uzteachers | Unsorted

Telegram-канал uzteachers - School English Teachers

73525

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal "HR Edu-Servis" MCHJ GUVOHNOMA: №865873 Sayt: www.hasanboy.uz Fayllar bo'yicha: @uzteachers_admin Owner: @hasanboy_uz Reklama xizmati: @uzteachers_ads

Subscribe to a channel

School English Teachers

⚡️Bugun chet tili o'qituvchilari uchun attestasiya jarayonlari boshlanadi

Respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun yanvar-iyun oylarida o'tkazilayotgan pedagoglar attestasiyasining malaka (test) sinovlari davom etmoqda.

Bugun, 18 aprel kuni Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys, Xitoy va Qoraqalpoq tili (davlati tili) o'qituvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazadilar.

❗️Mazkur jarayonlarda ishtirok etayotgan barcha pedagoglarga omadlar tilab qolamiz!

Eslatib o'tamiz, https://cams.uzedu.uz/ orqali ularni jonli kuzatib borish mumkin!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Darslik va reja masalasi yildan yilga mantiqdan uzoqlashib boryapti...

Sababi har yili qaysidir sinf darslari haftasiga kamaytirilyapti, qaysidir sinf darslari ko'paytirilyapti. Lekin darsliklar o'sha-o'shaligicha qolyapti.

Masalan xabaringiz bor Prepare level 2 darsligi 2ga bo'linib birinchi yarmi 7-sinf, qolgan yarmi 8-sinf sifatida o'tiladi.
Prepare Level 2 darsligida rostmana 100taga yaqin darslar bor. Uni yarmi 50ta bo'lsa, 7-sinfga deyarli 1-chorakda o'tib qo'yish mumkin buncha darsni. Endi ustozlar shu 50ta ham chiqmaydigan darsni 136 soatga cho'zib o'tib berishlari kerak bo'ladi. Ya'ni qolgan mavzular osmondan olinadi.
Mantiqsizlikning davomi 10-11-sinf darsliklarida ko'rinadi.
Ya'ni Prepare Level 4 va Level 5 darsliklarida takrorlash, nazorat ishlarini qo'shmaganda 100dan ortiq mavzu bo'lsa, endi shularni ustozlar 68 soatga nazorat ishlari, takrorlashlarni qo'shgan holatda o'tib berishlari kerak bo'ladi.
Birinchi sinfda esa vaziyat undanam "kasha".
1-sinflarga yil davomida 33 soat dars ajratilgan. Ya'ni haftasiga bir soatdan. 68 soatga mo'ljallangan darslikni ustozlar 33 soatda o'tib berishlari kerak. Va buni 1-SINF O'QUVCHILARIGA o'tish kerak!
Men hali bayramlar hisobidan beriladigan 5 kunlik dam olishlar, va uni tig'izlashtirib yetkazib olish haqida gapirmadim.
Agar uni ham qo'shsak, deylik 1 sinfga 1 soatda 2ta mavzu o'tilishi kerak. Qaysidir bayramga to'g'ri kelib qolib tig'izlashtirishga majbur bo'lindi. Shunda 1-sinf o'quvchisiga 4ta mavzu o'tib beriladimi?

Menimcha darslik masalani qaytadan obdon ko'rib chiqish kerak...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Attestasiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish mumkin

Ertaga 18-aprel kuni xorijiy tillari o'qituvchilari attestatsiya imtihonlarida ishtirok etishadi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to'g'ridan-to'g'ri efir orqali (real vaqt rejimida) kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

📹 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: 

➡️ https://cams.uzedu.uz/

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Attestasiya bo'yicha e'tirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda yuborish mumkin

Attestasiyada pedagoglar uchun yana bir qulaylik yaratilgan:

Bu yilgi attestasiyada toifa testlari bo'yicha e'tirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda yuborish mumkin. Buning uchun oynaning chap tomonidagi "E'tiroz yuborish" tugmasi bosiladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

2024-yil Listening audiolari

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Yuqorida joylangan tanqidiy postni foydasi bo'libdi.
Yo'q, dislike bosish kamaymagan. O'qituvchilar hali ham trollik qilib izoh yozishda davom etmoqda. Postdan keyin "o'quvchini mustaqil fikrlashga undaydi" degan jumla murakkabrog'iga almashtirilgan. Ya'ni "yangi baholash tizimi shunisi bilan ahamiyatli darajaga egaki" degan jumlaga almashtirilgan. 😁
Bu katta yutuq! Ustozlarni o'z ustida ishlashga, murakkabroq gaplar tuzishga majbur qila olganimizdan hursandmiz!
Bu postdan keyin yanayam jozibadorroq gaplar kutib qolamiz!
Ularni trollikka majburlayotganlarga esa Mashhurbekni "Sendanam mendanam qop ketadi bu dunyo" degan qo'shig'ini qo'yib beramiz!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining g‘olib maktablarida Prezident sovrini mablag‘lari qanday yo‘naltiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori 2-Ilova 5-bob 36-bandida pul mukofotlari tanlovning belgilangan bosqichi yakunlangandan so‘ng 5 ish kuni ichida g‘olib maktabning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishi belgilangan.

➡️ G‘olib maktabning budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkazilgan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:

➖ asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktabning yuqori baholanishiga hissa qo‘shgan hamda o‘quvchilarni tanlovga tayyorlagan xorijiy tillar o‘qituvchilarini rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;

➖ tanlovda qatnashib yuqori natijalar ko‘rsatgan terma jamoa a’zolari bo‘lgan o‘quvchilarni esdalik sovg‘alar yoki naqd pul shaklida rag‘batlantirish uchun — mukofot summasining 25 foizigacha;

➖ maktabning boshqa ehtiyojlari, jumladan, tanlovning keyingi bosqichiga tayyorgarlik uchun zarur xarajatlar, xorijiy tillarni o‘qitishni yanada yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish uchun — mukofot summasining qolgan qismi.

☝️ Terma jamoa a’zolariga bir xil qiymatdagi sovg‘alar ajratiladi yoki mukofot summasi jamoa a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

👉 2025-yil tuman bosqich natijalari

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️ Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichi o'tkazilish sanalari ma'lum bo'ldi

MMTVning 2025-yil 20-martdagi 92-son buyrug'iga ko'ra, ushbu tanlov ikkinchi hududiy (viloyat) bosqichi 25-aprel kuni o'tkazilishi belgilandi.

Ushbu bosqichda tumanda 1-o'rinni olgan maktablar ishtirok etishadi.

👉 2-bosqich (VILOYAT bosqichi)
Ushbu bosqichda ishtirokchilarning

➖ tinglab tushunish (listening),
➖ yozish (writing),
➖ o‘qish (reading)
➖ leksik-grammatik ko‘nikmalari baholanadi.

Ushbu bosqichda qo'lga kiritilgan natijalar uchun maktablar quyidagicha rag'batlantiriladi:
🥇1-o‘rin uchun — 250 million so‘m,
🥈2-o‘rin uchun — 200 million so‘m,
🥉3-o‘rin uchun — 150 million so‘m miqdorida

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Teacher's book

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Nazorat ishlari

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

👉 ATTESTATSIYA TEST

👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Namangan viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi-Namangan viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Namangan shahridagi 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi (Namangan shahri, G'ishtko'prik MFY, Uychi ko'chasi, 329-A uy, mo'ljal - CHorsu);

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel kunlari;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Xorazm viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi- Xorazm viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Urganch shahridagi 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi, (Urganch shahar, 4-YUqori bog' MFY, Maxtumquli ko'chasi 229-a-uy, mo'ljal: Omad bovling);

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Toshkent viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi-Toshkent viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Pedagoglarning bilim va ko'nikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy ko'chasi 83-A-uy, mo'ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi).

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel kunlari;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Samarqand viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi-
Samarqand viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Pedagogik mahorat markazi (Samarqand shahri, Hasan Obiddinov ko'chasi, 7-uy,)

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel kunlari;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Qoraqalpog'iston Respublikasi pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi-Qoraqalpog'iston Respublikasi;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri Ye.Alako'z ko'chasi 54-uy, mo'ljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida);

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel kunlari;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Qashqadaryo viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi- Qashqadaryo viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Pedagogik mahorat markazi (manzil: Qarshi shahar Olimlar ko'chasi 2-uy, mo'ljal: Qarshi davlat universiteti);

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel kunlari;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Meni takliflarim quyidagicha:

1️⃣ 1-sinfga 2 soatni qaytarish kerak. Darsligi ham shunga moslashgan. Umuman olib tashlasa, birdan 2-sinfdan kitobni 2-qismidan o'tib ketolmaydi. 1-qismidagi mavzularni oz'lashtirib, kitob qahramonlarini yaxshilab tanib olishi kerak.

2️⃣ 7-8 sinfga berilgan darslikni 7-sinfni o'ziga berish kerak. 8-sinfga 9-sinf darsligini ikkiga bo'lib yarmini berish kerak.
Yoki revision, feedback, self-evaluation deb osmondan yo'q mavzularni yozib qo'ygandan ko'ra aniq bir qo'shimcha darslik yoki aniq manbalar berish kerak.

3️⃣ 10-sinf amaldagi darsligini ham 2ga bo'lib qolgan yarmini 11-sinfga berish kerak.

Shunda ozroq balans bo'ladi deb o'ylayman...

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

⚡️Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv reja tasdiqlandi. Ingliz tilida o'zgarishlar bor!

🔖 O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2024-2025-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv rejani tasdiqlash to'g'risida"gi 121-sonli buyrug'i imzolandi.

🗂Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 2025-2026-o'quv yiliga mo'ljallangan tayanch o'quv reja BUYRUG'I va unga ILOVALAR bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

🗓 Tasdiqlangan vaqti: 2025 yil 10 aprel.

❗️ Chet tilida asosiy o'zgarish:
7-sinflar ham huddi 5-6-sinflar kabi haftasiga 4 soatlik bo'lgan. Oldin 3 soat edi.
Ularning hisobi 10-sinfdan olingan. Ya'ni oldin 10-sinf 3 soat edi. Hozirda 10-sinf 2 soatga qisqargan.
Qolgan sinflar avvalgi holicha qolgan.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Siz bilimli va o‘z kasbingizga sodiq Ingliz tili fani o‘qituvchisi bo'lsangiz va sizni qadrlaydigan va yuqori maosh to'laydigan maktab izlayapsizmi?

Unda sizni, 2025-2026-o'quv yillarida Registon xususiy maktabi jamoasiga taklif etamiz!

💸 Takliflar:

— 2025-2026 o'quv yillar uchun takliflar

📄 Talablar:

— Ma'lumot: Oliy pedagogik ma'lumot
— Yosh chegarasi: 25 dan 45 gacha
— Tajriba: O'qituvchilik faoliyatida eng kamida 3 yillik tajriba (xususiy maktablarda ishlaganlik afzallik hisoblanadi)
— Til bilish: O'zbek va Rus tillarida erkin muloqot qila olish
— Sertifikat: Bilimini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etishlari shart

🏢 Manzillarimiz:

— Toshkent shahri
— Farg'ona shahri
— Samarqand shahri

🤩 Tayyormisiz?

— Ariza qoldirish

Qo'shimcha ma'lumot uchun:
@RgnHR

Telegram | Instagram | Facebook

Reklama

Читать полностью…

School English Teachers

Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichi 2024-yil varianti JAVOBLARI va IZOHLARI

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

📝 Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi VILOYAT bosqichida 2024-yilda tushgan savollar

👉 2-bosqich (VILOYAT bosqichi)
Ushbu bosqichda ishtirokchilarning

➖ tinglab tushunish (listening),
➖ yozish (writing),
➖ o‘qish (reading)
➖ leksik-grammatik ko‘nikmalari baholanadi.

JAVOBLARI va AUDIOLARI: 👉 BU YERDA

Tuman bosqichi savollari 👉 BU YERDA

Viloyat bosqichi: 👉 2022 👉 2023

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

2024-2025-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak) 👉 BSB ish reja (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Teacher's book

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

👉 ATTESTATSIYA TEST

👉 ENG YAXSHI MAKTAB TANLOVI TEST

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Xorijiy tillarni oʼqitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovi TUMAN bosqichi naqtijalari

👉 Tuman bosqich natijalar

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Yangi baholash tizimi o'quvchilarni mustaqil fiklashga undaydi... O'qituvchilarni TROLLIKKA!

"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga "Родители против 100 бальной системы обучения!" (Ota-onalar 100 ballik o'qitish tizimiga qarshi) sarlavhasida petitsiya e'lon qilingan edi. Qonunchilikka ko'ra agar petitsiya 10000ta ovoz yig'a olsa, u ko'rib chiqish uchun qonunchilik palatasiga yubolriladi.
Oxirgi kunlarda, aynan ushbu petitsiyaga qarshi ovoz berishga majburlanayotgan pedagoglarning murojaatlari ko'payib qoldi.
Ularga ko'ra, Rayono va direktorlar qo'l ostidagi o'qituvchilarni qarshi ovoz berib skrinshotini tashlashga majburlashmoqda. Skrinshotdagi fikrlarni ko'rsangiz ham hammasi bir xil qolipda. Shuni o'zi ham majburlanyapti degan so'zimizga dalil bo'la oladi.
Yangi baholash tizimi rostanam yaxshidir, lekin uni majburlab singdirish, o'qituvchilarni mustaqil fikr bildirish huquqini ham tortib olgan holda u tizimni oqlashga urinish yomon! O'qituvchi dars bersinmi yoki ayrim rahbarlarga yoqmaydigan petitsiyaga qarshi ovoz yig'sinmi?
Vazirlikdan ushbu qonunga zid holatlarga rasmiy izoh kutib qolamiz!

Agar petitsiyada ovoz berishni istasangiz 👉 https://petition.gov.uz/uz/petitions/view/8131 ushbu linkka kirib ovoz bering, o'zingizning real fikrlaringizni yozib qoldiring.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

Attestatsiya test sinovi topshiradigan pedagoglar ro'yxati VILOYATLAR kesimida

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Andijon
Namangan
Farg'ona
Toshkent vil.
Toshkent sh.
Sirdaryo
Jizzax
Navoiy
Samarqand
Qashqadaryo
Surxondaryo
Buxoro
Xorazm

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Toshkent shahri pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi-Toshkent shahri;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Pedagoglarning bilim va ko'nikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy ko'chasi 83-A-uy, mo'ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi).

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Farg'ona viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi- Farg'ona viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Farg'ona shahridagi 28-umumiy o'rta ta'lim maktabi (Farg'ona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy ko'chasi -13A, mo'ljal “Chery” avtosaloni);

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Sirdaryo viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi-
Sirdaryo viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi (Guliston shahar, SHodlik MFY, Navoiy shoh ko'chasi 55-uy, mo'ljal: Guliston shahar istirohat bog'i);

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel kunlari;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Andijon viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi-
Andijon viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Pedagogik mahorat markazi ( Andijon shahar, Istiqlol ko'chasi 8-uy, mo'ljal: Pedagoglar malaka malaka oshirish instituti)

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel kunlari;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Navoiy viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi- Navoiy viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi -
Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar maktabi (Navoiy shahar Aloqa ko'chasi 6-uy, mo'ljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida);

Malaka (test) sinovlari o'tkaziladigan sanasi - 2025 yil 18-19-21 aprel kunlari;

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar - Umumta'lim maktablarining Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys va Xitoy tili fanlari o'qituvchilari;;

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Читать полностью…

School English Teachers

‼️ Jizzax viloyati pedagoglari uchun e'lon!

Hudud nomi-Jizzax viloyati;

Malaka (test) sinovlar o'tkaziladigan joyi - Jizzax shahridagi
4-umumta'lim maktabi (Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi To'qimachilar ko'chasi 45-uy, mo'ljal: viloyat ko'z kasalliklari shifoxonasi);