shu kunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bajarib kelinayotgan ayrim funksiyalar xususiy sektorga yo‘naltiriladi.
Xususiy sektorga topshirilishi ko'zda tutilayotgan vazirlik funksiyalari ro'yxati bilan saytimizda tanishib chiqishingiz mumkin.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1202
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Yangi yildan boshlab ayrim direktorlar 12 mln, uning o‘rinbosarlari esa 9 mln so‘mga yaqin maosh olishadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan bugungi videoselektorda ta'lim muassasalaridagi rahbar xodimlarning oylik maoshlari haqida ham gapirildi.
Prezidentning aytishicha, yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi.
Xalqtaliminfo.uz rahbar xodimlarning oylik maoshlarini 2025-yil 1-sentyabr hamda 2026-yil 1-yanvardan aniq qancha miqdorga oshirilishini to‘liq hisoblab chiqqan.
Saytimizda rahbarlarning lavozim shtat birliklariga tegishli bo'lgan maoshlarning aniq miqdori bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1143
xalqtaliminfo">
xalqtaliminfo">Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinining maktab ligasi tashkil etiladi.
“Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh o‘qitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari o‘tkaziladi. Bunda “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bo‘yicha tuman va viloyat tanlovlari o‘tkaziladi.
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.
150 dan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
“Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Vazirlik qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda, bu borada alohida qonun ham qabul qilingan.
“To‘g‘ri, bugungi kunda yoshlar ma’naviyati bilan hamma shug‘ullanayapti.
Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional tashkilot yo‘q”, - dedi Prezident.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab tashkil etiladi
Chetda o‘qiyotgan yoshlarimizning atigi 1 foizi “Top-100”dagi oliygohlarga kirgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, “Top-10” bilan “Top-200”dagi ta’lim narxi bir biridan atigi 15-20 foizga farq qiladi.
“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”,
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Joriy yildan boshlab har bir tumandan 5 nafar o'qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi
Videoselektorda ta'kidlanishicha, bir yil ichida 215 nafar o‘qituvchi Angliya, Fransiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreyadagi eng nufuzli universitetlarda malaka oshirdi.
Muhimi, xususiy maktablar ham bu tizimga qo‘shilib, o‘qituvchilarini xorijga jo‘natmoqda.
Prezident kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan bo‘lishi haqidagi taklifni ma’qulladi va mutasaddilarga buni yangi o‘quv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.
Joriy yilning o‘zida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qo‘yildi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Termizdagi 47 ta maktab oliygoh amaliyot bazasiga aylantiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.
Bu oliygohga Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. “Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.
Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti ta’lim dasturlari joriy etiladi. Qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi.
Oliygohdagi fanlar soni ham maqbullashib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga tushiriladi, o‘quv yuklamasi 20 foizga qisqaradi.
Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi. 3 ta ixtisoslashgan hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab esa metodik baza bo‘lib, oliygoh ularni zamonaviy laboratoriya bilan ta’minlaydi.
Oliygohni xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi.
Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Prezident maktablari taʼlim dasturi joriy qilingan ayrim maktablarda laboratoriya va oʻquv jihozlari yoʻqligi aytildi
Oʻtgan yili 1,5 mingta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning taʼlim dasturi joriy qilindi.
Shundan 300 tasida zamonaviy laboratoriya va oʻquv jihozlari yoʻqligi qayd etildi.
Ikki yil oldin tarmoqlar talabi asosida 289 ta maktabning 10-sinf oʻquvchilariga 60 turdagi kasblarni oʻrgatish boshlandi. Shundan 114 ta maktabga tadbirkorlar biriktirilib, 4 ming oʻquvchi 2 milliondan 5 million soʻmgacha oylik olayapti.
Dehqonobod, Gʻuzor, Kosonsoy, Mingbuloq, Uychi, Guliston, Sardoba, Xovos, Boysun, Denov, Shoʻrchi, Muzrabot, Buvayda, Dangʻara, Hazorasp, Xonqa tumanlari hokimlariga bittadan maktabni ushbu tizimga moslashtirish topshirigʻi berilgan edi.
Lekin, ular kasbga oʻqitish uchun na zarur jihoz, na xom ashyo olib bergani tanqid qilindi.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Necha nafar o'qituvchining oyligi 8 million so‘mdan oshgani aytildi
Prezident raisligidagi videoselektorda oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun mablag‘ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion so‘m yo‘naltirilayotgani ta’kidlandi.
Prezidentning ta'kidlashicha, malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olayapti.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Bugun ta’limga oid ko’plab yangiliklar e’lon qilinishi mumkin
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar mavzusiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi o’tkazilishi kutilmoqda.
Hozircha ushbu xabar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati tomonidan rasman e’lon qilinmadi. Lekin tegishli vazirlik va idoralar bugungi videoselektorga tayyorgarlik ko’rgan.
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.