Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
#RasmiyBayonot
“Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ faoliyati bo’yicha rasmiy bayonot
Internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ nomi ostida faoliyat yuritayotgan muassasalari haqida turli xabarlar e’lon qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha:
Xorazm viloyati, Urganch shahri, Koʻhna qalʼa MFY, Tinchlik koʻchasi 29-uy manzilida faoliyat yuritayotgan “Milliy tibbiyot texnikumi” MCHJ da professional ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyasi mavjud emas hamda kasbiy ta’lim berish va tahsil olgan o‘quvchilarga diplom taqdim etish huquqiga ega emas.
⚡️Jasorat sinflariga o‘quvchilarni qabul qilish va o'qitish tartibi belgilandi
📃Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Mudofaa vazirligining "Umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida “Jasorat maktablari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilindi. Unga ko'ra:
❓Harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati tugatiladi hamda harbiy-vatanparvarlikka oid bilimlar “Jasorat maktablari”da amalga oshiriladi.
2025-2026-o‘quv yilidan boshlab harbiy-vatanparvarlik sinflari an’anaviy ta’lim shaklida davom ettiriladi.
🔍“Jasorat maktablari”ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarini shaffof o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya qo‘mondonligining malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tashkil etiladi.
“Jasorat sinflari”da o‘qish muddati yetti yildan (5-11-sinflar) iborat bo‘ladi. Har yili “Jasorat sinflari”ga 4-sinfni bitirgan 26 nafar o‘quvchi 5-sinf uchun tanlov asosida qabul qilinadi.
📒Ushbu maktablarda matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.
Kirish imtihonlari test va jismoniy tayyorgarlik bosqichlaridan iborat bo‘lib, ularni o'tkazish uchun sport maktablarining murabbiylari jalb qilinadi.
🖥“Jasorat sinflari”ga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilishni nizom bilan tasdiqlangan sxemaga muvofiq “ariza.piima.uz” platformasida onlayn shaklda tashkil etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Maktablar davomatni yuritish va huquqbuzarlik holatidan kelib chiqqan holda, “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratiladi
O‘quvchilar davomatini yuritish, ta’limga jalb qilish ishlarini nazorat qilish va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida huquqbuzarliklar holati yuzasidan toifalarga ajratish to‘g‘risida NIZOM tasdiqlandi.
Nizomga ko'ra:
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida davomatni yuritish, oʻquvchilarning dars mashgʻulotlariga muntazam qatnashishini nazorat qilish, maktablarni huquqbuzarlik holatidan kelib chiqqan holda, “qizil”, “sariq”, “yashil” toifaga ajratiladi.
🟢 “Yashil” toifali maktab – hisobot davrida maktab o‘quvchilari tomonidan hech qanday jinoyat sodir etilmagan bo‘lsa.
🟡 “Sariq” toifali maktab – hisobot davrida maktab o‘quvchilari tomonidan bittadan ko‘p, lekin uchtadan ortiq bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa.
🔴 “Qizil” toifali maktab – hisobot davrida maktab o‘quvchilari tomonidan uchtadan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lsa.
🖥 O‘quvchilarning davomati sinf miqyosida fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan “e-maktab” platforma orqali har kun belgilanib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda o‘quvchilar davomatini yuritish, kunlik nazorat qilish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
🗓 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz darsga kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini inspektor-psixologlarga ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan bildirishnomaga asosan kunlik taqdim etadi.
❗️Direktor, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinf rahbari, fan o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchilarning darsda ishtiroklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z muddatida belgilamaslik hamda statistik hisobotlarni haqqoniy yuritmaslik holatlari aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasini qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Noqonuniy diniy ta’lim olayotgan, xorijga chiqib ketgan, darslarga muntazam qatnashmayotgan o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumotlarni uch kun ichida inspektor-psixolog va tuman-shahar Ichki ishlar bo‘linmalariga xabar berishga maktab direktorlari shaxsan mas’ul ekanligi belgilanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
11-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyoti hamda davlat tili fanidan yakuniy imtihon variantlari ma'lum bo'ldi
Hurmatli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar!
28-may kuni 11-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyoti hamda Davlat tili fanlaridan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.
📌 Ona tili va adabiyoti fani — ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun,
📌 Davlat tili fani esa — ta’lim o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun mo‘ljallangan.
📽 Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:
🌐 YouTube orqali ko‘rish.
🎯 Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:
2-variant
8-variant
📄 Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi: 👉 /channel/uztdi/9523
📥 Imtihon variantlari shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.
✨ Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Jasorat maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi
Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:
➖ murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;
➖ shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining barcha hududiy boshqarmalarida maxsus shtablar tashkil etildi.
Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.
2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Yangi o'quv yilidan boshlab chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Ya’ni yangi o'quv yilidan boshlab qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).
Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati esa bu yerda👈
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Joriy yilda 451 073 nafar oʻquvchi 11-sinfni tamomladi
Bugun mamlakatimizning barcha umumtaʼlim maktablarida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Joriy yilda respublikamizdagi mavjud 10 146 ta umumta‘lim maktabining 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar oʻquvchi tugatmoqda.
➖ Tadbir avvalida davlat madhiyasi yangrab, Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi.
✔️ Soʻng aʼlo baholarga oʻqigan, iqtidorli va faol oʻquvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.
👉 Maʼlumot uchun: joriy oʻquv yili yakuniga koʻra, aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi (2 475 ta kumush va 11 566 ta oltin) maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanadi.
Aziz bitiruvchilar!
Inson hayotidagi eng muhim pallalardan biri — maktab hayotini faxr bilan yakunlayotganingiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Har biringizning qalbingizda buyuk maqsadlar, orzu va intilishlar borligini bilamiz. Ana shu maqsad sari qadam tashlar ekansiz, mustahkam iroda, sabr va aql-zakovat yo‘ldosh bo‘lsin!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻolib chiqqanlar uchun mukofot miqdori 5 baravar oshirildi
Prezidentning 2025-yil 15-maydagi "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.
Unga asosan nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib va sovrindor boʻlganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshirildi.
Unga koʻra, nufuzli olimpiadada yutgan gʻolib BHMning 2500 baravari miqdorida pul oladi. Oʻqituvchilarga esa BHMning 450 baravari miqdorida pul beriladi. 2-oʻrinni olganlarga 1500, 3-oʻrinni olganlarga esa 1000 baravar miqdorida pul beriladi.
Xalqaro olimpiadada gʻolibga BHMning 150 baravari, oddiy mintaqaviy olimpiadada esa 12 baravar miqdorida pul beriladi.
Olimpiadalar nufuzi boʻyicha roʻyxat Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
DIQQAT, EʻLON!
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Maʼmuriy reglament asosida amalga oshirilayotgan oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati joriy yilning 26-mayidan 31-iyuliga qadar toʻxtatilishini maʼlum qilamiz.
Mazkur vaqt oraligʻida elektron platforma (erp.maktab.uz) orqali umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga hamda oʻquvchilarni sinfdan-sinfga oʻtkazish jarayoni amalga oshiriladi.
➖ Oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha davlat xizmati 2025-yil 1-avgustdan davom ettiriladi.
———
ВНИМАНИЕ, ОБЪЯВЛЕНИЕ!
Согласно постановлению Кабинета Министров № 295 от 1 июня 2022 года, информируем, что предоставление государственной услуги по переводу учащихся из одной школы в другую на основании соответствующего Административного регламента будет приостановлено с 26 мая по 31 июля текущего года.
➖ В этот период через электронную платформу (erp.maktab.uz) будет осуществляться подготовка общеобразовательных учреждений к новому учебному году, а также процесс перевода учащихся из класса в класс.
➖ Оказание государственной услуги по переводу учащихся из одной школы в другую возобновится с 1 августа 2025 года.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish tartibi tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 15-maydagi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish toʻgʻrisida"gi 152-son buyrugʻi qabul qilindi.
Mazkur buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:
yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha taʼlim jarayonlarini tashkil etish tartibi;
tanlov fanlari, xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishi joriy etiladigan sinflarning 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejalari va tushuntirish xatlari.
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktablarda biznes va kasb-hunarga oʻqitish hamda xorijiy tillar (ikkinchi xorijiy til) yo‘nalishlari birlashtirilgan holda amaliyotga joriy etiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Bir qator oliy ta'lim tashkilotlariga rektorlar tayinlandi
➖ Sherzod Neʼmatov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori edi.
➖ Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan.
➖ Dilnoza Xoʻjayeva Qoʻqon davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.
➖ Bahrom Toʻlaganov Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️5095 nafar pedagog 70 foizlik ustama oladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida malaka toifa sinovlari bo‘yicha brifing o‘tkazildi. Unda pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha ayrim ma‘lumotlarga to‘xtaldi:
Joriy yildagi toifa sinovlarida 177,640 nafar pedagog qatnashgan. Shuningdek, o’rnatilgan tartib-qoidalarni buzganligi sababli 75 nafar pedagog sinovdan chetlashtirilgan.
Malaka test sinovlarida 5095 nafar pedagog 86 va undan yuqori natija qayd etgan. Bu degani, ushbu pedagoglarga Hukumatning 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori asosida 70% lik ustama tayinlanadi.
Attestatsiya natijalariga ko’ra, umumiy hisobda 73 mingdan ziyod pedagoglar ijobiy natija ko’rsatgan. Bunda:
10504 nafari – oliy toifa
23200 nafari – I toifa
27805 nafari – II toifa olgan.
6603 nafari esa mutaxassis lavozimini saqlab qolgan. Lekin 104 mingga yaqin (58,9%) o’qituvchi attestatsiya imtihonidan o‘ta olmagan.
Shuningdek, 15-16-may kunlari o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida 4880 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan.
Endi pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/30053/
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Talabalarga forma joriy etilmaydi!
Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona "talaba formasi" joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qilamiz.
Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan "Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom" bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas.
Aksincha, oliy ta’lim muassasalari o‘zining tarixi, vazifasi, madaniy qadriyatlari va hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos korporativ uslub va ramzlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunga ta’lim tashkilotlarining individual imijini shakllantirishga qaratilgan tashabbus sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga, estetik, gigiyenik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar faqat ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, ularni joriy etish yoki qo‘llashning amaliy jihatlari har bir ta’lim muassasasining ichki qarorlariga bog‘liq. Ya’ni, mazkur Nizom loyihasi doirasida maxsus forma joriy etish yoki uni majburiy tartibda talab qilish umuman nazarda tutilmagan.
Shu bilan birga, korporativ uslub va brend elementlari (logotip, rang sxemasi va h.lar) shakllantirish tashabbusi universitetlarni nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham samarali targ‘ib etish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday yondashuv dunyo tajribasida ham ta’lim muassasalarining marketing strategiyasining muhim qismi sifatida qaraladi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida har bir talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. Vazirlik barcha axborot manbalarini mas’uliyat bilan yoritishga chaqiradi va rasmiy ma’lumotlarga tayanib harakat qilishni tavsiya etadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Ta’lim xizmatlarining bir qismi xususiy sektorga topshirilishi mumkin
Savdo-sanoat palatasi tomonidan Prezidentning tegishli (27.02.2025-yildagi PQ-78-sonli) qarorida xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari va xizmatlari yuzasidan soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.
Unga ko‘ra, quyidagi ta’lim xizmatlari xususiy sektorga topshirilishi mumkin:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida:
Bilim va malakalarni baholash agentligi:
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube | Web site
⚡️2025-2026-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yilning 20-maydagi 164-sonli buyrug‘i bilan 2025-2026-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🤩 ISFT institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi
ISFTda o‘qish har doimgidanda zavqli.
Institutimizda talabalik — do‘stlar, yangi g‘oyalar hamda yoshlikning eng esda qolarli lahzalari bilan birga o‘tadi.
Xalqaro fakultet yo‘nalishlari:
— Buxgalteriya hisobi va moliya;
— Biznes va menejment;
— Moliya sohasida boshqaruv.
Gumanitar fakultet yo‘nalishlari:
— Pedagogika;
— Psixologiya;
— Boshlang‘ich ta’lim;
— Maktabgacha ta’lim;
— Xorijiy til va adabiyoti;
— Xalqaro munosabatlar;
— Filologiya va tillarni o‘qitish.
Iqtisodiyot fakulteti yo‘nalishlari:
— Iqtisodiyot;
— Marketing;
— Menejment;
— Bank ishi va audit;
— Iqtisodiy xavfsizlik;
— Raqamli iqtisodiyot.
IT fakulteti yo‘nalishlari:
— Axborot tizimlari va texnologiyalari;
— Axborot xavfsizligi.
#sertifikat_natija
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilina boshlandi
📝 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan 2025-yil aprel oyida o'tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilina boshladi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
📌 Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
Natijalar navbat bilan e'lon qilinmoqda. Agar Sizning natijangiz hali ko‘rinmagan bo'lsa keyinroq yana tekshirib ko‘ring.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Talimxabarlari.uz sayti va Ta’lim nazorati tanlovi
Yana bir oʻquv yili yakunlangani munosabati bilan tanlov (giveaway) tashkil qildik.
Obunachilarimiz orasidan 5 kishi tanlanib, ularning har biriga 3 oylik telegram premium obunasi va “Asaxiy Books” tomonidan “Jannat” va “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitoblari sovg’a qilinadi.
G’oliblar 31-may kuni soat 21:00da ma’lum bo’ladi.
Tanlov shartlari qanday?
Ushbu tanlovda qatnashish va gʻolib boʻlish uchun hech narsa qilish shart emas.
Faqatgina quyidagi kanallarning obunachisi ekanligingizning oʻzi yetarli:
✅@talimxabarlari
✅@uztdi
Buning uchun Sizga katta rahmat va bizni kuzatishda davom eting!
Gʻoliblar tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlanadi.
9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyoti hamda davlat tili fanidan yakuniy imtihon variantlari ma'lum bo'ldi
Hurmatli o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar!
27-may kuni 9-sinf bitiruvchilari uchun Ona tili va adabiyoti hamda Davlat tili fanlaridan yakuniy attestatsiya imtihonlari tashkil etiladi.
📌 Ona tili va adabiyoti fani — ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun,
📌 Davlat tili fani esa — ta’lim o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun mo‘ljallangan.
📽 Qur’a tashlash jarayoni onlayn tarzda o‘tkazilib, imtihon variantlari rasman e’lon qilindi:
▶️ YouTube orqali ko‘rish.
🎯 Tanlangan yakuniy imtihon variantlari:
8-variant
9-variant
📄 Yakuniy attestatsiya fanlari bo‘yicha spetsifikatsiyalar va savollar bazasi: 👉 /channel/uztdi/9523
📥 Imtihon variantlari shu materiallar bazasidan shakllantirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga qaysi savollar to‘g‘ri kelgani faqat imtihon vaqtida ma’lum bo‘ladi.
✨ Barcha bitiruvchilarga kuch, shijoat va ulkan omad tilaymiz! Sizlarga ishonamiz!
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hukumatning 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan:
Maktabgacha va maktab ta’limi muassasa va tashkilotlarining mol-mulkini, jumladan, asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Toshkent davlat yuridik universitetida asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarini sotishdan tushgan mablag‘lar universitetning rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘larida 100 foiz qoladi va universitet tomonidan mustaqil ravishda tasarruf qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️9-sinf bitiruvchilari orasidan 1500 nafargacha o‘quvchi xorijiy OTMlarga o‘qishga yuborish uchun saralab olinadi
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dasturi Prezidentining 2025 yil 28 martdagi PF–61-son farmonida nazarda tutilgan “Erkin iste’dod” loyihasini qamrab oladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Har yili respublika bo‘yicha 1500 nafargacha xorijdagi oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga salohiyati mavjud umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari imtihon asosida saralab olinadi;
Milliy dastur doirasida saralab olingan o‘quvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda ta’lim olish davrida ular uchun qo‘shimcha o‘quv tashkil etiladi. Bunda bir nafar maktab maslahatchisiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatan cheklangan normativni 1:15 nisbatgacha belgilanadi;
Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar uchun dunyoning ilg‘or oliy ta’lim tashkilotlariga qabul talablaridan kelib chiqib, Angliyaning “Renessans” kabi o‘quv dasturlari asosida oromgohlarda qisqa muddatli o‘quvlar tashkil etiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini boshladi.
🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari
🌍 Nega aynan KIUT?
✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud
✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz
Hujjat topshirish uchun:
📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz
📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)
Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity">YouTube
SAT imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligida ham tashkil etiladi
Joriy yilning 22-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda “College Board” tashkiloti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.
🔰Memorandum doirasida SAT imtihonlarini respublikaning barcha hududlarida tashkil etish hamda xalqaro ta’lim standartlarini yaxshilashga qaratilgan seminarlar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.
SAT (Scholastic Assessment Test) CollegeBoard.org tomonidan tuzilgan imtihon turi bo‘lib, xorijiy universitetlarning bakalavr bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xalqaro va mahalliy abituriyentlardan talab qilinadi. Rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSH, Kanada, Avstraliya, Singapur, Osiyo va Yevropaning bir necha mamlakatlari SAT sertifikatini tan oladi. Bundan tashqari, universitetlar SAT natijalaridan kelib chiqqan holda, talabalarga qisman yoki to‘liq stipendiya (grant)lar ham taklif qiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Pedagog xodimlarning 2025-yil uchun uzaytirilgan mehnat taʼtili boʻyicha koʻrsatma xat
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 12- may 05-40-2839-sonli pedagoglarning har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarini reja-jadvalga asosan (navbat bilan) oʻz vaqtida va qonunchilik talablari asosida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha koʻrsatma xati
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️18 yoshgacha bo‘lganlar mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tuzildi
O‘zbekistonda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining mehnat qilishi mumkin bo‘lgan yengil turdagi ishlar va kasblar ro‘yxati tasdiqlanishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Ro‘yxatda 40 ta ishlar va kasblar nomlari keltirilgan. Xususan, o‘quvchilar ofitsiant, sotuvchi, sartarosh, buyumlarni qo‘lda taxlovchi-qadoqlovchi, dehqon xo‘jaligi a’zosi, yukchi bo‘lib ishlashi mumkin.
Bunda 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kilodan og‘ir bo‘lmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.
16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, qo‘lda yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi o‘g‘il bolalar uchun — 6,5 kilo, qiz bolalar uchun — 3,5 kilodan og‘ir bo‘lmasligi lozim
15—16 yoshli shaxslarni ishga qabul qilish uning ota-onasidan birining (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxsning) yozma roziligi mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
18 yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari 24-may kuni oʻtkaziladi
Ijtimoiy tarmoqlarda soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.
“Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.
Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!” – deyiladi vazirlik munosabatida.
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
📅 23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 11:00 dan 12:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 12:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 3-smena uchun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. (3-smenada soat 16:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
📅 24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 12:30 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining hududiy bosqichi natijalari e'lon qilindi
✈️ Mazkur bosqichda 1-o‘rinni egallagan jamoalar Respublika bosqichida qatnashadi va xorijga ta'lim sayohatini qo‘lga kiritadi.
📊 Ma'lumot o'rnida: tanlovda jami 39 775 nafar o‘quvchi qamrab olindi.
Shundan 38 270 nafar o‘quvchi ingliz tilidan, 875 nafar o‘quvchi nemis tilidan, 630 nafar o‘quvchi fransuz tilidan ishtirok etishdi.
Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiga doir asosiy yangiliklar dayjesti
➖ Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi
➖ Prezident ta'lim sohada mavjud muammolarga toʻxtaldi
➖ Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi tayyorlanadi
➖ Pedagoglarni tayyorlash va baholash tizimi to‘liq isloh qilinadi
➖ O‘zbekistonda pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan yangilanadi: tizim Termizdan boshlanadi
➖ Maktab qurilishida 100 ta yangi loyiha boshlanadi
➖ MMTB rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga jalb qilmaslik bo'yicha qat’iy ogohlantirish berildi
➖ Bogʻcha bolalarini tanqidiy va kreativ fikrlashga oʻrgatadigan dasturlar ishlab chiqiladi
➖ Har bir tumandan kamida 5 nafar o'qituvchini malaka oshirish uchun xorijga yuborish vazifasi qoʻyildi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali