uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

73525

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

⚡️ Bitiruvchi sinf o'quvchilarini yakuniy davlat attestasiyasidan o'tkazishga doir metodik tavsiya va materiallar tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirokida o'tkaziladigan yakuniy attestasiya fanlari spesifikasiyalari hamda yakuniy davlat attestasiyasi (og'zaki va yozma) topshiriqlari ishlab chiqildi.


O'zbek tili:

11-sinf Oʻzbekiston tarixi
9-sinf Oʻzbekiston tarixi
11-sinf Ona tili va adabiyot
9-sinf Ona tili va adabiyot
11-sinf matematika (chuqurlashtirilgan)
11-sinf matematika (asosiy)
9-sinf matematika
11-sinf Davlat va huquq asoslari
9-sinf Jismoniy tarbiya
11-sinf Fizika
11-sinf Biologiya
11-sinf Geografiya
11-sinf Kimyo
11-sinf Fransuz tili
11-sinf Nemis tili
11-sinf ingliz tili

©️ Ta'lim nazorati

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ O'zbekistonda har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e'lon qilinadi.
(Prezident)

Haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko'p. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb e'lon qilinadi.

Har yili ichki turizm targ'ibotini kengaytirishga 20 milliard so'm ajratiladi dedi Prezident.

Endi ishxonalar har oyda o'z xodimlarini Samarqand, Buxoro Xiva va Shahrisabz tomonlarga dam olgani yuborib turishadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️2025-yil 1 maydan boshlab farzandi darslarda muntazam qatnashmagan yoki uy-joyining sanitariyasini yaxshilamagan oilalar uchun "bola puli" miqdori kamaytiriladi.

Oilalar tomonidan ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda bolalar uchun nafaqa va moddiy yordam miqdori mahalla yettiligining qarori asosida 30 foizgacha kamaytiriladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Kechagi masala hal bo'ldi. Kanaldagi post sudgacha yetib boribdi. Suddan chaqirishib jarimani bekor qilish bo'yicha qaror chiqarib berishdi.
Qarorni MIB ga oborib topshirdim. 1 kunda barcha ta'qiqlarni yechib qo'yamiz deyishdi.
Olgan xulosalarim:
Avtomashinangiz bo'lsa pulidan qochmang, albatta videoregistrator qo'yib oling, bo'lmasam ayrim "qaroqchi"lar o'zlarini foydasi uchun tuhmat qilib yo'q joydan sizni huquqbuzarga chiqarib qo'yishi hech gap emas.
Vaqtingiz qadrli bo'lsa, pulingiz qadrli bo'lsa, jarima yozilganda tinchgina to'lab qo'ya qoling.
Men 87 500 so'mlik jarimani bekor qilish uchun 4 oy vaqtim va 200 ming so'mga yaqin pul xarajat qildim. Lekin afsuslanmayman.
Menga shu sohada tajriba bo'ldi. Keyin bunday o'z ishiga noloyiq xodimlarni fuqaro sifatida tartibga chaqirib turmasak, yana qanchadan qanchasini vaqtini, pulini va asabini yeydi.
Qo'llab-quvvatlagan barcha obunachilarga minnatdorchilik bildirib qolaman! Sizning reaksiya va izohlarningiz doim menga madad bo'lib kelgan!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️Attestatsiyaga ham juda oz vaqt qoldi!

Yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'rish uchun esa sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!

Ushbu Platforma sizga huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

5000 ga yaqin savollar bazasi
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi


Savollar oldingi yil attestatsiya imtihonlarida tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi.
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!

Test platformaga full access (polniy dostup) narxi💲120 MING SO'M. To'lovdan keyin sizga invidiual link beriladi.
1-may sanasigacha istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

👉 TEST NAMUNASI

Maqtanishmas-u, lekin platformamiz yordami bilan attestatsiyadan o'tganlar ko'pchilikni tashkil qiladi! 😉
👉 NATIJALAR

Test platformaga link olish uchun ➡️ @uzteachers_admin ga yozing!

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!

Читать полностью…

School English Teachers

Bir ish bo'ldi. Bizdagi sud tizimidan hafsalalarim pir bo'lib ketdi...

Voqeani eng boshidan boshlayman.
Avtomashinamda ketayotganimda Sirdaryo postida YPX hodimi to'xtatib, uzluksiz chiziq bosganimni aytdi. Chiziq yo'q edi deb har qancha tortishsam ham, chiziq bosganlikda ayblab jarima rasmiylashtirdi. Jarima katta emas. 50 foiz chegirma bilan 87 500 so'm edi. Bu hodisa videoregistratorda qayd etilib qolgan edikan. Tabiiyki, o'z huquqimdan foydalanib, huquqbuzar emasligimni isbotlash uchun, noto'g'ri qo'llanilgan jarima ustidan Norin tuman sudiga murojaat qildim. Jarima katta emas, to'lashga qurbim yetadi. Lekin meni huquqlarim buzilganda, shuni tiklab berishga mas'ul shaxslar qanchalik ishiga mas'uliyat bilan yondashadi bilmoqchi bo'ldim. Arizani qabul qilgan odamni Tel nomerini olib qoldim. Ariza holatidan xabardor bo'lib turish uchun. 17-dekabrda ariza topshirgan bo'lsam orada 5-6 marta tel qildim. 2 marta sudga borib kelib, bir marta sudyani o'zi bilan ham ko'rishib gaplashdim. Har safar tel nomerizni olib qolganmiz, o'rganib chiqib o'zimiz bog'lanamiz degan javob olganman.
Mana oradan deyarli 4 oy vaqt o'tyapti. Sud hali ishni ko'rib chiqmadi. Jarima MIB ga oshirilib, avtomashinamga va uy-joyimga taqiq qo'yildi.
O'ziga kerakli ishni 15 minutga qolmay ko'rib chiqadigan sud, nega shuncha paytdan beri cho'zib yuribdi? Bitta xodim tepadan berilgan "kunlik norma"sini bajarish uchun istalgan odamga tuhmat qilib, huquqbuzarga chiqarishga vakolati bormi?
Nima uchun ayb qilmagan inson, aybsizligini isbotlash uchun oylab, yillab yugurib yurishi kerak?
Bunaqa ishlardan keyin adolat deyilsa faqat mahallani boshida ayron sotadigan ayol hayolga keladigan bo'lib qolar ekan...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).

Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.

Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.

Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Vaqt g'animat! Bizda attestatsiyaga tayyorgarlik bo'yicha eng so'nggi TEST MARAFON!

Ko'plab talablarga binoan keyingi haftadan toifa imtihonlariga mutaxassislik fani (ingliz tili) bo'yicha tayyorgarlik uchun ONLAYN MARAFONIMIZGA start beramiz!

Marafonimiz 7-APREL, DUSHANBA kunidan start oladi.

Marafonimiz tajribali tutor, C1 holder, Mustaqil ilmiy-izlanuvchi (PhD talabasi) @writing_admin tomonidan olib boriladi. Marafonimiz test + tahlil ko'rinishida bo'ladi.

⏳ Davomiyligi: 21-aprelgacha

💲 Marafonga qo'shilish narxi 95 ming so'm!

Murojaat uchun ➡️ @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 7-APREL, 23:59!

Oldingi marafondagi natijalarimiz 👉 /channel/c/1727586667/983

☝️ Darslardan farqli, marafonda faqat test va tahlillar orqali mavzular mustahkamlab boriladi. Mustahkamlash, qaytarib olish, qisqa muddatda maskimal tayyorgarlik uchun ideal variant hisoblanadi.

📚 @AttestatsiyaINFO

Читать полностью…

School English Teachers

Sizda B2 yoki C1 bor lekin 50% ustama  olishda muammo bormi?-  Bizda sizga bu uchun ajoyib yechim bor😎😎😎

🆕April 8 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna.

Imtihonda yetarli ball to'plaganingizda   TKT imtihoni uchun qilgan xarajatlaringiz Davlat tomonidan 100% qoplab beriladi.
Kurs uchun esa 1 marta 350 Ming so'm to'lov qilasiz va TKT ni sizlarga boshdan oyoq o'rgatamiz.

Kursga yozilish uchun hardoimgidek➡️@forcefr ga murojaat qiling


Vaqtni ortga cho'zishga na hojat, kursimizga tezda yozilib oling!!!

To'liqroq ma'lumotlar pastda

⤵️

💦TKT kurs 8-apreldan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 350 Ming so'm

-350 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?

💦TKT Modul 1 test tahlili 
💦TKT Modul 2 test tahlili
💦TKT M3 test tahlili
3 modul bo'yicha to'liq 33 ta dars
TKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar

☺️Dars qaysi payti bo'ladi?
-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 19:00 da

📌Darslar qay tarzda bo'ladi?
Jonli , audio, video holatda
Namuna darslarimiz judayam tushunarli eshitsangiz bo'ldi o'zi quyilib qoladi ➡️ Lesson
Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks

🕤Darsni Kim olib boradi?
dars ➡️Sifatli va malakali ustoz Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna


📝 Shoshiling.❗️ Kursga a'zo bo'luvchilar soni cheklangan

Bo'lib to'lasa bo'ladimi?
Modul 1 uchun 175 Ming
Modul 2 uchun 140 Ming
Modul 3 uchun 140 Ming

@forcefr
@forcefr
@tkt_info TKT Registration

Читать полностью…

School English Teachers

Toifa testlarini o'z viloyatida emas, boshqa viloyatda topshirsa ham bo'ladimi?

Savol: Men hozirda bola parvarishlash ta'tilidaman. Asosiy ish joyim Qashqadaryo viloyatida. Lekin, men ba'zi bir sabablarga ko'ra Xorazm viloyatidaman va shu viloyatda attestasiyaga kirsam bo'ladimi? Agar iloji bo'lsa, qanday, yo'l-yo'riqlarini tushuntira olasizmi?

❗️Javob: Bo'ladi, albatta. Buning uchun toifa testlarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish va murojaat yuborishda Qashqadaryodagi asosiy ish joyingizni ko'rsatgan holda murojaat yuborasiz. Toifa testlari o'tkaziladigan kunlarda esa Xorazm viloyatida toifa testlarini o'tkazayotgan ishchi guruhiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma murojaat qilishingiz kerak bo'ldadi.

P.S. Shunga o'xshash holatlar boshqa pedagoglarda vujudga kelsa, ular qaysi hudud (viloyat)da toifa testlarini topshirish imkoniyati bo'lsa, o'sha hudud (viloyat)da test o'tkazayotgan ISHCHI GURUHIga (rasmda ma'lumotlari berilgan) tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma murojaat qilishlari kerak bo'ladi.
Manba

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ Dolzarb 14 kunlik! Bizda attestatsiyaga tayyorgarlik bo'yicha eng so'nggi TEST MARAFON!

Ko'plab talablarga binoan keyingi haftadan toifa imtihonlariga mutaxassislik fani (ingliz tili) bo'yicha tayyorgarlik uchun ONLAYN MARAFONIMIZGA start beramiz!

Marafonimiz 7-APREL, DUSHANBA kunidan start oladi.

Marafonimiz tajribali tutor, C1 holder, Mustaqil ilmiy-izlanuvchi (PhD talabasi) @writing_admin tomonidan olib boriladi. Marafonimiz test + tahlil ko'rinishida bo'ladi.

⏳ Davomiyligi: 21-aprelgacha

💲 Marafonga qo'shilish narxi 95 ming so'm!

Murojaat uchun ➡️ @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 7-APREL, 23:59!

Oldingi marafondagi natijalarimiz 👉 /channel/c/1727586667/983

☝️ Darslardan farqli, marafonda faqat test va tahlillar orqali mavzular mustahkamlab boriladi. Mustahkamlash, qaytarib olish, qisqa muddatda maskimal tayyorgarlik uchun ideal variant hisoblanadi.

📚 @AttestatsiyaINFO

Читать полностью…

School English Teachers

❗️Bu o'quv yilida 1-sinfga 2018 yil 31 dekabrga qadar tug'ilgan bolalar qabul qilinadi

Qonunchilikka ko'ra, maktablarning 1-sinfiga bolalar ular 7 yoshga to'ladigan yilda qabul qilinadi. SHunga ko'ra, 2025/2026-o'quv yilida 1-sinfga 2018 yil 31 dekabrga qadar tug'ilgan bolalar qabul qilinadi. SHuningdek, 6 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar boshlang'ich ta'limga bir yillik majburiy tayyorlanadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Pedkadr kanali ushbu ma'lumotni feyk deb xabar berdi.
Lekin.... degan joyi bor.
Bunday holat oldin ham bo'lgan.
Oldin ham sanalar tarqaganda feyk deyilib, 10 kun oldin e'lon qilinadi degan gapini aytgan va 10 kun qolganda aynan o'sha sanalar hech qanday o'zgarishsiz e'lon qilingan edi.
Hozir ham katta ehtimol bilan shunday bo'ladi.
Ushbu xabarning qanchalik haqiqatga to'g'ri kelishini 5-aprelda bilib olsak bo'ladi.
Ungacha tayyorgarlikni susaytirmaymiz!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Telegram guruhlarida tarqalayotgan xabarlarga ko'ra attestatsiya imtihoni sanalari ma'lum bo'ldi

Ushbu skrinshotga ishonadigan bo'lsak, 15-apreldan attestatsiya imtihonlari boshlanadi.
Xorijiy til o'qituvchilari uchun attestatsiya imtihonlari 18-19-aprel kunlarida bo'lib o'tishi belgilagangan.

❗️DIQQAT! Ushbu xabar rasman tasdiqlanmagan! Rasmiy manbalardan ma'lumot kutib qolamiz!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📝 Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichi JAVOBLARI VA IZOHLARI

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Xabaringiz bor, "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovi 27-mart kuni o'tkazilgan edi. Mana oradan 14 kun vaqt o'tyapti, hali natijalar chiqqani yo'q. 25-aprel kuni esa viloyat bosqichi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bazi manbalar bugun chiqishini aytishgan ekan. Buguncha sabr qilamiz.
Natijalar chiqishi bilan ushbu kanalda e'lon qilinadi!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Teacher's book

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Nazorat ishlari

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

👉 ATTESTATSIYA TEST

👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

E-tik degan o'yin ommalashyapti...

Usbu o'yinni qisqacha tushuntirsam, ta'rif tanlaysiz. Shunga qarab pul tikasiz. Pulizni kundan kun ko'payib boraveradi. Masalan 100 so'm pul tiksangiz, haftasiga 10 so'mdan qo'shilib boradi. Yoki 1000 so'm tiksangiz 100 so'mdan qo'shilib boradi. Ma'lum summaga yetganda yechib olasiz.
Bu 100 foiz firibgarlik. Afsuski bu o'yin juda ommalashganidan juda ko'p o'qituvchilar ham bunga pul tikishyapti ekan.
Juda ko'pchilikni shaxsan o'zim ham qaytarmoqchi bo'ldim. Lekin to'layapti, ana falochi 1000$ yechdi, men ham yechaman deb bu yo'ldan qaytmayapti.
Kimdir pul yechgan bo'lsa doim shunday bo'ladi degani emas. Baliq ovchisi ham qarmoqni quruq tashlamaydi.
O'sha 1000$ ni yechib olgan odam bo'ldi menga yetadi deb ketmaydi. 2000$ qilaman deb yana o'sha o'yinga tikadi. Bu degani o'yin tashkilotchilari hech narsa yutkizmaydi.
Taxminimcha o'yin oxiriga kelib qolgan. Yaqin orada maskimal pulni yig'ishtirib, juftakni rostlab qolishadi. Kim qancha tikkan bo'lsa kuyib qolaveradi. Bunday o'yinlar birinchi emas. Oxirgisi ham emas. Shuning uchun hushyor bo'ling. Bunday narsalarga ishonmang. Pul tikib qo'ygan bo'lsangiz, tezlikda yechib oling. Bu o'yinni o'ynayotgan yaqinlaringizni ham ogohlantirib qo'ying!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

🧰 ⚖️"Otpuska" pulini hisoblash tartibi o'zgartirilmoqda

🔨
Amaldagi qonunchilik boʻyicha ishbay tizimida ishlaydigan xodim uchun "otpuska" puli soʻnggi oyda ishlagan maoshiga qarab belgilangan. Endilikda esa mablagʻ xodimning mehnat taʼtiliga qadar ishlagan 11 oylik ish haqqining oʻrtacha qiymatiga qarab belgilanadi.

⚠️ O‘rtacha ish haqi va uni hisoblab chiqarish tartibi bilan bog'liq muhim o'zgarish bo'yicha quyidagi video va fayllarda batafsil ma'lumot berilgan :

👨‍⚖️ Mehnat ta'tili, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kabi to'lovlarni hisoblashda eng avvalo o'rtacha ish haqini hisoblab olish kerak bo'ladi. Bunda Mehnat kodeksining 257-moddasi asos bo'lib xizmat qiladi. 2025-yil 13-fevralda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi va 257-moddaning ham bir qancha qismlariga o'zgarish kiritildi. Eng asosiy o'zgarish esa uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilandi:

“Mehnatga haq to‘lashning barcha tizimlaridagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun xodimga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi.”

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Endi maktab bitiruvchilari o'rgangan kasb-hunari bo'yicha ham imtihon topshiradi

Bunga oid hujjat loyihasi e'lon qilindi. Unga ko'ra, endi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha yakuniy imtihon topshiradi va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgach, davlat namunasidagi elektron sertifikat oladi.

✅ Sertifikat bitiruvchining kasbiy malakasini tasdiqlaydi va ularni mehnat bozorida faol bo‘lishiga yo‘l ochadi. Sertifikat elektron platforma orqali bepul taqdim etiladi.

📝 Imtihon qanday o‘tkaziladi?
Kasb-hunar bo‘yicha yakuniy imtihon maktab direktori buyrug‘i asosida tashkil etiladi. Imtihon kuni va vaqti oldindan belgilanib, 15 kun avval e’lon qilinadi. Baholash mezonlari va savollar vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi. Imtihonni o‘tkazish uchun tarkibida kamida 5 nafar a’zo bo‘lgan komissiya tuziladi, ulardan ikkitasi ish beruvchilar bo‘lishi mumkin. Natijalar imtihon tugagan kunning o‘zida e’lon qilinadi, imtihonga qatnasha olmaganlar esa 1-iyulgacha qayta topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


📌 Har yili 25-iyunga qadar sertifikatlar tayyor bo‘ladi. U yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, platformadan yana yuklab olish mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Teacher's book

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Nazorat ishlari

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

👉 ATTESTATSIYA TEST

👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

ChatGPT ga xushmuomalaroq bo'lavering degan rasm 🤣
#joke_time

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Umrbod saqlanadigan toifa berish tartibi bekor qilindi

“Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” nizomning 6-bandida quyidagi pedagoglarga umrbod malaka toifasini berish va ularni navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilmaslik belgilangan edi:

– oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
– pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;
– yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar;
– pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;


Pedagoglarni attestatsiyadan o’tkazish tartibiga o’zgarish va qo’shimchalar kiritildi. Unga ko’ra, endilikda pedagoglarga umrbod toifa berish tartibi bekor qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKA da bo’lib o’tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Bu tartib 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab kuchga kiradi.

Bunda, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan, yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar ham har besh yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jabl etiladi.

Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar 2025-yil 1-sentyabrga qadar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi:

– oliy malaka toifasiga ega boʻlganidan soʻng ushbu toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan;

– pedagogik faoliyat boʻyicha 25-yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan;

– yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan;

– pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan pensiya yoshiga toʻlgan.


Shuningdek, quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga belgilangan muddatga qadar toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifasi beriladi:

– pedagogik faoliyat boʻyicha 25-yil va undan koʻp ish stajiga ega boʻlgan;

– yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5-yildan koʻp boʻlmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi;

– oliy malaka toifasiga ega boʻlganidan soʻng ushbu toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi.


Eslatma! Agar pedagogga 2025-yil 1-sentabrgacha umrbod malaka toifasi berilgan bo’lsa, yangi tartib joriy etilishidan qat’iy nazar uning toifasi saqlanadi va keyingi majburiy attestatsiyalarga jalb etilmaydi va ularga amaldagi toifasi bo’yicha haq to’lanadi. Ular faqatgina o’z xohishi bilan navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishi mumkin.
Manba

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️Attestatsiyaga ham juda oz vaqt qoldi!

Yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'rish uchun esa sizga TEST PLATFORMAmizni taklif qilamiz!

Ushbu Platforma sizga huddi haqiqiy imtihondagidek 50ta testni taqsimlab beradi.
➡️ Mutaxassislik fanidan (Grammar, Vocabulary, Reading, Fonetika, Pragmatika) 35ta
➡️ Kasb standartidan 5ta
➡️ Pedagogik mahoratdan 10ta
Va siz yiqqan balingizga qarab toifa imtihonidan o'tgan yoki o'tmaganingizni ham aytib beradi.
Testni qayta ishlaganizdan umuman boshqa savollar tushadi. Savollar deyarli takrorlanmaydi.

5000 ga yaqin savollar bazasi
Aniq taqsimlangan savollar
Har ishlaganda har xil savol
Test so'ngida javoblari IZOHLARI BILAN beriladi
Balingizga qarab natijangiz chiqarib beriladi


Savollar oldingi yil attestatsiya imtihonlarida tushgan, repetitsiyada berilgan va mustaqil manbalardan yig'ilgan. Aynan ushbu savollar qayta tushishiga hech qanday kafolat berilmaydi.
FAQAT TAYYORGARLIK UCHUN!

Test platformaga full access (polniy dostup) narxi💲120 MING SO'M. To'lovdan keyin sizga invidiual link beriladi.
1-may sanasigacha istalgan vaqtda kirib ishlash mumkin.

👉 TEST NAMUNASI

Maqtanishmas-u, lekin platformamiz yordami bilan attestatsiyadan o'tganlar ko'pchilikni tashkil qiladi! 😉
👉 NATIJALAR

Test platformaga link olish uchun ➡️ @uzteachers_admin ga yozing!

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiyaga biz bilan tayyorlaning!

Читать полностью…

School English Teachers

Attestasiyasi imtihonlari o'tkaziladigan manzillar ro'yxati:

1️⃣ Qoraqalpog'iston Respublikasi - Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi (Nukus shahri Ye.Alako'z ko'chasi 54-uy, mo'ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida);

2️⃣ Andijon viloyati -
Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi ( Andijon shahar, Istiqlol ko'chasi 8-uy, mo'ljal: sobiq Leninskiy ko'cha)

3️⃣ Buxoro viloyati -
Buxoro shahridagi 44-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (Buxoro shahar "Bog'ishamol ko'chasi, 5-uy, mo'ljal: SHarq (oldingi Pedagogika kolleji binosi));

4️⃣ Jizzax viloyati -
Jizzax shahridagi 4-umumta'lim maktabi (Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi To'qimachilar ko'chasi 45-uy, mo'ljal: viloyat ko'z kasalliklari shifoxonasi);

5️⃣ Qashqadaryo viloyati -
Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi (manzil: Qarshi shahar Olimlar ko'chasi 2-uy, mo'ljal: Qarshi davlat universiteti);

6️⃣ Navoiy viloyati -
Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar maktabi (Navoiy shahar Aloqa ko'chasi 6-uy, mo'ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida);

7️⃣ Namangan viloyati -
Namangan shahridagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi (Namangan shahri, G'ishtko'prik MFY, Uychi ko'chasi, 329-A uy, mo'ljal - Chorsu);

8️⃣ Samarqand viloyati -
Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi (Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko'chasi, 7-uy,)

9️⃣ Sirdaryo viloyati -
Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi (Guliston shahar, SHodlik MFY, Navoiy shoh ko'chasi 55-uy, mo'ljal: Guliston shahar istirohat bog'i);

🔟 Surxondaryo viloyati - Termiz shahridagi 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi , (Termiz shahar, Kattabog' MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh, mo'ljal: "YAshil dunyo" bozori);

1️⃣1️⃣ Farg'ona viloyati - Farg'ona shahridagi 28-umumiy o'rta ta'lim maktabi (Farg'ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko'chasi -13A, mo'ljal “Chery” avtosaloni);

1️⃣2️⃣ Toshkent viloyati - Pedagoglarning bilim va ko'nikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy ko'chasi 83-A-uy, mo'ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi);

1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati - Urganch shahridagi 17-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (Al-Beruniy maktabi) (Urganch shahar 4-YUqori bog' mahallasi Maxtumquli ko'chasi 229-a-uy, mo'ljal Omad to'yxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar bo'limi

1️⃣4️⃣ Toshkent shahri - Pedagoglarning bilim va ko'nikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy ko'chasi 83-A-uy, mo'ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi).

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ RASMAN! Toifa testlarini o'tkazish muddatlari belgilandi!

✅ Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida o'tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko'ra:

➖ Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);

➖ Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumta'lim muassasasi psixologi — 17 aprel kuni (1 kun);

➖ Ingliz tili (umumta'lim), Fransuz tili (umumta'lim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21 aprel kunlari (3 kun);

➖Ona tili va adabiyot (o'zbek sinflar uchun), O'zbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24 aprel kunlari (3 kun);

➖ Jismoniy tarbiya (umumta'lim), Musiqa madaniyati, Tasviriy san'at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo'nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo'nalishi - o'g'il bolalar uchun) fanlaridan — 25-26 aprel kunlari (2 kun);

➖ Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);

➖Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30 aprel, 1-may kunlari (2 kun);

➖Boshlang'ich ta'limdan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);

➖ Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);

➖ CHaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, O'qituvchi-defektolog (umumta'lim), O'qituvchi-logoped (umumta'lim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirg'iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);

➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);

➖ Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), O'qituvchi-defektolog (maktabgacha), O'qituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o'rinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);

➖Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o'tkaziladi.

👉 SHuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o'tkazilishi belgilandi.


©️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

❗️ Avgust oyidan barcha xorijiy til o'qituvchilarida eng kamida B2 darajadagi sertifikat bo'lishi shart!

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAgi qarori 9-bandiga ko'ra, 2024-2025-o'quv yilidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o'qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo'lishlari lozimligi belgilangan. Lekin MMTV ning 31-iyul 2024-yildagi 03..12-1053-sonli xatiga ko'ra, B2 sertifikat olish talabi 2025-2026-o'quv yiligacha surilgan edi.

Keyingi o'quv yilidan, ya'ni 2025-2026-yildan barcha xorijiy til o'qituvchilaridan B2 sertifikat talab qilinadi. Shu sabab sertifikati yo'q ustozlar shu yil avgustgacha sertifikat olib qo'yishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Necha bal yig'sam attestatsiyadan o'taman?

Joriy yilda, attestatsiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

1️⃣-bosqich
Attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.

Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

2️⃣- bosqich
Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:

🔷 Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

🔷 Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»

🔷 Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;
- 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

🔷 Mutaxassis yoki oliy ma'lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;
- 59 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;
- 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas

☝️ Eslatma: Navbatdan tashqari attestasiyalarda natijasidan qat'iy nazar toifa tushirilmaydi.

📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklarini kanalimizda kuzatib boring!

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Teacher's book

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Nazorat ishlari

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

👉 ATTESTATSIYA TEST

👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Listening Comprehension SECTION 3

Читать полностью…
Subscribe to a channel