Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
Umrbod davlat magistraturasiga topshirish imkoniyatidan mahrumlar...
Magistratura haqida gap ketar ekan ushbu achchiq haqiqatni eslamasak bo'lmaydi. Deylik kimdir bakalavriat paytida domlalar bilan yaxshi kelishmadida, ularga bir nimalar berib bahosini ko'tarib o'tirmadida, 3 yoki 4ga yopib qo'ya qoldi. Lekin mutaxassisligini zo'r biladi. Yoki bitirgandan keyin ilmi juda kuchayib ketdi. Ilmiy salohiyati ancha oshdi. Diplom + sertifikat talabi bilan ularni bir yo'la go'rga tiqib yuborilmadimi? Umrbodga magistr topshirish imkoniyatidan mahrummi shunda? Birgina aybi necha yillar oldin diplom baliga e'tibor qilmaganidami?
Mayli sertifikat muhimdir, lekin diplom bali nimani belgilab beradi? Hozirgi magistr o'qishni niyat qilgan bitiruvchilar nimadir yo'llarini qilib diplom ballarini 96-100 orasida qilib olishyapti. Oldinroq bitirganlar esa eng yaxshi baho olgani 86 bo'lar edi. Xattoki 87 qo'yishga universitet o'qituvchilarini yuragi betlamas edi. Ertaga tekshiruv kelib qolsa, yuqori bal qo'yganlarim meni sharmanda qilmasin deb. 90 dan baland olish orzu edi desa ham bo'ladi. Lekin hozir unday emas. Shuni hisobiga notenglik yuzaga kelyapti deb o'ylayman. Eskiroq yillarda bitirganlarning imkoniyati karrasiga tushib ketgan. Diplom balini umuman qabulga aralashtirmaslik kerak. Yoki odamning diplom olgandan keyin ilmiy salohiyati oshishi mumkin emasmi?
Albatta bu maqola davlat oliygohlariga tegishli. Magistr o'qiyman degan, sho'rpeshona diplom bali pastlarning baxtiga xususiylar bor. Ularda diplom balini ahamiyati yo'q. Lekin sharoitlari yoki kontrakt to'lov summasi bilan davlatnikidan farq qilishi mumkin. Diplom kuchi esa unchalik ham farqli emas. Davlatniki bilan teng darajada tan olinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Ingliz tilini tugatganlar magistraturaga qaysi yo'nalishlarga hujjat topshira oladilar?
Bu yilgi magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirishda yo'nalishning turdosh bo'lishi talab etiladi.
Masalan ingliz tilini bitirib siz iqtisodiyot, moliya, tibbiyot yoki boshqa sohalarga hujjat topshira olmaysiz. Nemis yoki fransuz tillarni bitirib ham magistraturada ingliz tiliga o'qiy olmaysiz. Faqat turdosh hisoblangan yo'nalishlarga hujjat topshira olasiz.
Ingliz tilini bitirganlar uchun turdosh yo'nalishlar suratda berilgan.
Ingliz tili yo'nalishlaridan tashqari, Toshkent davlat yuridik universitetining, Ommaviy axborot vositalari huquqi mutaxassisligi va Pedagogika, Ta'lim menejmenti, Testologiya, Kattalar ta'limi kabi yo'nalishlar bu yil turdosh sifatida berilgan.
Ushbu yo'nalishlarga topshirganda, ingliz tilidan tegishli darajadagi sertifikat talab etiladi.
Ariza topshirib berish xizmati uchun @register_uzz ga murojaat qiling
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🎓 Toshkentdagi xususiy maktabda Foundation diplomini 11-sinfdan keyin ham olish mumkin!
11-sinf bitiruvchilari xalqaro Foundation diplomini Toshkentdagi xususiy maktabning o‘zida olishlari mumkin va shu orqali bir yilni yo‘qotmasdan hamda qimmat chet el dasturlariga pul sarflamasdan Yevropa universitetlarining bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
❗️Foundation dasturiga joylar soni cheklangan!
Hozirning o‘zida bepul maslahatga yoziling!
☎️ 78-777-11-10
B1 sertifikat olib berishni va'da qilganlar ushlandi
Toshkent shahrida magistratura bosqichiga o'qishga kirish uchun B1 sertifikatini olib berishni va'da qilgan shaxslar qo'lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman bo'limi va DXX xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.E. va boshqalar fuqaro N.A. ning ishonchiga kirib, unga magistratura bosqichiga o'qishga kirishi uchun tanishlari yordamida 1 900 AQSH dollari evaziga B1 sertifikatini olib berishlarini va'da qilgan. Ular oldindan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent va Farg'ona shaharlarida oliy ta'lim muassasalariga noqonuniy o'qishga kiritish holatlari aniqlangandi. Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra o'qituvchisi o'zining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kiritib qo'yish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri bo'lib faoliyat yuritgan Hilola O'ktamovna yangi lavozimga o'tdi. Endi o'rniga kim vazir bo'ladi degan savol ko'pchilikni qiynayotgan bo'lishi mumkin.
O'rniga keladigan odam ta'limni chinakam yuksaltira oladigan, ushbu sohani yaxshi tushunadigan, islohotlar qila oladigan, aynan ta'limdan chiqqan bo'lishini juda-juda xohlar edim.
O'rniga kim kelsa ham, faoliyatiga omad tilab, undan ta'limda katta islohotlar kutib qolamiz! Hilola O'ktamovnaga ham yangi faoliyatida omad tilaymiz!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🎓 2025-yilgi test sinovlari bugundan boshlandi!
📍 Testlar belgilangan joy va vaqtda, qat’iy tartib asosida o‘tkazilmoqda.
✅ Eslatmalar:
▪️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat va testga kirish ruxsatnomasi bo‘lishi shart
▪️ Imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin kelish tavsiya etiladi
📎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga omad tilaydi!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Chat GPT Plus va Telegram Premium endi juda ham qulay narxlarda!
Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
Pro versiyasi uchun ham dostup bor! (225$ turadi oylik obunasi) - Bizda 55$/oyiga
✅ Telegram Premium esa:
yillik obuna (o'zini profilidan kirib oberilganda) - 305 ming so'm
1 oylik obuna - 55 ming so'm
Gift sifatida taqdim etish:
yillik - 36$
6 oylik - 20$
3 oylik - 15.5$
Telegram stars:
50 ⭐️ - 13 ming
100 ⭐️ - 26 ming
500 ⭐️ - 130 ming
1000 ⭐️ - 260 ming
ChatGPT yoki Telegram Premium, Stars olish uchun @webadmin24 ga yozing.
Xizmatlarimiz bo'yicha fikrlar: @webadmin_feedback
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Every answer leads to one option. So why worry?
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi
Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!
📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:
🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.
❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.
📌 Yodingizda bo‘lsin:
✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.
📌 Ruxsatnoma my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
❗️Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Magistratura 2-bosqichda o'qiyotgan talaba maktabdan necha soat dars olish huquqiga ega?
Assalomu alaykum. Magistraturada 2-bosqichda oʻqiyotgan talaba maktabda necha soat dars olish huquqiga ega? Magistraturada oʻqish haftasiga 2 kun.
YURIST JAVOBI:
❗️Magistrantning asosiy vazifasi ta'lim olish hisoblanadi. SHu tufayli magistrant faqat darsdan bo'sh vaqtlaridagina ishlashga haqli. An'anaviy yoki masofaviy shaklda o'qishning ahamiyati yo'q. Har ikki holatda ham asosiy vazifa o'qish.
Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo'riqish bilan bog'liq bo'lgan, ya'ni alohida xususiyatga ega bo'lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko'pi bilan o'ttiz olti soat qilib belgilanadi.
Shunga ko'ra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi.
☝️ Mana shu qoidaga ko'ra magistrant ta'lim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda to'liq stavkada ishlay olmaydi. Bunda magistrant OTMdagi darslari qo'yilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin.
Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 7 soat vaqt sarflanadi. Magistraturada bir kunda kamida 2 para dars o'tilganda ham magistrant deyarli uch soat vaqt ketadi. YOki haftasiga 2 kun o'qish bo'lganda ham MK 184-moddasidagi meyorni bajarib bo'lmaydi.
❌ Shunga ko'ra siz to'liq stavkada ishlay olmaysiz.
✅ Bu vaziyatda siz bo'sh vaqtingizga qarab 0.5 yoki 0.75 stavkada ishlashga haqlisiz.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Magistratura qabuli davom etmoqda
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
👉Sertifikatlar ro‘yxati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️BUGUN QABULNING SO'NGGI KUNI! ERTADAN DARSLARIMIZ BOSHLANADI
🔥 APTIS YANA QAYTMOQDA! BIZDA APTIS ESOL BO'YICHA NAVBATDAGI KURS!
Talablarga binoan bizda, INTENSIV APTIS KURSI! Sertifikat olmagan qolmasin!
📆 Darslar haftada 5 kun! JONLI!
Kurs davomiyligi 30 kun! + kurs tugagandan keyin ham test + materiallar berib boriladi.
👩🏻🏫 Darslar tajribali ustoz Aptis, TKT, Multi-level sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz 👩🏻🏫 Teacher Ma'mura (Komilova Ma'mura) tomonidan olib boriladi
📆 Kurs boshlanish sanasi: 10-IYUL, PAYSHANBA
⏳ Qabul so'nggi kuni: 9-IYUL, 23:00
💲 Kurs narxi: 250 MING SO'M. (bir martalik tolov)
Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi va topshiriqlar saqlanadi.
❓ Nima uchun Aptis?
Agar qaror loyihasi tasdiqlansa, Aptis sertifikati bilan siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:
✅ Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama
✅ Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball
✅ Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati
✅ B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish
✅ B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.
✅ Dars taqsimotida ustunlik
☝️ Agar qaror loyihasi tasdiqlanmasa, Aptis ustama ro'yxatida aks etmasa, kurs to'lovi 100 foiz qaytarib beriladi. Nechta dars o'tilganidan qat'iy nazar!
Aptis bo'yicha barcha savollarga javoblar 👉 USHBU VIDEO da
Kursga yozilish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.
👉 @aptis_info
Buyam mayliyu, agar Aptis qaytadigan bo'lsa, bu "savobtalablar" buni ham uzoqqa oborishmaydimi deb qo'rqamanda...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
IELTS Paper based imtihoni O'zbekistonda to'xtatiladi!
11-iyul sanasidan IELTS imtihonining paper based shakli, O'zbekistonning barcha rasmiy test markazlarida (IDP, British Council, Cambridge University Press and Assessment) to'xtatiladi.
10-iyul kungi imtihonlar odatdagidek o'tkaziladi. 11-iyuldan keyingi barcha imtihonlar bekor qilinadi.
Agar siz IELTS Paper based imtihoniga ro'yxatdan o'tib qo'ygan bo'lsangiz, Computer Basedga almashtirishingiz yoki to'lovingizni to'liq qaytarib olishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, IELTS imtihonidagi ayrim qing'irliklar sabab ushbu imtihon natijalari chiqishi kechikayotgan edi. Ayrim shubhali deb topilgan natijalar bekor qilinib yuborilgan edi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Ingliz tili bo’yicha turdosh yo’nalishlarning qaysi biriga qaysi darajadagi sertifikat talab qilinadi?
Yuqoridagi postda ingliz tiliga turdosh yo'nalishlarni ko'rib chiqdik. Endi qaysi yo'nalishga qaysi sertifikatlar va ularning qaysi darajadagisi talab qilinishini va ko'rib chiqamiz.
Ariza topshirib berish xizmati uchun @register_uzz ga murojaat qiling
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Menga 3000$ foyda olib kelgan, hakkerlik hujumi haqida
Ko'p holatlarda biror nohush hodisa bo'ladi, biz shu sabab tushkunlikka tushib qolamiz. Lekin aslida buning ortida katta muvaffaqiyat yotgan bo'lishi mumkin. Bu narsani doim ham bilavermaymiz. Esingizda bo'lsa, 2023-yil mart oyida telegram profilim hakkerlik hujumiga uchragan edi. Bu haqida kanalda xabar bergan edim.
O'sha voqeadan keyin telegram profilim xafvsizligi haqida jiddiy o'ylab, qimmat bo'lsa ham telegram taqdim etadigan +888 nomerni olishga qaror qildim. U vaqtlar 85$ ga olgan edim. O'zimga o'zim 85$ ga ham nomer oladimi deb yurgan edim. 😁
Keyin shu bilan bu narsa unut bo'ldi. Boshqa unday voqea kuzatilmadi. Yaqinda nomerlar auksioniga kirsam eng arzon nomer 3000$ dan boshlanyapti ekan. Agar sotaman desam, hozirni o'zida eng kamida shu summaga, bo'lmasam bunadan ham qimmatroqqa sotishim mumkin ekan.
Xullas keyin o'ylab qoldim, xattoki shu ish ham bejiz bo'lmagan ekan deb.
Shuning uchun do'stlar, boshingizga har xil ish kelsa, tushkunlikka tushib, o'zingizni o'tga-cho'qqa urmang. Ushbu qiyinchiliklar ortida katta muvaffaqiyat yotgan bo'lishi mumkin.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ Kelayotgan o'quv yili uchun B2 sertifikat talabi yana bir yilga surilmagan
O'tgan yili 31-iyul sanasida vazirlik tomonidan 2ta xat chiqarilgan. U xatning asosiy mazmuni Vazirlar Mahkamasining qarori bo'yicha 2024-2025-o'quv yilidan xorijiy til o'qituvchilarida B2 sertifikat bo'lishi shart edi. Shuni bir yil ortga surish haqida edi. Birinchi xatda vazirlik sanalarda adashib ketib 2024-2025 o'quv yili o'rniga 2025-2026 o'quv yili deb yuborgan. Va shu kunni o'zida ushbu xatni bekor qilib, qaytadan to'g'risini chiqargan. Tarmoqlarda kimlardir eski xatni tarqatib, hammani hotirjam qilib qo'yyapti.
Avgust kelganda bu xat bekor bo'lganini bilib, ancha murakkab ahvolda qolishingiz mumkin. Shu sabab hotirjamlikka berilmasdan, avgustgacha B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Rasman: O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlandi
Arizalarni qabul qilish 15 iyuldan 5 avgustgacha davom etadi.
O'qishni ko'chirish uchun onlayn platformalar:
🔹 Davlat OTMdan boshqasiga ko'chirish — transfer.edu.uz ;
🔹 Xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz .
🎓 Imtihonsiz o'qishini ko'chiradiganlar:
▪️ Turmush qurgan va turmush o'rtog'ining doimiy yashash hududiga ko'chirayotganlar;
▪️ Ota-onasi yoki turmush o'rtog'ining ish joyi o'zgarib, tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olganlar.
📝Imtihon orqali ko'chiradiganlar:
▪️ Xorijiy mamlakatlarda o'qiyotgan talabalar;
▪️ Xususiy OTMlarda tahsil olayotgan talabalar.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
Loyiha kiritish bosqichi 3 avgustgacha davom etadi. Ovoz berish bosqichi esa 22 iyuldan boshlanadi va ikkinchi mavsum g‘oliblari 1 sentabrda e’lon qilinadi.
Bugun, 15 iyuldan «Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Jarayonlar quyidagi sanalarda:
🔹 Loyiha kiritish bosqichi — 15 iyul – 3 avgust;
🔹 Saralash bosqichi — 4–18 avgust;
🔹 Targ‘ibot bosqichi — 19–21 avgust;
🔹 Ovoz berish bosqichi — 22–31 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.
Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab 823 ta mahalla, jumladan, ularda joylashgan muassasalarga «Tashabbusli budjet»ning 15 iyuldan boshlanadigan 2-mavsumi, shuningdek, kelasi yil 1-mavsumida qatnashishga tanaffus berilishi ma’lum bo‘lgandi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Hilola Umarova Prezident Administratsiya rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
U shu munosabat bilan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
👉 https://kun.uz/88052673
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️2025 yil 1 sentabrdan boshlab maktab direktori va direktor o'rinbosarlarining maoshlari oshiriladi
Bu haqida “Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”ga Prezident Farmoni (PF-51-son, 19.03.2025 y.) qabul qilingan.
🗓 Farmonga ko'ra, 2025 yil 1 sentabrdan:
🔹umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
🔹umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari direktori o'rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;
🔹I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o'rta ta'lim tashkiloti direktori o'rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.
🗂 2026 yil 1 yanvardan umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining direktor jamg'armasi mablag'lari hisobidan direktor va uning o'rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari (KPI) natijasiga ko'ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha
20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ Oltin qoida: qarorlar ortga qaytish kuchiga ega emas!
Ko'pchilikdan savol keladi: "falon sertifikat olgandim, keyin u sertifikat vazirlik ro'yxatidan chiqib ketdi. Endi meni sertifikatim ham tan olinmaydimi" degan mazmunda.
Umumiy javob beradigan bo'lsam, sarlavhadagi oltin qoida barcha shunday holatlarga javob bo'la oladi.
Masalan siz 2023-yil may oyida Aptis sertifikatini qo'lga kiritdingiz. 2023-yil 1-avgustga borib ushbu sertifikat tan olinmaydi deb qaror chiqarildi. Siz esa ushbu qarordan oldin olgansiz. Bu holatda qaror ortga qaytish kuchiga ega emas. Ya'ni 1-avgustdan qaror chiqarilgan bo'lsa, vazirlik shu kungacha va shu kundan keyin olingan barcha Aptis sertifikatlari endi tan olinmaydi deya olmaydi. Qaror chiqqan sanadan keyingi sertifikatlarni tan olmasligi mumkin. Lekin undan oldingilar eski qaror bo'yicha olingan bo'ladi va o'z muddati davomida barcha eski qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar uchun yaroqli hisoblanadi.
Shuning uchun siz 2023-yil avgustgacha Aptis sertifikati olgan bo'lsangiz, ishda qolish uchun, ustama uchun asos bo'la oladi. Men Aptis misolida tushuntirdim. Bu barcha sertifikatlarga tegishli.
Amaldagi qaror ro'yxatidan chiqarib tashlangan Linguaskill bilan ham, TOEFL ITP bilan ham, TOEIC bilan ham, CELTA, DELTA bilan ham, xullas barchasi bilan shu qoida ishlaydi. Chiqib ketishidan oldin olingan bo'lsa, muddati tugaguncha eski qarorda ko'rsatilgan barcha imtiyozlar uchun yaroqli hisoblanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Qaysi til sertifikatlari ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi?
Amaldai qonunchilikda, Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 3-bobida Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati tasdiqlangan.
Unga ko'ra quyidagi sertifikatlarning kamida B2 darajasi ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi:
1️⃣ Milliy sertifikat (Multi-level) - B2
2️⃣ TOEFL iBT - 72-94
3️⃣ IELTS - 5.5 - 6.5
4️⃣ CEQs FCE - 160-179
*5️⃣ TOEFL ITP* - 543 (Listening 55, Written 53, Reading 55, Speaking 58)
☝️ Ushbu bobda TKT, TESOL/TEFL/TESL kabi sertifikatlar ham o'rin olgan, lekin B2 qatori bo'sh qoldirilgan. Sababi ushbu sertifikatlar til bilish darajasini ifodalamaydi va ishga kirish va qolishga o'tmaydi. Ushbu sertifikatlar faqatgina shartli ravishda C1 tenglashtiriladi deyilgan. Sharti yonida yuqoridagi B2 sertifikatlardan biri bo'lishi kerak.
Har yili 1-avgustgacha ta'lim vazirliklari sertifikatlar ro'yxatiga o'zgartirish kiritish vakolatiga ega. Bu yilgi loyighada Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'z ro'yxatiga quyidagi sertifikatlarni qoshgan:
1. Aptis ESOL for Teachers
2. Aptis ESOL Advanced
3. iTEP Academic Plus
Agar ushbu loyiha shu holicha tasdiqlansa, ushbu sertifikatlar ham ishga kirish/qolish talabini bajarish uchun va ustama to'lash uchun asos bo'ladi.
Umumiy ro'yxatda New Linguaskill sertifikati ham 'rin olgan lekin u faqat Oliy ta'lim uchun tan olinishi kutilmoqda. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ro'yxatida yo'q.
* - Ushbu iimtihon O'zbekistonda o'tkazilmay qo'yilgan. Oldinroq olinganlari o'tadi.
Aloqador maqolalar:
👉 Ingliz tili bo'yicha milliy va xalqaro test tizimlarida imtihon topshirish qancha turadi?
👉 Ingliz tili fani o‘qituvchilariga qaysi sertifikat necha foiz ustama beradi?
👉 Qaysi sertifikatga necha yil ustama to'lanadi?
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin
Mamlakatda 2025/26-o‘quv yilidan chet tilidan dars beradigan o‘qituvchilarda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘lishi shart. Bu talab hukumatning 2021-yil 19-maydagi qarorida belgilangan.
Qarorda yozilishicha, talab barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari uchun amal qiladi. Bunda faqatgina ingliz tili emas, balki barcha xorijiy tillar qamrab olinadi (2-xorijiy til ustozlari mustasno).
Qarorga binoan mazkur tartib 2024-yildan joriy etilishi kerak edi. Lekin pedagoglar va jamoatchilik vakillari murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi yangi talab haqida pedagoglarga bir necha marta rasmiy eslatmalar bergan. Hududlarda tushuntirish ishlari ham olib borilgan.
“Daryo” masala yuzasidan vazirlik axborot xizmati bilan bog‘lanib, sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari soni qanchaligini so‘radi.
“Hozir raqamlar tahlil qilinib, o‘rganib chiqilyapti. Iyul–avgust oylarida ko‘p o‘qituvchilar til sertifikati olish uchun arizalar topshirgan, javoblar sentyabrga yaqin chiqadi”, deya maʼlum qildi vazirlikdagi manba.
Yangi o‘quv yilidan boshlab kamida B2 sertifikati bo‘lmagan chet tili o‘qituvchisi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Sertifikat talabi qo‘yilishi sifatli taʼlimga erishish ekani bir necha bor aytilgan. Xorijiy tilda dars beruvchi o‘qituvchi chet tilini eng kamida B2, yaʼni oliy taʼlimni bitirganda bakalavrga qo‘yilgan darajada bilishi kerakligi nazarda tutilmoqda.
O‘z navbatida qarorda 2022/23-o‘quv yilidan boshlab, davlat taʼlim muassasalariga yangi ishga kirgan chet tili o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerakligi belgilangan. 2022/23-o‘quv yiligacha davlat oliy taʼlim muassasalarida ishlayotgan barcha chet tili o‘qituvchilari kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat olishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2024-yilda respublikadagi maktablarda B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega xorijiy til o‘qituvchilari soni 29 001 nafar bo‘lgan. Til bilish sertifikatiga ega maktab o‘quvchilari umumiy soni esa 37 074 nafarni tashkil etgan.
Manba: daryo.uz
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Multi levelda ham endi xuddi Aptisdagidek letter yoziladi
Kuni kecha Multi-level imtihoni writing qismiga o'zgartirishlar kiritildi. ❌ Endi task 2 dagi essaylar bo'lmaydi!
Part 1. 50ta so'zdan iborat norasmiy letter yoziladi
Part 2. 120-150ta so'zdan iborat rasmiy letter
Part 3. 180-200ta so'zdan iborat rasmiy yoki norasmiy bo'lgan letter yoziladi.
Bu degani endi siz Aptisga tayyorlanib Multi-levelga topshirsangiz ham bo'ladi. Yoki aksincha! 😊
Ushbu o'zgarish oktyabr oyidan kuchga kiradi!
Ushbu xabarni Aptis va Multi-level topshirmoqchi bo'lib yurganlarga jo'natib qo'ying!
👉 @aptis_info - Aptis bo'yicha eng katta tayyorgarlik kanali!
📢 DIQQAT! Milliy sertifikat yozish bo‘limi formati yangilanmoqda
📅 2025-yil oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha ko‘p darajali (multilevel) tizimning yozish bo‘limi formati va baholash mezonlarini yangilash rejalashtirilmoqda.
🧪 Yangi format 2025-yil avgust oyida aprobatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📄 Yuqorida siz yangi format bo‘yicha topshiriqlar tafsilotlari va namunaviy topshiriqlar bilan tanishishingiz mumkin.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
IELTS Paper based ni yo'qotilishiga eng katta sababchi kanallardan biri. Aynan shu kanal orqali javoblar sotilgan. Lekin eng qizig'i, bu ishini to'g'ri deb biladi. Hech qanday noto'g'ri ish qildim degan xulosa yo'q bularda.
Aptis shpargalkalarini tuzib tarqatganlar, harflariga she'r to'qib hammaga yoyganlar ham bir-birimizga yordam beryapmiz, savob qilyapmiz deb bong urishardi.
Bunaqa dunyo qarash bilan birimiz ikki bo'lmaydi, o'rtoqlar...
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿