uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

71285

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

Davlat maktabida tijoriy ta’lim bo‘lmasligi kerak – pulli sinflarning oqibatlari haqida suhbat

To‘liq soliq to‘lovchilarning puli hisobiga moliyalashtiriladigan davlat maktablarida pulli sinflar tashkil etilayotgani yangilik bo‘lmay qoldi. Kun.uz bu amaliyotning yaxshi va yomon tomonlarini ekspertlar bilan tahlil qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, davlat maktablarida sinflarning pulli qilinishi resurslarning noteng taqsimlanishiga sabab bo‘ladi, adolat prinsipini buzib, tabaqalashuvni oshiradi, bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro konfliktlarni keltirib chiqaradi. Bepul maktab ichidagi pulli sinflarning foyda va zararlari haqidagi suhbatni tomosha qiling.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Telegram kanallarda bir guruh chet tili o'qituvchilarini Prezident, Bosh vazir, Ta'lim vaziri yana bir qancha tashkilotlarga B2 sertifikat talabi bo'yicha murojaati (noroziligi) tarqayapti.

To'g'risi oxirigacha o'qishga yuragim dosh bermadi. Ko'ngil aynib ketay dedi, murojaatning shu darajada sayoz, yosh bolalarcha asoslar bilan yozilganidan. Bir ikkita umumiy guruhlarda ko'rdim. Ota-onalar, boshqa soha vakillari kulib tashlashyapti.

Mana bu joyiga e'tibor bering. 4 yil bakalavr, 2 yil magistratura o'qishibdida lekin B2 sertifikat ololmagan! Kulaymi shu joyiga, yoki yig'laymi?
Qaysi mantiqqa to'g'ri keladi bu? Oliy ta'limni bitirib, magistraturani bitirib oddiy B2 ololmaslik? 4-sinf o'quvchisi olyapti! Uyat-e!

Iltimos murojaat qilsangiz chet tili o'qituvchilari nomidan deb bunday sayoz murojaatlarni yo'llamang!
Boshqa odamlarni oldida boshqa chet tili o'qituvchilarni o'brosini to'kmang!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

0️⃣0️⃣0️⃣ Innovative Centre tomonidan 2025-yil avgust oyida o'tkaziladigan TKT imtihoni kunlari!!!

📌 TKT (Teaching Knowledge Test) - bu ingliz tilini o'qitishning muayyan yo'nalishlari bo'yicha bilimingizni sinovdan o'tkazadigan modulli imtihondir. TKT Ta’limga kommunikativ yondashishga asoslangan ta’lim usullari haqidagi bilimlarni tekshiradi.

✔️ Imtihon kunlari:

➡️ 03.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 03.07.2025
➡️ 10.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 10.07.2025
➡️ 24.08.2025 - ro'yhatdan o'tish va to'lov qilishning oxirgi kuni 24.07.2025


📌  Imtihon narxi: 780,000 so'm @forcefr bilan (30-iyungacha)

📍 Manzil:  Samarqand shahri, Gagarin ko'chasi 95A (Innovative Centre)

💬 Ro'yhatdan o'tish uchun: @forcefr ga murojaat qiling

📌  Imtihon narxi 1-iyuldan 850,000 so'm bo'ladi. Ro'yxatdan o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling

Edu-action TKT imtihonlarga ro'yxatdan o'tish uchun Link
https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza

Ro'yxatdan chegirma bn o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling

@tkt_info

Читать полностью…

School English Teachers

🏀"Bir koptokchaning hikoyasi" o‘yini

Maqsad:

Mazkur o‘yin bolaning tasavvurini faollashtirish, ichki his-tuyg‘ularini anglash va tahlil qilishga o‘rgatish, shuningdek, ruhiy yengilikni his qilish (relaksatsiya) ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi.

O‘yin tartibi:

Boladan yorqin rangli sharchani puflab shishirishini so‘rang.

Shu sharcha asosida kichik bir hikoya o‘ylab toping. Hikoyaning mazmuni shundaki, sharcha turli kuchli hissiyotlarga to‘la bo‘lishi kerak.

Masalan:

➖ Sharcha yashil bo‘lgani uchun o‘zini yolg‘iz his qiladi. Chunki uning do‘stlari hammasi qizil rangda;

➖ Yaqinlashib kelayotgan bayramdan qo‘rqmoqda, uni bolalar yorib yuborishidan xavotirda;

➖ Kecha kechqurun sharcha qayerda yurganini onasiga yolg‘on gapirganidan afsusda va o‘zini juda aybdor his qilmoqda.

Sharchaning ichidagi bu to‘plangan his-tuyg‘ular portlab ketmasligi uchun unga yordam kerak.

Bola sharchani sekin-asta bo‘shatsin va shu vaqt ichida unga yoqimli, quvvat beruvchi, qo‘llovchi so‘zlar aytsin.

E’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar:

🔹 Sharchani nafaqat kattalar, balki bola o‘zi puflashi va bo‘shatishi maqsadga muvofiq.

🔹 Agar bunga kuchi yetmasa, bu bosqichda unga yordam berishingiz mumkin.

O‘yin jarayonida boladan quyidagi savollarga javob berishini so‘rang:

➖ U ham sharchaga o‘xshagan holatlarni boshidan kechirganmi?

➖ Shunday paytlar bo‘lganmi, u ham o‘zini g‘amgin, qo‘rqoq yoki yolg‘iz his qilganmi?

Shu bilan birga hayajon, quvonch, faxr kabi ijobiy his-tuyg‘ularni ham tilga olish muhim.

Bu bolaning emotsional dunyosini har tomonlama tahlil qilishiga xizmat qiladi.

#emotsional_intellekt #bolalar #maktab

Kasbiy rivojlanishingizda, o'quvchilaringizning eng sevimli ustozi bo'lishingizda qo'l keladigan metodlar jamlangan kanalga obuna bo'lib, faoliyatingizda yana bir pog'ona yuksaling!

Kanalimiz: 👉 @didaktik_jurnal

Читать полностью…

School English Teachers

Nega faqat ingliz tili o'qituvchilari?

Sertifikat talabi haqida gap ketsa, juda ko'pchilik shu kabi savollarni beradi:
Nega ingliz tili o'qituvchilariga yopishib olishgan? Nega faqat bizda tajriba qilishadi? Nega boshqa o'qituvchilardan talab qilinmaydi? Nega teng ko'rishmaydi?
Men ham undaylarga ko'pincha savol bilan javob berib kelaman.
Nega ingliz tili o'qituvchilari DTM ma'lumotnomaga 30 foiz, xaqlaro sertifikatga 50 foiz ustama jami 80 foiz ustama olayotganda, nega boshqa fan o'qituvchilariga yarim foiz ham ustama berilmaydi, hammaga teng bo'lsin deb o'shalar tenglik talab qilishmagan? Nega ingliz tili o'qituvchilari sertifikati bilan osongina attestatsiyadan o'tadi, boshqa o'qituvchilarda unday imkoniyat yo'q deyishmagan?
Gap o'zlarini boshqalardan ustunligi haqida ketganda hamma jim ediku! Nega endi shuncha imkoniyatga yarasha oddiy B2 so'ralganda diydiyo qilish kerak?
Sabr qilsangiz, boshqa fanlarga ham navbat keladi. Hammasi rejalashtirilgan. Faqat ingliz tilida bu narsani ertaroq bo'layotganini sababi, bu fanda imkoniyat katta. Masalan boshqa fanlardan ham sertifikat talab qilish uchun oldin imtihonlarini tashkil qilib qo'yish kerak. Tashkil qilganda ham, joy bilan vaqt bilan muammo bo'lmaydigan darajada bo'lishi kerak. Kim qachon istasa o'sha sertifikatga imtihon topshirib ololishi kerak. Bu esa vaqt talab qiladigan jarayon. Ingliz tili fanida esa unday muammo yoq. Istasa milliy sertifikat olishadi, istasa IELTS. istasa TOEFL. Xullas sertifikat turlari judayam ko'p.
Lekin boshqa fanlarda unday emas. Masalan kimyo, biologiya, ona tili yoki fizika fanidan imtihon topshirmoqchi bo'lgan o'iqtuvchi bir oyda bir martagina bo'ladigan BMB ga murojaat qilishga majbur.
Ularni ham imtihonlari yo'lga qo'yilib, ko'p o'qituvchilarni qamrab oladigan darajaga yetgandan keyin katta ehtimol bilan hammaga majburiy bo'ladi. Agar shu narsa sizga tinchlik bermay, halovatingizni olayotgan bo'lsa, bu tomondan hotirjam bo'lavering.
E'tibor berib kelaman 3 yildan beri shu mavzu tinmaydi. Har safar bir xil ishtirokchilar. Aynan hozirda "diplom bir tiyin bo'ldimi?" "Ko'ryapmiz sertifikati borlarni dars o'tishini", "zato bizda metodika zo'r", "vaqt bersa biz ham olardik" deyayotganlar 3 yil oldin ham huddi shu gaplarni yozganini guvohi bo'lasiz. Yana qancha vaqt berilishi kerak unda?
Olib qutulish kerak tamom! Hozirda 7 dan baland sinfga dars o'taman desangiz, metodikangiz, grammatikangiz kamlik qiladi. Shu sabab davlat ham bekorga B2 so'ramayapti.
Niyat jiddiy bo'lsa, harakat shunga yarasha bo'lsa olasiz shuni. 5-6 oy ta'limdan pauza qilib bo'lsa ham ovoling. Zamon o'zgaryapti. Dunyo globallashyapti. Sizni Arakindan olgan bilimlariz hozirgi zamon bollariga qiziq emas. Ularni aybi ham emas.
Shuning uchun do'stona maslahat: hammani yomon ko'raverishni bas qilib, shu talabni bajarib qo'ying. Bu narsa eng avvalo o'zizga yaxshi bo'ladi. Metodikangiz zo'r bo'lsa, yoniga 4ta skill ni ham qo'shib qo'ying bundan o'quvchilariz foyda ko'rsa ko'radi, hech kim zarar ko'rmaydi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

TKT Band 2 ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladimi?

Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 1-bobida sertifikatlarning muvofiqlik darajalari belgilab berilgan. U yerda 6ta (MMTV ga tegishli 5ta) sertifikatning darajalari ko'rsatib o'tilgan.
Bilamizki TKT (TESOL/TEFL) daraja beruvchi sertifikatlar emas. Ushbu qarorda ham ushbu sertifikatlarning qaysi turi yoki natijasi CEFR shkalasi bo'yicha qaysi darajaga to'g'ri kelishi belgilab berilmagan. Shu sabab TKT Band 2 B2 ga teng deb aytolmaymiz.
Faqatgina 3-bobda tegishli natijadagi sertifikat B2 sertifikat bilan birga ustama uchun tan olinishi belgilab qo'yilgan.

TKT barcha modullardan Band 3 bo'lsachi?
U ham amaldagi qonunchilikka ko'ra ishda qolish talabi uchun asos bo'lmaydi. Faqatgina o'sha qaror amal qilish muddati boshlangunga qadar (29.07.2024) olingan TKT band 3 sertifikatlari bundan mustasno. Asos: 👉/channel/uzteachers/17559

Ishda qolish talabini bajarish uchun alohida eng kamida B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bu yil 1000 nafar o‘qituvchi vazir jamg‘armasi hisobidan ustama oladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025-yil uchun vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Endi ularga 2026-yilning fevral oyiga qadar (9 oy davomida) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (hozir 1.155.000 so‘m) 5,5 baravari (6.352.500 so‘m) miqdorida ustama to‘lanadi.

Mazkur ustamani oladigan 1000 nafar o‘qituvchi ro‘yxati bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️You can become a student of a financial university early — in Tashkent!

Profi University is now accepting applications for economics-related programs:

🏦 Banking and Auditing
📚 Accounting and Auditing
🌍 Economics
📈 Marketing


🎓 Why choose Profi University?

World-class education: Dual degree programs with top universities worldwide

Modern infrastructure: Access to dormitories, laboratories, and all the resources you need for success

Strong career prospects: The Career Center at Profi University helps students with employment support

🔗 Apply now and start your path to success with Profi University!

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ Ertaga OTM ga arizalar qabulining so'nggi kuni!

📌Ertaga qabulning oxirgi kuni bo’lgani uchun testga kirishda to’lanadigan to’lovni ham ertadan kechiktirmay qilish kerak.

To'lov ertaga 25-iyun kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Undan kechiksa abituriyent ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

📆Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 187 ming 500 so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni belgilangan muddatga qadar bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

Imkon qadar to’lovni ham oxirgi daqiqalarga qoldirmang. Serverga yuklama ortishi munosabati bilan tizim ishlamay qolishi mumkin va bu sizga kutilmagan muammolarni yuzaga keltiradi.

💬Quyidagilar testga kirish uchun to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;

— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;

— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;

— nogironligi bor shaxslar;

— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;

— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🔥 APTIS YANA QAYTMOQDA! SIZ UCHUN QULAY IMKONIYAT!

Talablarga binoan bizda, INTENSIV APTIS KURSI! Sertifikat olmagan qolmasin!
📆 Darslar haftada 5 kun! Kurs davomiyligi 40 kun!
👩🏻‍🏫 Darslar tajribali ustoz Aptis, TKT, Multi-level sertifikatlari sohibasi, oliy toifali ustoz Teacher Ma'mura (Komilova Ma'mura) tomonidan olib boriladi
📆 Kurs boshlanish sanasi: 30-IYUN, DUSHANBA
⌛️ Qabul so'nggi kuni: 29-IYUN, 23:00
💲 Kurs narxi: 250 ming so'm. (bir martalik tolov)

Darslar jonli, video dars orqali olib boriladi. Belgilangan vaqtda kirmaganlar uchun dars videosi saqlanadi.

Kursga o'z joyingizni band qilib qo'yish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.

DEMO dars bugun soat 21:00 da, Teacher Ma'mura tomonidan o'tib beriladi. ⏰

Nima uchun Aptis?

Agar qaror loyihasi tasdiqlansa, Aptis sertifikati bilan siz quyidagi imtiyozlarga ega bo'lasiz:

Hech qanday qo'shimcha talablarsiz 50 foiz ustama
✅ Attestatsiyaning navbatdagi majburiy qismida maksimall ball
✅ Magistratura va Doktoranturaga topshirish imkoniyati
✅ B2 daraja uchun ishga kirish/ishda qolish
✅ B2 darajasi TKT/TESOL bilan birgalikda qabul qilinadi.
✅ Dars taqsimotida ustunlik


☝️ Agar qaror loyihasi tasdiqlanmasa, Aptis ustama ro'yxatida aks etmasa, kurs to'lovi 100 foiz qaytarib beriladi. Nechta dars o'tilganidan qat'iy nazar!

Aptis bo'yicha barcha savollarga javoblar 👉 USHBU VIDEO da

🎁 BUGUN soat 23:59 gacha murojaat qilganlarga 1️⃣0️⃣🔤 CHEGIRMA taqdim etiladi.

Kursga yozilish uchun ➡️ @aptis_direct ga yozing.

👉 @aptis_info

Читать полностью…

School English Teachers

Aptis bo'yicha WEBINAR. Biz boshlash arafasidamiz...

👉 /channel/aptis_info?livestream

Читать полностью…

School English Teachers

Inson shu darajada ham sodda bo'ladimi?
Firibgarlar tilla baliq ushlab olishibdiku 😂
Barchangizga ushbu videodagi holat saboq bo'lsin! Hech qachon bunday oson ish ortidan quvmang. Vaqtida to'xtatishni, tanqidiy fikrlashni ham biling!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

IELTS da ham cheating avj olyaptimi?

Ishonish qiyin lekin afsuski cheating IELTS atrofida ham kuzatilyapti. Edu-action jamoasi tayyorlagan videoda batafsil shu haqida so'z boradi.
Eng achinarlisi, shunday tadbirkolarning tegirmoniga o'zimiz suv quyamiz. Cheating, qing'irlik, harom yo'llar bizni unchalik ham tashvishga solmay qo'ygan. Aksincha, uddalashyapti qaddini ursin deb qarsak chalib turamiz.
Shu uddaburonlarni deb O'zbekistonda qancha imtihonlar to'xtatildi hozirgi kungacha.
Do'ppini boshdan olib, o'ylab ko'radigan vaqtlar keldi. Bizning asl maqsadimiz nima bir parcha qog'ozmi yoki haqiqiy ilm...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ Ba'zi sertifikatlar orasidagi muddat bir yildan oshmasligi lozimligi belgilanmoqda!

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi. Qaror matniga quyidagicha qo'shimcha kiritilmoqda:

***umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birgalikda qabul qilinadi va ularga ustama belgilangan tartibda toʻlanadi. Bunda taqdim etilgan malaka koʻnikmasi va til bilish sertifikatlari olingan vaqt oraligʻi bir yildan oshmasligi lozim;

Ya'ni bu qo'shimchaga ko'ra, siz 2025-yil 20 sentyabrda TKT sertifikatlarini jamlagan bo'lsangiz, tabiiyki ustama uchun yoniga B2 sertifikat so'raladi. Ushbu B2 sertifikat muddati bilan TKT sertifikatining muddatlari oralig'i bir yildan ko'p bo'lmasligi kerak. Ya'ni B2 sertifikatingiz 2024-yil 20-sentyabrgacha olingan bo'lishi kerak.
Agar bir yildan oshgan bo'lsa, deylik siz 2024-yil mayda yoki avgustda B2 ni olgan bo'lsangiz, bu TKT sertifikatingiz uchun yaroqli bo'lmay qoladi.
Lekin hali bu loyiha bosqichida. Siz loyihaning aynan shu qismiga o'z e'tiroz yoki takliflaringizni bildirishingiz mumkin.

👉 Loyiha matniga fikr bildirish

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🆘June 25 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna

💵Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.


💦TKT kurs 25-iyundan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 350 Ming so'm

-350 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?

✍️TKTda barcha modullar boyicha mavzular 100% jonli tarzda o'tib berilishi
TKT Modul 1 test tahlili 
✍️TKT Modul 2 test tahlili
✍️TKT M3 test tahlili
✍️3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
✍️TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar

🔜Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 21:00 da

🪣Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ Demo lesson

Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks

👩‍🏫Darsni Kim olib boradi?
dars ➡️Sifatli va malakali ustoz Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna

🍏Kurs qabuli uchun @forcefr

🍏TKT imtihonlarga ro'yxatdan bepul va chegirmali o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr
🍏Erkin royxatdan o'tish uchun 🖇️ https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza


📝 Shoshiling.❗️ Darslarimiz 25-iyundan boshlanadi

-TKTda ayni vaqtda qaysi darajadasiz?
Qiziq bo'lsa Mock yozuvi ustiga bosing
Parol ga forcefr deb yozing

Samarqand Innovative Centrga 780 Ming so'm bilan ro'yxatdan o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling
@tkt_info| Kerakli kitoblar| TKT nima?| @forcefr

Читать полностью…

School English Teachers

📹 IELTS Speaking test band score 5.5 (CEFR B2) with feedback

IELTS 5.5 ya'ni B2 darajadagi namunaviy imtihon.
Aytmoqchimanki, B2 darajasi unchalik murakkab emas. Ba'zilar o'ylaydigandek juda qo'rqinchli ham emas. 1-2 oy shug'ullanib, yo'nalish olib bemalol qo'lga kiritish mumkin.
Bu darajaga chiqish uchun 4 yil Bakalavr, 2 yil magistratura o'qish shart emas.
0 dan boshlab 3-4 tagina kitobni tugatib shu darajaga erishsa bo'ladi.
Hozir zamon rivojlanib, YouTube, ChatGPT degan yordamchilar chiqqan zamonda, kursga pul sarflash ham shart emas.
Hammasi harakatda qolgan xolos deb o'ylayman. Imkoniyat va manbalar keragidan ortiq. Kuniga atigi yarim soat vaqt ajratib qunt qila olgan odam, B1 dan B2 ga 2-3 oyda, A2 dan B2 ga 4-5 oyda bemalol chiqa oladi deb o'ylayman!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Umrbodlik sertifikat umrbod ISHDA qolish huquqini beradimi?

Savol: Menda TKT sertifikati bor. 2022-yil may oyida qo'lga kiritib, 3 yil davomida ustama olib keldim. Sertifikatim ustamasi tugadi. Endi ishga kirish yoki qolish uchun o'taveradimi? U sertifikatdan shunday maqsadlarda umrbod foydalansam bo'ladimi?

Javob: Oldingi postlarda ham bu bo'yicha tushuncha bergan edim. Til sertifikatlari 2 yil muddatga beriladi, chunki inson til qobiliyatida 2 yilda o'zgarish bo'ladi. Agar umuman shug'ullanmay qo'yilsa, C1 darajada biladigan odam 2 yildan keyin B2 yoki B1 ga tushib ketishi mumkin. Shu sabab test markazlari biz bergan sertifikat hozirda talabgorni C1 ekanligini tasdiqlaydi, va ikki yil davomida amal qiladi. Ikki yildan keyin biz javob bermaymiz qay darajada ekanligiga deb beriladi. TKT/TESOL/TEFL sertifikatlari til bilish darajasini o'lchaydigan sertifikat sirasiga kirmaydi. Ya'ni bular til sertifikati emas. Shuning uchun muddat qo'yilmaydi bularga. Muddatsiz degani umrbod amal qiladi degani emas. PF-134 da, sertifikatlar amal qilish muddati davomida, muddati ko'rsatilmagan bo'lsa 3 yildan oshmagan holatda ustama to'lanadi deb belgilab qo'yilgan. Ta'lim vazirliklarining sertifikatlar ro'yxati bo'yicha 3515-sonli qarori (29.05.2024) da ham amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz va ustamalar qo‘llaniladi deb belgilab qo'yilgan.
Shu sabab juda ko'pchilik murojaat qiladi, ustama olib bo'lganman. Ishda qolishga o'tadimi, sertifikatim umrbodlikku! yoki bo'lmasam 2022-yil olib 2023-yilda dekretga chiqib ketganman, 2025-yilda qaytdim. Foydalanmagan 2 yilim uchun ustama to'lab beriladimi deb murojaat qilishadi.
Bu savolga ham 3515-sonli qo'shma qaror asos bo'la oladi. Ya'ni sertifikatizni qanaqa turi bo'lishini ahamiyati yo'q. Muddati belgilanmagan bo'lsa, olingan kundan boshlab 3 yil amal qiladi. Undan keyin bizda boshqa hech qanday imtiyoz bermaydi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanishi mumkin

Oʻtgan yili OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan 25-iyulgacha oʻtkazilgandi, bu yil ham sanalar oʻzgarishsiz qolishi mumkin, dedi Bilim va malakalarni baholash agentligidan Jamshid Odilov Kun.uz ga bergan intervyusida. Uning aytishicha, test sinovlari uchun binolar roʻyxati shakllantirilgan. Yakuniy qarorlar ariza topshirish yakunlanganidan keyin qabul qilinadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Kompyuterda topshiriligan (computer based) IELTS natijalari tan olinmaydimi?

Shu kunlarda obunachilardan ba'zi murojaatlar kelib tushyapti, IELTS CD variantini qabul qilishmayapti degan mazmunda.
Bilamizki, hozirgi kunda IELTS imtihonlari 2 xil shaklda tashkil qilib kelinmoqda. Paper based (IELTS PB) va computer based (IELTS CD or CBT).
Bu ikkisining bir-biridan farqi bittasi qog'ozda topshirilsa, bittasi kompyuterda topshiriladi. Boshqa farqi yo'q. Ikkisi ham test markazida, qa'tiy nazorat ostida topshiriladi. Imtiyozda ham hech qanday farq qilmaydi.
Vazirliklarning ustama to'lash yoki oliy o'quv yurtlariga qabul bo'yicha nizomlarning biror yerida Paper based bo'lishi kerakligi yohud Computer based bo'lmasligi kerakligi belgilab berilmagan. Shu sabab hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart deb hisoblayman.
Lekin IELTS ning yana bir turi mavjud bo'lib IELTS online deyiladi. Bu imtihon uyda turib, internetga ulangan kompyuter bilan topshiriladi. Sertifikatga ham IELTS online deb yozilgan bo'ladi. Bu sertifikat ustama uchun ham, oliy o'quv yurtlariga kirish uchun ham, va boshqa imtiyozlar uchun ham qabul qilinmaydi. Vazirliklarning qo'shma qarorlarida imtihon markazlariga tashrif buyurmasdan, online topshirib olingan sertifikatlar tan olinmasligi belgilab qo'yilgan.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 29 maydagi 170-sonli buyrug‘i.

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida


🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Mashnaqa firibgarlarni qarmoqlariga ilinib yurmelara. Juda o'qituvchilarning muhokama guruhlarga g'imirlab qolishdi. Yaqindayam bittasini chiqarib tashlagan edim. Pulizni oladi, sizni blokka solib qo'yadi. Gaplari qulog'izga qancha yoqimli tuyulsa ham, darrovda murojaat qilib olmang!
Premium ovolganiga o'laymi buni 😁
Pasportlari, rasm va boshqa ma'lumotlarini tashlasa ham ishonmang. Nomeri ham O'zbekistonnikini qo'yib olib, ochiq qilib qo'yganiga ham ishonib qolmang. Hozir Telegram uchun istalgan davlatni nomerini arzimagan pulga sotib olishi mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Xususiydan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi. Har yili 15-iyul – 5-avgust oralig‘ida o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar topshiriladi.

Arizalar my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, transkript yoki zachotka faylini (pdf/jpg formatda) yuklashingiz kerak bo‘ladi.

15–20-avgust kunlari maxsus test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Natijalarga ko‘ra ko‘chirish masalasi hal qilinadi.

O‘qishni qanday holatlarda ko‘chirish mumkin?

- Mos yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha – test topshirasiz, sinov natijasiga qarab qaror qabul qilinadi.

- Noturdosh yo‘nalishlar bo‘yicha – sinovsiz, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishingiz davom ettiriladi.

Eslatma: Xususiy yoki xorijiy universitetdan davlat OTMga o‘tayotganda rasmiy hujjatlar tayyor bo‘lishi, to‘lov va shartlarga diqqat qaratilishi lozim.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Shu xabar rostmi deb ko'pchilik tashlashyapti.
Bu taxminimcha bitta odamning shunchaki taklifi xolos mana shunday qilsakchi degan. Hech qanday qonuniy asosga ega emas!
Qarorning hech qayerida, TKT Module 1 dan Band 2 si bo'lsa ishda qolaveradi deb belgilab qo'yilmagan. Aksincha VM da aniq-tiniq qilib kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo'lishi shart deb belgilab qo'yilgan. Bu narsani ijrosi vazirlik darajasida kechiktirilmasa, maktab dirketorlari qila oladigan ish emas bu. Shu sabab, murojaat qilganda ham maktab drektorlariga emas, vazirlikka murojaat qilish to'g'riroq bo'lar edi.
Hozirda sertifikat talabi kuchda, bu bo'yicha biror yangilik bo'lsa kanalda e'lon qilinadi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Direktor jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritish uchun ishlar 1-iyul sanasigacha qabul qilinadi

Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar olishi mumkin.
Buning uchun ular ro'yxatda berilgan faoliyatlarni amalga oshirganiga qarab bal oladi. Va o'sha ballar ma'lum miqdorga yetganda, u xodimga keyingi o'quv yilidan tegishli foizda ustama tayinlanadi.

👩🏻‍🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.

Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

👉 Pedagog xodimlarining faoliyatini BAHOLASH MEZONLARI 👉 BU YERDA

Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bu yil sertifikat olmagan xorijiy tillar o'qituvchilariga imkoniyat berilmaydiganga o'xshaydi...

Guruhga kelgan ushbu xabar Andijon viloyat MMTB ga tegishli ekanligi aytilmoqda. Bunga ko'ra, sertifikatga ega bo'lmagan xorijiy tillar o'qituvchilari o'rnini qoplash uchun tillar institutiga borib bitiruvchilar va kelasi yilda bitiradigan sertifikati bor talabalarni jalb qilish bo'yicha ko'rsatma berilgan.
Pastidagi jadvalda esa Andijon viloyati tumanlar kesimida sertifikatga ega va sertifikatsiz o'qituvchilarning soni haqida ma'lumot keltirilgan.
Agar bu yil qaror ijrosi yana surilmasa, ko'p sertifikatsiz ustozlarni sinovli kunlar kutib turibdi. Vaqt borida shunday ustozlarga B2 sertifikat olib qo'yish tavsiya etiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Maktab o'qituvchisi qanday talablarga mos bo'lishi kerak?

MMTVning 2025 yil 16 maydagi «Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash haqida» 159-sonli buyrug'ida Umumiy oʻrta taʻlim maktabi, ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʻlim maktablari (maktab-internati) oʻqituvchilari uchun lavozim malaka tavsifari belgilangan.
Belgilangan talablar bilan batafsil rasmda tanishishingiz mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Hammasini birma-bir ketiga tiqishyapti degan rasm...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Sertifikat darajasini "ko'tarib" beradigan firibgarlar

Oldin bu haqida post qilgan edim. Oxirgi paytlar sertifikatga bo'layotgan talab oshgani sabab, yana shunday firibgarlar qimirlab qolishibdi.
Guruhlarda, kanallarda yoki lichkangizga yozib sertifikatingiz B1 bo'lsa B2, B2 bo'lsa C1 ga ko'tarib beramiz deyishadi.
Sizga ishlaridan namunalar ko'rsatishadi. Namunalarni ko'rsangiz rostanam sizga birinchi B2 sertifikat yubolrishadi, shuni biz C1 qilganmiz istasangiz tekshirib ko'ring deyishadi. Siz kodni skaner qilasiz, rostdanam C1 chiqadi. Lekin sizni hayolizga ham kelmaydiki, u C1 sertifikat aslida original. B2 yasalgan bo'ladi. Ular sizga aksini ko'rsatishadi. Ular sizga sertifikatizni yuborib bizga 1 million to'lov qilasiz, yarmini oldindan yarmini ish bitgandan keyin to'laysiz deyishadi. Tabiiyki bu so'zlar sizni hotirjam qiladi. Yarim to'lovini to'lashga oshiqasiz. Keyin ular yarim pulizni olib sizni bloklab qo'yishadi!
Ogoh bo'ling! Hech kim, absolyutno hech kim sizga balizni o'zgartirib berolmaydi. Buni faqat o'zingiz, o'z ustizda ishlab, qayta imtihon topshirib qilishiz mumkin! Yaqinlarizni ogohlantirib qo'ying!

P.S.: Keyin yana bir gap o'rtoqlar! O'quvchilariz yoki o'zizni sertifikatlarizni ijtimoiy tarmoqlarga shundayligicha qo'yib tashlamang! Ism, familiya, sertifikat raqami, rasm va QR kodni bir qismini berkitib qo'ying, juda qo'ygingiz kelsa! Bo'lmasam firibgarlar bundan foydalanadi. Sizni sertifikatizni olib boshqalarga biz yasab berganmiz deb namuna sifatida ko'rsatishadi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Aptis imtihoni qaytadimi?

Xabaringiz bor, Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylangan edi.
Ushbu ro'yxatdan aptis sertifikati ham o'rin olgan. Ushbu loyiha taxminan 29-iyul sanasida tasdiqlanadi. Agar loyiha shu ko'rinishda tasdiqlansa, Aptis sertifikati tan olinadi va bir qator imtiyozlarni taqdim etadi.
Aptis bo'yicha eng so'nggi yangiliklarni, tayyorlanish uchun test materiallarini muntazam berib borish uchun @aptis_info kanali faoliyatini tikladik.

Ushbu kanalda siz Aptis bo'yicha eng dolzarb savollarga javob topishingiz mumikin.

Aptis qanday imtihon?

Aptis qanday imtiyozlar berishi kutilmoqda?

Aptis imtihonining tarkibiy qismlari

Tayyorgarlik materiallari:
👉 Grammar & Vocabulary MOCK
👉 Listening MOCK
👉 Reading MOCK
👉 Writing MOCK
👉 Speaking MOCK

Ha aytgancha, bugun kechki payt soat 21:00 da Aptis Info kanalida Aptis bo'yicha jonli muloqot va DEMO dars tashkil qilinmoqda!

👉 @aptis_info

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ 2024 yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun maksimal ball beriladi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazilrigining 2025-yil 11-iyunda 03-32-1540-son buyrug'iga asosan 2024-yilda malaka oshirish sertifikatiga ega bo'lgan pedagoglarga direktor fondi ustamasi uchun 10 ballgacha baholash tavsiya etilmoqda.
Mazkur baholash mezoni jadvalining izoh qismida 7-pozitsiyaga izoh berilgan bo‘lib, bunda agarda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball berilishi qat’iy belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq yangi tartib joriy etilgan bo‘lib, bunga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari besh yilda bir marotaba (eski tartibga ko‘ra bu ikki yilda bir marotaba) majburiy malaka oshirish kurslariga jalb etilishi hamda har yili tashkilot xodimlarining o‘rtacha 20 foizi malaka oshirishi lozimligi belgilab berilgan.

2024-yilda malaka oshirish kursidan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarning keyingi majburiy malaka oshirish navbati kelgunga qadar sertifikati o‘z kuchida qolishini inobatga olib, ushbu pedagoglarga yuqorida qayd etilgan baholash mezonining 7-pozitsiyasi izoh qismida belgilangan tartib bo‘yicha maksimal ball berilishi maqsadga muvofiq deyiladi vazirlik ko'rsatmasida.

☝️ 2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikat o‘z kuchida bo‘ladi, belgilangan vaqtda o‘quv kursiga bormagan, shuningdek, uzrli sabablarisiz qatnashmagan hamda belgilangan namunadagi sertifikatni olmagan holatlar bundan mustasno.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…
Subscribe to a channel