Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
2024-2025-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili fanidan yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallar
👉 Listening audiosi 👉 BU YERDA
👉 Speaking savollari 👉 BU YERDA
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📢 At "Profi University" in Tashkent, seats for the June 14 entrance exam are filling up ahead of schedule!
📅 Registration will close on June 6 at 6:00 PM!
❗️Some programs may close even earlier if their quotas are filled before the registration deadline.
📌 If you haven’t registered yet — act now, before it’s too late!
🔗 Register here: profiuniversity.uz
⚡️ BUGUN DARSLARIMIZGA CHEGIRMADA YOZILISHGA ULGURIB QOLING!
Biz bahorgi attestatsiyada tushgan savollarni sinchiklab o'rganib chiqdik!
Barcha savol turlarini ko'rib chiqdik. Asosiy ikkilatiradigan, sizdan eng muhim balni olib qo'yishi mumkin bo'lgan mavzularni payqadik!
Barcha tushgan savol turlari bo'yicha eng kerakli mavzularni, keyinchalik ham tushishi mumkin bo'lgan eng nozik nuqtalarini dasturimizga jamlab kiritdik.
Endi sizdan faqat biz bergan yo'nalish bo'yicha yurish, va yoz ichi o'z ustingizda ishlash talab qilinadi xolos.
Yangilangan 🔥 TOIFA UP! kursimizda biz sizlarni
✅ BARCHA TOIFALARGA
✅ 70 FOIZLI USTAMAGA
✅ VAZIR JAMG'ARMASI kabi imtihonlarga tayyorlaymiz!
Darslarni Oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, PhD 2-kurs talabasi 🎓 Zulhumor Samatova olib boradi!
Darslarimiz 13-IYUN sanasidan start oladi!
Davomiyligi 3 oy!
☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.
👉 DEMO DARSIMIZ
Bizda natijalar so'zlaydi!
⚡️ Rasman! Ertadan davlat oliygohlariga qabul boshlanadi!
Ertaga, 5-iyun sanasidan, davlat oliygohlariga bakalavr yo'nalishlariga abituriyentlar uchun qabul boshlanadi.
Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 5-iyundan 25-iyun sanasigacha bo‘lib o‘tadi.
🔖ESLATMA: ertadan boshlab faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi.
Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📣 Yakuniy imtihon sanasiga oʻzgartirish kiritildi
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi tegishli qarori bilan joriy yil 7-iyun — qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanganligi munosabati bilan:
➡️ 2025-yil 7-iyun kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun belgilangan tanlov fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi sanasi 2025-yil 12-iyunga koʻchirilganligini maʼlum qilamiz.
👉 Shu oʻrinda barcha 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari, ota-onalar va maktab jamoalaridan yangilangan imtihon sanasini inobatga olishlarini soʻraymiz.
©️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ 1-AVGUSTDAN TOIFALAR BO'YICHA PEDAGOG XODIMLAR OYLIGI QANCHANI TASHKIL QILADI?
Xabaringiz bor, Prezident farmoniga ko'ra, 1-avgustdan ish haqlari miqdori 10 foizga oshishi belgilandi. Unga ko'ra, avgust oyidan pedagoglar 1 stavka dars uchun toifalar bo'yicha quyidagicha oylik oladilar:
👉 Oliy toifa– 5 142 053 soʻm
Qo'lga tegishi: 4 522 477 soʻm
👉 Birinchi toifa – 4 653 151 soʻm
Qo'lga tegishi: 4 094 476 soʻm
👉 Ikkinchi toifa – 4 175 834 soʻm
Qo'lga tegishi: 3 674 734 soʻm
👉 Mutaxassis – 3 729 906 soʻm
Qo'lga tegishi: 3 282 317 soʻm
☝️ Agar sizda kasaba uyushmasiga a'zolik bo'lsa, qo'lga tegish summasidan 1.12 foiz kasaba uyushmasi badalini ayirib tashlash orqali hisoblanadi. Undan tashqari ushbu summaga turli ustamalar, sinf raxbarlik, daftar tekshirish va boshqa qo'shimcha to'lovlar qo'shilmagan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Tez kunda yangi guruhimizga start beramiz!
Darslarni oliy toifali, C1 sertifikat sohibasi, Doktorantura 2-kurs talabasi @Phd_Samatova olib boradi.
To'liqroq ma'lumot olish uchun @for_admission ga yozing!
Keyin yana bir gap o'rtoqlar, TOEFL ITP masalasida!
Ushbu imtihon o'tgan yili, rasman O'zbekistonda to'xtatib qo'yilgan. Sentyabrdan beri shu kungacha tashkillangani yo'q. Bilishimcha cheating sababli. Imtihondan oldin savollar tarqab ketgan. Shu sabab ETS ushbu imtihonlarni O'zbekistonda to'yxatgan. Ya'ni hech qaysi markaz rasmiy tarzda imtihon tashkil qilolmaydi. Men ETS ning O'zbekistondagi rasmiy hamkorlariga aloqaga chiqib, aniqlashtirdim. Shu kungacha rasmiy imtihonlar tashkil qilinmagan.
Ba'zilar Tailand yoki boshqa chet davlatdagi firmalar nomidan ushbu imtihonni O'zbekistonda tashkil qilib yuribdi ekan.
Ko'pchilik o'quv markaziga borib kompyuterda topshirgani uchun, ushbu firmalarni rasmiy O'zbekistonniki deb o'ylayapti.
Ertaga muammolaringiz ko'payib, pulingizga kuyib qolmasligingiz uchun bunday takliflarga ishonib qolmang!
Ba'zilar xattoki mening nomimni ishlatib, "Hasanboy TOEFL ITP ni imtihonlarini tiklash uchun vazirlikka chiqibdi, falon tashkilotga ariza qilibdi, yugurib-yuribdi ekan. Siz bemalol bizni kursda o'qiyvering yoki imtihon topshiravering. Ungacha hal bo'lib ketadi." degan gapni aytishmoqda ekan.
Ushbu imtihonning tiklanishiga hech qanday qarshiligim yoki moyilligim yo'q. Umuman hech qaysi sertifikatni chiqib ketishidan yoki ro'yxatga qo'shilishidan men manfaatdor emasman. Shu sabab bunday gap-so'zlarga ishonmang!
Qaysi sertifikatga o'qishni maslahat berasiz deganlar uchun yoz oylarida daraja beraidgan 3ta sertifikat olish mumkin.
Bular:
1️⃣ IELTS
2️⃣ TOEFL iBT (Home edition emas!)
3️⃣ CEQs (FCE, CAE)
Ushbu sertifikatlar hech qanday muammosiz ishda qolishga ham ustamaga ham yaraydi.
Ushbu sertifikatlar bo'yicha @ustamalar_uz kanalida barcha ma'lumotlar bor. Keyingi ro'yxat chiqqunicha boshqa sertifikatlarga chalg'imasligingizni maslahat beraman!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Tez kunda yangi guruhimizga start beramiz!
Darslarni oliy toifali ustoz, C1 sertifikat sohibasi, Doktorantura 2-kurs talabasi @Phd_Samatova olib boradi.
To'liqroq ma'lumot olish uchun @for_admission ga yozing!
2024-2025-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili fanidan yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallar
👉 Listening audiosi 👉 BU YERDA
👉 Speaking savollari 👉 BU YERDA
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🔥 TOIFA UP! - Yozda sizni bo'sh qo'ymaydi! - Yuksaltiradi!
Toifa va vazir ustamalariga tayyorlanayotganlar uchun tajribali pedagog, oliy toifali ustoz, PhD 2-kurs doktorant 👩🏻🏫 Zulhumor Samatovadan talablarga binoan yoz oylari uchun maxsus kurs!
Nima uchun biz bilan natijaga erishish osonroq?
✅ Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ga yaqin ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik
✅ Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar
✅ Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati
✅ Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar
✅ Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli
✅ Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩🎓 PhD talabasi olib boradi
Toifa UP kursimiz 📆 13-IYUN, JUMA kunidan start oladi.
Davomiyligi: 3 oy
Kursimiz INGLIZ TILI FANIDAN
GRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKA
Bizda natijalar so'zlaydi!
❓ Yaqinda olingan sertifikat ta'til puliga ta'sir qiladimi?
Savol: Assalomu alaykum! May oyi oxirida C1 sertifikat qo'lga kiritdim. Endi ta'til pulim (otpusknoy) 50 foiz ko'proq chiqadimi?
Javob: Oxirgi kunlarda eng ko'p so'ralayotgan savollardan biri shu bo'lyapti. Buni javobini bilishingizdan oldin siz ta'til puli qanday hisoblanishi bo'yicha tushunchaga ega bo'lishingiz kerak.
Ta'til puli bu sodda qilib aytganda - kopilka! Ya'ni siz bir oy davomida ishlasangiz, har ishlagan bir oyingiz uchun 4 kundan ish haqi nazarda tutiladi.
O'quv yili oxiriga kelib, sizga agar bir yil ishlagan bo'lsangiz jami 48 kun uchun, agar sentyabrdan ishga kirgan bo'lsangiz 36 kun uchun ta'til puli hisoblanadi.
Ushbu summani hisoblash uchun bir kunlik o'rtacha ish haqingizni aniqlab olish kerak bo'ladi. Bir kunlik ish haqingiz bir yilda olgan jami daromadlaringiz (oylik, ustamalar, daftar tekshirish, sinf rahbarlik va hokazo kabi to'lovlar) bir yildagi jami ish kunlariga bo'linib bir kunlik o'rtacha ish haqingiz anilqab olinadi. Va o'sha bir kunlik ish haqingiz ta'til kunlaringizga ko'paytiriladi (masalan 48 kunga) va siz oladigan ta'til puli kelib chiqadi.
Agar siz ishlash davomida qo'shimcha ustamalar olib yurgan bo'lsangiz, sizning o'rtacha hisoblangan ish haqingiz balandroq chiqadi va ta'til pulingiz ham aynan o'sha ustamalar ta'sirida balandroq bo'ladi.
Ustamani o'quv yili oxirida olgan bo'lsangiz, bu ta'til puliga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi.
Deylik Maygacha ustamasiz oylik olib faqatgina maydan 50 foiz ustama olgan bo'lsangiz, hamma oydagi daromadizni qo'shib chiqib 12ga bo'linsa, may oyida olgan daromadingiz umumiy summaga unchalik ta'sir o'tkaza olmaydi. Shu sababli, ta'til puli hisoblashda juda ham kam ahamiyatga ega bo'ladi.
Xulosa qilsak, ta'til puli umumiy olgan daromadlarizni o'rtachasidan hisoblanadi va qoshimcha olgan ustamalariz o'sha o'rtacha kunlik ish haqida aks etadi. Uni ustiga yana alohida ustama qo'shib hisoblanmaydi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Bazi fikrlarni o'qib shunday odamlar orasida qolib ketganmiz afsuski deb o'ylab qolaman. Ya'ni biror muammoni ko'rardingmi, sen aybdorsan! Sen shu muammoni ko'tarmaganingda hammasi yaxshi edi. Ayb senda endi sen deb biz yoki o'quvchilarimiz cheating qilisha olishmayapti deb iddao qilishadi.
Bir narsani biling azizlar! Baholash kimnidir kayfiyatiga qarab bo'lmasligi kerak. Mezon bo'yicha adolatli tashkil etilishi kerak!
Men bu haqida post qo'ysam, tushuntirmoqchi bo'lsam, har safar fikrlashi shunaqa odamlar tomonidan qarshilikka uchrayman.
Bir tomondan o'ylab qolaman, balkim rostdanam shunaqa adolatsizliklar tengidirsizlar. Chunki amal nariyoqda tursin, hech bo'lmasa fikr bildirishda adolat qila olmaysiz ko'pchiligingiz.
Shundaylarga aytadiganim. Battar bo'linglar... Sizlar adolat, to'g'rilik, shaffoflik degan narsalarga loyiq emassizlar. Bir kun o'sha adolatsizlik o'zizga nisbatan bo'lganda, nima ahvolga tushishizni ko'ramiz....
Nega shunday moliyaviy piramidalarga aslida jamiyatni birinchilardan ogohlantirib, qaytarishi kerak bo'lgan o'qituvchilar, ko'p hollarda o'zlari chuv tushib qolaverishadi?
Uslub eski, vazifa yangi: O'zbekistonda minglab odamlar navbatdagi moliyaviy piramida qurboni bo'ldi
O'zbekiston dunyo firibgarlarining cho'ntagini to'ldiradigan “kassa”ga aylanib qolmoqda: OMD nomli yangi moliyaviy piramida odamlarni “kitob o'qish orqali pul topish” bahonasida chuv tushirib, milliardlarni o'mardi. To'langan pullar turli shaxslar nomidagi bank plastik kartalariga P2P ko'rinishida o'tkazilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yugurayotgan firibgarlarni hamon yurib quvishda davom etmoqda.
👉 https://kun.uz/kr/20697224
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
"Akalar, prosta joy yo'q deb qo'yaveringlar!"
Mizabek Xolmedovning ushbu latifasini hamma eshitgan bo'lsa kerak. Oxirgi paytlarda vazirlikning pedagoglarga munosabati ushbu latifani esimga solib yuboryapti.
Apellatsiya bo'yicha shikoyat qilganlarga "shablon" javoblar berilib, birorta apellatsiya ijobiy hal qilinganini, birorta ustozga ball qo'shib berilgani haqida eshitmadik. Vaholanki o'tgan yili huddi shu vaqtda vazirlik juda ham ko'plab savollar xato tuzilganini tan olib, ko'pchilik ustozlarga ball qo'shib bergan edi. Bu yil vazirlik shu darajada kuchayib, bitta ham xatosiz savollar tuzib tashladimi desak, internet to'la xato savollar aylanib yuribdi. Ularni birortasini vazirlik jiddiy o'rganib chiqmagan. Ustozlarning esa huquqini tiklashini so'rab sudga murojaat qilishdan boshqa choralari qolmayapti.
Uzrli sabab bilan qolib ketgan ustozlarga ham huddi shunday munosabatda bo'linyapti. Ya'ni shu paytgacha aynan o'sha attestatsiya muddati davomida qo'shimcha kunga imtihon tashkillashtirib kelgan vazirlik, bu safar tarixda birinchi marta ushbu imtihonni keyingi attestatsiyaga qoldirib yuboryapti. Buni ortidan qanchadan qancha ustozlarga noqulaylik tug'dirilyapti. Qanchasi keyingi kuzda bo'ladigan attestatsiya imtihonini kutishga majbur bo'lyapti. Ba'zi ma'sullar esa, kuzda tashkillashtirib beramiz. Bu nizomga zid emas deb javob beryapti.
Nizomning o'sha bandini o'qib chiqsangiz, 10 yildan keyin tashkil qilib berilsa ham zid bo'lmaydi, sababi u yerda joriy atteststiya mavsumida tashkillashtirib beriladi degan jumla yo'q. Shunchaki keyinroq tashkillashtirib beriladi deyilgan xolos. Bundan ma'sullar ustamonlik bilan foydalanishmoqda.
So'z oxirida o'sha Mirzabek Xolmedov aytgan gap, joylar to'lgan bo'lsa, o'qituvchilar toifa va 70 foizlik ustama planini ortig'i bilan bajarib qo'yishgan bo'lsa, "Prosta joy yo'q!" deb qo'yaveringlar, shuncha ustozlarni umidvor qilmasdan!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🎓 Magistratura va doktoranturaga qaysi sertifikatlar tan olinadi?
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 3515-sonli qarori (29.05.2024) tasdiqlangan.
Unga ko'ra, quyidagi sertifikatlar ingliz tili yo'nalishi bo'yicha magistratura va doktorantura ta’lim yo‘nalishlari uchun talab etiladi:
1. Milliy sertifikat - C1
2. IELTS - 7.0
3. TOEFL IBT* - 95-113
4. TOEFL ITP - 620
5. CAE - 180-199
6. iTEP - C1
* Home edition bo'lmagan, rasmiy test markazida qat'iy nazorat ostida topshirilgan bo'lishi talab etiladi
👉 Bakalavr yo'nalishiga imtiyoz beradigan sertifikatlar
👉 Ingliz tili o'qituvchilariga ustama beradigan sertifikatlar
👉 Ishga kirish sertifikatlari
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Qaysi o'qish turiga qachon qabul bo'ladi?
— Bakalavr mutaxassisliklariga qabul (5-iyundan 25-iyunga qadar)
Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.
— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Oylikning yarmi kreditga ketmoqda
O'zbekistonliklar kredit yuki ostida.
📊2024 yilda aholining o'rtacha qarz yuki oylik daromadning 34% ni tashkil etdi.
Bankdan kredit olganlarning 40% qismi oylik daromadining yarmidan ko'pini qarz to'loviga sarflamoqda.
Ipoteka krediti borlarda qarz yuki – 65%, avtokredit borlarda esa – 61% ni tashkil etmoqda.
Bu ko'rsatkichlar moliyaviy barqarorlik va aholining qarzga bog'liqlik darajasi oshib borayotganini ko'rsatmoqda.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🔥 Do'konimizdagi eng xaridorgir mahsulotlar Qurbon Hayiti munosabati bilan KATTA CHEGIRMADA!
Monobloklar, noutbuklar, printer, va proyektorlar eng qulay narxlarda!
👮♂️ Kompuyuter va printer mahsulotlarimiz 24 OY servis KAFOLATIga ega!
🏃➡️ Shoshiling! Chegirmalarimiz 12-IYUN sanasigacha davom etadi!
🛡 Buyurtma berish uchun 🚀 @webadmin24 ga yozing yoki
📞 +998907500985 raqamiga bog'laning.
🚕 O'zbekiston bo'ylab tezkor (1-3 kunda) yetkazib berish xizmati bor.
🔎 Manzilimiz: Namangan viloyati, Norin tumani, Haqqulobod shahar, O'zbekiston ko'chasi. Mo'ljal: Madaniyat saroyi yonida
📍 Lokatsiya
⌨️ @hr_laptops
🧐 Biz bahorgi attestatsiyada tushgan savollarni sinchiklab o'rganib chiqdik!
Barcha savol turlarini ko'rib chiqdik. Asosiy ikkilatiradigan, sizdan eng muhim balni olib qo'yishi mumkin bo'lgan mavzularni payqadik!
Barcha tushgan savol turlari bo'yicha eng kerakli mavzularni, keyinchalik ham tushishi mumkin bo'lgan eng nozik nuqtalarini dasturimizga jamlab kiritdik.
Endi sizdan faqat biz bergan yo'nalish bo'yicha yurish, va yoz ichi o'z ustingizda ishlash talab qilinadi xolos.
Yangilangan 🔥 TOIFA UP! kursimizda biz sizlarni
✅ BARCHA TOIFALARGA
✅ 70 FOIZLI USTAMAGA
✅ VAZIR JAMG'ARMASI kabi imtihonlarga tayyorlaymiz!
Darslarni Oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, PhD 2-kurs talabasi 🎓 Zulhumor Samatova olib boradi!
Darslarimiz 13-IYUN sanasidan start oladi!
Davomiyligi 3 oy!
☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.
👉 DEMO DARSIMIZ
Bizda natijalar so'zlaydi!
❗️Maktabda ommalashgan ishlar sertifikat talab qilmaydi!
Ko'pchilikdan murojaat kelyapti. Shu kabi SMS keldi, botga kirsam sertifikatni olish uchun 49 ming so'm to'lov qiling degan xabar chiqyapti deb. Bu rasmiymi yoki hakkerlarni ishimi deb so'rashyapti.
Unisiyam bunisiyam emas. Vakolatidan foydalanib soqqa qiladigan tadbirkorlarni ishi deyish to'g'riroq bo'ladi!
Respublika ta'lim markazi yoki Avloniyning ayrim xodimlari ularga murojaat qilgan ustozlarni shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanib shunaqa "biznes"ga o'tib olishgan ko'rinadi.
Aslida maktabda ommalashgan ishlarga sertifikat berilmaydi. Ped kengash qarori ommalashganligi to'g'risida asos bo'laveradi. Juda sertifikat xohlab qolsangiz, photoshopda yasab olsangiz ham bo'laveradi. Barirbir siz 49 mingga sotib olgan sertifikat ham hech qayerga o'tmaydi. U ham shunday yasalgan!
Respublika ta'lim markazi yoki Avloniy institutidan bunday tadbirkorlikka, ustozlarning shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanib ularga keraksiz sertifikat sotishlariga chek qo'yishlarini so'rab qolamiz!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi
Prezidentning budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, ya’ni inflatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirishga doir farmoni imzolandi.
👉 https://kun.uz/72648756
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ iTEP sertifikati 50 foiz ustama uchun o'tadimi?
Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 3-bobida Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan ustama to'lash uchun asos bo'ladigan sertifikatlar ro'yxati tasdiqlangan.
Ushbu ro'yxatda jami 9ta sertifikat o'rin olgan bo'lib, ularning orasida iTEP sertifikati mavjud emas iTEP sertifikati faqatgina 1-bobda (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik DARAJASI berilgan bobda) va 2-bobning 59-qatori Magistratura mutaxassisligi va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun tan olinadigan sertifikatlar ro'yxatida uchraydi xolos.
Aynan 2-bobda mavjudligi sabab, uni 1-bobda muvofiqlik darajalari ko'rsatilgan.
Ko'pchilik 1-bobda ko'rsatilgani sabab iTEP ham MMTV tizimida tan olinadi deb o'ylaydi. Xattoki ba'zi kanallar ishga kirishda o'tadigan sertifikatlar qatoriga 1-bobni ilova qilishadi.
Lekin, 1-bob umumiy bo'lib, unda imtiyozlar emas faqatgina muvofiqlik darajasi (qaysi bal qaysi darajaga tog'ri kelishi) haqida gap ketgan xolos.
Aynan MMTV da tan olinadigan sertifikatlar 3-bobida berilgan.
Shundan kelib chiqib iTEP 50 foiz ustamaga o'tmaydi va boshqa imtiyozlar taqdim etmaydi deya olamiz.
Bu amaldagi qonun bo'yicha shunday.
Xabaringiz bo'lsa, har yili 1-avgustga qadar ta'lim vazirliklari sertifikatlar ro'yxatiga o'zgartirish kiritish huquqiga ega.
Ya'ni 1-avgustgacha u yoki bu sertifikat qo'shilishi yoki ro'yxatdan olib tashlanishi mumkin.
Aloqador maqolalar:
👉 Qaysi til sertifikatlari ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi?
👉 Ingliz tili fani o‘qituvchilariga qaysi sertifikat necha foiz ustama beradi?
👉 Qaysi sertifikatga necha yil ustama to'lanadi?
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Maktab bitiruvchilariga bog'chada ishlashga ruxsat beriladi
◾️ Faqat hammaga ham emas, maxsus sinfda o'qiganlarga.
Hukumat qaroriga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktabda 10-11-sinf o‘quvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflarni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish belgilangan.
Unga ko'ra, bu pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma bilan birga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Ta'tilga chiqib ketgan o'qituvchini maktab direktori ta'tildan chaqirib olishi mumkinmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglari uzaytirilgan - 56 kunlik mehnat taʼtili olish huquqiga ega. Mehnat Kodeksiga koʻra, barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlar ham har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega (216-modda). Xodimni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga faqat xodimning yozma roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi (232-modda).
Ta'tildan pedagogni majburiy (yoki ixtiyoriy-majburiy) chaqirib olishga va unga qo'shimcha topshiriqlar yuklashga hech kimning haqqi yo'q!
⚠️ Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ O'rindoshlarga ham ta'til puli beriladimi?
Ta'til olish xodimning huquqi va ish beruvchining majburiyati. Biroq xodim ta'til muddati kelganda uni olishi shart.
Mehnat kodeksi 216-moddasiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta'tiliga chiqish huquqiga ega. Aynan mana shu qoidaga ko'ra xodimlar ta'til olishi kerak.
✅ Shunda ekan o'rindoshlikda ishlagan o'qituvchilar ham ham ta'tilga chiqishga haqli.
❗️Lekin Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to'lash to'g'risida Nizom 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to'lash:
👉 ketma-ket ikki oydan ortiq bo'lmagan davrda kasallik yoki boshqa sabablar bilan ishda bo'lmagan xodimlarning o'rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq to'lashda;
boshqa muassasalardan jalb etiladigan o'qituvchilar va boshqa mutaxassislarning, shu jumladan o'rindoshlik bo'yicha boshqa maktablardan jalb etiladigan o'qituvchilar va mutaxassislarning pedagogik ishi uchun haq to'lashda;
👉 o'rnini bosish tartibida umumta'lim muassasalari rahbarlari tomonidan o'tilgan o'quv soatlari uchun haq to'lashda qo'llaniladi.
Shunday ekan, o'rindoshlarga maktabda dars soatbay haq to'lash asosida biriktiriladi.
Soatbaylarga haq to'lashda esa, O'quv mashg'ulotlarini o'tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to'lash miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida qarorga (ro'yxat raqami 3157) muvofiq umumta'lim maktablarining boshlang'ich va yuqori sinflari o'qituvchilari, o'qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq to'lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to'lanadi. Bunda soatbay haq to'lash miqdori tarkibiga mehnat ta'tili haqi kiritilgan.
🚫 Aynan shu qoidaga ko'ra o'rindoshlik asosida o'tilgan darslar uchun o'qituvchilarga ta'til puli berilmaydi.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
70 foizli ustama, toifa imtihonlari va vazir ustamasiga TEST PLATFORMA orqali tayyorlaning!
Ushbu test platformamiz bu yilgi natijalari SUPER bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak!
👉 NATIJALARIMIZ
Kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik uchun sizga TEST PLATFORMAmiz siz uchun yana ishga tushdi!
Ushbu Platforma sizga INGLIZ TILI FANIDAN huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.
✅ 5000 ga yaqin savollar bazasi
✅ Aniq taqsimlangan savollar
✅ Har ishlaganda har xil savol
✅ Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
✅ Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
Milliy sertifikat (Multi-level) imtihoni writing natijalaridan ko'pchilik norozi bo'lyapti ekan.
Bir obunachimizga ko'ra, ikkita o'quvchisi imtihonga kirib yaxshi o'qiydigani o'zi yozib 32 bal olgan. Uncha yaxshi o'qimaydigan, faqat qolip yodalagan o'quvchisi 43 olib chiqqan.
Eng qizig'i, 32 olgan o'quvchining oldingi bali 49 bo'lgan. Baholashda nech xil standart qo'llanilyapti ekan? Bu darajada farq qilmaslik kerak!
Bir-ikki baholashda ishtirok etadiganlarning shaxsan taniydiganlarga ko'ra, ba'zi baholaydiganlar qo'l uchida tekshirib, speakingni ham boshidagi 10 sekundini eshitib baholash holatlari kuzatilayotgan ekan.
UzBMB ga aynan writing bo'yicha birinchi marta e'tiroz bo'lmayapti.
Ushbu muammolarga e'tibor qaratib qo'yishsa yaxshi bo'lar edi. Minglab o'quvchilarning, murg'ak qalblarning taqdiri shu arzimagan baholashga bog'liq bo'lib turibdi. Kelajagimiz yoshlari shu yoshdan psixologik travma olmasliklari kerak.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
© Bilimni baholash agentligi
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Respublika o'qituvchilarining uzrli sabab bilan attestatsiya imtihonlaridan qolib ketgan ustozlarga qo'shimcha imtihon tashkil qilib berish bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri H. Umarovaga murojaati
*MUROJAAT TAHRIRLANDI
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿