uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

73525

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

Firibgarlar menga qarmoq tashlab, o'zlari chuv tushib qolishdi.
O'zlari aldangandan keyin ularning reaksiyasini bir ko'ring! 😂
Juda odamiga to'g'ri kelib qolishdida... Obbo meney, obbo meney... 😁

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🆕
Ramazon oyida TKT kursimiz uchun chegirmalarni kutib oling! ⭐️

Bizning Ramazon chegirmamizdan foydalanib 18-martdan boshlanadigan TKT kursimizga qo'shilish imkonini qoldan boy bermang.


🔖TKT course with all services in Ramadan on discount

💦TKT kurs 18-martdan boshlanadi kurs narxi 350 Ming so'm 300 ming
💦TKT Modul 1 test tahlili 90 Ming so'm 70 Ming so'm

💦TKT Modul 2 test tahlili 90 Ming so'm 70 Ming so'm

💦TKT M3 test tahlili 90 Ming so'm 70 Ming som

💦TKT imtihonlarga royxatdan o'tish 907 Ming so'm 900 Ming som

💦Full TKT course barcha 33 ta dars va 3 ta modul boyicha test tahlili kiritilgan kanalga a'zo bo'lish 350 Ming so'm 250 Ming so'm

📝 Shoshiling.❗️Chegirmali qabulimiz 3 kun davom etadi

Namuna darslarimiz➡️ Lesson
Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks
Kursga yozilish uchun @forcefr

@tkt_info

Читать полностью…

School English Teachers

Nodavlat oliygohni bitirib magistraturada o'qib bo'lmaydimi?

Ko'pchilikni shu kabi savollar qiynaydi yoki ikkilanishiga sabab bo'ladi.

✅ Qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng davlat oliygohining MAGISTRATURAsida tahsil olish mumkin. Bu bo'yicha hech qanday cheklov va havotirlanishga asos yo'q.

Bundan tashqari, nodavlat oliygohning magistraturasini tamomlagandan keyin davlat oliygohining doktorantura (tayanch doktorantura)ga o'qishga bemalol topshirish mumkin. Bunda ham hech qanday cheklov mavjud emas.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Har yilgi an'anamizga muvofiq Ramazon oyi munosbatati bilan 500dan ortiq kanal va guruh qora ro'yxatiga tushib qolganlar ro'yxatdan chiqarildi!
Ularning 90 foizidan ortig'i aynan izohlarda reklama sabab qora ro'yxatga kiritilgan edi.
O'ylaymanki, bu holat boshqa takrorlanmaydi.

Qoidalarni eslatib o'taman. Izohlarda quyidagilar mumkin emas:
- har qanday reklama
- o'zgalarga hurmatsizlik qilish, haqorat, kamsitish
- spam xabarlar
- yo'qolib qolibdi, topib oldim tarqatvoring degan xabarlar

Ushbu qoidalarni buzganlar hech qanday istisnosiz kanal va guruhdan chiqariladi, shu bilan keyingi Ramazonni kutish kerak bo'ladi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Qaysi sertifikatlar ingliz tili o'qituvchisiga ustama to'lash uchun asos bo'ladi?

Ta'lim vazirliklarining 29.05.2024 dagi 3515-sonli qarori ga muvofiq, quyidagi sertifikatlarning C1 ga tenglashtirilgan darajalari ingliz tili o'qituvchilariga ustama to'lash uchun asos bo'ladi.

1️⃣ Milliy Sertifikat - C1
2️⃣ IELTS - 7.0 +
3️⃣ TOEFL iBT* - 95+
4️⃣ TOEFL ITP - 620+
5️⃣ Cambridge Assessment English: CAE
- 180+
6️⃣ TKT (3ta modul Band 3 + B2 sertifikat)
7️⃣ TESOL/TEFL/TESL** (pass + B2 sertifikat)

* qaror talablariga muvofiq TOEFL iBT sertifikati Home edition bo'lmasligi kerak
** qarorning 3-bob ilova qismidagi talablarga mos bo'lishi kerak


O'xshash maqolalar:
👉 Qaysi sertifikatga necha yil ustama to'lanadi?
👉 Milliy va xalqaro test tizimlarida imtihon topshirish necha pul turadi?
👉 Til sertifikatlarini qanday tekshirish mumkin?

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Maktablarda bahorgi ta'til 21 martdan boshlanadi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy o'rta ta'lim maktablarida bahorgi ta'til 21 mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

O'quvchilar uchun bahorgi ta'til 21 mart sanasidan boshlanadi hamda 27 martga qadar davom etadi.

Shunday ekan, IV chorak 28 mart sanasidan boshlanadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

✔️ ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK BO'YICHA ENG SO'NGGI KURSIMIZGA YOZILISHGA ULGURIB QOLING!

Nima uchun aynan biz bilan natijaga erishish osonroq?

Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ga yaqin ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik

Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar

Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati

✅ Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar

Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli

Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩‍🎓 PhD talabasi olib boradi

Toifa imtihoniga darslarimiz 📆 7-MART, JUMA kunidan start oladi

Darslarimiz @writing_admin tomonidan olib boriladi.

Haftada 6 kun: Haftaning toq kunlari mavzular bo'yicha darslar
Juft kunlarda test + tahlil berib boriladi.
🎁 Har yakshanba MOCK IMTIHON
Kurs davomiyligi: 2 oy
Dars tugagandan keyin ham mock imtihon tashkil qilib boriladi!

Kursimiz INGLIZ TILI FANIDAN

GRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKA

mavzularini qamrab oladi.

Pedagogika bo'yicha esa test va manbalar beriladi lekin dars o'tilmaydi!

☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.


👉 DEMO DARSIMIZ

Bizda natijalar so'zlaydi!

Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈

💵 Kurs narxi: 250 ming so'm (bir martalik to'lov)

Kursga yozilish uchun ➡️ @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 6-MART, 23:59!

📚 @AttestatsiyaINFO - TOIFA sari qisqa yo'l!

Читать полностью…

School English Teachers

Sherigi vaqtincha ishda bo'lmagan o'qituvchining darsi qo'shib o'tilgani uchun qo'shimcha haq to'lanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-346-sonli qarorining 3-ilovasi bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 22-bandiga quyidagicha o'zgartirish kiritildi:

➖ Bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha guruhlardan birining o‘qituvchisi turli sabablarga ko‘ra darsda bo‘lmagan holatlarda guruhlar qo‘shib o‘qitiladi hamda qo‘shib o‘qitganligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

Quyidagi band qo‘shildi: Bunda ushbu fanlar bo‘yicha o‘qituvchilar mavjud bo‘lsa, bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi.

Ya’ni bundan oldingi tartib bo'yicha sherigi vaqtincha ishda bo'lmagan o'qituvchining darsini sherigi qo'shib o'tishga majbur edi va bu uchun unga qo'shimcha haq to'lanmas edi.
Hozirda esa sherigi vaqtincha ishda bo'lmagan paytda uning darsi boshqa ushbu fan bo'yicha bo'sh o'qituvchiga biriktirilishi va bu uchun qo'shimcha haq to'lanishi mumkin.
Lekin aynan sherigi qo'shib o'tgani uchun qo'shimcha haq to'lanmaydi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Vazir ustamasi uchun ajratilgan 512 ta joy bo'sh qoldi

Vazir ustamasiga 2025-yil uchun 1 500 ta kvota ajratilgandi. Test sinovlaridan keyingi bosqichga esa 988 nafar pedagoglar o'tib, natijada 512 ta joy bo'sh qoldi.

Bo'sh qolgan kvotalarni to‘ldirish uchun qayta test sinovlari o‘tkaziladimi, degan savolga vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov javob berdi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Umrbod saqlanadigan toifa berish tartibi bekor qilindi

“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” nizomning 6-bandida quyidagi pedagoglarga umrbod malaka toifasini berish va ularni navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilmaslik belgilangan edi:

– oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
– pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
– yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;
– pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;


Pedagoglarni attestatsiyadan o’tkazish tartibiga o’zgarish va qo’shimchalar kiritildi. Unga ko’ra, endilikda pedagoglarga umrbod toifa berish tartibi bekor qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKA da bo’lib o’tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Bu tartib 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab kuchga kiradi.

Bunda, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan, yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar ham har besh yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jabl etiladi.

Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar 2025-yil 1-sentyabrga qadar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi:

– oliy malaka toifasiga ega boʻlganidan soʻng ushbu toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan;

– pedagogik faoliyat boʻyicha 25-yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan;

– yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan;

– pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan pensiya yoshiga toʻlgan.


Shuningdek, quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga belgilangan muddatga qadar toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifasi beriladi:

– pedagogik faoliyat boʻyicha 25-yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan;

– yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi;

– oliy malaka toifasiga ega boʻlganidan soʻng ushbu toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi.


Eslatma! Agar pedagogga 2025-yil 1-sentabrgacha umrbod malaka toifasi berilgan bo’lsa, yangi tartib joriy etilishidan qat’iy nazar uning toifasi saqlanadi va keyingi majburiy attestatsiyalarga jalb etilmaydi va ularga amaldagi toifasi bo’yicha haq to’lanadi. Ular faqatgina o’z xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin.
Manba

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Ingliz tili fanidan 2024-yil Respublika miqyosida ommalashgan ishlar. Tanishish uchun

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlandi

2025-yil 1-mart sanasidan boshlab takomillashtirilgan tartib asosida ommalashtirish.uz platformasi orqali metodik ishlarni qabul qilish jarayonlari boshlandi.

O'qituvchilar pedagogik kengash qarori asosida metodik ishlarini ommalashtirish.uz platformaga joylashlari mumkin. Platformaga joylangan ishlar ekspertlar tomonidan baholanib,
🔹 tuman (shahar)
🔹 viloyat
🔹 respublika

bosqichlarida ommalashtirishga tavsiya etiladi.

Ommalashtirish deirektor jamg'armasidan ustama olishni niyat qilganlar uchun qo'shimcha ballar taqdim etadi.
Masalan:
maktab miqyosida ommalashgan ish - 7 ball
tuman (shahar) miqyosida - 10 ball
viloyat miqyosida - 12 ball
Respublika miqyosida - 15 ball beriladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📣 Attestatsiya imtihoniga to'lov qilish 10-martga qadar uzaytirildi

✅ Attestasiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2025 yilning 10 martiga qadar amalga oshirishlari mumkin.

➖ Joriy yilning yanvar-iyun oylarida o'tkaziladigan attestasiyada navbatdan tashqari (o'z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to'lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilinganligi
sababli, attestatsiya imtihonlari uchun to'lovlar 10-martga qadar uzaytirib berildi.

©️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

1-martdan boshlab kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish boshlanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishlari mumkin.

Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Kasbiy sertifikatlash sinovlariga:

umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;

➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;

➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.


MMTV

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

70 foizlik ustama bahorgi attestatsiyadan amal qiladi

Bu haqda pedagog kadrlar attestasiyasi rasmiy kanalining bugun tashkil qilingan jonli muloqotida aytib o'tildi.
Endi hotirjam ariza topshirsangiz bo'ladi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi – Shavkat Mirziyoyev

Bugun Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida, ta’lim sohasiga doir islohotlarga ham aytib o’tdi.
 

Bu yil sharoiti ogʻir oilalardagi iqtidorli yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha “Yorqin kelajak” loyihasini boshlayapmiz. Ushbu loyiha doirasida kamida 200 nafar qizimiz har yili dunyoning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuboriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zohidov, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov tizimi esa yana 250 ming nafar xotin-qizni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish uchun masʼul boʻladi.
 
Ayollari oʻqimishli va kasb-hunarli boʻlgan yurtda tinchlik va taraqqiyot boʻladi. Ayollari maʼrifatli boʻlgan xalq albatta baxtli boʻladi.
 
Shu bois, har bir oiladagi qizlarimiz bogʻcha, maktab bilan toʻliq qamrab olinishi, zamonaviy kasb-hunar va chet tillarini egallashi, oliy maʼlumotga ega boʻlishi uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratamiz.

Xususan, bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,5 karra koʻp. Natijada har bir mahalladan 25-30 nafar xotin-qiz oliygohlarda taʼlim olish imkoniga ega boʻladi.
 
Buning uchun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova har bir maktabda yuqori sinfda taʼlim olayotgan qizlarimiz bilan ishlashni individual yondashuv asosida tashkil etib, ularni oliygohlarga tayyorlaydi- deyiladi nutq davomida.

 
Nutqning toʻliq matni ushbu havolada

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📣 Attestatsiya imtihoniga 10-martga qadar to'lov qilish mumkin

✅ Attestasiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2025 yilning 10 martiga qadar amalga oshirishlari mumkin.

➖ Joriy yilning yanvar-iyun oylarida o'tkaziladigan attestasiyada navbatdan tashqari (o'z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to'lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilinganligi
sababli, attestatsiya imtihonlari uchun to'lovlar 10-martga qadar uzaytirib berildi.

©️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

O'qituvchilarning ilg'or tajribasi va faoliyati davomida qoʻllab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini
takomillashtirish toʻgʻrisida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 7.02.2024 yildagi 32-sonli buyrug'i

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

✔️ ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK BO'YICHA ENG SO'NGGI KURSIMIZGA YOZILISHGA ULGURIB QOLING!

Nima uchun aynan biz bilan natijaga erishish osonroq?

Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ga yaqin ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik

Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar

Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati

✅ Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar

Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli

Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩‍🎓 PhD talabasi olib boradi

Toifa imtihoniga darslarimiz 📆 7-MART, JUMA kunidan start oladi

Darslarimiz @writing_admin tomonidan olib boriladi.

Haftada 6 kun: Haftaning toq kunlari mavzular bo'yicha darslar
Juft kunlarda test + tahlil berib boriladi.
🎁 Har yakshanba MOCK IMTIHON
Kurs davomiyligi: 2 oy
Dars tugagandan keyin ham mock imtihon tashkil qilib boriladi!

Kursimiz INGLIZ TILI FANIDAN

GRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKA

mavzularini qamrab oladi.

Pedagogika bo'yicha esa test va manbalar beriladi lekin dars o'tilmaydi!

☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.


👉 DEMO DARSIMIZ

Bizda natijalar so'zlaydi!

Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈

💵 Kurs narxi: 250 ming so'm (bir martalik to'lov)

Kursga yozilish uchun ➡️ @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 6-MART, 23:59!

📚 @AttestatsiyaINFO - TOIFA sari qisqa yo'l!

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ 9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihon sanalari ma'lum bo'ldi

9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).
Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.
Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.
Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

😂
#joke_time

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️Attestatsiya imtihoniga to'lov qilish 10-martga qadar davom etadi

✅ Pedagoglar attestasiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2025 yilning 10 martiga qadar amalga oshirishlari mumkin.

Ushbu muddat faqat ariza topshirib, hali to'lov qilmaganlar uchun berilgan bo'lib, hozirda yangi ariza topshirish yopilgan.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun arizalar faqatgina to'lov qilingandan keyingina ko'rib chiqiladi. Shaxsiy kabinetingizdan arizangiz holatini tekshirib turish tavsiya etiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Maktabda qaysi fanlar ikki guruhga bo'lib o'qitiladi?

✅ Qonunchilikka ko'ra, malakali o'qituvchilar yetarli bo'lgan quyidagi hollarda sinfdagi o'quvchilarni ikki guruhga bo'lib o'qitishga ruxsat etiladi:

🔹o'quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo'lgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining I — XI sinflarida "Chet tili" fani;

🔹ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

🔹V — XI sinflarda "Informatika va axborot texnologiyalari";

🔹VIII — XI sinflarda "Jismoniy tarbiya";

🔹V — IX sinflarda "Texnologiya";

🔹X-XI sinflarda "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik" fanlari;

🔹ta'lim tili o'zbek tili bo'lmagan umumiy o'rta ta'lim muassasalarining II — XI sinflarida "O'zbek tili" fani;

🔹ta'lim tili rus tili bo'lmagan umumta'lim muassasalarining II — XI sinflarida "Rus tili" fani.

P.S.: Usbu qarorda "ruxsat etiladi" degan jumla ishlatilgan. Ya'ni sinfda 25tadan ortiq o'quvchi bo'lsa, bo'lib o'tish uchun yetarli sharoit bo'lsa (sinfxonalar, o'qituvchilarning mavjudligi kabi) keyin ushbu sinfni bo'lib o'qitsa bo'ladi. Ya'ni bu majburiyat emas, ruxsat.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Pedagoglarni attestasiyadan o'tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag'batlantirish tizimi takomillashtirga bag'ishlangan, Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o'tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag'batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qarori

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (3-chorak) 👉 BSB ish reja (3-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (3-chorak)

👉 Konspektlar (3-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (3-chorak)

👉 Nazorat ishlari

👉 Tezislar (3-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

👉 ATTESTATSIYA TEST

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Gap ommalashtirish haqida ketar ekan ayrim shaxsiy tavsiyalarimni berib o'tishim kerak:

1. O'zingizning ishingizni ommalashtiring. Ommalashtirishga metodik tavsiya tayyorlab berishni taklif qiladigan juda ko'p xizmatlar bor. Ular 200-300 mingni olib faqat siz uchun ertalabdan kechgacha o'tirib yagona, o'xshashi yo'q ish tayyorlab bermaydi. Unikidan bunikidan copy + paste qilib, amallab nimadir yasab beradi. Yoki sizga yasaganini sal o'zgartirib boshqasiga, boshqasinikini sizga beradi. U ishlar plagiatda tekshirilganda chiqib qoladi.

2. Sun'iy intelektdan ko'p foydalanmang. Qandaydir fikr kelmay qolganda, yoki ba'zi ma'lumotlarni to'ldirishda, ma'lumot izlashda foydalansangiz bo'ladi. Lekin sun'iy intelektdan shunday ko'chirib qo'yib ball olaman desangiz adashasiz. Ishlar sun'iy intelektga ham tekshiriladi.

3. Ishga ijodiy yondashing. Ommalashtirishdan asosiy maqsad ham shu aslida, kimdir yaratgan yangi narsani boshqa o'qituvchilar orasida yoyish.
Masalan siyqasi chiqib ketgan grammatikani qaysidir mavzusiga tayyorlagan slayd yoki metodik tavsiyangizda qandaydir yangilik bo'lmasa, uni ommalashtirishdan hech kimga naf yo'q. Internetda to'lib yotibdi unday mavzular. Ishda originallik, kreativlik bo'lishi kerak. Siz yaratgan ish boshqa ustozlar uchun yangilik bo'lishi kerak.

4. Majburiyat yuzasidan topshirmang! Hech qaysi qaror yoki nizomda ommalashtirish majburiy deb qo'yilmagan. Bu mutlaqo ixtiyoriy bo'lib, topshirasan deb majburlashga hech kimning haqqi yo'q.

O'tgan yili Respublika bosqichiga ekspert sifatida taklif qilinganman va ish jarayonida bizni eng qiynagan muammo har 10tadan 9ta ishda yoki plagiat, yoki sun'iy intellekt mavjud bo'lgan. Yoki ishlar ijodiy yondashuvsiz, quruq ma'lumotlardan iborat bo'lib qolgan. O'ylaymanki, ushbu jihatlariga e'tiborli bo'lasiz!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Toifa olish uchun yuborilgan murojaat holati hamda murojaatdagi ma'lumotlar to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini qanday tekshirish mumkin?

Savol:
Men ikkinchi toifa  testlarida ishtirok etish uchun 25 fevral kuni murojaat yubordim. O'sha kuni to'lov ham qildim. To'lov qabul qilinganligi to'g'risida kvitansiyada "TO'LANDI" degan yozuv chiqdi. Lekin, hozirgacha qabul yoki rad qilinganligi to'g'rsida SMS xabar kelmadi. Shaxsiy kabinetimga kirib, murojaat holatini tekshirib ko'rsam - JARAYONDA- degan yozuv turibdi? Shu to'g'rimi?, yo'qmi bila olmayapman?

Javob. Yuborilgan barcha murojaatlar (shu jumladan, xatolari tahrirlanib qaytadan yuborilgan murojaatlar ham) toifa testlari boshlangunga qadar (25-30 kun ichida) ko'rib chiqiladi va o'rganish natijalari to'g'risida shaxsiy kabinetlarga xabarlar yuboriladi

Siz vaqti-vaqti bilan shaxsiy kabinetingizga kirib murojaatingiz holati bilan tanishib turishingiz yoki shaxsiy kabinetingizdan So'rovnomani yuklab olib, o'z ma'lumotlaringizni tekshirib ko'rishingiz mumkin!

Shaxsiy kabinetingizda  murojaat holati haqida quyidagi yozuvlardan biri bo'ladi:

Yangi (yoki yaratilgan shu holatda Siz o'zingiz aniqlagan noaniqliklarni o'zgartirishingiz, ma'lumotlarni tahrirlashingiz mumkin)

Jarayonda (Ko'rib chiqilmoqda ishchi guruh tomonidan o'rganish boshlangan, bu holatda ma'lumotlarga o'zgartirish kiritib bo'lmaydi)

Qabul qilingan (Sizga attestasiyada ishtirok etishga ruxsat berilgan)*

Rad qilingan ( tahrirlashga qaytarilgan - bu holatda to'g'rilash mumkin bo'lgan kamchiliklarni to'g'rilab, tezda murojaatingizni qaytadan yuborishinga harakat qilib ko'ring)

Navbatdan tashqari attestasiya uchun to'liq to'lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko'rinmaydi va o'rganib chiqilmaydi.

Muhim eslatma: * Murojaatlari qabul qilingan barcha pedagoglar ham Shaxsiy kabinetlaridan SO'ROVNOMAni yuklab olib, undagi ma'lumotlar (FISH, ish joyi, amaldagi toifasi, attestasiya turi, attestasiyadan o'tayotgan fani (lavozimi)) to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini tekshirib ko'rishlari shart. Ma'lumotlarda noaniqlik aniqlangan taqdirda zudlik viloyatdagi
ISHCHI GURUHlariga murojaat qilishlari kerak bo'ladi.
Manba:
@uztdi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Milliy libos kiyish majburiy emas, – vazirlik

AOKAda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida maktablarda o'quvchilarga milliy liboslar kiydirilayotganiga izoh berildi.

"Bugun turli joylarda milliy libos kiyish masalasi muhokama qilinmoqda. SHu munosabat bilan shuni ta'kidlamoqchimizki, Vazirlik tomonidan hech qanday majburiy ko'rsatma, buyruq yoki topshiriq berilmagan. Bu tashabbuslar mahalliy boshqarmalar, muassasalar yoki jamoalar tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshirilmoqda", deydi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mutasaddilari.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

✔️ BIZDA ATTESTATSIYAGA TAYYORGARLIK BO'YICHA ENG SO'NGGI KURS!

Nima uchun aynan biz bilan natijaga erishish osonroq?

Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ga yaqin ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik

Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar

Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati

✅ Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar

Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli

Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩‍🎓 PhD talabasi olib boradi

Toifa imtihoniga darslarimiz 📆 6-MART, PAYSHANBA kunidan start oladi

Darslarimiz @writing_admin tomonidan olib boriladi.

Haftada 6 kun: Haftaning toq kunlari mavzular bo'yicha darslar
Juft kunlarda test + tahlil berib boriladi.
🎁 Har yakshanba MOCK IMTIHON
Kurs davomiyligi: 2 oy
Dars tugagandan keyin ham mock imtihon tashkil qilib boriladi!

Kursimiz INGLIZ TILI FANIDAN

GRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKA

mavzularini qamrab oladi.

Pedagogika bo'yicha esa test va manbalar beriladi lekin dars o'tilmaydi!

☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.
Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.


👉 DEMO DARSIMIZ

Bizda natijalar so'zlaydi!

Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈

💵 Kurs narxi: 250 ming so'm (bir martalik to'lov)

Kursga yozilish uchun ➡️ @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 5-MART, 23:59!

📚 @AttestatsiyaINFO - TOIFA sari qisqa yo'l!

Читать полностью…

School English Teachers

Xalqtaliminfo ham ustozlarni ikkilantirib turgan masalani ko'taribdi.
Afsuski hozircha aniq gap yo'qligicha qolmoqda.
Katta ehtimol bilan bugun kechda bo'ladigan attestatsiya bo'yicha jonli muloqotda anig'i aytiladi.
Ungacha qo'shimcha sifatida aytishim mumkinki, toifasini oshirish uchun navbatdan tashqari
birinchi va oliy toifaga topshirayotganlar ariza topshrib qo'yaverish kerak. 70 foizlik ustama bu attestatsiyadan yo'lga qo'yilmagan taqdirda ham sizda toifani oshirib olish imkoniyati bo'ladi.
Keyingi Vazir jamg'armasi uchun topshirmoqchi bo'lganlar ham shunday. Hech narsa yutkizmaydi.
Allaqachon oliy toifasi borlar, umrbod oliy toifaga ega bo'lganlar harajat va ortiqcha vaqt ketkazishdan qochish maqsadida aniq bo'lishini kutib turishlari kerak. Yoki bo'lmasam ariza topshirib to'lovlarini to'lamay turish tavsiya etiladi.

Biror yangilik bo'lsa kanalda xabar berishga harakat qilaman!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…
Subscribe to a channel