uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

71285

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

🏀"Bir koptokchaning hikoyasi" o‘yini

Maqsad:

Mazkur o‘yin bolaning tasavvurini faollashtirish, ichki his-tuyg‘ularini anglash va tahlil qilishga o‘rgatish, shuningdek, ruhiy yengilikni his qilish (relaksatsiya) ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi.

O‘yin tartibi:

Boladan yorqin rangli sharchani puflab shishirishini so‘rang.

Shu sharcha asosida kichik bir hikoya o‘ylab toping. Hikoyaning mazmuni shundaki, sharcha turli kuchli hissiyotlarga to‘la bo‘lishi kerak.

Masalan:

➖ Sharcha yashil bo‘lgani uchun o‘zini yolg‘iz his qiladi. Chunki uning do‘stlari hammasi qizil rangda;

➖ Yaqinlashib kelayotgan bayramdan qo‘rqmoqda, uni bolalar yorib yuborishidan xavotirda;

➖ Kecha kechqurun sharcha qayerda yurganini onasiga yolg‘on gapirganidan afsusda va o‘zini juda aybdor his qilmoqda.

Sharchaning ichidagi bu to‘plangan his-tuyg‘ular portlab ketmasligi uchun unga yordam kerak.

Bola sharchani sekin-asta bo‘shatsin va shu vaqt ichida unga yoqimli, quvvat beruvchi, qo‘llovchi so‘zlar aytsin.

E’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar:

🔹 Sharchani nafaqat kattalar, balki bola o‘zi puflashi va bo‘shatishi maqsadga muvofiq.

🔹 Agar bunga kuchi yetmasa, bu bosqichda unga yordam berishingiz mumkin.

O‘yin jarayonida boladan quyidagi savollarga javob berishini so‘rang:

➖ U ham sharchaga o‘xshagan holatlarni boshidan kechirganmi?

➖ Shunday paytlar bo‘lganmi, u ham o‘zini g‘amgin, qo‘rqoq yoki yolg‘iz his qilganmi?

Shu bilan birga hayajon, quvonch, faxr kabi ijobiy his-tuyg‘ularni ham tilga olish muhim.

Bu bolaning emotsional dunyosini har tomonlama tahlil qilishiga xizmat qiladi.

#emotsional_intellekt #bolalar #maktab

Kasbiy rivojlanishingizda, o'quvchilaringizning eng sevimli ustozi bo'lishingizda qo'l keladigan metodlar jamlangan kanalga obuna bo'lib, faoliyatingizda yana bir pog'ona yuksaling!

Kanalimiz: 👉 @didaktik_jurnal

Читать полностью…

School English Teachers

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 29 maydagi 170-sonli buyrug‘i.

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida


🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Xususiydan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi. Har yili 15-iyul – 5-avgust oralig‘ida o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar topshiriladi.

Arizalar my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, transkript yoki zachotka faylini (pdf/jpg formatda) yuklashingiz kerak bo‘ladi.

15–20-avgust kunlari maxsus test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Natijalarga ko‘ra ko‘chirish masalasi hal qilinadi.

O‘qishni qanday holatlarda ko‘chirish mumkin?

- Mos yoki turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha – test topshirasiz, sinov natijasiga qarab qaror qabul qilinadi.

- Noturdosh yo‘nalishlar bo‘yicha – sinovsiz, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishingiz davom ettiriladi.

Eslatma: Xususiy yoki xorijiy universitetdan davlat OTMga o‘tayotganda rasmiy hujjatlar tayyor bo‘lishi, to‘lov va shartlarga diqqat qaratilishi lozim.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Aptis bo'yicha WEBINAR. Biz boshlash arafasidamiz...

👉 /channel/aptis_info?livestream

Читать полностью…

School English Teachers

IELTS da ham cheating avj olyaptimi?

Ishonish qiyin lekin afsuski cheating IELTS atrofida ham kuzatilyapti. Edu-action jamoasi tayyorlagan videoda batafsil shu haqida so'z boradi.
Eng achinarlisi, shunday tadbirkolarning tegirmoniga o'zimiz suv quyamiz. Cheating, qing'irlik, harom yo'llar bizni unchalik ham tashvishga solmay qo'ygan. Aksincha, uddalashyapti qaddini ursin deb qarsak chalib turamiz.
Shu uddaburonlarni deb O'zbekistonda qancha imtihonlar to'xtatildi hozirgi kungacha.
Do'ppini boshdan olib, o'ylab ko'radigan vaqtlar keldi. Bizning asl maqsadimiz nima bir parcha qog'ozmi yoki haqiqiy ilm...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🆘June 25 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna

💵Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.


💦TKT kurs 25-iyundan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 350 Ming so'm

-350 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?

✍️TKTda barcha modullar boyicha mavzular 100% jonli tarzda o'tib berilishi
TKT Modul 1 test tahlili 
✍️TKT Modul 2 test tahlili
✍️TKT M3 test tahlili
✍️3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
✍️TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar

🔜Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 21:00 da

🪣Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ Demo lesson

Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks

👩‍🏫Darsni Kim olib boradi?
dars ➡️Sifatli va malakali ustoz Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna

🍏Kurs qabuli uchun @forcefr

🍏TKT imtihonlarga ro'yxatdan bepul va chegirmali o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr
🍏Erkin royxatdan o'tish uchun 🖇️ https://edu-action.uk/?pr=Onlayn_Ariza


📝 Shoshiling.❗️ Darslarimiz 25-iyundan boshlanadi

-TKTda ayni vaqtda qaysi darajadasiz?
Qiziq bo'lsa Mock yozuvi ustiga bosing
Parol ga forcefr deb yozing

Samarqand Innovative Centrga 780 Ming so'm bilan ro'yxatdan o'tish uchun @forcefr ga murojaat qiling
@tkt_info| Kerakli kitoblar| TKT nima?| @forcefr

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ 2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun — 20-iyun kuni soat 09:00 dan boshlanadi.

📹 Umumtaʼlim maktablariga 2025-2026 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA

💬 Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

💳 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Darvoqe Aptis sertifikatida ancha o'zgarishlar bo'lgan. Oldin Aptis for teachers va Aptis Advanced deb nomlanar edi. Hozirda Aptis ESOL for Teachers va Aptis ESOL Advanced ga o'zgargan. Imtihon shakli va narxlarida ham o'zgarish bo'lgan.
Aptis haqida to'liqroq ma'lumot berish uchun @aptis_info kanali faoliyatini tikladik. O'sha kanalda Aptis imtihoni bo'yicha eng so'nggi, va eng muhim ma'lumotlar berib boriladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirib berish bo'yicha pullik xizmat tashkil qilinishi mumkin

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi.
Qarorning 1-bob izoh qismiga quyidagicha qo'shimcha kiritilmoqda:
5) milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni haqiqiyligini tekshirish Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-oʻquv amaliy markazi tomonidan pullik xizmat koʻrsatish orqali amalga oshirilishi mumkin;
Ya'ni ushbu loyihaga ko'ra, qaysidir ta'lim tashkiloti o'z xodimining xalqaro yoki milliy sertifikatlaridan shubha qilsa, uni tekshirib berishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-oʻquv amaliy markaziga murojaat qilishi mumkin. So'rovga javoban markaz, QR kodli tekshiruv xulosasini taqdim etadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Loyihaga ko'ra endi qayta hisob-kitob (pereraschot) bo'lmasligi mumkin

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi.
Qaror matniga quyidagicha o'zgartirish kiritilmoqda:
- taʼlim tashkilotining ustama toʻlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan kundan boshlab ustama toʻlanadi;
- sertifikat olingan kun va taʼlim tashkilotining ustama toʻlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan kun oralagʻidagi muddat uchun ustama toʻlanmaydi va ushbu muddat ustama toʻlash davri (uch yil)dan ayirib tashlanadi.

Ya'ni oldin sertifikat ma'lum sabablarga ko'ra kechroq yetib kelgan bo'lsa, olingan sanasidan boshlab qayta hisob-kitob qilinishi mumkin edi. Endilikda maktab buyruq chiqargan kundan boshlab ustama hisoblanishi qarorda belgilab qo'yilmoqda. Masalan siz TKT sertifikatingizga date of award 5-sentyabr yozilgan. Lekin qo'lingizga 10-oktyabrda yetib keldi. Siz 15-oktyabrda maktabga topshirsangiz, buyruq shu sanadan chiqariladigan bo'lsa. sizga 15-oktyabrdan ustama hisoblash boshlanadi. Sentyabr oyi va oktyabr oyining yarmi uchun qayta hisob-kitob qilib berilmaydi.

👉 Loyiha matniga fikr bildirish

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ Kelayotgan o'quv yili uchun B2 sertifikat talabi yana bir yilga surilmagan

O'tgan yili 31-iyul sanasida vazirlik tomonidan 2ta xat chiqarilgan. U xatning asosiy mazmuni Vazirlar Mahkamasining qarori bo'yicha 2024-2025-o'quv yilidan xorijiy til o'qituvchilarida B2 sertifikat bo'lishi shart edi. Shuni bir yil ortga surish haqida edi. Birinchi xatda vazirlik sanalarda adashib ketib 2024-2025 o'quv yili o'rniga 2025-2026 o'quv yili deb yuborgan. Va shu kunni o'zida ushbu xatni bekor qilib, qaytadan to'g'risini chiqargan. Tarmoqlarda kimlardir eski xatni tarqatib, hammani hotirjam qilib qo'yyapti.
Avgust kelganda bu xat bekor bo'lganini bilib, ancha murakkab ahvolda qolishingiz mumkin. Shu sabab hotirjamlikka berilmasdan, avgustgacha B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

TKT Band 2 ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladimi?

Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 1-bobida sertifikatlarning muvofiqlik darajalari belgilab berilgan. U yerda 6ta (MMTV ga tegishli 5ta) sertifikatning darajalari ko'rsatib o'tilgan.
Bilamizki TKT (TESOL/TEFL) daraja beruvchi sertifikatlar emas. Ushbu qarorda ham ushbu sertifikatlarning qaysi turi yoki natijasi CEFR shkalasi bo'yicha qaysi darajaga to'g'ri kelishi belgilab berilmagan. Shu sabab TKT Band 2 B2 ga teng deb aytolmaymiz.
Faqatgina 3-bobda tegishli natijadagi sertifikat B2 sertifikat bilan birga ustama uchun tan olinishi belgilab qo'yilgan.

TKT barcha modullardan Band 3 bo'lsachi?
U ham amaldagi qonunchilikka ko'ra ishda qolish talabi uchun asos bo'lmaydi. Faqatgina o'sha qaror amal qilish muddati boshlangunga qadar (29.07.2024) olingan TKT band 3 sertifikatlari bundan mustasno. Asos: 👉/channel/uzteachers/17559

Ishda qolish talabini bajarish uchun alohida eng kamida B2 sertifikat olib qo'yishingiz tavsiya etiladi.

👉 Ishga kirish/ishda qolish uchun sertifikatlar

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️“Garvardchilar maktabi”ga saralash imtihoni savollaridan namunalar e'lon qilindi

📝Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati uchun o'tkaziladigan saralash imtohonida ingliz tili fanidan olinadigan savollardan namunalar.

📖Bunda siz 3 ta darajadagi savol namunalarini ishlashingiz va saralash imtihoniga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

✅ Maktabda o'qishga ariza topshirish 25 iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

“Xalq nazorati“ elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi

Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o'zini oqlagan «Xalq nazorati» elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi

Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o'zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi
Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko'rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.
Masalaning yechimi ham fotosurat bilan tasdiqlanadi. Ularning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab boriladi.
Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi bo'ladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

"Dolzarb 90 kun" tadbiriga ta'tilga chiqqan pedagoglar jalb qilinmaydi - vazirlik

Joriy yilning 27-may kuni xalqtaliminfo.uz saytida “Endi o‘qituvchilar yozgi ta’tilda ham ishlaydimi?” nomli maqola e'lon qilgan edi. Keyinroq esa vazirlikka tahririyat tomonidan so’rov xati ham yuborilgan edi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holat yuzasidan xalqtaliminfo.uz so’roviga javoban batafsil tushuntirish berdi.

Unda ta’kidlanishicha, ushbu tadbirlar uchun faqatgina ta’lim muassasasining binosidan foydalaniladi xolos. Yozgi ta’til vaqtida esa hech bir pedagogning mehnat huquqlari buzilmaydi.

Aslida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari ta'tildagi pedagoglar tomonidan emas, mahalladagi yoshlar yetakchilari hamkorligida amalga oshirilishi belgilangan.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1219

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Nega faqat ingliz tili o'qituvchilari?

Sertifikat talabi haqida gap ketsa, juda ko'pchilik shu kabi savollarni beradi:
Nega ingliz tili o'qituvchilariga yopishib olishgan? Nega faqat bizda tajriba qilishadi? Nega boshqa o'qituvchilardan talab qilinmaydi? Nega teng ko'rishmaydi?
Men ham undaylarga ko'pincha savol bilan javob berib kelaman.
Nega ingliz tili o'qituvchilari DTM ma'lumotnomaga 30 foiz, xaqlaro sertifikatga 50 foiz ustama jami 80 foiz ustama olayotganda, nega boshqa fan o'qituvchilariga yarim foiz ham ustama berilmaydi, hammaga teng bo'lsin deb o'shalar tenglik talab qilishmagan? Nega ingliz tili o'qituvchilari sertifikati bilan osongina attestatsiyadan o'tadi, boshqa o'qituvchilarda unday imkoniyat yo'q deyishmagan?
Gap o'zlarini boshqalardan ustunligi haqida ketganda hamma jim ediku! Nega endi shuncha imkoniyatga yarasha oddiy B2 so'ralganda diydiyo qilish kerak?
Sabr qilsangiz, boshqa fanlarga ham navbat keladi. Hammasi rejalashtirilgan. Faqat ingliz tilida bu narsani ertaroq bo'layotganini sababi, bu fanda imkoniyat katta. Masalan boshqa fanlardan ham sertifikat talab qilish uchun oldin imtihonlarini tashkil qilib qo'yish kerak. Tashkil qilganda ham, joy bilan vaqt bilan muammo bo'lmaydigan darajada bo'lishi kerak. Kim qachon istasa o'sha sertifikatga imtihon topshirib ololishi kerak. Bu esa vaqt talab qiladigan jarayon. Ingliz tili fanida esa unday muammo yoq. Istasa milliy sertifikat olishadi, istasa IELTS. istasa TOEFL. Xullas sertifikat turlari judayam ko'p.
Lekin boshqa fanlarda unday emas. Masalan kimyo, biologiya, ona tili yoki fizika fanidan imtihon topshirmoqchi bo'lgan o'iqtuvchi bir oyda bir martagina bo'ladigan BMB ga murojaat qilishga majbur.
Ularni ham imtihonlari yo'lga qo'yilib, ko'p o'qituvchilarni qamrab oladigan darajaga yetgandan keyin katta ehtimol bilan hammaga majburiy bo'ladi. Agar shu narsa sizga tinchlik bermay, halovatingizni olayotgan bo'lsa, bu tomondan hotirjam bo'lavering.
E'tibor berib kelaman 3 yildan beri shu mavzu tinmaydi. Har safar bir xil ishtirokchilar. Aynan hozirda "diplom bir tiyin bo'ldimi?" "Ko'ryapmiz sertifikati borlarni dars o'tishini", "zato bizda metodika zo'r", "vaqt bersa biz ham olardik" deyayotganlar 3 yil oldin ham huddi shu gaplarni yozganini guvohi bo'lasiz. Yana qancha vaqt berilishi kerak unda?
Olib qutulish kerak tamom! Hozirda 7 dan baland sinfga dars o'taman desangiz, metodikangiz, grammatikangiz kamlik qiladi. Shu sabab davlat ham bekorga B2 so'ramayapti.
Niyat jiddiy bo'lsa, harakat shunga yarasha bo'lsa olasiz shuni. 5-6 oy ta'limdan pauza qilib bo'lsa ham ovoling. Zamon o'zgaryapti. Dunyo globallashyapti. Sizni Arakindan olgan bilimlariz hozirgi zamon bollariga qiziq emas. Ularni aybi ham emas.
Shuning uchun do'stona maslahat: hammani yomon ko'raverishni bas qilib, shu talabni bajarib qo'ying. Bu narsa eng avvalo o'zizga yaxshi bo'ladi. Metodikangiz zo'r bo'lsa, yoniga 4ta skill ni ham qo'shib qo'ying bundan o'quvchilariz foyda ko'rsa ko'radi, hech kim zarar ko'rmaydi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Mashnaqa firibgarlarni qarmoqlariga ilinib yurmelara. Juda o'qituvchilarning muhokama guruhlarga g'imirlab qolishdi. Yaqindayam bittasini chiqarib tashlagan edim. Pulizni oladi, sizni blokka solib qo'yadi. Gaplari qulog'izga qancha yoqimli tuyulsa ham, darrovda murojaat qilib olmang!
Premium ovolganiga o'laymi buni 😁
Pasportlari, rasm va boshqa ma'lumotlarini tashlasa ham ishonmang. Nomeri ham O'zbekistonnikini qo'yib olib, ochiq qilib qo'yganiga ham ishonib qolmang. Hozir Telegram uchun istalgan davlatni nomerini arzimagan pulga sotib olishi mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ Ertaga OTM ga arizalar qabulining so'nggi kuni!

📌Ertaga qabulning oxirgi kuni bo’lgani uchun testga kirishda to’lanadigan to’lovni ham ertadan kechiktirmay qilish kerak.

To'lov ertaga 25-iyun kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Undan kechiksa abituriyent ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

📆Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 187 ming 500 so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni belgilangan muddatga qadar bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

Imkon qadar to’lovni ham oxirgi daqiqalarga qoldirmang. Serverga yuklama ortishi munosabati bilan tizim ishlamay qolishi mumkin va bu sizga kutilmagan muammolarni yuzaga keltiradi.

💬Quyidagilar testga kirish uchun to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;

— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;

— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;

— nogironligi bor shaxslar;

— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;

— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.


🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Inson shu darajada ham sodda bo'ladimi?
Firibgarlar tilla baliq ushlab olishibdiku 😂
Barchangizga ushbu videodagi holat saboq bo'lsin! Hech qachon bunday oson ish ortidan quvmang. Vaqtida to'xtatishni, tanqidiy fikrlashni ham biling!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Aptis imtihoni qaytadimi?

Xabaringiz bor, Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylangan edi.
Ushbu ro'yxatdan aptis sertifikati ham o'rin olgan. Ushbu loyiha taxminan 29-iyul sanasida tasdiqlanadi. Agar loyiha shu ko'rinishda tasdiqlansa, Aptis sertifikati tan olinadi va bir qator imtiyozlarni taqdim etadi.
Aptis bo'yicha eng so'nggi yangiliklarni, tayyorlanish uchun test materiallarini muntazam berib borish uchun @aptis_info kanali faoliyatini tikladik.

Ushbu kanalda siz Aptis bo'yicha eng dolzarb savollarga javob topishingiz mumikin.

Aptis qanday imtihon?

Aptis qanday imtiyozlar berishi kutilmoqda?

Aptis imtihonining tarkibiy qismlari

Tayyorgarlik materiallari:
👉 Grammar & Vocabulary MOCK
👉 Listening MOCK
👉 Reading MOCK
👉 Writing MOCK
👉 Speaking MOCK

Ha aytgancha, bugun kechki payt soat 21:00 da Aptis Info kanalida Aptis bo'yicha jonli muloqot va DEMO dars tashkil qilinmoqda!

👉 @aptis_info

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ 2024 yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun maksimal ball beriladi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazilrigining 2025-yil 11-iyunda 03-32-1540-son buyrug'iga asosan 2024-yilda malaka oshirish sertifikatiga ega bo'lgan pedagoglarga direktor fondi ustamasi uchun 10 ballgacha baholash tavsiya etilmoqda.
Mazkur baholash mezoni jadvalining izoh qismida 7-pozitsiyaga izoh berilgan bo‘lib, bunda agarda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball berilishi qat’iy belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq yangi tartib joriy etilgan bo‘lib, bunga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari besh yilda bir marotaba (eski tartibga ko‘ra bu ikki yilda bir marotaba) majburiy malaka oshirish kurslariga jalb etilishi hamda har yili tashkilot xodimlarining o‘rtacha 20 foizi malaka oshirishi lozimligi belgilab berilgan.

2024-yilda malaka oshirish kursidan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarning keyingi majburiy malaka oshirish navbati kelgunga qadar sertifikati o‘z kuchida qolishini inobatga olib, ushbu pedagoglarga yuqorida qayd etilgan baholash mezonining 7-pozitsiyasi izoh qismida belgilangan tartib bo‘yicha maksimal ball berilishi maqsadga muvofiq deyiladi vazirlik ko'rsatmasida.

☝️ 2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikat o‘z kuchida bo‘ladi, belgilangan vaqtda o‘quv kursiga bormagan, shuningdek, uzrli sabablarisiz qatnashmagan hamda belgilangan namunadagi sertifikatni olmagan holatlar bundan mustasno.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️Nukusda ta'lim sohasida poraxo'rlik fosh etildi

Nukus shahridagi umumta'lim maktabi o'qituvchisi, direktor o'rinbosarining ko'rsatmasi bilan, kasbiy attestasiyadan o'tkazib berish evaziga hamkasbidan 1000 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Tergov davomida direktor o'rinbosari 100 nafardan ziyod o'qituvchidan 1000–1500 dollar miqdorida pul yig'gani, Pedagoglarni baholash bo'limi bosh metodisti esa 10 450 dollarni ixtiyoriy topshirgani aniqlandi.

📱 Test jarayonida telefondan foydalanishga ruxsat bergan Milliy gvardiya xodimi ham tergovga jalb qilindi.

Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan ish qo'zg'atildi. Tergov ishlari davom etmoqda.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Aptis qaytmoqda...

Ushbu loyiha tasdiqlansa, Aptis sertifikati yana tan olinish boshlanadi. Bu ustozlar uchun yaxshi xabar.
Sababi boshqa sertifikatlarga qaraganda Aptis olish birmuncha osonroq, narxi ancha arzonroq, va deyarli barcha viloyatlarda tashkil qilinadi. Undan tashqari sertifikati ham 3 yil amal qiladi.
Faqat ushbu sertifikat atrofida bo'lgan voqealar barcha uchun saboq bo'lishi kerak. O'sha javoblar tarqab, shpargalkalar tuzganlar begonalar emas edi. Har bir tushadigan savollarni bosh harfiga sher tuzib, yodlatganlar ham boshqa davlat fuqarolari emas edi. Shu o'zimiznikilar... Bir-ikki so'm pul ilinjida ta'lim sifatiga tupurib qo'ygan holda qilishdi.
Natijada ho'lu-quruq barobar yondi. Ozroq tayyorlanib 700 mingga Aptis olishi mumkin bo'lgan boshqa vijdonli ustoz 2 millionga IELTS, yoki 2,5 millionga TKT imtihoniga topshirishga majbur bo'ldi. U sertifikatlarni kelishini qancha kutishiga to'g'ri keldi. O'sha 1,5 millionlab tafovutni o'ziga yoki oilasiga sarflashi ham mumkin edi.
TOEFL ITP bilan ham huddi shunday bo'ldi. Aptisdan keyin eng arzon sertifikat shu qolgan edi. Buni ham darrov cheaterlar tagiga suv quyishdi. TKT ni ham bir muddat to'xtab qolishiga, qaror loyihasidan chiqarib yuborishlariga sabab boldi.
Aslida qanday yengillik bo'lsa, mavjud imkoniyatdan to'g'ri foydalanish o'rniga nafsimiz yo'lida hammasini yo'qqa chiqaryapmiz. Boshqalarni imkoniyatdan mahrum qilyapmiz.
Aptis qaytganidan hursandman. Chunki ushbu imtihon endi kirib kelganda ommalashtirish uchun, auditoriyaga tanishtirish uchun ozmuncha mehnat qilmaganman. Eng boshida hech kimda bu haqida ma'lumot yo'qligida, idoralarga bog'lanib ma'lumot yiqqanman. Universitetda ushbu imtihonni birinchi marta topshirgan bitiruvchilar bilan suhbatlashganman. Eng birinchi mocklarni ham o'zim taqdim qilganman.
Endi o'ylaymanki, Aptis tashkilotchilariga ham yetarli saboq bo'ldi. Savollar bazasi va imtihoni sifati ustida tinimsiz ishlashadi deb umid qilaman. Siz ustozlarga ham iltimosim, ushbu imtihonni yana cheating o'chog'iga aylantirib olmang! Imkoniyatdan to'g'ri foydalaning. O'zingizdan boshqalarni ham o'ylang! Hali bu imtihon ustozlarga ko'p marotaba kerak bo'ladi...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Davlat bog'chasida ishlaydigan xorijiy til oʻqituvchilari uchun ham ustama to'lanishi mumkin

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida loyiha matni regulation.gov.uz muhokamalar portaliga joylandi.
Qarorning 1-bob 7-bandiga quyidagicha qo'shimcha kiritilmoqda:

7) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xorijiy til oʻqituvchilari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda 1-bobda keltirilgan talablar asosida oʻquv faniga mos sertifikatlarni taqdim etganda qoʻshimcha ustama haqi toʻlab beriladi.

👉 Loyiha matniga fikr bildirish

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi

Loyihaga ko'ra, TOEFL ITP sertifikati qaror ro'yxatidan chiqarib tashlangan.
Ro'yxatga Linguaskill va Aptis ESOL for Teachers sertifikatlari qayta qo'shilgan.
Unndan tashqari iTEP Academic Plus sertifikati ham aynan MMTV ga tegishli qismida ro'yxatga q'shilgan.
Cambridge English Assessment sertifikatlari yangi nom bilan Cambridge English Qualifications (CEQs) deb qayta kiritilgan.
Ushbu muhokamada siz ham ishtirok etishingiz, taklif etilgan har bir band bo'yicha o'z fikringizni bildirishingiz mumkin. Yakunda bildirilgan fikrlarga qarab, qaror loyihasi davlat idoralariga ko'rib chiqish uchun yuboriladi.

Muhokama 03.07.2025 sanagacha davom etadi.

👉 Loyiha matni va yangi ro‘yxatni ko‘rish

☝️ Ushbu qaror matni hali loyiha bo'lib, hali rasman tasdiqlanmangan! Qaror rasman imzolangunga qadar u yoki bu o'zgartirishlar kiritilishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📚 Ingliz tili o'qituvchilari uchun eng kerakli kitoblar to'plami!

Guess what va Prepare ning

Student's book,
Workbook
Teacher's book

kitoblarini eng arzon narxlarda chiqarib, butun O'zbekistyon bo'ylab yetkazib berish xizmatini yo'lga qo'ydik.
Talabingizga binoan A4, A5 o'lchamlarda chiqarib yetkazib beriladi.

Teacher's book (ichidan Student's book chiqarib yuborilgan)
Guess what, Prepare - 15 ming so'mdan boshlab sinflar kesimida narxlar farqlanadi
Teacher's book (to'liq, ichida SB ham bor) - 30 ming so'mdan boshlab

A4 o'lchamdagi kitoblar A5 dan ikki barobar narxi balandroq bo'ladi.

Barcha kitoblar rangli, sifatli chiqarilgan va yelimlangan yoki steplerlangan holda bo'ladi. Muqovasi silliq qog'oz

🤝 O'quv markazlari va repetitorlarga istalgan kitoblarini chiqarib beramiz!

🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud! (BTS, EMU, Uzpost orqali)
Yetkazib berish to'lovi alohida.

Buyurtma berish uchun 👉 @bsb_admin ga yozing!

Kanalimiz: @bsb_nazorat_ishlari

Читать полностью…

School English Teachers

70 foizlik ustamani qolga kiritsam toifalar o'rtasidagi farqning 70 foizi to'lanadimi?

Prеzidеnt farmoni (PF-79-son, 26.05.2023) ga ko'ra 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini bеrish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkrеditasiyasidan o'tkazish orqali pеdagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sеrtifikatini bеrish amaliyoti yo'lga qo'yilishi belgilangan edi.

Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida kerakli natijani qo'lga kiritgan pedagoglar tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foizlik ustama olishlari belgilangan.

Vazirlik mas'ullariga ko'ra tizim xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazilgan va yangi o'quv yilidan boshlab 70 foizlik ustama to'lanishi boshlanadi.

Ba'zilar toifalar o'rtasidagi farq deb tushunib olib, shunday gap tarqatib yuribdi. Masalan oliy toifa bilan birinchi toifa ish haqi o'rtasida 489 ming so'm farq bor. Shuni 70 foizi 342 ming so'm bo'ladi. Shu to'lanadi deyishyapti.
❗️ Bu mutlaqo assossiz! Masalan, Oliy toifa bo'lsangiz va 1 stavka darsingiz bo'lsa, soliqlarsiz 5 142 053 soʻm ish haqi yoziladi. Shuni 70 foizi ya'ni 3 599 432 so'm qo'shimcha haq olasiz.

Ushbu maqola siz uchun foydali bo'lgan bo'lsa, 👍 bosib qo'ying, va tanishlaringizga ulashib qo'ying!

🔥 70 foizlik ustamaga TOIFA UP! kursi orqali tayyorlaning!

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!

Читать полностью…

School English Teachers

Ta'til puli qachon beriladi?

ASSALOMU ALAYKUM! MEN 01.06 2025 DAN TA'TILGA  CHIQQANMAN. TA'TIL PULIMNI  KECHIKTIRIB BERILDI  VA KAM HISOBLASHGAN. ARIZA BILAN MAKTAB RAXBARIGA  MUROJAT QILSAM ARIZAMGA QO'L QO'YMAYAPTILAR. NIMA QILISHIMNI MASLAHAT BERSANGIZ.

YURIST JAVOBI:

Mehnat kodeksining 233-moddasi uchinchi qismida har yilgi mehnat ta'tili vaqti uchun haq to'lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta'til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

❗️SHunga ko'ra ta'til puli ta'tilgan chiqishingizdan oldingi kunda tashlab berlishi kerak.

✅ Bu
holatda siz kechiktirilgan har bir kun uchun kompensasiya olishingiz mumkin. Ushbu kodeks 333-moddasiga ko'ra Ish beruvchi ish haqini, ta'til to'lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to'lovlarni va (yoki) xodimga to'lanishi lozim bo'lgan boshqa to'lovlarni to'lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to'lov muddatidan keyingi kundan e'tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o'z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o'sha vaqtda amalda bo'lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda pulli kompensasiya bilan birga to'lashi shart.

💁‍♂ Bunda xodimga to'lanishi lozim bo'lgan pulli kompensasiyaning miqdori O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o'n foizi miqdorida belgilanadi.

➡️ Ta'til pulini kam hisoblash
masalasiga kelsak, biz buxgalter emasmiz, shu sababli bu pullarni hisoblab bera olmaymiz. Biroq quyidagicha tushuntirish berishimiz mumkin:

Qarang! Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat ta'tilida bo'lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o'rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.

Bunda o'rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o'n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o'n ikki oydan kam ishlagan bo'lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).

☝️SHu qoidaga ko'ra xodimn
ing o'rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo'lsa, uning ta'tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha to'lovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo'shilgan holda 12ga bo'linadi.

Demak, sizdagi vaziyatda ham jami ishlagan oylaringizdagi ish haqi va boshqa to'lovlar qo'shilib 12ga bo'linadi.

❗️Ushbu masalada siz tuman adliya bo'limiga murojaat qilishingiz lozim.
Manba

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ "Keyingi o'quv yilida darsliklar ijarasi bepul bo'ladi" – Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma'lum qilishicha, 2025-2026-o'quv yilida ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo'shimcha to'lov undirish rejalashtirilmagan.

Vazirlik bayonotida ma'lum qilinishicha, 2024 yilda maktab o'quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat byudjetidan jami 1,5 trln so'm ajratilgan.

Ushbu mablag'lardan 435,5 mlrd so'mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1 yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo'naltirilgan.

2025 yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so'm mablag'larni to'liq Davlat byudjetidan qoplash ko'zda tutilgan.


"Ijtimoiy tarmoqlardagi faol foydalanuvchilar tomonidan chop etilgan postlarda Byudjet loyihasida Kitob jamg'armasi xarajat va daromadlari ko'rsatilmaganiga e'tibor qaratilgan. Qayd etish joizki, Kitob jamg'armasi faoliyati to'xtatilgan va yangi jamg'arma tashkil qilinmagani sababli loyihada bu bo'yicha ma'lumotlar aks ettirilmagan.

2025 yil uchun Davlat byudjeti doirasida ko'zda tutilgan mablag'lar yangi o'quv yilida o'quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta'minlash bo'yicha ehtiyojni to'liq qoplash imkonini beradi", – deyiladi vazirlik bayonotida.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Endi OTM professor va o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarga 400 foizgacha ustama belgilash mumkin

Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori bilan 26.08.2020 dagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomi quyidagi band bilan to‘ldirishdi:

“Bunda boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan belgilanadigan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Zarur hollarda oliy ta’lim muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan belgilanadigan ustamalarning eng yuqori miqdori oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanishi mumkin”.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…
Subscribe to a channel