uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

73525

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

Janjal Paxtachi tumanidagi 12- va 1-umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida kelib chiqqan. Oqibatda oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan 12-umumta’lim maktabi o‘quvchisi vafot etgan, uning sinfdoshi shifoxonaga yotqizilgan. Ularni kaltaklagan 3 nafar o‘quvchi qamoqqa olingani aytilmoqda.

👉 https://kun.uz/18941904

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? (yoki toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?)

Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra toifa olgan pedagoglarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

💵 Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

🗓 Yanvar iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 31-may hisoblanadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️O'zbekistondagi barcha tumanlarning har biridan kamida 5 nafardan o'qituvchi xorijda malaka oshiradi va bu safar xarajatlarini davlat to'lab beradi.

Joriy yilning o'zida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qo'yildi.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan bo'lishi haqidagi taklifni ma'qulladi va mutasaddilarga buni yangi o'quv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Maktablarda 60 ming o‘qituvchi 8-12 mln so‘m maosh olyapti - prezident

O‘zbekistonda qator mezonlar asosida o‘qituvchilarga o‘ndan ortiq ustama joriy qilindi, bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olyapti, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi.

👉 https://kun.uz/21116983

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Teacher's book

👉 11-sinf Imtihon SAVOLLAR

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 ⚡️ 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR ⚡️

👉 ⚡️ BO'SH O'ZLASHTIRUVCHI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️

👉 ⚡️ IQTIDORLI O'QUVCHILAR bilan ishlash hujjatlari ⚡️

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 ATTESTATSIYA TEST

👉 ChatGPT PLUS

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Kimlar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etilmaydi?

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy Reglamentining 9-bandi:

Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:

fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

➖magistr darajasiga ega mutaxassislar;

➖pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar.

❗️Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:

homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

➖ pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida.

📃Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori
Manba: @uztdi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Davlat ta'lim standarti bo'yicha o'quvchilar xorijiy tillardan qanday darajada bo'lishlari kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-son qaroriga 1-ILOVAsida Ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining chet tillari bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan TALABLAR belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda chet tilini o‘rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
Boshlang‘ich sinf (4-sinf) bitiruvchilari - A1
9-sinf bitiruvchilari - A2
Chet tillar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari - A2+
11-sinf bitiruvchilari - B1
Chet tillar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf bitiruvchilari - B1+

Oliy ta'lim
Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari - B2
Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lgan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari - C1
Oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo‘lgan fakultetlari magistratura bosqichi bitiruvchilari - C1

☝️ P.S.: Ushbu hujjat 2021-yil kuchini yo'qotgan. Lekin undan keyin DTS talablari aniq belgilangan hujjat chiqmadi yoki chiqqan bo'lsa ham menga no'malum. 2021-yildan keyin talablarda o'zgarish bo'lgan bo'lishi mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️O'quvchining bahosiga ota-ona aralashsa...

🟣O'quvchilarni baholash jarayoniga aralashgan yoki ta'sir ko'rsatgan shaxslar uchun ma'muriy javobgarlik mavjud.

🟣Ma'muriy javogarlik to'g'risdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta'lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta'lim oluvchilar bilimini to'g'ri va xolis baholashiga ta'sir ko'rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta'lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish:

➡️ fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigacha

➡️ mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
© "Oqituvchi" kanali

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

"Attestatsiya natijalari bekor qilinishi kerak" — ekspertlar

Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasi test sinovlarida tushayotgan savollarning validligi hali-hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Ta’lim bo‘yicha ekspertlar esa barcha attestatsiya natijalari bekor qilinib, jarayonni to‘xtatish kerakligini aytmoqda. Bu haqda "Tanaffus" podkastining 16-sonida so‘z bordi.

Podkast davomida ekspertlar attestatsiya jarayonini tashkil etishdan tortib, o‘qituvchilarning asosiy noroziligiga sabab bo‘layotgan testlar validligi haqida to‘liq gapirib berishdi.

O‘ylaymizki, ushbu sonimizni ko‘rgan har bir pedagog attestatsiya jarayonida qanday harakat qilish lozimligi, appelyatsiya berish tartibi, shikoyatlarga vazirlik tomonidan shablon javob qaytarilganda qanday yo‘l tutish kerakligini bilib oladilar.

Marhamat, "Tanaffus" podkastining attestatsiya mavzusiga bag‘ishlangan sonini hoziroq tomosha qiling.

Ko‘rsatuvni ko‘rishni boshlashingiz bilanoq bir dona layk va izoh yozib, bizning loyihamizni qo‘llab-quvvatlab qo‘yasiz degan umiddamiz.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/rvg_3AC3gvI

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🏢 REMONTGA PUL YIG'ISH YO'Q

Qilish mumkin dabdaba to'y,
To'rtta buqa, o'nta qo'y so'y,
Korrupsiya bo'ladi, qo'y,
Remontga pul yig'ilmaydi.

Dang'illatib uylar quring,
Dam olishga toqqa suring,
Maktab desa o'ylab ko'ring,
Remontga pul yig'ilmaydi.

Eshitganlar kuladida,
Poraxo'r deb biladida,
”Muallimlar qiladida",
Remontga pul yig'ilmaydi.

Open byudjet uchun yig'ing,
Bitta ovoz uchun yig'ing,
Darrov ”jalba" qilib chiqing,
Remontga pul yig'ilmaydi.

Yo'llar asfalit bo'lish kerak,
Atrof gulga to'lish kerak,
Poraxo'rlik o'lish kerak,
Remontga pul yig'ilmaydi.

Taftish- komissiya bo'lar,
Ko'p ko'ngillar qiya bo'lar,
Qancha pullar ”Tuya" bo'lar,
Remontga pul yig'ilmaydi.

Bilib qiling ishingizni,
Chidang bosib tishingizni,
Suvga ayting tushingizni,
Remontga pul yig'ilmaydi.

Choyxonada osh yeganda,
Sarflang xonasi kelganda,
Maktabga ”o'n ming deganda,
Remontga pul yig'ilmaydi.


✍️Xurshid Karim

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Sunday is a movie day! Today in movie list an episode from Black Mirror.

When a sudden medical emergency threatens to take Amanda's life, her devastated husband Mike clings to hope by turning to Rivermind—a revolutionary technology that offers the only chance to keep the woman he loves alive.

👉 Full movie

🎥 @engmovies_no1

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari o'tkaziladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab 1-aprelgacha kasbiy sertifikatlash imtihoniga murojaatlarni qabul qilgan edi.

15-16-mayda barcha fanlardan kasbiy sertifikatlash sinovlari bo'lib otadi.

Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:

➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;

➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;

➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.

📤 Nazorat sinovi natijasi bo'yicha 56 va undan yuqori ball to'plagan talabgor nazorat sinovidan o'tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Ushbu sinovdan o'tganlik toifani oshirmaydi, hech qanday ustama taqdim etmaydi. Faqatgina ishda qolish imkoniyatini beradi.

⚠️ Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to'play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

☝️Oldinroq tashkil qilingan attestatsiya imtihonlarida ishtirok etib, toifani qo'lga kiritgan pedagoglar, kasbiy sertifikatlash sinovlaridan ozod qilinadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

O'qituvchi bir oylik malaka oshirishga borganda, unga qay tartibda ish haqi to'lanishi lozim?

O'qituvchi bir oylik malakaga chiqqan vaqitda unga qay tartibda ish haqqi to'lanishi lozim?

YURIST JAVOBI:

Mehnat kodeksining 280-moddasiga e'tibor bering! Unga ko'ra ish beruvchi, xodim xizmat safarida bo'lgan davr va xodim ishdan ajralgan holda o'zi va ish beruvchi uchun majburiy bo'lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o'tgan davr hamda boshqa holatlarda kafolatli to'lovlarni amalga oshirishi shart.

MK 286-moddasiga ko'ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq xarajatlarni kompensasiya qilishi shart:
👉 xizmat safarlarida bo'lganda;
👉 ish beruvchining yo'llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, <b>malaka oshirish va stajirovkadan</b> o'tganda.

💡E'tibor bergan bo'lsangiz, MK 280, 286 va boshqa moddalarda malaka oshirish va xizmat safari alohida-alohida ko'rsatilyapti.  Xizmat safari va malaka oshirish davrida xodimning o'rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

❗️Bunda Mehnat kodeksining 257-moddasiga asosan xodimning o'rtacha oylik ish haqi hisoblanadi.

Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko'ra Mehnatga haq to'lashning vaqtbay tizimidagi xodimlarning o'rtacha ish haqi xodimning o'rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oxirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi) miqdoridan kelib chiqib, xodimning o'rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o'n ikki kalendar oy uchun ustamalar, mukofotlar va boshqa to'lovlar (ushbu Kodeks 248-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ish haqining qo'shimcha qismi) summasining o'n ikkidan bir qismi o'rtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.
Mana shu qoidaga ko'ra xodimning ustamalari uning o'rtacha ish haqini hisoblashda qo'shiladi.

✅ Demak, sizga malaka oshirish davrida o'rtacha oylik ish haqingiz to'lab beriladi.
Manba: @Yurist_Xizmati

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Chet tilidan daraja aniqlash imtihoniga ma'lum sabab bilan qatnasha olmay qolganda, to'lovini qaytarib olsa bo'ladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi "Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 646-son qarori 19-bandiga ko'ra, ariza beruvchi turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, Agentlikka test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi o‘tkazilgan sanadan besh ish kundan kechikmay, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni YIDXP (my.gov.uz) orqali Agentlikka elektron shaklda taqdim etishi lozim.

Buning uchun talabgor my.gov.uz shaxsiy kabinetiga kirib Umumta’lim fanlari va Chet tilidan imtihon to‘lovini qaytarish uchun ariza berish bo'limini tanlaydi yoki quyidagi linkdan foydalanish mumkin.
👉 https://my.gov.uz/uz/service/914

Sabab turida 3ta sababdan birini tanlash kerak bo'ladi.
- Kasallik tufayli
- Yaqinlarining o'limi tufayli
- Xizmat safari tufayli


Ushbu sabablardan biri tanlanganda asoslovchi hujjat ham taqdim etilishi kerak bo'ladi.

Bunda talabgorga Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori Agentlik tomonidan, boshqa hisobvaraqlarga taqsimlangan to‘lov to‘liq miqdorda YIDXP orqali talabgor o'zining yoki ota-onasining plastik kartasiga qaytariladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Chat GPT Plus endi arzon narxda!

Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Dostup olish uchun @uzteachers_admin ga yozing.
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
Joy soni cheklangan!
Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

«Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovi natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovi tashkil etildi.
Tanlovning dastlabki 2 bosqichi (tuman va viloyat) joriy yilning mart va aprel oylarida o‘tkazilib, 1 bosqichda umumiy hisobda 7 955 ta maktab, 39 775 nafar o‘quvchi qamrab olindi. Shundan 7 654 ta maktab – 38 270 nafar o‘quvchi ingliz tilidan, 175 ta maktab – 875 nafar o‘quvchi nemis tilidan, 126 ta maktab – 630 nafar o‘quvchi fransuz tilidan tanlovda ishtirok etishdi.

Hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1- o‘rin Keygeli tumani 55-AFCHO‘SM
2- o‘rin Amudaryo tumani 40-maktab
3- o‘rin Qo‘ng‘irot tumani 47-maktab

Andijon viloyati
1- o‘rin Andijon shahar 13-maktab
2- o‘rin Bo‘ston tumani 48- IDUM
3- o‘rin Shahrixon tumani 44-IDUM

Buxoro viloyati
1- o‘rin Buxoro tumani 1- maktab
2- o‘rin Kogon shahar 9-maktab
3- o‘rin Buxoro shahar 12-maktab

Jizzax viloyati
1-o‘rin Jizzax shahar 22-maktab
2-o‘rin Paxtakor tumani 9-maktab
3-o‘rin Zomin tumani 60-maktab

Qashqadaryo viloyati
1-o‘rin Koson tumani 9- maktab
2-o‘rin Muborak tumani 28-maktab
3-o‘rin Kasbi tumani 1-maktab

Navoiy viloyati
1-o‘rin Zarafshon tumani 3- maktab
2-o‘rin Uchquduq tumani 7-maktab
3-o‘rin Karmana tumani 5- maktab

Namangan viloyati
1-o‘rin Yangiqo‘rg‘on tumani 10-maktab
2-o‘rin Chortoq tumani 53-maktab
3-o‘rin Uchqo‘rg‘on tumani 43-maktab

Samarqand viloyati
1-o‘rin Toyloq tumani 21-maktab
2- o‘rin Samarqand tumani 10- maktab
3- o‘rin Samarqand shahar 9-IDUM

Sirdaryo viloyati
1-o‘rin Shirin shahar 2- maktab
2-o‘rin Guliston shahar 11-maktab
3-o‘rin Yangiyer shahar 6-maktab

Surxondaryo viloyati
1-o‘rin Denov tumani 74-maktab
2-o‘rin Termiz shahar 3- maktab
3-o‘rin Angor tumani 15- maktab

Toshkent viloyati
1-o‘rin Yuqori Chirchiq tumani 34-maktab
2-o‘rin Zangiota tumani 22-maktab
3-o‘rin Chirchiq shahar 15-maktab

Farg‘ona viloyati
1- o‘rin Qo‘qon shahar 32-maktab
2- o‘rin Marg‘ilon shahar 11-maktab
3- o‘rin Farg‘ona shahar 2-maktab

Xorazm viloyati
1-o‘rin Urganch shahar 15-maktab
2-o‘rin Hazorasp tumani 12-maktab
3-o‘rin Yangiariq tumani 31-maktab

Toshkent shahar
1-o‘rin Olmazor tumani 196-maktab
2-o‘rin Mirobod tumani 110-maktab
3-o‘rin Chilonzor tumani 195-maktab

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Maktab imtihonlari 26-maydan boshlanadi

🗓 Imtihonlar sanasi:

🔹 9- va 11-sinflar uchun 26-maydan 15-iyungacha
🔹 9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya imtihoni — 1-6-may
🔹 11-sinflarda Kasbiy ta’lim fani imtihoni — 17-20-iyun (amaliy shaklda)

📝 Imtihon fanlari:

📚 9-sinf: ▪️ Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma)
▪️ Matematika (yozma)
▪️ O‘zbekiston tarixi (yozma/og‘zaki)
▪️ Jismoniy tarbiya (amaliy)

📚 11-sinf: ▪️ Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma)
▪️ Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) (yozma)
▪️ Tarix (yozma)
▪️ Tanlov fanlari (yozma)
▪️ Chet tili-tanlov (yozma/og‘zaki)

Eslatma: milliy sertifikati bor va chet tili sertifikati bor o'quvchilar tegishli fan bo'yicha imtihondan ozod qilinadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

E-tik O'zbekistonda ommalashayotgan firibgarlik haqida oldinroq xabar bergan edim. Ushbu firibgarlik sxemasi haqida qisqacha tushuntirish qilib video tayyorladim.

👉 https://www.youtube.com/watch?v=f26ZSbg95GU

Ko'rmasangiz ham kirib layk bosib qo'ying, izoh yozing va videoni ommalashishiga hissa qoshing. Ko'proq odam ushbu firibgarlik haqida yetarli ma'lumotga olsa, kamroq odam jabr ko'radi deb o'ylayman.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Prezident: Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab taʼlimi uchun mablagʻ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion soʻm yoʻnaltirilayotgani taʼkidlandi.

Maktablarda 1 millionga yaqin, bogʻchalarda 1,5 million yangi oʻrinlar yaratildi. Bogʻcha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.

Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olyapti.

Bogʻcha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi.

Manba: Ta'lim nazorati

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Direktor jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritish uchun ishlar 1-iyun sanasigacha qabul qilinadi

Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar olishi mumkin.
Buning uchun ular ro'yxatda berilgan faoliyatlarni amalga oshirganiga qarab bal oladi. Va o'sha ballar ma'lum miqdorga yetganda, u xodimga keyingi o'quv yilidan tegishli foizda ustama tayinlanadi.

👩🏻‍🏫Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

➖ 65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
➖71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
➖76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
➖81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
➖86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
➖91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
➖96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.

✅Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.

Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.

👉 Pedagog xodimlarining faoliyatini BAHOLASH MEZONLARI 👉 BU YERDA

Ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar roʻyxati: 👉 BU YERDA

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Ingliz tili darsliklari sinflar kesimida qaysi CEFR darajasiga mos keladi?

Cambridge University Press ma'lumotlariga ko'ra, Ingliz tilidan O'zbekiston darsliklari uchun asos qilib olingan "Guess what" va "Prepare" kitoblari CEFR shkalasida quyidagi darajalarga mos keladi.

Guess what 1-sinf - Pre-A1
Guess what 2-sinf - Pre-A1
Guess what 3-sinf - A1
Guess what 4-sinf - A1+
Guess what 5-sinf - A1+
Guess what 6-sinf - A2
Prepare 7-sinf - A2
Prepare 8-sinf - A2
Prepare 9-sinf - A2+
Prepare 10-sinf - B1
Prepare 11-sinf - B1+


🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

TKT, TESOL dan tegishli darajadagi sertfikatlar ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladimi?

Xabaringiz bor, VM 312-sonli qaror 9-bandiga asosan, 2025-2026-o'quv yilidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o'qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo'lishlari lozimligi belgilangan.
Qarorda esa kamida B2 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan sertifikat talabi haqida gap ketgan. Bilamizki TKT, TESOL/TEFL talabgorning til bilish darajasini ifodalamaydi. Lekin Vazirlikning 2024-yil 13-sentyabrdagi 03-12-2416-sonli xatiga asosan, 3515-sonli qarorning 3-bobi kuchga kirguniga (2024-yil 29-iyul) qadar olingan TKT va TESOL/TEFL sertifikatlari uchun o'z muddati davomida (3 yil) B2 serifikat talab qilinmasligi maqsadga muvofiq deb keltirilgan.
Ya'ni 2024-yilgacha olingan TKT (barcha modullar Band 3), TESOL/TEFL sertifikatlari ishda qolish talabini bajara oladi. Qarordan keyin olingan TKT, TEFL/TESOL sertifikatlari talabni bajarish uchun asos bo'lmaydi!
Lekin qonunchilikka yanayam chuqurroq qaralagadigan bo'lsa, 2024-yil 29-mayda TKT uchun B2 sertifikat shart qilib qo'yilgan bo'lsa, TESOL/TEFL uchun bu 2023-yil 29-iyuldagi 34-q/q, 15-xx sonli qo'shma qarorda belgilab qo'yilgan.
Shu sabab yanayam ehtiyotkorlik sifatida, 2024-yil 29-iyulgacha olingan TESOL/TEFL sertifikat egalari ham avgustgacha B2 olib qo'yishlari tavsiya etiladi. Chunki qonunchilikka ko'ra, xat/buyruq VM qaroridan ustun emas.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Teacher REMOVES STUDENT from class - The reason WHY will SHOCK YOU

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Official! More than 2/3 of exam seats are already taken — don’t miss your chance

On June 1, an entrance exam will be held, where you can officially become a student of Profi University in one of the following prestigious fields:

👨‍⚕️ General Medicine
🦷 Dentistry
🙏 Psychology 👩🏻‍🏫 Pedagogy
✈️ Tourism 🏦 Banking, Audit
👩‍💻 Accounting 💻 IT
💵 Economics 📺 Marketing
🇬🇧 English 🇷🇺 Russian Language & Literature
📚 Primary and Preschool Education

❗️Reminder: more than 80% of applicants didn’t pass the first exam. We highly recommend preparing seriously.

Seats are limited!
👉 Register now!

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Teacher's book

👉 11-sinf Imtihon SAVOLLAR

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

👉 ATTESTATSIYA TEST

👉 ChatGPT PLUS

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Maktabda kitob yoʻqolsa kim toʻlaydi va qancha toʻlash kerak?

Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini toʻlashi shart.

Oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:

👉 1 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 2 - 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 - 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.

Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

TKT kurs so'raganlar uchun, bizda navbatdagi intensiv kurs boshlanish arafasida. Shoshilamiz!

🆕 Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna

📅 Boshlanish sanasi: 12 MAY
👩🏻‍🏫 Tutor: Barno Bakhodirovna
💲 Kurs narxi: 350 ming so'm
Kurs davomiyligi: 35 kun

Kurs tarkibi:
💦TKT Modul 1 test tahlili
💦TKT Modul 2 test tahlili
💦TKT M3 test tahlili
3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars

🎁 TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar

☺️Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba, Juma, Yakshanba soat 19:00 da

📌Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ DEMO LESSON
Natijalarimiz va kurs uchun ➡️ FEEDBACKS

Kurs uchun 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.

Kursga yozilish uchun hardoimgidek➡️@forcefr ga murojaat qiling


📝 Shoshiling.❗️ Kursga a'zo bo'luvchilar soni cheklangan

Bugun M2 bo'yicha mana Shu testning tahlili bo'ladi M2 qiynayotgan ustozlar bo'lsa jonli tahliliga qo'shiling va savollaringizga javob oling!

👉 @forcefr

📘 @tkt_info - TKT haqida hamma narsa!

Читать полностью…

School English Teachers

Endi do'konimizdagi printerlar ham KATTA CHEGIRMAga tushdi!

Printer, Skaner, Kopiya - 3tasi birda!
Rangli va rangsiz!
Tanlang va buyurtma bering!
Mahsulotlar soni CHEKLANGAN!
Faqat naqdga, bir nechta dona qoldi xolos!

🛡 Buyurtma berish uchun 🚀 @webadmin24 ga yozing yoki
📞 +998907500985 raqamiga bog'laning.

🚕 O'zbekiston bo'ylab tezkor (1-3 kunda) yetkazib berish xizmati bor.

⌨️ @hr_laptops

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️O'zbekistonda bir vaqtning o'zida ikkita OTMda o'qishga ruxsat berilishi mumkin

Senator Oliy ta'lim vaziriga bir vaqtning o'zida ham davlat, ham xususiy OTMlarda turli shakllarda o'qishga ruxsat berish masalasi bo'yicha so'rov yubordi.

Ta'kidlanishicha, ayni paytda bunday imkoniyat yo'q: abiturient faqat bir OTMga asl hujjatini topshirishi mumkin, HEMIS tizimi esa boshqa OTMda qayta ro'yxatdan o'tishga yo'l qo'ymaydi.

Senator Bahrom Abdullaev bu cheklovlar AQSH, Yevropa, Rossiya va Qozog'istonda yo'qligini ta'kidlab, O'zbekistonda ham talabalarga bir vaqtning o'zida ikki oliygohda o'qish huquqini berishni so'radi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Butun dunyoni Tik Tokka o'rgatib, o'zlari kitob o'qiyotgan xitoyliklar

16 yilliy tajribaga ega o'zbekistonlik o'qituvchi Sardor Isroilov ayni kunlarda juda dolzarb va kerakli video tayyorlabdi. Ushbu videoni farzandingizga albatta ko'rsating!

Vaqtini isrof qiladiganlar vaqtdan samarali foydalanadiganlarga xizmatkor bo'ladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…
Subscribe to a channel