uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

73525

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

Yaqinda olingan sertifikat ta'til puliga ta'sir qiladimi?

Savol:
Assalomu alaykum! May oyi oxirida C1 sertifikat qo'lga kiritdim. Endi ta'til pulim (otpusknoy) 50 foiz ko'proq chiqadimi?

Javob: Oxirgi kunlarda eng ko'p so'ralayotgan savollardan biri shu bo'lyapti. Buni javobini bilishingizdan oldin siz ta'til puli qanday hisoblanishi bo'yicha tushunchaga ega bo'lishingiz kerak.
Ta'til puli bu sodda qilib aytganda - kopilka! Ya'ni siz bir oy davomida ishlasangiz, har ishlagan bir oyingiz uchun 4 kundan ish haqi nazarda tutiladi.
O'quv yili oxiriga kelib, sizga agar bir yil ishlagan bo'lsangiz jami 48 kun uchun, agar sentyabrdan ishga kirgan bo'lsangiz 36 kun uchun ta'til puli hisoblanadi.
Ushbu summani hisoblash uchun bir kunlik o'rtacha ish haqingizni aniqlab olish kerak bo'ladi. Bir kunlik ish haqingiz bir yilda olgan jami daromadlaringiz (oylik, ustamalar, daftar tekshirish, sinf rahbarlik va hokazo kabi to'lovlar) bir yildagi jami ish kunlariga bo'linib bir kunlik o'rtacha ish haqingiz anilqab olinadi. Va o'sha bir kunlik ish haqingiz ta'til kunlaringizga ko'paytiriladi (masalan 48 kunga) va siz oladigan ta'til puli kelib chiqadi.
Agar siz ishlash davomida qo'shimcha ustamalar olib yurgan bo'lsangiz, sizning o'rtacha hisoblangan ish haqingiz balandroq chiqadi va ta'til pulingiz ham aynan o'sha ustamalar ta'sirida balandroq bo'ladi.
Ustamani o'quv yili oxirida olgan bo'lsangiz, bu ta'til puliga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi.
Deylik Maygacha ustamasiz oylik olib faqatgina maydan 50 foiz ustama olgan bo'lsangiz, hamma oydagi daromadizni qo'shib chiqib 12ga bo'linsa, may oyida olgan daromadingiz umumiy summaga unchalik ta'sir o'tkaza olmaydi. Shu sababli, ta'til puli hisoblashda juda ham kam ahamiyatga ega bo'ladi.
Xulosa qilsak, ta'til puli umumiy olgan daromadlarizni o'rtachasidan hisoblanadi va qoshimcha olgan ustamalariz o'sha o'rtacha kunlik ish haqida aks etadi. Uni ustiga yana alohida ustama qo'shib hisoblanmaydi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bazi fikrlarni o'qib shunday odamlar orasida qolib ketganmiz afsuski deb o'ylab qolaman. Ya'ni biror muammoni ko'rardingmi, sen aybdorsan! Sen shu muammoni ko'tarmaganingda hammasi yaxshi edi. Ayb senda endi sen deb biz yoki o'quvchilarimiz cheating qilisha olishmayapti deb iddao qilishadi.
Bir narsani biling azizlar! Baholash kimnidir kayfiyatiga qarab bo'lmasligi kerak. Mezon bo'yicha adolatli tashkil etilishi kerak!
Men bu haqida post qo'ysam, tushuntirmoqchi bo'lsam, har safar fikrlashi shunaqa odamlar tomonidan qarshilikka uchrayman.
Bir tomondan o'ylab qolaman, balkim rostdanam shunaqa adolatsizliklar tengidirsizlar. Chunki amal nariyoqda tursin, hech bo'lmasa fikr bildirishda adolat qila olmaysiz ko'pchiligingiz.
Shundaylarga aytadiganim. Battar bo'linglar... Sizlar adolat, to'g'rilik, shaffoflik degan narsalarga loyiq emassizlar. Bir kun o'sha adolatsizlik o'zizga nisbatan bo'lganda, nima ahvolga tushishizni ko'ramiz....

Читать полностью…

School English Teachers

Nega shunday moliyaviy piramidalarga aslida jamiyatni birinchilardan ogohlantirib, qaytarishi kerak bo'lgan o'qituvchilar, ko'p hollarda o'zlari chuv tushib qolaverishadi?

Uslub eski, vazifa yangi: O'zbekistonda minglab odamlar navbatdagi moliyaviy piramida qurboni bo'ldi

O'zbekiston dunyo firibgarlarining cho'ntagini to'ldiradigan “kassa”ga aylanib qolmoqda: OMD nomli yangi moliyaviy piramida odamlarni “kitob o'qish orqali pul topish” bahonasida chuv tushirib, milliardlarni o'mardi. To'langan pullar turli shaxslar nomidagi bank plastik kartalariga P2P ko'rinishida o'tkazilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yugurayotgan firibgarlarni hamon yurib quvishda davom etmoqda.

👉 https://kun.uz/kr/20697224

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

"Akalar, prosta joy yo'q deb qo'yaveringlar!"

Mizabek Xolmedovning ushbu latifasini hamma eshitgan bo'lsa kerak. Oxirgi paytlarda vazirlikning pedagoglarga munosabati ushbu latifani esimga solib yuboryapti.
Apellatsiya bo'yicha shikoyat qilganlarga "shablon" javoblar berilib, birorta apellatsiya ijobiy hal qilinganini, birorta ustozga ball qo'shib berilgani haqida eshitmadik. Vaholanki o'tgan yili huddi shu vaqtda vazirlik juda ham ko'plab savollar xato tuzilganini tan olib, ko'pchilik ustozlarga ball qo'shib bergan edi. Bu yil vazirlik shu darajada kuchayib, bitta ham xatosiz savollar tuzib tashladimi desak, internet to'la xato savollar aylanib yuribdi. Ularni birortasini vazirlik jiddiy o'rganib chiqmagan. Ustozlarning esa huquqini tiklashini so'rab sudga murojaat qilishdan boshqa choralari qolmayapti.

Uzrli sabab bilan qolib ketgan ustozlarga ham huddi shunday munosabatda bo'linyapti. Ya'ni shu paytgacha aynan o'sha attestatsiya muddati davomida qo'shimcha kunga imtihon tashkillashtirib kelgan vazirlik, bu safar tarixda birinchi marta ushbu imtihonni keyingi attestatsiyaga qoldirib yuboryapti. Buni ortidan qanchadan qancha ustozlarga noqulaylik tug'dirilyapti. Qanchasi keyingi kuzda bo'ladigan attestatsiya imtihonini kutishga majbur bo'lyapti. Ba'zi ma'sullar esa, kuzda tashkillashtirib beramiz. Bu nizomga zid emas deb javob beryapti.
Nizomning o'sha bandini o'qib chiqsangiz, 10 yildan keyin tashkil qilib berilsa ham zid bo'lmaydi, sababi u yerda joriy atteststiya mavsumida tashkillashtirib beriladi degan jumla yo'q. Shunchaki keyinroq tashkillashtirib beriladi deyilgan xolos. Bundan ma'sullar ustamonlik bilan foydalanishmoqda.
So'z oxirida o'sha Mirzabek Xolmedov aytgan gap, joylar to'lgan bo'lsa, o'qituvchilar toifa va 70 foizlik ustama planini ortig'i bilan bajarib qo'yishgan bo'lsa, "Prosta joy yo'q!" deb qo'yaveringlar, shuncha ustozlarni umidvor qilmasdan!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Qaysi til sertifikatlari ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi?

Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori 3-bobida Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro
tan olingan sertifikatlar ro'yxati tasdiqlangan.
Unga ko'ra quyidagi sertifikatlarning B2 darajasi ishga kirish/ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi:

1️⃣ Milliy sertifikat (Multi-level) - B2
2️⃣ TOEFL iBT - 72-94
3️⃣ IELTS - 5.5 - 6.5
4️⃣ Cambridge FCE - 160-179
*5️⃣ TOEFL ITP* - 543 (Listening 55, Written 53, Reading 55, Speaking 58)

☝️ Ushbu bobda TKT, TESOL/TEFL/TESL kabi sertifikatlar ham o'rin olgan, lekin B2 qatori bo'sh qoldirilgan. Sababi ushbu sertifikatlar til bilish darajasini ifodalamaydi. Ushbu sertifikatlar faqatgina shartli ravishda C1 tenglashtiriladi deyilgan. Sharti yonida yuqoridagi B2 sertifikatlardan biri bo'lishi kerak.

* - Ushbu iimtihon O'zbekistonda o'tkazilmay qo'yilgan.

Aloqador maqolalar:
👉 Ingliz tili bo'yicha milliy va xalqaro test tizimlarida imtihon topshirish qancha turadi?
👉 Ingliz tili fani o‘qituvchilariga qaysi sertifikat necha foiz ustama beradi?
👉 Qaysi sertifikatga necha yil ustama to'lanadi?

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📚 Ingliz tili o'qituvchilari uchun eng kerakli kitoblar to'plami!

📔 Guess what va Prepare kitoblarining Student's book, Workbook va Teacher's booklarini eng arzon narxlarda chiqarib, butun O'zbekistyon bo'ylab yetkazib berish xizmatini yo'lga qo'ydik.
Talabingizga binoan A4, A5 o'lchamlarda chiqarib yetkazib beriladi.

Teacher's book (ichidan Student's book chiqarib yuborilgan)
Guess what, Prepare - 15 ming so'mdan boshlab sinflar kesimida narxlar farqlanadi
Teacher's book (to'liq, ichida SB ham bor) - 30 ming so'mdan boshlab

A4 o'lchamdagi kitoblar A5 dan ikki barobar narxi balandroq bo'ladi.

Barcha kitoblar rangli, sifatli chiqarilgan va yelimlangan holda bo'ladi. Muqovasi silliq qog'oz

🤝 O'quv markazlari va repetitorlarni hamkorlikka chaqirib qolamiz!

🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud! (BTS, EMU, Uzpost orqali)
Yetkazib berish to'lovi alohida.

Buyurtma berish uchun 👉 @bsb_admin ga yozing!

Kanalimiz: @bsb_nazorat_ishlari

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️2025-2026-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yilning 20-maydagi 164-sonli buyrug‘i bilan 2025-2026-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Qurbon hayiti bayrami 6-iyun, Juma kuni nishonlanadi!

Qurbon hayitida necha kun dam olinadi?

JAVOB: Afsuski, 7 yillik yaxshi an’ana buzilib, joriy yilda dam olish kunlari yil boshlanishidan oldin e’lon qilinmadi. Masalan, Navro‘z bayramida ham, Ramazon hayitida ham qo‘shimcha dam olish kuni berilmadi.

Shundan kelib chiqilsa, Qurbon hayitida ham qo‘shimcha dam olish kuni berilmasligi mumkin (lekin bu hali aniq emas).

Agar qo‘shimcha dam olish kuni berilmasa, unda dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

✅✅ 6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
✅❌ 7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅ 8-iyun (yakshanba) — barcha uchun dam olish kuni;
❌❌ 9-iyun (dushanba) — barcha uchun ish kuni.
Manba: @xushnudbek

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Yangi o'quv yilidan boshlab chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Ya’ni yangi o'quv yilidan boshlab qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ Ehtiyot bo'ling! Ijtimoiy tarmoqlarda izohlardagi heyt va haqoratlar uchun javobgarlik mavjud!

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy tarmoqlarda birovni haqorat qilish qonun bilan taqiqlanadi va bu harakat uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilangan. Jazo turi va miqdori huquqbuzarlikning og‘irligiga va takroriyligiga qarab belgilanadi.

Agar shaxs birinchi marta ijtimoiy tarmoqda birovni haqorat qilsa, bu holat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan ko‘rib chiqiladi. Unga ko‘ra, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 2025-yilda BHM 340 000 so‘mni tashkil etadi, shunga ko‘ra jarima miqdori 6 800 000 so‘mdan 13 600 000 so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Agar haqorat qilish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takrorlansa yoki ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet orqali amalga oshirilsa, bu holat Jinoyat kodeksining 140-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatda quyidagi jazolar qo‘llanilishi mumkin:
🔹BHMning 200 baravarigacha (68 000 000 so‘mgacha) miqdorda jarima;
🔹240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
🔹1 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Shu sabab, hurmatli obunachilardan iltimos qilib qolaman, boshqa bir shaxsni kamsitmang va haqoratlamang. Xattoki izohlarda ham. Hech qachon huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan so'zlar ishlatmang! Negativ fikrlarni haqoratli so'zlar bilan bezamang!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Attestatsiya imtihonlariga qatnasha olmay qolganlarga, alohida imtihon tashkil qilib beriladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarori bilan attestatsiya nizomi tasdiqlangan bo'lib, Ushbu nizomning 45 bandida uzrli sabab bilan qatnasha olmay qolganlar uchun boshqa muddatda attestatsiya imtihoni tashkil qilib berish belgilangan,

Batafsil o'qish: 👉 /channel/AttestatsiyaINFO/4556

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Endi o‘qituvchilar yozgi ta’tilda ham ishlaydimi?

Ayni vaqtda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan bu yil pedagog va rahbar xodimlar mehnat ta’tiliga chiqmasligi, hatto ular haftaning yakshanba kunlari ham “Dolzarb 90 kun” tadbiri bo‘yicha ishlashlari kerakligi haqida topshiriqlar berilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi esa ushbu tashabbusni ilgari surishdan avval o‘quvchi va pedagoglar sog‘lig‘i va maktab infratuzilmasi yozning jazirama issiq kunlariga qanday dosh bera olishini o'rganib chiqmagan ko‘rinadi.

Yozgi ta’til vaqtida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhim masala ekani shubhasiz, ammo vazirlik bu ishlarni chuqur tahlil va ilmiy tadqiqotlarga asoslanib tashkil etishi kerak edi.

O‘ylaymizki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bizning bugungi maqolamizda tilga olingan fikrlarni inobatga olgan holda bu masalani jiddiy o‘ylab ko‘radi va to‘g‘ri xulosaga keladi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1214

Ushbu ma’lumotlar isboti sifatida pedagog xodimlar ham maqola ostidagi izohlarda o‘z fikrlarini yozib qoldiradi degan umiddamiz.

Telegram l Facebook l xalqtaliminfo?sub_confirmation=1">YouTube

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Direktor jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritish uchun ishlar 1-iyun sanasigacha qabul qilinadi

Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar olishi mumkin.
Buning uchun ular ro'yxatda berilgan faoliyatlarni amalga oshirganiga qarab bal oladi. Va o'sha ballar ma'lum miqdorga yetganda, u xodimga keyingi o'quv yilidan tegishli foizda ustama tayinlanadi.

👩🏻‍🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.

Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

👉 Pedagog xodimlarining faoliyatini BAHOLASH MEZONLARI 👉 BU YERDA

Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Ingliz tili fanidan yakuniy davlat attestatsiya 11-sinf uchun og'zaki imtihon (speaking) savollari va baholash mezoni.
Yakuniy imtihon savollar kitobida speaking berilmagani sababli oldingi yilniki taqdim etilmoqda.

Imtihon savollari 👉 BU YERDA
Listening audiosi 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

There's always another mountain to climb! (for our teachers) 😁
#joke_time

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

70 foizli ustama, toifa imtihonlari va vazir ustamasiga TEST PLATFORMA orqali tayyorlaning!

Ushbu test platformamiz bu yilgi natijalari SUPER bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak!
👉 NATIJALARIMIZ

Kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik uchun sizga TEST PLATFORMAmiz siz uchun yana ishga tushdi!

Ushbu Platforma sizga INGLIZ TILI FANIDAN huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

5000 ga yaqin savollar bazasi
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi


Savollar oldingi yil attestatsiya imtihonlarida tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi.
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!

Test platformaga full access (bezlimit dostup) narxi💲199 MING SO'M.
Ulanish uchun ➡️@uzteachers_admin ga yozing.
31-MAYGACHA murojaat qilib yozilishga ulgurganlarga 🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 bor!

1-dekabr sanasigacha istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

👉 TEST NAMUNASI

Test platformaga link olish uchun ➡️ @uzteachers_admin ga yozing!

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!

Читать полностью…

School English Teachers

Milliy sertifikat (Multi-level) imtihoni writing natijalaridan ko'pchilik norozi bo'lyapti ekan.
Bir obunachimizga ko'ra, ikkita o'quvchisi imtihonga kirib yaxshi o'qiydigani o'zi yozib 32 bal olgan. Uncha yaxshi o'qimaydigan, faqat qolip yodalagan o'quvchisi 43 olib chiqqan.
Eng qizig'i, 32 olgan o'quvchining oldingi bali 49 bo'lgan. Baholashda nech xil standart qo'llanilyapti ekan? Bu darajada farq qilmaslik kerak!
Bir-ikki baholashda ishtirok etadiganlarning shaxsan taniydiganlarga ko'ra, ba'zi baholaydiganlar qo'l uchida tekshirib, speakingni ham boshidagi 10 sekundini eshitib baholash holatlari kuzatilayotgan ekan.
UzBMB ga aynan writing bo'yicha birinchi marta e'tiroz bo'lmayapti.
Ushbu muammolarga e'tibor qaratib qo'yishsa yaxshi bo'lar edi. Minglab o'quvchilarning, murg'ak qalblarning taqdiri shu arzimagan baholashga bog'liq bo'lib turibdi. Kelajagimiz yoshlari shu yoshdan psixologik travma olmasliklari kerak.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2025-yil 25-apreldan 23-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

© Bilimni baholash agentligi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Respublika o'qituvchilarining uzrli sabab bilan attestatsiya imtihonlaridan qolib ketgan ustozlarga qo'shimcha imtihon tashkil qilib berish bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri H. Umarovaga murojaati
*MUROJAAT TAHRIRLANDI

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🔥 TOIFA UP! - Yozda sizni bo'sh qo'ymaydi! - Yuksaltiradi!

Toifa va vazir ustamalariga tayyorlanayotganlar uchun tajribali pedagog, oliy toifali ustoz, PhD 2-kurs doktorant 👩🏻‍🏫 Zulhumor Samatovadan talablarga binoan yoz oylari uchun maxsus kurs!

Nima uchun biz bilan natijaga erishish osonroq?

Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ga yaqin ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik

Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar

Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati

Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar

Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli

Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩‍🎓 PhD talabasi olib boradi

Toifa UP kursimiz 📆 13-IYUN, JUMA kunidan start oladi.
Davomiyligi: 3 oy

Kursimiz INGLIZ TILI FANIDAN

GRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKA

mavzularini qamrab oladi.

Pedagogika qismi bo'yicha ham test va manbalar beriladi!

☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.


👉 DEMO DARSIMIZ

Bizda natijalar so'zlaydi!

Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈

💵 Kurs narxi: 150 ming so'm/oyiga
5-iyungacha darslarimizga yozilib birdan to'liq to'lovni amalga oshirganlar uchun 450 ming so'm 350 ming so'm 🎁

Kursga yozilish uchun ➡️ @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 12-IYUN, 23:59!

📚 @AttestatsiyaINFO - TOIFA sari qisqa yo'l!

Читать полностью…

School English Teachers

#Bilarmidingiz
⚡️Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktabda dars berganlar 100 foiz ustama oladi

Ustama maktablar “qizil” ro'yxatdan chiqqandan keyin ham beriladi.

2025-2026 o'quv yili uchun ro'yxat 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🎒 Free Adaptation Classes for Future First-Graders at a Private School in Tashkent!

Would you like your child to feel confident before starting school? Then our classes are just what you need!

✨ What your child will get:

Early immersion into a real school environment
Fun and educational activities to improve attention, memory, thinking skills, and motor coordination
Teamwork skills and the ability to express thoughts freely
Suitable preparation for *any* school

📌 Limited spots available!

📲 Sign up now
📞 Contact number: 78-777-11-10

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ B2 sertifikatingiz bor lekin ustama bermaydi - muammo!
❗️ C1 (Multi-level) sertifikati ustamasi 20 foizga tushib ketgan - muammo!
💡 Yechim - TKT!

🆕 May 28 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna

Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.

Kursga yozilish uchun hardoimgidek➡️@forcefr ga murojaat qiling


Vaqtni ortga cho'zishga na hojat, kursimizga tezda yozilib oling!!!

To'liqroq ma'lumotlar pastda

⤵️

💦TKT kurs 12-maydan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 350 Ming so'm

-350 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?

💦TKT Modul 1 test tahlili
💦TKT Modul 2 test tahlili
💦TKT M3 test tahlili
3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar

☺️Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 19:00 da

📌Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ Lesson
Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks

🕤Darsni Kim olib boradi?
dars ➡️Sifatli va malakali ustoz Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna

📝 Shoshiling.❗️ Kursga a'zo bo'luvchilar soni cheklangan

Bugun M2 bo'yicha mana Shu testning tahlili bo'ladi M2 qiynayotgan ustozlar bo'lsa jonli tahliliga qo'shiling va savollaringizga javob oling.

@forcefr
@forcefr
@tkt_info

Читать полностью…

School English Teachers

Izoh yozish bo'yicha qisqacha master klass izohlarda biror kim bilan tortishib qolsangiz:

E sen farosatsiz, tup.y, gapingni o'ylab yozgin! ❌
Fikringizga qo'shilmayman, judayam sayoz fikrlayapsiz! Yaxshilab o'ylab keyin yozing! ✅

Turqi sovuq, kaltafahm nima deyapsan o'zingcha? ❌
Nimalar deb tashlayapsiz? ✅

E mol, menga umuman javob yozma! ❌
O'zingizni tutishingiz menga yoqmayapti, yaxshisi menga javob yozmang! ✅

Post yarim hazil, yarim chin sifatida yozildi. Shuni unutmangki, doim ham negativ fikr yozish, qarshi fikr bildirish, fikriga qo'shilmaslik huquqiga egasiz. Lekin bu narsa haqorat va kamsitishga aylanib ketmasligi kerak. O'zi o'qituvchilardan kamdan-kam haqoratli gaplar chiqadi aslida. Lekin baribir hushyor bo'laverish kerak. Ba'zilarning bayonotlari, qovun tushirishlari, har xil o'ylab topgan buyruqlari so'kishga majbur qilib qo'yishi mumkin. Shunday payt ko'ngliga ozor yetmaydigan qilib so'king deydiyu)

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Chat GPT Plus endi juda ham qulay narxda!

Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Dostup olish uchun @uzteachers_admin ga yozing.
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
❗️Ushbu akkauntda 27-iyungacha dostup bor! 6ta joy qoldi!
Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Which subjects are required for admission to medical universities?

To enter Profi University, you need to take two subjects:
Biology — 30 questions × 3.9 points = 117 points
Chemistry — 30 questions × 2.4 points = 72 points

Total maximum score: 189

Threshold scores:
• Passing score — 100

Biology: 17 correct answers
Chemistry: 15 correct answers

Scholarship admission — 120
Biology:
21
Chemistry:
16

Grant + scholarship — 130
Biology:
23
Chemistry
: 17

Upcoming exams:
June 1 — Registration closed
• ✅ June 14 — Registration open!

Register here → profiuniversity.uz

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Pedagog xodimlarga 56 kalendar kun ta'til beriladi

Ta'til olish xodimning huquqi va ish beruvchining majburiyati. Biroq xodim ta'til muddati kelganda uni olishi shart.

Mehnat kodeksi 216-moddasiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan o'rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta'tiliga chiqish huquqiga ega. Aynan mana shu qoidaga ko'ra xodimlar ta'til olish huquqiga ega.

Ushbu kodeks 218 hamda 501-moddalariga muvofiq pedagoglarga uzaytirilgan mehnat ta'tili beriladi.

E'tiborli jihati shundaki, har yilgi mehnat ta'tili o'quvchilarning yozgi ta'tili davrida beriladigan ta'lim tashkilotlarining o'qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta'tili o'quvchilarning yozgi ta'tili davrida to'liq davomiylikda, ular ushbu ta'lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat'i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to'langan holda beriladi (MK 227-m).

Demak, o'qituvchi ishga qachon qabul qilinganidan qat'iy nazar u ta'tilni to'liq oladi. Aytaylik A ismli o'qituvchi oilaviy sharoit taqazosi bilan mart oyida Toshkent viloyatidan Samarqand viloyatiga ko'chib o'tidi. Bunda esa tabiiyki, o'qituvchi Toshkentdagi maktabdan o'z tashabbusi bilan ishdan bo'shadi va Samarqandagi maktabga ishga kirdi. Garchi yozgi ta'tilga qadar o'qituvchi 3 oy ishlagan bo'lsa-da, unga yillik mehnat ta'tillari to'liq ya'ni 56 kalendar kun beriladi.

CHunki Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26 iyundagi 263-son qaroriga asosan o'qituvchi, o'qituvchi-logoped, o'qituvchi-defektologi uchun 56 kalendar kunidan iborat uzaytirilgan mehnat ta'tili beriladi.

Lekin bunda ta'til puli ishlangan davrga mutanosib ravishda to'lanadi.

Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat ta'tilida bo'lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o'rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.

Bunda o'rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi o'n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o'n ikki oydan kam ishlagan bo'lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).

SHu qoidaga ko'ra xodimning o'rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo'lsa, uning ta'tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha to'lovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo'shilgan holda 12ga bo'linadi.

❗️Demak, o'qituvchi 12 oydan kam ishlagan bo'lsa, ishgan davridagi ish haqlari yuqoridagi tartibda qo'shiladi va shu ishlangan davrga bo'linadi. YUqoridagi misolga qaytadigan bo'lsak, o'qituvchi ishga kirganiga 3 oy bo'lgan holatda, unga ta'til puli shu davrga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.
Manba

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

70 foizli ustama, toifa imtihonlari va vazir ustamasiga TEST PLATFORMA orqali tayyorlaning!

Ushbu test platformamiz bu yilgi natijalari SUPER bo'lganidan xabaringiz bo'lsa kerak!
👉 NATIJALARIMIZ

Kuzgi attestatsiyaga tayyorgarlik uchun sizga TEST PLATFORMAmiz siz uchun yana ishga tushdi!

Ushbu Platforma sizga INGLIZ TILI FANIDAN huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

5000 ga yaqin savollar bazasi
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi


Savollar oldingi yil attestatsiya imtihonlarida tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi.
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!

Test platformaga full access (bezlimit dostup) narxi💲199 MING SO'M.
Ulanish uchun ➡️@uzteachers_admin ga yozing.
31-MAYGACHA murojaat qilib yozilishga ulgurganlarga 🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 bor!

1-dekabr sanasigacha istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

👉 TEST NAMUNASI

Test platformaga link olish uchun ➡️ @uzteachers_admin ga yozing!

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili YAKUNIda kerak bo'lishi mumkin bo'lgan INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlar/xizmatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Teacher's book

👉 ⚡️ 11-sinf Imtihon SAVOLLAR (+audio) ⚡️

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 ⚡️ 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR ⚡️

👉 ⚡️ BO'SH O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️

👉 ⚡️ IQTIDORLI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 ATTESTATSIYA TEST

👉 TOIFA UP KURSI ⚡️

👉 ChatGPT PLUS ⚡️

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlardan ozod qilinadi.

Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori (B1, B2, C1) darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, MAZKUR FANDAN ularga 5 baho beriladi.

1. Milliy sertifikat
2. IELTS-Academic
3. TOEFL IBT
4. Cambridge Assessment English (PET)

Boshqa fanlardan milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, MAZKUR FANDAN ularga quyidagicha baho qo’yiladi.

A, A+ uchun 5 baho
B, B+ uchun 4 baho
C, C+ uchun 3 baho beriladi.


Amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz qoʻllaniladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…
Subscribe to a channel