Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
❗️Attestatsiya jiddiy imtihon! U sizdan jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi!
Yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'rish uchun esa sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!
Ushbu Platforma sizga huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.
✅ 5000 ga yaqin savollar bazasi
✅ Aniq taqsimlangan savollar
✅ Har ishlaganda har xil savol
✅ Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
✅ Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
❗️Ovoz yig'ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
Quva tumanidagi maktab direktori o'qituvchilarning maoshidan 700 ming so'mdan ushlab qolib, ularni "Tashabbusli byudjet" loyihasida ovoz yig'ishga majburlamoqchi bo'lgan.
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bu holatga munosib chora ko'rilganini ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, o'qituvchilarni majburiy ishlarga jalb qilish va maoshidan mablag' undirishga yo'l qo'yilmaydi.
Direktor bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️70 foizlik ustama oʻqituvchilarga 2 yil davomida toʻlanadi
Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimiga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bir qancha o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Jumladan:
– pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish tizimi xalqaro eʼtirof etilgan vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazilgandan soʻng attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qoʻshimcha 70 foiz ustama belgilanadi.
Bunda qoʻshimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball eʼtiborga olinmaydi.
Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega boʻlishlari mumkin.
Ustamaning amal qilish muddati ikki yil boʻlib, muddat yakunlangandan soʻng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ O‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash imtihoni uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishlari mumkin.
Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Attestatsiya jiddiy imtihon! U sizdan jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi!
Yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'rish uchun esa sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!
Ushbu Platforma sizga huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.
✅ 5000 ga yaqin savollar bazasi
✅ Aniq taqsimlangan savollar
✅ Har ishlaganda har xil savol
✅ Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
✅ Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
Ayrim ota-onalarga joyini ko'rsatib qo'yadigan shunaqa yoshi ulug' ustozlar bor bo'lishsin!
Erkin Bozorovdan yana bir shedevr: "Ta'lim fidoyilari turing dunyo turguncha". Videoda ko'ring.
Ba'zi ustozlarimiz ajoyibda!
Attestatsiya uchun murojaat boshlandi deb har xil kanalllarda xabarlar rosa aylandi. Yanvardan 1-martgacha ochiq turadi deb aytildi. Roppa-rosa 2 oy ochiq turdi ariza topshirish. Yopilgandan keyin 1-martdan keyin cho'zib berishmasmikan? Haliyam ariza topshirib bo'larmikan? Siz topshirib bera olmaysizmi? Qancha desez beraman, topshirib bering, iltimos!
To'lov qilish bo'yicha ham huddi shu ssenariy. 10-martgacha muddat berildi deyildi. Kanallarda e'lon qilinganda ayrimlarning parvoyiga ham kelmadi. Muddat tugagandan keyin yana yuqoridagi kabi gaplar.
Oylikka bog'liq desangiz buncha muddatni ichida adashmasam 3 marta oylik tushdi.
Nima uchun shunaqa? 🤔 Nima uchun eng oxirida yoki o'tib ketgandan keyin harakat qilishadi?
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (3-chorak) 👉 BSB ish reja (3-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (3-chorak)
👉 Konspektlar (3-chorak)
👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR
👉 Tarqatmalar (3-chorak)
👉 Nazorat ishlari
👉 Tezislar (3-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 To'garak hujjatlari
👉 ATTESTATSIYA TEST
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️BUGUNGI KUNDA PEDAGOG XODIMLAR OYLIGI QANCHANI TASHKIL QILADI?
Xabaringiz bor, Prezident farmoniga ko'ra, 1-oktyabrdan ish haqlari miqdori 15 foizga oshishi belgilangan edi. Hozirgi kunda pedagoglar 1 stavka dars uchun toifalar bo'yicha quyidagicha oylik oladilar:
👉 Oliy toifa– 4 674 594 soʻm - 360.97 USD
👉 Birinchi toifa – 4 230 138 soʻm - 326.65 USD
👉 Ikkinchi toifa – 3 796 213 soʻm - 293.14 USD
👉 Mutaxassis –3 390 824 soʻm - 261.83 USD
👉 Oʻrta maxsus ma’lumotli – 3 169 623 soʻm - 244.75 USD
☝️ Ushbu summa faqat nachisleniye bo'lib, qo'lga tegishi 12 foiz daromad solig'i va 1 foiz kasaba uyushmasi badalini (agar kasaba uyushmasiga a'zolik bo'lsa) ayirib tashlash orqali hisoblanadi. Undan tashqari ushbu summaga turli ustamalar, sinf raxbarlik, daftar tekshirish va boshqa qo'shimcha to'lovlar qo'shilmagan.
O'tgan 7 oy davomida oylik-maoshlarga inflyatsiya qanchalik ta'sir ko'rsatdi?
Dollar kursi - 12 950 so'm. (↗️ +350 so'm)
BHM - 375 000 so'm (↗️ +35 000 so'm)
Go'sht narxi (buqa go'shti) - 120 000 so'm* (↗️ +25 000 so'm)
* - Joylarga qarab narxlar farq qiladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⭐️ Ibrat Academydan yangi loyiha! Super Start!
Endi o'quvchilaringizni natijaga olib chiqishga sun'iy intellekt ham yordam beradi!
Ushbu dastur orqali siz
🗣 So'zlashish
👂 Tinglash
👁 O'qish
📝 Yozish
🔠 Grammatika bo'yicha xalqaro toifadagi ustozlar tomonidan tuzilgan darslar va sun’iy idrok bilan “tilga kirgan” mashqlardan bahramand bo'lasiz.
Hozirda o'quvchilar uchun A1 daraja darslar tayyorlangan bo'lib, ushbu darslarni 3 oyga 159 MING SO'M evaziga faollashtirish mumkin.
💡 Yana bir yangilik: To'lov qilish jarayonida UZTEACHERS15 promokodini kiritish orqali siz 15 foiz chegirmaga ega bo'lasiz!
Ilovani yuklab olish:
Android | iOS
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Attestatsiya jiddiy imtihon! U sizdan jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi!
Yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'rish uchun esa sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!
Ushbu Platforma sizga huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.
✅ 5000 ga yaqin savollar bazasi
✅ Aniq taqsimlangan savollar
✅ Har ishlaganda har xil savol
✅ Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
✅ Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!
🎬 Pay it forward (2000)
📑 Subtitles: English
⭐️ IMDB 7.2
🎞 Film genre: #action #drama
#movies
In order to watch the film with subtitles, install 👉 MX Player
🎥 @engmovies_no1
"O'zi bitta C1 sertifikat ovolib, yana sertifikati yo'qlarga tosh otadi" deganlarga tashlab qo'ysa bo'ladigan video ekan 😂😂😂
#joke_time
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Yemagan somsaga yoki o'zi shundoq ham tekin bo'lgan somsaga pul to'lash
Attestatsiya tashkilotchiligi haqida gap ketarkan, doimo ularning ishiga ijobiy baho beraman. Tashkilotchilarning yutuqlari ko'p. Ulardan ba'zilarini sanab o'tadigan bo'lsak:
1. Tez va sifatli axborot berib boriladi.
O'z rasmiy kanallarida tez-tez jonli muloqotlar tashkil qilinib, turli dolzarb bo'lib turgan savollarga javoblar berib boriladi.
2. Ariza topshirish va to'lov qilish qulay.
Ariza topshirish uchun bir yerga borishingiz, yoki rahbariaytni qosh-qovog'iga qarab o'tirishingiz shart emas. Platforma orqali shunday arizani topshirib bir necha daqiqada to'lovini ham qila olasiz.
3. Ishchi guruhlar doimo ishlab turadi. Biroz kechikib bo'lsa ham botga qilingan murojaatlarga javob beriladi.
Bundan tashqari yana bir qancha yutuqlari bor, boshqa tashkilotlarda bunday tezkorlik va operativlikni ko'rmasligingiz mumkin.
Ammo... Lekin... kamchiliklari ham yo'q emas.
Eng jiddiysi to'lovni qaytarmaslik.
Masalan attestatsiya turini notog'ri tanlab qo'ydingiz. Majburiy topshirishingiz kerak edi navbatdan tashqari qilib to'lov qilib qo'ydingiz. Bu holatda arizangizga rad javobi keladi. Tahrirlab majburiyga o'zgartirasiz. Lekin hali ko'rsatilmagan xizmat uchun qilingan to'lovingiz qaytarilmaydi. Nizomda esa ma'suliyat osongina ariza topshiruvchiga yuklab qo'yilgan.
Yoki ariza topshirdingizu lekin imtihonda ishtirok etmaydigan bo'lib qoldingiz. Bu holatda ham, har qanaqa holatda ham to'lovingizga kuyasiz.
To'lov ham ozmuncha emas. 337 ming so'm. Shunchaki bir-ikki joyda tugmani notog'ri bosganlik pedagogga bunchaga tushmasligi kerak deb hisoblayman. Qaytarishda qandaydir harajatlari, soliqlari bo'lsa chegirib qolib qolganini qaytarib berish kerak. Hammasini olib, o'zing ariza noto'g'ri to'ldirgansan deyish to'g'ri emas. Hech kim bu summani osonlikcha topmaydi. Yoki bu pullarni shundaylikcha o'zlashtirib olmasdan, pedagoglar notog'ri to'lagan faloncha summa mehribonlik uylariga o'tkazib berildi deyilsa ham hech kim norozi bo'lmasa kerak.
Bu muammo yillardan beri bor. Afsuski buni hal qilsihga hech kim tashabbus qilmayapti...
"Pedagoglarga qulaylik yaratish maqsadida" deb boshlanadigan postlarning davomida "notog'ri topshirilgan arizalar uchun to'lovlar qaytarib beriladi" degan xabarni o'qisak, mana bu haqiqatdan qulaylik bo'libdi deb ayta olgan bo'lar edik.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Endi chiqindidan qarzi borlar elektr energiyasiga to'lov qila olmaydilar
Yangi qonunga ko'ra, chiqindidan qarzi bor iste'molchilarga qisqa xabar (SMS) orqali xabar berilgan sanadan e'tiboran 5 kun ichida bartaraf etilmasa, elektr energiyasi uchun to'lovlarni qabul qilish cheklanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Firibgarlar yana tuzoqqa tushishdi! 😁
Bugun yana telegram raqamimga firibgarlar yozishib, onlayn ish taklif qilishdi. Bir hafta ichida bo'layotgan bu ikkinchi holat.
Oldingisida 29 ming to'lov qilishgan edi, bu safar 20 ming so'm tashlab berishdi. To'g'ri summa katta emasu, lekin firibgarlarniki tabarrukda! 😁
Firibgarlikning ushbu turi bo'yicha videoda batafsil tushuntirganman.
Ertaga davomi haqida video qilaman. Bugun qarmoq tashlashdi. Ularning rejasi bo'yicha firibgarlikning asosiy qismi ertaga sodir bo'lishi kerak.
Ehtiyot bo'ling, yaqinlaringizni ogohlantirib qo'ying!
Oltin qoida: hech qachon, hech kimga to'lov qilmang, karta ma'lumotlaringizni bermang!
Apk fayllarni ochmang!
Shunda zo'riyam sizni pullaringizga dahl qila olmaydi!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📣 "Xorijiy tillarni o'qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanloviga 27-MART kuni start beriladi
⚡️"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda
Joriy yilning 27-MART kuni Respublikamiz bo'ylab Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi.
📊 Tanlovda Respublika bo‘ylab 7956 ta maktab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot tizimda ro‘yxatdan o‘tgan.
✅Ushbu tanlovda bu yil jami 39 ming nafar ortiq o'quvchi kuch sinashadi.
1-bosqichda maktablar 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi: test topshiriqlari uchun — 50 ball, asosiy ko‘rsatkichlar uchun — 50 ball.
➡️ Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashtiriladi va asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan ballar qo‘shilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqariladi.
Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar g‘olib deb topiladi.
🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorlarda Prezident sovrini bilan mukofotlanadi:
➖ 1-oʻrin – 100 million soʻm;
➖ 2-oʻrin – 75 million soʻm;
➖ 3-oʻrin – 50 million soʻm.
👉 Tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natija qayd etgan maktablar viloyat bosqichiga yo'llanma olishadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ 2025/2026-o'quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar bo'yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligining tegishli buyrug'i bilan 2025/2026-o'quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar bo'yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o'tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
💬Unga ko'ra:
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o'zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O'zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos bo'lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩2025/2026-o'quv yili qabulida abiturientlarga umumiy 5 ta fan bo'yicha jami 90 ta test topshirig'i beriladi. Bunda to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
©️ Ta'lim nazorati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Maktablarda bahorgi ta'til 21 martdan boshlanadi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy o'rta ta'lim maktablarida bahorgi ta'til 21 mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
O'quvchilar uchun bahorgi ta'til 21 mart sanasidan boshlanadi hamda 27 martga qadar davom etadi.
IV chorak esa 28 mart sanasidan boshlanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📢 2024/2025-o‘quv yili III chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari:
III chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 12-19 mart kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi. Har bir sinf belgilangan kunda emaktab.uz platformasi orqali sinovda ishtirok etishi shart.
📅 Onlayn sinov jadvali:
📌 5-sinf – 12-mart (chorshanba)
📌 6-sinf – 13-mart (payshanba)
📌 7-sinf – 14-mart (juma)
📌 8-sinf – 15-mart (shanba)
📌 9-sinf – 17-mart (dushanba)
📌 10-sinf – 18-mart (seshanba)
📌 11-sinf – 19-mart (chorshanba)
✅ Muhim eslatmalar:
🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak.
🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.
©️ Baholash Pro
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓Xodimlarini “open budjet”ga ovoz berishga majburlagan mansabdorlarga qanday chora ko‘riladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.
❗️Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Chet tili o'qituvchilarining imtihon xarajatlarini qaytarish bo'yicha ARIZA namunasi
Kamida C1 darajali xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan bo‘lsangiz PQ 5117 bo'yicha imtihon harajatlarini qaytarish bo'yicha viloyatingizdagi MALAKA OSHIRISH INSTITUTI ga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.
30 yoshgacha bo'lgan kadrlar Yoshlar Agentligi orqali, 30 yoshdan oshgan pedagog kadrlar esa malaka oshirish instituti orqali xarajatlarini qoplab olishlari mumkin.
Ta'lim vazirliklarining 29-may 2024-yildagi "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 3515-sonli qarori ro'yxatida berilgan ushbu sertifikatlar uchun imtihon xarajatlarini qaytarib olish mumkin:
1. IELTS
2. TOEFL iBT
3. TOELF ITP
4. CAE
5. iTEP
6. TKT
30 yoshdan oshmaganlarga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esa quyidagi sertifikatlar uchun xarajatlar qoplab beriladi:
1. IELTS
2. TOEFL
3. CAE
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Attestasiya test sinovlari bo'ladigan kunlar hali aniq emas
Ijtimoiy tarmoqdarda 2025 yil yanvar-iyun oylarida o'tkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari o'tkazilishi muddatlari to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlar tarqatilmoqda.
Pedagoglardan mazkur xabarlarga e'tibor bermasliklarini so'rab qolamiz, zero, bu sanalar o'tgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari o'tkazilgan sanalar xisoblanadi.
Shuningdek, yangi tartibga ko'ra attestasiya to'g'risidagi barcha ma'lumotlar, shu jumladan test sinovlarining o'tkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma'lum qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorida pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari har yili mart — may hamda oktabr — noyabr oylarida vakolatli vazirliklar tomonidan o'tkazilishi belgilangan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ Aprel 5-6 oyi uchun ro'yxatdan o'tish davom etyapti
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro'yxatga olinadi.
📍 Ro'yxatdan o'tishda talabgorlar o'zlariga qulay bo'lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi tillardan o'tkazilishi, ro'yxatga olish muddatlari va test sinovi o'tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Imtihon narxi: 506 250 so'm
Imtihonga ro'yxatdan o'tkazib berish xizmati uchun @forcefr1 yoki @register_uzz ga murojaat qiling
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Xitoy O'zbekistonda ta'lim va kasbiy tayyorgarlik markazi ochadi
Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Migrasiya agentligi hamda Xitoyning “JC Finance Interconnect Holdings” kompaniyasi vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muzokaralar natijasida kompaniya vakillarining O'zbekistonga tashrifi va mamlakatda ta'lim hamda kasbiy faoliyatga tayyorlash markazi ochish bo'yicha tegishli idoralar bilan uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirildi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Like some other kids, 12-year-old Trevor McKinney believed in the goodness of human nature. Like many other kids, he was determined to change the world for the better. Unlike most other kids, he succeeded.
Читать полностью…❓ Attestatsiyaga murojaatim holati o'zgarmayati, nima qolsam bo'ladi?
❓ Savol: Attestatsiya imtihoni uchun ariza yuborgandim. Yuborganimga bir oydan oshdi. Lekin afsuski, hali ham arizam holati YANGI bo'lib turibdi. Bu holatda qanday yo'l tutishim kerak?
JAVOB: 👉 BU YERDA
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️ Attestatsiya imtihoniga to'lovlarni amalga oshirish uchun bir kun vaqt qoldi!
✅ Attestasiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2025 yilning 10 martiga qadar amalga oshirishlari mumkin.
➖ Joriy yilning yanvar-iyun oylarida o'tkaziladigan attestasiyada navbatdan tashqari (o'z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to'lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo'yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilinganligi sababli, attestatsiya imtihonlari uchun to'lovlar 10-martga qadar uzaytirib berildi.
👉 Ariza holatlari haqida batafsil
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Happy Women's day! 💐
Dear girls and women of my channel!
I congratulate you on this special day. I wish you good luck, happiness, long and beautiful life, success in your private life and work. You are respected, you are beloved, you are special! Happy Women's day! 🌷
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿