Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
⚡️9-sinf bitiruvchilari orasidan 1500 nafargacha o‘quvchi xorijiy OTMlarga o‘qishga yuborish uchun saralab olinadi
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi PF–61-son farmonida nazarda tutilgan “Erkin iste’dod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Har yili respublika bo‘yicha 1500 nafargacha xorijdagi oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga salohiyati mavjud umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari imtihon asosida saralab olinadi;
Milliy dastur doirasida saralab olingan o‘quvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda ta’lim olish davrida ular uchun qo‘shimcha o‘quv tashkil etiladi. Bunda bir nafar maktab maslahatchisiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatan cheklangan normativni 1:15 nisbatgacha belgilanadi;
Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar uchun dunyoning ilg‘or oliy ta’lim tashkilotlariga qabul talablaridan kelib chiqib, Angliyaning “Renessans” kabi o‘quv dasturlari asosida oromgohlarda qisqa muddatli o‘quvlar tashkil etiladi.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Xullas ushbu savolda diligent so'zi noto'g'ri tanlangan deb o'ylayman. Chunki English Vocabulary in Use Advanced kitobida bu so'z positive deb berilgan. Hardworking ham positive. Bu esa test topshiruvchini chalg'itadi. Variant tanlashda qiynaladi. Shundan kelib chiqib ham aynan ushbu savol test tuzish me'yorlariga to'g'ri kelmaydi deyish mumkin.
Muammo testning xato tuzilganida emas aslida. Har yilgidek vazirlik xatosini tan olib, o'qituvchilarga balini berib qo'ysa, hech kim hech narsa demaydi. Muammo vazirlikning xatolarini tan olmayotganida.
Ekspertlar shaxsi sir, ochiq muloqot qilish imkoni mavjud emas. "Shunchaki savol to'g'ri tuzilgan" degan rasmiy bot javobidan boshqa hech qanday tushuntirish, isbot-dalil berilmayapti.
Xohlasang ishon, xohlamasang yo'q lekin biz haqmiz! qabilida ish tutilyapti.
Menimcha savol tuzgan "ekspert"lar, aynan apellatsiya shikoyatlariga ham o'zlari javob berishadi. Shu sabab shu paytgacha hali hech qaysi apellatsiya ijobiy hal etilmadi. Hech kimga bal qo'shib berilmadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Attestatsiyada tushgan yana bir baxsli savol. Shu savol shu yerda turib tursin.
Vazirlik A javobni to'g'ri deb bergan. Sizlar muhokama qilib turing. Keyingi postda vazirlik izohi va Qarshi dalillarni beraman.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili fanidan yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya va materiallar
👉 Listening audiosi 👉 BU YERDA
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul qilish sanasi aniq bo‘ldi!
📆 2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar 2025-yil 1-iyundan 20-iyungacha qabul qilinadi.
🗣Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qilgan.
📁 Hujjatlar onlayn topshiriladi: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ham amalga oshiriladi.
📝 Kirish imtihonlari esa 2025-yil iyul oyida o‘tkazilishi belgilangan.
❗️Eslatma: Qabul hali boshlanmagan, ammo hujjat topshirishni rejalashtirayotgan ota-onalar va o‘quvchilarga sanalarga e’tibor berish tavsiya etiladi.
⚡️Yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish tartibi tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 15-maydagi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish toʻgʻrisida"gi 152-son buyrugʻi qabul qilindi.
Mazkur buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:
yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha taʼlim jarayonlarini tashkil etish tartibi;
tanlov fanlari, xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishi joriy etiladigan sinflarning 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejalari va tushuntirish xatlari.
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktablarda biznes va kasb-hunarga oʻqitish hamda xorijiy tillar (ikkinchi xorijiy til) yo‘nalishlari birlashtirilgan holda amaliyotga joriy etiladi.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 11-sinf Imtihon SAVOLLAR
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 ⚡️ 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR ⚡️
👉 ⚡️ BO'SH O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 ⚡️ IQTIDORLI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ChatGPT PLUS
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Direktor jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritish uchun ishlar 1-iyun sanasigacha qabul qilinadi
Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar olishi mumkin.
Buning uchun ular ro'yxatda berilgan faoliyatlarni amalga oshirganiga qarab bal oladi. Va o'sha ballar ma'lum miqdorga yetganda, u xodimga keyingi o'quv yilidan tegishli foizda ustama tayinlanadi.
👩🏻🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.
✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.
Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
👉 Pedagog xodimlarining faoliyatini BAHOLASH MEZONLARI 👉 BU YERDA
Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 BU YERDA
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
If you are an English Teacher, Join immediately! 😎
We offer:
Click the link for full details:
Requirements:
Feel free to contact:
Join immediately!
40 different sample school certificates. Can be used for rewarding pupils.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Yozgi ta'til vaqtida bironta ta'lim muassasasi yopilmaydi
Kuni-kecha Shavkat Mirziyoev boshchiligida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod o'quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta'tilga chiqishi ta'kidlandi. Yoz oylarida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani ko'rsatib o'tildi.
Barcha hokimlar va ta'lim sohasi rahbarlariga yozgi ta'til vaqtida barcha ta'lim muassasalarining sport maydonchasi va o'quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to'garaklarini ochish topshirildi.
Masalan, o'zlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar bo'yicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, o'quvchilar uchun haftasiga olti soatlik o'quv kurslari tashkil qilinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Green card - Amerika ❌
Surxondaryo ✅
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
💲 «O'qituvchi 1000 emas, 2000 dollar maosh olyapti»
Surxondaryo viloyatida 48300 nafar pedagog xodimdan 11tasi 2000$ oylik olyapti. 600ga yaqini 1000$ dan olyapti ekan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
8) 2.05-16-05
Counting Professional Development Reflective Journal Jami dars blankalari
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Qayerga qaramay “olimpiada” o’tkazilayotganga o’xshaydi.
Olimpiadalarning qadri tushishidan va mazmun mohiyati hamda maqsadlarining o’zgarishidan ehtiyot bo’lishimiz kerak.
Ko’pchilik “o’zi g’olib bo’ladigan maydon” qidirayotgandek tuyuladi, yani’ mahalliy olimpiadalarda ko’rinishmaydi, lekin “ABC”davlatda tashkil qilinadigan “GBJ” nomli olimpiadada pulini to’lab, yo’l kirani ko’tarib qatnashadi va bir quchoq medallar bilan kelishadi. Bunga e’tiroz yo’q, albatta barchaning xohishi va istagi turlicha. Bu bolalar uchun kichik bir tajriba bo’lishi mumkin, lekin bularni tashkil qilib, ustida turayotganlar “haligi yosh chempion qorako’zlardan” shunchaki PR uchun foydalanayotgani achinarli, bunga ergashib ko’pgina odamlarimiz noto’g’ri maslahatlar va tavsiyalar olayotgani yomon.
Olimpiadaning nufuzi unda suv va konfet, futbolka va kepka berilishi bilan emas, taqdim qilinayotgan topshiriqlarning saviyasi va go’zalligi, baholanishning adolatli va shaffof tashkil qilinishi bilan belgilanishini unutish kerakmas.
Ha yana bir narsa, olimpiadaning qandaydir professor nomi bog’lanishi yoki qandaydir xorijdagi universitetda o’tkaziladi deyilishi ham tahlil talab qiladi. Dunyoda Cambridj, Garvard, Yel va boshqa ko’pgina universiterlarning kichik bir kampuslarini ijaraga olib tijorat maqsadida yo’lga qo’yilgan loyihalar talaygina.
So’nggi oylarda shaxsiy xabarda ko’plab shu ma’nodagi savollar va jumboqlar yuborilgani uchun, farzandlarini shu yo’lda tarbiya qilayotgan, o’qitayotgan ota-onalar va ustozlar uchun kichik bir maslahat tariqasida yozdim, xolos!
Barchangizga omad tilayman!
© Umid Rahmonov
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Xalq ta'lim info kanalining yozishicha, bu yil yozgi ta'til vaqtida maktablar yopilmas ekan. Bu vaqt davomida "Dolzarb 90 kun" dasturi asosida turli xil o'quv kurslari, to'garaklar tashkil etilib, o'quvchilar ham, o'qituvchilar ham dam olishmaydi.
Agar rostan shunday bo'lsa, mening fikrimcha ta'limdagi degredatsiyaga olib keladi. O'qituvchilar ham, o'quvchilar ham maktabdan bezib qolishadi. Sentyabrdan kuch-g'ayratga to'lgan holda, maktabni sog'inib ish boshlashi kerak bo'lgan pedagoglar, horg'inlik va negativ energiya bilan o'quv yilini boshlashadi. Ta'til payti dam olib, zerikib, sinfdoshlari, o'qituvchilari va maktabni sog'inib o'qish boshlashi kerak bo'lgan o'quvchilar ham, zerikish, alamzadalik bilan boshlashadi va bu kayfiyat bilan ular yana bir o'quv yilini o'tkazishi kerak bo'ladi.
Buning natijasida shu kungacha tarmoqlarga tarqagan o'qituvchining o'quvchilar, ota-ona, yoki hamkasblari bilan tortishgan, janjallashgan videolari holva bo'lib qoladi. Keyingi o'quv yili juda ham taranglikda o'tishi ehtimoli katta.
Shuning uchun o'qituvchilarga dam berish kerak. Yozgi ta'til deyilgani bilan ular ham dam olish uchun chet elga sayohatga chiqib ketmaydi. Aksariyati sertifikat va toifalarga tayyorgarlik ko'rishadi.
Ko'p ishlash doim ham samarali bo'ladi degani emas. Samarali ishlash bilan, ko'p ishlashning farqi katta.
Iltimos, ta'limdan ustozlarni bezdirmang!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Bitta iltimosda! Nima holat bo'lsa ChatGPT ni gapini manba qilib tashlayvermanglar! O'zi taxminimcha ingliz tili attestatsiya savollariga sun'iy intellekt aralashgani uchun xatosi chiqyapti. To'g'ri sun'iy intellekt ingliz tilida yaxshi ishlaydi lekin bexato emas. 4-5 foiz xatoligi bo'ladi baribir. Buni sun'iy intellektdan ko'p foydalanadiganlar yaxshi bilishadi. Sun'iy intellektda prinsip yo'q. Mana bu to'g'riku desangiz, ha men adashibman shu to'g'ri deb turaveradi. Shu sabab, iltimos hech qayerda sun'iy intellektni gapini manba qilib bermang!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Qaysi o'qish turiga qachon qabul bo'ladi?
— Bakalavr mutaxassisliklariga qabul (5-iyundan 25-iyunga qadar)
Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.
— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz
— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Google Sun'iy intellekt orqali real vaqt rejimida ishlaydigan SI-tarjimonni taqdim etdi.
Bu tarjimon onlayn video aloqa paytining o'zidayoq o'zga tillarda suhbatlashayotganlarning ovozini o'xshatibgina qolmay ularning tilini ikkinchi tarafga darhol tarjimasi bilan uzatadi. Bu esa go'yoki suhbatdoshingiz sizning tilingizda gapirayotgandek tasavvur uyg'otadi.
Bunaqa dasturlar ayniqsa, onlayn xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda juda qo'l keladi. Tarjimon kerakmas, til bilish shart emas. SHartta gapirib tashlayverasan, uyog'i SIning ishi. Qanchadan-qancha xalqaro konferensiyalarda aynan til bilmaganlik uchun qatnasha olmayotgan olimlarimiz tiqilib yotibdi. Mana endi ularning ham mushkuli oson bo'lgan ko'rinadir.
Alvido, tarjimonlar...
© Adolat farzandi
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Bu safargi attestatsiyada shu turdagi savollar tushgan. Siz ularga qanchalik tayyorsiz?
Ushbu testni yechib ko'ring. Javoblarini 👉 BU YERDA tekshirib olishingiz mumkin.
Endi bizning test platformamizga attestatsiyada tushgan yangi turdagi savollar ham qo'shib chiqilmoqda! Va savollar bazasini yanayam oshirb bormoqdamiz!
Test platformamizda tayyorgalik ko'rish orqali siz haqiqiy attestatsiya imtihonida tushishi mumkin bo'lgan savol turlariga o'zingizni tayyorlab borasiz.
Test platformaga ulanish uchun ➡️@uzteachers_admin ga yozing.
31-MAYGACHA murojaat qilib yozilishga ulgurganlarga 🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 bor!
TEST PLATFORMA haqida batafsil 👉 /channel/AttestatsiyaINFO/4434
📚 @AttestatsiyaINFO - Toifa sari qisqa yo'l!
⚡️Sinf xonalarini ta'mirlash uchun maktablar qaerdan mablag' olishi kerakligi aniq aytilmaydi
Sarlavhani diqqat bilan o'qigan bo'lsangiz, u yerda aynan "sinf xonalar" nazarda tutilmoqda, maktab tomi, fasadi, maydon, koridor yoki hojatxona emas, - deb yozgan Xalq ta'limi info telegram kanali:
Ya'ni, mahalliy hokimliklar maktab remonti uchun pul ajratildi deb hisobot berganida ana shu tom, fasad, maydon, koridor, hojatxona nazarda tutiladi, sinf xonalar emas.
Sinf xonalarni esa bir yilda bir marotaba ta'mirlamaslikning imkoni yo'q. CHunki, xonani yaxshi holatda saqlab turish uchun vaqti-vaqti bilan ta'mirlash talab etiladi.
Agar sinf xona ta'mirlanmasa, o'sha maktab ma'muriyatiga bosim o'tkaziladi, yangi o'quv yiliga tayyor emas deya. Ammo sinf xonalarini ta'mirlash uchun qaerdan mablag' olish aniq aytilmaydi.
✅SHu sababli, o'qituvchi-pedagoglar oldida 3 ta yo'l qoladi:
➡️ 1. Sinf xonani ta'mirlash uchun o'z cho'ntagidan pul sarflash;
➡️ 2. Ota-onalardan pul yig'ish;
➡️ 3. Sinf xonani umuman ta'mirlamaslik.
Eng qizig'i shundaki, uchala yo'lni tanlagan taqdirida ham agar buni yuqori tashkilotdagilar "bilib qolsa", baribir o'sha pedagog jazolanadi. Ana sizga mantiq.
Bu borada vazirliklarga yuzlansangiz, "remont uchun pul yig'ish noqonuniy" deyishdan nariga o'tisholmaydi. Osongina buning uchun mahalliy hokimliklar mas'ul deb qutilishadi.
Maktab ta'miri uchun pul yig'ish noqonuniy ekanligini hozir bog'cha bolasi ham aytib beraveradi. Bizga sinf xonalarni ta'mirlash uchun qaerdan mablag' olish kerakligini aytinglar iltimos!
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Xullas do'stlar, oxirigacha boradiganga o'xshaymiz!
Shaxsiy xabar orqali murojaat qilib ko'pchilik sudga berishga yordam so'rayapti. Shundaylarni bir joyga yig'ib yopiq kanal tashkil qilmoqchiman. Bu orqali ularga huquqiy yordam berib, yo'l-yo'riq ko'rsatib, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Tajribali advokat yo'llab, bu ishga professional yondashmasak, bu "ekspert"larning o'zi bilan bitadiganga o'xshamaydi!
Yopiq kanalga faqatgina sudga shikoyat arizasi kiritganlar qabul qilinadi. Ushbu kanalga a'zo bo'lish uchun sudga yuborgan arizangiz skrinshotini @hasanboy_uz profiliga yuboring.
Sud bu apellyatsiya emas. Sudda shaxsiy huquqlaringiz uchun o'zingiz kurashasiz. Birorta savol notog'riligi apellyatsiya komisiyasi tan olganda, o'sha savol tushgan hammaga bal berilar edi. Sudda unday emas. Shu sabab, natija kerak bo'lsa harakat qilish kerak. Boshqalarni sudda yutib chiqqani, sizga bal qo'shib bermaydi.
Sud natijalarini ushbu kanalda e'lon qilib boramiz!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
"Ko'p ming'illashma! Bizni erkatoy "ekspert"lar nima desa shu bo'ladi! Savol to'g'ri-noto'g'riligi bu eng oxirgi darajali masala!"
Kanalimizda berilgan e'tirozli savolga Attestatsiya bo'yicha mas'ul S. Raximboyevdan javob kelibdi. Afsuski unga ko'ra, savol to'g'ri tuzilgan ekan.
Eslatib o'tamiz, aynan shu savolni ta'lim masalalari bo'yicha ekspert, bir necha xorijiy oliy o'quv yurtlarini tamomlagan, C2 daraja sertifikatga ega Komil Jalilov valid emas (invalid) deb atagan edi.
Vazirlik "ekspertlariga ko'ra esa savol 100 foiz to'g'ri tuzilgan.
Birgina chorasi sudga berish, va mustaqil ekspert yordamida savolni o'rganib, xulosa berish varianti qolyapti xolos.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️5095 nafar pedagog 70 foizlik ustama oladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida malaka toifa sinovlari bo‘yicha brifing o‘tkazildi. Unda pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha ayrim ma‘lumotlarga to‘xtaldi:
Joriy yildagi toifa sinovlarida 177,640 nafar pedagog qatnashgan. Shuningdek, o’rnatilgan tartib-qoidalarni buzganligi sababli 75 nafar pedagog sinovdan chetlashtirilgan.
Malaka test sinovlarida 5095 nafar pedagog 86 va undan yuqori natija qayd etgan. Bu degani, ushbu pedagoglarga Hukumatning 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori asosida 70% lik ustama tayinlanadi.
Attestatsiya natijalariga ko’ra, umumiy hisobda 73 mingdan ziyod pedagoglar ijobiy natija ko’rsatgan. Bunda:
10504 nafari – oliy toifa
23200 nafari – I toifa
27805 nafari – II toifa olgan.
6603 nafari esa mutaxassis lavozimini saqlab qolgan. Lekin 104 mingga yaqin (58,9%) o’qituvchi attestatsiya imtihonidan o‘ta olmagan.
Shuningdek, 15-16-may kunlari o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida 4880 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan.
Endi pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
P. S.: Ushbu raqamlar eng so'nggi natijani ifodalamaydi. Qolib ketganlar uchun o'tkaziladigan imtihon va Apellatsiya natijalari yakuniy raqamlarga ta'sir qilishi mumkin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🎓 Bitiruv kuniga Bellissimo Pizza'dan mazali taklif — −24% gacha chegirmalar
Sinfdoshlar uchrashuvimi yoki bitiruvni nishonlayapsizmi? Bellissimo Pizza ilovasida — istalgan shakldagi uchrashuvlar uchun tayyor uchta kombo:
🍕 Sinfdoshlar — 89 000 soʻmdan
Pitsa (25 cm), 8 ta sinnamon rollar, 5 ta tovuqli stripslar va 2 ta Coca-Cola. 2-4 kishili davralarga zoʻr ketadi.
🔔 Super qoʻngʻiroq — 155 000 soʻmdan
2 ta pitsa (25 cm) va tanlab olishga 4 ta bellisster. Kombo 5-7 kishili davralar uchun ayni muddao.
📚 Xayr, maktab! — 255 000 soʻmdan
4 ta pitsa (30 cm) va 2 ta Coca-Cola (1.5 l). 8-12 kishili davralar uchun a’lo tanlov.
📲 Bellissimo Pizza ilovasida buyurtma bering
Reklama
Surxondaryoda 11 ta o'qituvchi 2 ming dollardan ko'p maosh olayotgani ma'lum qilindi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
Shavkat Mirziyoev Surxondaryo ta'lim boshqarmasi boshlig'idan: “Jaydari tilda menga tushuntir: agar harakat qilsa, Surxondaryoda domla ming dollar olishi mumkinmi-yo'qmi?” deya so'radi. Husniddin Mamadiev viloyatda ming dollardan ko'p oylik olayotgan 600 ga yaqin o'qituvchi borligi, yana 11 nafar o'qituvchi 2 ming dollardan ko'p olayotganini aytdi.
“Britaniyada ham bunaqa oylik yo'q”, dedi davlat rahbari.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 11-sinf Imtihon SAVOLLAR
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 ⚡️ 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR ⚡️
👉 ⚡️ BO'SH O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 ⚡️ IQTIDORLI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ChatGPT PLUS
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Bu yil “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
Ijtimoiy tarmoqlarda so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbiri oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.
🎊 Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi. Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari so‘raladi!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
Janjal Paxtachi tumanidagi 12- va 1-umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqqan. Oqibatda oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan 12-umumta’lim maktabi o‘quvchisi vafot etgan, uning sinfdoshi shifoxonaga yotqizilgan. Ularni kaltaklagan 3 nafar o‘quvchi qamoqqa olingani aytilmoqda.
👉 https://kun.uz/18941904
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿