Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
⚡️Yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish tartibi tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 15-maydagi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish toʻgʻrisida"gi 152-son buyrugʻi qabul qilindi.
Mazkur buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:
yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha taʼlim jarayonlarini tashkil etish tartibi;
tanlov fanlari, xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishi joriy etiladigan sinflarning 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejalari va tushuntirish xatlari.
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktablarda biznes va kasb-hunarga oʻqitish hamda xorijiy tillar (ikkinchi xorijiy til) yo‘nalishlari birlashtirilgan holda amaliyotga joriy etiladi.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 11-sinf Imtihon SAVOLLAR
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 ⚡️ 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR ⚡️
👉 ⚡️ BO'SH O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 ⚡️ IQTIDORLI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ChatGPT PLUS
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Direktor jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritish uchun ishlar 1-iyun sanasigacha qabul qilinadi
Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar olishi mumkin.
Buning uchun ular ro'yxatda berilgan faoliyatlarni amalga oshirganiga qarab bal oladi. Va o'sha ballar ma'lum miqdorga yetganda, u xodimga keyingi o'quv yilidan tegishli foizda ustama tayinlanadi.
👩🏻🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.
✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.
Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
👉 Pedagog xodimlarining faoliyatini BAHOLASH MEZONLARI 👉 BU YERDA
Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 BU YERDA
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
If you are an English Teacher, Join immediately! 😎
We offer:
Click the link for full details:
Requirements:
Feel free to contact:
Join immediately!
40 different sample school certificates. Can be used for rewarding pupils.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Yozgi ta'til vaqtida bironta ta'lim muassasasi yopilmaydi
Kuni-kecha Shavkat Mirziyoev boshchiligida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod o'quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta'tilga chiqishi ta'kidlandi. Yoz oylarida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani ko'rsatib o'tildi.
Barcha hokimlar va ta'lim sohasi rahbarlariga yozgi ta'til vaqtida barcha ta'lim muassasalarining sport maydonchasi va o'quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to'garaklarini ochish topshirildi.
Masalan, o'zlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar bo'yicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, o'quvchilar uchun haftasiga olti soatlik o'quv kurslari tashkil qilinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Green card - Amerika ❌
Surxondaryo ✅
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
💲 «O'qituvchi 1000 emas, 2000 dollar maosh olyapti»
Surxondaryo viloyatida 48300 nafar pedagog xodimdan 11tasi 2000$ oylik olyapti. 600ga yaqini 1000$ dan olyapti ekan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
8) 2.05-16-05
Counting Professional Development Reflective Journal Jami dars blankalari
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Qayerga qaramay “olimpiada” o’tkazilayotganga o’xshaydi.
Olimpiadalarning qadri tushishidan va mazmun mohiyati hamda maqsadlarining o’zgarishidan ehtiyot bo’lishimiz kerak.
Ko’pchilik “o’zi g’olib bo’ladigan maydon” qidirayotgandek tuyuladi, yani’ mahalliy olimpiadalarda ko’rinishmaydi, lekin “ABC”davlatda tashkil qilinadigan “GBJ” nomli olimpiadada pulini to’lab, yo’l kirani ko’tarib qatnashadi va bir quchoq medallar bilan kelishadi. Bunga e’tiroz yo’q, albatta barchaning xohishi va istagi turlicha. Bu bolalar uchun kichik bir tajriba bo’lishi mumkin, lekin bularni tashkil qilib, ustida turayotganlar “haligi yosh chempion qorako’zlardan” shunchaki PR uchun foydalanayotgani achinarli, bunga ergashib ko’pgina odamlarimiz noto’g’ri maslahatlar va tavsiyalar olayotgani yomon.
Olimpiadaning nufuzi unda suv va konfet, futbolka va kepka berilishi bilan emas, taqdim qilinayotgan topshiriqlarning saviyasi va go’zalligi, baholanishning adolatli va shaffof tashkil qilinishi bilan belgilanishini unutish kerakmas.
Ha yana bir narsa, olimpiadaning qandaydir professor nomi bog’lanishi yoki qandaydir xorijdagi universitetda o’tkaziladi deyilishi ham tahlil talab qiladi. Dunyoda Cambridj, Garvard, Yel va boshqa ko’pgina universiterlarning kichik bir kampuslarini ijaraga olib tijorat maqsadida yo’lga qo’yilgan loyihalar talaygina.
So’nggi oylarda shaxsiy xabarda ko’plab shu ma’nodagi savollar va jumboqlar yuborilgani uchun, farzandlarini shu yo’lda tarbiya qilayotgan, o’qitayotgan ota-onalar va ustozlar uchun kichik bir maslahat tariqasida yozdim, xolos!
Barchangizga omad tilayman!
© Umid Rahmonov
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
«Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovi natijalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning dastlabki 2 bosqichi (tuman va viloyat) joriy yilning mart va aprel oylarida o‘tkazilib, 1 bosqichda umumiy hisobda 7 955 ta maktab, 39 775 nafar o‘quvchi qamrab olindi. Shundan 7 654 ta maktab – 38 270 nafar o‘quvchi ingliz tilidan, 175 ta maktab – 875 nafar o‘quvchi nemis tilidan, 126 ta maktab – 630 nafar o‘quvchi fransuz tilidan tanlovda ishtirok etishdi.
Hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1- o‘rin Keygeli tumani 55-AFCHO‘SM
2- o‘rin Amudaryo tumani 40-maktab
3- o‘rin Qo‘ng‘irot tumani 47-maktab
Andijon viloyati
1- o‘rin Andijon shahar 13-maktab
2- o‘rin Bo‘ston tumani 48- IDUM
3- o‘rin Shahrixon tumani 44-IDUM
Buxoro viloyati
1- o‘rin Buxoro tumani 1- maktab
2- o‘rin Kogon shahar 9-maktab
3- o‘rin Buxoro shahar 12-maktab
Jizzax viloyati
1-o‘rin Jizzax shahar 22-maktab
2-o‘rin Paxtakor tumani 9-maktab
3-o‘rin Zomin tumani 60-maktab
Qashqadaryo viloyati
1-o‘rin Koson tumani 9- maktab
2-o‘rin Muborak tumani 28-maktab
3-o‘rin Kasbi tumani 1-maktab
Navoiy viloyati
1-o‘rin Zarafshon tumani 3- maktab
2-o‘rin Uchquduq tumani 7-maktab
3-o‘rin Karmana tumani 5- maktab
Namangan viloyati
1-o‘rin Yangiqo‘rg‘on tumani 10-maktab
2-o‘rin Chortoq tumani 53-maktab
3-o‘rin Uchqo‘rg‘on tumani 43-maktab
Samarqand viloyati
1-o‘rin Toyloq tumani 21-maktab
2- o‘rin Samarqand tumani 10- maktab
3- o‘rin Samarqand shahar 9-IDUM
Sirdaryo viloyati
1-o‘rin Shirin shahar 2- maktab
2-o‘rin Guliston shahar 11-maktab
3-o‘rin Yangiyer shahar 6-maktab
Surxondaryo viloyati
1-o‘rin Denov tumani 74-maktab
2-o‘rin Termiz shahar 3- maktab
3-o‘rin Angor tumani 15- maktab
Toshkent viloyati
1-o‘rin Yuqori Chirchiq tumani 34-maktab
2-o‘rin Zangiota tumani 22-maktab
3-o‘rin Chirchiq shahar 15-maktab
Farg‘ona viloyati
1- o‘rin Qo‘qon shahar 32-maktab
2- o‘rin Marg‘ilon shahar 11-maktab
3- o‘rin Farg‘ona shahar 2-maktab
Xorazm viloyati
1-o‘rin Urganch shahar 15-maktab
2-o‘rin Hazorasp tumani 12-maktab
3-o‘rin Yangiariq tumani 31-maktab
Toshkent shahar
1-o‘rin Olmazor tumani 196-maktab
2-o‘rin Mirobod tumani 110-maktab
3-o‘rin Chilonzor tumani 195-maktab
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Maktab imtihonlari 26-maydan boshlanadi
🗓 Imtihonlar sanasi:
🔹 9- va 11-sinflar uchun — 26-maydan 15-iyungacha
🔹 9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya imtihoni — 1-6-may
🔹 11-sinflarda Kasbiy ta’lim fani imtihoni — 17-20-iyun (amaliy shaklda)
📝 Imtihon fanlari:
📚 9-sinf: ▪️ Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma)
▪️ Matematika (yozma)
▪️ O‘zbekiston tarixi (yozma/og‘zaki)
▪️ Jismoniy tarbiya (amaliy)
📚 11-sinf: ▪️ Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma)
▪️ Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) (yozma)
▪️ Tarix (yozma)
▪️ Tanlov fanlari (yozma)
▪️ Chet tili-tanlov (yozma/og‘zaki)
Eslatma: milliy sertifikati bor va chet tili sertifikati bor o'quvchilar tegishli fan bo'yicha imtihondan ozod qilinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
E-tik O'zbekistonda ommalashayotgan firibgarlik haqida oldinroq xabar bergan edim. Ushbu firibgarlik sxemasi haqida qisqacha tushuntirish qilib video tayyorladim.
👉 https://www.youtube.com/watch?v=f26ZSbg95GU
Ko'rmasangiz ham kirib layk bosib qo'ying, izoh yozing va videoni ommalashishiga hissa qoshing. Ko'proq odam ushbu firibgarlik haqida yetarli ma'lumotga olsa, kamroq odam jabr ko'radi deb o'ylayman.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Prezident: Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi
Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab taʼlimi uchun mablagʻ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion soʻm yoʻnaltirilayotgani taʼkidlandi.
Maktablarda 1 millionga yaqin, bogʻchalarda 1,5 million yangi oʻrinlar yaratildi. Bogʻcha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.
Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olyapti.
Bogʻcha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi.
Manba: Ta'lim nazorati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Direktor jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritish uchun ishlar 1-iyun sanasigacha qabul qilinadi
Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar olishi mumkin.
Buning uchun ular ro'yxatda berilgan faoliyatlarni amalga oshirganiga qarab bal oladi. Va o'sha ballar ma'lum miqdorga yetganda, u xodimga keyingi o'quv yilidan tegishli foizda ustama tayinlanadi.
👩🏻🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.
✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.
Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
👉 Pedagog xodimlarining faoliyatini BAHOLASH MEZONLARI 👉 BU YERDA
Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 BU YERDA
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Bu safargi attestatsiyada shu turdagi savollar tushgan. Siz ularga qanchalik tayyorsiz?
Ushbu testni yechib ko'ring. Javoblarini 👉 BU YERDA tekshirib olishingiz mumkin.
Endi bizning test platformamizga attestatsiyada tushgan yangi turdagi savollar ham qo'shib chiqilmoqda! Va savollar bazasini yanayam oshirb bormoqdamiz!
Test platformamizda tayyorgalik ko'rish orqali siz haqiqiy attestatsiya imtihonida tushishi mumkin bo'lgan savol turlariga o'zingizni tayyorlab borasiz.
Test platformaga ulanish uchun ➡️@uzteachers_admin ga yozing.
31-MAYGACHA murojaat qilib yozilishga ulgurganlarga 🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 bor!
TEST PLATFORMA haqida batafsil 👉 /channel/AttestatsiyaINFO/4434
📚 @AttestatsiyaINFO - Toifa sari qisqa yo'l!
⚡️Sinf xonalarini ta'mirlash uchun maktablar qaerdan mablag' olishi kerakligi aniq aytilmaydi
Sarlavhani diqqat bilan o'qigan bo'lsangiz, u yerda aynan "sinf xonalar" nazarda tutilmoqda, maktab tomi, fasadi, maydon, koridor yoki hojatxona emas, - deb yozgan Xalq ta'limi info telegram kanali:
Ya'ni, mahalliy hokimliklar maktab remonti uchun pul ajratildi deb hisobot berganida ana shu tom, fasad, maydon, koridor, hojatxona nazarda tutiladi, sinf xonalar emas.
Sinf xonalarni esa bir yilda bir marotaba ta'mirlamaslikning imkoni yo'q. CHunki, xonani yaxshi holatda saqlab turish uchun vaqti-vaqti bilan ta'mirlash talab etiladi.
Agar sinf xona ta'mirlanmasa, o'sha maktab ma'muriyatiga bosim o'tkaziladi, yangi o'quv yiliga tayyor emas deya. Ammo sinf xonalarini ta'mirlash uchun qaerdan mablag' olish aniq aytilmaydi.
✅SHu sababli, o'qituvchi-pedagoglar oldida 3 ta yo'l qoladi:
➡️ 1. Sinf xonani ta'mirlash uchun o'z cho'ntagidan pul sarflash;
➡️ 2. Ota-onalardan pul yig'ish;
➡️ 3. Sinf xonani umuman ta'mirlamaslik.
Eng qizig'i shundaki, uchala yo'lni tanlagan taqdirida ham agar buni yuqori tashkilotdagilar "bilib qolsa", baribir o'sha pedagog jazolanadi. Ana sizga mantiq.
Bu borada vazirliklarga yuzlansangiz, "remont uchun pul yig'ish noqonuniy" deyishdan nariga o'tisholmaydi. Osongina buning uchun mahalliy hokimliklar mas'ul deb qutilishadi.
Maktab ta'miri uchun pul yig'ish noqonuniy ekanligini hozir bog'cha bolasi ham aytib beraveradi. Bizga sinf xonalarni ta'mirlash uchun qaerdan mablag' olish kerakligini aytinglar iltimos!
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Xullas do'stlar, oxirigacha boradiganga o'xshaymiz!
Shaxsiy xabar orqali murojaat qilib ko'pchilik sudga berishga yordam so'rayapti. Shundaylarni bir joyga yig'ib yopiq kanal tashkil qilmoqchiman. Bu orqali ularga huquqiy yordam berib, yo'l-yo'riq ko'rsatib, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Tajribali advokat yo'llab, bu ishga professional yondashmasak, bu "ekspert"larning o'zi bilan bitadiganga o'xshamaydi!
Yopiq kanalga faqatgina sudga shikoyat arizasi kiritganlar qabul qilinadi. Ushbu kanalga a'zo bo'lish uchun sudga yuborgan arizangiz skrinshotini @hasanboy_uz profiliga yuboring.
Sud bu apellyatsiya emas. Sudda shaxsiy huquqlaringiz uchun o'zingiz kurashasiz. Birorta savol notog'riligi apellyatsiya komisiyasi tan olganda, o'sha savol tushgan hammaga bal berilar edi. Sudda unday emas. Shu sabab, natija kerak bo'lsa harakat qilish kerak. Boshqalarni sudda yutib chiqqani, sizga bal qo'shib bermaydi.
Sud natijalarini ushbu kanalda e'lon qilib boramiz!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
"Ko'p ming'illashma! Bizni erkatoy "ekspert"lar nima desa shu bo'ladi! Savol to'g'ri-noto'g'riligi bu eng oxirgi darajali masala!"
Kanalimizda berilgan e'tirozli savolga Attestatsiya bo'yicha mas'ul S. Raximboyevdan javob kelibdi. Afsuski unga ko'ra, savol to'g'ri tuzilgan ekan.
Eslatib o'tamiz, aynan shu savolni ta'lim masalalari bo'yicha ekspert, bir necha xorijiy oliy o'quv yurtlarini tamomlagan, C2 daraja sertifikatga ega Komil Jalilov valid emas (invalid) deb atagan edi.
Vazirlik "ekspertlariga ko'ra esa savol 100 foiz to'g'ri tuzilgan.
Birgina chorasi sudga berish, va mustaqil ekspert yordamida savolni o'rganib, xulosa berish varianti qolyapti xolos.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️5095 nafar pedagog 70 foizlik ustama oladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida malaka toifa sinovlari bo‘yicha brifing o‘tkazildi. Unda pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha ayrim ma‘lumotlarga to‘xtaldi:
Joriy yildagi toifa sinovlarida 177,640 nafar pedagog qatnashgan. Shuningdek, o’rnatilgan tartib-qoidalarni buzganligi sababli 75 nafar pedagog sinovdan chetlashtirilgan.
Malaka test sinovlarida 5095 nafar pedagog 86 va undan yuqori natija qayd etgan. Bu degani, ushbu pedagoglarga Hukumatning 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori asosida 70% lik ustama tayinlanadi.
Attestatsiya natijalariga ko’ra, umumiy hisobda 73 mingdan ziyod pedagoglar ijobiy natija ko’rsatgan. Bunda:
10504 nafari – oliy toifa
23200 nafari – I toifa
27805 nafari – II toifa olgan.
6603 nafari esa mutaxassis lavozimini saqlab qolgan. Lekin 104 mingga yaqin (58,9%) o’qituvchi attestatsiya imtihonidan o‘ta olmagan.
Shuningdek, 15-16-may kunlari o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida 4880 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan.
Endi pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
P. S.: Ushbu raqamlar eng so'nggi natijani ifodalamaydi. Qolib ketganlar uchun o'tkaziladigan imtihon va Apellatsiya natijalari yakuniy raqamlarga ta'sir qilishi mumkin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🎓 Bitiruv kuniga Bellissimo Pizza'dan mazali taklif — −24% gacha chegirmalar
Sinfdoshlar uchrashuvimi yoki bitiruvni nishonlayapsizmi? Bellissimo Pizza ilovasida — istalgan shakldagi uchrashuvlar uchun tayyor uchta kombo:
🍕 Sinfdoshlar — 89 000 soʻmdan
Pitsa (25 cm), 8 ta sinnamon rollar, 5 ta tovuqli stripslar va 2 ta Coca-Cola. 2-4 kishili davralarga zoʻr ketadi.
🔔 Super qoʻngʻiroq — 155 000 soʻmdan
2 ta pitsa (25 cm) va tanlab olishga 4 ta bellisster. Kombo 5-7 kishili davralar uchun ayni muddao.
📚 Xayr, maktab! — 255 000 soʻmdan
4 ta pitsa (30 cm) va 2 ta Coca-Cola (1.5 l). 8-12 kishili davralar uchun a’lo tanlov.
📲 Bellissimo Pizza ilovasida buyurtma bering
Reklama
Surxondaryoda 11 ta o'qituvchi 2 ming dollardan ko'p maosh olayotgani ma'lum qilindi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
Shavkat Mirziyoev Surxondaryo ta'lim boshqarmasi boshlig'idan: “Jaydari tilda menga tushuntir: agar harakat qilsa, Surxondaryoda domla ming dollar olishi mumkinmi-yo'qmi?” deya so'radi. Husniddin Mamadiev viloyatda ming dollardan ko'p oylik olayotgan 600 ga yaqin o'qituvchi borligi, yana 11 nafar o'qituvchi 2 ming dollardan ko'p olayotganini aytdi.
“Britaniyada ham bunaqa oylik yo'q”, dedi davlat rahbari.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 11-sinf Imtihon SAVOLLAR
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 ⚡️ 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR ⚡️
👉 ⚡️ BO'SH O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 ⚡️ IQTIDORLI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ChatGPT PLUS
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Bu yil “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
Ijtimoiy tarmoqlarda so‘ngi qo‘ng‘iroq tadbiri oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.
🎊 Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi. Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari so‘raladi!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
Janjal Paxtachi tumanidagi 12- va 1-umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqqan. Oqibatda oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan 12-umumta’lim maktabi o‘quvchisi vafot etgan, uning sinfdoshi shifoxonaga yotqizilgan. Ularni kaltaklagan 3 nafar o‘quvchi qamoqqa olingani aytilmoqda.
👉 https://kun.uz/18941904
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? (yoki toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?)
Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra toifa olgan pedagoglarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.
Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.
💵 Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
🗓 Yanvar iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 31-may hisoblanadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️O'zbekistondagi barcha tumanlarning har biridan kamida 5 nafardan o'qituvchi xorijda malaka oshiradi va bu safar xarajatlarini davlat to'lab beradi.
Joriy yilning o'zida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qo'yildi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan bo'lishi haqidagi taklifni ma'qulladi va mutasaddilarga buni yangi o'quv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Maktablarda 60 ming o‘qituvchi 8-12 mln so‘m maosh olyapti - prezident
O‘zbekistonda qator mezonlar asosida o‘qituvchilarga o‘ndan ortiq ustama joriy qilindi, bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olyapti, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi.
👉 https://kun.uz/21116983
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 11-sinf Imtihon SAVOLLAR
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 ⚡️ 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR ⚡️
👉 ⚡️ BO'SH O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 ⚡️ IQTIDORLI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ChatGPT PLUS
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Kimlar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etilmaydi?
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy Reglamentining 9-bandi:
❓Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:
➖fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;
➖magistr darajasiga ega mutaxassislar;
➖pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar.
❗️Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:
➖ homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
➖ pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);
➖ uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
➖ uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida.
📃Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori
Manba: @uztdi
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿