www_karsu_uz | Unsorted

Telegram-канал www_karsu_uz - KARSU.UZ

23048

Официальный новостной канал КГУ 🌐: karsu.uz

Subscribe to a channel

KARSU.UZ

⚡️Olimpiada jeńimpazların sıylıqlaw máresimi bolıp ótti

Xabarıńız bar, usı jıldıń 15-aprel kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinin’ Ximiya-texnologiya fakultetinde Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı joqarı oqıw orınlarınıń ziyrek student-jasları arasında ximiya páni boyınsha «Rektor kubogı» olimpiadası ótkerildi. Usı tiykarda universitet májilisler zalında jeńimpazlardı sıylıqlaw máresimi bolıp ótti. Onda universitettiń ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı I.Turdımambetov, Ximiya-texnologiya fakulteti dekanı B.Nurımbetov hám fakultet professor-oqıtıwshıları, student-jaslar qatnastı. Dáslep universitetimiz ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı I.Turdımambetov olimpiada jeńimpazların qolǵa kirgizgen tabısları menen qızǵın qutlıqlap, olardıń bilim bergen ustazlarına óz minnetdarshılıǵın bildirdi. Olimpiadanıń juwmaqlawshı nátiyjelerine kóre sıylı orınlardı iyelegen studentlerge universitet rektoratı tárepinen tiyisli diplom hám estelik sawǵaları tapsırıldı.


⚡️Olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, shu yilning 15-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Kimyo-texnologiya fakultetida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlarining iqtidorli talaba-yoshlari o‘rtasida kimyo fani bo‘yicha "Rektor kubogi" olimpiadasi o‘tkazildi. Shu asosda universitet majlislar zalida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov, Kimyo-texnologiya fakulteti dekani B.Nurimbetov va fakultet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Dastlab universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov olimpiada g‘oliblarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ularning ta’lim bergan ustozlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra faxrli o‘rinlarni egallagan talabalarga universitet rektorati tomonidan tegishli diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda «Rektor kubogı» olimpiadasınıń jeńimpazları sıylıqlandı

Aldın xabar bergenimizdey, Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti tárepinen Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı joqarı oqıw orınlarınıń ziyrek student-jasları arasında Qaraqalpaqstan Respublikası Konstituciyası qaǵıydaları hám principlerin úyreniw boyınsha «Rektor kubogı» ashıq olimpiadası bolıp ótken edi. Usı tiykarda universitettiń Yuridika fakultetinde olimpiada jeńimpazların sıylıqlaw máresimi bolıp ótti. Onda universitetimiz ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı I.Turdımambetov qatnasıp, olimpiada jeńimpazların qolǵa kirgizgen tabısları menen qızǵın qutlıqladı. Ilaj dawamında jeńimpaz hám belsendi qatnasıwshılar diplom hám estelik sawǵaları menen sıylıqlandı.


⚡️QDUda "Rektor kubogi" olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talaba-yoshlari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha "Rektor kubogi" ochiq olimpiadasi bo‘lib o‘tgan edi. Shu asosda universitetning Yuridik fakultetida olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Turdimambetov ishtirok etib, olimpiada g‘oliblarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi. Tadbir davomida g‘olib va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#ǴXQ_QMU_haqqında
#Sevimli_TV

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "Ilim-aǵartıwshılıq baǵı" jaratıldı.


◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#OAV_QDU_haqida
#Sevimli_TV
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Ilm-ma’rifat bog‘i" tashkil etildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#ǴXQ_QMU_haqında
#Ózbekstan_24

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "Ilim-aǵartıwshılıq baǵı" jaratıldı


#OAV_QDU_haqida
#Uzbekiston_24

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "Ilm-ma’rifat bog‘i" tashkil etildi


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Dene mádeniyatı fakultetinde Prezident qararın úgit-násiyatlaw boyınsha ilaj ótkerildi

🤔Búgingi kúnde elimizde jaslarǵa tiyisli mámleketlik siyasattıń tiykarǵı baǵdarlarınan biri sıpatında olardı kásipke baǵdarlaw, miynet bazarına tayarlaw hám bántligin támiyinlew máselelerine ayrıqsha itibar qaratılmaqta. Usı maqsette shólkemlestirilgen "Keleshekke qádem" orayınıń jumısı mine usı baǵdardaǵı jumıslarǵa xızmet etpekte. Bul oray universitet pitkeriwshilerin miynet bazarınıń zamanagóy talaplarına sáykes túrde tayarlaw, olardı jumıs beriwshiler menen nátiyjeli birge islesiwge tartıw, sonday-aq, ámeliyat hám bántlik imkaniyatların keńeytiw baǵdarında sistemalı jumıslardı alıp barmaqta.

🤔Usı múnásibet penen búgin 16-aprel kúni Dene mádeniyatı fakultetinde taraw qánigeleriniń qatnasıwında gezektegi ushırasıw bolıp ótti. Ilajdı fakultet dekanı N.Kaypov kiris sóz benen ashtı hám alıp bardı. Ilajda "Keleshekke qádem" orayınıń qánigesi G.Jollibekova hám "Aloqabank" xızmetkeri J.Najimov, universitettiń studentler ámeliyatı bólim baslıǵı Q.Sarsenbaevlar qatnastı. Olar ózleriniń shıǵıp sóylewlerinde oraydıń jumısı, jaslar ushın jaratılıp atırǵan bántlik imkaniyatları, sonday-aq, jumıs beriwshiler menen birge islesiw baǵdarında alıp barılıp atırǵan jumıslar haqqında tolıq maǵlıwmat berdi.

🤔Sonday-aq, ilaj dawamında Húrmetli Prezidentimiz tárepinen 2025-jıl 14-fevralda qabıl etilgen PQ-60-61-sanlı qarardıń mazmun-mánisi hám usı hújjet tiykarında jaslarǵa jaratılǵan jańa imkaniyatlar, sonıń ishinde, pitkeriwshilerdiń bántligin támiyinlew, olardı jumısqa jaylastırıw mexanizmlerin jetilistiriw máseleleri keńnen sáwlelendirip berildi. Bul ilaj tek ǵana málimleme beriw emes, al jaslardı belsendi hám sanalı túrde miynet bazarına kirip keliwine xoshametlewshi áhmiyetli basqısh bolıp xızmet etti.

⚡️Jismoniy madaniyat fakultetida Prezident qarorini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

🤔Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ularni kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoriga tayyorlash va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan "Kelajakka qadam" markazi faoliyati ayni shu yo‘nalishdagi ishlarga xizmat qilmoqda. Mazkur markaz universitet bitiruvchilarini mehnat bozorining zamonaviy talablariga mos ravishda tayyorlash, ularni ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikka jalb etish, shuningdek, amaliyot va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish borasida tizimli ishlarni olib bormoqda.

🤔Shu munosabat bilan bugun 16-aprel kuni Jismoniy madaniyat fakultetida soha mutaxassislari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani N.Kaypov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi. Tadbirda "Kelajakka qadam" markazi mutaxassisi G.Jollibekova va "Aloqabank" xodimi J.Najimov, universitetning talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Q.Sarsenbayevlar ishtirok etdi. Ular o‘z chiqishlarida markaz faoliyati, yoshlar uchun yaratilayotgan bandlik imkoniyatlari, shuningdek, ish beruvchilar bilan hamkorlik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

🤔Shuningdek, tadbir davomida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 14-fevralda qabul qilingan PQ-60-61-sonli qarorning mazmun-mohiyati va ushbu hujjat asosida yoshlarga yaratilgan yangi imkoniyatlar, jumladan, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari keng yoritib berildi. Ushbu tadbir nafaqat axborot berish, balki yoshlarni faol va ongli ravishda mehnat bozoriga kirib kelishiga rag‘batlantiruvchi muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMUda "Keleshekke qádem" orayı iskerligi boyınsha student-jaslarǵa keń túrde maǵlıwmatlar berildi

🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde jaslarǵa kómeklesiw, olardıń kásiplik jaqtan qáliplesiwi hám miynet bazarında óz ornın tabıwına hár tárepleme járdem beriw maqsetinde "Keleshekke qádem" orayı jumıs alıp barmaqta. Bul oray Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2025-jıl 14-fevraldaǵı PQ-61-sanlı "Joqarı bilimlendiriw mákemeleri pitkeriwshileriniń jumısqa jaylasıwına járdemlesiw boyınsha qosımsha ilajlar haqqında"ǵı qararına tiykarlanıp shólkemlestirilgen bolıp, pitkeriwshi jaslardı jumıs penen támiyinlew jolında áhmiyetli platformaǵa aylanǵan.

🤔"Keleshekke qádem" orayı universitet pitkeriwshileriniń kásipke durıs baǵdarlaw, olardı miynet bazarınıń talaplarına sáykes túrde tayarlaw, jumıs beriwshiler menen nátiyjeli birge islesiwdi ornatıw, sonday-aq, ámeliyat hám bántlik imkaniyatların keńeytiwge ayrıqsha itibar qaratpaqta. Usı tiykarda búgin Biologiya fakultetinde "Ózmilliybank" AJ "Keleshekke qádem" orayı qánigesi G.Jollıbekova úgit-násiyat jumısların alıp bardı. Ilajdı fakultet dekanı Yakub Ametov ashıp berdi. Ilajda taraw qánigesi oraydıń iskerligi hám imkaniyatları haqqında tolıq maǵlıwmatlar berdi. "Keleshekke qádem" orayı arqalı ámelge asırılıp atırǵan bul háreketler mámleketimizde jaslarǵa qaratılıp atırǵan joqarı itibar, olardıń keleshegin qurıw jolındaǵı mámleketlik siyasattıń ámeliy kórinisi bolıp esaplanadı.

⚡️QDUda "Kelajakka qadam" markazi faoliyati bo‘yicha talaba-yoshlarga keng ma’lumotlar berildi

🤔Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yoshlarga ko‘maklashish, ularning kasbiy jihatdan shakllanishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga har tomonlama yordam berish maqsadida "Kelajakka qadam" markazi faoliyat yuritmoqda. Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PQ-61-sonli "Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash yo‘lida muhim platformaga aylangan.

🤔"Kelajakka qadam" markazi universitet bitiruvchilarini kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularni mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash, ish beruvchilar bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, amaliyot va bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu asosda bugun Biologiya fakultetida "O‘zmilliybank" AJ "Kelajakka qadam" markazi mutaxassisi G.Jollibekova targ‘ibot ishlarini olib bordi. Tadbirni fakultet dekani Yakub Ametov ochib berdi. Tadbirda soha mutaxassisi markaz faoliyati va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. "Kelajakka qadam" markazi orqali amalga oshirilayotgan ushbu sa’y-harakatlar mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning kelajagini barpo etish yo‘lidagi davlat siyosatining amaliy ifodasidir.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Xosh_xabar

QMU komandası "Alpamıs izbasarları" áskeriy-sport jarısında sıylı 1-orındı iyeledi

🔴Búgin Arqa-batıs áskeriy okrugında jaslar arasında watansúyiwshilik ruwxın arttırıw, olardı áskeriy xızmetke tayarlaw hám salamat turmıs tárizine baǵdarlaw maqsetinde "Alpamıs izbasarları" áskeriy-sport jarısı ótkerildi. Bul jarıs Ózbekstan Jaslar awqamı Qaraqalpaqstan Respublikası Keńesi tárepinen joqarı oqıw orınlarınıń student-jasları arasında shólkemlestirildi.

🔴Onda Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı joqarı oqıw orınlarınan student-jaslar qatnastı. Jarıs dawamında jaslar ózleriniń fizikalıq tayarlıǵı, áskeriy bilimleri, jámáátlik awızbirshilik hám operativ pikirlew qábiletlerin sınaqtan ótkerdi. Qatnasıwshılar arasında gezekpe-gezek áskeriy estafeta, qural-jaraqtı bóleklerge ajıratıp-jıynaw, tosıqlardan ótiw, sport normativlerin orınlaw sıyaqlı kóplegen shártler boyınsha bellesiwler bolıp ótti.

🔴Jarıs juwmaǵında Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń student-jaslarınan ibarat komanda joqarı tayarlıq, jámáátlik awızbirshilik hám joqarı ruwxta háreket etken halda sıylı 1-orındı iyeledi. Jeńimpaz hám belsendi qatnasıwshılar diplom hám estelik sawǵaları menen sıylıqlandı. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti jámáátin bul jeńis penen shın júrekten qutlıqlaymız hám olarǵa aldaǵı jarıslarda da jańadan-jańa tabıslar tileymiz!

#Xush_xabar

QDU jamoasi "Alpomish izdoshlari" harbiy-sport musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egalladi

🔴Bugun Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini oshirish, ularni harbiy xizmatga tayyorlash va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida "Alpomish izdoshlari" harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etildi.

🔴Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlaridan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Musobaqa davomida yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, harbiy bilimlari, jamoaviy hamjihatlik va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Ishtirokchilar o‘rtasida navbatma-navbat harbiy estafeta, qurol-yarog‘ni qismlarga ajratib-yig‘ish, to‘siqlardan o‘tish, sport normativlarini bajarish kabi ko‘plab shartlar bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🔴Musobaqa yakunida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba-yoshlaridan iborat jamoa yuqori tayyorgarlik, jamoaviy hamjihatlik va yuksak ruhda harakat qilgan holda faxrli 1-o‘rinni egalladi. G‘olib va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasini ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Jasıl_mákán

⚡️QMU jámááti «Jasıl mákan» ulıwma milliy joybarına belsene qatnaspaqta

🌱Mámleketimizde ekologiyalıq turaqlılıqtı saqlaw, qorshaǵan ortalıqtı jáne de abat hám kórkem etiw, sonday-aq, xalıqtıń, atap aytqanda, jaslardıń tábiyatqa bolǵan juwapkershiligin arttırıw maqsetinde Prezidentimizdiń baslaması menen jolǵa qoyılǵan "Jasıl mákan" ulıwma milliy joybarı sheńberinde elimizdiń barlıq aymaqlarında keń kólemli jumıslar alıp barılmaqta.

🌱Mine usınday iygilikli maqsetler jolında Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti jámááti de belsene qatnasıp kelmekte. Usı jıldıń 15-16-aprel kúnleri universitet jámááti Qaraózek rayonında "Jasıl mákan" joybarı sheńberinde nál egiw ilajında belsene qatnaspaqta. Ilajda universitettiń kewilli student-jasları, professor - oqıtıwshıları tárepinen terek nálleri egilmekte.

Ilajda universitet rektorı Axmed Reymov ta qatnasıp, studentler menen sáwbetlesip, olardı "Jasıl mákan" joybarında belsene qatnasıwǵa, tábiyattı saqlaw hám kóbirek terek egiw arqalı jasıl aymaqlardı keńeytiwge shaqırdı. Sáwbetlesiw waqtında jaslar arasında ekologiyalıq mádeniyattı arttırıw, olardı tábiyatqa mehir menen qarawǵa shaqırıw búgingi kúnniń eń áhmiyetli máselelerinen biri ekeni ayrıqsha atap ótti. Usı ilaj sheńberinde 1000 nan aslam hár qıylı sayamanlı hám miyweli terek nálleri otırǵızıldı.


🌱Bunday ilajlar jaslarda ekologiyalıq sananı qáliplestiriw, olardı jámáátlik jumıslarǵa tartıw arqalı bárkamal áwladtı tárbiyalawda úlken áhmiyetke iye. Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti bolsa bul baǵdarda óziniń sociallıq juwapkershiligin tereń sezingen halda, bunnan keyin de "Jasıl mákan" joybarı sheńberindegi jumısın dawam ettiredi.

➡️Tolıq oqıw

◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#Yashil_makon

⚡️️QDU jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

🌱Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni saqlash, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam qilish, shuningdek, aholining, xususan, yoshlarning tabiat oldidagi mas’uliyatini oshirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yurtimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

🌱Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib kelmoqda. Joriy yilning 15-16 aprel kunlari universitet jamoasi Qorao‘zak tumanida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida faol ishtirok etmoqda. Tadbirda universitetning ko‘ngilli talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari tomonidan daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Tadbirda universitet rektori Axmed Reymov ham ishtirok etib, talabalar bilan suhbatlashib, ularni "Yashil makon" loyihasida faol ishtirok etishga, tabiatni asrash va ko‘proq daraxt ekish orqali yashil hududlarni kengaytirishga chaqirdi. Muloqot chog‘ida yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularni tabiatga mehr bilan qarashga undash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Ushbu tadbir doirasida 1000 dan ortiq turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.


🌱Bunday tadbirlar yoshlarda ekologik ongni shakllantirish, ularni jamoat ishlariga jalb etish orqali barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti esa bu borada o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini chuqur his qilgan holda, bundan keyin ham "Yashil makon" loyihasi doirasidagi faoliyatini davom ettiradi.

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Mırza Ulıǵbek atındaǵı Ózbekstan Milliy universitetinde xalıqaralıq ilimiy-ámeliy konferenciya bolıp ótti

🤔Mırza Ulıǵbek atındaǵı Ózbekstan Milliy universitetinde "Zamanagóy tiltanıw hám awdarmashılıqtıń áhmiyetli mashqalaları" atamasında xalıqaralıq ilimiy-ámeliy konferenciya bolıp ótti. Bul konferenciyada Qazaqstan, Indiya, Túrkiya, Qırǵıstan hám basqa da mámleketlerden til bilimi hám awdarmashılıq tarawlarında jumıs alıp barıp atırǵan belgili ilimpazlar, professor-oqıtıwshılar, erkin izleniwshiler hám doktorantlar qatnastı.

🤔Bul konferenciya zamanagóy til biliminiń túrli baǵdarları, awdarmashılıqta ushırasatuǵın ámeliy mashqalalar, mádeniyatlararalıq kommunikaciya, sóylew mádeniyatı, paremiologiya, lingvokulturologiya, korpus lingvistikası sıyaqlı áhmiyetli máselelerdi ilimiy tallaw hám ámeliy jaqtan dodalaw ushın áhmiyetli platforma bolıp xızmet etti.

🤔Konferenciyada Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Shet tilleri fakulteti rus tili hám ádebiyatı kafedrası oqıtıwshısı T.Aytmuratova "Qaraqalpaq tilindegi paremiologiyalıq birliklerdiń strukturalıq ózgeshelikleri" atamasında ilimiy bayanat penen qatnastı. Xalıqaralıq konferenciya juwmaǵında barlıq qatnasıwshılarǵa sertifikatlar tapsırıldı.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

🤔Konferensiyada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillar fakulteti rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi T.Aytmuratova "Qoraqalpoq tilidagi paremiologik birliklarning struktur xususiyatlari" mavzusida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi. Xalqaro konferensiya yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida "Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyada Qozog‘iston, Hindiston, Turkiya, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan tilshunoslik va tarjimonlik sohalarida faoliyat yuritayotgan taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar ishtirok etdi.

🤔Mazkur konferensiya zamonaviy tilshunoslikning turli yo‘nalishlari, tarjimashunoslikda uchraydigan amaliy muammolar, madaniyatlararo muloqot, nutq madaniyati, paremiologiya, lingvokulturologiya, korpus lingvistikasi kabi dolzarb masalalarni ilmiy tahlil qilish va amaliy jihatdan muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

☄️В КГУ состоялось совещание, посвященное вопросам качества образования и воспитания, обеспечения занятости выпускников и предотвращения преступности

🤔В Каракалпакском государственном университете имени Бердаха под руководством ректора, академика А.Реймова состоялось очередное заседание. На совещании приняли участие проректоры университета, деканы факультетов, заведующие кафедрами и другие ответственные сотрудники. На встрече были подробно обсуждены долгосрочные стратегические направления развития университета, формирование системы образования, отвечающей современным требованиям, качество образования, обеспечение занятости выпускников и профилактика преступности.

🤔Ректор А.Реймов в своем выступлении отметил изменения, происходящие сегодня в системе высшего образования, необходимость обеспечения конкурентоспособности и адаптации к международным стандартам. Он также подчеркнул необходимость привлечения инвестиций для дальнейшего развития университета, расширения экспорта образования, укрепления сотрудничества с зарубежными высшими учебными заведениями и активного участия в международных научных проектах.

🤔В ходе совещания были обсуждены важные задачи, стоящие перед каждым факультетом и кафедрой, определены конкретные задачи по дальнейшей работе. В частности, отмечена необходимость разработки комплексных мер по обеспечению занятости выпускников, усилению духовно-просветительской работы среди студенческой молодежи, содержательной организации их досуга, предотвращению преступности и правонарушений.

🤔В конце совещания всем проректорам, деканам факультетов и заведующим кафедрами были даны конкретные поручения по вопросам повестки дня и указания по реализации необходимых мер для их выполнения.

➡️Подробно

Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#ǴXQ_QMU_haqqında

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "Ózbekstan - kóp milletli tatıw shańaraq" súreni astında milletleraralıq tatıwlıq hám doslıq festivalı bolıp ótti.


➡️"Yangi O’zbekiston" gazetası rásmiy saytında

◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#OAV_QDU_haqida

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "O‘zbekiston - ko‘p millatli ahil oila" shiori ostida millatlararo totuvlik va do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi


➡️Yangi O’zbekiston gazetasi rasmiy saytida

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#ǴXQ_QMU_haqqında

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde Namangan mámleketlik texnika universiteti jámááti tárepinen "Ilim-aǵartıwshılıq baǵı" jaratıldı.


◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#OAV_QDU_haqida

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Namangan davlat texnika universiteti jamoasi tomonidan "Ilm-ma’rifat bog‘i" tashkil etildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Yuldasheva Shaxlo Shukurlaevnanıń pedagogika ilimleri doktorı (DSc) ilimiy dárejesin alıw ushın usınılǵan dissertaciyasınıń qorǵawı haqqında

Usı jıldıń 17-aprel kúni saat 10:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı ilimiy dárejeler beriwshi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 sanlı Ilimiy keńes májilisi universitetimizdiń Málimleme resurs orayında bolıp ótedi. Májiliste Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı erkin izleniwshisi Yuldasheva Shaxlo Shukurlaevnanıń 13.00.02 – Tálim-tárbiya teoriyası hám metodikası (ózbek tili) qánigeligi boyınsha “Sanlastırıw sharayatında joqarı bilimlendiriw mákemelerinde ózbek tilin oqıtıwdıń lingvometodikalıq sisteması (tuwısqan tillerde oqıtılatuǵın toparlar mısalında)” temasındaǵı pedagogika ilimleri doktorı (DSc) ilimiy dárejesin alıw ushın usınılǵan dissertaciya jumısınıń qorǵawı bolıp ótedi.


⚡️Yuldasheva Shaxlo Shukurlayevna pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertatsiyasining himoyasi haqida

Joriy yilning 17-aprel kuni soat 10:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengash majlisi universitetimizning Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Nukus davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi Yuldasheva Shaxlo Shukurlayevaning 13.00.02 - Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha "Raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitishning lingvometodik tizimi (qarindosh tillarda o‘qitiladigan guruhlar misolida) " mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️ATA-ANALAR MENEN USHÍRASÍW BOLÍP ÓTTI

🤔Matematika fakulteti studentleriniń ata-anaları menen ushırasıw bolıp ótti. Onda Matematika fakulteti jaslar menen islesiw boyınsha dekan orınbasarı J.Nizekeev, oqıw isleri boyınsha dekan orınbasarı A.Karimov hám fakultet tyutorı A.Reyimbaeva qatnastı. Ushırasıwda ata-analarǵa student-jaslardıń oqıw processi, tálim-tárbiya máseleleri haqqında aytıp ótildi.

🤔Sonday-aq, ushırasıwda sózge shıqqanlar perzentleriniń ilim - bilim iyelewine búgin imkaniyatlar jeterli ekenligin, tek ǵana onnan nátiyjeli paydalanıp, ózlerin kórsete alıwı kerekligin ayrıqsha atap ótti. Sonıń menen birge, ata-analarǵa universitet ishki tártip qaǵıydaları boyınsha toqtalıp ótildi. Ilajda fakultettiń birqansha jetiskenlikke erisken studentleri haqqında aytılıp, olardıń ata-analarına alǵısnamalar tapsırıldı.

⚡️️OTA-ONALAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

🤔Matematika fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Nizekeev, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Karimov va fakultet tyutori A.Reyimbayeva ishtirok etdi. Uchrashuvda ota-onalarga talaba-yoshlarning o‘quv jarayoni, ta’lim-tarbiya masalalari haqida so‘zlab berildi.

🤔Shuningdek, uchrashuvda so‘zga chiqqanlar farzandlarining ilm-ma’rifat egallashiga bugun imkoniyatlar yetarli ekani, faqat undan samarali foydalanib, o‘zlarini ko‘rsata olishlari kerakligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, ota-onalarga universitet ichki tartib qoidalari bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda fakultetning bir qator yutuqlarga erishgan talabalari haqida so‘z yuritilib, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Tyutor_iskerligi

🤔Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Shet tilleri fakultetiniń tyutorı D.Kalimbetova tárepinen ózine biriktirilgen topar studentleriniń qatnasıwında 4-5-sanlı studentler turaq jayında salat tayarlaw boyınsha "Pazende qollar" atamasında tańlaw ótkerildi.

🤔Bul tańlawdan gózlengen tiykarǵı maqset - studentler arasında salamat awqatlanıw mádeniyatın úgit-násiyatlaw, olardıń aspazlıq kónlikpelerin rawajlandırıw, bos waqıtların mazmunlı shólkemlestiriw hám jámáátlik jumıs iskerligin bekkemlewden ibarat boldı.

🤔Tańlawda studentler kishi toparlarǵa bólingen halda qatnasıp, ózleriniń dóretiwshilik qatnasları hám talǵam menen tayarlanǵan hár qıylı salatlardı usındı. Bahalaw procesinde salattıń dámi, kórinisi, paydalılıǵı tiykarǵı ólshem bolıp xızmet etti. Ilaj sońında belsene qatnasqan studentler estelik sawǵaları menen sıylıqlandı.

#Tyutor_faoliyati

🤔Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillari fakulteti tyutori D.Kalimbetova tomonidan o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida 4-5-sonli talabalar turar joyida salat tayyorlash bo‘yicha "Pazende qollar" mavzusida tanlov o‘tkazildi.

🤔Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad - talabalar o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish, ularning pazandalik ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jamoaviy ish faoliyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🤔Tanlovda talabalar kichik guruhlarga bo‘lingan holda ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy yondashuvlari va did bilan tayyorlangan turli xil salatlarni taqdim etdi. Baholash jarayonida salatning ta’mi, ko‘rinishi, foydaliligi asosiy mezon bo‘lib xizmat qildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Hayal_qızlar_keńesi_iskerligi #Milliy_kiyimler_kúni

 Jaslarımızdı milliy qádiriyatlarǵa húrmet ruwxında tárbiyalaw hám olar arasında milliyligimizdi keń úgit-násiyatlaw maqsetinde "Milliy kiyimler hápteligi" belgilenbekte. Usı jıldıń 18-aprel kúni Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Matematika fakultetinde "Milliy kiyimler hápteligi" sheńberinde «Men milliyligim menen maqtanaman» atamasında ilaj shólkemlestirildi.


#Ayollar_kengashi_faoliyati #Milliy_kiyimlar_kuni

Yoshlarimizni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ular o‘rtasida milliyligimizni keng targ‘ib qilish maqsadida "Milliy liboslar haftaligi" tashkil etilmoqda. Joriy yilning 18-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Matematika fakultetida "Milliy liboslar haftaligi" doirasida "Men milliyligim bilan faxrlanaman" mavzusida tadbir tashkil etildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️QMU Shımbay fakultetinde "Shaxmat" dógeregi óz iskerligin alıp barmaqta

🔘Búgingi kúnde jaslarda logikalıq pikirlew, strategiyalıq rejelestiriw sıyaqlı áhmiyetli kónlikpelerdi qáliplestiriwde shaxmat sportınıń ornı sheksiz. Usı maqsette Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Shımbay fakultetinde shólkemlestirilgen "Shaxmat" dógeregi óz jumısın nátiyjeli dawam ettirmekte.

🔘Bul dógerek fakultet studentleri arasında shaxmatqa bolǵan qızıǵıwshılıqtı arttırıw, qábiletli jaslardı anıqlaw hám olardı túrli jarıslarǵa tayarlawǵa qaratılǵan. Dógerek aǵzaları hápteniń belgilengen kúnlerinde turaqlı túrde jıynalıp, tájiriybe almasadı, teoriyalıq bilimler menen birge ámeliy shınıǵıwlar da alıp barıladı.

🔘Dógerek basshısı hám tájiriybeli oqıtıwshılardıń basshılıǵında studentler shaxmattıń tiykarǵı qaǵıydaları, belgili oyınshılardıń usılları, turnir qaǵıydaları hám kombinaciyalar ústinde islemekte. Ásirese, sońǵı waqıtları fakultet kóleminde shaxmat bellesiwleri hám kórgizbeli oyınlar studentler arasında úlken qızıǵıwshılıq oyatpaqta.

⚡️QDU Chimboy fakultetida "Shaxmat" to‘garagi o‘z faoliyatini olib bormoqda

🔘Bugungi kunda yoshlarda mantiqiy fikrlash, strategik rejalashtirish kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishda shaxmat sportining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chimboy fakultetida tashkil etilgan "Shaxmat" to‘garagi o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda.

🔘Mazkur to‘garak fakultet talabalari o‘rtasida shaxmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni turli musobaqalarga tayyorlashga qaratilgan. To‘garak a’zolari haftaning belgilangan kunlarida muntazam ravishda yig‘ilib, tajriba almashadi, nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham olib boriladi.

🔘To‘garak rahbari va tajribali o‘qituvchilar rahbarligida talabalar shaxmatning asosiy qoidalari, mashhur o‘yinchilarning usullari, turnir qoidalari va kombinatsiyalar ustida ishlamoqda. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda fakultet miqyosida shaxmat musobaqalari va ko‘rgazmali o‘yinlar talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Qala qurılısı hám xojalıǵı karedrası úlken-oqıtıwshı (PhD) G.Shnekeyeva hám stajyor-oqıtıwshısı B.Tajetdinovalar tárepinen “Tábiyiy resurslardı qayta islew hám qazıp alıw” pánine tiykarlanıp tańlaw ótkerdi.


Shaharsozlik va xo‘jaligi kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) G.Shnekeyeva va stajyor-o‘qituvchisi B.Tajetdinovalar tomonidan "Tabiiy resurslarni qayta ishlash va qazib olish" fani bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

📣📣📣DIQQAT DAǴAZA!📣📣📣

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti rektoratı tárepinen 2024/2025-oqıw jılındaǵı kúndizgi tálim baǵdarları studentlerine báhárgi semestrde ótkeriletuǵın juwmaqlawshı qadaǵalaw jumıslarınıń sorawlar bazasın universitettiń rásmiy veb-saytına jaylastırılǵanlıǵın málimleymiz.


➡️Sorawlar dizimi

📣📣📣DIQQAT E’LON!📣📣📣

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorati tomonidan 2024/2025-o‘quv yilidagi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari talabalariga bahorgi semestrda o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlarining savollar bazasi universitetning rasmiy veb-saytiga joylashtirilganligini ma’lum qilamiz.


➡️Savollar ro‘yxati

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Geografiya hám tábiyǵıy resurslar fakultetinde Prezident qararın úgit-násiyatlaw boyınsha ilaj ótkerildi

🤔Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2025-jıl 14-fevraldaǵı PQ-60-61-sanlı "Joqarı bilimlendiriw mákemeleri pitkeriwshileriniń jumısqa jaylasıwına járdemlesiw boyınsha qosımsha ilajlar haqqında"ǵı qararınıń mazmun-mánisin keń jámieshilikke jetkeriw, ásirese, joqarı bilimlendiriw mákemeleriniń pitkeriwshi kurs studentleri arasında usı hújjettiń áhmiyetin túsindiriw maqsetinde úgit-násiyatlaw jumısları izbe-iz dawam etpekte.

🤔Usı tiykarda Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Geografiya hám tábiyǵıy resurslar fakultetinde usı qarar boyınsha keń kólemli úgit-násiyat ilajı shólkemlestirildi. Onda universitettiń Ámeliyat bólim xızmetkerleri B.Ollayarov, M.Eshmuratov, professor-oqıtıwshılar, pitkeriwshi studentler qatnastı. Ilajda fakultet dekanı A.Joldasov ashıp berdi hám alıp bardı.

🤔Ilaj dawamında Prezident qararında belgilengen tiykarǵı baǵdarlar - pitkeriwshilerdiń miynet bazarındaǵı talapqa muwapıqlıǵın arttırıw, olardıń kásiplik mamanlıǵın bekkemlew, jumısqa jaylasıwǵa járdemlesetuǵın zamanagóy platformalardı rawajlandırıw hám joqarı bilimlendiriw mákemeleri menen jumıs beriwshiler arasındaǵı birge islesiwdi bekkemlew baǵdarında belgilengen wazıypalar tolıq túsindirildi.

⚡️Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida Prezident qarorini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

🤔O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PQ-60-61-sonli "Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari orasida ushbu hujjatning ahamiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda.

🤔Shu asosda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida mazkur qaror yuzasidan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda universitetning Amaliyot bo‘limi xodimlari B.Ollayarov, M.Eshmuratov, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi talabalar ishtirok etdi. Tadbirda fakultet dekani A.Jo‘ldasov ochib berdi va olib bordi.

🤔Tadbir davomida Prezident qarorida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar - bitiruvchilarning mehnat bozoridagi talabga mosligini oshirish, ularning kasbiy malakasini mustahkamlash, ishga joylashishga ko‘maklashadigan zamonaviy platformalarni rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida belgilangan vazifalar batafsil tushuntirildi.

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Xosh_xabar

QMU komandası "Alpamıs izbasarları" áskeriy-sport jarısında sıylı 1-orındı iyeledi

#Xush_xabar

QDU jamoasi "Alpomish izdoshlari" harbiy-sport musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egalladi

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Jasıl_mákán

⚡️QMU jámááti «Jasıl mákan» ulıwma milliy joybarına belsene qatnaspaqta

➡️Tolıq oqıw

◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#Yashil_makon

⚡️️QDU jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#Hayal_qızlar_keńesi_iskerligi

Sanaat texnologiyası fakulteti hayal-qızlar máseleleri boyınsha dekan másláhátshisi B.Artıkbaeva  studentler turaq jayında jasawshı  student qızlardıń jasaw jagdaylarınan xabar aldı. Sonday-aq, olar menen sáwbetlesiw dawamında STJ daǵı ishki tártip qaǵıydalar qızlardıń hár biri menen olardı qanday mashqalalar qıynap atırǵanlıǵı haqqında sáwbetleti. Sonıń menen birge keshki waqıtları biymezgil júrmew, xanalarda tazalıqtı saqlaw boyınsha eskertilip ótildi. Sol menen bir qatarda student qızlarǵa  bos waqıtlarında usı STJ da shólkemlestirilgen dógereklerge barıp óner úyreniwleri haqqında másláhátler berildi.


#Xotin_qizlar_kengashi_faoliyati

Sanoat texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Artikbayeva talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlarning yashash sharoitlaridan xabar oldi. Shuningdek, ular bilan suhbat davomida MTTdagi ichki tartib-qoidalar qizlarning har biri bilan ularni qanday muammolar qiynayotganligi haqida suhbatlashdi. Shu bilan birga kechki vaqtlari bevaqt yurmaslik, xonalarda tozalikni saqlash bo‘yicha ogohlantirib o‘tildi. Shu bilan bir qatorda talaba qizlarga bo‘sh vaqtlarida ushbu STJda tashkil etilgan to‘garaklarga borib hunar o‘rganishlari haqida maslahatlar berildi..


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#ǴXQ_QMU_haqqında
#ÓzA

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde "Ózbekstan - kóp milletli tatıw shańaraq" súreni astında milletleraralıq tatıwlıq hám doslıq festivalı bolıp ótti.



Ózbekstan Milliy málimleme agentligi ➡️- ÓzA

◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#OAV_QDU_haqida
#OʻzA

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida "O‘zbekiston - ko‘p millatli ahil oila" shiori ostida millatlararo totuvlik va do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi


Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi ➡️ OʻzA


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

☄️"Jawızlıqqa qarsı aǵartıwshılıq" temasında ushırasıw bolıp ótti

🩷Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Shet tilleri fakultetinde "Jawızlıqqa qarsı aǵartıwshılıq" temasında ushırasıw bolıp ótti. Bul ushırasıwda Ózbekstan Respublikası Din isleri boyınsha komiteti Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq basqarmasınıń qánigeleri - X.Ibraimova hám X.Nezamatovlar qatnastı. Ilaj "Jawızlıqqa qarsı aǵartıwshılıq" temasına baǵıshlanıp, onda diniy-aǵartıwshılıq tárbiya, jaslar arasında ekstremizm hám radikalizmge qarsı gúresiw, sıyaqlı áhmiyetli máseleler dodalandı.

🩷Ushırasıw dawamında qánigeler tárepinen zamanagóy dúnyada diniy ekstremistlik ideyalar qalay qáliplesip atırǵanı, olardıń jaslar sanasına qanday unamsız tásir kórsetip atırǵanı, oǵan tek ǵana ilim, bilim, pikirlew hám aǵartıwshılıq penen gúresiw múmkin ekenligi haqqında hár tárepleme túsinikler berildi. Ásirese, sociallıq tarmaqlar arqalı tarqatılıp atırǵan jalǵan málimlemeler, nadurıs diniy úgit-násiyatlawlarǵa qarsı sergek bolıw zárúrligi ayrıqsha atap ótildi. Ilaj dawamında student-jaslar menen jaqınnan pikirlesiw ótkerilip, olar ózlerin qızıqtırǵan sorawlarına juwaplar aldı.

☄️"Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🩷Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillari fakultetida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi mutaxassislari - X.Ibraimova va X.Nezamatovlar ishtirok etdi. Tadbir "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusiga bag‘ishlanib, unda diniy-ma’rifiy tarbiya, yoshlar o‘rtasida ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish, kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🩷Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan zamonaviy dunyoda diniy ekstremistik g‘oyalar qanday shakllanayotgani, ularning yoshlar ongiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, bunga faqat ilm-fan, tafakkur va ma’rifat bilan kurashish mumkinligi haqida atroflicha tushunchalar berildi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan soxta ma’lumotlar, noto‘g‘ri diniy targ‘ibotlarga qarshi ogoh bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida talaba-yoshlar bilan yaqindan muloqot o‘tkazilib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

I.Xoshmuratova - Shet tilleri fakulteti hayal - qızlar máseleleri boyınsha dekan másláhátshisi

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Tajimbetova Gulmira Kenshimbaevnanıń pedagogika ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy ilimiy dárejesin alıw ushın usınılǵan dissertaciyasınıń qorǵawı haqqında

Usı jıldıń 17-aprel kúni saat 14:00 de Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti janındaǵı ilimiy dárejeler beriwshi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 sanlı Ilimiy keńes májilisi universitetimizdiń Málimleme resurs orayında bolıp ótedi. Májiliste Tashkent mámleketlik pedagogika universiteti erkin izleniwshisi Tajimbetova Gulmira Kenshimbaevnanıń 13.00.02 – Tálim hám tárbiya teoriyası hám metodikası qánigeligi boyınsha «Bo’lajak xorijiy til o’qituvchisida pragmatik kompetensiyani takomillashtirish metodikasi» temasındaǵı pedagogika ilimleri boyınsha filosofiya doktorı (PhD) ilimiy dárejesin alıw ushın usınılǵan dissertaciya jumısınıń qorǵawı bolıp ótedi.


⚡️Tajimbetova Gulmira Kenshimbaevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining himoyasi haqida

Joriy yilning 17-aprel kuni soat 14:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01 raqamli Ilmiy kengash majlisi universitetimizning Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi Tajimbetova Gulmira Kenshimbaevnaning 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha "Bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchisida pragmatik kompetensiyani takomillashtirish metodikasi" mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tavsiya etilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

#ǴXQ_QMU_haqqında

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde Namangan mámleketlik texnika universiteti jámááti tárepinen "Ilim-aǵartıwshılıq baǵı" jaratıldı.


➡️“Xalq so’zi” gazetası rásmiy saytında

◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️

#OAV_QDU_haqida

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Namangan davlat texnika universiteti jamoasi tomonidan "Ilm-ma’rifat bog‘i" tashkil etildi.


➡️“Xalq so’zi” gazetasi tahririyati saytida

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Studentler ushın mádeniy ilaj shólkemlestirildi

Búgin Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetiniń 9-sanlı studentler turaq jayı imaratı aldında studentler ushın umıtılmas koncert baǵdarlaması shólkemlestirildi.


Talabalar uchun madaniy tadbir tashkil etildi

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 9-sonli talabalar turar joyi binosi oldida talabalar uchun unutilmas konsert dasturi tashkil etildi.



Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

Ózlestiriw kórsetkishine qarap studentlerge grantlardı qayta bólistiriw tártibi tastıyıqlandı

Húkimettiń tiyisli qararı (№149, 10.03.2025) menen Joqarı oqıw orınlarında studentlerge grantlardı usınıw hám qayta bólistiriw tártibi haqqındaǵı reje tastıyıqlandı.

Rejege muwapıq, tálim grantına talabanlardan bıyılǵı oqıw jılında ózlestiriw kórsetkishi boyınsha GPA kórsetkishi 3,5 hám onnan joqarı bolıwı talap etiledi. Ózlestiriwi usı kórsetkishten tómen bolǵan studentlerdiń tálim grantın differenciyalastırılǵan tárizde qayta bólistiriwde qatnasıwına ruxsat etilmeydi hám tálim grantı ornı bos qaladı.

Tálim grantına talabanlar ushın joqarı oqıw ornınıń rásmiy veb-saytında onlayn dizimnen ótiw hám erisken jetiskenliklerin tiykarlawshı hújjetlerdi júklew imkaniyatı jaratıladı.

Tálim grantına talabanlardıń ózlestiriw kórsetkishleri sáykes túrde 80 ballıq ólshemde bahalanadı, bunda GPA kórsetkishin «16» sanına kóbeytiw arqalı anıqlanadı.

Tálim grantına talabanlardıń sociallıq belsendilik kórsetkishi 20 ballıq ólshemde bahalanadı, bunda bahalaw ólshemine tiykarlanıp esaplanǵan nátiyjeni «5» sanına bóliw arqalı anıqlanadı.

Belgilengen tálim grantı orınları sheńberinde tańlaw shegarasında birdey nátiyje kórsetken talabanlardıń akademiyalıq ózlestiriw kórsetkishine ústemlik beriledi. Eger ózlestiriw kórsetkishinde de birdey nátiyje anıqlanǵan jaǵdayda usı talabanlar ushın ózlestirilgen semestrlerde ótilgen qánigelik pánlerinen test sınaqları ótkeriledi.

Joqarı oqıw ornı keńesiniń qararına tiykar tálim grantın alatuǵın studentlerdiń dizimi hár jılı 25-avgustqa shekem joqarı oqıw ornınıń rásmiy veb-saytında járiyalanadı.

Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde 2024/2025-oqıw jılında bakalavr tálim baǵdarları boyınsha "Tolıq" hám "Tolıq" bomaǵan tálim grantı bólistiriliwi.


Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde 2024/2025-oqıw jılında magistratura qánigelikleri boyınsha "Tolıq" hám "Tolıq emes" tálim grantınıń bólistiriliwi.



O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Qoraqalpoq davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha "To‘liq" va "To‘liq bo‘lmagan" ta’lim granti taqsimlanishi.


Qoraqalpoq davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha "To‘liq" va "To‘liqsiz" ta’lim grantining taqsimlanishi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:

Telegram | 🌐Instagram | 📹karsu_news">YouTube | Facebook

Читать полностью…

KARSU.UZ

⚡️Ovozli chat

2025-yil 11-aprel kuni soat
11:00 da Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash Telegram kanalida izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringini tashkil etish bo‘yicha ovozli chat bo‘lib o‘tadi.

Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.

🎙 Jonli efirga qo‘shilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel