Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads
Sunday is a movie day! Today in movie list an episode from Black Mirror.
When a sudden medical emergency threatens to take Amanda's life, her devastated husband Mike clings to hope by turning to Rivermind—a revolutionary technology that offers the only chance to keep the woman he loves alive.
👉 Full movie
🎥 @engmovies_no1
⚡️ Kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari o'tkaziladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab 1-aprelgacha kasbiy sertifikatlash imtihoniga murojaatlarni qabul qilgan edi.
15-16-mayda barcha fanlardan kasbiy sertifikatlash sinovlari bo'lib otadi.
Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
📤 Nazorat sinovi natijasi bo'yicha 56 va undan yuqori ball to'plagan talabgor nazorat sinovidan o'tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Ushbu sinovdan o'tganlik toifani oshirmaydi, hech qanday ustama taqdim etmaydi. Faqatgina ishda qolish imkoniyatini beradi.
⚠️ Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to'play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
☝️Oldinroq tashkil qilingan attestatsiya imtihonlarida ishtirok etib, toifani qo'lga kiritgan pedagoglar, kasbiy sertifikatlash sinovlaridan ozod qilinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
O'qituvchi bir oylik malaka oshirishga borganda, unga qay tartibda ish haqi to'lanishi lozim?
O'qituvchi bir oylik malakaga chiqqan vaqitda unga qay tartibda ish haqqi to'lanishi lozim?
YURIST JAVOBI:
Mehnat kodeksining 280-moddasiga e'tibor bering! Unga ko'ra ish beruvchi, xodim xizmat safarida bo'lgan davr va xodim ishdan ajralgan holda o'zi va ish beruvchi uchun majburiy bo'lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o'tgan davr hamda boshqa holatlarda kafolatli to'lovlarni amalga oshirishi shart.
MK 286-moddasiga ko'ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq xarajatlarni kompensasiya qilishi shart:
👉 xizmat safarlarida bo'lganda;
👉 ish beruvchining yo'llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, <b>malaka oshirish va stajirovkadan</b> o'tganda.
💡E'tibor bergan bo'lsangiz, MK 280, 286 va boshqa moddalarda malaka oshirish va xizmat safari alohida-alohida ko'rsatilyapti. Xizmat safari va malaka oshirish davrida xodimning o'rtacha ish haqi saqlab qolinadi.
❗️Bunda Mehnat kodeksining 257-moddasiga asosan xodimning o'rtacha oylik ish haqi hisoblanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko'ra Mehnatga haq to'lashning vaqtbay tizimidagi xodimlarning o'rtacha ish haqi xodimning o'rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi oxirgi kalendar oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi) miqdoridan kelib chiqib, xodimning o'rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o'n ikki kalendar oy uchun ustamalar, mukofotlar va boshqa to'lovlar (ushbu Kodeks 248-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ish haqining qo'shimcha qismi) summasining o'n ikkidan bir qismi o'rtacha ish haqiga jamlangan holda belgilanadi.
Mana shu qoidaga ko'ra xodimning ustamalari uning o'rtacha ish haqini hisoblashda qo'shiladi.
✅ Demak, sizga malaka oshirish davrida o'rtacha oylik ish haqingiz to'lab beriladi.
Manba: @Yurist_Xizmati
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Chet tilidan daraja aniqlash imtihoniga ma'lum sabab bilan qatnasha olmay qolganda, to'lovini qaytarib olsa bo'ladimi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi "Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 646-son qarori 19-bandiga ko'ra, ariza beruvchi turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa, Agentlikka test sinovlari o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga ko‘ra (kasalligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi o‘tkazilgan sanadan besh ish kundan kechikmay, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni YIDXP (my.gov.uz) orqali Agentlikka elektron shaklda taqdim etishi lozim.
Buning uchun talabgor my.gov.uz shaxsiy kabinetiga kirib Umumta’lim fanlari va Chet tilidan imtihon to‘lovini qaytarish uchun ariza berish bo'limini tanlaydi yoki quyidagi linkdan foydalanish mumkin.
👉 https://my.gov.uz/uz/service/914
Sabab turida 3ta sababdan birini tanlash kerak bo'ladi.
- Kasallik tufayli
- Yaqinlarining o'limi tufayli
- Xizmat safari tufayli
Ushbu sabablardan biri tanlanganda asoslovchi hujjat ham taqdim etilishi kerak bo'ladi.
Bunda talabgorga Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori Agentlik tomonidan, boshqa hisobvaraqlarga taqsimlangan to‘lov to‘liq miqdorda YIDXP orqali talabgor o'zining yoki ota-onasining plastik kartasiga qaytariladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Chat GPT Plus endi arzon narxda!
Ko'pchiligimiz hozirgi kunda sun'iy intellektga ishimiz tushadi. Bepul versiyasi biz kutganday ishlamaydi. Pullik versiyasi esa ancha qimmat turadi!
Lekin bepulga solishtirganda ancha aqlliroq, tezroq va mukammalroq javob beradi.
Rasm/PDF fayllar, Word/Excel fayllari bilan ham ishlay oladi.
Rasm generatsiya qilishdan tashqari video generatsiya qilish xususiyatlari ham bor.
Sizga ChatGPT Plus shared account taklif qilamiz.
Bitta accountda 5-10 tagacha a'zo bo'ladi.
Narxi 85 ming so'm - oyiga
Telefon/Kompyuter/Planshet orqali foydalansa bo'ladi.
Dostup olish uchun @uzteachers_admin ga yozing.
To'lovdan keyin sizga Premium obunali login parol beriladi.
Joy soni cheklangan!
Bu rasmiy ChatGPTning Plus versiyasi, bot yoki norasmiy ilova emas!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❗️Firibgarlarga qarshi jiddiy kurash boshlanmoqda
"Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:
Banklar va to‘lov tashkilotlari uchun yangi javobgarlik: Agar bank yoki to‘lov kompaniyasi kiberxavfsizlikni ta’minlamasa va shu sababli kimdir zarar ko‘rsa - ana shu kompaniyaning o‘zi o‘sha zararni to‘laydi.
Shaxsiy ma’lumotingizni kimgadir bersangiz - javobgarsiz: Endi SIM-karta, bank kartasi, akkauntingizni kimgadir bersangiz va u odam jinoyat qilsa - siz ham ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilasiz.
Axborot tizimi zaif bo‘lgan tashkilotlar jamoatchilikka oshkor qilinadi: Qaysi bank yoki to‘lov tashkiloti xavfsizlikni ta’minlay olmayotgan bo‘lsa - bu haqda alohida ro‘yxat tuzilib, ommaga e’lon qilinadi.
Onlayn firibgarlik - “moliyaviy piramida”larga chek qo‘yiladi: Aholini aldab, "tez boyish" va’dalarini beradigan internetdagi shubhali loyihalarni davlat oldindan aniqlab, to‘xtatadi.
Firibgar o‘zlashtirgan pulni qaytarish mumkin bo‘ladi: Bu tizim jinoyatchi o‘zlashtirgan mablag‘ni hududdan chiqarib yuborishdan avval ushlab qolish va jabrlanuvchiga qaytarish imkonini beradi.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Ta'lim masalalari bo'yicha ekspert, ustoz Komil Jalilovdan batafsil tushuntirish.
Ushbu tahlil ham, yuqoridagi "ekspert" deyilayotgan shaxsning fikrlarini shubha ostiga oladi.
Bu tarmoqqa tarqagan savol xolos. Tarqalmagani qancha. Shuning uchun vazirlik, haqiqiy ekspertlarga tayangan holda tushuntirish berishi, yoki xatoni tan olib, ustozlarning balini to'g'rilab qo'yishi adolatdan bo'ladi deb o'ylayman.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
"School English Teachers" kanalida (tushunishim bo'yicha, attestatsiya jarayonida) "ko'pchilik e'tiroz bildirayotgan savollardan biri" deya bir test topshirig'i tahlil qilingan. Kanal muallifining yozishicha, bu test topshirig'ida to'g'ri javob yo'q. Manbalar "vazirlik izohi" deya bir izohni ham berishdi. Berilgan test topshirig'i va izohni (bu izoh haqiqatdan ham vazirlik tomonidan taqdim qilingan yoki yo'q - aniq bilmaymiz) tahlil qilib ko'ramiz.
Match the underlined words and phrases in the text with the headings.
This spring, I participated in a community garden project. The goal of the project was to transform an unused plot of land into a vibrant garden that would provide fresh vegetables for local families. We worked together to plant tomatoes, peppers, and cucumbers and also built raised beds to make the gardening process easier. The project brought the community together, and it was fulfilling to see the garden flourish throughout the season.
1 project name: _________________ 2 activity focus: _________________
3 community benefit: ____________ 4 plant focus: ______________
5 goal: __________________ 6 time: _____________________
Rostini aytsam, g'alati test topshirig'i ekan. G'alatiligi shundaki, mavhum (ambigious) va bitta so'ralayotgan elementga bir nechta javob tushishi mumkin bo'lgan joylari bor. Agar maqsad o'qib tushunish (reading comprehension) ko'nikmasini tekshirish bo'lsa, bunday test topshirig'ini ishlatishni tavsiya qilmagan bo'lardim.
G'alatiligi shundaki,
1) activity focus bilan goal ning aniq nima farqi borligi tushunarsiz: maqsad bo'sh yerni bog'ga aylantirish bo'lgan va bu maqsadga erishish uchun bog' yaratilgan, sabzavotlar ekilgan. Ya'ni activity focus to transform a plot of land into a garden bo'lishi ham, to plant tomatoes, peppers, and cucumbers bo'lishi ham mumkin.
2) community benefit - garden ham, fresh vegetables ham bo'lishi mumkin (chunki loyiha natijasida mahalliy aholini sabzavotlar bilan ta'minlaydigan bog' yaratilgan).
3) plant focus - vegetables ham, tomatoes, peppers, and cucumbers ham bo'lishi mumkin (chunki "tomatoes, peppers, and cucumbers" "vegetables"ga kiradi).
Agar faqat tagiga chizilgan so'zlarni berilgan 1-6 elementlarga moslashtirish kerak, deb olib test topshirig'ida so'ralayotgan narsalarni tahlil qilib ko'rsak:
1. Project name (loyihaning nomi) - bu matnning 1-gapida berilgan: community garden.
2. Activity focus (loyihada qanday faoliyat, ish asosiy bo'lgan, ya'ni loyiha qanday ishni bajarish orqali amalga oshirilgan) - bu matnning 3-gapida berilgan: gardening. Loyiha ekin ekish orqali amalga oshirilgan.
3. Community benefit (mahalliy aholining loyihadan olgan foydasi) - bu matnning 2-gapi oxirida berilgan: fresh vegetables. Loyihaning mahalliy aholi uchun foydasi - aholi bog'dan oladigan barra sabzavotlar.
4. Plant focus (loyihada qanday o'simliklarga urg'u berilgan) - bu 3- gaplarda berilgan: tomatoes, peppers, and cucumbers.
5. Goal (loyihaning maqsadi) - buni 2-gapda aniq qilib bergan: to transform an unused plot of land into a vibrant garden.
6. Time (loyiha amalga oshirilgan vaqt) - bu 1-gapda berilgan: this spring.
Demak:
1. Project name: community garden. 2. Activity focus: gardening. 3. Community benefit: fresh vegetables.
4. Plant focus: tomatoes, peppers, and cucumbers. 5. Goal: to transform an unused plot of land into a vibrant garden. 6. Time: this spring.
Bunday javob yo'q. Demak, test topshirig'ida to'g'ri javob mavjud emas.
Quyida ilova qilingan suratda keltirilgan, "vazirlikdan berilgan" deyilayotgan izohda A javob to'g'ri javob sifatida keltirilgan ekan. Bu javob hech qanaqasiga to'g'ri javob bo'la olmaydi: loyihaning maqsadi "kartoshka, qalampir, bodring" emas, balki "bo'sh yerni bog'ga aylantirish". Buni 2-gapda ochiq-oydin aytib qo'yibdi. Qolaversa, "goal" (maqsad) fe'l bilan (to do smth) ifodalanishi kerak.
(davomi quyida)
⚡️ Chet tilidan daraja aniqlash imtihoni sanalari aniq bo'ldi
✏️imtihonning yozma qismi — 10 - 11-, 14 - 19-may kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
🆔 Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 13:00 dan 14:30 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada Soat 14:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
Izoh: Test sinovi natijalari 20-iyunda e’lon qilinadi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozilar nima qilishi kerak?
Hozirgi kunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buyurtmasi asosida tuzilgan pedagog kadrlar attestatsiyasidagi testlarining validligini tekshirib, xulosa beradigan tashkilot mavjud emas.
Shu sababli, pedagog kadrlar tomonidan yo‘llangan shikoyat arizalari ham aynan vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi mas’ul xodimlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bu esa o‘z navbatida, attestatsiya natijalari yuzasidan yuborilayotgan shikoyat arizalarini xolis ko‘rib chiqish ehtimolini pasaytirishi mumkin. Shu sababli, bunday vaziyatlarda attestatsiya natijalari hamda apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi pedagoglar faqatgina sudga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, nizomning 61-bandiga ko‘ra apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan pedagog kadrlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Manba: xalqtaliminfo.uz
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Ko'pchilik e'tiroz bildirayotgan savollardan biri
Bu yerda to'g'ri javob varianti yo'q.
Buni bilish uchun har bir javobni tahlil qilib chiqish shart emas. 2-gapda the goal of the project was to transform an unusual plot of land degan. Bu bizdan 5-raqamda so'ralgan.
5. goal deganiga ya'ni shu javob bo'lsa, bunday variant bizda faqat B variantda bor xolos.
B variantimizni qolgan javoblari umuman mos kelmaydi.
Shu sabab ushbu savolda to'g'ri javob berilmagan deya olamiz.
Lekin vazirlik ushbu savol tushgan pedagoglar e'tiroziga ham yuqoridagi "shablon" javobni bergan. Ball qo'shilmagan.
Ya'ni, ularga ko'ra "ekspertlar" o'rganib chiqib shunaqa xulosa berishgan.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
“We will create a system where family doctors earn $1,500 and nurses earn $600–800 a month” — President Mirziyoyev
President Shavkat Mirziyoyev has announced a new system to improve the quality of primary healthcare services in Uzbekistan.
👉 https://kun.uz/en/52406219
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
"Click" kompaniyasidan firibgarlar va ularning faoliyati haqida ajoyib video rolik
Ko'ring va raqamli xavfsizlik bo'yicha bilimlaringizni oshirib oling.
👉 To‘liq video
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓ Qaysi o'qish turiga qachon qabul bo'ladi?
— Bakalavr mutaxassisliklariga qabul (20-iyundan 20-iyulga qadar)
Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.
— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz
— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi
Prezident farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) bilan Prezident Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etildi.
62 shtat birligidan iborat mazkur agentlik “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida tashkil etilmoqda (ya’ni loyiha ofisi yopildi, o‘rniga agentlik ochildi).
Agentlik mustaqil davlat boshqaruv organi hisoblanib, ta’limda sifat nazoratini amalga oshiradi. Buning uchun ta’lim tashkilotlarini maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi hamda ularning reytingini yuritadi.
❌ Lekin Agentlik nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun litsenziya berMAYdi. Litsenziya avvalgidek Oliy ta’lim vazirligi tomonidan beriladi.
Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti Agentlik tizimiga o‘tkaziladi.
Agentlik direktori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi hamda uning maqomi Prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Manba
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
❓Maktabda kitob yoʻqolsa kim toʻlaydi va qancha toʻlash kerak?
“Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini toʻlashi shart.
Oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:
👉 1 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 2 - 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 - 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
TKT kurs so'raganlar uchun, bizda navbatdagi intensiv kurs boshlanish arafasida. Shoshilamiz!
🆕 Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna
📅 Boshlanish sanasi: 12 MAY
👩🏻🏫 Tutor: Barno Bakhodirovna
💲 Kurs narxi: 350 ming so'm
⏳ Kurs davomiyligi: 35 kun
Kurs tarkibi:
💦TKT Modul 1 test tahlili
💦TKT Modul 2 test tahlili
💦TKT M3 test tahlili
❗ 3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
🎁 TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar✅
☺️Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba, Juma, Yakshanba soat 19:00 da
📌Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ DEMO LESSON
Natijalarimiz va kurs uchun ➡️ FEEDBACKS
Kurs uchun 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.
Kursga yozilish uchun hardoimgidek➡️@forcefr ga murojaat qiling
Endi do'konimizdagi printerlar ham KATTA CHEGIRMAga tushdi!
Printer, Skaner, Kopiya - 3tasi birda!
Rangli va rangsiz!
Tanlang va buyurtma bering!
Mahsulotlar soni CHEKLANGAN!
Faqat naqdga, bir nechta dona qoldi xolos!
🛡 Buyurtma berish uchun 🚀 @webadmin24 ga yozing yoki
📞 +998907500985 raqamiga bog'laning.
🚕 O'zbekiston bo'ylab tezkor (1-3 kunda) yetkazib berish xizmati bor.
⌨️ @hr_laptops
⚡️O'zbekistonda bir vaqtning o'zida ikkita OTMda o'qishga ruxsat berilishi mumkin
Senator Oliy ta'lim vaziriga bir vaqtning o'zida ham davlat, ham xususiy OTMlarda turli shakllarda o'qishga ruxsat berish masalasi bo'yicha so'rov yubordi.
Ta'kidlanishicha, ayni paytda bunday imkoniyat yo'q: abiturient faqat bir OTMga asl hujjatini topshirishi mumkin, HEMIS tizimi esa boshqa OTMda qayta ro'yxatdan o'tishga yo'l qo'ymaydi.
Senator Bahrom Abdullaev bu cheklovlar AQSH, Yevropa, Rossiya va Qozog'istonda yo'qligini ta'kidlab, O'zbekistonda ham talabalarga bir vaqtning o'zida ikki oliygohda o'qish huquqini berishni so'radi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Butun dunyoni Tik Tokka o'rgatib, o'zlari kitob o'qiyotgan xitoyliklar
16 yilliy tajribaga ega o'zbekistonlik o'qituvchi Sardor Isroilov ayni kunlarda juda dolzarb va kerakli video tayyorlabdi. Ushbu videoni farzandingizga albatta ko'rsating!
Vaqtini isrof qiladiganlar vaqtdan samarali foydalanadiganlarga xizmatkor bo'ladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
"Registan school" jamoasida ishlashni xohlaysizmi?
Ayni vaqtda jamoamiz uchun oʻz sohasida professional, kasbini sevadigan, doimiy tarzda oʻz ustida ishlab rivojlanishga intiladigan Ingliz tili, Matematika va Boshlang'ich ta'lim uchun METODIST va PEDAGOG qidirmoqdamiz!
Takliflar:
Talablar:
Manzillarimiz:
Jamoaga qoʻshilmoqchimisiz?
(davomi)
Agar attestatsiyada shu test topshirig'i tushgan bo'lsa va A javob varianti to'g'ri javob (kalit) deb olingan bo'lsa, bu test topshirig'i tushgan barcha ingliz tili o'qituvchilari natijalari qayta hisoblanishi shart. Va umuman, yuqorida ham yozganimdek, attestatsiya jarayonida ishlatilgan testlarning validligi masalasi qo'yilishi, vazirlik bu savolga aniq javoblar berishi shart.
P.S. Test topshirig'i mana bu yerdan olingan ko'rinadi.
P.P.S. Testoologiyadagi test topshiriqlarini yaratish qoidalariga ko'ra, bunday shakldagi test topshiriqlari testning validligiga salbiy ta'sir qiladi (masalan, qarang: 124-126-betlar).
Obunachimizga ko'ra, vazirlikdagi mas'ullar yuqoridagi muammoli savolga ushbu javobni berishgan.
P. S.: Menimcha MMTV ekspertlarini jiddiy tekshiruvdan o'tkazib saralab olishi kerakka o'xshaydi. Aks holda vazirlik imidjiga jiddiy putur yetib qoladi. Bunaqa savol tuzib, o'zinikini ma'qullab turadiganlarga, ustozlar taqdirini ishonib bo'lmaydi.
Doim aytib kelaman, xato qilish insonga xos. Bu yomon narsa emas. Yomoni uni tan olmaslik!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Apellyatsiyangizga berilgan javobdan qoniqmagan bo'lsangiz, ushbu namunadagi arizadan foydalanib, sudga shikoyat arizasi kiritishingiz mumkin.
Ariza matnini o'zingizga moslab olsangiz bo'ladi. Bu yerda umumiy yozilgan. Ushbu arizani to'ldirib, hududingizdagi ma'muriy sudga topshirasiz.
Sudning ijobiy qaroridan keyin ma'naviy zarar undirish uchun Fuqarolik sudiga murojaat qilsangiz bo'ladi.
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Ingliz tili ustozlariga ham attestatsiya imtihoniga berilgan apellyatsiya bo'yicha "shablon" javoblar kelmoqda
Menga kelayotgan murojaatlarga ko'ra, ko'p ustozlar shikoyatiga mana shunday "copy & paste" qilingan javoblar kelmoqda. Tarmoqlarda aylanayotgan notog'riligi aniq bo'lgan savollarga ham ball berilmagan. Yoki bo'lmasam murojaatchilarning "o'zim ishtirokimda ko'rib chiqing" degan iltimoslari ham qanoatlantirilmayapti.
Albatta ish bor joyda kamchilik bo'ladi. Texnik xato bo'lishi mumkin, inson omili bo'lishi mumkin. Bu tabiiy hol. Lekin o'sha xatoni tan olmaslik, chuqurroq o'rganmay turib, individual yondashmay turib hammaga bir xil shablonda "e'tirozingiz o'rinsiz" deyish noto'g'ri.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligidan izoh va adolatli yechim kutamiz!
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
🎓 Magistratura va doktroanturaga qaysi sertifikatlar tan olinadi?
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 3515-sonli qarori (29.05.2024) tasdiqlangan.
Unga ko'ra, quyidagi sertifikatlar ingliz tili yo'nalishi bo'yicha magistratura va doktorantura ta’lim yo‘nalishlari uchun talab etiladi:
1. Milliy sertifikat - C1
2. IELTS - 7.0
3. TOEFL IBT* - 95-113
4. TOEFL ITP - 620
5. CAE - 180-199
6. iTEP - C1
* Home edition bo'lmagan, rasmiy test markazida qat'iy nazorat ostida topshirilgan bo'lishi talab etiladi
👉 Bakalavr yo'nalishiga imtiyoz beradigan sertifikatlar
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
TKT kurs so'raganlar uchun, bizda navbatdagi intensiv kurs boshlanish arafasida. Shoshilamiz!
🆕 Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna
📅 Boshlanish sanasi: 12 MAY
👩🏻🏫 Tutor: Barno Bakhodirovna
💲 Kurs narxi: 350 ming so'm
⏳ Kurs davomiyligi: 35 kun
Kurs tarkibi:
💦TKT Modul 1 test tahlili
💦TKT Modul 2 test tahlili
💦TKT M3 test tahlili
❗ 3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
🎁 TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar✅
☺️Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba, Juma, Yakshanba soat 19:00 da
📌Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ DEMO LESSON
Natijalarimiz va kurs uchun ➡️ FEEDBACKS
Kurs uchun 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.
Kursga yozilish uchun hardoimgidek➡️@forcefr ga murojaat qiling
⚡️ Top-100talik OTMlarga kirganlarga xarajatlar imtihonsiz qoplab beriladi
◾️ Endi xalqaro reytinglarda TOP-100 talik universitetlarga grant asosida o‘qishga kirgan nomzodlarga “El-yurt umidi” stipendiyasi imtihonlarsiz ajratiladi. TOP-300 talikda bo‘lgan universitetlarga grantga kirganlarga xalqaro transport va turar joy xarajatlari imtihonlarsiz qoplab beriladi.
📌 Prezident maktablari uchun ham imtiyoz
TOP-20 talikdagi universitetlar bakalavriatiga 50 foiz grant asosida qabul qilingan prezident maktablari bitiruvchilariga stipendiyalar tanlovlarsiz ajratiladi.
Ta'lim bo'yicha ekspert Komil Jalilov: "Shundoq ham "oddiy" maktablardan "qisilgan" mablag'lar hisobiga imtiyozli sharoitlarda o'qiydiganlarga yana imtiyoz. Konstitutsiyadagi tenglik haqidagi normalar nima bo'ldi?" deb yozdi.
2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz
👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)
👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)
👉 Teacher's book
👉 Konspektlar (4-chorak)
👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR
👉 Tarqatmalar (4-chorak)
👉 Tezislar (4-chorak)
👉 Choraklik testlar
👉 To'garak hujjatlari
👉 ATTESTATSIYA TEST
👉 ChatGPT PLUS
☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin
🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿